USE OF INTERACTIVE GAMES IN MOTHER LANGUAGE LESSONS OF PRIMARY CLASS

HAC
Google Scholar
To share
Abdalimova, X. . (2023). USE OF INTERACTIVE GAMES IN MOTHER LANGUAGE LESSONS OF PRIMARY CLASS. Modern Science and Research, 2(9), 51–56. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/24081
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article presents examples of methods that are effective in improving the content and effectiveness of the lessons of primary school mother tongue classes. Among these methods, several examples of the game method, which are considered the most convenient for students, are given, and the order and sequence of using these games are consistently discussed in the lesson.

Similar Articles


background image



51

BOSHLANG’ICH SINF ONA TILI DARSLARIDA INTERAKTIV O’YINLARDAN

FOYDALANISH

Abdalimova Xolida Kamoliddinovna

Boyovut tumani 32-maktab boshlang’ich sinf o'qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.8352060

Anontatsiya.

Mazkur maqolada boshlang’ich sinf ona tili darslarining mazmuni va dars

samaradorligini oshirishda samarali bo’lgan metodlar namunalari keltirilgan. Bu metodlardan

eng o’quvchilar uchun qulay hisoblangan o’yin metodiga doir bir necha namunalar keltirilgan,

darsda bu o’yinlardan foydalanish tartiblari va ketma-ketligiga izchil to’xtalgan.

Kalit so’zlar:

savodxonlik, ta’lim, tarbiya, o’yin, metod, interaktiv, og’zaki nutq, yozma

nutq, suhbat, bayon etish, Grammatik xato, morfologiya, ertak, topishmoq.

USE OF INTERACTIVE GAMES IN MOTHER LANGUAGE LESSONS OF

PRIMARY CLASS

Abstract.

This article presents examples of methods that are effective in improving the

content and effectiveness of the lessons of primary school mother tongue classes. Among these

methods, several examples of the game method, which are considered the most convenient for

students, are given, and the order and sequence of using these games are consistently discussed

in the lesson.

Key words:

literacy, education, training, game, method, interactive, oral speech, written

speech, conversation, statement, Grammatical error, morphology, fairy tale, riddle.

ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ИНТЕРАКТИВНЫХ ИГР НА УРОКАХ РОДНОГО ЯЗЫКА В

НАЧАЛЬНОМ КЛАССЕ

Аннотация.

В данной статье представлены примеры методов, эффективных для

повышения содержания и эффективности уроков на начальных уроках языка. Среди этих

методов приводятся несколько примеров игрового метода, который считается наиболее

удобным для учащихся, и последовательно обсуждаются на уроке порядок и

последовательность использования этих игр.

Ключевые слова:

грамотность, обучение, воспитание, игра, метод, интерактив,

устная речь, письменная речь, беседа, высказывание, грамматическая ошибка,

морфология, сказка, загадка.

Ona tilini o'qitish o'qituvchi bilan o'quvchining birgalikdagi faoliyatini tashkil etish

shakllari, metodlari va usullari ta ‘lim tizimining takomillashuvi bilan bog'liq holda rivojlanib,


background image



52

yangilanib bormoqda. XX asrning oxirgi yillariga qadar o'qitish metodlari sifatida tushuntirish-

bayon metodi, suhbat metodi, analiz-sintez metodi, mustaqil ish metodi, induktiv va deduktiv

metodlar ona tili ta’limi darslarini tashkil etishda ko'proq qo'llanilib kelindi.

Bayon qilish metodi ona tili darslarida qo'llangan asosiy metodlardan biri bo'lgan. Bunda

o'qituvchi bayon qilishdan oldin o'quvchilam ing o'rganilayotgan mavzu yuzasidan bilimlarini

aniqlab olgan. Bu o'quvchilarni o'qituvchi bayonini kuzatib, tinglab borishga, faol bo'lishga

undagan. O'qituvchining bayoni, ya’ni bayon qilish metodida grammatik mavzuning xususiyatidan

kelib chiqib, o'qituvchi m a’lumotlarni o'z so'zlari bilan bayon qilib bergan. Bunda o'qituvchi

zimmasiga o'rganilayotgan grammatik mavzuning muhim o'rinlarini aniq, lo'nda, misollar tahlili

bilan izchil bayon qilib berish vazifasi yuklangan. Boshlang'ich sinflarda bayon qilish metodi

o'quvchilam ing yoshi va eslab qolish holatidan kelib chiqqan holda 3—5 daqiqaga mo'ljallangan.

Bayon qilish metodini qo'llash holatlari hozir ham uchraydi.

Suhbat metodi boshlang'ich sinflarda ona tilini o'qitishda keng qo'llaniladigan va shu

bosqich o'quvchilari tabiatiga mos metod sanaladi. Suhbat metodi savol-javob metodi deb ham

yuritilgan. Suhbat metodi o'qituvchidan mavzuning xususiyatini o'zida aks ettirgan o'quv

materialini topishni, grammatik mavzuning muhim belgilarini aniqlash, ularning o'xshash va farqli

jihatlarini ajratish, o'xshash va farqli jihatlariga qarab guruhlash, umumlashtirishga, xulosa

chiqarishga yo'naltirilgan savollar tuzishni, ularni o'quvchilarga izchil berib borishni talab etadi.

Boshlang'ich sinflarda suhbat metodining muammoli o—qitish metodi sifatida qo'llanilishi

ta ‘limda o'quvchilarni faollashtirishga katta ta’sir ko'rsatadi. Bu metodning maqsadi ilmiy

tushunchalarni o'zlashtirishga yordam berishgina emas, balki o'quvchilam ing bilish qobiliyatini

ham rivojlantirish, ijodiy qobiliyatlarini o'stirish hamdir. Bunda suhbat davomida o'qituvchining

topshirig'i bilan o'quvchining oldiga biror muammo qo'yiladi va darsda muammoli vaziyat

yaratiladi. Bu muammoni o'quvchi oldin egallagan bilimlari asosida hal etadi. Boshlang'ich

sinfo'quvchilarining hayotiy tajribalari kamligi sababli o'qituvchi m uam m oni hal qilishga

yordamlashuvchi savollar beradi. Muammoni o'quvchi hal qila olmasa, uni o'qituvchining hal

qilishiga to'g'ri keladi. Shuning uchun boshlang'ich sinfda muammoli o'qitish metodi yarim

izlanishli muammoli metod deb ham yuritiladi.

Boshlang'ich sinf ona tili darslarida mustaqil ish metodi asosan o'rganilgan mavzuni

mustahkamlash qismida mashqlar ishlash jarayonida qo'llaniladi. O'quvchilar o'qituvchining

topshirig'i bilan mustaqil ishlarni og'zaki yoki yozma shaklda bajaradilar. Topshiriq qiyin va ko'p

vaqtni olmasligi, o'quvchilar kuchi yetadigan qilib, muayyan vaqt ichida bajarishga mo'ljallangan

bo'lishi kerak. Mustaqil ishlash uchun topshiriq 1-sinfdan boshlab beriladi va u asta-sekin


background image



53

marakkablashtirilib boriladi. 1-sinfda —Yozgan so—zlaringizni lug—atdan tekshiring—, —Rasmga

qarab sabzavot nomlarini alifbo tartibida yozing— , —Rasmni kuzating. U nda tasvirlangan

narsalarni aniqlang va ularning nomini yozing kabi topshiriqlar beriladi.

Ta’lim jarayoni, uning rivojlanishi va samarali kechishi ko’p jihatdan o’qituvchi va

o’quvchilarning o’zaro ishonchi asosida qurilgan ochiq muloqotiga bog’liq. Dars jarayonidagi

o’yinlar esa bu muhitni mustahkamlashda asosiy rol o’ynaydi. O’yinlar guruhlarda ishlab mashq

qilishga odatlantiradi va uncha ko’p vaqtni olmaydi. Jamoaviy ishlash davomida o’quvchilar

faolligi oshadi va darsga nisbatan diqqat-e’tibori kuchayadi. O’yinlar vositasida o’quvchilarga

yangi bilim berish, ko’nikma hosil qilish, kichik guruh a’zolarining ijodiy qobiliyatlarini

rag’batlantiradi. O’yinlarni asosan darsning kirish yoki yakuniy qismida o’tkazish maqsadga

muvofiq.

Ta’lim jarayonida qo’llaniluvchi har bir o’yinni boshlashdan oldin o’quvchilarga

mazkur o’yin haqida tasavvurga ega bo’lishlari uchun o’qituvchi tomonidan izoh berib borilishi

kerak.

«So’zdan-so’z top» o’yini

Bu o’yinda bir so’zdan bir necha so’zlar keltirib chiqarish talab qilinadi. Bu o’yin turi

o’quvchilarni fikrlashga, izlanishga undaydi, ularda topqirlik qobiliyatini yuzaga chiqaradi. Biz bu

o’yinni aynan takrorlamoqchi emasmiz, balki uni ma’lum bir mavzuga bog’liq holda o’tkazish

yo’llari xususida fikr yuritmoqchimiz. Berilgan so’z tarkibidagi harflarning turli

kombinatsiyasidan foydalanib, bir necha so’zlar hosil qilish mumkin. Demak, bu o’yinni ma’lum

bir mavzu bilan bog’liq holda o’tkazsa ham bo’ladi. «So’zdan-so’z» o’yinidan tilning barcha

sathlarini o’qitishda foydalanish mumkin.

«So’zdan so’z top» o’yini

Bu o’yin o’quvchilarni sezgir, zukko va topqir bo’lishga odatlantiradi. O’yinda ishtirok

etish uchun o’quvchi mavzuni yaxshi o’zlashtirgan bo’lishi lozim, aks holda, o’yindan chiqib

qoladi. Ana shuni o’quvchi his qila borsa, unda ilmga qiziqish ham orta boradi.

Mazkur o’yindan tilning barcha sathlarini o’rganishda foydalanish mumkin. Jumladan,

leksikologiya bo’limida ma’nodosh so’zlar mavzusi yuzasidan o’tkaziladigan mustahkamlash

daqiqalarida shu o’yinni qo’llash maqsadga muvofiq bo’ladi. O’yin quyidagi tartibda o’tkaziladi.

O’qituvchi bir necha ma’nodosh so’zlar guruhini tanlaydi. Masalan

, yuz, bet, aft, bashara, chehra;

quyosh, kun, oftob; avval, ilgari, oldin, burun; ataylab, atay, jo’rttaga, maxsus.

Bu so’zlar alohida-

alohida qog’ozlarga yoziladi va stol ustiga qo’yiladi. Bulardan bosh so’zlar ajratib olinadi va 4 ta

o’quvchiga beriladi. Demak, to’rtta o’quvchi bosh so’z yozilgan qog’ozni ushlab to’rt joyga turadi.


background image



54

Qolgan so’zlar aralashtirilib qo’yiladi. Sinf o’quvchilari ham to’rt guruhga bo’linadi va har

bir guruhga bitta bosh so’z biriktiriladi. Masalan, 1-guruh o’quvchilariga yuz so’zining, 2-guruhga

avval so’zining, 3-guruhga quyosh so’zining, 4-guruhga ataylab so’zining ma’nodoshlarini topshp

topshiriladi. 1-guruh o’quvchilari navbat bilan chiqib, aralash xoldagi so’zlar ichidan bst, aft,

bashara, chehra so’zlarini topib yuz so’zi yozilgan qog’ozni ushlab to’rgan o’quvchi yonidan,

ya’ni «Bosh so’z» yonidan o’rin oladilar. Qolgan guruh a’zolari ham o’yinni shu tarzda davom

ettiradilar, ya’ni o’z o’rnini topadilar. O’qituvchi guruhlarning topqirlikni qanday bajarganliklarini

tekshiradi, o’z o’rinlarini to’g’ri topgan guruhlarga to’liq ball, o’rin topishda adashgan guruhlarga

esa pastroq ball qo’yiladi. O’yinni biroz murakkablashtirish ham mumkin. Buning uchun

ma’nodosh so’zlar ichiga ma’nodoshlik qatoriga mansub bo’lmagan so’zlar ham aralashtirib

yuborilsa, o’quvchilarning kerakli so’zni topib olishi qisman murakkablashadi. Bu ish o’quvchilar

bilimiga, iqtidoriga qarab belgilanadi.

Uyadosh so’zlar, shakldosh so’zlar, iboralar mavzusi bo’yicha ham bu o’yin shu tartibda

o’tkaziladi. Morfologiya bo’limida fe’lning ma’noviy guruhlari, fe’l nisbatlari, tub va yasama

fe’llar, sifatning ma’noviy guruhlari, olmoshning ma’noviy guruhlari mavzularini o’rganishda shu

o’yindan foydalanish yaxshi samara beradi.

“Breyn ring“ o’yini

Bu o—yin intellektual faoliyatni shakllantiruvchi o’yinlar sirasiga kirib, unda har birida

5—6 nafardan o—quvchi bo’lgan 2 tadan 5 tagacha jamoalar qatnashishi mumkin. O’qituvchi har

bir guruhga qisqa javobli savollar beradi. Agar ishtirokchilardan biri birinchi bo—lib to—g—ri

javob bersa, qolgan barcha savollar faqat shu ishtirokchiga beriladi va har bir to—g—ri javob uchun

olingan ball to—planib boradi. Agar to—plangan balni vaqtida o—z jamoasi hisobiga tushirib

turmasa va o—yinni to—xtatmay, o—yin davomida noto—g—ri javob berib qo—ysa, o—sha

ishtirokchi to—playotgan barcha ballar kuyib ketadi. Demak, o’sha o’quvchi o—zi istagan paytda

o—yinni to—xtatishi va to—plagan balini jamoa hisobiga tushirishi kerak. Qolgan savollarga endi

boshqa ishtirokchilar javob berishi lozim va ular ham o—z jamoalari hisobiga ball to—plash

imkoniga ega bo—ladilar. Har bir to—g—ri javob uchun 1 ball.

Quyida ona tili darsligi asosida tuzilgan qisqa javobli savollar keltirilgan:

1.

Gaplarning ifoda maqsadiga ko’ra qanday turlari bor?

2.

Darak gap deb nimaga aytamiz?

3.

Darak gap oxirida qanday tinish belgi qo’llaniladi?

4.

So’roq gap deb nimaga aytamiz?

5.

So’roq gaplar nimalar yordamida ifodalanadi?


background image



55

6.

Oyingchi? U ham keladimi?

so’roq gapi nimalar yordamida yasalgan?

7.

Koptogimni qaysi qutiga soldingiz?

so’roq gapi nimalar yordamida yasalgan?

8.

So’roq olmoshi yordamida ifodalangan so’roq gaplar so’roq yuklamalari yordamida

ifodalangan so’roq gaplardan nimasi bilan farq qiladi?

9.

Belgi va ta’m bildiruvchi so’roq so’zlar ishtirokida gap tuzing.

10.

Qaysi so’roq yuklamasi so’zdan ajratib yoziladi?

Xulosa qilib aytganda yuqoridagi barcha metodlarning muvaffaqiyati o'qituvchining

beradigan savol-topshiriqlariga bog'liq. Yo—l-yo—lakay duch kelgan savollar bilan kichik

yoshdagi o'quvchining anglash faoliyatini ishga solish kutilgan natijani bermaydi. So'nggi yillar

davom ida ta ‘lim tizim iga an’anaviy metodlar bilan birga zam onaviy pedagogik texnologiya

usullari kirib keldi. U lardan ona tili ta’limi jarayonida foydalanish bo'yicha yutuqlar qo'lga

kiritildi.

REFERENCES

1.

A. G'ulomov. Ona tili o'qitish prinsiplari va metodlari. - Т.: „O'qituvchi", 1992.

2.

K.Qosimova, S.Matchonov. Ona tili o’qitish metodikasi. Darslik. Toshkent., 2009

3.

M. G'ulomov. Chiroyli yozuv malakasini shakllantirish. — Т.: „O'qituvchi", 1992.

4.

R. Safarova. Nutqiy ko'nikmalarni tekshirish asoslari. //„B oshi. ta’l". jurnali. - Toshkent,

1997. - N° 5. 10—11-betlar.

5.

Q. Abdullayeva, S. Rahmonbekova. „Ona tili darslari41 (1 -sinf o'qituvchilari uchun

qo'llanma). - Т.: 1999.

6.

Ganiyeva, M. (2021). Effective Methods of TRIZ.

7.

Ганиева, М. А., & Жумаева, Ш. Х. (2018). Формирование методов групповой работы

с учащимися общеобразовательных школ. Вопросы науки и образования, (10 (22)),

149-151.

8.

Maftuna, G. (2021). Effective ways to Use Triz (The Theory of Inventive Problem Solving)

in Elementary School. Pindus Journal of Culture, Literature, and ELT, 9, 85-88.

9.

Ганиева, М. (2021). ВАЖНОСТЬ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ “ТРИЗ” ДЛЯ РАЗВИТИЯ

УЧЕНИКИ НАЧАЛЬНОГО КЛАССА. Academic research in educational sciences, 2(5),

129-133.

10.

G’aniyeva, M. (2021). BOSHLANG’ICH SINF DARSLARIDA TRIZ (IXTIROCHI

MASALALARINI HAL QILISH NAZARIYASI) DASTURINI QO’LLASHNING

SAMARALI USULLARI. Scientific progress, 2(5), 108-112.


background image



56

11.

Ганиева, М. А., Муродинова, Н. Р., & Жумаева, Ш. Х. (2018). Трудности при изучении

многозначных

глаголов

русского

языка

учащимися-узбеками

средних

общеобразовательных школ. Проблемы педагогики, (3 (35)), 108-109.

12.

Kizi, G. M. A., & Kizi, B. L. A. (2018). The diversities in terminology of relationship.

Достижения науки и образования, (9 (31)), 22-23.

13.

Ganiyeva, M. (2023). THE MAIN DIRECTIONS OF DEVELOPING THE LOGICAL

THINKING OF FUTURE ELEMENTARY SCHOOL TEACHERS (IN MATHEMATICS

LESSONS). Science and innovation, 2(B3), 30-33.

14.

Ganieva, M. (2023, June). EMPOWERING LOGICAL THINKING IN PRIMARY

SCHOOL STUDENTS THROUGH TIPS TECHNOLOGY. In Academic International

Conference on Multi-Disciplinary Studies and Education (Vol. 1, No. 12, pp. 62-63).

References

A. G'ulomov. Ona tili o'qitish prinsiplari va metodlari. - Т.: „O'qituvchi", 1992.

K.Qosimova, S.Matchonov. Ona tili o’qitish metodikasi. Darslik. Toshkent., 2009

M. G'ulomov. Chiroyli yozuv malakasini shakllantirish. — Т.: „O'qituvchi", 1992.

R. Safarova. Nutqiy ko'nikmalarni tekshirish asoslari. //„B oshi. ta’l". jurnali. - Toshkent, 1997. - N° 5. 10—11-betlar.

Q. Abdullayeva, S. Rahmonbekova. „Ona tili darslari41 (1 -sinf o'qituvchilari uchun qo'llanma). - Т.: 1999.

Ganiyeva, M. (2021). Effective Methods of TRIZ.

Ганиева, М. А., & Жумаева, Ш. Х. (2018). Формирование методов групповой работы с учащимися общеобразовательных школ. Вопросы науки и образования, (10 (22)), 149-151.

Maftuna, G. (2021). Effective ways to Use Triz (The Theory of Inventive Problem Solving) in Elementary School. Pindus Journal of Culture, Literature, and ELT, 9, 85-88.

Ганиева, М. (2021). ВАЖНОСТЬ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ “ТРИЗ” ДЛЯ РАЗВИТИЯ УЧЕНИКИ НАЧАЛЬНОГО КЛАССА. Academic research in educational sciences, 2(5), 129-133.

G’aniyeva, M. (2021). BOSHLANG’ICH SINF DARSLARIDA TRIZ (IXTIROCHI MASALALARINI HAL QILISH NAZARIYASI) DASTURINI QO’LLASHNING SAMARALI USULLARI. Scientific progress, 2(5), 108-112.

Ганиева, М. А., Муродинова, Н. Р., & Жумаева, Ш. Х. (2018). Трудности при изучении многозначных глаголов русского языка учащимися-узбеками средних общеобразовательных школ. Проблемы педагогики, (3 (35)), 108-109.

Kizi, G. M. A., & Kizi, B. L. A. (2018). The diversities in terminology of relationship. Достижения науки и образования, (9 (31)), 22-23.

Ganiyeva, M. (2023). THE MAIN DIRECTIONS OF DEVELOPING THE LOGICAL THINKING OF FUTURE ELEMENTARY SCHOOL TEACHERS (IN MATHEMATICS LESSONS). Science and innovation, 2(B3), 30-33.

Ganieva, M. (2023, June). EMPOWERING LOGICAL THINKING IN PRIMARY SCHOOL STUDENTS THROUGH TIPS TECHNOLOGY. In Academic International Conference on Multi-Disciplinary Studies and Education (Vol. 1, No. 12, pp. 62-63).

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов