SOCIAL AND LEGAL REGULATION OF THE SUPPORT OF WOMEN AND GIRLS IN THE INTERNATIONAL AND NATIONAL COMMUNITY

HAC
Google Scholar
To share
Mirjavharova , F., & A’zamova, S. (2023). SOCIAL AND LEGAL REGULATION OF THE SUPPORT OF WOMEN AND GIRLS IN THE INTERNATIONAL AND NATIONAL COMMUNITY. Modern Science and Research, 2(9), 253–256. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/24143
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

In the article, the issues of protecting women's rights are defined in our national legislation, giving priority to the principles of gender equality at all levels of our society, organizing the activities of state and non-state systems against harassment and violence, solving the current problems of women, and the social status of women in society. It has been tried to reveal issues such as focusing, coordinating the work of official systems for this purpose, introducing innovative ideas and new directions in protecting the interests of women through their analytical observation.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

253

XALQARO VA MILLIY HAMJAMIYATDA XOTIN-QIZLARNI

QO‘LLAB-QUVVATLASHNING IJTIMOIY VA HUQUQIY

TARTIBGA SOLINISHI

Mirjavharova Feruzaxon Usmonjonovna

Farg‘ona viloyati yuridik texnikumi maxsus fan o‘qituvchisi, 3-darajali yurist.

Mirzavharovaferuzaxon@gmail.com

A'zamova Sarvinozxon Akramjon qizi

Davlat huquqiy faoliyati, 20/22-guruh o‘quvchisi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.8371578

Annotatsiya.

Maqolada milliy qonunchiligimizda ayollar huquqlarini himoya qilish

masalalarining belgilanganligi, gender tenglik tamoyillariga jamiyatimizning barcha
bo‘g‘inlarida ustuvorlik berish, tazyiq va zo‘ravonlikka qarshi davlat va nodavlat tizimlari
faoliyatini tashkil qilish, xotin-qizlarning dolzarb muammolarini hal etish, jamiyatda ayollarning
ijtimoiy mavqeyiga e’tibor qaratish, mazkur maqsadda mutasaddi tizimlar mehnatini
muvofiqlashtirish, xotin-qizlar manfaatlarini himoya qilishda innovatsion g‘oyalar va yangi
yo‘nalishlarni joriy etish kabi masalalar belgilanganligi ularni tahliliy mushohada qilish orqali
ochib berishga harakat qilingan.

Kalit so’zlar

:

ayollar huquqlari, gender tenglik, ijtimoiy tenglik, huquqiy tenglik,

zo‘ravonlik, tazyiq, xalqaro normalar, imtiyoz, Ayollar daftari, ayollar tashabbusi, ijtimoiy
yordam.

SOCIAL AND LEGAL REGULATION OF THE SUPPORT OF WOMEN AND

GIRLS IN THE INTERNATIONAL AND NATIONAL COMMUNITY

Abstract.

In the article, the issues of protecting women's rights are defined in our national

legislation, giving priority to the principles of gender equality at all levels of our society,
organizing the activities of state and non-state systems against harassment and violence, solving
the current problems of women, and the social status of women in society. It has been tried to
reveal issues such as focusing, coordinating the work of official systems for this purpose,
introducing innovative ideas and new directions in protecting the interests of women through their
analytical observation.

Keywords:

women's rights, gender equality, social equality, legal equality, violence,

oppression, international norms, privilege, Women's Notebook, women's initiative, social
assistance.

СОЦИАЛЬНО-ПРАВОВОЕ РЕГУЛИРОВАНИЕ ПОДДЕРЖКИ ЖЕНЩИН И

ДЕВОЧЕК В МЕЖДУНАРОДНОМ И НАЦИОНАЛЬНОМ СООБЩЕСТВЕ

Аннотация.

В статье определяются вопросы защиты прав женщин в нашем

национальном законодательстве, отдавая приоритет принципам гендерного равенства на
всех уровнях нашего общества, организации деятельности государственных и
негосударственных систем против притеснений и насилия, решению текущих проблем.
проблемы женщин, социальный статус женщин в обществе.Предпринята попытка
выявить такие вопросы, как направленность, координация работы официальных систем с
этой целью, внедрение новаторских идей и новых направлений в защите интересов женщин
путем их аналитического наблюдения.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

254

Ключевые слова:

права женщин, гендерное равенство, социальное равенство,

юридическое равенство, насилие, угнетение, международные нормы, привилегии, Женская
тетрадь, женская инициатива, социальная помощь.

Mamlakat iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida xotin-qizlarning

faolligini oshirish, ularning ta’lim va kasbiy ko‘nikmalar olishi hamda bandligini ta’minlashga har
tomonlama ko‘maklashish, tadbirkorlik tashabbuslarini yanada qo‘llab-quvvatlash, joylarda xotin-
qizlar muammolari, ehtiyojlari va qiziqishlarini tizimli o‘rganish, tahlil qilish va hal etish
borasidagi ishlarni sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqish maqsadida ushbu sohani tartibga
solish va huquqiy bazasini yanada takomillashtirish masalasiga doimiy e’tibor qaratilib
kelinmoqda.

Ma’lumki, BMTning 1993-yilda qabul qilingan “Ayollarga nisbatan zo‘ravonlik

to‘g‘risida”gi Deklaratsiyasida ayollarga nisbatan zo‘ravonlik tushunchasi quyidagicha
belgilanadi: “Jamoat yoki shaxsiy hayotda har qanday zo‘ravonlik harakatini qamrab olgan
ayollarga jismoniy, jinsiy yoki psixologik zarar yеtkazish yoki azoblash, shu jumladan, tahdidlar
yoki tahdidlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan harakatlar, majburlash yoki o‘zboshimchalik bilan
ozodlikdan mahrum |qilishdir”. Ayollarga qarshi zo‘ravonlik o‘ziga xos xususiyatlarga ega va
shuning uchun alohida javobgarlik talab qiladi. 2019-yildan Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining
va “BMT-Ayollar” hamda BMTning ikki tomonlama agentliklari ko‘magi bilan ayollarga nisbatan
zo‘ravonlikning oldini olish bo‘yicha “RESPECT WOMEN” nomli ko‘rsatmalarni nashr etishni
boshladi. Unda xotin-qizlarni zo‘ravonlikdan himoya qilishning asosiy yo‘nalishlari, yеtti
strategiya va mexanizmlar bayon qilinadi. RESPECTning har bir harfi yеtti strategiyadan birini
ifodalaydi:

munosabatlar

ko‘nikmalarini

mustahkamlash,

ayollarning

imkoniyatlarini

kengaytirish, kafolatlangan xizmatlar, qashshoqlikni kamaytirish, qulay sharoitlar yaratish
(maktablar, ish joylari, jamoat joylari), bola va o‘smirlarga qarshi zo‘ravonlikning oldini olish.
Xotin-qizlarning ijtimoiy muammolarini hal qilish, erkaklar bilan bir qatorda ular uchun teng
imkoniyatlar yaratish, ularning ta’lim olishi va kasbiy tayyorgarligiga e’tibor qaratish, ayniqsa,
ularning huquqiy savodxonligini oshirish, xotin-qizlarga eskicha an’anaviy munosabat hamda
shakllangan stereotiplarni yo‘qotish, jamiyatda qonun, adolat tamoyili ustuvorligini ta’minlash
tazyiq, zo‘ravonliklarning oldini olish, shuningdek, uni vujudga keltiruvchi sabablarni kamaytirish
chora-tadbirlari (usullari) deb aytish mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligida ham ayollar huquqlarini himoya qilish

bo‘yicha bir qancha normalar yaratilgan. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi,
“Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”, “Xotin-qizlar va erkaklar
uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi
qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining “2030-yilga qadar O‘zbekiston
Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasini tasdiqlash haqida”gi qarorlari va bir
qancha normativ huquqiy asoslar mavjud.

Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 07-martdagi PF-87-sonli

“Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga asosan mamlakatda xotin-qizlarning huquq va qonuniy
manfaatlarini himoya qilish, ularning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish, sogʻligʻini
saqlash, kasbga oʻqitish va bandligini taʼminlash, tadbirkorlikka keng jalb etish, ehtiyojmand


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

255

xotin-qizlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, gender tenglikni taʼminlash borasida olib borilayotgan
islohotlarni tizimli davom ettirish, shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Global kun
tartibining Barqaror rivojlanish maqsadlarini izchil amalga oshirish maqsadida 2022-2026-yillarda
xotin-qizlarning mamlakat iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida faolligini
oshirish boʻyicha Milliy dastur ishlab chiqilgan va 2022-2026-yillarda xotin-qizlarning mamlakat
iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida faolligini oshirish boʻyicha Milliy
dasturni 2022-2023-yillarda amalga oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar rejasi
tasdiqlangan. Shunga asosan, 2022-yil 1-sentyabrdan buyon byudjet tashkilotlaridan tashqari
barcha yuridik shaxslarda oxirgi 6 oy davomida uzluksiz ish stajiga ega boʻlgan ayollarga har oy
uchun minimal isteʼmol xarajatlari miqdoridan kelib chiqqan holda Davlat byudjeti mablagʻlari
hisobidan homiladorlik va tugʻish nafaqasi toʻlab beriladigan bo‘ldi. Xotin-qizlarga taʼlim olishlari
uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish, ularning ilmiy salohiyati va malakasini tizimli
oshirib borishni qoʻllab-quvvatlash maqsadida 2022/2023 oʻquv yilidan boshlab oliy taʼlim
muassasalari, texnikum va kollejlarda, shu jumladan, sirtqi va kechki taʼlim shaklida oʻqiyotgan
xotin-qizlarning taʼlim kontraktlarini toʻlash uchun 7 yil muddatga foizsiz taʼlim kreditlarini
moliyalashtirish maqsadida tijorat banklariga resurs mablagʻlari yoʻnaltirilib kelinmoqda.
Shuningdek, birinchi marta davlat oliy taʼlim muassasalarining magistratura bosqichida
oʻqiyotgan barcha xotin-qizlarning kontrakt toʻlovlarini qaytarish shartisiz qoplab berilishi
nazarda tutildi. 2021-yildan buyon huquqiy asoslarga ko‘ra “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”
va “Temir daftar”ga kiritilgan xotin-qizlarni uy-joy bilan ta’minlash maqsadida, ularga ipoteka
kreditlari bo‘yicha boshlang‘ich badalni to‘lab berish va ijtimoiy uy-joylar sotib olish maqsadida
amaliy yordam berish maqsadli amalga oshirilib kelinmoqda.

Hozirgi vaqtda mamlakatimizda turli

soha va tarmoqlarda mehnat qilayotgan ishchi va xizmatchilarning 45 foizini xotin-qizlar tashkil
etadi. Jumladan, davlat va jamoat tashkilotlari tizimida 1400 ga yaqin xotin-qiz rahbarlik
lavozimlarida mehnat qilmoqda. Ulardan 17 nafari senator, 16 nafari Oliy Majlis Qonunchilik
palatasi deputati, 1075 nafari esa xalq deputatlari mahalliy kengashlari tarkibida faoliyat
yuritmoqda.

O‘nlab opa-singillarimiz “O‘zbekiston Qahramoni”, “O‘zbekiston fan arbobi”,

“O‘zbekiston xalq o‘qituvchisi”, “O‘zbekiston xalq shoiri”, “O‘zbekiston xalq artisti” singari
davlatimizning yuksak faxriy unvonlari, orden va medallariga sazovor bo‘lgan. Ularning orasida
500 nafardan ziyod fan doktorlari va akademiklar, minglab fan nomzodlari o‘z bilimi, iste’dodi
bilan Vatanimiz ravnaqi yo‘lida astoydil xizmat qilib kelmoqda. Jamiyat va davlat hayotida faollik,
tashabbuskorlik ko‘rsatgan, o‘zining samarali mehnati bilan oilaning shakllanishi va farovonligi
mustahkamlanishi, onalik va bolalik muhofazasiga munosib hissa qo‘shgan xotin-qizlarga
beriladigan “Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishoni ta’sis etildi.

Bugungi kunda ijtimoiy hayotda ayollar huquqlarining turli jabhalarda buzilishi ham keng

kuzatiladi. Jumladan, oilaviy zo‘ravonlik xalqaro hamjamiyat tomonidan ayollar, erkaklar,
qariyalar va bolalarga nisbatan eng keng tarqalgan inson huquqlari va erkinliklarining qo‘pol
ravishda buzilishlaridan biri sifatida qaraladi. Amalda dunyoning barcha mamlakatlarida turli xil
jamoat tashkilotlari va davlat organlari ushbu muammo bilan shug‘ullanadi. Ayollarga nisbatan
zo‘ravonlik ayollarning imkoniyatlarini kengaytirish va jamiyatda teng ishtirok etish yo‘lidagi
asosiy to‘siqlardan biri hisoblanadi. Ayollarga nisbatan zo‘ravonlik tarixiy jihatdan erkaklar va
ayollar o‘rtasida teng bo‘lmagan kuchlar muvozanatining namoyon bo‘lishidir, buning natijasida


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

256

ayollar ustidan hukmronlik, kamsitishlar yuzaga keladi. Zo‘ravonlik ayollarning to‘liq
rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi; ayollarga nisbatan zo‘ravonlik ayollarning erkaklarga nisbatan
bo‘ysunuvchi pozitsiyani egallashga majbur bo‘lishiga olib keladigan mexanizmlardan biridir.
Ayollarga nisbatan zo‘ravonlik qayerda bo‘lishidan qat’i nazar ijtimoiy tuzilmalar va madaniy
an’analar, jamiyat, shu jumladan, patriarxal jamiyatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan
madaniy an’analar, me’yorlar va qadriyatlar bilan chuqur ildiz otgan va ko‘pincha inkor etish va
sukut saqlash madaniyati bilan davom etib kelmoqda.

Milliy qonunchilikda ayollar shaxsiy huquqlarini muhofaza qilish maqsadida ham bir

qancha huquqiy hujjatlar yaratilgan. Jumladan “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab quvvatlashga
doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida“gi 07.03.2022 yildagi PF-87-son
farmonga asosan, ayollar huquqlarini muhofaza qilish maqsadida quyidagilar belgilab qo‘yildi:

- tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchiga davlat himoyasini taqdim etuvchi order sud

tomonidan bir yil muddatgacha berilishini belgilash;

- chet el fuqarosi O‘zbekiston Respublikasi hududida aliment majburiyatlarini

bajarmaganlik uchun sudlangan yoki ma’muriy javobgarlikka tortilgan bo‘lsa, unga nisbatan
O‘zbekiston Respublikasidan chiqarib yuborish va O‘zbekiston Respublikasiga kirish huquqini
cheklash bo‘yicha majburlov choralarini qo‘llamaslik;

- ayolni o‘z homilasini sun’iy ravishda tushirishga majburlaganlik uchun javobgarlikni

kuchaytirish;

- yaqin qarindoshi bo‘lgan xotin-qizga qasddan tan jarohati yetkazganlik uchun

javobgarlikni kuchaytirish;

- shaxs hayotining sir tutiladigan tomonlarini aks ettiruvchi, sha’ni va nomusini

kamsituvchi ma’lumotlarni oshkor qilganlik uchun jinoiy javobgarlikni belgilash;

- ikki oydan ortiq muddat mobaynida moddiy yordamga muhtoj bo‘lgan voyaga yetmagan

yoki mehnatga layoqatsiz shaxsni moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlagan shaxsga nisbatan haq
to‘lanadigan jamoat ishlariga yoki boshqa ishga majburiy jalb qilish tarzidagi ma’muriy
huquqbuzarlikka oid jazo turini belgilash.

Ayollar huquqlarining buzilishi hamma jabhalarda, hamma davlatlarda va hamma

sohalarda uchrab turadi. Ularni kamaytirish iloji boricha ayollarning ham ijtimoiy, ham siyosiy
mavqeini mustahkamlash va uning huquqiy asoslarini yaratish muhim hisoblanadi va har bir
demokratik davlatda e’tibor berishi lozim bo‘lgan jihat hisoblanadi.


REFERENCES

1.

“Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi“ 1948-yil

2.

“Ayollarga nisbatan zo‘ravonlik to‘g‘risida”gi Deklaratsiyasi 1993-yil

3.

“O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi” 2023-yil

4.

“Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida” 07.03.2022 PF-87

5.

“Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to'g'risida”
15.12.2022 O’RQ - 809

References

“Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi“ 1948-yil

“Ayollarga nisbatan zo‘ravonlik to‘g‘risida”gi Deklaratsiyasi 1993-yil

“O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi” 2023-yil

“Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 07.03.2022 PF-87

“Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to'g'risida” 15.12.2022 O’RQ - 809

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов