METHODS OF TEACHING MOTHER TONGUE IN PRIMARY CLASSES SCIENTIFIC AND METHODOLOGICAL BASIS

HAC
Google Scholar
To share
Hojiyeva, N. . (2023). METHODS OF TEACHING MOTHER TONGUE IN PRIMARY CLASSES SCIENTIFIC AND METHODOLOGICAL BASIS. Modern Science and Research, 2(9), 424–428. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/24233
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article focuses on the methodological and scientific basis of the subject of methods of teaching mother tongue in primary school, the means of teaching mother tongue in school and methodological information on psychology and pedagogy in teaching mother tongue.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

424

BOSHLANG’ICH SINFLARDA ONA TILI O’QITISH METODIKASI FANINING

METODOLOGIK VA ILMIY ASOSLARI

Hojiyeva Nasiba Bahodirovna

Osiyo xalqaro universiteti o‘qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.8393142

Annotatsiya.

Mazkur maqolada boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitish metodikasi

fanining metodologik va ilmiy asoslari, maktabda onatilini o’qitish vositalari hamda ona tili
o’qitishda psixologiya va pedagogika ma’lumotlari haqida metodik ma’lumotlarga e’tibor
qaratilgan.

Kalit so’zlar:

Boshlang’ich sinf, ona tili, metodologiya, metodika, kompetentsiya, kitob,

psixologiya va pedagogika, didaktika va xakozo.

МЕТОДИКА ПРЕПОДАВАНИЯ РОДНОГО ЯЗЫКА В НАЧАЛЬНЫХ

КЛАССАХ НАУЧНО-МЕТОДИЧЕСКИЕ ОСНО

Аннотация.

В статье рассматриваются методические и научные основы

предмета “Методика обучения родному языку в начальной школе”, способы обучения
родному языку в школе и методические сведения по психологии и педагогике в обучении
родному языку.

Ключевые слова:

начальная школа, родной язык, методика, методика,

компетентность, книга, психология и педагогика, дидактика и т. д.

METHODS OF TEACHING MOTHER TONGUE IN PRIMARY CLASSES

SCIENTIFIC AND METHODOLOGICAL BASIS

Abstract.

This article focuses on the methodological and scientific basis of the subject of

methods of teaching mother tongue in primary school, the means of teaching mother tongue in
school and methodological information on psychology and pedagogy in teaching mother tongue.

Key words:

Primary school, mother tongue, methodology, methodology, competence, book,

psychology and pedagogy, didactics and so on.

Ona tili o’qitish metodikasining metodologik asosi borliqni bilish nazariyasidir. Bu fanning

bosh vazifasi o’quvchilarning o’zbek tili lug’at boyligini to’liq o’zlashtirib olishlarini
ta’minlashdir.

Ma’lumki, jamiyatda til kishilar o’rtasidagi aloqaning zaruriy vositasidir. Tilning aloqa

vositasi sifatidagi ahamiyati uzluksiz ortib boradi. Til borliqni oqilona, mantiqiy bilish vositasidir.
Til birliklari yordamidagina bilish jarayonida umumlashtirish, tushunchani muhokama va xulosa
bilan bog’lash amalga oshiriladi.

Badiiy adabiyot ta’lim bosqichlarida ham san’atning bir turi, ham o’quv predmeti sifatida

o’rganiladi. Shunga ko’ra bolalar badiiy adabiyotning so’z san’ati sifatida o’ ziga xosliklari, uning
yashash tarzi, namoyon bo’lish shakllari, rivojlanish qonuniyatlari ularning yosh xususiyatlarini
e’tiborga olgan holda o’rgatiladi. Ma’lumki, bolalikdan kitobga bo’lgan munosabatni ijobiy
shakllantirishda maktabgacha bolalar kitobxonligi badiiy adabiyotdagi asosiy mazmun va
mohiyatni, ularda aks etgan nafosatni his etishiga alohida urg’u beriladi.

Til va nutq tafakkur bilan uzviy bog’liqdir. Tilni egallash va nutq o’stirish bilan

o’quvchining fikrlash qobiliyati ham o’sib boradi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

425

Maktabning vazifasi tilni kishilar orasidagi munosabatning rivojlangan nozik quroliga

aylantirish hisoblanadi.

Amaliy pedagogik fan sifatida ona tili o’qitish metodikasi boshlang’ich ta’lim standarti

belgilab bergan vazifalarni amalga oshiradi, ya’ni tafakkur qilish faoliyatlarini kengaytirish, erkin
fikrlay olish, o’z fikrini og’zaki va yozma ravishda ravon bayon qila olish, jamiyat a’zolari bilan
erkin muloqotda bo’la olish ko’nikma va malakalarini rivojlantirishga oid metod va usullarni
ishlab chiqadi.

Bilish nazariyasiga ko’ra analitik-sintetik ishlar yordamida til ustida kuzatishdan umumiy

xulosa chiqarishga, nazariy ta’rif va qoidaga, shular asosida yana og’zaki va yozma tarzdagi nutqiy
aloqaga, to’g’ri yozuv va to’g’ri talaffuzga o’tiladi. O’quvchilar jonli nutqiy aloqaga to’g’ri
talaffuz va to’g’ri yozuvni elementar nazariy ma’lumotlar asosida amaliy egallash orqali
kirishadilar, til materiallarini kuzatish, tahlil qilish orqali elementar nazariy qoidalar chiqaradilar,
o’rgangan va o’zlashtirilgan nazariy qoidalarni amaliyotga ongli ravishda tatbiq etadilar.

Maktabda ona tili o’qitish metodikasining bunday yo’nalishi haqiqatni bilish

qonuniyatlariga ham, hozirgi zamon didaktikasi vazifalariga ham mos keladi. Ta’lim sohasidagi
davlat siyosatining quyidagi asosiy tamoyillari boshlang’ich ta’limda ona tili o’qitish
metodikasining vazifalarini belgilab, aniqlashtirib beradi:

ta’lim ustuvorligining tan olinishi; ta`lim olish shaklini tanlash erkinligi;
ta`lim sohasida kamsitishlarga yo`l qo`yilmasligi;
ta`lim olishga doir teng imkoniyatlarning ta`minlanishi;
ta`lim va tarbiyaga milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarning singdirilganligi;
ta`lim va tarbiyaning insonparvarlik va demokratik xususiyati; ta’limning uzluksizligi va

izchilligi;

o`n bir yillik ta`limning hamda olti yoshdan yetti yoshgacha bo`lgan bolalarni bir yil

davomida umumiy o’rta ta`limga tayyorlashning majburiyligi;

davlat ta`lim standartlari va davlat ta`lim talablari doirasida ta`lim olishning hamma uchun

ochiqligi;

o`quv dasturlarini tanlashga doir yondashuvning yagonaligi va tabaqalashtirilganligi;
insonning butun hayoti davomida ta`lim olishi;
jamiyatda pedagoglarning ijtimoiy himoya qilishning kafolatlanganligi;
ta`lim tizimining dunyoviy xususiyatga egaligi;
bilimlilik, qobiliyatlilik va iste`dodning rag`batlantirilishi;
ta`lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvining uyg`unligi;
ta`lim faoliyati sohasidagi ochiqlik va shaffoflik.
Yuqoridagi ta`lim tamoyillaridan kelib chiqqan holda boshlang’ich ta’lim umumiy o’rta

ta’lim olish uchun zarur bo’lgan savodxonlik, bilim va ko’nikma asoslarini shakllantirishga
qaratiladi.

Boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitish metodikasi fani o’z vazifalarini belgilab olishda

ta’lim sohasidagi davlat hujjatlariga tayanadi. Hozirgi kunda ta’limni tubdan isloh qilish davlat
siyosatining asosiy yo’nalishiga aylandi. “Ta’lim to’g’risida”gi qonun va shu asosda Xalqaro
talablar asosida yaratilayotgan Milliy o`quv dastiri buning yorqin dalilidir.

“Umumiy o`rta ta`limning Milliy o`quv dasturi” da maktab bitiruvchilarida filologiya

fanlari bo`yicha qo`yiladigan talablarda nutqiy kompetensiya, limgvistik kompetensiya, filologiya


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

426

fanlari orqali tayanch kompetensiyalarni rivojlantirish, ona tili fanini o`qitish konsepsiyasi, ona tili
fani bo`yicha o`quvchilarga sinflar kesimida qo`yiladigan talablar belgilab berilgan. Dasturda tilni
o`qitish orqali shu til bo`yicha egallanadigan nutqiy faoliyatning asosiy to`rt tuqi: nutqni tinglab
tushunish, gapirish, o`qish va yozish amallari bo`yicha har bir sinfda taqozo etiladigan ko`nikma
va malakalar me`yorini rivojlantirish, bunda o`qish hamda mehnat jarayonida, oila va jamoat
joylarida yuzaga keladigan turli nutqiy vaziyatlarda mustaqil ravishda fikr almasha olish va fikr
bayon eta bilish, eshitilgan materialni idrok etish, shuningdek, yozma manbalarni o`qish orqali
axborot olish, voqea-hodisalarga munosabat bildirish tarzida muloqotga kirish malakasini egallab
borish dinamikasi nazarda tutiladi”.

Ta`limni tubdan isloh qilish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy

va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali mutavassislarni tayyorlash Milliy tizimini
yaratish asosiy maqsad qilib olingan.

Ta`lim sohasidagi davlat siyosati insonni intellektual va ma’naviy-axloqiy jihatdan

tarbiyalash bilan uzviy bog’liq bo’lgan uzluksiz ta’lim tizimi orqali har tomonlama barkamol
shaxsni shakllantirishni nazarda tutadi.

Ona tili o’qitish metodikasi fani ham ta’lim jarayonini tashkil etish shakllarini va usullarini

ishlab chiqishda yuqoridagi maqsadlar asosida ish yuritadi.

Umumiy o’rta ta’limning bir bosqichi bo’lgan boshlang’ich ta’lim 1-4- sinflarni o’z ichiga

oladi. Milliy dasturda ta’kidlanganidek, bu bosqichda ta’limning yangicha tizimini va mazmunini
shakllantirish uchun quyidagilar zarur:

o’quvchilarning qobiliyatlari va imkoniyatlariga muvofiq ravishda ta’limga

tabaqalashtirilgan yondashuvni joriy etish;

ta’lim berishning ilg’or pedagogik texnologiyalarini, zamonaviy o’quv- uslubiy

majmualarini yaratish va o’quv-tarbiya jarayonini didaktik jihatdan ta’minlash va hok.

Milliy dasturda ta’lim tizimining yaxlit axborot makonini vujudga keltirish bo’yicha

ta’kidlangan ko’rsatmalar, uzluksiz ta’limni ta’minlash borasidagi islohotlarni amaliyotga tatbiq
etish boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitish metodikasi oldida turgan dolzarb vazifalardan
hisoblanadi.

Ona tili o’qitish metodikasi psixologiya va pedagogika ma’lumotlariga ham tayanadi.

Metodikaning masalalarini hal etishda pedagogik ilmlar ham yordam beradi. SHuning uchun ham
psixologiya va pedagogika fanlari metodikaning metodologik asosi hisoblanadi.

Pedagogik psixologiya kishiga ta’lim va tarbiya berishning psixologik qonuniyatlarini

o’rganishni o’z predmeti deb biladi. U o’quvchilarda tafakkurning shakllanishini tadqiq qiladi,
aqliy faoliyat usullari va ko’nikmalarini o’zlashtirish jarayonini boshqarish masalalarini o’rganadi,
o’qitish jarayoning muvaffaqiyatliligiga, pedagog bilan o’quvchilar o’rtasidagi o’zaro
munosabatlarga va o’quvchilar jamoasidagi munosabatlariga ta’sir qiluvchi psixologik omillarni,
o’quvchilardagi individual-psixologik farqlarni, aqliy rivojlanishdan orqada qoluvchi bolalar bilan
olib boriladigan ta’lim-tarbiya ishlarining o’ziga xos xususiyatlarini aniqlaydi. Bu bilan pedagogik
psixologiya metodika faniga o’quv materialini tanlashda, boshlang’ich sinflarda ona tilining
mazmuni va hajmini, o’quv materialini aniqlashda hamda ularni sinflar bo’yicha taqsimlashni
muayyan izchillikda joylashtirishda yordam beradi, o’qitishning samarali usul va shakllarini
belgilashga, o’quvchilar analitik-sintetik faoliyatining to’g’ri o’sishiga ko’maklashadi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

427

Metodika psixologiya fani ma’lumotlariga tayanib o’qitishda o’quvchilarning yosh va

individual xususiyatlarini hisobga olib yondashish imkoniyatiga ega bo’ladi.

Onatili o’qitish metodikasi psixolingvistika fani bilan ham uzviy bog’liqdir.

Psixolingvistika metodikaga nutq haqida -fikrni bayon qilish turlarini belgilovchi omillar, “nutqni
qabul qilish signallari” apparati, individual munosabatga va ommaviy aloqaga nutqiy ta’sirning
foydasi haqida ma’lumotberadi. Buma’lumotlar metodik masalalarni hal qilish uchun, ayniqsa,
bog’lanishli nutqni o’stirish metodikasi uchun juda muhimdir.

Boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitish metodikasi didaktika bilan, ya’ni ta’limning

umumiy nazariyasi bilan ham bog’lanadi. Metodika didaktika belgilabbergan qonuniyatlar, qoida
vatamoyillargaasoslanadi. Didaktika tamoyillariga, ya’ni o’rganiladigan materialning ilmiyligi va
muvofiqligi, til va materialni o’rgatish va mustahkamlashda ko’rgazmalilik, onglilik, bilim,
ko’nikma va malakaning puxtaligi, doimiy takrorlash, o’quvchilar bilish faoliyatining faolligi,
mustaqillik, o’qitishni hayot bilan, bolalarning qiziqishlari bilan bog’lab olib borishga rioya qilish
maktabda o’qitiladigan barcha predmetlardan, shu jumladan ona tilidan ham, o’qish jarayonini
tashkil qilishda juda zarurdir.

Ona tili metodikasi umumiy pedagogikabilan ham o’zaro bog’lanadi. Maktab ta’limidagi

har bir o’quv predmeti, shu jumladan ona tili ham, faqat bilim berish, ko’nikma va malaka hosil
qilish bilangina cheklanmay, bolaning ongini oshirishi va tarbiyalashi ham zarur. Haqiqatdan ham,
ona tili o’qitish jarayonida bolalarning dunyoqarashi shakllanadi, bilish qobiliyatlari o’sadi, ular
aqliy, axloqiy, estetik tomondan rivojlanadi, xarakterida ma’lum ijobiy xususiyatlar yuzaga keladi,
mehnat qilishga o’rganadi va hok.

Pedagogika fani bolalarni har tomonlama rivojlantirish va ularni tarbiyalash masalalarini

ilmiy tomondan ishlab beradi. Ona tili o’qitish metodikasi pedagogika fani yangiliklariga, uning
yuqorida qayd etilgan masalalarni ilmiy tomondan ishlab bergan ma’lumotlariga tayanadi.

Ona tili metodikasini umumiy pedagogika bilan bog’lash ayniqsa boshlang’ich sinflarda

muhimdir. Kichik yoshdagi o’quvchilarning jamoaviy va shaxsiy o’quv faoliyatida zarur bo’lgan
ko’p odat va ko’nikmalari hali tarbiyalanmagan bo’ladi. Tashkilotchilik, jamoa ishiga tez kirishish,
e’tibor bilan eshitish, o’qish va yozish, faol va mustaqil ishlash, barcha ishlarni puxta va saranjom
bajarish kabi ko’nikma va odatlar o’qituvchi va maktab tomonidan amalga oshiriladigan
umumpedagogik tadbirlar tizimini tashkil etadi. Tarbiyaning shunga o’xshash nazariy va amaliy
masalalarini pedagogika ishlab beradi. O’qituvchi pedagogik talablarni amalga oshirsagina, ona
tiliga o’rgatishni ta’lim-tarbiya jihatidan foyda keltiradigan qilib uyushtira oladi.

Ona tili o’qitish metodikasi o’zbek tilining ma’lum qismini nazariy egallashni nazarda

tutadi, shuning uchun ham fonetika v fonologiya, leksikologiya va frazeologiya, so’z yasalishi va
etimologiya, grammatika -morfologiya va sintaksis, stilistika, shuningdek, orfoepiya, grafika,
orfografiya kabi fanlar ona tili metodikasining muhim ilmiy asosi hisoblanadi.

Fonetika va fonologiya, grafika savod o’rgatish metodikasini ishlashda, elementar o’qish

ko’nikmasini shakllantirishda asos bo’lib xizmat qiladi. Fonetika va grafikaning fonetik tamoyil
asosida yoziladigan imlo qoidalarini o’zlashtirishda ham ahamiyati katta.

Husnixat metodikasi grafika nazariyasiga tayanadi.
Leksikologiyani bilish maktabda lug’at ishi (ma’nodosh va zid ma’noli so’zlarga oid

xilma-xil mashqlar o’tkazish, ko’p ma’noli so’zlar, ularning ma’no bo’yoqlari ustida ishlash) ni
to’g’ri tashkil etish uchun juda muhimdir.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

428

So’zning tarkibi va so’z yasalishini o’rganishda metodikaga morfemika, so’z yasalishi,

etimologiya, grammatika asos vazifasini bajaradi.

Morfologiya va sintaksis mavhum til hodisalarini shakllantirishni, til qurilishi haqida

tushuncha hosil qilishni to’g’ri tashkil etishga, grammatik tushunchalardan to’g’ri yozuv
masalalarini hal qilish uchun foydalanishga imkon beradi. Grammatikadan bilimi bo’lmagan
o’quvchilarda imlo va punktuatsiyadan ko’nikma va malakalarni shakllantirish mumkin emas.
Grammatika o’quvchilar nutqini o’stirishda muhim o’rin tutadi, chunki grammatika so’z
shakllarini to’g’ri tuzish, so’z birikmasi tarkibidagi so’zlarni o’zaro to’g’ri bog’lash va gapni
to’g’ri tuzishga o’rgatadi.

To’g’ri yozuvga o’rgatish metodikasining rivojlanishida o’zbek tili imlosi nazariyasini

hisobga olish talab etiladi.

Sinfda o`qish va sinfdan tashqari o’qish metodikasi adabiyot nazariyasiga asoslanadi,

chunki o’quvchilar badiiy asarni amaliy tarzda tahlil qiladilar, ularga adabiyotshunoslikdan
nazariy ma’lumot berilmaydi, ammo metodika adabiy asarning yaratilish qonuniyatlarini, ularning
o’quvchilarga ta’sirini, ayniqsa, adabiyotshunoslikka oid mavzulardan asarning g’oyaviy
mazmuni, uning mavzusi va syujeti, kompozitsiyasi, janri, tasviriy vositalarini hisobga olishi
zarur.

REFERENCES

1.

O’zbekiston Respublikasi “Ta’lim to’g’risidagi” Qonuni 2020 yil 19 may.

2.

Umumiy o’rta ta’lim to’g’risidagi Nizom. /www/ZiyoNet/uz

3.

O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirining 2019 yil 12 oktyabrdagi 931-
sonli “O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi “O’zbekiston
Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash
to’g’risida” PF-5847-son Farmoni.

4.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “2017-2021 yillarda
O’zbekistonni Rivojlantirish bo’yicha Harakat strategiyasi to’g’risida”gi PF-4947-sonli
Farmoni // O’zbekiston Respublikasi Qonuni hujjatlar to’plami – T.; 2017 – b.37

5.

O`zbekiston Respublikasining Qonuni. Ta`lim to`g`risida. Qonunchilik palatasi tomonidan
2020 –yil 19- mayda qabul qilingan. Senat tomonidan 2020- yil 7- avgustda
ma`qullangan.Toshkent shahri, 2020- yil 23- sentabr. O`RQ -637.- 3-бет.




References

O’zbekiston Respublikasi “Ta’lim to’g’risidagi” Qonuni 2020 yil 19 may.

Umumiy o’rta ta’lim to’g’risidagi Nizom. /www/ZiyoNet/uz

O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirining 2019 yil 12 oktyabrdagi 931-sonli “O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi “O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash to’g’risida” PF-5847-son Farmoni.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “2017-2021 yillarda O’zbekistonni Rivojlantirish bo’yicha Harakat strategiyasi to’g’risida”gi PF-4947-sonli Farmoni // O’zbekiston Respublikasi Qonuni hujjatlar to’plami – T.; 2017 – b.37

O`zbekiston Respublikasining Qonuni. Ta`lim to`g`risida. Qonunchilik palatasi tomonidan 2020 –yil 19- mayda qabul qilingan. Senat tomonidan 2020- yil 7- avgustda ma`qullangan. Toshkent shahri, 2020- yil 23- sentabr. O`RQ -637.- 3-бет.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов