THE CONCEPT OF PHYSICAL QUALITIES.

HAC
Google Scholar

Keywords:

Abstract

While education inspires physical education, physical education complements intellectual education and provides a complementary system of educational development and focuses on quality and design in education.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

251

JISMONIY SIFATLAR HAQIDA TUSHUNCHA.

Saidova Mahbuba Ayubovna

Osiyo Xalqaro Universiteti Jismoniy Madaniyat kafedrasi o’qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.8418975

Annotatsiya.

Ta'lim jismoniy tarbiyani ilhomlantirsa, jismoniy tarbiya intellektual ta'limni

to'ldiradi va o'quv taraqqiyotining bir-birini to'ldiruvchi tizimini ta'minlaydi va ta’limdagi sifat va
uni shakillantirish borasida qaratilgan.

Kalit so’zlar:

Koordinatsion, qobilyat, murakkab va majmuaviy, psixofizik sifat, tezlik,

chaqonlik, teskorlik, kuch, jismoniy sifatlar, harakat, teskorlik.

THE CONCEPT OF PHYSICAL QUALITIES.

Abstract.

While education inspires physical education, physical education complements

intellectual education and provides a complementary system of educational development and
focuses on quality and design in education

Key words:

Coordination, ability, complex and complex, psychophysical quality, speed,

agility, dexterity, strength, physical qualities, movement, dexterity.

ПОНЯТИЕ О ФИЗИЧЕСКИХ КАЧЕСТВАХ.

Аннотация.

В то время как образование вдохновляет физическое воспитание,

физическое воспитание дополняет интеллектуальное образование и обеспечивает
дополнительную систему прогресса в обучении и фокусируется на качестве образования и
его формировании.

Ключевые слова:

координационные, способности, сложные и комплексные,

психофизические качества, скорость, ловкость, инверсия, сила, физические качества,
движение, инверсия.

Koordinatsion qobilyat –

bu insonning, asab, mushak va harakat muvofiqligi orqali,

bajarilayotgan harakat faoliyati talablaridan kelib chiqqan holda, jismoniy sifatlarni zarur nisbatda
safarbar etilishini ta’minlovchi murakkab majmuaviy pisixo-fizik xususiyatlarining yig’indisi deb
tariflash mumkin.

Biron harakat faoliyatini bajarishda insonning muvofiqlovchi imkoniyatlarini tavsiflash

uchun nazariya va jismoniy tarbiya usuliyatida, uzoq vaqt «chaqqonlik» atamasi qo‘llanilib
kelingan. Hozirgi kunda ularni belgilash uchun ko‘p hollarda «muvofiqlash layoqatlari» atamasi
ishlatilmoqda. Bu tushunchalar ma’nosi bo‘yicha yaqin bo‘lgani bilan, tarkibi bo‘yicha bir xil
emas.

Chaqonlik

Ta’kidlab o‘tish lozimki, chaqqonlik faqat sharoitning kutilmagan va og‘irlashgan

vaziyatlarida, insondan bunday vaziyatlardan tez, aniq harakatlar kutilayotgan, to‘satdan va
oldindan aytib bo‘lmaydigan hollarda namoyon bo‘ladi.

Chaqqonlik

-

insonning murakkab va majmuaviy psixofizik sifati. Uning rivojlanganlik

darajasi murakkab muvofiqlash masalalarini echishda qatnashuvchi psixomotor imkoniyatlarning
rivojlanganlik saviyasi bilan aniqlanadi.

Bunday masalarni echish uchun inson ham jismoniy, ham

ruhiy tayyor bo‘lishi lozim. Yaxshi rivojlangan chaqqonlik sifati- harakatlarni boshqarishning oliy
shakllaridan biri. Bejiz emaski, N.A.Bronshteyn harakat chaqqonligi-harakatlarni boshqarish
malikasi deb ta’kidlagan.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

252

Teskorlik

Insonning harakat masalalarini jadal sur’atlarda bajara olish imkoniyatini ifodalash uchun

bir necha yillar davomida «tezkorlik» atamasi ishlatilib kelingan. Harakat tezkorligining ko‘plab
shakllari mavjudligini va ularning o‘ziga xosligini e’tiborga olib, bu atamasi so‘nggi vaqtlarda
«tezlik qobiliyati» tushunchasiga almashtirildi.

Tezlik qobiliyati

- bu minimal vaqt oralig‘idagi sharoitda harakatlarning bajarilishini

ta’sdiqlovchi inson xususiyatlari-ning funksional majmuasi.

Tezlik qobiliyatining ikki turi farqlanadi;
-

elementar

- majmuaviy

shakllari mavjud.

Elementar shaklga tezlik qobiliyatlarining to‘rtta turi kiradi.
1. Berilgan xabarni tez sezish qobiliyati.
2. Yuqori tezlikdagi harakatni yakka lokal bajarish qobili-yati.
3. Harakatni tez boshlash qobiliyati (ba’zida amaliyotda keskin bajarish bilan ataladi).
4. Harakatni maksimal sur’atda bajarish qobiliyati.
Hozirgi vaqtdagi yig‘ilib qolgan bir qator ilmiy omillarning ko‘rsatishicha, bu qobiliyatlar

ham murakkab tizimga ega.

Elementar tezlik harakati maksimal sur’ati tezlik qobiliyatining yagona shakli deyish

mumkin emas. Bunga harakatning yuqori sur’at ko‘rsatkichlari orasidagi dastlabki holatning
bajarilishini, yukning har xil og‘irligi va ortiqcha og‘irliksiz harakat amplitudasi o‘zgarishlaridagi
aloqaning yo‘qligi kabi omillar guvohlik qiladi.

Maksimal sur’atning yuqori ko‘rsatkichlari qo‘llarni oyoqlarga nisbatan, o‘ngni chapga

nisbatan, distalni proksimalga nisbatan kuzatiladi.

Tezlik paydo bo‘lishining elementar shakllari va boshqa qobiliyatlari yig‘indisidagi

majmuaviy texnika malakasi bilan tasdiqlanishi tezlik layoqatini jadal murakkab aktlarda
ko‘rinishi alohida sport turlariga xosdir.

Majmuaviy shakllarga taalluqli bo‘lgan holatlar:

startda maksimal imkoniyatlarcha bo‘lgan tezlikni olish qobiliyati.

(start tezlik qobiliyati)

sprinterga yugurishdagi start tezligini oshirish, kon’kida yugurish va eshkak eshish sportida,
futboldagi, sakrash, tennisdagi koptokni olish;

masofa tezligida yuqori darajalarga erishish qobiliyati

(masofa tezlik qobiliyati)

yugurishda, suzishda.

bir harakatdan boshqasiga tez o‘tishi qobiliyati.

Tezlik qobiliyati darajasinirivojlantirish omillari;
1. Asab jarayonining harakatchanligi, ya’ni asab markazining hayajonlanish holatidan

tormozlanish holatidagi o‘tish tezligi.

2. Turli mushak to‘qimalari egiluvchanligi va cho‘ziluv-chanligining o‘zaro munosabati.
3. Ichki va o‘rta mushaklarning muvofiqlash samaradorligi.
4. Harakat texnikasining mukammaligi.
5. Iroda fazilatlarini, kuchlarini, muvofiqlash qobiliyat-lari, egiluvchanligini rivojlantirish

darajasi.

6. Mushaklardagi ATFning miqdori, uning resintezi va par-chalanish tezligi (tiklanish).


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

253

Tezlik qobiliyatlarining hosil bo‘lishi tashqi muhitdagi haroratga ham bog‘liq. Harakatning

maksimal tezligi +20-22* haroratda kuzatiladi va +16da* 6-9% ga tushib ketadi, shuning uchun
inson tezlik qobiliyatlari o‘ziga xos xususiyatlarga ega.

Egiluvchanlik

Egiluvchanlik

- harakat-tayanch apparatining majmuaviy morfologik xususiyati bo‘lib,

inson gavdasining alohida bo‘g‘imlaridagi bir-biriga nisbatan bo‘lgan harakatdir.

“Egiluvchanlik” atamasini gavdani yoki umumiy harakat zanjirini ulovchi deb tavsiflashga

maqsadga muvofiqdir. Masalan umurtqa pog‘onasi harakatini ba’zan egiluvchan deb ataladi.

Alohida bo‘g‘imlar haqida gap ketganda, ularning harakatchanligi ustida gapirib o‘tish

kerak. (yelka bo‘g‘imlarii, tizza bo‘g‘imlari harakatchanligi). Rivojlanish darajasining
ko‘rsatkichlariga ko‘ra harakat amplitudasi juda keng. U burchak darajasi goniometri vositasida
yoki santimetr chizg‘ich yordamida o‘lchanadi.

Amplitudaning turli harakatlardagi ma’lumotlarini aniq olish uchun turli optik usullar:

kinoga olish, video yozuv, stereotsiklografiya, rentgen-televizor yoki ultratovushli lokatsiyalar
qo‘llaniladi.

Jismoniy tarbiyava sport amaliyotida egiluvchanlikning rivojlanishini tekshirishda turli

testlardan foydalaniladi.

Egiluvchanlik faol va sust bo‘ladi.

Faol egiluvchanlik

- harakatning katta amplitudasiga erishgan inson qobiliyati bo‘lib,

bo‘g‘imlardan o‘tuvchi mushak guruhlarining qisqarishi tufayli paydo bo‘ladi. Masalan
“qaldirg‘och” muvofiqlashida oyoq ko‘tarishning amplitudasi.

Sust egiluvchanlik - harakatning eng katta amplitudasi bo‘lib, ya’ni gavdaga,

harakatlanayotgan qo‘shimcha tashqi kuchning ta’siridir. Masalan biror yuklama, snaryad,
sherikning yordami.

Sust egiluvchanlikning

- ko‘rsatkichlari, birinchi navbatda qo‘yilgan kuchning kattaligi

natijasida (ya’ni paylar va mushaklarning qo‘shimcha kuch ta’sirida cho‘zilish darajasi) ayrim
shaxslardagi og‘riqni sezish va bu yoqimsiz holatga chidashiga bog‘liq.

Kuch

Mushak kuchi va mushaklarning chidamliligi.

Kuch bu-

qarshilikni engishga qaratilgan mushak guruhi tomonidan ishlab chiqilgan

harakat miqdori.

Kuch -

mushaklarning kuchlanishi orqali tashqi qarshilikni engish yoki unga qarshi turish

qobiliyati.

Mushak kuchi - mushak tomonidan ishlab chiqilgan maksimal harakat; mushaklarning

chidamliligi - mushaklarning ma'lum vaqt davomida harakatlarning rivojlanishini saqlab turish
qobiliyati.

Kuch va chidamlilik o'zaro bog'liqdir, chunki birining o'sishi, qoida tariqasida,

ikkinchisining o'sishiga olib keladi. Kuch va chidamlilikning to'g'ri rivojlanishi insonga kundalik
ishni yanada samarali bajarishga imkon beradi.

Kuchni rivojlantiruvchi fiziologik mеxanizmlar sirasiga quyidagi omillarni kiritish

mumkin:

1.

Mushak ichidagi mеxanizmlar.

2.

Asab boshqaruviga xos xususiyatlar.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

254

3.

Psixofiziologik mеxanizmlar.
Mushak ichi mеxanizmlariga quyidagilar kiradi:

Fiziologik ko’ndalang kеsim kattaligi.

Ko’ndalang kеsim qanchalik yo’g’on bo’lsa,

mushaklar shuncha ko’p kuchlana oladi. Mushaklarning ishchi gipеrtrofiyasida mushak tolalarida
miofibrillar (qisqartiruvchi tolalar) soni va o’lchamlari oshadi hamda sarkoplazmatik oqsillar
konsеntratsiyasi ortadi.

Mushak tolalari tarkibi (kompozitsiyasi).

“Sustkash” va “tеzkor” mushak tolalari

farqlanadi. Birinchi xil tolalarda mushaklarning zo’riqish kuchi ancha sust rivojlantiriladi, bu
“tеzkor” tolalar tеzligidan uch barobar past bo’lishi mumkin. Tolalarning ikkinchi turi tеzkor va
kuchli qisqarishlarni amalga oshiradi. Katta vaznli yuklar bilan takrorlar sonini kamaytirib kuch
tayyorgarligini olib borish ko’p miqdordagi “tеzkor” mushak tolalarini safarbar qiladi, kichik
vaznli yuk bilan ko’p takrorlab mashqlar bajarish esa ham “tеzkor”, ham “sustkash” tolalarni
faollashtiradi. Tananing turli mushaklarida tolalar nisbati bir xil emas, bu irsiyat bilan bog’liq.


REFERENCES

1.

Salamov R.S. “Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati”. 1 tom. Darslik. ITA-PRESS.
T.-2015 220 b.

2.

Salamov R.S. “Sport mashgʻulotlarining nazariy asoslari”. 2 tom. Darslik. ITA-PRESS.
T.,-2015 210 b.

3.

Курамшин Ю.Ф. “Теория и методика физической культуры”. Учебник. Москва.
– 2010. 210 с.

4.

Матвеев Л.П. “Общая теория спорта и ее прикладные аспекты”. Учебник. СПб.
«Лань»., 2005г.

5.

Юнусова Ю.М. “Теоретические основы физической культуры и спорта”. Учебная
пособия. T.,-2009 250 с.

References

Salamov R.S. “Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati”. 1 tom. Darslik. ITA-PRESS. T.-2015 220 b.

Salamov R.S. “Sport mashgʻulotlarining nazariy asoslari”. 2 tom. Darslik. ITA-PRESS. T.,-2015 210 b.

Курамшин Ю.Ф. “Теория и методика физической культуры”. Учебник. Москва. – 2010. 210 с.

Матвеев Л.П. “Общая теория спорта и ее прикладные аспекты”. Учебник. СПб. «Лань»., 2005г.

Юнусова Ю.М. “Теоретические основы физической культуры и спорта”. Учебная пособия. T.,-2009 250 с.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов