ETHNIC COMPOSITION OF KHORAZM OASIS IN ETHNOGRAPHIC RESEARCH.

HAC
Google Scholar
To share
Hakimova, A. (2023). ETHNIC COMPOSITION OF KHORAZM OASIS IN ETHNOGRAPHIC RESEARCH. Modern Science and Research, 2(10), 513–516. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/24499
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

In this article, the way of life of the local population groups under the leadership of S.P. Tolstov, who directly led the archaeological-ethnographic expedition of Khorezm, which deeply studied the history of ancient Khorezm, was highlighted through sources.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

513

ETNOGRAFIK TADQIQOTLARDA XORAZM VOHASI ETNIK TARKIBI.

Hakimova Aziza Hikmatjon qizi

Buxoro Davlat Universiteti Buxoro tarixi kafedrasi

Etnografiya, etnologiya, antropologiya ta’lim yo’nalishi

1-bosqich magistranti.

Тел:+998974883797

Elektron manzil:

hakimova9197@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.10005282

Annotatsiya

. Ushbu maqolada qadimgi Xorazm tarixini chuqur o’rgangan Xorazm

arxeologik-etnografik ekspeditsiyasiga bevosita rahbarlik qilgan S.P.Tolstov boshchiligidagida
rus elshunos olimlarning mahalliy aholi ichidagi guruhlarning hayot yo’li manbalar orqali
yoritilib o’tildi.

Kalit so’zlar:

Xorazm, Xorazm arxeologik ekspeditsiyalari,

o’zbek, turkman, qoraqalpoq,

sart, xutor, ovul, ata.

ETHNIC COMPOSITION OF KHORAZM OASIS IN ETHNOGRAPHIC

RESEARCH.

Abstract.

In this article, the way of life of the local population groups under the leadership

of S.P. Tolstov, who directly led the archaeological-ethnographic expedition of Khorezm, which
deeply studied the history of ancient Khorezm, was highlighted through sources.

Key words:

Khorezm, Khorezm archaeological expeditions, Uzbek, Turkmen, Karakalpak,

sart, khutor, ovul, ata..

ЭТНИЧЕСКИЙ СОСТАВ ХОРАЗМИЙСКОГО ОАЗИСА В

ЭТНОГРАФИЧЕСКИХ ИССЛЕДОВАНИЯХ.

Аннотация.

В данной статье через источники освещен образ жизни местных групп

населения под руководством С.П. Толстова, который непосредственно руководил
археолого-этнографической экспедицией Хорезма, глубоко изучавшей историю древнего
Хорезма.

Ключевые слова

: Хорезм, Хорезмские археологические экспедиции, узбек, туркмен,

каракалпак, сарт, хутор, овул, ата.


Xorazm tabiiy-iqlim va tarixiy-milliy sharoitlariga ko’ra mukammal mintaqalardan biri

hisoblanadi. U o’troq dehqonchilik, chorvachilik madaniyatlari o’rtasidagi doimiy madaniy va
etnik aloqalar mintaqasi, murakkab etnogenez jarayonlarining juda muhim chorrahasi hisoblanadi.
Bu hududni o’rganishda Xorazm arxeologik-etnografik ekspeditsiyasida etnografik tadqiqot
guruhlarining tashkil etilishi va o’rganilishi katta ahamiyatga ega bo’ldi.

Xorazm vohasini o’rganuvchi arxeologik-etnografik guruhlarning tashkil etilishi, tadqiqot

ishtirokchilarining nashrlari, monografiyalari voha tarixini o’rganishda dolzarbdir. Xorazm vohasi
S.P.Tolstov fikricha, bu voha qalin klasterlardan yagona orollargacha sanoqsiz qal’a xarobalarini,
qo’rg’onlarini, mustahkam mulklarini, katta shaharlarini qamrab oladi.

1

1

Толстов С. П. По следам древнехорезмийской цивилизации. –М., 1948. –С.31


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

514

Xorazm arxeologik-etnografik ekspeditsiyasi bu turli sohalardagi tadqiqotchilarning katta

jamoasidir. E’tiborli jihati, 1945-yilda ekspeditsiya Qoraqalpoq etnografik otryadi tomonidan
tashkil etildi, 1946-yildan so’ng shimoliy va janubiy o’zbek otryadlariga bo’lindi. Bunday maxsus
guruhlarga bo’linishlar va bu birliklarga alohida rahbarlar faoliyat olib borishi voha etnogenezini
chuqur o’rganishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Shimoliy o’zbek tadqiqot guruhiga K.l.Zadixina rahbarligi ostida qoraqalpoqlarning

Xo’jayli, Qo’ng’irot tumanlari tadqiqotlar olib borildi. Bunga parallel ravishda janubiy o’zbek
otryadiga M.V.Sazonova rahbarlik qilib, asosiy tadqiqotlari Xorazm viloyatining Xonqa, Xiva,
Xazorasp va nisbatan ko’p sonli o’zbeklar yashovchi To’rtko’l tumanlari o’rganildi. G.P.Snesarev
rahbarligidagi o’zbek etnografik otryadi o’z izlanishlari davomida Xiva, Xazorasp, Xonqa va
qo’shni Shimoliy Turkmaniston hududlarida etnografik izlanishlar olib borishadi.

2

Ushbu etnografik guruhlar o’z oldiga aholini etnografik tizimlashtirish bo’yicha

so’rovnomalar olib borish, mahalliy etnik guruhlarning joylashishini aniqlash, elatlarning
an’anaviy madaniyati va hayotini tavsiflovchi tarixiy-etnografik materiallar yig’ishni maqsad
qo’ygan. T.A.Jdanko ta’kidlaganidek, qoraqalpoqlarning oilalari va qabilalari o’rtasida an’anaviy
bog’liqlik bo’lib, bu nafaqat oilaviy munosabatlarda balki, iqtisodiy-siyosiy hayotida, joylashishi
va boshqaruvida namoyon bo’ladi.

Qoraqalpoq urug’ va qabilalarning ulkan va murakkab tizimi, ko’p asrlar davomida

shakllangan va yangi kirib kelgan etnik guruhlarni va ularning hozirgacha saqlanib qolgan
xususiyatlarini tarixiy manbalar orqali o’rganish o’ziga xos muhim ahamiyat kasb etdi. Izlanishlar
davomida qoraqalpoq urug’larning yashash joylari, kelib chiqishi, boshqa qabilalar bilan aloqlari,
oila-nikoh munosabatlari, boshqaruv xususiyatlari, soliqqa tortish, yerdan foydalanish kabi
masalalar o’rganish markaziga qo’yildi.

XX asr 50- yillarida bir yerli qoraqalpoq ovul jamoalarning tarixiy-etnografik xususiyatlari

o’rganilib, yig’ilgan materiallar asosida qoraqalpoqlarning turar-joy, ta’lim, hunarmandchilik,
milliy liboslari, amaliy san’at jihatlari tadqiq etildi. Alisher Doniyorov fikricha, bu vaqtda
qoraqalpoqlarning asosiy ommasi uchun “xutor” tarzidagi manzilgohlar, chorvador qozoqlar
uchun esa ovul tarzidagi manzilgohlar mavjud bo’lgan.

3

Arxeologik-etnografik guruhlarning arxiv hujjatlari, adabiyotlar va yig’ma materiallardan

to’plagan ma’lumotlari asosida qoraqalpoqlarning Amudaryo pastki oqimi va Sirdaryo
hududlariga joylashishlari va Xorazm vohasi qoraqalpoqlari tadqiq etilib o’rganildi. Yig’ilgan
etnik materiallar asosida o’zbek va qoraqalpoqlarning etnik tarixiga asos bo’lgan urug’lari –
ashamayli, balgal, qang’li, qiyot kabi urug’lar o’rganildi. Bu etnografik izlanishlar hozirgi
kungacha qoraqalpoqlar tarixi uchun muhim asos bo’lib xizmat qilmoqda.

Xorazm ekspeditsiyasi etnografik tadqiqotining muhim jihatlaridan biri Xorazm vohasi

o’zbeklarini o’rganilishi bo’ldi. Tadqiqotchilar Amudaryo quyi oqimidagi o’zbeklarni kelib
chiqishi, etnik ko’rinishi turlicha bo’lganligi sababli ularni shartli ravishda shimoliy va janubiy
o’zbek guruhlariga bo’lishdi. Shimoliy o’zbeklar haqida to’xtaladigan bo’lsak, ular dashtiqipchoq

2

Курбанова З. И.  Этнографические отряды Хорезмской археолого-этнографической экспедиции. Приаралье

на Перекрестке культур. –Caмарканд., 2013. –С. 74

3

Дониеров.А. Хоразм археология-этнография экспедицияси Узбекистон этнография фанида. –Т.,2007. –Б.57


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

515

o’zbeklari deb nomlanib, qoraqalpoq va qozoqlarga yaqin elat bo’lgan. Ular o’zlarini ko’chmanchi
turkiyzabon qabilalar avlodi sifatida bilib, Orolbo’yi va quyi Siryaryo bo’ylarida yashagan.

Xorazm ekspeditsiyasi etnografik jamoasi o’z izlanishlari davomida Qo’ng’irot va

Qipchoq tumanlari etnik xaritasini tuzib, katta bo’lmagan va ixcham qabilaviy urug’larini
belgilashdi va shu asnosida ularning qo’shni qozoq, qoraqalpoq, turkmanlar bilan aloqalari
o’rganildi. K.L.Zadixina fikricha, Xorazm vohasi o’zbeklarning qabilaviy tuzulishini tahlil qilish
ko’plab urug’-aymoq guruhlari va ular o’rtasidagi mulkiy munosabatlarni ochib berdi. Yaqin
vaqtgacha qangli va qipchoqlar bilan Xorazm vohasi o’zbeklari o’rtasida sovchilik va nikoh
munosabatlari saqlanib qolgan.

Bularga aks ravishda janubiy o’zbeklar kelib chiqishi va etnik tarixi bo’yicha shimoliy

o’zbeklardan ancha farq qilib, ular sart o’zbeklari deb atalgan.

4

Ular Xorazm vohasining markaziy

va janubiy tumanlarini egallagan bo’lib, qadimiy Xorazm sivilizatsiyasida asos bo’lishgan. Ularda
qabilaviy bo’linish yo’q bo’lib, voha muqim aholisi sanalib, asrlar davomida ajdodlardan
sug’oriladigan qishloq xo’jaligi, shaharlashgan an’analar, hunarmandchilik va savdoni meros
qilishgan.

G.P.Snesarev boshchiligidagi o’zbek etnik tadqiqot guruhi Xorazm o’zbeklarining diniy

e’tiqodlarini, Islomgacha bo’lgan yodgorliklarni, marosimlarini o’rganib, Qoraqalpog’iston va
Xorazm hududidagi mozorlar, manzilgohlar kelib chiqish tarixi va etnik xususiyatlarini
o’rganishgan.

5

Turkman etnografik tadqiqot guruhi turkmanlarning etnik tuzulishi, qabila urug’lari,

haqida materiallarini yig’ishni boshlashdi. To’plangan materiallar turkman madaniyati, turar-
joylar tiplari, kiyim-kechaklari, gilamchiligi va ularning bezalishi haqida ma’lumotlar beradi.
Bular nafaqat turkmanlarning madaniyati haqida balki, ularning iomudov, emrel, choudor,
qoratosh, goklen qabilaviy guruhlari haqida etnografik ma’lumotlar beradi. Statsionar o’rganishlar
davomida turkmanlarning qabilaviy bo’linmalari “ata”laning o’rganilgan.

6

Ushbu arxeologik-

etnografik tadqiqotlar turkmanlarning moddiy-madaniy hayotini – uy, bezatish, kiyim-kechak,
ovqat, hunarmandchilik sohalarini o’rgangan.

Demak, yuqoridagi etnografik guruhlar, nafaqat ma’lumotlar yig’ish bilan shug’ullandi,

balki Xorazm vohasi xalqlari etnik izlanishlarida va ilmiy qiziqishlar doirasini kengaytirishga
chaqirdi, balki umumiy nazariy ahamiyatga ega bo’lgan bir qator muammolarga javob topildi.
Xorazm arxeologik-etnografik ekspeditsiya doirasida etnografik tadqiqotlarning o’ziga xos
xususiyati shundaki, bu davrda etnograflar moddiy va ma’naviy madaniyatning tarkibiy
elementlarini, ta’bir joiz bo’lsa, uni ichdan o’rganish yo’li bilan tadqiq qilinayotgan muammolar
mohiyatiga kirishga harakat qilindi.

Ushbu etnograflar yaratgan asarlaridagi xulosalar nafaqat Xorazm mintaqasi xalqlari balki

jahon tarixi jarayonlarini va etnografiyasini anglashda muhim ahamiyat kasb etdi. Tadqiqotlarning
etnik jihati barcha ushbu davrlar uchun juda muhim va mufassal deb tan olingan. Bu an’anaviy

4

Задыхина К. Л. Узбеки дельты Амударьи // -M., 1952. –C.65

5

Снесарев Г. П. Реликты домусульманских верований и обрядов у узбеков

Хорезма. -М.1969

6

Курбанова З. И.  Этнографические отряды Хорезмской археолого-этнографической экспедиции. Приаралье

на Перекрестке культур. –Caмарканд., 2013. –С. 78


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

516

yo’nalish eskpeditsiyaning hozirgi vaqtdagi tadqiqotlarida ham saqlanib qolgan. Ekspeditsiyaning
keng ko’lamdagi etnografik tadqiqotlari ham tarixiy etnografiya muammolarini, ham zamonaviy
jarayonlarini o’z ichiga qamragan.

REFERENCES

1.

Толстов С. П. По следам древнехорезмийской цивилизации. –М., 1948.

2.

Курбанова З. И.  Этнографические отряды Хорезмской археолого-этнографической
экспедиции. Приаралье на Перекрестке культур Caмарканд. 2013.

3.

Дониеров.А. Хоразм археология-этнография экспедицияси Узбекистон этнография
фанида. –Т.,2007.

4.

Задыхина К. Л. Узбеки дельты Амударьи // -M., 1952

5.

Снесарев Г. П. Реликты домусульманских верований и обрядов у узбеков

Хорезма. -М. 1969

References

Толстов С. П. По следам древнехорезмийской цивилизации. –М., 1948.

Курбанова З. И. Этнографические отряды Хорезмской археолого-этнографической экспедиции. Приаралье на Перекрестке культур Caмарканд. 2013.

Дониеров.А. Хоразм археология-этнография экспедицияси Узбекистон этнография фанида. –Т.,2007.

Задыхина К. Л. Узбеки дельты Амударьи // -M., 1952

Снесарев Г. П. Реликты домусульманских верований и обрядов у узбеков

Хорезма. -М. 1969

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов