OBJECTIVE TASKS OF FINE ART EDUCATION AND TYPES AND GENRES OF FINE ART

HAC
Google Scholar
To share
Solijonova, M. (2023). OBJECTIVE TASKS OF FINE ART EDUCATION AND TYPES AND GENRES OF FINE ART. Modern Science and Research, 2(10), 131–135. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/24536
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Ushbu maqola san’atning keng tarqalgan turlaridan bir bo’lgan tasviriy san’atning maqsad va vazifalarini keng taxlil qiladi hamda tasviriy san’atning kelajak avlod tarbiyasidagi o’rni va ro’li borasida keng fikr yuritib ushbu san’at turlari va janrlari to’g’risida bir qancha ma’lumotlar va ko’nikmalar beradi.


background image



131

TASVIRIY SAN’AT TA’LIMINING MAQSAD VAZIFALARI VA TASVIRIY

SAN’ATNING TUR VA JANRLARI

Solijonova Muhtasaroy Jahongirbek qizi

Andijon davlat pedagogika instituti

Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi yo’nalishi 2-bosqich talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.10021451

Annotatsiya.

Ushbu maqola san’atning keng tarqalgan turlaridan bir bo’lgan tasviriy

san’atning maqsad va vazifalarini keng taxlil qiladi hamda tasviriy san’atning kelajak avlod

tarbiyasidagi o’rni va ro’li borasida keng fikr yuritib ushbu san’at turlari va janrlari to’g’risida

bir qancha ma’lumotlar va ko’nikmalar beradi.

Kalit so’zlar:

Tasviriy san’at, tur, janr, grafika, haykaltaroshlik, maqsad, vazifa,

rangtasvir, jarayon, natyurmort, obraz, portret, rassom, asar, tasavvur.

OBJECTIVE TASKS OF FINE ART EDUCATION AND TYPES AND GENRES

OF FINE ART

Abstract.

This article broadly analyzes the goals and tasks of visual art, which is one of

the most common types of art, and discusses the role and place of visual art in the education of

the next generation. provides some information and skills.

Key words:

Fine art, type, genre, graphics, sculpture, purpose, task, painting, process,

still life, image, portrait, artist, work, imagination.

ОБЪЕКТИВНЫЕ ЗАДАЧИ ХУДОЖЕСТВЕННОГО ОБРАЗОВАНИЯ И

ВИДЫ И ЖАНРЫ ИЗОБРАЗИТЕЛЬНОГО ИСКУССТВА

Аннотация.

В данной статье широко анализируются цели и задачи

изобразительного искусства, которое является одним из наиболее распространенных

видов искусства, обсуждаются роль и место изобразительного искусства в воспитании

подрастающего поколения, предоставляется ряд информации и навыков.

Ключевые слова

:

Изобразительное искусство, тип, жанр, графика, скульптура,

цель, миссия, живопись, процесс, натюрморт, образ, портрет, художник, работа,

воображение.

San’at tabiat va jamiyatdagi hodisalar va jarayonlarning badiiy tasviriy ifodasidir. San’at

insonlarning orzu-niyatlarini, maqsadlari yo’lidagi harakatlarini, ezgu-umidlarini to’la ifoda etadi.

San’atni qadrlagan, unga ixlos bilan qaraydigan insondan hech qachon yomonlik chiqmaydi.

San’at insonlar uchun estetik zavq –shavq manbai, san’at odamlar hayotiga go’zallik olib kiradi.


background image



132

San’at insonlarda atrof –olamga nisbatan hissiy munosabatni shakllantiradi hamda hayotni kuzatib

o’rganish va bilish vositasi ham hisoblanadi.

San’at juda keng ma’noga ega va uning turlari ham juda ko’p, bular adabiyot, teatr, tasviriy

san’at, me’morchilik, ganchkorlik, musiqa, yog’och o’ymakorligi va naqqoshlik bular hammasi

bir biri bilan uzviy bog’liqdir. San’atning qadimiy va shu bilan birga keng tarqalgan turlaridan biri

bo’lgan tasviriy san’at keng ma’noga ega xisoblanadi. Tasviriy san’at insonlarga hayotni

o’rganishga, dunyo go’zalliklarini his qilishga yaqindan yordam beradi. Tasviriy san’at insonlarni

badiiy madaniyatini shakllantiradi. Shuning uchun ham davlatimiz o’zi rivojlanayotgan bir davrda

badiiy madaniyat taqdiri uchun ham mas’uliyatni zimmasiga olib, hozirda tasviriy san’at sohasiga

alohida e’tibor qaratmoqda. Tasviriy san’at ta’limi dunyoqarashni, tasavvurni, ko’rish xotirasini

shakllantiradi.

Yosh avlodni har tomonlama takomilida kommunistik tarbiyaning barcha tarkibiy qismlari

qatori estetik tarbiya ham alohida ahamiyat kasb etadi. U bolalarga borliqni yaxshiroq idrok etish

va tushunishga, insonlarning hissiyot dunyosini chuqurroq anglashga, ularning ijodiy

qobiliyatlarini o’stirishga yordam beradi, atrofdagi, borliqdagi go’zalliklarni his qilishga o’rgatadi.

Estetik tarbiyaga ega bo’lgan bolalar san’at asarlarida, odamlar orasidagi munosabatlarda, tabiatda

va mexnatda go’zallikni ko’ra oladigan bo’ladi. SHuningdek ularning hayotga go’zallik kirgizish

malakalari rivojlangan, badiiy fikr doirasi keng bo’ladi. Mana shu estetik tarbiyaning ta’sirchan

vositalaridan biri bo’lgan tasviriy san’at o’quv predmeti faqatgina estetik tarbiya vositasi bo’lib

qolmay o’quvchilarni g’oyaviy – siyosiy, aqliy, axloqiy, mexnat tarbiyasini amalga oshirishda ham

muhim ro’l o’ynaydi.

Tasviriy san’at insonlarga badiiy tarbiya ham beradi. Tasviriy san’at mashg’ulotlari

o’quvchilarning hayotga va san’atga, axloqqa bo’lgan munosabatlarini shakllantiradi. Tasviriy

san’at mashg’ulotlari estetik xis – tuyg’ular, go’zal narsalarga emotsional munosabatda bo’lish,

badiiy faoliyat va san’atga bo’lgan qiziqish xislarini tarbiyalaydi. Tasviriy san’at ta’limining

asosiy maqsadi ham insonlarni badiiy madaniyatini ya’ni estetik didini shakllantirish va har

tomonlama yetuk, komil insonni yetishtirishdir. Tasviriy san’at ta’limi maktablarda ayniqsa

bolalarda kuzatuvchanlikni, ko’rish xotirasini o’stirish uchun zarur hisoblanadi va maktabda

o’qitiladigan tasviriy san’at o’quv predmeti o’zining maqsad – vazifasi – mazmun – mohiyatiga

ko’ra;

1. Borliqni idrok etish

2.Badiiy qurish –yasash

3.Narsani o’ziga qarab tasvirlash


background image



133

4.Kompozitsion faoliyat

5. San’atshunoslik asoslari kabi dars mashg’ulotlari asosida faoliyat ko’rsatadi. Tasviriy

san’atning bu mashg’ulot turlari o’ziga xos pedagogik texnologiya, didaktik prinsiplarga va

metodik uslublarga egadir. Hamda, bu mashg’ulotlar hammasi yagona maqsad bo’yicha faoliyat

yuritadi.

Tasviriy san’at bolalarga atrof-tabiatni o’rganishga yaqindan yordam beradi. Ular narsalar

rasmini chizishdan oldin uni kuzatadi ularni rangi, shakli, holatlarini o’rganadilar so’ng ularni o’zi

chizayotgan ishlarida tasvirlashga harakat qiladilar. Kuzatilayotgan jonli narsalarning hayoti

borasida ham tasavvurga ega bo’ladilar natijada ularning borliq haqidagi tasavvurlari kengayadi

va xotirasi ham o’sadi va rivojlanadi. Tasviriy san’at mashg’ulotlarida ta’limiy va tarbiyaviy

vazifalar birgalikda amalga oshirilsa yana ham yaxshi samara beradi.

Turli san’at asarlarini taxlil qilish bolalarda badiiy idrok etish malakalarini o’stirish, faktik

materiallarni o’zlashtirish, maxsus termin va tushunchalarni o’rganish orqali amalga oshirilishi

lozim. Tasviriy san’at haqidagi suhbat darslarining vazifasi esa o’quvchilarning milliy va jaxon

badiiy madaniyati boyliklarini puxta o’zlashtirishga qaratilgan bo’lishi lozim. Tasviriy san’at shu

bilan birga maktabdagi boshqa fanlarga ham bog’lanadi. Ayniqsa tabiatshunoslik, mehnat, tarix

darslarida alohida ahamiyat kasb etadi. Tasviriy san’at darslarining eng muhim vazifalaridan biri

esa tasviriy, amaliy va me’morchilik san’atlari asarlarini o’qishga o’rgatishdir. Tasviriy san’at o’z

o’rnida grafika, haykaltaroshlik va rangtasvir kabi turlarga bo’linadi.

Grafika

– tasviriy san’atning eng keng tarqalgan va hozirjavob turidir. Bu turda turli ranglar

ishlatilmaydi asosan chiziqlar, shakllar va ranglar ishlatilganda ham faqat oq-qora ranglar

ishlatiladi. Grafika san’ati o’z o’rnida quyidagi turlarga ajratiladi. Masalan; 1. dastgoh grafikasi,

ijodkor insonning mustaqil badiiy faoliyatini anglatuvchi asarlari kiradi. 2. kitob grafikasi

san’atida esa kitob turiga qarab muqova kabilar hisobga olinadi. Kitob grafikasining o’ziga xos bir

turi gravyura san’ati deyiladi. Gravyura ham o’z o’rnida bir qancha turlarga bo’linadi. Grafika

san’atining yana bir turi plakatlar yasashdir. Bularga reklama, siyosiy plakatlar, afishalar kiradi.

Grafika san’atining mashhur ustalari esa Leonardo da Vinchi, Sulton ali Mashhadiy, Kamoliddin

Behzod shular jumlasidandir.

Haykaltaroshlik

asarlarida esa borliq hajmga ega bo’lgan shakllar orqali makonda

tasvirlanadi. Stol ustiga qo’yiladigan haykalchalar, binolarning devorlariga, tanga, belgi yoki

medal kabi buyumlarning yuzasidagi bo’rtma tasvirlar, haykaltaroshlik san’atining turli ko’rinishi

hisoblanadi. Mazkur san’at ko’rinishga qarab qabariq hamda dumaloq haykallar yaratish turlariga

bo’linadi.


background image



134

Dumaloq haykallarni hamma tomonidan ko’ra olsak, qabariq haykallar biror yuzaga bo’rtib

ishlanganligi uchun faqatgina bir tarafdan ko’rishimiz mumkin bo’ladi. Qabariq haykallar relef

deb ham ataladi. Relef fransuzcha so’ bo’lib, yuza degan ma’noni anglatadi. Relef haykallar ham

o’z navbatida bir necha turlarga bo’linadi.

Tasviriy san’atning uchinchi turi o’sha biz bilgan eng jozibakor tur

rangtasvirdir

.

Rangtasvirda rang muhim o’rinni egallaydi. Rangtasvir o’z o’rnida ta’sirli tur ham hisoblanadi.

Rangtasvirda rassom bo’yoqlar bilan qog’ozga, matoga yoki biror tekis yuzaga voqea- hodisalarni

badiiy tasvirlab beradi. Rangtasvir asarlari akvarel, guash, akril yoki shunga o’xshash moyli

bo’yoqlar vositasida yaratiladi. Rangtasvir asarlari insonni tez o’ziga jalb qiluvchi asarlar

hisoblanadi. Rangtasvir ham o’z o’rnida bir necha turlarga bo’linadi.

1. Dastgohli rangtasvir,

2. Monumental rangtasvir,

3. Miniatyura rangtasviri,

4. Dekorativ rangtasvir,

5. Teatr dekorativ rangtasvir.

Rangtasvir san’atining ustalaridan Rafael Santi, Rembrandt, Leonardo da Vinchi ijodlari

e’tiborga molikdir. XX asr o’zbek rangtasvir san’ati ustalaridan Rahim Ahmedov, Bahodir Jalolov,

O’rol Tansiqboyev ijodlari ham diqqatga sazovordir.

Tasviriy san’at janrlari borasida so’z ochar ekanmiz har bir tasviriy san’at janriga

to’xtalmasdan iloj yo’q albatta. Tasviriy san’atda 8 ta janr mavjud bo’lib har birining jarayonlarida

har xil mavzular aks ettiriladi. Tasviriy san’atning ilk janri

manzara

janridir. Mazkur janr shahar,

tabiat, qishloqlarning biror yuzalarda guash, akvarel, tempera, akril moybo'yoqlarda

tasvirlanishidir. Bu janrda I. SHishkin, I. Levitan kabi ijod qilib shuxrat qozongan rassomlar

talaygina.

Tasviriy san’atdagi ikkinchi janr bu

natyurmort

janridir.Natyurmort fransuzcha so’zdan

olingan bo’lib “jonsiz tabiat” degan ma’noni anglatadi. Mazkur janrda gullar ,qushlar , baliqlar,

uy-ro’zg’or buyumlari, meva –sabzavotlar va ayrim mexnat qurollari tasvirlanadi.

Navbatdagi janr kishilarning hayoti va turmush tarzi ya’ni oila, shaxsiy va ijtimoiy hayot

jarayonlari tasvirlanadigan

maishiy

janrdir.

Tasviriy san’atning keyingi janri bu

tarixiy

janrdir. Mazkur janrdagi asarlarda tarixiy

voqea- hodisalar yoki tarixiy obrazlar tasvirlanadi.


background image



135

Navbatdagi janr bu

portret

janridir bu janrda konkret inson obrazi rangtasvirda ifodalanadi.

Mazkur janrda nafaqat inson qiyofasi balki uning ichki dunyosi, ruhiyati ham tasvirlanadi. Bu

janrda Mikelanjelo, I, Repin, CH Ahmarov, I Kramskoy kabi rassomlar ijod qilganlar.

Tasviriy san’atning navbatdagi 6- janri bu

animalistik

janrdir. Animalistik janrda

hayvonlar obrazi tasvirlanadi. Qushlar va hayvonlar obrazini ishlovchi rassomlar animalistlar

deyiladi.

Rassomlarning jang, urush manzarasini tasvirlashi esa

batal

janri deyiladi. Navbatdagi

so’nggi janr esa

afsonaviy

janrdir. Mazkur janrda tasviriy san’at asarlarida hayotda uchramaydigan

lekin xalq tomonidan o’ylab topilgan odam, hayvonlar, voqea-hodisalar tasvirlanadi. O’sha

hamma bilgan uchboshli ajdarlar, devlar tasvirlari manashu janrda tasvirlanadi.

Mazkur janrlarni ko'rib chiqar ekanmiz, har bir janrda qanday obraz yoki voqea –hodisalar

tasvirlanishini bilib olamiz. Bu esa albatta amaliy va nazariy bilimlarimizni oshiradi.

Yuqorida tasviriy san’atni maqsad, vazifalari haqida birmuncha tushunchalar berildi va

bundan ko’rinib turibdiki, tasviriy san’at bir so’z bilan aytganda insonni yetu, ma’naviy va albatta

jismoniy jihatdan ham barkamol qilib tarbiyalaydi. Umuman olganda kelajak avlodni,

yoshlarimizni har tomonlama rivojlanib barkamol avlod sifatida tarbiyalanishida tasviriy san’at

muhim ro’l o’ynaydi. San’atni tushungan va unga oshno qalb egalaridan hech qachon yomonlik

chiqmaydi.

Albatta vatanimizni ertangi kuni mana shu kelajak avlod qanday inson bo’lib kamolga

yetishiga bog’liq. Ularni yaxshi inson bo’lib tarbiyalanishi uchun esa ularga san’atni o’rgatishimiz

va shu bilan birga milliy qadriyatlarimizni ham ularni onggiga singdirib borishimiz zarur.

REFERENCES

1.

Abdullayev N.U. San’at tarixi. –T. O’qituvchi, 1986.

2.

S.F. Abdirasilov. Tasviriy san’atni o’qitish metodikasi.Toshkent 2012.

3.

B. Oripov. Tasviriy san’at va uni o’qitish metodikasi.’’Ilm –ziyo nashriyoti’’ 2005.

4.

R. Hasanov. Maktabda tasviriy san’at mashg’ulotlarini takomillashtirish yo’llari.

“O’qituvchi” nashriyoti. Toshkent 1986.

5.

N. Saidaxmedov. “Yangi pedagogik texnologiyalar”. “Moliya” Nashriyoti. Toshkent 2003.

6.

N. Rostoven. O’rta maktabda tasviriy san’atni o’qitish metodikasi. M;1980.

References

Abdullayev N.U. San’at tarixi. –T. O’qituvchi, 1986.

S.F. Abdirasilov. Tasviriy san’atni o’qitish metodikasi.Toshkent 2012.

B. Oripov. Tasviriy san’at va uni o’qitish metodikasi.’’Ilm –ziyo nashriyoti’’ 2005.

R. Hasanov. Maktabda tasviriy san’at mashg’ulotlarini takomillashtirish yo’llari. “O’qituvchi” nashriyoti. Toshkent 1986.

N. Saidaxmedov. “Yangi pedagogik texnologiyalar”. “Moliya” Nashriyoti. Toshkent 2003.

N. Rostoven. O’rta maktabda tasviriy san’atni o’qitish metodikasi. M;1980.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов