CHANGE OF TOTAL NPK AMOUNTS DEPENDING ON WHEAT DEVELOPMENT PERIODS

HAC
Google Scholar
To share
Gʻofurjonova, M., Rahmonova, A., & Tastemirova, J. (2023). CHANGE OF TOTAL NPK AMOUNTS DEPENDING ON WHEAT DEVELOPMENT PERIODS. Modern Science and Research, 2(10), 685–689. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/24663
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Today, it is possible to increase the grain yield and quality of winter wheat by supplementing the leaves of the plant. For this reason, improving the agrochemical properties of the irrigated typical gray soils of the Tashkent region, rational use of mineral fertilizers in feeding winter wheat without roots, development of measures aimed at increasing the effectiveness of mineral fertilizers on a scientific basis are important tasks. Is considered In our republic, due to the cultivation of wheat on irrigated lands, grain independence has been achieved, and the possibility of selling a part of it to foreign countries has been achieved.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

685

UDK: 631.635.

BUG’DOYNI RIVOJLANISH DAVRLARIGA BOG‘LIQ HOLDA UMUMIY

NPK MIQDORLARINING O‘ZGARISHI

Gʻofurjonova Mufassalxon Shuhratjon qizi

Toshkent davlat agrar universiteti talabasi

Rahmonova Aziza G'ayratjon qizi

Toshkent davlat agrar universiteti talabasi

Tastemirova Jasmin Rustam qizi

Toshkent davlat agrar universiteti talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.10031833

Annotatsiya.

Bugungi kunda

kuzgi bug’doy don hosilini va uning sifatini oshirishda

o’simlikning bargidan qo’shimcha oziqlantirish yo’li orqali erishish mumkin. Shu sababli ham
Toshkent viloyatining sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlarning agrokimyoviy xossalarini
yaxshilash kuzgi bug‘doyni ildizdan tashqari oziqlantirishda mineral o‘g‘itlardan oqilonqa
foydalanish mineral o‘g‘itlar samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ilmiy
asoslangan holda ishlab chiqish muhim vazifalardan hisoblanadi.

Respublikamizda hozirgi vaqtda sug‘oriladigan yerlarda bug‘doy yetishtirish evaziga don

mustaqilligiga erishilib, bir qismini xorij davlatlariga sotish imkoniyatlariga erishildi.

Kalit so‘zlar:

Mineral o’g’it, kuzgi bug’doy, o’sishi va rivojlanishiga, tasiri o’simlikni

o’sish davrlari o’g’itlar samaradorligi.

CHANGE OF TOTAL NPK AMOUNTS DEPENDING ON WHEAT

DEVELOPMENT PERIODS

Abstract.

Today, it is possible to increase the grain yield and quality of winter wheat by

supplementing the leaves of the plant. For this reason, improving the agrochemical properties of
the irrigated typical gray soils of the Tashkent region, rational use of mineral fertilizers in feeding
winter wheat without roots, development of measures aimed at increasing the effectiveness of
mineral fertilizers on a scientific basis are important tasks.

Is considered In our republic, due to the cultivation of wheat on irrigated lands, grain

independence has been achieved, and the possibility of selling a part of it to foreign countries has
been achieved.

Key words:

Mineral fertilizer, winter wheat, the growth and development, growth periods

of the plant, the effectiveness of fertilizers.

ИЗМЕНЕНИЕ ОБЩЕГО СОДЕРЖАНИЯ NPK В ЗАВИСИМОСТИ ОТ

ПЕРИОДОВ РАЗВИТИЯ ПШЕНИЦЫ

Аннотация.

Сегодня повысить урожайность зерна и качество озимой пшеницы

можно за счет подкормки листьев растения. По этой причине важными задачами
являются улучшение агрохимических свойств орошаемых типичных сероземов
Ташкентской области, рациональное использование минеральных удобрений при подкормке
озимой пшеницы без корней, разработка мероприятий, направленных на повышение
эффективности минеральных удобрений на научной основе.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

686

Считается В нашей республике за счет выращивания пшеницы на орошаемых

землях достигнута зерновая независимость, а также возможность продажи ее части в
зарубежные страны.

Ключевые слова:

Минеральные удобрения озимой пшеницы, ее рост и развитие,

эффективность удобрений в период роста растения.


Kirish.

Respublikamizda hozirgi vaqtda sug‘oriladigan yerlarda bug‘doy yetishtirish

evaziga don mustaqilligiga erishilib, bir qismini xorij davlatlariga sotish imkoniyatlariga erishildi.
Endigi vazifa sug‘oriladigan yerlarda dehqonchilikni intensiv rivojlantirish, resurstejamkor
texnologiyalar orqali mineral o‘g‘itlar samaradorligini oshirishdan iborat.

Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning 2020-2030-yillarga

moʻljallangan strategiyasida “...aholining oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, qishloq xo‘jaligida
ilm-fan, ta’lim, axborot va maslahat xizmatlari tizimini rivojlantirish, qishloq xo‘jaligida intensiv
innovatsion texnologiyalarni joriy qilish, atrof-muhitni muhofaza qilish, tuproq unumdorligini
oshirish, ekologik sof mahsulot yetishtirish” kabi vazifalar belgilangan.

Bu borada mazkur vazifalarni amalga oshirish uchun karbamid asosidagi suspenziyaning

kuzgi bug‘doy uchun maqbul me’yor va muddatlarini aniqlash bo’yicha ilmiy izlanishlar dolzarb
hisoblanadi.

Tipik boʻz tuproqlarining mexanik tarkibi hamda qoʻllanilgan oʻgʻitning meʼyor va

muddatlariga bogʻliq holda oʻsimlik oʻzlashtiradigan mineral o’g’itlarni yogʻin-sochin va
sugʻorish suvi taʼsirida pastki qatlamlarga yuvilish darajasi va oʻsimliklarni oʻzlashtirishi hamda
don hosili va sifati aniqlanadi.

Sugʻoriladigan tipik boʻz tuproqlar sharoitida gʻoʻza qator oralariga ekiladigan kuzgi

bugʻdoyda fosforli azotli kaliyli oʻgʻitni qoʻllash meʼyor va muddatlariga bogʻliq holda tuproqdagi
nitratli azot, harakatchan fosfor, almashinuvchi kaliyning dinamikasi va oʻsimlik NPK
oʻzlashtirishi, bir tonna don uchun sarflashi hamda fosforni foydalanish koeffitsiyenti, don hosili
va sifatiga taʼsirini aniqlashdan iboratdir.

Tadqiqot uslubiyati.

Kuzgi bugʻdoy oʻtkaziladigan agrotexnik tadbirlarga bogʻliq holda

maʼdan oʻgʻitlar jumladan mineral oʻgʻitlarni maqbul meʼyorlarining samaradorligi koʻpgina
izlanishlarda jumladan, T.P.Piraxunov, N.M.Ibragimov, L.A.Mirzayev, B.X.Tillabekov,
I.Abduraxmonov, D.U.Gʻofurov., B.K.Atoyev, S.K.Maxammadiyev, M.A.Usmonova va boshqa
olimlar – tadqiqotchilar tomonidan oʻrganilgan.

Ammo, respublikamiz tuproqlarida fosfor, kaliy va organik oʻgʻitlarning yetishmaganligi,

almashlab ekish tizimi oʻzgarganligi, maʼdan oʻgʻitlarni bir tomonlama qoʻllanilishi tufayli tuproq
unumdorligi pasayib bormoqda.

Sugʻoriladigan tipik boʻz tuproq, azot, fosfor va mahalliy kaliy oʻgʻiti, kuzgi bugʻdoyning

“Grom” navi, qoʻllash meʼyor va muddatlari tadqiqotning obyektini;

Sugʻoriladigan tipik boʻz tuproqlar sharoitida kuzgi bugʻdoyni oʻsishi, rivojlanishi,

oʻsimlikning oziqa moddalarni oʻzlashtirilishi, don hosili va sifatini taʼminlovchi fosforli oʻgʻitni
maqbul meʼyor va muddatlarda qoʻllash agrotexnologiyasini ishlab chiqish esa predmetini
belgilaydi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

687

Kuzgi bugʻdoyda fosforli oʻgʻitlarning meʼyor va muddatlarining samaradorligi dala

tajribasi sharoitida tadqiq qilinadi.

Tajriba oʻtkazish, fenologik kuzatuv, tuproq va oʻsimlik namunalari olish “Dala

tajribalarini oʻtkazish uslublari” (Toshkent 2007) qoʻllanmasiga asosan oʻtkaziladi.

Tuproq va oʻsimlik namunalarining agrokimyoviy tahlili “Metodы agroximicheskix,

agrofizicheskix i mikrobiologicheskix issledovaniy v polivnыx xlopkovыx rayonax”
usulnomasiga binoan amalga oshiriladi. Olingan maʼlumotlar B.A.Dospexov usulida statistik
tahlil qilinadi. Kuzgi bugʻdoyda mineral oʻgʻitlarni qoʻllashning iqtisodiy samaradorligi
N.A.Baranov usulida aniqlanadi.

Tadqiqot natijalar

Taʼkidlab oʻtamizki, kuzgi bugʻdoy oʻsimlgi azotli oʻgʻitlarga sut-

mum pishish davrigacha, fosforlilarga boshoqlash davrigacha, kaliyga esa gullash davrigacha
talabchan boʻladi. Kuzgi bugʻdoyni oziqlantirishda NPK nisbatlarini toʻgʻri belgilash asosiy
omillardan boʻlib hisoblanadi.

Tipik bo‘z tuproqlari sharoitida qo‘llanilgan mineral o‘g‘itlarning me’yorlariga bog‘liq

holda karbamid asosidagi suspenziyalar me’yorlari va muddatlarini maqbullashtirilishi hisobiga
nazorat variantida tuproqning haydov (0-30 sm) qatlamida nitratli azot miqdori (N-180, P

2

O

5

-125,

K

2

O-90 kg/ga) dastlabki holatidan 2,7-1,9 mg/kg ga, P

2

O

5

– 0,7-2,4 mg/kg, K

2

O – 20-28 mg/kg

farqlangan, N-NO

3

miqdori 16,6 mg/kg, P

2

O

5

-23,7 va K

2

O-300 mg/kg ni tashkil etganligi va

dastlabki holatidan 2,1; 2,9 va 30,0 mg/kg ga farqlanganligi aniqlangan.

Kuzgi bugʻdoy 1 s. don hosili uchun 3,25 kg azot, 1,15 kg fosfor oʻzlashtirsa, oʻsimlik

orqali oʻzlashtirish koffitsiyenti 0,67 va 0,30 boʻlsa, har bir sentner don uchun 4,85 kg azot, 3,83
kg fosfor solinishi kerak boʻladi (Pryanishnikov, Zuyev, Golubyans). Demak, kuzgi bugʻdoy
oʻsimligi uchun azot, fosfor va kaliy elementlari zarurligi aniqlangan.

Lekin bular orasida fosfor alohida ahamiyatga egadir. Maqbul fosforli oziqlantirish

oʻsimlik rivojini tezlashtiradi, natijada erta muddatlarda hosil pishib yetiladi. Fosforli oziqlanish
xujayralardagi nukleoproteinlar, oqsil miqdorini keskin oshiradi.

Fosforli oʻgʻitlar kuzgi bugʻdoyni ildiz tizimini shakllanishiga va oʻsimlikda kechadigan

barcha fiziologik jarayonlarga ijobiy taʼsir koʻrsatadi.

Fosfor bilan maqbul oziqlantirilganda koʻchatlar yaxshi qishlab chiqadi, kasallik va

zararkunandalarga chidamliligi keskin ortadi. Fosfor oʻsimlik ildizlari tomonidan
adsorbsiyalanadi, soʻng hamma toʻqima hujayralarga taqsimlanadi.

Oʻsimliklarning hosil beruvchi organlarida koʻproq fosfor toʻplanadi. Urugʻlar shu

darajada fosfor saqlashlari kerakki, ekilgan urugʻ ildiz otib, bu ildizlar tuproqdan oziqa olish
darajasiga yetgunga qadar fosforga talab boʻlmasin. Hujayralarda fosfor, uglerod, vodorod,
kislorod, azot va boshqa unsurlar bilan qoʻshilib, murakkab organik birikmalar hosil qiladi.

Agar hujayralarda fosfor va boshqa unsurlar yetishmasa, hujayra yadrosi boʻlinmaydi.

Shuning uchun fosforning yetishmasligi ziroat oʻsishini sekinlashtiradi, meva yetilishini
kechiktiradi.




background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

688

Oʻgʻit sifatida ishlatishda fosfor azotdan keyingi ikkinchi oʻrinda turadi. Shu oʻgʻitlarning

bittasi yoki ikkalasi ham tuproqqa solinadigan oʻgʻitlar tarkibiga kiradi. Baʼzi bir tabiiy sharoitda
oʻsimliklarni oziqa bilan taʼminlashda fosfor oʻgʻiti azotdan ham ustun turishi mumkin. Fosfor,
azot va oltingugurt kislorod bilan murakkab anionlar hosil qiladi. Lekin azotga nisbatan suvda kam
eriydi yoki umuman erimaydi desa ham boʻladi. Shu tufayli oʻsimliklar fosforni qiyin
oʻzlashtiradilar.

Bir gektar yerning haydov qatlami odatda eritmada 1 kg dan kam fosfor saqlaydi (umumiy

fosfor miqdori 1000 kg boʻlganda ham). Shunday boʻlsa ham fosforni suvda erimasligining ijobiy
tomoni bor. U ham boʻlsa, fosfor tuproqdan kam yuviladi, (azotga nisbatan) solingan tuproq
qatlamida turaveradi. Fosfor tuproqda mineral va organik shaklda uchraydi. Organik fosfor har xil
birikmalarning tarkibida bogʻlangandir. U kimyoviy reaksiyalarda ishtirok etishi mumkin, lekin
shunday boʻlsa ham bir joyda muqim qoladi va faqat organik modda chirib maʼdanlashgandan
keyingina uni oʻsimliklar oʻzlashtirishi mumkin.

Shuni ham aytish kerakki, Oʻzbekistonning tuproqlarida umumiy fosfor miqdorlari 0,15-

0,20 % boʻlishiga qaramay oʻsimlik oʻzlashtirish mumkin boʻlgan fosfor miqdori umumiy fosforni
(birlamchi fosfatlar) 3,5 % va (ikkilamchi fosfatlar) 4,0 % ni tashkil qiladi. Bu esa ekinlardan xatto

Variant

tartibi

Qo‘llash me’yor va

muddatlari, kg/ga

Tuplanishda

Naychalashda

Amal davri oxirida

(donda)

Tupla

-

nishd

a

Naycha-

lashda

Boshoq-

lashda

N

P

K

N

P

K

N

P

K

N - 150, P

2

O

5

– 105, K

2

O – 75 kg/ga

1

Nazorat (suv bilan)

2,050

0,450

1,240

2,850

0,620

1,210

2,100

0,750

1,400

2

4,0

8,0

-

2,100

0,500

1,270

2,900

0,630

1,220

2,105

0,750

1,410

3

4,0

-

12,0

2,105

0,520

1,280

2,910

0,640

1,230

2,110

0,810

1,420

4

-

8,0

12,0

2,040

0,448

1,230

2,900

0,700

1,240

2,125

0,820

1,430

5

4,0

8,0

12,0

2,100

0,446

1,280

2,900

0,710

1,220

2,120

0,810

1,420

N - 180, P

2

O

5

– 125, K

2

O – 90 kg/ga

6

Nazorat (suv bilan)

2,280

0,500

1,290

3,190

0,680

1,280

2,280

0,800

1,490

7

4,0

8,0

-

2,320

0,550

1,300

3,110

0,700

1,300

2,300

0,810

1,500

8

4,0

-

12,0

2,300

0,540

1,310

3,120

0,720

1,310

2,310

0,820

1,520

9

-

8,0

12,0

2,270

0,502

1,280

3,100

0,740

1,320

2,320

0,860

1,520

10

4,0

8,0

12,0

2,310

0,510

1,320

3,125

0,730

1,310

2,315

0,850

1,520

N - 210, P

2

O

5

– 145, K

2

O – 105 kg/ga

11

Nazorat (suv bilan)

2,320

0,580

1,320

3,150

0,750

1,300

2,300

0,830

1,520

12

4,0

8,0

-

2,330

0,570

1,330

3,200

0,750

1,310

2,305

0,860

1,550

13

4,0

-

12,0

2,340

0,580

1,340

3,210

0,800

1,320

2,338

0,870

1,560

14

-

8,0

12,0

2,318

0,55

1,310

3,240

0,810

1,325

2,340

0,880

1,580

15

4,0

8,0

12,0

2,335

0,575

1,345

3,250

0,810

1,320

2,335

0,880

1,500


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

689

oʻrtacha hosil olish uchun ham yetarli emas. Qolaversa, keyingi yillarida obyektiv sabablarga koʻra
dehqonchilikda fosforli oʻgʻitlar talab darajasidan kam qoʻllanilmoqda, bu esa tuproqlarda
oʻsimlik oʻzlashtirish mumkin boʻlgan fosforni keskin kamayishiga olib kelmoqda.

Fosfor oʻsimliklar oziqlanishida va umuman yer yuzidagi hamma oʻsimliklar hayotida juda

katta ahamiyatga ega, chunki u RNK, DNK va fitin tarkibiga kiradi. Tabiiy sharoitda fosforning
turli xil mineral va organik birikmalari mavjud. Biroq, oʻsimliklar uchun asosan ortofosfat
kislotasidan hosil boʻlgan tuzlari foydalidir.

Xulosalar.

Sugʻoriladigan tipik boʻz tuproqlar sharoitida kuzgi bugʻdoyda fosforli oʻgʻitni maqbul

qoʻllash meʼyor va muddatlarini samaradorligi ilk bor ilmiy jihatdan asoslanadi; qoʻllanilgan
fosforli oʻgʻitni azot va kaliy fonida kuzgi bugʻdoyda fosforni oʻzlashtirish koeffitsentiga Kuzgi
bug‘doyni rivojlanish davrlariga bog‘liq holda nisbatan yuqori umumiy azot, fosfor va kaliy
miqdorlari suspenziyalar 8,0 kg/ga naychalashda va 12,0 kg/ga boshoqlashda N-180, P

2

O

5

–125,

K

2

O–90 kg/ga fonida qo‘llanilganda kuzatilib, naychalash davrida mutanosib ravishda 3,100;

0,740; 1,320 % ni, don tarkibida 2,320; 0,860 va 0,520 % ni tashkil etgan
kuzgi bugʻdoyda mineral oʻgʻitning maqbul (gʻoʻza va kuzgi bugʻdoy qisqa rotatsiyali
navbatlab ekish tizimida) qoʻllash meʼyor va muddatlarini aniqlashdan iborat. Kirish, adabiyotlar
sharhi, tajriba olib borish uslubiyoti, tuproq-iqlim sharoitlari, asosiy qismda esa- olib borilgan
tajriba natijalarining ilmiy taxlili, mavzuda o‘rganilgan ekin hosil ko‘rsatkichlari tahlili, xulosa va
takliflardan iborat.


REFERENCES

1.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-4947 - son Farmon “Oʻzbekiston
Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasi toʻgʻrisida” 2017-yil 7-
fevral.

2.

Ishmuxamedova R.Ch., Xasanova R.Z. Влияние подкормки озимой пшенисы через корня
и листя на морфо-физиологические показатели. Актуалные проблемы современной
науки. –Москва, 2017. №6 (97). -С.180-183.

3.

Ataxanov N., Moʻminov A., Xaydarov O., “Kuzgi bugʻdoyni maʼdanli oʻgʻitlar bilan
oziqlantirish muddatlari va meʼyori”,// Boshoqli, dukkakli don va moyli ekinlar seleksiyasi,
urugʻchiligi hamda ularni yetishtirish agrotexnikasini rivojlantirish istiqbollari” mavzusidagi
halqaro ilmiy amaliy konferensiya materiallari toʻplami, Andijon-2011-y.– B.73


References

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-4947 - son Farmon “Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasi toʻgʻrisida” 2017-yil 7-fevral.

Ishmuxamedova R.Ch., Xasanova R.Z. Влияние подкормки озимой пшенисы через корня и листя на морфо-физиологические показатели. Актуалные проблемы современной науки. –Москва, 2017. №6 (97). -С.180-183.

Ataxanov N., Moʻminov A., Xaydarov O., “Kuzgi bugʻdoyni maʼdanli oʻgʻitlar bilan oziqlantirish muddatlari va meʼyori”,// Boshoqli, dukkakli don va moyli ekinlar seleksiyasi, urugʻchiligi hamda ularni yetishtirish agrotexnikasini rivojlantirish istiqbollari” mavzusidagi halqaro ilmiy amaliy konferensiya materiallari toʻplami, Andijon-2011-y.– B.73

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов