TRUST AND BETRAYAL IN THE NOVEL "MUVOZANAT"

HAC
Google Scholar
To share
Nasiba, X. (2023). TRUST AND BETRAYAL IN THE NOVEL "MUVOZANAT". Modern Science and Research, 2(10), 268–271. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/24891
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article analyzes the novel "Muvozanat" by Ulugbek Hamdam. In the novel, the thoughts about the mentality of the people in the first period of independence, the processes in the outer and inner world were described. In addition, thoughts were also expressed about the symbolic meaning of the names in the work.


background image



268

“MUVOZANAT” ROMANIDA ISHONCH VA XIYONAT

Nasiba Xo`janova

TerDU magistranti,

Respublika baxshichilik san`ati markazi ilmiy xodimi

https://doi.org/10.5281/zenodo.10070623

Annotatsiya.

Ushbu maqolada Ulug`bek Hamdamning “Muvozanat” romani tahlil qilingan.

Romanda mustaqillikning ilk davridagi odamlar ruhiyati, zohiriy va botiniy olamidagi jarayonlar

qay holatda kechgani haqidagi fikrlar bayon etilgan. Bundan tashqari, asardagi ismlarning

ramziy ma`nosi haqida ham fikrlar aytilgan.

Kalit so`zlar:

Yusuf, do`st, tarjima, davr, kitobxon, adabiyotshunos, mustaqillik.

TRUST AND BETRAYAL IN THE NOVEL "MUVOZANAT"

Abstract.

This article analyzes the novel "

Muvozanat

" by Ulugbek Hamdam. In the novel,

the thoughts about the mentality of the people in the first period of independence, the processes in

the outer and inner world were described. In addition, thoughts were also expressed about the

symbolic meaning of the names in the work.

Key words:

Yusuf, friend, translation, era, reader, literary critic, independence.

ДОВЕРИЕ И ПРЕДАТЕЛЬСТВО В РОМАНЕ «МУВОЗАНАТ»

Аннотация.

В данной статье анализируется роман Улугбека Хамдама

«Мувозанат». В романе описаны мысли о менталитете народа в первый период

независимости, процессах во внешнем и внутреннем мире. Кроме того, были высказаны

мысли и о символическом значении названий в произведении.

Ключевые слова:

Юсуф, друг, перевод, эпоха, читатель, литературный критик,

независимость.

Bugungi kun o`zbek adabiyotida Ulug`bek Hamdamning alohida o`rni bor. Uning

“Muvozanat”, “Isyon va Itoat”, “Sabo va Samandar”, “Ota” kabi romanlari, “Yolg`izlik” qissasi,

“Uzoqdagi Dilnura” qissa va hikoyalar to`plami kitobxonlarga tanish. Bundan tashqari, “Tangriga

eltuvchi isyon”, “Atirgul”, “Seni kutdim” to`plamlarini ham she`riyat ahli quvonch bilan

qarshiladi. Serqirra iste’dod egasi bo`lgan Ulug`bek Hamdamning asarlari bugungi kunda boshqa

tillarga eng ko`p tarjima qilinyapti. Uning o`zi ham Mavlono Jaloliddin Rumiyning “Ichindagi

ichindadir”, professor Usmon Turonning “Turkiy xalqlar mafkurasi” kabi asarlarni turk tilidan

o`zbek tiliga tarjima qildi. Uning har bir yozgan asari kitobxonlar e`tiboriga tushdi.


background image



269

Dastlab ilk romani “Muvozanat” e`lon qilinganda har bir tanqidchi, adabiyotshunos bu

asarga munosabat bildirdi. Chunki “Muvozanat”da yaqin o`tmishimiz, mustaqillikning ilk yillari,

davr fojealari, odamlar ruhiyati tasvirlangan. Bu romanda shaxs e`tiqodi va mana shu e`tiqod

qurbonlari haqida so`z boradi. Aslida, adabiyot tarixidagi eng yaxshi asar deb tan olingan

romanlarlarga ham e`tibor beradigan bo`lsak, asar qahramoni dramasida ham e`tiqod fojiasi

yotadi. Shu ma`noda “Muvozanat”da mana shu mangu muammo boshqacharoq talqinda

tasvirlanadi. Yozuvchi roman yozilgan payti ko`pchilikni qiynayotgan, ko`pchilikning ongi

qalbida kechib o`tgan yoki kechib turgan holatni qalamga oldi. Bu holat haqida Dilmurod

Quronov shunday yozadi: ”Muvozanat” mavzu jihatidan g`oyat dolzarb va muhimi, bir paytlari

o`z vaqtida yozilgan roman sifatida dunyoga keldi. Masalaning ikkinchi tomoni dolzarb

mavzuning qanday yoritilgani. Roman ko`p jihatidan avtobiografik xarakterga ega. Ulug`bek

asarning ko`p o`rinlarini yig`lab yozgan, yurak- bag`rini burda- burda qilib matnga singdirib

yuborgan. “Muvozanat”ning bir o`tirishda yozilgandek taaussurot qoldirishi, hatto, asarni yoki

muallifni uncha xushlamaydiganlar ham uning samimiy yozilganini beixtiyor e`tirof etishlari

shundan”. Asar mavzu jihatidan g`oyat dolzarb muammoga bag`ishlangan. Haqiqatan ham,

romanda yangi davr ostonasida turgan inson qalbi mezonlarining davr mezonlariga to`gri

kelmasligi yoritilgan.

Ya`ni davr evrilishlari natijasida qalb muvozanatining buzilishi va inson fojiasini keng

ko`lamda yoritadi. Roman markazida inson, Yusufning taqdiri, uning iztirobli o`y-kechinmalari,

davrda kechayotgan voqealar bilan birga tasvirlanadi. Avvalo, u dunyoviy fikrlaydigan, zamon

kishisi, hayotini millatning haqiqiy tarixini yaratish yo`liga tutgan bu kimsa davr o`zgarishlarini

teran his etadigan tarixiy jarayon, yurt istiqboli istiqboli haqida mustaqil fikrga ega bo`lgan yetuk

shaxs. Bozor iqtisodi munosabatlariga o`tish davri to`fonlari girdobida dastlab u o`zini yo`qotib

qo`yadi, boshqacha aytganda, muvozanatini yo`qotadi. Buni yozuvchi “Yusufning ichida nimadir

qarsillab sindi” deydi. Bu haqida adabiyotshunos olima Marxabo Qo`chqorova shunday yozadi:

“Muallif asarda biz eng oliy tuyg`ular deb inongan, gohida unga sajdalar qilgan, emrangan

Muhabbat, Do`stlik, Birgalik tuyg`ular ham naqadar omonat ekanligi fosh etiladi. Xususan, bu

Yusuf, Mirazim, Saidning o`zaro do`stona munosabatlarida isbotlanadi. Asarda hatto do`stlik ham

vaqt o`tishi bilan o`z samimiyatini yo`qotadi, degan falsafa ilgari suriladi. Chunonchi asar

qahramoni Yusuf o`z do`stlariga ishongan edi. Ammo do`stlari unga vafo qilishmaydi.

Rafiqasi bilan ne umidlarda bir yostiqqa bosh qo`ygan edi, lekin maqsadlar,

intilishlar,ehtiyojlar boshqa-boshqa bo`lgani uchun ular ajrashishadi.”. Yozuvchi asar

qahramonlariga ism tanlashda ham ramziy ma`nolarni yuklagan. Masalan: Yusuf, Amir, Gulshoda,


background image



270

Oygul… Bu haqida yana biz adabiyotshunos Marxabo Qo`chqorovaning fikrlariga qaytamiz: “

Romandagi barcha voqealarini harakatga keltiruvchi obrazning Yusuf deb atalishi ham bejiz

emas, albatta. Chunki Sharq adabiyotida Yoqubning husnda va aqlu kamolotda yetuk ettinchi

o`g`li Yusuf. Adib bu qadimiy an`anani nazarda tutgan holda o`z qahramoniga Yusuf deb nom

beradi” . U juda ko`p sinovlarni boshidan kechiradi, moddiy qiyinchilik jabrini tortadi, oilasi,

farzandidan ajraladi. Shu narsa ahamiyatliki, u ne-ne o`y-xayollarga bormasin, turli-tuman

ko`chalarga kirib chiqmasi, goho adolatsizlik, nochorlik tufayli har qancha o`rtanmasin, baribir

qalbining tub-tubida o`zligiga, adolat tuyg`usiga sodiqligicha qoladi, millat, yurt qayg`usi haqida

o`ylashdan bir zum ham to`xtamaydi. Romandagi eng yirik ta`sirchan obraz bu , shubhasiz, Amir

obrazidir. Amir o`z davriga moslasha olmagan, qaysidir ma`noda “adashgan odam”dir. U ruhi va

tani sog` bo`lishiga qaramay, jinnixonaga tashlanadi. Amir sog`lom bo`la turib o`zini jinnilikka

solishga majbur bo`ladi. Jinnilar qo`lida pati yulib olingan musicha qiyofasida ramziy ma`noda u

o`zini ko`radi.

U o`zi yashayotgan hayotda o`z orzulariga erisha olmagach,qondirilmagan mayllar-o`z

orzusidagi hayot, erishilmagan muhabbat- uning keying qismatida o`zining salbiy izini qoldiradi.

Amir fojiasi haqida adabiyotshunos Umarali Normatov shunday yozadi: “Amir fojiasi-din, diniy-

islomiy e`tiqod bobida haddini bilmagan mutaassib odamning fojiasi. Amirning ayanchli qismati

diniy-islomiy qadriyatlarni tiklash jarayonida yuzaga chiqqan bandai ojizlikning bir ko`rinishi.

Aslida ziyoli-muallim, yaxshigina shoir bo`lgan bu odam dunyo ishlari, tashvishlaridan butunlay

yuz o`girib, faqat taqvo, toat-ibodat, boriga shukur qilib, faqirona kun kechirish yo`lini tutadi; o`zi

qolib o`zgalarni ham shu yo`ldan borishga majbur etadi, hatto o`zgacha qarashdagi otasi, onasiga,

og`a-inilariga, yaqinlariga ham kun bermaydi, ertayu-kech ibodat bilan bo`lib, tanglik sharoitida

oilasini, kasalmand turmush o`rtog`ini, farzandlarini mushkul ahvolga solib qo`yadi. Holbuki,

ustoz ko`rmagan bu chalasavod bu odam chillaga o`tirmasin ed, telba bir holatda darbadar tog`

safariga chiqib, nogohon do`zax azobiga duch keladi, o`g`rilikda gumon qilinib, sharmandalarcha

sazoyi etiladi”. Amirning haqiqiy fojiasi pand-nasihat, hayotning shafqatsiz saboqlari sabab darhol

o`zgarib qoladigan odam emas. Adabiyotshunoslar uni shartli ravishda “kitobiy odam” deb ataydi.

U o`zining shaxsiy hayotida, botiniy va zohiriy olamida o`zi bilan o`zi kurashadi. Umuman

olganda asarda Amir obrazi eng yorqin obrazlardandir. Asarda har bir qahramonning ruhiy holati,

botini va zohirida kechayotgan jarayon yorqin ochib berilgan.

Bu romanda ellikka yaqin qahramon ishtirok etgan. Asar ilk marta nashr etilishida

O`zbekiston Qahramoni Ozod Sharafiddinovning xizmatlari katta, buni muallifning o`zi ham ko`p

bora e`tirof etgan. Roman nashr etilishi bilanoq ko`plab adabiyotshunoslarimiz asar haqida ijobiy


background image



271

fikrlarini bildirdilar. Hattoki bu asar xorijda ham o`rganilyapti. Jumladan, olima Z. Mirzayeva

“Muvozanat”ning Amerikadagi talqini” maqolasida amerikalik olima Richal Narrid va uning

kasbdoshlarini “Muvozanat” romani befarq qoldirmaganini yozadi.

Xulosa qilib aytganda “Muvozanat” romani keyingi yillarda o`zbek adabiyotida yaratilgan

eng yaxshi romanlardan biri va u hozir ham o`z ahamiyatiga ega.

REFERENCES

1.

Marhabo Qo`chqorova. Badiiy so`z va ruhiyat manzaralari. Toshkent “Muharrir ”

nashriyoti 2021.

2.

Ulug`bek Hamdam . Muvozanat.”Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh

tahririyati Toshkent.: 2007.

3.

Umidbaxsh adabiyot ehtiyoji. Yozuvchi Ulug`bek Hamdam bilan suhbat.Hurriyat gazetasi.

2015 yil, 9-son.

4.

Sherali Sokinning Umarali Normatov bilan suhbati.”O`zbekiston adabiyoti va san`ati ”

gazetasi 2003 yil 12-son.

References

Marhabo Qo`chqorova. Badiiy so`z va ruhiyat manzaralari. Toshkent “Muharrir ” nashriyoti 2021.

Ulug`bek Hamdam . Muvozanat.”Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati Toshkent.: 2007.

Umidbaxsh adabiyot ehtiyoji. Yozuvchi Ulug`bek Hamdam bilan suhbat.Hurriyat gazetasi. 2015 yil, 9-son.

Sherali Sokinning Umarali Normatov bilan suhbati.”O`zbekiston adabiyoti va san`ati ” gazetasi 2003 yil 12-son.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов