INTELLECTUAL PROPERTY RIGHTS PROTECTOR INTERNATIONAL ORGANIZATIONS

HAC
Google Scholar
To share
Xatamova, A. (2023). INTELLECTUAL PROPERTY RIGHTS PROTECTOR INTERNATIONAL ORGANIZATIONS. Modern Science and Research, 2(10), 1174–1179. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/24915
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

In this article, the right of intellectual property is one of the human rights, which refers to the process of protecting and promoting the product of human creativity. This article analyzes the concept of intellectual property rights, the international and national system that regulates it, and the constitutional and legal foundations of intellectual property rights in Uzbekistan.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1174

INTELLEKTUAL MULK HUQUQINI HIMOYA QILUVCHI

XALQARO TASHKILOTLAR

Xatamova Aziza Maxammatqulovna

Jizzax viloyati yuridik texnikumi o‘qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.10071880

Annotatsiya.

Mazkur maqolada intellektual mulk huquqi insonning ijod mahsulini himoya

qilish va rag‘batlantirishni jarayonini nazarda tutuvchi inson huquqlaridan biri hisoblanadi.
Ushbu maqolada intellektual mulk huquqi tushunchasi, uni tartibga soluvchi xalqaro va milliy
tizimi, O‘zbekistonda intellektual mulk huquqining konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari tahlil etilgan.

Kalit so‘zlar:

intellektual mulk, patent, ixtiro,

mualliflik huquqi,

sanoat namunalari,

integral mikrosxema, brend, geografik ko‘rsatkich, tijorat sirlari.

INTELLECTUAL PROPERTY RIGHTS PROTECTOR

INTERNATIONAL ORGANIZATIONS

Abstract.

In this article, the right of intellectual property is one of the human rights, which

refers to the process of protecting and promoting the product of human creativity. This article
analyzes the concept of intellectual property rights, the international and national system that
regulates it, and the constitutional and legal foundations of intellectual property rights in
Uzbekistan.

Key words:

intellectual property, patent, invention, copyright, industrial designs,

integrated circuit, brand, geographical indication, trade secrets.

ЗАЩИТНИК ПРАВ ИНТЕЛЛЕКТУАЛЬНОЙ СОБСТВЕННОСТИ

МЕЖДУНАРОДНЫЕ ОРГАНИЗАЦИИ

Аннотация.

В данной статье право интеллектуальной собственности является

одним из прав человека, которое относится к процессу защиты и продвижения продукта
человеческого творчества. В данной статье анализируется понятие права
интеллектуальной собственности, международная и национальная система, которая его
регулирует, а также конституционно-правовые основы права интеллектуальной
собственности в Узбекистане.

Ключевые слова:

интеллектуальная собственность, патент, изобретение,

авторское право, промышленные образцы, интегральная схема, торговая марка,
географическое указание, коммерческая тайна.


Bugungi kunda mamlakatimizda innovatsiyalarni rag‘batlantirish va muallif ijodiy

faoliyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida intellektual mulk huquqlarini himoya qilish borasida
keng ko‘lamli konstitutsiyaviy-huquqiy islohotlar amalga oshirilib kelinmoqda. Xususan, Yangi
tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaning 53-moddasida “Har kimga ilmiy,
texnikaviy va badiiy ijod erkinligi, madaniyat yutuqlaridan foydalanish huquqi kafolatlanadi.
Intellektual mulk qonun bilan muhofaza qilinadi. Davlat jamiyatning madaniy, ilmiy va texnikaviy
rivojlanishi haqida g‘amxo‘rlik qiladi”

1

, deb mustahkamlab qo‘yilishi intellektual mulk

1

Qarang. Oʼzbekiston Respublikasining 2023-yil 30-apreldagi Konstitutsiyasi. Qonunchilik ma’lumotlari milliy

bazasi, 01.05.2023-y., 03/23/837/0241-son.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1175

huquqining konstitutsiyaviy kafolatlanganligidan dalolat beradi. Yurtimizda intellektual mulk
sohasini yanada takomillashtirish, shu jumladan, tadbirkorlik va innovatsion faoliyatni
rivojlantirishga qaratilgan zarur shart-sharoitlarning yaratilishi va intellektual mulkning ishonchli
huquqiy himoyasini ta’minlanishi Yangi O‘zbekistonning xalqaro maydondagi imijini yanada
yaxshilashga xizmat qiladi.

Intellektual mulk huquqi inson huquqlari sohasidagi zamonaviy yo‘nalishlardan biri

hisoblanib, xalqaro va milliy darajada tashkil etiladi va tartibga solinadi. Hozirgi kunda, jahon
hamjamiyatida intellektual mulk huquqini himoya qilish va qo‘llab-quvvatlashda muhim rol
o‘ynaydigan bir nechta xalqaro tashkilot va shartnomalar mavjud bo‘lib, ulardan bir nechtasini
ko‘rib chiqsak maqsadga muvofiq bo‘lar edi:

1. Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (WIPO)

(1970-yil 26-aprelda konvensiya

kuchga kirgan paytdan boshlab oʻz faoliyatini boshladi) BMTning xalqaro darajadagi intellektual
mulk masalalari bilan shug‘ullanuvchi ixtisoslashgan muassasasi hisoblanadi. Tashkilot
intellektual mulk sohasidagi xalqaro standartlar va qoidalarni ishlab chiqish va muvofiqlashtirish,
shuningdek, ishtirokchi-davlatlarga huquqiy va texnik yordam ko‘rsatishga yaqindan yordam
beradi;

2. Yevropa patent idorasi (EPO) (1977)

Yevropa davlatlarida patentlarni ro‘yxatga olish

maqsadida tashkil etilgan xalqaro tashkilotdir. U innovatorlarga Yevropaning bir qator
davlatlarida patent olish va patent muhofazasi bilan shug‘ullanadi. Mazkur idora Yevropa patent
konvensiyasi asosida patentlarni haqqoniyligini tekshirib, davlatlarga patent berish masalalarini
ko‘rib chiqish bilan shug‘ullanadi;

3. Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO)

(London 1946-yil) turli sohalarda,

jumladan, intellektual mulk sohasida xalqaro standartlarni ishlab chiquvchi maxsus tashkilotdir.
ISO standartlarni boshqarish uchun kelishilgan talablar va tartiblarni belgilash orqali biznes
yuritish va texnologiya almashinuvini osonlashtirib, intellektual mulk huquqi va uning
muallifrining huquqlarini himoya qilish bilan shug‘ullanadi;

4. Jahon savdo tashkiloti (JST)

(1995-yil) jahondagi savdo sotiqni tartibga soluvchi

xalqaro tashkilotdir. U, TRIPS kelishuviga muvofiq, JST intellektual mulkni umumiy himoya
qilish va ushbu sohadagi nizolarni o‘z a’zolari o‘rtasida hal etish bo‘yicha qoida va normativlarni
ishlab chiqadi;

5. YuNESKO (BMTning Ta’lim, fan va madaniyat bo‘yicha tashkiloti, 1946)

madaniy

va an’anaviy intellektual mulk obyektlarini saqlash va himoya qilishda muhim rol o‘ynaydi.
YuNESKO an’anaviy meros mahsullarini himoya qilishga, madaniy boyiklardan oqilona
foydalanish va tarqatilishiga ko‘maklashishga qaratilgan standartlar va siyosatni ishlab chiqishda
muhim rol o‘ynaydi;

6. Institut va tadqiqot markazlari.

Dunyo bo‘ylab ko‘plab universitetlar, ilmiy-tadqiqot

institutlari va markazlari intellektual mulkni o‘rganish va rivojlantirish bilan shug‘ullanishadi.
Masalan, Hindistondagi Anna Universiteti, Chulalongkorn universiteti intellektual mulk instituti
va Avstraliya Intellektual Mulk Tadqiqot Instituti (IPRIA). Ular intellektual mulk huquqlarining
ahamiyati haqida jamoatchilik orasida intellektual mulk muhofazasi haqidagi savodxonlikni
oshirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish,
yangi amaliyotlarni ishlab chiqishi va ta’lim dasturlarini taqdim etish bilan shug‘ullanadi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1176

7. Intellektual mulkni himoya qilish bo‘yicha milliy organlar.

Har bir mamlakatda

milliy qonunchilikka muvofiq intellektual mulk huquqlarini ro‘yxatga olish, himoya qilish va
nazorat qilish uchun mas’ul bo‘lgan o‘z milliy organlari va muassasalari mavjud. Patent, tovar
belgilari va mualliflik huquqi idoralari kabi ushbu idoralar intellektual mulkni mamlakat ichida
targ‘ib qilish va himoya qilishda muhim rol o‘ynaydi. Masalan, O‘zbekistonda Аdliya
vazirligining Intellektual mulk elektron davlat xizmatlari portali buning yoqin misolidir.

Bular butun dunyo bo‘ylab intellektual mulk huquqini himoya qilish bo‘yicha faoliyat olib

borayotgan tashkilotlarning bir nechtasi xolos. Ushbu tashkilotlar va davlatlarning birgalikdagi
sa’y-harakatlari tufayli jahonda intellektual mulk sohasida yagona standartlarni o‘rnatish,
intellektual mulk huquqi mualliflarining huquqlarini himoya qilish, innovatsiyalar va texnologik
rivojlanishni rag‘batlantirish imkonini beradi.

O‘zbekistonda intellektual mulk huquqlari milliy qonunchilik, shuningdek, mamlakat

ratifikatsiya qilgan xalqaro shartnomalar bilan tartibga solinadi Jumladan, dunyo bo‘ylab
intellektual mulk huquqini tartibga soluvchi ko‘plab xalqaro shartnomalar mavjud bo‘lib, ularda
xalqaro standartlar belgilab qo‘yilgan:

1. Sanoat mulkini himoya qilish bo‘yicha Parij konvensiyasi.

Ushbu konvensiya 1883

yilda qabul qilingan bo‘lib, u intellektual mulk huquqlari sohasidagi asosiy xalqaro
konventsiyalardan biri hisoblanadi. Konvensiyada sanoat mulkini, shu jumladan patentlarni, tovar
belgilarini va sanoat namunalarini himoya qilishning minimal standartlari belgilangan.

2. Intellektual mulk huquqining savdo aspektlari bo‘yicha bitim (TRIPS).

Ushbu

shartnoma Jahon Savdo Tashkiloti doirasida qabul qilingan bo‘lib, intellektual mulk huquqlariga
oid asosiy xalqaro hujjatlardan biridir. TRIPS shartnomasida intellektual mulk huquqini himoya
qilishning minimal standartlarini belgilab, unda ishtirokchi davlatlar milliy qonunchiligida
intellektual mulk huquqini himoya qilishning tegishli va samarali tizimini qabul qilish
majburiyatini yuklaydi.

Yuqorida keltirilgan hujjatlar bugungi kunda ratifikatsiya qilingan davlatlar iqtisodiyotini

innovatsion rivojlantirish, tadbirkorlik va ilm-fan uchun raqobatbardosh shart-sharoitlarni
yaratishga xizmat qilmoqda.

Bugungi kunda O‘zbekistonda intellektual mulk huquqlarini ro‘yxatdan o‘tkazish va

tegishli sertifikatlar olish orqali himoya qilish tizimi joriy etilgan bo‘lib, ularning tartibga solinishi
bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqilgan. Mamlakatimizda, intellektual mulk
huquqining asosiy turlari va ularning huquqiy muhofazasi sifatida quyidagilarni ko‘rsatib
o‘tishimiz mumkin:

1. Mualliflik huquqi:

O‘zbekistonda mualliflik huquqi “Mualliflik huquqi va turdosh

huquqlar to‘g‘risida”gi qonun bilan tartibga solinadi. Mualliflik huquqi adabiy, musiqa va badiiy
asarlar kabi original ijodiy ishlarni himoya qiladi. Bu ularning asarlari mualliflariga foydalanish,
ko‘paytirish, tarqatish va ommaviy ijro etish yuzassidan mualliflik huquqini beradi

2

.

2. Patentlar:

O‘zbekistonda patent huquqi 2006 yil 15 martdagi “O‘zbekiston

Respublikasining 2000-yil 1-iyunda Jenevada Diplomatik konferensiya tomonidan qabul qilingan

2

Qarang. O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 20-iyuldagi “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi

O‘RQ-42-son Qonuni. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.08.2021-y., 03/21/709/0808-son.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1177

Patent huquqi to‘g‘risidagi Shartnomaga qo‘shilishi haqida”gi qonun bilan tartibga solinadi

3

.

Patentlar sanoatda qo‘llaniladigan ixtirolarni huquqiy himoya qilishni nazrda tutadi. Unga
muvofiq, patent egalari o‘z ixtirolaridan foydalanish bo‘yicha mutlaq huquqlarga ega va
boshqalarning ruxsatisiz ulardan foydalanishiga to‘sqinlik qilish huquqiga egadirlar.

3. Tovar belgisi:

Oʻzbekistonda tovar belgisini himoya qilish 2001 yil 30 avgustdagi

“Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida”gi
qonunga muvofiq amalga oshiriladi

4

. Tovar belgilarini ro‘yxatdan o‘tkazish egalariga o‘z tovarlari

yoki xizmatlarini aniqlash va ularni noqonuniy foydalanish yoki qalbakilashtirishdan himoya
qilish imkonini beradi.

4. Sanoat namunalari:

Oʻzbekistonda sanoat namunalari 2002 yil 29 avgustdagi

O‘zbekiston Respublikasining “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to‘g‘risida”gi
qonun bilan tartibga solinadi

5

. Sanoat namunalarini himoya qilish uning mualliflariga o‘z

mahsulotlarining o‘ziga xosligini saqlab qolish va ularni nusxalashning oldini olish imkonini
beradi.

5. Integral mikrosxemalar topologiyalari:

Integral mikrosxemalar topologiyalariga

bo‘lgan huquqlarni himoya qilish 2001 yil 12 maydagi O‘zbekiston Respublikasining “Integral
mikrosxemalar topologiyalarini huquqiy muhofaza qilish to‘g‘risida”
218-II-sonli Qonuni bilan
tartibga solinadi

6

. Qonun mualliflik huquqi mualliflariga ro‘yxatdan o‘tgan integral

mikrosxemalar konstruktsiyalaridan tijorat maqsadlarida foydalanish uchun mutlaq huquqni
beradi.

6. Brendlar va geografik ko‘rsatkichlar:

O‘zbekiston, shuningdek, ma’lum bir

mintaqada ishlab chiqarilgan tovarlarni identifikatsiya qiluvchi geografik ko‘rsatkichlarni ham
himoya qiladi. Geografik ko‘rsatkichlarni muhofaza qilish “Geografik ko‘rsatkichlar va
tovarlarning asl nomlari to‘g‘risida”gi qonun bilan tartibga solinadi. Bu O‘zbekistonning muayyan
hududi bilan bog‘liq bo‘lgan mahsulotlarga o‘zining noyob kelib chiqishi va sifatini
iste’molchilarni jalb qilish uchun ishlatish imkonini beradi.

7. Tijorat sirlarini himoya qilish:

Oʻzbekistonda ham tijorat sirlarini, jumladan,

texnologiyalar, ishlab chiqarish jarayonlari, patentlar va boshqalar haqidagi maxfiy maʼlumotlarni
himoya qilish choralari ishlab chiqilgan. Tijorat sirini himoya qilish 2014 yil 11 sentyabrdagi
O‘zbekiston Respublikasining “Tijorat siri to‘g‘risida”gi O‘RQ-374-sonli qonuni bilan tartibga
solinadi

7

.

3

O‘zbekiston Respublikasining 2006-yl 15-martdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 1-iyunda Jenevada

Diplomatik konferensiya tomonidan qabul qilingan Patent huquqi to‘g‘risidagi Shartnomaga qo‘shilishi haqida”gi
O‘RQ-25-son Qonuni. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 11-son, 81-modda.

4

Qarang. O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 30-avgustdagi “Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar

kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida”gi 267-II-son Qonuni. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.03.2022-y.,
03/22/757/0181-son.

5

Qarang. O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 29-avgustdagi “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari

to‘g‘risida”gi 397-II-son Qonuni. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.02.2022-y., 03/22/749/0101-son.

6

Qarang. O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 12-maydagi “Integral mikrosxemalar topologiyalarini huquqiy

muhofaza qilish to‘g‘risida”gi 218-II-son Qonuni. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y.,
03/21/683/0375-son.

7

Qarang. O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 11-sentabrdagi “Tijorat siri to‘g‘risida”gi O‘RQ-374-son Qonuni.

Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1178

8. Brend nomlari va domen nomlari.

O‘zbekiston brend nomlari va domen nomlarini

ham himoya qilinib, brend nomlarini himoya qilish umumiy tovar belgisi tamoyillariga asoslanadi,
domen nomlarini himoya qilish esa milliy domen maydoni va elektron tijorat qonunchiligiga
muvofiq amalga oshirilishi nazarda tutilgan.

Bundan tashqari mamlakatimizda mualliflik huquqi, patent va savdo belgilarini ro‘yxatdan

o‘tkazish mualliflik huquqini ta’minlash va ruxsatsiz foydalanishdan himoya qilishni ta’minlash
maqsadida O‘zbekiston Respublikasining 2006 yil 20 iyuldagi “Mualliflik huquqi va turdosh
huquqlar to‘g‘risida”

O‘RQ-42-sonli Qonuni qabul qilingan

8

. Mazkur qonunda muallif

(hammualliflar)ning o‘zi yaratgan asarga bo‘lgan mualliflik huquqi boshqa shaxslarning ayni shu
asarga mualliflik huquqi e’tirof qilinishini istisno etishi; muallif asardan o‘z ism-sharifi, taxallusini
ko‘rsatgan holda yoki imzosiz foydalanish yoki shu tarzda foydalanishga ruxsat berish borasida
alohida huquqqa (mualliflik nomiga bo‘lgan huquqqa) ega ekanligi ta’kidlangan.

Shuningdek, qonunda mualliflik huquqi muallifning butun hayoti davomida va uning

vafotidan keyin yetmish yil davomida amal qilshi, hammualliflikda yaratilgan asarga bo‘lgan
mualliflik huquqi esa, hammualliflarning butun hayoti davomida va hammualliflar orasida eng
uzoq umr ko‘rgan oxirgi shaxs vafot etganidan keyin yetmish yil davomida amal qilishi belgilab
qo‘yilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 149-moddasida tafakkur mulki obyektiga

nisbatan mualliflik huquqini o‘zlashtirib olish, hammualliflikka majburlash, shuningdek, tafakkur
mulk obyektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ular rasman ro‘yxatdan o‘tkazilgunga yoki e’lon
qilingunga qadar muallifning roziligisiz oshkor qilish - bazaviy hisoblash miqdorining yigirma
besh baravaridan yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan
huquqdan mahrum qilish yoxud uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch
yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanishi ko‘rsatilgan

9

.

Xulosa o‘rnida shuni aytish joizki, intellektual mulk huquqi O‘zbekistonning innovatsion

rivojlanishi va iqtisodiy taraqqiyotida muhim o‘rin tutadi. Intellektual mulk huquqlarini himoya
qilish ijodkorlikni rag‘batlantirish, investitsiyalarni jalb qilish va innovatsiyalarni rivojlantirish
uchun qulay muhit yaratishga yordam beradi. Intellektual mulk huquqini tushunish va unga rioya
qilish barcha bozor ishtirokchilari, jumladan mualliflar, ixtirochilar, tadbirkorlar va iste’molchilar
uchun muhim ahamiyatga egadir.

REFERENCES

1.

Oʼzbekiston Respublikasining 2023-yil 30-apreldagi Konstitutsiyasi. Qonunchilik
ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2023-y., 03/23/837/0241-son;

2.

O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 20-iyuldagi “Mualliflik huquqi va turdosh
huquqlar to‘g‘risida”gi O‘RQ-42-son Qonuni. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi,
21.08.2021-y., 03/21/709/0808-son;

8

Qarang. O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 20-iyuldagi “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi

O‘RQ-42-son Qonuni. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.08.2021-y., 03/21/709/0808-son.

9

Qarang. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.11.2023-y.,

03/23/874/0818-son.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1179

3.

O‘zbekiston Respublikasining 2006-yl 15-martdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2000-
yil 1-iyunda Jenevada Diplomatik konferensiya tomonidan qabul qilingan Patent huquqi
to‘g‘risidagi Shartnomaga qo‘shilishi haqida”gi O‘RQ-25-son Qonuni. O‘zbekiston
Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 11-son, 81-modda;

4.

O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 30-avgustdagi “Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish
belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida”
gi 267-II-son Qonuni. Qonunchilik
ma’lumotlari milliy bazasi, 04.03.2022-y., 03/22/757/0181-son;

5.

O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 29-avgustdagi “Ixtirolar, foydali modellar va
sanoat namunalari to‘g‘risida”gi 397-II-son Qonuni. Qonunchilik ma’lumotlari milliy
bazasi, 03.02.2022-y., 03/22/749/0101-son;

6.

O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 12-maydagi “Integral mikrosxemalar
topologiyalarini huquqiy muhofaza qilish to‘g‘risida”
gi 218-II-son Qonuni. Qonunchilik
ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son;

7.

O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 11-sentabrdagi “Tijorat siri to‘g‘risida”gi O‘RQ-
374-son Qonuni. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-
son;

8.

O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 20-iyuldagi “Mualliflik huquqi va turdosh
huquqlar to‘g‘risida”gi O‘RQ-42-son Qonuni. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi,
21.08.2021-y., 03/21/709/0808-son;

9.

O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi,
01.11.2023-y., 03/23/874/0818-son.

Internet saytlari

1. www.lex.uz
2. www.norma.uz
3. www.huquqiyportal.uz

References

Oʼzbekiston Respublikasining 2023-yil 30-apreldagi Konstitutsiyasi. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2023-y., 03/23/837/0241-son;

O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 20-iyuldagi “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi O‘RQ-42-son Qonuni. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.08.2021-y., 03/21/709/0808-son;

O‘zbekiston Respublikasining 2006-yl 15-martdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 1-iyunda Jenevada Diplomatik konferensiya tomonidan qabul qilingan Patent huquqi to‘g‘risidagi Shartnomaga qo‘shilishi haqida”gi O‘RQ-25-son Qonuni. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 11-son, 81-modda;

O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 30-avgustdagi “Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida”gi 267-II-son Qonuni. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.03.2022-y., 03/22/757/0181-son;

O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 29-avgustdagi “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to‘g‘risida”gi 397-II-son Qonuni. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.02.2022-y., 03/22/749/0101-son;

O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 12-maydagi “Integral mikrosxemalar topologiyalarini huquqiy muhofaza qilish to‘g‘risida”gi 218-II-son Qonuni. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son;

O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 11-sentabrdagi “Tijorat siri to‘g‘risida”gi O‘RQ-374-son Qonuni. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son;

O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 20-iyuldagi “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi O‘RQ-42-son Qonuni. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.08.2021-y., 03/21/709/0808-son;

O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.11.2023-y., 03/23/874/0818-son.

Internet saytlari

www.lex.uz

www.norma.uz

www.huquqiyportal.uz

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов