THE NEW CONSTITUTION OF THE NEW UZBEKISTAN-AS A KEY FACTOR IN THE DEVELOPMENT OF CIVIL SOCIETY

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Xatamova, A. (2023). THE NEW CONSTITUTION OF THE NEW UZBEKISTAN-AS A KEY FACTOR IN THE DEVELOPMENT OF CIVIL SOCIETY. Modern Science and Research, 2(12), 764–769. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/27193
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Keywords:

Abstract

In this article, the Constitution of the Republic of Uzbekistan strengthens the guarantees of civil society institutions, reforms aimed at increasing the role and importance of civil society institutions in our country, as well as the current and future priority goals of this sector in the development strategy of New Uzbekistan for 2022-2026. and it is stated that the main tasks have been defined.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

764

YANGI O‘ZBEKISTONNING YANGI KONSTITUTSIYASI – FUQAROLIK

JAMIYATI RIVOJINING ASOSIY OMILI SIFATIDA

Xatamova Aziza Maxammatqulovna

Jizzax viloyati yuridik texnikumi o‘qituvchisi

Annotatsiya.

Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida Fuqarolik

jamiyati institutlari faoliyati kafolatlarining mustahkamlanishi, mamlakatimizda fuqarolik
jamiyati institutlari o‘rni va ahamiyatini oshirishga qaratilgan islohotlar shuningdek, 2022-2026

yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida ushbu sohaning joriy va

istiqboldagi ustuvor maqsadlari hamda asosiy vazifalari belgilab berilganligi to‘g‘risida bayon

etilgan.

Kalit so‘zlar:

Konstitutsiya, davlat, jamiyat, fuqarolik jamiyati, jamoatchilik nazorati,

Harakatlar strategiyasi, Taraqqiyot strategiyasi.

THE NEW CONSTITUTION OF THE NEW UZBEKISTAN-AS A KEY FACTOR

IN THE DEVELOPMENT OF CIVIL SOCIETY

Abstract.

In this article, the Constitution of the Republic of Uzbekistan strengthens the

guarantees of civil society institutions, reforms aimed at increasing the role and importance of

civil society institutions in our country, as well as the current and future priority goals of this

sector in the development strategy of New Uzbekistan for 2022-2026. and it is stated that the

main tasks have been defined.

Key words:

Constitution, state, society, civil society, public control, Action strategy,

Development strategy.

НОВАЯ КОНСТИТУЦИЯ УЗБЕКИСТАНА КАК КЛЮЧЕВОЙ ФАКТОР

РАЗВИТИЯ ГРАЖДАНСКОГО ОБЩЕСТВА

Аннотация.

В данной статье Конституция Республики Узбекистан усиливает

гарантии институтов гражданского общества, реформы, направленные на повышение

роли и значения институтов гражданского общества в нашей стране, а также текущие

и будущие приоритетные цели этой сферы в нашей стране. стратегии развития Нового
Узбекистана на 2022-2026 годы и заявлено, что основные задачи определены.

Ключевые слова:

Конституция, государство, общество, гражданское общество,

общественный контроль, Стратегия действий, Стратегия развития.

“Yangilangan Konstitutsiyamizda muhrlangan ustuvor maqsad va vazifalarni amalga

oshirish kelgusi faoliyatimizning asosiy ma’no-mazmunini tashkil etadi

1

.

Bu haqda so‘z yuritganda, yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga

hayotimizning boshqa muhim sohalari va ustuvor yo‘nalishlari qatori faol fuqarolik jamiyatini

shakllantirish, jamoatchilik nazorati institutini yanada rivojlantirishga oid normalar ham

kiritilganini ta’kidlash lozim. Bundan ko‘zlangan maqsad, shubhasiz, mamlakatimizda ochiqlik

siyosatini davom ettirishdir.

1

Qarang. https://parliament.gov.uz O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning lavozimga

kirishish tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis palatalari qo‘shma majlisidagi nutqi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

765

Inson qadri ustuvor bo‘lgan jamiyat va xalqparvar davlat quramiz, deb qayd etdi

davlatimiz rahbari. Fuqarolik jamiyati institutlari faoliyati kafolatlarining konstitutsiyaviy

negizda belgilanishi timsolida ana shu mas’uliyatli jarayonlarda jamiyatimizda ochiqlik,

oshkoralik va qonuniylik muhitini, davlat va jamiyat o‘rtasidagi muloqotni mustahkamlash

hamda kuchli jamoatchilik nazoratini yo‘lga qo‘yish uchun mustahkam huquqiy zamin

hozirlandi.

Avvalo, Konstitutsiyamizga ilk marotaba fuqarolik jamiyati institutlariga bag‘ishlangan

alohida bob kiritildi. Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning XIII bobi “Fuqarolik jamiyati

institutlari”, deb nomlandi.

Yangilangan Konstitutsiya timsolida milliy qonunchiligimizda birinchi marotaba

fuqarolik jamiyati institutlarining tarkibi ochib berildi. Ushbu institutlar fuqarolik jamiyatining

asosini tashkil etishi mustahkamlandi.

Asosiy qonunimizning 69-moddasiga ko‘ra: “Fuqarolik jamiyati institutlari, shu jumladan

jamoat birlashmalari va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi

boshqarish organlari, ommaviy axborot vositalari fuqarolik jamiyatining asosini tashkil etadi.

Fuqarolik jamiyati institutlarining faoliyati qonunga muvofiq amalga oshiriladi”

2

.

Konstitutsiyaning eski matnida “jamoat birlashmalari” tushunchasiga berilgan ta’rif

yanada aniqlshtirildi. Bosh qomusimizning 70-moddasi jamoat birlashmalari faoliyatini

kafolatlovchi norma bilan to‘ldirildi.

Endilikda ushbu konstitutsiyaviy moddaga binoan: “O‘zbekiston Respublikasida kasaba

uyushmalari, siyosiy partiyalar, olimlarning jamiyatlari, xotin-qizlar tashkilotlari, faxriylar,

yoshlar va nogironligi bo‘lgan shaxslar tashkilotlari, ijodiy uyushmalar, ommaviy harakatlar

hamda fuqarolarning boshqa birlashmalari jamoat birlashmalari sifatida e’tirof etiladi. Jamoat

birlashmalarini tarqatib yuborish, ularning faoliyatini taqiqlab yoki cheklab qo‘yish faqat sud

qarori asosidagina amalga oshiriladi”.

Davlat zimmasiga fuqarolik jamiyati institutlarining faoliyatini ta’minlash bilan bog‘liq

muayyan majburiyatlar yuklandi. Konstitutsiyaning 72-moddasi birinchi bandiga muvofiq:

“Davlat nodavlat notijorat tashkilotlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini

ta’minlaydi, ularga jamiyat hayotida ishtirok etish uchun teng huquqiy imkoniyatlar yaratadi”.

Shu bilan birga, davlat organlari va mansabdor shaxslarning nodavlat notijorat

tashkilotlari faoliyatiga aralashmasligi, demakki davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari

bir-biridan mustaqil ravishda faoliyat olib borishi kafolatlab qo‘yildi.

Yangi tahrirdagi Bosh qomusimizning 72-moddasi ikkinchi bandiga asosan: “Davlat

organlari va mansabdor shaxslarning nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatiga aralashishiga,

shuningdek nodavlat notijorat tashkilotlarining davlat organlari va mansabdor shaxslar

faoliyatiga aralashishiga yo‘l qo‘yilmaydi”.

Bundan tashqari, Asosiy qonunda fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash

masalasi Vazirlar Mahkamasining vakolatlari qatoridan joy oldi. Konstitutsiyaning 115-moddasi

oltinchi bandiga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasi: “fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash

2

O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 30-apreldagi Konstitutsiyasi. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi,

01.05.2023-y., 03/23/837/0241-son.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

766

chora-tadbirlarini amalga oshiradi, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda ijtimoiy sheriklik

dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ularning ishtirok etishini ta’minlaydi”.

Konstitutsiyaning 36-moddasida belgilanganidek, O‘zbekiston Respublikasining

fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o‘z vakillari orqali ishtirok

etish huquqiga ega. Bunday ishtirok etish o‘zini o‘zi boshqarish, referendumlar o‘tkazish va

davlat organlarini demokratik tarzda shakllantirish, shuningdek davlat organlarining faoliyati

ustidan jamoatchilik nazorati vositasida amalga oshiriladi.

Shuni ham qayd etish joizki, Konstitutsiyaning 115-moddasi o‘ninchi bandida

hukumatning asosiy vakolatlaridan biri sifatida: “ijro hokimiyati organlarining ishida ochiqlik va

shaffoflikni, qonuniylik va samaradorlikni ta’minlash, ularning faoliyatida korrupsiya

ko‘rinishlariga qarshi kurashish” vazifasi belgilangan. Bu, o‘z navbatida, ayni jarayonlarda

fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan jamoatchilik nazorati olib borilishini ham nazarda tutadi.

Bularning barchasi shu yil 13-15 mart kunlari rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda

bo‘lgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Folker

Tyurkning:

“Islohotlar jarayonida fuqarolik jamiyatining to‘laqonli ishtirokini ta’minlash

uchun davlat muassasalari kerakli shart-sharoit yaratishi kerak”,

degan tavsiyasiga aynan

o‘rinlidir.

BMT Oliy komissari tashrifi davomida fuqarolik jamiyati faollari bilan muloqotlarga

alohida e’tibor qaratgani bejiz emas. Chunki F.Tyurk ushbu yuksak lavozimga saylanishi bilan

mazkur BMT Boshqarmasida taraqqiyotning yangi strategiyasi, ya’ni fuqarolik jamiyati bilan

davlat o‘rtasidagi sheriklikni kuchaytirish maqsadi belgilab olindi.

Bunday yondashuv O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bo‘yicha olib

borilayotgan izchil siyosatga uyg‘un va hamohang. Folker Turkning:

“kuchli fuqarolik

jamiyati muhim murvat sifatida inson huquqlari g‘ildiragining harakatini ta’minlaydi.

Nodavlat tashkilotlar tashqi aralashuvsiz faoliyat yurita olishi suv bilan havodek zarur”,

degan fikrlari O‘zbekistonda to‘la qo‘llab-quvvatlangani buni yaqqol tasdiqlaydi.

Biz uchun Vatan ramzi bo‘lgan mahalla tizimini barcha islohotlarimizda markaziy

va hal qiluvchi bo‘g‘inga aylantiramiz,

dedi O‘zbekiston Prezidenti o‘zining inauguratsiya

nutqida. Binobarin, mahallalar, ya’ni fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari ham

fuqarolik jamiyati institutlari sirasiga mansub.

So‘nggi yillarda el-yurtimiz hayotining barcha soha va yo‘nalishlari bo‘yicha

“mahallabay” ishlash tizimi keng joriy etilib, mahalla raisi, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli,

yoshlar yetakchisi hamda profilaktika inspektoridan iborat ta’sirchan tuzilma faoliyati yo‘lga

qo‘yildi.

Mamlakatimizda fuqarolik jamiyati institutlari o‘rni va ahamiyatini oshirishga qaratilgan

bu kabi ezgu amallar zamirida Prezident Shavkat Mirziyoyevning ushbu tizimni yanada taraqqiy

ettirish, xususan, baxtli va osoyishta, obod va farovon, to‘kis va munosib hayot kechirishimizga

bog‘liq barcha masalalar yechimini xalq ovozi bo‘lgan mahalla darajasiga tushirishga oid

tashabbusi mujassam. Davlatimiz rahbari ta’biri bilan aytganda,

“Yangi O‘zbekistonni barpo

etishda biz uchun eng muhim va asosiy poydevor bu – xalq ovozi, xalq fikri ustuvor

bo‘lgan mahalladir”.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

767

Shu ma’noda, yangilangan Konstitutsiyamizning 127-moddasi ikkinchi bandida:

“Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari davlat hokimiyati organlari tizimiga kirmaydi

hamda mahalliy ahamiyatga molik masalalarni fuqarolarning manfaatlaridan, rivojlanishning

tarixiy o‘ziga xos xususiyatlaridan, shuningdek milliy qadriyatlardan, mahalliy urf-odatlar va

an’analardan kelib chiqqan holda, qonunga muvofiq mustaqil ravishda hal etishga haqli”, degan

normalar mustahkamlangani juda muhim.

Bunda, bir tomondan, mahalla tizimining davlat hokimiyati organlari tizimiga kirmasligi

qat’iy belgilangan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, mahallalarning qonunga muvofiq va mustaqil

faoliyat olib borishi kafolatlangan.

O‘z navbatida, Asosiy qonunimizning 127-moddasi uchinchi bandida davlatning

mahallalar faoliyati uchun mas’ul ekani ta’kidlangan. Ya’ni: “Davlat fuqarolarning o‘zini o‘zi

boshqarish organlari faoliyatini amalga oshirishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi, ularga

qonunda belgilangan vakolatlarini amalga oshirishida ko‘maklashadi”.

Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda bunday kafolatlarning belgilanishi mahallalarga:

birinchidan,

o‘z hududini mustaqil boshqarish;

ikkinchidan,

aholi manfaatlaridan kelib chiqib davlat bilan sheriklik asosida

muammolarni hal etib borish;

uchinchidan,

hududni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirish;

to‘rtinchidan,

samarali jamoatchilik nazoratini amalga oshirish;

beshinchidan,

aholi farovonligini ta’minlash borasida muhim imkoniyatlarni taqdim

etadi.

Mazkur yangi konstitutsiyaviy normalar fuqarolik jamiyati institutlarining mamlakatimiz

hayotidagi rolini yanada oshirish bundan buyon ham e’tibor markazida bo‘lishidan dalolat beradi.

Bu bejiz emas. Chunki mahallalar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari mamlakatimiz

hayotining barcha sohalaridagi qamrovdor islohotlar ustidan jamoatchilik nazorati

samaradorligini, shuningdek, fuqarolarning demokratik o‘zgartirishlardagi faolligini oshirishda

beqiyos o‘rin tutadi.

Bu haqda fikr yuritganda, xususan, fuqarolik jamiyati institutlari faoliyat ko‘rsatadigan

huquqiy makonni kengaytirish maqsadida, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini

rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi talablaridan kelib

chiqib, 2018 yil 12 aprelda “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi qonun qabul qilinganini qayd

etish lozim. Ayni yo‘nalishda, shuningdek, bir qator qonunlar yangi davr talablari asosida

takomillashtirildi, Prezident farmon va qarorlari qabul qilindi hamda ijroga qaratildi.

O‘z navbatida, 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot

strategiyasida ushbu sohaning joriy va istiqboldagi ustuvor maqsadlari hamda asosiy vazifalari

belgilab berildi. Bunda, avvalambor, Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasining 1-maqsadi

“Mahalla instituti faoliyatining samaradorligini oshirish, uni jamoatchilik boshqaruvi va

nazoratining tayanch bo‘g‘iniga aylantirish”

3

, deb nomlanganiga e’tibor qaratish zarur.

3

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi “2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi

O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son Farmoni. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi,

21.04.2022 y., 06/22/113/0330-son


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

768

Taraqqiyot strategiyasining 4-maqsadi “Davlat boshqaruvi organlari faoliyatini

«fuqarolarga xizmat qilishga yo‘naltirish” tamoyili asosida transformatsiya qilish” deb

nomlangan. Unda, xususan, davlat boshqaruvi organlari faoliyati ustidan davlat nazoratini

amalga oshirishda manfaatlar to‘qnashuvi vujudga kelishini bartaraf etish, mazkur jarayonga

keng jamoatchilikni jalb qilish; vazirlik va idoralar faoliyatining barcha yo‘nalishlarini “Davlat –

xalq xizmatchisi” tamoyili asosida fuqarolarga xizmat qilishga yo‘naltirish vazifalari belgilangan.

Eng asosiysi, Taraqqiyot strategiyasining “Ta’sirchan jamoatchilik nazoratini amalga

oshirishning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish” deb nomlangan 12-maqsadida bu

boradagi bevosita muhim bir qator vazifalar nazarda tutilgan. Jumladan, jamoatchilik nazoratini

amalga oshirishning zamonaviy shakllarini rivojlantirish uchun, xususan, Taraqqiyot

strategiyasini amalga oshirishda hududiy, tarmoq va davlat dasturlari loyihalarini ochiq e’lon

qilib, keng jamoatchilik fikri asosida ishlab chiqish amaliyoti yo‘lga qo‘yilayotgani ahamiyatlidir.

Bugungi kunda jamoatchilik nazoratining qonuniy asoslari yanada mustahkamlanmoqda.

Shu asosda jamoatchilik nazoratining samarali va ta’sirchan shakllari, ularni amalga oshirish

mexanizmlari izchil joriy etilayotgani juda muhim. Zero, O‘zbekiston Prezidenti ta’biri bilan

aytganda,

“jamoatchilik nazorati bu — faqatgina davlat idoralari faoliyati ustidan nazorat

emas, balki jamiyatning o‘zini o‘zi boshqarish usuli, boshqacha aytganda, fuqarolik

jamiyatini taraqqiy toptirishning muhim omillaridan biridir”.

Ommaviy axborot vositalarining roli va jurnalistlar kasbiy faoliyatining himoyasi ham

izchil kuchaytirilmoqda. Bu maqsadga erish uchun, birinchi navbatda, fuqarolarni qiynayotgan

muammolar hamda islohotlarning samaradorligini o‘rganishda ommaviy axborot vositalari

bilan hamkorlik qilish tartibi joriy qilinayotgani e’tiborlidir.

Shu bilan birga, ommaviy axborot vositalarining faoliyatiga noqonuniy aralashganlik va

to‘sqinlik qilganlik, jumladan, mansabdor shaxslar tomonidan senzura o‘rnatish, tahririyat

xodimlariga bosim va tazyiq o‘tkazish, materiallar va texnik vositalarni ulardan g‘ayriqonuniy

ravishda olib qo‘yish harakatlari sodir etilgani uchun javobgarlikni yanada kuchaytirilmoqda.

Shu nuqtai nazardan, Taraqqiyot strategiyasining 89-maqsadi

Fuqarolarning axborot

olish va tarqatish erkinligi borasidagi huquqlarini yanada mustahkamlash” deb atalgani katta

ahamiyatga ega. Ayni vaqtda Taraqqiyot strategiyasi ko‘zda tutilgan eng muhim vazifalar

qatorida Axborot kodeksi loyihasini takomillashtirish ustida qizg‘in ish bormoqda.

Xulosa o‘rnida shuni aytish joizki, bularning barchasi, shubhasiz, fuqarolik jamiyati

institutlarining mamlakatimizni sotsial-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirish hamda jamiyat

va davlat ishlarini boshqarishdagi ishtiroki va ta’sirchan rolini oshiradi. Binobarin, davlat

organlari va tashkilotlari faoliyatining yanada ochiqligini ta’minlash, boshqaruv qarorlari qabul

qilinishini sifat jihatdan yangi darajaga ko‘tarishda aynan fuqarolik jamiyati institutlari beqiyos

ahamiyat kasb etadi.

REFERENCES

1. O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 30-apreldagi Konstitutsiyasi. Qonunchilik

ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2023-y., 03/23/837/0241-son;


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

769

2. O‘zbekiston Respublikasining 1991-yil 15-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Jamoat

birlashmalari to‘g‘risida”gi 223-XII-son Qonuni. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi,

18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son;

3. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 26-dekabrdagi “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi

337-I-son Qonuni. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y.,

03/21/683/0375-son, 15.10.2021-y., 03/21/722/0960-son;

4. O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 15-yanvardagi “Ommaviy axborot vositalari

to‘g‘risida”gi O‘RQ-78-son Qonuni. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi,

21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son;

5. O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 12-apreldagi “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi

O‘RQ-474-son Qonuni. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y.,

03/21/683/0375-son;

6. O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 5-iyuldagi “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar

to‘g‘risida”gi O‘RQ-699-son Qonuni. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi,

06.07.2021-y., 03/21/699/0635-son;

7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi

“2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi

to‘g‘risida”gi PF-60-son Farmoni. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2022 y.,

06/22/113/0330-son;

Internet saytlari

8. www.parliament.gov.uz

9. www.lex.uz

10. www.norma.uz

11. www.huquqiyportal.uz

References

O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 30-apreldagi Konstitutsiyasi. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2023-y., 03/23/837/0241-son;

O‘zbekiston Respublikasining 1991-yil 15-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Jamoat birlashmalari to‘g‘risida”gi 223-XII-son Qonuni. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son;

O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 26-dekabrdagi “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi 337-I-son Qonuni. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son, 15.10.2021-y., 03/21/722/0960-son;

O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 15-yanvardagi “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi O‘RQ-78-son Qonuni. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son;

O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 12-apreldagi “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi O‘RQ-474-son Qonuni. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son;

O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 5-iyuldagi “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi O‘RQ-699-son Qonuni. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.07.2021-y., 03/21/699/0635-son;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi

“2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son Farmoni. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2022 y., 06/22/113/0330-son;

Internet saytlari

www.parliament.gov.uz

www.lex.uz

www.norma.uz

www.huquqiyportal.uz

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов