THE CONCEPT OF HUMAN RIGHTS AND ITS DEVELOPMENT STAGES

HAC
Google Scholar
To share
Xatamova , A. (2024). THE CONCEPT OF HUMAN RIGHTS AND ITS DEVELOPMENT STAGES. Modern Science and Research, 3(1), 1083–1087. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/28680
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Keywords:

Abstract

In this article, it is explained in detail that human rights are a comprehensive concept that includes the aspirations and hopes of all mankind. In the course of the article, the views and opinions of Eastern thinkers about human rights are discussed.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1083

INSON HUQUQLARI TUSHUNCHASI VA UNING RIVOJLANISH BOSQICHLARI

Xatamova Aziza Maxammatqulovna

Jizzax viloyat yuridik texnikumi òqituvchisi

azizaxatamova987@mail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.10581614

Annotatsiya. Ushbu maqolada inson huquqlari butun insoniyatning intilishlari, orzu-

umidlarini o‘ziga jamlagan keng qamrovli tushuncha ekanligi atroflicha yoritib o‘tilgan. Maqola
davomida inson huquqlari haqidagi sharq mutafakkir olimlarining qarashlari va fikrlari haqida
alohida to‘xtalib o‘tilgan.

Kalit so‘zlar: inson huquqlari, nazariy qarashlar, falsafa, taraqqiyot asosi, davr talabi.

THE CONCEPT OF HUMAN RIGHTS AND ITS DEVELOPMENT STAGES

Abstract. In this article, it is explained in detail that human rights are a

comprehensive concept that includes the aspirations and hopes of all mankind. In the course of
the article, the views and opinions of Eastern thinkers about human rights are discussed.

Key words: human rights, theoretical views, philosophy, basis of development, demand of

the times.

ПОНЯТИЕ ПРАВ ЧЕЛОВЕКА И ЭТАПЫ ЕЕ РАЗВИТИЯ

Aннотация. В данной статье подробно объясняется, что права человека – это

всеобъемлющее понятие, включающее в себя чаяния и надежды всего человечества.
В ходе статьи обсуждаются взгляды и мнения восточных мыслителей о правах
человека.

Ключевые слова: права человека, теоретические взгляды, философия, основа

развития, требование времени.

Inson huquqlari muammosi – hozirgi zamonning eng dolzarb muammolaridandir. Inson

huquqlari – bu jamiyatning eng oliy qadriyati, himmatidir. Inson huquqlari – bu butun
insoniyatning intilishlari, orzu-umidlarini o‘ziga jamlagan keng qamrovli tushunchadir. Inson
huquqlari – bu hozirgi taraqqiyotning asosi va davr talabidir. Inson huquqlari – bu
demokratik huquqiy davlatning eng muhim belgisidir. Inson huquqlari har bir davlatning
demokratik taraqqiyoti darajasini ko‘rsatuvchi muhim mezondir. Shuning uchun ham inson
huquqlari xalqaro huquqda va milliy huquqiy tizimda muhim o‘rin tutadi. Insoniyat o‘z
tarixiy rivolanishi jarayonida inson huquqlariga oid qonunchilik – bu inson va fuqaro huquqlari
hamda erkinliklari haqida qonunlar majmuidir. Bu qonunlar qatoriga inson huquqlari
bo‘yicha xalqaro hujjatlar va milliy qonunlar kiradi. Inson huquqlari to‘g‘risidagi qonunchilik
o‘z taraqqiyotida uch katta bosqichni bosib o‘tgan.

Birinchi

bosqich – 1789-yilgi

inson

va

fuqaro

huquqlari

fransuz

deklaratsiyasidan boshlanib, to birinchi jahon urushiga qadar davom etgan. Bu bosqichda
insonning shaxsiy va siyosiy huquqlari to‘g‘risidagi qonunchilik ustuvor ravishda rivojlangan.
Bu davrda qabul qilingan qonunlarda alohida e’tibor quyidagi muammolarni huquqiy tartibga
solishga qaratilgan:

shaxs erkinligi va fuqarolar tengligi;
shaxs daxlsizligi;


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1084

xususiy mulk huquqi;
saylov huquqi turli seznlar bilan cheklangan bo‘lsada.

Ikkinchi bosqichi – XX asrning birinchi yarmini o‘z ichiga olgan. Bu bosqichda sotsial

yo‘nalish demokratiya ta’sirida insonlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquqlariga oid qonunchilik tez
rivojlangan. Mehnat qilish huquqi, dam olish huquqi, ijtimoiy yordam olish huquqi
to‘g‘risidagi qonunlar alohida ahamiyat kasb etgan. Fransiya va Shvetsiyadagi sotsial
qonunchilik,

1920-yilgi

Veymar

Konstitutsiyasi,

Fransiya

va Italiyaning 1946-yilgi

Konstitutsiyalari bunga yaqqol misol bo‘ladi.

Uchinchi bosqich – XX asrning ikkinchi yarmiga to‘g‘ri kelib, bu bosqichda inson

huquqlarining “yangi avlodi” to‘g‘risidagi qonunchilik rivojlanadi. Bu huquqlar qatoriga:
tinch yashash huquqi; sof va toza atrof-muhitga ega bo‘lish huquqi; axborot olish huquqi
kabilar kiradi. Bu bosqichda inson huquqlari to‘g‘risida xalqaro qonunchilik tizimi shakllandi.
Dunyodagi har bir davlatda ham inson huquqlariga oid muayyan qonunchilik tizimi
shakllangan. Bu qonunchilik negizini, avvalambor, Konstitutsiyalar tashkil etadi. Barcha davlatlar
Konstitutsiyalarida inson va fuqaro huquqlari va erkinliklariga maxsus bo‘lim, boblar ajratilgan.
Fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari joriy qonunlarda o‘z aksini topgan.
Hozirgi kunda davlatlar o‘z Konstitutsiyalarida inson huquqlariga oid quyidagi muhim
qoidalarni mustahkamlaganlar:

– inson huquqlari va erkinliklarini tan olish va himoya qilish bu davlat

majburiyatlaridir;

– inson huquqlari va erkinliklari katalogi xalqaro-huquqiy andozalarga mos kelishi

va bu sohada xalqaro huquqning ustuvorligi;

– inson huquqlari va erkinliklari unga tug‘ilgandan boshlab taalluqlidir, yangi tabiiy

huquq g‘oyasini, nazariyasini e’trof etilishi;

– hammaga va har kimga inson huquqlari va erkinliklarining teng va barobar

taalluqliligi;

– fuqarolarning kafolatlangan sud himoyasi bilan ta’minlanishi;

– inson huquq va erkinliklarini amalga oshirish boshqa shaxslar huquqlarini

buzmasligi zarurligi. Dunyo davlatlarida inson huquqlariga oid qonunchilik tizimi quyidagi
guruhlarga bo‘linadi:

1. Fuqarolarning shaxsiy huquqlariga oid qonunlar;
2. Fuqarolarning siyosiy huquqlariga oid qonunlar;
3. Fuqarolarning iqtisodiy huquqlariga oid qonunlar;
4. Madaniy huquqlarga oid qonunlar;

5. Inson huquqlariga oid xalqaro huquqiy hujjatlar.

Inson huquqlari to‘g‘risidagi ta’limotning rivojida Sharq mutafakkirlarining xizmatlari

benihoya kattadir. Al-Xorazmiy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Amir Temur, Ulug‘bek, Alisher
Navoiy, Bobur Mirzo singari o‘nlab olimlar, davlat va jamoat arboblari dunyoqarashida,
ularning amaliy ishlarida inson huquqlari masalasi alohida o‘rin

egallaydi.

Ular

turli

muammolar singari inson huquqlari, erkinliklari, qadriyatlari masalasiga ham befarq
qaramaganlar va bu borada o‘z fikr-mulohazalarini bildirganlar. Inson haqida g‘amxo‘rlik
qilish, inson erkinligi, haq-huquqlari to‘g‘risida qayg‘urish, inson sha’nini kamsitadigan


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1085

urinishlarga yo‘l qo‘ymaslik g‘oyalari shular jumlasidandir. O‘rta asrlarda butun dunyoda
bo‘lgani singari Sharq olamida ham inson huquqlari turli yo‘llar bilan toptab kelingan. O‘sha
davrlarda insonning shaxsiy huquq va erkinliklari singari, uning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va
ma’naviy huquqlari ham hukmron siyosiy kuchlar tomonidan cheklab qo‘yilgan. Bunday
holatlarga qarshi noroziliklar shafqatsizlarcha bostirilgan. Kishilar yashash, mehnat qilish va
dam olish kabi oddiy insoniy huquqlardan ham to‘la erkinlik asosida foydalanish imkoniyatiga
ega bo‘lmaganlar.

Insonning sha’ni, qadr-qimmati, erkinliklari huquqiy jihatdan kafolatlanmagan, uning

huquqlari poymol etilishi oddiy bir hol bo‘lgan. Aholi keng qatlamlarining nochor hayoti o‘z
haq-huquqlarini anglab yetish va uni himoya qilish uchun kurash olib borish imkonini bermagan.
Tarixning guvohlik berishicha, ayrim mamlakatlar va mintaqalarda

olib

borilgan

jang-u

jadallar, bosqinchilik urushlari natijasida fuqarolarning haq-huquqlari vahshiylarcha toptab
kelingan. Bunday misollarni O‘rta Osiyoda yashagan xalqlar va millatlar hayotidan ham
ko‘plab keltirish mumkin. Birgina mo‘g‘illar bosqini davrida O‘rta Osiyoda yashagan xalqlarning
haq-huquqlari qanchalik toptalganligini oddiy so‘z bilan ifodalash qiyin. Masalan, mo‘g‘illar
1220-yilda Buxoroni bosib olib, 30 mingdan oshiq buxorolikning yostig‘ini quritganlar,
aholining qolgan qismini qullarga aylantirib, ko‘pchiligini o‘zlari ishg‘ol qilgan boshqa
yerlarga haydab ketganlar. Din peshvolari, olim-u fuzalolarni tahqirlaganlar, Buxoro shahriga
o‘t qo‘yilgan. Bunday sharoitda inson huquqlari yoki uni himoya qilish to‘g‘risida gap ham
bo‘lishi mumkin emasdi. Lekin mavjud siyosiy tuzumlar sharoitida ham somoniylar, temuriylar,
boburiylar davrida inson huquqlarini himoya qilish sohasida talaygina tadbirlar amalga
oshirilganligini aytish joiz. Masalan, O‘rta Osiyoda somoniylar hukmronligi davrida aholining
hunarmandchilik, dehqonchilik, chorvachilik, ilm-fan bilan shug‘ullanuvchi qismiga qulay
sharoitlar

yaratishga harakat qilingan. Savdo-sotiq ishlari avj olib, bu ish bilan

shug‘ullanuvchilar davlat tomonidan

muhofaza

etilgan.

Savdo

karvonlarini

qo‘riqlab

boruvchi

soqchilar tayinlangan. Davlatni boshqarishda markaz bilan joylar o‘rtasida

mustahkam aloqa o‘rnatilgan. Bu va shunga o‘xshash tadbirlar inson huquqlarini himoya qilishda
o‘sha davrning barcha hukmdorlari uchun ibrat namunasi bo‘lgan. Inson huquqlarini
himoya qilishda va ularga berilgan huquqlaridan foydalanishda Sohibqiron Amir Temur
amalga oshirgan ishlar diqqatga sazovordir. Sohibqironning butun hayoti va kurashi insonni
qadrlash, uning yaxshi hayot kechirishi uchun qulay shart-sharoitlarni yaratib

berish

bilan

chambarchas

bog‘liqdir.

Amir

Temur

o‘zining

“Temur tuzuklari”da mamlakat

fuqarolarining

haq-huquqlari

va

ularni

himoya

qilishning zarurligini

qayta-qayta

ta’kidlagan. Insonning mehnat qilish huquqi asarda quyidagicha ta’riflab beriladi: “Agar
kasb-u hunar va ma’rifat ahillaridan bo‘lsa, bundaylarga saltanat korxonalaridan yumush
berilsin. Bulardan boshqa, bilagida kuchi bor faqir-miskinlar esa o‘z ahvoli va kasbi-korig‘a
qarab ish tutsinlar” (“Temur tuzuklari”. –T.; G‘.G‘ulom nomidagi nashriyot, 1991, 67-bet).
Amir Temur inson huquqlarini himoya qilishda eng ko‘p kuchg‘ayrat sarflagan yetuk
siymolardan biri edi. U hukmronlik qilgan davrda inson huquqlarini kamsitishga qaratilgan har
qanday urinishlarga

chek

qo‘yilgan

va

bunday

urinishlarning

rahnamolari

hamda

ishtirokchilari qattiq jazolangan. “Yana buyurdimki, — deb yozadi Sohibqiron, — agar (har
yer va elning) amaldorlari va kalontarlari oddiy fuqarolarga jabr-zulm qilsa va shu orqali


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1086

bechoralarga zarar yetkazgan bo‘lsa (bunday vaqtlarda) yetkazilgan zararni kalontarlardan
undirib, jabr ko‘rganlarga bersin, toki ular yana o‘z hollariga kelsinlar» («Temur tuzuklari», 99-
bet).

Har qanday jabr-zulm inson huquqlarini poymol qiladi. Jumladan, mehnat qilishga

majbur etish, qiynoqqa solish, mol-mulkiga, shaxsiy hayotiga zarar yetkazish va shu kabilar.
Ulug‘ Sohibqiron inson sha’niga nomunosib bo‘lgan ana shunday xatti-harakatlarga yo‘l
qo‘yib

bo‘lmaslikning

mohiyatini

to‘g‘ri

tushungan

va shuning uchun ham mamlakat

fuqarolarining huquqlarini himoya qilish yo‘lida qat’iy kurash olib borgan. Amir Temurning
inson huquqlari to‘g‘risidagi g‘oyalari uning davlatni idora qilishdagi o‘zi asoslagan
qoidalarda juda aniq bayon etilgan. Bu qoidalar qonun kuchiga ega bo‘lib, ularda inson
huquqlari masalasiga keng o‘rin berilgan. Sohibqironning adolat bilan ish ko‘rishi, gunohkorga
ham, begunohga ham rahm-shafqat qilishi, raiyatning ahvolidan doimo xabardor bo‘lib
turishi, davlat ishlarini saltanat qonunlariga asoslangan holda boshqarishi va boshqa shular
singari xayrli ishlari uning inson huquqlarini himoya qilishga qanchalik katta ahamiyat
berganligidan darakdir. Amir Temur insonning qadr-qimmati va huquqlarini qadrlagan
va himoya qilgan ulug‘ zotlardan biridir.

U markazlashgan qudratli mamlakatni boshqarar ekan, o‘z amir-u beklaridan,

davlat xizmatchilaridan fuqarolarning holidan xabar olib turishni, ularning shaxsiy va ijtimoiy
huquqlarini himoya qilishni qattiq talab qilgan. Sohibqiron o‘z hukmdorligining barcha davrlarida
adolat va insof bilan ish ko‘rgan, gunohkorga ham, begunohga ham adolat, haqqoniyat
yuzasidan hukm chiqargan, o‘zining xayr-ehson ishlari bilan odamlar ko‘nglidan joy olgan.

Zolimlardan

mazlumlar

haqqini

undirib

bergan.

Uning yozishicha, zolimlar

yetkazgan ashyoviy va jismoniy zararlar isbotlanganidan keyin ularni shariatga muvofiq odamlar
o‘rtasida muhokama qilgan. Natijada aybsiz kishiga jabr-zulm o‘tkazilmagan. Buyuk allomalar
Forobiy, Ibn Sino, Beruniylar ham inson huquqlari masalasini chetlab o‘tmaganlar.

Somoniylar davrida amalda bo‘lgan tartib-qoidalar, o‘sha davrning ijtimoiy-siyosiy tuzumi

bu

mutafakkirlarning dunyoqarashiga kuchli ta’sir ko‘rsatgan. Ular o‘z asarlarida bu davrga

baho berish bilan birga qimmatli g‘oyalarni ilgari surganlar, inson huquqlari va ularni himoya
qilish to‘g‘risida ham o‘z fikrlarini yozib qoldirganlar. Forobiy o‘zining “Fozil odamlar
shahri” asarida odamlarning ma’lum bir kasb-hunar bilan shug‘ullanishi, ular har qanday ta’qib
va cheklashlardan xoli bo‘lishi, erkin va ozod yashashi haqida yozadi. Forobiyning “Fozil odamlar
shahri” jamoasi haqidagi ta’limoti, uning komil inson haqidagi fikrlari bilan bog‘lanib ketgan.

Xulosa o‘rnida shuni aytish joizki, komil inson jamiyatning teng huquqli, erkin fuqarosi

bo‘lishi lozimligi, jamoa uning huquqlarini hurmat qilishi, kishilarning tinch va osoyishta hayot
kechirishlari uchun zarur bo‘lgan shart-sharoitlarni ta’minlab berishi haqidagi fikrlar asarning
asosiy mazmunini tashkil etadi. Garchi, bu masala xayoliy tarzda tasvirlangan bo‘lsada, biroq
unda insonga g‘amxo‘rlik qilish, uning haq-huquqlarini himoya qilish zarurligi g‘oyalari
ilgari surilganligining o‘zi muhim ahamiyatga egadir. Forobiy singari Ibn Sino ham inson va
uning jamiyatda egallashi lozim bo‘lgan o‘rniga katta e’tibor bilan qaragan. Allomaning inson
va uning huquqlari to‘g‘risidagi qarashlari amaliy falsafaga doir ta’limotida asoslab berilgan.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1087

REFERENCES

1.

O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 30-apreldagi Konstitutsiyasi. Qonunchilik
ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2023-y., 03/23/837/0241-son;

2.

Abu Nasr Farobiy. Fozil odamlar shahri. – T.: Xalq merosi, 1993. – B. 159;

3.

Temur tuzuklari. –T.; G‘.G‘ulom nomidagi nashriyot, 1991;

4.

G.Yuldasheva, N.Gafurova Inson huquqlari: darslik.–T.: TDYU nashriyoti, 2023.–400 b.;

5.

O.T.Husanov Konstitutsiyaviy huquq: daslik. To‘ldirilgan va qayta ishlangan ikkinchi
nashr. – Toshkent: Yuridik adabiyotlar publish, 2020. – 400 bet.

Internet saytlari

6.

www.lex.uz

7.

www.norma.uz

8.

www.huquqiyportal.uz

9.

www.parliament.gov.uz

References

O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 30-apreldagi Konstitutsiyasi. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2023-y., 03/23/837/0241-son;

Abu Nasr Farobiy. Fozil odamlar shahri. – T.: Xalq merosi, 1993. – B. 159;

Temur tuzuklari. –T.; G‘.G‘ulom nomidagi nashriyot, 1991;

G.Yuldasheva, N.Gafurova Inson huquqlari: darslik.–T.: TDYU nashriyoti, 2023.–400 b.;

O.T.Husanov Konstitutsiyaviy huquq: daslik. To‘ldirilgan va qayta ishlangan ikkinchi nashr. – Toshkent: Yuridik adabiyotlar publish, 2020. – 400 bet.

Internet saytlari

www.lex.uz

www.norma.uz

www.huquqiyportal.uz

www.parliament.gov.uz

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов