ABOUT METHODS USED IN PRIMARY CLASSES AT SCHOOL

HAC
Google Scholar
f
167-170
3
1
To share
Saparova, K. (2024). ABOUT METHODS USED IN PRIMARY CLASSES AT SCHOOL. Modern Science and Research, 3(1), 167–170. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/27839
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article provides information on various methods used in primary schools. Child's thinking, method, innovative activity, innovative environment, pedagogical innovation, technology, information technology, integration, poem, fairy tale, story.


background image


167

MAKTABDA BOSHLANG‘ICH SINFLARDA QO‘LLANILADIGAN METODLAR

HAQIDA

Saparova Karligash Valixanovna

Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani 28 - maktabning boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.10467200

Annotatsiya.

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinflarda qo‘llaniladigan turli xil metodlar

borasida ma’lumotlar keltiriladi. Bolaning tafakkuri, metod, innovatsion faoliyat, innovatsion

muhit, pedagogik yangilik, texnologiya, axborot texnologiyalari, integratsiya, she’r, ertak, hikoya.

Kalit so‘zlar:

boshlang‘ich sinflar, metodlar, innovatsion faoliyat, axborot.

ABOUT METHODS USED IN PRIMARY CLASSES AT SCHOOL

Abstract.

This article provides information on various methods used in primary schools.

Child's thinking, method, innovative activity, innovative environment, pedagogical innovation,

technology, information technology, integration, poem, fairy tale, story.

Key words:

primary classes, methods, innovative activity, information.

О МЕТОДАХ, ИСПОЛЬЗУЕМЫХ НА НАЧАЛЬНЫХ КЛАССАХ В ШКОЛЕ

Аннотация.

В данной статье представлена информация о различных методах,

используемых в начальных классах. Мышление ребенка, метод, инновационная

деятельность,

инновационная

среда,

педагогическая

инновация,

технология,

информационная технология, интеграция, стихотворение, сказка, рассказ.

Ключевые слова:

начальные классы, методы, инновационная деятельность,

информация.

Pedagogik yangilik – pedagogik faoliyatda ilgari ta’lim jarayonida noma’lum bo‘lgan

o‘zgarishlarni kiritish orqali ta’lim va tarbiyaning nazariya va amaliyotini boyitish va uni

rivojlantiruvchi vositasidir. Darhaqiqat, zamonaviy pеdagogik tеxnologiyalar ta’lim jarayonining

unumdorligini oshiradi, o‘quvchilarning mustaqil fikrlash jarayonini shakllantiradi, o‘quvchilarda

bilimga ishtiyoq va qiziqishni oshiradi, bilimlarni mustahkam o‘zlashtirish, ulardan amaliyotda

erkin foydalanish ko‘nikma va malakalarini shakllantiradi. Bolaning tafakkuri endi shakllanib

kelayotgan boshlang‘ich sinflarda o‘qituvchining mahorati, uning pedagogik texnologiyalarni

ta’lim jarayoniga mohirona tadbiq qila olishi, ta’limning yangi-yangi usul va metodlarini izlashi,

pedagogik tajribalardan ijodiy foydalana olishi juda muhimdir. Shuning uchun ham o‘quv

jarayoniga pedagogik yangiliklarni kiritish, ta’limda pedagogik texnologiyalarni qo‘llash, turli


background image


168

innovatsion usul va metodlaridan foydalanish, ta’lim samaradorligini oshirish uchun tinimsiz

izlanish bugungi kunning ehtiyojiga aylandi. Ma’lumki, bugungi kunda dars jarayonida “Aqliy

hujum”, “Krassvord”, “Sinkveyn”, “Muzyorar”, “Keys stady”, “Insert”, “Venn diagrammasi” va

“BBB” texnologiyalaridan o‘quv jarayonini tashkil qilishda foydalanilmoqda. Mazkur metodikada

dars jarayonining samarasi va sifatini ta’minlashga xizmat qiluvchi yana bir nechta innovatsion

metodlarni tavsiya qilamiz.

«Videotopishmoq» metodi

Hozirgi kunda pedagogik faoliyatda turli axborot vositalari (kompyuter, televideniye, radio, nusxa

ko‘chiruvchi qurilma, slayd, video va audio magnitofonlar) yordamida ta'lim jarayoni tashkil

etilishiga alohida e'tibor qaratilmoqda. O‘qituvchilar oldida ta'lim jarayonida turli axborot

vositalaridan o‘rinli va maqsadga muvofiq foydalanish vazifasi turibdi.

Videotopishmoq metodidan foydalanishda quyidagi harakatlar amalga oshiriladi:

o‘quvchilar e'tiboriga o‘rganilayotgan mavzu mohiyatini tasviriy yoritishga yordam beruvchi

izohlarsiz bir nechta videolavha namoyish etiladi;

o‘quvchilar har bir lavhada qanday jarayon aks ettirilganini izohlashadi;

jarayonlarning mohiyatini daftarlariga qayd etishadi;

o‘qituvchi tomonidan berilgan savollarga javob qaytarishadi.

Mazkur metod asosida mavzuga doir kompyuter orqali videolavha namoyish etiladi. O‘quvchilar

videolavha mavzusi, unda ifodalangan mavzu haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirishadi

“Reklama” metodi,

asosan, boshlang‘ich sinf o‘qish darslarida o‘z samarasini ko‘rsatadi.

Mazkur metodni dars jarayonining bosqichlari: o‘tilgan mavzuni so‘rash va yangi mavzuni

mustahkamlashda qo‘llash mumkin. Bu jarayonda o‘qituvchi o‘quvchilarga mavzu mohiyatiga

mos tartibda tarqatma materiallarni beradi, ularda “Reklama qiling!” birikmasi yozilganligi asosiy

qoidadir.

O‘quvchilar tarqatmalarda berilgan mavzuni, undagi shaxs yoki predmetga xos sifatlar,

xatti-harakatlar, asardan parchalar, rolli ko‘rsatmalar orqali reklama qilib berishlari kerak bo‘ladi.

Shuningdek, mazkur metoddan sinfdan tashqari o‘qish darslari uchun she’r, ertak, hikoya va

boshqa janrdagi kichik asarlarni tavsiya qilishda ham foydalanish mumkin. Bunda, o‘quvchi yoki

o‘quvchilar jamoasi, boshqa o‘quvchilarga o‘qish uchun she’r, ertak, hikoya va boshqa janrdagi

kichik asarlarni tavsiya qiladi, tavsiya qilish jarayonida reklamaning turli ko‘rinishlaridan

foydalaniladi. “Reklama” metodining afzalligini quyidagilarda ko‘rish mumkin:

- o‘quvchilarning nutqi ravonlashadi, jamoa oldida nutq so‘zlash, o‘z fikrini erkin bildira olish

ko‘nikmalari shakllanadi;


background image


169

- dars jarayonining mazmunli tashkil qilinishiga erishiladi, o‘quvchilarning darsga qiziqishlari

oshadi, ularda kitobga bo‘lgan hurmat shakllanadi, badiiy asarlarni o‘qishga bo‘lgan ishtiyoqi

kuchayadi;

- o‘quvchilarning dunyoqarashi kengayadi, sog‘lom raqobat muhiti paydo bo‘ladi, o‘zgalar fikrini

hurmat qilish, ularni diqqat bilan tinglash, o‘z diqqatini jamlash va fikrlash qobiliyatlari

shakllanadi.

“Kamalak jilosi” metodini

boshlang‘ich sinflar uchun qo‘llash maqsadga muvofiqdir.

Mazkur metoddan ona tili, matematika va o‘qish darslarida ham foydalanish mumkin. Masalan:

ona tili darslarida so‘zlarni turkumlarga ajratishda qo‘g‘irchoq, mashina, kuldi, yig‘ladi, sariq,

katta, kichik, to‘qqiz kabi so‘zlarni turkumlarga ajratish va ot so‘z turkumiga doir so‘zlarni ko‘k

rangli chiziqqa joylashtirish, sifat so‘z turkumidagi so’zlarni havo rang chiziqqa joylashtirish

vazifasi beriladi. Matematika darsida sonlarni xona birliklariga ajratish davomida ushbu metodni

qo‘llash mumkin. Ya’ni, kamalakning birinchi rangini bir xonali son deb oladigan bo‘lsak,

ikkinchi qatordagi rangi ikki xonali songa misol bo‘la oladi.

“Kamalak jilosi” metodi

orqali bolalarda quyidagi bilim, ko‘nikma, malakalar va sifatlar

shakllanadi:

- o‘quvchi ranglar orqali so‘zlarning qaysi turkum doirasiga kirishini eslab qoladi;

- o‘quvchida tabiat hodisalari haqidagi tasavvurlar paydo bo‘ladi, ularda atrofmuhit va tabiatga

muhabbat, uni asrab-avaylash ko‘nikmalari shakllanadi;

- o‘quvchilarning dunyoqarashi va tasavvur doirasi kengayadi, diqqatni jamlash, fikrlash, zehnlilik

va topqirlik qobiliyatlari rivojlanadi.

«Beshinchisi (oltinchisi, yettinchisi ...) ortiqcha» metodi

O‘quvchilar mantiqiy tafakkur yuritish ko‘nikmalariga ega bo‘lishlarida ushbu metod alohida

ahamiyatga ega. Uni qo‘llashda quyidagi harakatlar amalga oshiriladi:

O‘rganilayotgan mavzu mohiyatini ochib berishga xizmat qiluvchi tushunchalar tizimini

shakllantirish;

hosil bo‘lgan tizimdan mavzuga taalluqli bo‘lgan to‘rtta (beshta, oltita, ...) va taalluqli bo‘lmagan

bitta tushunchaning o‘rin olishiga erishish;

o‘quvchilarga mavzuga taalluqli bo‘lmagan tushunchani aniqlash va uni tizimdan chiqarish

vazifasini topshirish;

o‘quvchilarni o‘z harakatlari mohiyatini sharhlashga undash (mavzuni mustahkamlash maqsadida

o‘quvchilardan tizimda saqlanib qolgan tushunchalarga ham izoh berib o‘tishlari hamda ular

o‘rtasidagi mantiqiy bog‘liqlikni asoslashlarini talab etish lozim).


background image


170

Mazkur metod o‘quvchilardan o‘rganilayotgan mavzu (yoki bo‘lim, bob) yuzasidan tahliliy

mulohaza yuritish, shuningdek, eng muhim tayanch tushunchalarni ifodalay olishni talab etadi.

Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, axborot kommunikatsiya tizimining yuksak

darajada rivoj topib borayotgan bir jarayonda boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisi texnika va

tеxnologiyani chuqur bilishi, tahlil qila olishi va yangilik yaratilish darajasida bilimli va mahoratli

bo‘lishi juda muhim. Buning uchun darsni tashkil etish jarayonida barcha o‘quvchilarga

tushunarli, oson va qiziqarli bo‘lgan usullarni tanlashi va qo‘llay olishi, ko‘rgazmali qurollardan

foydalanishi, yangi ishlab chiqarilayotgan tеxnik vositalarni tadbiq qilishi, ta’lim oluvchilarni

ijodiy, mustaqil ishlashga undashi, pedagogik texnologiyalardan to‘g‘ri va unumli foydalanishi

maqsadga muvofiqdir.

REFERENCES

1.

Xodjaboev A. Xusanov L. Kasbiy ta’lim metodologiyasi. T.: Fan va texnologiyalar, 2007.

2.

Shadrikov, V.D. Qobiliyatlarning rivojlanishi // Boshlang'ich maktab. -№5, 2004 yil.

3.

Ruzmatovich, U. S. (2022). ANALYSIS OF THE RESULTS OF PHYSICAL TRAINING

OF FERGANA STATE UNIVERSITY STUDENTS. ASIA PACIFIC JOURNAL OF

MARKETING & MANAGEMENT REVIEW ISSN: 2319-2836 Impact Factor: 7.603,

11(09), 85-96.

4.

Ruzmatovich, U. S. (2022). Organization And Content Of Professional And Practical

Physical Training Of Students Of Pedagogical Higher Education Institutions.

INTERNATIONAL JOURNAL OF RESEARCH IN COMMERCE, IT, ENGINEERING

AND SOCIAL SCIENCES ISSN: 2349-7793 Impact Factor: 6.876, 16(06), 29-35.

References

Xodjaboev A. Xusanov L. Kasbiy ta’lim metodologiyasi. T.: Fan va texnologiyalar, 2007.

Shadrikov, V.D. Qobiliyatlarning rivojlanishi // Boshlang'ich maktab. -№5, 2004 yil.

Ruzmatovich, U. S. (2022). ANALYSIS OF THE RESULTS OF PHYSICAL TRAINING OF FERGANA STATE UNIVERSITY STUDENTS. ASIA PACIFIC JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT REVIEW ISSN: 2319-2836 Impact Factor: 7.603, 11(09), 85-96.

Ruzmatovich, U. S. (2022). Organization And Content Of Professional And Practical Physical Training Of Students Of Pedagogical Higher Education Institutions. INTERNATIONAL JOURNAL OF RESEARCH IN COMMERCE, IT, ENGINEERING AND SOCIAL SCIENCES ISSN: 2349-7793 Impact Factor: 6.876, 16(06), 29-35.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов