COMBATING CRIMES IN THE FIELD OF ECOLOGY IS AN URGENT PROBLEM

HAC
Google Scholar

Abstract

In the article, the author notes that the problem of environmental protection, ensuring environmental safety has been one of the urgent problems for many years, and has now risen to the level of state policy, that in the fight against environmental crimes, their prevention, science of criminology should develop new, scientific recommendations based on the time requirements.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

346

EKOLOGIYA SOHASIDAGI JINOYATLARGA QARSHI KURASHISH DOLZARB

MUAMMO

Ubaydullayev Ilxomjon Raxmatovich

Farg‘ona viloyati yuridik texnikumi

“Mutaxassislik fanlari” kafedrasi o‘qituvchisi2-darajali yurist.

Telefon: +998911515452

ubayilxom@gmail.com

Shavkatova Shahzodabonu Shavkatjon qizi

Sud-huquqiy faoliyat yo‘nalishi, 2-bosqich o‘quvchisi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.10091399

Annotatsiya.

Maqolada muallif tomonidan atrof tabiiy muhitni muhofaza etish, ekologik

xavfsizlikni taʼminlash muammosi ko‘p yillardan beri, qolaversa bugungi kunda ham dolzarb
muammolardai biri bo‘lib qolayotganligi, hozirgi vaqtga kelib esa davlat siyosati darajasiga
ko‘tarilganligi, ekologiya sohasidagi jinoyatlar bilan kurashda, ularni oldini olishda
kriminalistika fani zamon talablaridan kelib chiqib yangi, ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab
chiqishi lozimligi haqida so‘z yuritiladi.

Kalit so‘zlar:

Ekologik xavfsizlik, jinoyatchilikning sabab va sharoitlari, fan - texnika

taraqqiyoti, xomashyo manbalarini yaratish, hayvonot va o‘simlik dunyosi, radioaktiv va kimyoviy
chiqindilar, ekologik inqiroz.

COMBATING CRIMES IN THE FIELD OF ECOLOGY IS AN URGENT

PROBLEM

Abstract.

In the article, the author notes that the problem of environmental protection,

ensuring environmental safety has been one of the urgent problems for many years, and has now
risen to the level of state policy, that in the fight against environmental crimes, their prevention,
science of criminology should develop new, scientific recommendations based on the time
requirements.

Key concepts:

Environmental safety, causes and conditions of crime, scientific and

technological progress, creation of sources of raw materials, Flora and fauna, radioactive and
chemical waste, environmental crisis.

БОРЬБА С ПРЕСТУПЛЕНИЯМИ В СФЕРЕ ЭКОЛОГИИ – АКТУАЛЬНАЯ

ПРОБЛЕМА

Аннотация.

В статье автором отмечено, что проблема охраны окружающей

природной среды, обеспечения экологической безопасности является одной из актуальных
проблем на протяжении многих лет и к настоящему времени поднялась до уровня
государственной политики, что в борьбе с экологическими преступлениями, их
предупреждении криминалистическая наука должна выработать новые, научно
обоснованные рекомендации, исходя из требований времени.

Ключевые понятия:

Экологическая безопасность, причины и условия преступности,

научно - технический прогресс, создание источников сырья, Животный и растительный
мир, радиоактивные и химические отходы, экологический кризис.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

347

Tabiatni muhofaza etish insoniyatni baxt - saodati, ertangi kuni, kelgusi avlod taqdiri uchun

g‘amho‘rlik qilish demakdir. Tabiatni muhofaza etish yerni, suvni, tuproqni, havoni, o‘simligu
hayvonot dunyosini ko‘z qorachig‘idek asrab - avaylash, ifloslanishi, kasallanishiga yo‘l
qo‘ymaslik, tabiiy zahiralardan oqilona foydalanish, inson va insoniyat baxtini, olis kelajakni
o‘ylab faoliyat ko‘rsatishdir. Bu iisoniy burch va masʼuliyatni chuqur xis etish va anglashning
ifodasidir.

1

Atrof tabiiy muhitni muhofaza etish, ekologik xavfsizlikni tahminlash muammosi ko‘p

yillardan beri dolzarb muammolardai biri bo‘lib kelmoqda. Hozirgi vaqtga kelib esa davlat siyosati
darajasiga ko‘tarildi. Bu narsa bejiz emas albatta. Zero insoniyat shu zaminda yashab, shu zamii
havosidan nafas olib, o‘zlari yuzaga keltirgan muammolardan tashqarida bo‘la olmaydi. Ko‘p
yillar davomida fan - texnika taraqqiyoti uchun, katta - katta xomashyo manbalarini yaratish,
cho‘llarni, sang yerlarni o‘zlashtirish, suv obyektlaridan noto‘g‘ri foydalanish, tabiiy resurslarni
isrof qilish bugungi kunga kelib o‘zining salbiy oqibatlarini namoyon qilmoqda. Rus olimlaridan
biri yaqin vaqtlargacha ham sayyoramizning tabiiy boyliklari behisob, tabiiy muhitniig
zahiralaridan har qancha foydalanish mumkin degan fikr mavjud edi, lekin insoniyat barcha
mavjud tabiiy boyliklarning uchdan bir qismini sarflab bo‘ldi, degan fikrni bildirgan. Bu holatlar
o‘z - o‘zidan tabiiy boyliklardan rejali, samarali, ishlab chiqarishda intensiv usullardan
foydalanish, ularni muhofaza etish bo‘yicha qabo‘l qilingan qonunlar va boshqa mehyoriy hujjatlar
talablarining amalda qo‘llanilish monitoringining samarali ishlashini tahminlashni, tabiatga
yetkazilgan zararlarni bartaraf etishda iqtisodiy choralar taʼsirini oshirishni taqozo etadi.

“Ekologik xavfsizlik, degan edi O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti, - kishilik

jamiyatining bugungi va ertasi uchun dolzarbligi, juda zarurligi bois eng muhim muammolar
jumlasiga kiradi. Bu muammolar amaliy tarzda hal etilsa, ko‘p jihatdan hozirgi va kelgusi avlod
turmushining ahvoli va sifatini belgilash imkoniyatini beradi... Ekologiya hozirgi zamonning keng
miqyosdagi keskin ijtimoiy muammolaridan biridir. Uni hal etish barcha halqlarning manfaatlariga
mos bo‘lib, sivilizatsiyaning hozirgi kuni va kelajagi ko‘p jihatdan ana shu muammoning hal
qilinishiga bog‘liqdir”.

2

Insoniyatni uzoq vaqtlardan beri tashvishga, xavf - xatarga solib kelayotgan ekologik

muammolar o‘z - o‘zidan yoki tasodif ravishda paydo bo‘lgan emas. Mazkur muammoni yuzaga
ksltirgan va kuchaytirib yuborgan, keskinlashib xavfli tus olishiga olib kelgan bir qancha sabablar
mavjud. Shulardan biri tabiiy sabablar, yaʼni misol sifatida orid mintaqasida joylashgan
O‘zbekistonda tez - tez chang bo‘ronlarini qo‘zg‘atib turuvchi Qoraqum va Qizilqum sahrolaridek
yirik tabiiy manbalar borligini keltirish mumkin. Keyingi davrda yana bir manba sifatida Orol
dengizi vujudga keldi.

Galdagi sabab, inson faoliyati, insoniyat paydo bo‘lgandan to hozirga qadar tabiatga, atrof

muhitga taʼsir qilib, uni batamom o‘zgartirib yubordi. So‘nggi yuz yillar mobaynida inson faoliyati

1

T.Mirzayev, Z.G‘ofurov Tabiatni eʼzozlash - umumbashariy muammo. “Yangi asr avlodi”. T.: 2001.155-bet.

2

I.A.Karimov “O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari”.

“O‘zbekiston”, T.: 1997. 115-bet.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

348

natijasida yer sharining iqlimi, hayvonot va o‘simlik dunyosi, havosi ancha o‘zgarib ketdi,
suvlarning ifloslanishi, o‘rmonlarning keragidan ortiq darajada kesib yuborilishi, yer yuzida
tuproq nurashi, hayvonlar va baliqlarning haddan tashqari ko‘p ovlanishi natijasida ekologik
inqiroz yuzaga keldi. Inson o‘zining ko‘p asrlik xo‘jalik faoliyatida 72 hayvon turini butunlay yo‘q
qilib yubordi. Insoniyatning eng katta oziq - ovqat manbai bo‘lgan jahon okeanlari ham hozirgi
vaqtda inson sivilizatsiyasining qurboni bo‘lmoqda. Atrof - muhitning radioaktiv va kimyoviy
chiqindilar bilan bo‘lg‘anishi aholining, chorva mollarining, parrandalarning, o‘simliklarning,
okeanlardagi, daryo va ko‘llardagi baliqlar va boshqa jonivorlarning zaharlanishiga sabab
bo‘lmoqda.

Maʼlumki, 2022 yilning 20 dekabr kuni Muhtaram Yurtboshimiz Sh.Mirziyoyev

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va O‘zbekiston halqiga murojaat qildi. Ushbu
murojaatnoma butun O‘zbekiston halqi tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi. Ushbu
murojaatnomada kelgusi 2023 yilda davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida amalga
oshirilishi kerak bo‘lgan ishlar va islohotlarning ustuvor yo‘nalishlari ko‘rsatib o‘tildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezident boshqa sohalar singari bugungi kunning nafaqat

O‘zbekistonda, balki jahon miqyosida global muammolardan biri bo‘lgan ekologiya sohasidagi
yechimini kutayotgan muammolarga ham alohida urg‘u berib, “Hozirgi vaqtda butun dunyoda
bo‘lgani kabi O‘zbekistonda ham jiddiy ekologik muammolar paydo bo‘lmoqda. Aksariyat
hududlarimizda tuproq tarkibi buzilib, unumdor yerlar qisqarib borayotgani, cho‘llanish, suv
yetishmasligi, qurg‘oqchilik, aholini toza ichimlik suvi bilan taʼminlash shular jumlasidandir”

3

,-

deya taʼkidladi.

Bunday ustivor vazifalardan kelib chiqib, atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, milliy

boyliklarimiz hisoblangan barcha tabiiy resurslardan oqilona va samarali foydalanish, ularni
ehtiyot qilish, saqlash, mazkur sohada sodir etiladigan huquqbuzarliklar va jinoyatlarni oldini olish
hamda qarshi ko‘rashda fuqarolar o‘zlarining konstitutsiyaviy burchlariga so‘zsiz rioya qilishlari,
huquqni muhofaza qilish organlari ham o‘z vazifalariga vijdonan yondoshmoqlari lozim.

Dunyoning tabiiy manzarasi o‘z ranglari boyligini shiddat bilan va tiklab bo‘lmas tarzda

yo‘qotib borayapti. Agar biologik rang-baranglik hozirgidek o‘ta jadallik bilan yo‘qolib boraversa,
hech kim hozircha ekologik va maʼnaviy halokatlar miqyosini taxminan ham baholay olmaydi.

4

Yuqoridagilardan kelib chiqib, aytish mumkinki, yuzaga kelgan holat faol maqsadga

yo‘naltirilgan aralashuvni, hech bo‘lmasa ekologik vaziyatning barqarorligini tahminlashga
qaratilgan aniq choralar ko‘rilishini talab qiladi. Shu munosabat bilan ekologiya sohasidagi
huquqbuzarlik va jinoyatlarga umumiy va huquqiy baho berish ham o‘zgardi. Atrof muhitni
muhofaza qilishda ekologiya sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashga katta eʼtibor qaratilmoqda.

Jinoyatchilikka qarshi kurash amaliyoti shuni ko‘rsatadiki, jinoyatchilikka qarshi kurash

samaradorligi to‘g‘ridan to‘g‘ri qo‘llaniladigan usul hamda vositalarga bog‘liq. Bu borada
kriminalistikaning turli sohalardagi ilmiy yutuqlarni amaliyotga tadbiq etish tajribasi mavjud. O‘z

3

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi

2022-yil 20-dekabr. https://review.uz/oz/post/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-2023-yil-
uchun-murojaatnomasi.

4

O.Narzullayev Hayvonot dunyosi obyektlarini huquqiy muhofaza qilish. “Toshkent davlat yuridik instituti

axborotnomasi”, 2006. №2.106-bet.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

349

navbatida, ekologiya sohasidagi jinoyatlarni fosh etish jarayoni ham kriminalistikadagi anʼanaviy
usul va vositalardan tashqari tabiiy - ilmiy va boshqa bilimlardan foydalanishni talab etadi.

Demak bugungi kunda ekologiya sohasida yuzaga kelayotgan golzarb va murakkab

muammolar, ayniqsa ekologiya sohasidagi jinoyatlar bilan kurashda, ularni oldini olishda, tergov
qilish uslubiyotini takomillashtirishda kriminalistika fani zamon talablaridan kelib chiqib yangi,
ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqishi lozimligini talab qilmoqda.

REFERENCES

1.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. –T.: “O‘zbekiston”, 2023 y.

2.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi. https://lex.uz/docs/111453.

3.

O‘zbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi 754-XII-con
Qonuni 09.12.1992- yil.

4.

I.A.Karimov “O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari
va taraqqiyot kafolatlari”. “O‘zbekiston”, T.: 1997. 115-bet.

5.

T.Mirzayev, Z.G‘ofurov Tabiatni eʼzozlash - umumbashariy muammo. “Yangi asr avlodi”.
T.: 2001.155-bet.

6.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va
O‘zbekiston

xalqiga

Murojaatnomasi

2022-yil

20-dekabr.

https://review.uz/oz/post/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-
2023-yil-uchun-murojaatnomasi.

7.

O.Narzullayev Hayvonot dunyosi obyektlarini huquqiy muhofaza qilish. “Toshkent davlat
yuridik instituti axborotnomasi”, 2006. №2.106-bet.




References

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. –T.: “O‘zbekiston”, 2023 y.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi. https://lex.uz/docs/111453.

O‘zbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi 754-XII-con Qonuni 09.12.1992- yil.

I.A.Karimov “O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari”. “O‘zbekiston”, T.: 1997. 115-bet.

T.Mirzayev, Z.G‘ofurov Tabiatni eʼzozlash - umumbashariy muammo. “Yangi asr avlodi”. T.: 2001.155-bet.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi 2022-yil 20-dekabr. https://review.uz/oz/post/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-2023-yil-uchun-murojaatnomasi.

O.Narzullayev Hayvonot dunyosi obyektlarini huquqiy muhofaza qilish. “Toshkent davlat yuridik instituti axborotnomasi”, 2006. №2.106-bet.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов