FEATURES OF THE INITIATION OF A CRIMINAL CASE ON CRIMES IN THE FIELD OF ECOLOGY

HAC
Google Scholar
To share
Ubaydullayev, I. (2023). FEATURES OF THE INITIATION OF A CRIMINAL CASE ON CRIMES IN THE FIELD OF ECOLOGY. Modern Science and Research, 2(10), 867–871. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/24784
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Crimes in the field of ecology are among the crimes that pose a threat to the socio-economic development of our state and the health of citizens. The immediate initiation of criminal cases and their timely disclosure are important for the prevention and elimination of damage caused to the State and society, as well as to the natural environment. This article will focus on the specifics of the initiation of criminal cases for crimes committed in the field of ecology.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

867

EKOLOGIYA SOHASIDAGI JINOYATLAR YUZASIDAN JINOYAT ISHI

QO‘ZG‘ATISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Ubaydullayev Ilxomjon Raxmatovich

Farg‘ona viloyati yuridik texnikumi

“Mutaxassislik fanlari” kafedrasi o‘qituvchisi

Telefon: +998911515452

ubayilxom@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.10048491

Annotatsiya.

Ekologiya sohasidagi jinoyatlar davlatimizning ijtimoiy - iqtisodiy

taraqqiyotiga, fuqarolarning sog‘lig‘iga xavf soladigan jinoyatlardan biri bo‘lib, jinoyat ishini
kechiktirmasdan qo‘zg‘atish, ularni o‘z vaqtida ochish davlat va jamiyatga, atrof - tabiiy
muhitga keltiriladigan zararlarning oldini olish hamda bartaraf etishda muhim ahamiyat kasb
etadi.Ushbu maqolada ekologiya sohasida sodir etiladigan jinoayatlar yuzasidan jinoyat ishi
qo‘zg‘atishning o‘ziga xos xususiyatlari haqida so‘z yuritiladi.

Kalit so‘zlar:

Ekologiya sohаsidagi jinoyat tushunchasi, jinoyat ishi qo‘zg‘atish,

ifloslangan hududlar, ifloslanish manbalari, ifloslangan hududlarni, obyektlarni ko‘zdan
kechirish, tuproq, suv va havodan namunalar olish, ekologik pasport.

FEATURES OF THE INITIATION OF A CRIMINAL CASE ON CRIMES IN

THE FIELD OF ECOLOGY

Abstract.

Crimes in the field of ecology are among the crimes that pose a threat to the

socio-economic development of our state and the health of citizens. The immediate initiation of
criminal cases and their timely disclosure are important for the prevention and elimination of
damage caused to the State and society, as well as to the natural environment. This article will
focus on the specifics of the initiation of criminal cases for crimes committed in the field of ecology.

Key words:

The concept of a crime in the field of ecology, initiation of a criminal case,

polluted territories, a source of pollution, inspection of polluted territories, objects, sampling of
soil, water and air, environmental passport.

ОСОБЕННОСТИ ВОЗБУЖДЕНИЯ УГОЛОВНЫХ ДЕЛ ПО

ПРЕСТУПЛЕНИЯМ В СФЕРЕ ЭКОЛОГИИ

Аннотация.

Преступления в области экологии являются одними из преступлений,

представляющих угрозу социально - экономическому развитию нашего государства и
здоровью граждан. Незамедлительное возбуждение уголовных дел, их своевременное
раскрытие имеют важное значение для предупреждения и ликвидации ущерба, наносимого
государству и обществу, а также окружающей природной среде. В данной статье речь
пойдет об особенностях возбуждения уголовных дел по преступлениям, совершаемым в
сфере экологии.

Ключевые слова:

Понятие преступления в сфере экологии, возбуждение

уголовного дела, загрязненные территории, источник загрязнеия, осмотр загрязненных
территорий, объектов, отбор проб почвы, воды и воздуха, экологический паспорт.

Ma`lumki, 2022 yilning 20 dekabr kuni Muhtaram Yurtboshimiz O‘zbekiston

Respublikasi Oliy Majlisi va O‘zbekiston xalqiga murojaat qildi. Ushbu murojaatnoma butun


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

868

O‘zbekiston xalqi tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi. Ushbu murojaatnomada kelgusi
2023 yilda davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida amalga oshirilishi kerak bo‘lgan
ishlar va islohotlarning ustuvor yo‘nalishlari ko‘rsatib o‘tildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezident boshqa sohalar singari bugungi kunning nafaqat

O‘zbekistonda, balki jahon miqyosida global muammolardan biri bo‘lgan ekologiya sohasidagi
yechimini kutayotgan muammolarga ham alohida urg‘u berib, “Hozirgi vaqtda butun dunyoda
bo‘lgani kabi O‘zbekistonda ham jiddiy ekologik muammolar paydo bo‘lmoqda. Aksariyat
hududlarimizda tuproq tarkibi buzilib, unumdor yerlar qisqarib borayotgani, cho‘llanish, suv
yetishmasligi, qurg‘oqchilik, aholini toza ichimlik suvi bilan tahminlash shular
jumlasidandir”

1

,- deya ta’kidladi.

Bunday ustivor vazifalardan kelib chiqib, atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, milliy

boyliklarimiz hisoblangan barcha tabiiy resurslardan oqilona va samarali foydalanish, ularni
ehtiyot qilish, saqlash, mazkur sohada sodir etiladigan huquqbuzarliklar va jinoyatlarni oldini
olish hamda qarshi kurashda fuqarolar o‘zlarining konstitutsiyaviy burchlariga so‘zsiz rioya
qilishlari, huquqni muhofaza qilish organlari ham o‘z vazifalariga vijdonan yondoshmoqlari
lozim.

Sodir etilgan ekologiya sohasidagi jinoyatlar yuzasidan tergovchi oldida turgan

vazifalardan kelib chiqib, ish bo‘yicha tergov yo‘nalishi, bu harakatlarning birinchi galdagi
tadbirlarni belgilab oladi. Bunda, avvalo, jinoiy xatti - harakatning kelib chiqish sabablari va
ekologik obyektlar ifloslanishining intensivligi aniqlanadi. Buning uchun esa:

- hodisa sodir bo‘lgan joy va tozalash inshootlarini ko‘zdan kechirish;
- atrof muhitning ifloslanishiga olib kelgan ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishish;
- ifloslayotgan manbalarni bartaraf etish chorasini ko‘rish;
- jinoyat sodir etishida gumon qilinayotgan, ayblanayotgan, jabrlangan shaхslar hamda

guvohlarni so‘roq qilish;

- ifloslanishning texnologik jarayonini ko‘rsatadigan hujjatlarni olib qo‘yish, ichki

boshqaruv nazoratining holati, ekologik nazoratni amalga oshiradigan inspektsiya va
organlarning ma`lumotlari:

- ifloslanganlik darajasini tahdil etish uchun tuproq, suv va havodan namunalar olish;
- ish holatlariga qarab turli sud ekspsrtizalarini tayinlash kabi harakatlarni amalga

oshirish lozim.

Ekologiya sohasidagi jinoyatlar davlatimizning ijtimoiy - iqtisodiy taraqqiyotiga,

fuqarolarning sog‘lig‘iga xavf soladigan jinoyatlardan biri bo‘lib, jinoyat ishini
kechiktirmasdan qo‘zg‘atish, ularni o‘z vaqtida ochish davlat va jamiyatga, atrof - tabiiy
muhitga keltiriladigan zararlarning oldini olish hamda bartaraf etishda muhim ahamiyat kasb
etadi.

Sodir etilgan ekologiya sohasidagi jinoyatlar yuzasidan ham jinoiy ish jinoyat

protsessual konunida ko‘rsatilgan vaj va asoslar mavjud bo‘lganda qo‘zg‘atiladi.

Sodir etilgan ijtimoiy xavfli qilmishni davlat nomidan jinoiy ta`qib qilish jinoyat ishi

1

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi

2022-yil 20-dekabr. https://review.uz/oz/post/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-2023-yil-
uchun-murojaatnomasi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

869

qo‘zg‘atish akti asosida boshlanadi va bu surishtiruv, dastlabki tergov va sudning keyingi
protsessual harakatlarni amalga oshirishi uchun huquqiy asos yaratadi. Shundan kelib chiqib,
ishni sudga yuborish hamda odil sudlovni amalga oshirish uchun jinoyat protsessining
sudgacha bo‘lgan ushbu bosqichi qonun bilan ko‘rsatilgan maxsus organlar va mansabdor
shaxslar zimmasiga jinoyatni o‘z vaqtida, to‘liq ochish, aybdorni fosh etish majburiyatini
yuklaydi.

O‘zbekiston Ruspublikasi Jinoyat protsesual kodeksinipg 322- moddasiga muvofiq,

shaxslarning arizalari; korxona, muassasa, tashkilotlar, jamoat birlashmalari va mansabdor
shaxslarning bergan xabarlari; ommaviy axborot vositalari bergan xabarlar, jinoyat sodir
etilganligini ko‘rsatuvchi ma`lumotlar va izlarni surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki
sudning bevosita o‘zi aniqlashi; aybini bo‘yniga olish haqidagi arz jinoyat ishi qo‘zg‘atish
uchun sabab bo‘ladi.

Biroq so‘z yuritilayotgan jinoyatlar bo‘yicha aybdorlarning o‘z aybini bo‘yniga olib,

ixtiyoriy ravishda huquqni muhofaza qilish organlariga murojaat qilish hollari amalda
uchramaydi.

Jamoat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va shaxslarning bergan xabarlari

og‘zaki yoki yozma shaklda bo‘lishi mumkin. Agar berilgan xabar og‘zaki shaklda bo‘lsa,
surishtiruv organi yoki tergovchi tomonidan qayd etilishi shart.

Jinoyat protsessual qonunida ko‘rsatilishicha, jinoyat belgilarini ko‘rsatuvchi

ma`lumotlar jinoyat ishini qo‘zg‘atish uchun asos bo‘ladi. Shundan kelib chiqib, ushbu holatda
ham jinoyat ishi ekologik jinoyatlarning belgilarini ko‘rsatuvchi ma`lumotlar yetarli bo‘lsagina
qo‘zg‘atilishi mumkin.

Ma`lumki, yuqorida aytib o‘tilgan sabab va asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda jinoyat ishi

qo‘zg‘atish to‘g‘risida surishtiruvchi, tergovchi, prokuror qaror chiqaradi. Chiqariladigan
qarorda: ishni qo‘zg‘atish uchun sabab va asoslar; Jinoyat kodeksining jinoyat ishi
qo‘zg‘atilgan jinoyatni nazarda tutuvchi moddasi; ishni o‘z yurituviga olgan mansabdor shaxs
ko‘rsatiladi.

Sodir etilgan ekologiya sohasidagi jinoyatlarning belgilari aniqlanganda prokuraturaga

yetkazilgan zararning hajmini ko‘rsatgan holda tabiatni muhofaza qilish qonunchiligining
buzilganligi to‘g‘risida ma`lumotnoma; qaysi mehyoriy hujjatlar buzilganligi ko‘rsatilgan
holda ijtimoiy xavfli qilmish haqidagi, ifloslangan hududlar, ifloslanish manbalari, ekologik
qoidalarni buzgan mansabdor shaxs to‘g‘risidagi ma`lumotlar, huquqbuzarlikning sodir etilish
usuli va sharoiti to‘g‘risidagi bayonnoma; mutaxassislarning ekologiya sohasidagi
huquqbuzarlikning tavsifi, keltirilgan zararning miqdori to‘g‘risidagi xulosasi; laboratoriya
tekshiruvlari dalolatnomasi, avval o‘tkazilgan tekshiruvlarning dalolatnomalari, aniqlangan
kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan ko‘rilgan choralar, ayblanuvchiga nisbatan tayinladigan
ehtiyot choralari to‘g‘risidagi hujjatlar, ifloslanish manbai hisoblangan obyektdagi ishlarni
to‘xtatib, xavfsizlikni tahminlash borasidagi harakatlarni tartibga soluvchi idoraviy mehyoriy
hujjatlardan nushalar takdim etilishi lozim.

Ekologiya sohasidagi jinoyatlarning sodir etilish faktini aniqlashda ekologik nazoratni

amalga oshiruvchi organlarning xizmati kattadir. Afsus bilan aytish mumkinki, yuz bsrayotgan
bu turdagi huquqbuzarliklarga yetarlicha ehtibor berilavermaydi. Ular asosan ekologik nazorat


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

870

organlari tomonidan o‘tkaziladigan tekshiruvlar natijasida fosh etiladi. Kolaversa, “mazkur
organlar ekologik huquqbuzarliklar uchun qay vaqtda mahmuriy va qay vaqtda jinoiy
javobgarlikka torish mumkinligini yaxshi farqlay olishlari masalani ijobiy hal qilish imkonini
beradi. Bu esa tergovchilar mahmuriy javobgarlikka loyiq deb topgan ishlarga nisbatan asossiz
ravishda jinoyat ishi qo‘zg‘atish hollarining oldini olish imkonini beradi”.

2

Tergovchi jinoyat ishi qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilgunga qadar zarur

ma`lumotlarni to‘plashi va ularni chuqur o‘rganib chiqishi kerak. Buning uchun esa u:
faktlarning realligi va obyektivligini tekshirishi; jinoyat alomatlarini tekshirishi; to‘plangan
ma`lumotlarning yetarliligini baholash kabi harakatlarni amalga oshirishi kerak.

Faktlarning realligi hamda obyektivligini zudlik bilan hodisa joyini - ifloslangan

obyektlarni, ifloslanish manbalarini ko‘zdan kechirish, kerakli idoraviy hujjatlarnn talab qilib
olish, korxona, tashkilotlarning mashul shaxslari yoki xodimlarini so‘roq qilish singari tergov
harakatlarini amalga oshirish orqali tekshirish mumkin.

Ushbu sohadagi jinoyatlar bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atish jarayonida tergovchi yuzaga

kelgan ifloslanishlar tabiat hodisasi bo‘lishi mumkinmi yoki insonning harakati (harakatsizligi)
natijasida sodir etilganmi kabi masalalarga ham ehtibor qaratishi zarur. Masalan, suv havzasida
neft mahsulotlaridan ifloslanish holati mavjud, bunda ifloslangan hudud va suv havzasining suv
oqimi bo‘yicha yuqori hamda quyi qismlari ham ko‘zdan kechiriladi, lekin shu o‘rinda yer
ostida neft kanalining teshilgan joyi bo‘lib, sizib chiqishi mumkinligi va shu kabi holatlarni
ham nazardan chetda qoldirmaslik lozim.

Ma`lumki, bugungi kunda barcha sohada maxsus dasturlar yaratish orqali kompg'yuter

vositasidan foydalanib turli masalalarni hal etishda katta imkoniyatlarga erishilmokda. Shu
jumladan, ekologiya sohasidagi jinoyatlarning alomatlarini aniqlashda ekologik hodisalar va
ular bilan bog‘liq qilmishlarga kompg'yuter kvalifikatsiyasini qo‘llash ham katta amaliy
yordam berishi mumkin.

Buning uchun esa masalani hal etishda maxsus dasturga ega bo‘lish kerak. Portativ

kompg'yuter (noutbuk) dan foydalanib, hodisa joyida ham jinoyat alom atlarini muvaffaqiyatli
tahlil qilish mumkin bo‘ladi. Ekologiya sohasidagi jinoyatlarning alomatlarini aniqlashni
osonlashtirish maqsadida (ayniqsa, jinoyat ishini qo‘zg‘atish masalasini hal etish bosqichida)
RF Bosh prokuraturasi qoshidagi Sankt - Peterburg yuridik institutining kriminalistika
kafedrasida maxsus qurilma - jinoyatlarni aniqlash kvalifikatori ishlab chiqilgan.

Dastur platasini qilmish belgilari (havo, suv, tuproq va hakozolarni ifloslantirish -

Jinoyat kodeksi moddalari dispozitsiyasi bo‘yicha) menyusiga va zarar yetkazilgan (xavfi
tug‘ilgan) elementar obyekt belgilari menyusiga olib borib, vaziyatga mos variant tanlanadi
hamda jinoiy qilmish uchun belgilangan Jinoyat kodeksi moddasi raqami indikator oynasida
hisoblanadi. So‘ng, Jinoyat kodeksi moddasiga asosan dispozitsiya tahlil qilinadi va hal
qiluvchi moddani hamda uning qismini tanlash amalga oshiriladi. Kvalifikator jinoyat ishini
qo‘zg‘atish asoslarini tahlil qilish bo‘yicha boshqa masalalarni ham hal qilishda yordam beradi.
Masalan, platani ikkita menyudan biriga o‘tkazib, obyektga (inson, hayvonlar, o‘simliklar va
boshqa) yetkazilgan zararni ko‘rsatuvchi moddani yoki ushbu harakatlar ko‘rsatilgan hamma

2

Mirzaev T. "Ekologiyaga doir jinoyat ishlarini tergov qilish". T,-"Yangi asr avlodi" 2001- y. 17-bet.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

871

moddalarni aniqlash mumkin.

3

Yuqorida bayon etilgan zamonaviy texnik vositalardan foydalanish tergov va sud

organlarining jinoiy ishlarni yuritishlarida ancha qulaylik, yengillik yaratadi. Chunki Jinoyat
kodeksining moddalari maxsus dastur orqali kompg'yuter xotirasiga kiritiladi.

Ekologiya sohasidagi jinoyatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atish hamda keyingi tergov

harakatlarini olib borish jarayonida amaliyot xodimlari uchun jinoyat tarkibidagi tabiat
komponentlarini ifloslanishi bilan bog‘liq sababiy bog‘lanish faktini belgilash bir muncha
qiyinchilik tug‘diradi. Bunday qilmishni tasniflashda jinoiy oqibat sifatida insonlar o‘limi ro‘y
berishi yoki ularning sog‘ligiga yetkazilgan zarar yuzaga ksladi. Bunda sababiy bog‘lanish
muayyan holatdagina, yahni, tabiat obyekti sifatining o‘zgarishiga va bunday o‘zgarish inson
uchun yoki unga bevosita tahsir ko‘rsatuvchi tabiiy muhitga zararli oqibat yetkazilishiga
alohida ehtibor qaratish lozim.

Jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandan so‘ng bir qator tipik tergov harakatlari amalga oshiriladi:

voqea joyi ko‘zdan kechiriladi; so‘roq; ishlab chiqarish xo‘jalik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi
tashkilotni tartibga soluvchi hujjatlarini, yahni ekologik pasporti va tozalash qurilmalari, shtat
jadvali va xizmat yo‘riqnomasiga oid boshqa hujjatlarni olib quyish. Sodir etilgan jinoyat va
kelib chiqqan oqibat o‘rtasidagi sababiy bog‘lanishni aniqlash, ifloslanayotgan moddani
identifikatsiya qilish uchun zarur bo‘lgan ekspertiza turlari tayinlanadi.


REFERENCES

1.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. –T.: “O‘zbekiston”, 2023 y.

2.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi. https://lex.uz/docs/111453.

3.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va
O‘zbekiston

xalqiga

Murojaatnomasi

2022-yil

20-dekabr.

https://review.uz/oz/post/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-
2023-yil-uchun-murojaatnomasi.

4.

Mirzaev T. "Ekologiyaga doir jinoyat ishlarini tergov qilish". T,-"Yangi asr avlodi" 2001-
y. 17-bet.

5.

5.Internet: http://nadzor.pk.ru/analit/show a./php?id=553

3

Internet: http://nadzor.pk.ru/analit/show a./php?id=553

References

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. –T.: “O‘zbekiston”, 2023 y.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi. https://lex.uz/docs/111453.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi 2022-yil 20-dekabr. https://review.uz/oz/post/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-2023-yil-uchun-murojaatnomasi.

Mirzaev T. "Ekologiyaga doir jinoyat ishlarini tergov qilish". T,-"Yangi asr avlodi" 2001- y. 17-bet.

5.Internet: http://nadzor.pk.ru/analit/show a./php?id=553

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов