448
PROFESSIONAL TA`LIMDA KREATIV-KOMPETENTLI KADRLARNI
TAYYORLASH DOLZARB MASALA
Ubaydullayev Ilxomjon Raxmatovich
Farg‘ona viloyati yuridik texnikumi
“Mutaxassislik fanlari” kafedrasi o‘qituvchisi, 2-darajali yurist.
Telefon: +99891151545
ubayilxom@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.10572752
Annotatsiya.
Ushbu tezisda professionalizm, kreativlik va kompetentlik terminlari haqida
va bugungi mukammal ta`lim berish jarayonida kreativ-kompetent kadrlar tayyorlashning
naqadar dolzarb ekanlanligi haqida va imkon qadar shunday pedagoglar tayyorlash masalalariga
to`xtalib o’tganman.
Kalit so`zlar:
Professional ta`lim, kreativlik, kompitentlik.
TRAINING OF CREATIVE-COMPETENT PERSONNEL IN PROFESSIONAL
EDUCATION IS A PROBLEM
Abstract.
In this thesis, I talked about the terms of professionalism, creativity and
competence, about the importance of training creative and competent personnel in today's
excellent education process, and about the issues of training such pedagogues as much as possible.
Key words:
Professional education, creativity, competence.
АКТУАЛЕН ВОПРОС ПОДГОТОВКИ КРЕАТИВНО-КОМПЕТЕНТНЫХ КАДРОВ
В ПРОФЕССИОНАЛЬНОМ ОБРАЗОВАНИИ
Аннотация.
В данной дипломной работе я остановился на терминах
профессионализм, креативность и компетентность, а также на том, насколько
актуальна подготовка креативно-компетентных кадров в современном совершенном
образовательном процессе и насколько это возможно для подготовки таких педагогов.
Ключевые слова:
профессиональное образование, креативность, компетентность.
Mamlakatimizda yangi professional ta`lim uchun pedagoglarni tayyorlashning tashkiliy-
pedagogik shart-sharoitlari va axborot-metodik imkoniyatlari kengaytirilmoqda. Shuningdek,
“Hayot davomida ta`lim olish” tamoyili asosida pedagog kadrlarning uzluksiz malakasini oshirish,
ta`limning maqsadi, vazifalari, mazmunidan kelib chiqqan holda o’quv jarayonini tashkil qilish,
pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va uzluksiz malakasini oshirish uchun ta`lim dasturlarini
innovatsion yondashuvlar asosida doimiy yangilab borish masalalarga e`tibor qaratildi. Shu nuqtai
nazardan professional ta`lim pedagog kadrlarni kasbiy-pedagogik kompetentligini uzluksiz
449
rivojlantirishda rasmiy, norasmiy ta`lim shakllarini qo’llashning didaktik imkoniyatlarini va
o’quv-uslubiy ta`minotini zamonaviy yondashuvlar asosida takomillashtirish dolzarb hisoblanadi.
Ijtimoiy kompetentlik masalasi umumiy va xususiy xarakterga ega bo‘lgan bir qator
tushunchalar orqali dolzarbdir. Ijtimoiy muxit ta'sirining ortishi bilan ta’lim olishning va yosh
mutaxassislarni tayyorlashning ahamiyati ham oshib boradi. Respublikamizda ta’lim siyosati
nafaqat milliy manfaatlarni, balki ta’lim tizimiga ta'sir ko‘rsatadigan global rivojlanishning
umumiy tendentsiyalarini ham hisobga oladi. Bular:
talabalarning siyosiy va ijtimoiy tanlov imkoniyatlarini kengaytirish, bu yoshlarning ushbu
tanlovga tayyorligini oshirish zarurligini taqozo etadi;
talabalarning o‘zaro munosabatlarini amaliyot orqali kengaytirish va shu bilan barcha
aholi, xususan, yosh mutaxassislar orasida muloqot va bag‘rikenglik omillari alohida ahamiyatga
ega;
Yevropa mamlakatlarida millat boyligining 70-80 foiziga yetadigan inson va ijtimoiy
kapitalning ahamiyati ortib bormoqda, bu esa o‘z navbatida zamonaviy talabalardan sifatli ta’lim
olishni dolzarbligini oshiradi.
Kreativlik (lot., ing. “create ” – yaratish, “creative” – yaratuvchi, ijodkor) – individning
yangi g‘oyalarni ishlab chiqarishga tayyorlikni tavsiflovchi va mustaqil omil sifatida
iqtidorlilikning tarkibiga kiruvchi ijodiy qobiliyati.
Pedagogik kreativlik – pedagogning an’anaviy pedagogik fikrlashdan farqli ravishda ta’lim
va tarbiya jarayonini samaradorligi ta’minlashga xizmat qiluvchi yangi g‘oyalarni yaratish,
shuningdek, mavjud pedagogik muammolarni ijobiy hal qilishga bo‘lgan tayyorgarligini
tavsiflovchi qobiliyatidir.
Pedagog kreativ fikirlashi, kreativ dars o’tishi nimaga kerak degan savolga javob beraman.
Hozirgi kunda ota-onalar o’z bolalari bilan deyarli vaqt o’tkazmay qo’yganlar.Bolaning asosiy
mashg’uloti telefon,planshet yoki televizor bo’lib qolgan.Xo’sh bu bolalar birinchi sinfga qadam
qo’yganida o’z diqqatini bir joyda tutib tura oladimi, pedagogning inga aytayotganlari qiziq
tuyuladimi. Yo’q albatta chunki uning bugunga qadar yanada qiziqroq boshqa mashg’uloti bor
edi. Ana shunday vaziyatlarda agar pedagog kreativ fikirlay olsa darsni kreativ shaklada o’ta olsa
marra uniki, yani bola albatta dars jarayoniga qiziqadi va o’z ustozini tinglay oladi.Bugungi
rivojlangan davrda tobora ko’p malumotlar bazasiga ega bo’linayotgan bir davrda bola bilan
kreativ ishlanmasa hech qanday natijaga erishib bo’lmaydi.
Kasbiy faoliyatda pedagogning kreativligi turli shakllarda namoyon bo‘ladi. Ular
quyidagilardir:
450
Me’yoriy hujjatlar (o‘quv fanlari bo‘yicha DTS, o‘quv dasturi va rejalari)ni tayyorlash;
O‘quv manbalari (darslik, o‘quv-metodik va metodik qo‘llanma, tavsiyanoma, lug‘at,
ensiklopediya, atlas, ish daftari va b.)ni yaratish;
Ta’lim jarayoni va ma’naviy-ma’rifiy ishlar loyihalarini tayyorlash;
O‘quv axborotlari, nazorat hamda sinov topshiriqlarini shakllantirish;
Ta’lim jarayonini qiziqarli, jonli, jo‘shqin tashkil etish;
Ilmiy-tadqiqotlarni muvaffaqiyatli olib borish;
Ilmiy va metodik anjumanlarda faol ishtirok etish, chiqishlar qilish;
Ilmiy, ilmiy-metodik va metodik ishlarni chop ettirish;
Davriy hisobotlarni topshirish, attestatsiyadan o‘tish.
Pedagog tomonidan ushbu shakllarda kasbiy faoliyatning samarali tashkil etilishi uning
kreativligi qay daraja ekanligiga bog‘liq bo‘ladi.
Har qanday pedagogda albatta bular bo’lishi va ulardan dars jarayonida oqilona foydalana
olishi lozim.
REFERENCES
1.
Muxtarov A. Shaxs tarbiyasida milliy g„oya, ehtiyoj va manfaatlar uyg„unligi. –
2.
Toshkent: Yangi asr avlodi, 2003.
https://fayllar.org/7-mavzu-innovasion-pedagogika-talim-innovasiyalarining-
