Authors

  • Ilxomjon Ubaydullayev

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.28450

Keywords:

Pedagogical innovation

Abstract

In this thesis, I gave detailed information about pedagogical innovations and their analysis, as well as ways to increase and develop the communicative potential of law students.

background image


418

PEDAGOGIK INNOVATSIYALAR YORDAMIDA HUQUQSHUNOS

O’QUVCHILARNING KOMMUNIKATIV SALOHIYATINI RIVOJLANTIRISH

Ubaydullayev Ilxomjon Raxmatovich

Farg‘ona viloyati yuridik texnikumi

“Mutaxassislik fanlari” kafedrasi o‘qituvchisi, 2-darajali yurist.

Telefon: +99891151545

ubayilxom@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.10565962

Annotatsiya. Ushbu tezisda pedagogik innovatsiyalar va ularning tahlili, shuningdek

huquqshunos o’quvchilarning kommunikativlik salohiyatini oshirish va rivojlantirish usullari

haqida atroflicha ma`lumot berib o’tdim.

Kalit so`zlar: Pedagogik innovatsiya, innovatsion faoliyat, pedagogik amaliyot.

DEVELOPMENT OF COMMUNICATIVE COMPETENCE OF LAW

STUDENTS WITH THE HELP OF PEDAGOGICAL INNOVATIONS

Abstract. In this thesis, I gave detailed information about pedagogical innovations and

their analysis, as well as ways to increase and develop the communicative potential of law

students.

Key words: Pedagogical innovation, innovative activity, pedagogical practice.

РАЗВИТИЕ КОММУНИКАТИВНОЙ КОМПЕТЕНТНОСТИ СТУДЕНТОВ

ЮРИДА С ПОМОЩЬЮ ПЕДАГОГИЧЕСКИХ ИННОВАЦИЙ

Аннотация. В данной дипломной работе я дал подробную информацию о

педагогических инновациях и их анализе, а также о способах повышения и развития

коммуникативного потенциала студентов-юристов.

Ключевые слова: Педагогическая инновация, инновационная деятельность,

педагогическая практика.

Bugun Yangi O'zbekiston hayotining barcha sohalari chuqur islohotlar maydoniga

aylangan. Bu jarayonda ijtimoiy sohaning asosi hisoblangan ta'lim tizimidagi o'zgarishlar haqida

alohida to’xtalib o’tmaslikning iloji yo’q menimcha. Mamlakatimizda so'nggi yillarda ta'lim

tizimining barcha bosqichlarini zamonaviy talablar asosida tashkil etish bo'yicha amaliy ishlar hal

qiluvchi bosqichga kirdi desak adashmagan bo’lamiz. Chunki bunday rivlanishlarning bunchalik

harakat va islohotlarning yagona maqsadi ham yosh kadrlarga to’g’ri va chuqur ta`lim-tarbiya

berish va kelajagimizni ishonchli insonlar qo’liga topshirishdan ibortadir.


background image


419

Xo’sh pedagogik innovatsiya nima? Innovatsion faoliyat - bu pedagogik faoliyatning

alohida turidir. Yangilik yangi usullarni, shakllarni, vositalarni aniqlash texnologiyasi shuningdek

bolaning shaxsiga, uning qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan pedagogik amaliyot

hisoblanadi.

Innovatsion texnologiyalar - bu zamonaviy sharoitda bolaning shaxsiy rivojlanishidagi

dinamik o'zgarishlar tufayli ijobiy natijaga erishishga qaratilgan usullar, o'qitish usullari, o'quv

vositalaridir.

Oʼqitish tizimiga innovatsiyaning kirib kelishini taʼlim mazmunida, oʼqitish metodlarida,

dars shakli, oʼqitish turlari, oʼqitish vositalarida koʼrishimiz mumkin.

- Taʼlim mazmuniga innovatsiya anʼanaviy, noanʼanaviy va masofaviy oʼqitish

turlarining kirib kelishi bilan izohlanadi.

- Oʼqitish metodlariga innovatsiya aktiv, passiv va interaktiv metodlarining kirib kelishi

misolida koʼramiz. Аktiv metodni qoʼllash talabalarni dars jarayonidagi faolligini oshirishga

xizmat qilsa, passiv metod talabalarni bir tomonlama tushuncha berilishi bilan izohlanadi.

Interaktiv metod esa birgalikda faol harakat qilishi (oʼqituvchi bilan talaba, talaba bilan talaba)

tushuniladi.

- Dars shakliga innovatsiyani kirib kelishini standart, nostandart hamda vertual dars

shakllari misolida koʼrishimiz mumkin.

- Oʼqitish turlaridagi innovatsiyani muammoli taʼlim, evristik taʼlim, darajalangan taʼlim,

integratsiyalangan taʼlim, interfaol taʼlim, informal taʼlim, rasmiy taʼlim, norasmiy taʼlim turlari

bilan izohlanadi.

- Oʼqitish vositalariga innovatsiyani kirib kelishini dars jarayonida multimedia, elektron

doskalar va boshqa vositalar bilan izohlaymiz.

Demak innovatsion texnologiyalardan foydalanish talabalarning kommunikativ

salohiyatini oshishiga va rivojlanishiga katta hissa qo’shar ekan. Men Farg’ona viloyati yuridik

texnikmi “Maxsus fanlari”kafedrasi o’qituvchisi sifatida bizda ta`lim olayotgan huquqshunos

talabalarda komunikativlik salohiyatini oshirish ulardagi qonunlarni tahlil qilish va o’rganish

qobiliyatini yanada yaxshilash maqsadida, innovatsion texnologiyalardan va interfaol usullardan

foydalanishni boshladim.Bu juda yaxshi samara berdi. Oldin metdimni faqatgina bitta sinfda

qo’lladim. Sinfda 21 ta o’quvchi tahsil oladi. Oldinlari men o’quvchilarga ma`lum bir

holatni(qoidabuzarlik, bezorilik v.h.k) berib ulardan qonun yordamida yechim topishlarini

so’raganimda ularning ichidan faqatgina 3 tasi o’z fikrini bayon qila olar va masalani bir turli

yechar edi. Keyin esa dars jarayonida multimedia, elektron doskalar va boshqa vositalardan unumli


background image


420

foydalangan holda videorolik va mavzuga aloqador slaydlardan foydalandim. Shundan so’ng

sinfdagilarning kamida 80% berilgan savolga o’z fikrini bildiradigan bo’ldi.

Innovatsiya jarayoni tarkibiy tuzilmalar va qonuniyatlarni qamrab olgan tizimdan iborat

boʼlib, innovatsiya jarayonlari, ularning funktsiyalari, rivojlanish qonuniyatlari, mexanizmlari va

uni amalga oshirish texnologiyalari, boshqarish tamoyillarining pedagogik asoslarini oʼrganish

yuridik texnikumlarda oʼquv jarayonini zamonaviy pedagogika hamda psixologiya fanlari

yutuqlari asosida jahon standartlari darajasida tashkil etish imkonini beradi desak adashmagan

bo’lamiz.

Xulosa o’rnida shularni ayta olamanki tobora rivojlanib borayotgan texnika asrida

innovatsion texnologiyalardan foydalanish dars sifatini oshirishga juda katta ta`sir ko’rsatadi.

REFERENCES

1.

http://akademiyafvv.uz/post/luighghfgncghc

2.

https://fayllar.org/7-mavzu-innovasion-pedagogika-talim-innovasiyalarining mohiyat.html

References

Most read articles by the same author(s)

Ilxomjon Ubaydullayev, Samandar Pirxonov, CRIMINALISTIC DESCRIPTION OF CRIMES IN THE FIELD OF ECOLOGY , Modern Science and Research: Vol. 2 No. 10 (2023): Modern science and research

Ilxomjon Ubaydullayev , EKOLOGIYA SOHASIDAGI JINOYATLARNING KRIMINALISTIK JIHATLARI , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 1 (2025): Modern science and research

Ilxomjon Ubaydullayev, FEATURES OF THE INITIATION OF A CRIMINAL CASE ON CRIMES IN THE FIELD OF ECOLOGY , Modern Science and Research: Vol. 2 No. 10 (2023): Modern science and research

Ilxomjon Ubaydullayev , Zilolaxon Ortiqaliyeva , ASPECTS THAT SHOULD BE CONSIDERED IN THE CONDUCT OF CRIMINAL CASES OF MINORS , Modern Science and Research: Vol. 2 No. 10 (2023): Modern science and research

Ilxomjon Ubaydullayev, LEGAL MECHANISMS OF ACTIVITY OF LEGAL TECHNICAL SCHOOLS , Modern Science and Research: Vol. 3 No. 5 (2024): Modern science and research

Ilxomjon Ubaydullayev, EKOLOGIYA SOHASIDAGI JINOYATLAR YUZASIDAN HODISA JOYINI KO‘ZDAN KECHIRISH , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 1 (2025): Modern science and research

Ilxomjon Ubaydullayev, TRAINING OF CREATIVE-COMPETENT PERSONNEL IN PROFESSIONAL EDUCATION IS A PROBLEM , Modern Science and Research: Vol. 3 No. 1 (2024): Modern science and research

Ilxomjon Ubaydullayev, Shahzodabonu Shavkatova, COMBATING CRIMES IN THE FIELD OF ECOLOGY IS AN URGENT PROBLEM , Modern Science and Research: Vol. 2 No. 10 (2023): Modern science and research

Ilxomjon Ubaydullayev, EKOLOGIYA SOHASIDAGI JINOYATLARNING KRIMINALISTIK JIHATLARI , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 1 (2025): Modern science and research