ASPECTS THAT SHOULD BE CONSIDERED IN THE CONDUCT OF CRIMINAL CASES OF MINORS

HAC
Google Scholar

Keywords:

Abstract

This article discussed issues of committing crimes by minors, their warnings, circumstances that should be proven in juvenile cases, issues that the courts should pay attention to when conducting criminal cases of minors and sentencing.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

970

VOYAGA YETMAGANLARNING JINOYAT ISHLARINI YURITISHDA

E’TIBOR QARATILISHI LOZIM BO‘LGAN JIHATLAR

Ubaydullayev Ilxomjon Raxmatovich

Farg‘ona viloyati yuridik texnikumi

“Mutaxassislik fanlari” kafedrasi o‘qituvchisi

Telefon: +998911515452

ubayilxom@gmail.com

Ortiqaliyeva Zilolaxon Bahodirjon qizi

Farg‘ona viloyati yuridik texnikumi

“Yuridik xizmat” yo‘nalishi, 2-bosqich “22-22”-guruh o‘quvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.10233204

Annotatsiya.

Ushbu maqolada voyaga yetmaganlarning jinoyat sodir etishi, ularning

oldini olish masalalari, voyaga yetmaganlarning ishlari bo‘yicha isbot qilinishi lozim bo‘lgan
holatlar, voyaga yetmaganlarning jinoyat islarini yuritish chog‘ida va jazo tayinlashda sudlar
e’tibor qaratishlari lozim bo‘lgan masalalar haqida fikr yuritilgan.

Kalit so‘zlar:

voyaga yetmagan, biologik, fiziologik, va ijtimoiy omillar, huquqiy yordam,

jinoyatchilikka qarshi kurashish, jabrlanuvchi, isbotlash predmeti, qonun ustuvorligi

.

ASPECTS THAT SHOULD BE CONSIDERED IN THE CONDUCT OF

CRIMINAL CASES OF MINORS

Abstract.

This article discussed issues of committing crimes by minors, their warnings,

circumstances that should be proven in juvenile cases, issues that the courts should pay attention
to when conducting criminal cases of minors and sentencing.

Keywords:

juvenile, biological, physiological and social factors, legal assistance, crime

control, victim, subject of proof, rule of law.

АСПЕКТЫ, НА КОТОРЫЕ СЛЕДУЕТ ОБРАТИТЬ ВНИМАНИЕ ПРИ

РАССМОТРЕНИИ УГОЛОВНЫХ ДЕЛ О НЕСОВЕРШЕННОЛЕТНИХ

Аннотация.

В данной статье обсуждались вопросы совершения преступлений

несовершеннолетними, их предупреждения, обстоятельства, которые должны быть
доказаны по делам несовершеннолетних, вопросы, на которые судам следует обратить
внимание при производстве уголовных дел несовершеннолетних и назначении наказания.

Ключевые слова:

несовершеннолетний, биологические, физиологические и

социальные факторы, правовая помощь, борьба с преступностью, потерпевший, предмет
доказывания, верховенство закона.

Jinoyatchilikka qarshi kurashish barcha davrlarda davlatning jiddiy va muhim masalasi

bo‘lib kelgan. Bugungi rivojlangan jamiyatda inson, uning qadr - qimmati, huquq va erkinliklari
oliy qadriyat sifatida tan olingan. Demokratik huquqiy davlat, kuchli fuqarolik jamiyati qurish
yo‘lini tanlagan mamlakatimizda inson huquq va erkinliklarini himoya qilish masalasi milliy
qonunchiligimizda mustahkamlab qo‘yilgan. Qonun ustuvorligini ta’minlash, aholining huquqiy
madaniyatini yuksaltirish, yosh avlod huquq va manfaatlarini himoya qilish sohasida amalga
oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar ana shu maqsadga xizmat qiladi. Bu borada o‘sib kelayotgan
yosh avlodning jismoniy, aqliy va ma’naviy jihatdan rivojlanishi uchun qulay sharoitlar yaratilishi,


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

971

voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etiladigan jinoyatlarning oldini olish va unga qarshi
kurashish mamlakatimizda amalga oshirilayotgan kuchli ijtimoiy siyosatning asosiy
yo‘nalishlaridan biri. Bugungi kunda davlatimiz tomonidan yoshlar uchun yaratib berilayotgan bir
qator imkoniyatlarga qaramay, ular o‘rtasida sodir etilayotgan jinoyatchilik masalasi keng
jamoatchilikni tashvishga solmoqda.

Yoshlarning odob-axloqi, yurish-turishi va ma’naviy tarbiyasi masalasida gap ketar ekan,

yurtboshimizning quyidagi so‘zlarini eslatib o’tsak maqsadga muvofiq bo‘lar edi:

“Bugun sizlar bilan jamoatchilikni bezovta qilayotgan ayrim muammolar yechimi bo’yicha

ham fikrlashib olishimiz zarur. Yoshlar o’rtasida jinoyatchilik, giyohvandlik, ichkilikbozlik,
oilaviy ajrashishlar, buzg’unchi va radikal oqimlar ta’siriga tushish holati davom etayotgani davlat
rahbari sifatida meni jiddiy tashvishga solmoqda. Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda ko’rsatilgan
xunuk voqealar, ya’ni joylardagi Alisher Navoiy, Amir Temur, Motamsaro ona haykallari yonida
ayrim tarbiyasiz yoshlar tomonidan sodir etilgan nomaqbul ishlar meni nihoyatda ranjitdi. Bu
bolalarning ota-onasi, bobo-momolari, o‘qituvchi ba muallimlari, qolaversa, mahalla-ko‘y,
yoshlar bilan ishlaydigan mas’ul mutasaddilar qayerga qarayapti? Vatanimiz yoshlariga mutlaqo
yarashmaydigan, barchamizga isnod keltiradigan bunday salbiy ko’rinishlarga, jamiyatimizda
mutlaqo o‘rin bo’lmasligi zarur. Kerak bo‘lsa, biz xalqimizning muqaddas qadriyatlari, timsollari
va tabarruk qadamjolariga bepisand munosabatda bo‘ladigan kimsalarga nisbatan, jazo choralarini
yanada kuchaytiramiz. Bunday buzg‘unchi ishlarning oldini olmasak, ertaga kech bo‘ladi. Bu
borada meni bir narsa chuqur o‘ylantiradi. Nima uchun yoshlar tarbiyasiga bevosita mas’ul va
javobgar bo‘lgan tashkilotlar, ota-onalar, pedagogik jamoalar bu masala bo‘yicha tezkor va
prinsipial munosabat bildirmayaptimi? Hozirgi g‘oyat murakkab davrning keskin talabi
shundayki, har qanday imkoniyat va minbardan foydalanib, islohotlarimizga halaqit berayotgan
barcha muammo va kamchiliklarni birgalikda, ochiq va oshkora muhokama qilishimiz lozim.
Chunki bu ishlarni biz qilmasak, chetdan kelib hech kim biz uchun qilib bermaydi”

1

– dedi

Prezident.

Voyaga etmaganlar tomonidan sodir etilgan jinoyatchilikka qarshi kurash masalasida Oliy

sud Plenumi qarorida ham “Jinoyat sodir etilishiga imkon bergan sabab va shart-sharoitlarni lozim
darajada aniqlashga har doim tegishli eʼtibor berilmayapti va ularni bartaraf etish yuzasidan
qonunda nazarda tutilgan choralar ko‘rilmayotganligi”

2

haqida aytib o‘tilganligini ko‘rish

mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik amaliyotida ilk bor Jinoyat Kodeksining umumiy

qismida voyaga yetmaganlarning javobgarligiga xos xususiyatlarni aks ettiruvchi qoidalarni
tartibga solishga bag‘ishlangan maxsus oltinchi bo‘lim ajratildi. Bunday qoidalarning o‘rnatilishi
voyaga yetmagan shaxslarning shakllanishidagi biologik, fiziologik, va ijtimoiy omillar bilan
bog‘liq bo‘lib, ushbu shaxslar toifasiga xos bo‘lgan xusuyiyatlardan kelib chiqadi. Amaldagi
Jinoyat Kodeksida voyaga yetmaganlarning jinoiy javobgarligi borasida muayyan qoidalar
mustahkamlangan bo‘lsa-da, u eng avvalo, jinoyat sodir etgan voyaga yetmaganlarni qonun
tomonidan insonparvarlik, odillik, qonuniylik tamoyillari orqali himoya qilishni nazarda tutadi.

1

http://uza.uz/uz/pots/prezident.

2

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining 2000 yil 15 sentyabr 21-son “Voyaga yetmaganlarning jinoyatlari

haqidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida” Qarori. https://lex.uz/docs/-1449720.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

972

Voyaga yetmaganlarning javobgarligi borasida ularga nisbatan jazo tayinlash, javobgarlikdan va
jazodan ozod etish borasidagi qoidalarni qo‘llashda ushbu kodeksning umumiy qism qoidalariga
amal qilinadi.

Ma’lumki, voyaga yetmaganlarning jinoyatlari haqidagi ishlarini yuritish Jinoyat

protsessual kodeksida alohida bob bilan tartibga solinadi. Jinoyat protsessual kodeksida voyaga
yetmaganlarning jinoyatlari haqidagi ishlarini yuritishning alohida berilishi 1985-yilda BMT
tomonidan qabul qilingan voyaga yetmaganlar jinoyatchiligini olishga qaratilgan Minimal standart
qoidalari, 1989-yildagi BMTning bola huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiyasi

3

asosida ishlab

chiqilgan. Bu toifadagi shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari yuritishni alohida bobda ko‘rsatilishi
qonunlarning ularga nisbatan alohida qoidalar asosida qo‘llanishi bilan bog‘liqdir.

Voyaga yetmaganlarni jinoyatlari haqidagi ishlarni yuritishda ish bo‘yicha isbotlanishi

lozim bo‘lgan holatlarni sinchkovlik bilan, har tomonlama, to‘liq va xolisona tekshirib chiqilishi,
qilmishning ijtimoiy xavflilik darajasini hamda voyaga yetmagan sudlanuvchining shaxsini
e’tiborga olgan holda aniqlangan haqiqiy holatlar va dalillar majmuasiga to‘g‘ri baho berilishi,
odillik va insonparvarlik tamoyillariga amal qilgan holda qonunda ko‘rsatilgan imtiyozlardan to‘la
foydalanishga imkoniyat yaratilishi lozim.

Voyaga yetmaganlar jinoyatlari to‘g‘risidagi ishlarni sudda ko‘rishda O‘zbekiston

Respublikasi JPKning 82-84-moddalarida ko‘zda tutilgan jinoyat tarkibini aks ettiruvchi va
voyaga yetmaganlarning javobgarligi darajasiga ta’sir qiluvchi holatlar e’tiborga olinishi kerak.
Ya’ni, surishtiruv, dastlabki tergov harakatlari va sud muhokamasi davrida voyaga
yetmaganlarning jinoyat ishlari bo‘yicha ushbu Kodeksning 82-84-moddalarida ko‘rsatilgan
hollardan tashqari, quyidagilar isbotlanishi lozim:

-

voyaga yetmagan ayblanuvchining aniq yoshi (tug‘ilgan yili, oyi, kuni );

-

voyaga yetmaganning shaxsiga xos xususiyatlar va uning salomatligi holati;

uning turmush va tarbiyalanish sharoitlari;

-

katta yoshli dalolatchilar va boshqa ishtirokchilarning bor yoki yo‘qligi.

4

Hozirgi vaqtda voyaga yetmaganlarning ishlari bo‘yicha isbotlash predmetini sharhlash

yuzasidan umum e’tirof etilgan nuqtai nazar mavjud emas. Bu esa, muhim nazariy va amaliy
ahamiyatga ega bo‘lgan ushbu masalani tadqiq qilish zaruriyatini vujudga keltiradi. Isbotlash
predmetining tarkibi quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi: umumiy; barcha turdagi jinoyat ishlari bo‘yicha
“yagona” isbotlash predmeti; maxsus; voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha ixtisoslashgan
isbotlash predmeti; alohida; voyaga yetmaganlarnin ayrim jinoyatlari bo‘yicha juz’iy isbotlash
predmeti.

Voyaga yetmaganlarning jinoyat ishlari bo‘yicha isbotlash predmetining taklif etilgan bu

ko‘rinishi o‘ziga xosligi jihatidan ikki darajada – maxsus va alohida darajalarda namoyon bo‘ladi.
Maxsus darajada isbotlash predmetini tahlil qilish odatda cheklangan tarzda bo‘ladi va asosan
faqat voyaga yetmaganlarning jinoyat ishlari bo‘yicha ish yuritishga tegishli qonunda ajratib
ko‘rsatilgan maxsus jihatlarnigina o‘z ichiga oladi. Alohida daraja esa, bu yerda isbotlash
predmetining xususiyatlarini tadqiq qilish amaliy ahamiyatga ega bo‘ladi. Shu munosabat bilan

3

BMTning bola huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiyasi. https://lex.uz/docs/-4427813

4

O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat Protsessual kodeksi. https://lex.uz/docs/111460


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

973

dastlabki tergovdagi va sud muhokamasidagi isbotlash predmetining aynanligini ta’kidlash shart,
sudda aniqlanishi lozim bo‘lgan holatlar dastlabki tergovda ham aniqlanishi lozim. Shunga ko‘ra,
adabiyotda uchraydigan tavsiyalar – sud majlisida dastlabki tergovda voyaga yetmaganning
shaxsini, uning tarbiyasi sharoitlarini o‘rganish bo‘yicha yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni to‘ldirish -
qo‘shimcha shart bilan berilishi lozim.

Voyaga yetmagan shaxsning hayot va tarbiya sharoitlari, ijtimoiy kamol topishining

mazmuni va sur’ati oilada hal bo‘ladi. Ularni aniqlash sud protsessida uch maqsadni ko‘zlaydi:

-

profilaktik ahamiyatga ega bo‘lib, aniqlangan salbiy holatlarni bartaraf etishga qaratilgan

tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan axborotni olishda ifodalanadi;

-

voyaga yetmagan shaxsga nisbatan tegishli protsessual majburlov choralarini qo‘llash

to‘g‘risidagi masalani to‘g‘ri hal qilishga qaratilgan;

-

jinoyat – huquqiy mazmunga ega bo‘lib, jazo chorasini yengillashtiruvchi holatlarni

hisobga olishda ifodalanadi. Shunga ko‘ra jinoyat qonunida voyaga yetmaganlarning
javobgarligini yengillashtiruvchi holatlarni batafsil ro‘yxatini maxsus belgilash zarur.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, e’tirof etish lozimki, sud voyaga yetmaganlarga jazo

tayinlash masalasini hal etayotganda, birinchi navbatda, sodir etilgan jinoyatning xususiyati va
ijtimoiy xavflilik darajasini, ana shu shaxslarga oid maʼlumotlarni hamda jazoni yengillashtiruvchi
va og‘irlashtiruvchi holatlarni nazarda tutib, ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan
jazoni qo‘llash imkoniyatini muhokama qilishi lozim. Sud aybdorni jamiyatdan ajratmasdan turib
qayta tarbiyalashning imkoniyati bo‘lmagan hollardagina ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi
jazoni tayinlashi mumkin. Qolaversa, sudlar voyaga yetmaganlar tomonidan sodir qilingan jinoyat
ishlari sudda ko‘rilayotganda jinoyatni keltirib chiqargan sabablarni aniqlab, ularni bartaraf qilish
uchun xususiy ajrim chiqarishlari shartligi ham maqsadga muvofiqdir.

5

Voyaga yetmagan shaxsning har tomonlama barkamol rivojlanishi uchun zarur

qonunchilik bazasini yaratish, ularning huquqlari himoya qilinishini ta’minlash davlat siyosatining
ustuvor yo’nalishlaridan biri hisoblanadi. Ushbu faoliyatga bevosita aloqador BMTning “Bola
huquqlari to’g’risida”gi konvensiyasiga O’zbekiston 1992-yilda qo’shildi va ushbu hujjat
qoidalaridan kelib chiqadigan majburiyatlarini izchillik bilan bajarib kelmoqda.

Xulosa o’rnida shuni ta’kidlash lozimki, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, oila, ta’lim

muassasalari va keng jamoatchilik zimmasiga voyaga yetmaganlar huquqbuzarligi va
jinoyatchiligining oldini olish, hududlarda voyaga yetmaganlarning ma’naviy, axloqiy, huquqiy,
estetik, jismoniy, mehnat tarbiyasida ishtirok etish, ularda sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga
ko‘maklashish, jazoni ijro etish muassasalaridan qaytib kelgan voyaga yetmaganlarning ijtimoiy
– pedagogik reabilitatsiya qilinishi va moslashuviga yordam berish vazifalari yuklatildi. Voyaga
yetmaganlar o‘rtasidagi nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning oldini olishni amalga oshiruvchi
organlar va muassasalarning yaqin o‘zaro hamkorligi bilan bunday muammolarni hal etish
mumkin. Mamalakatimizda huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan tizimli
islohotlar xalqimizning tinch va osoyishtaligini ta’minlashga xizmat qilib kelmoqda.

5

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining 2000 yil 15 sentyabr 21-son “Voyaga yetmaganlarning jinoyatlari

haqidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida” Qarori. https://lex.uz/docs/-1449720.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

974

REFERENCES

1.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. –T.: “O‘zbekiston”, 2023 y.

2.

BMTning bola huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiyasi. https://lex.uz/docs/-4427813.

3.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi. https://lex.uz/docs/111453.

4.

O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat Protsessual kodeksi. https://lex.uz/docs/111460.

5.

O‘zbekiston Respublikasining “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi 2008 yil 7
yanvardagi O‘QR-139-son qonuni.

6.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi 1-sonli “Sudlar
tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori.

7.

Jinoyat huquqi. (Umumiy qism) Yuridik texnikum o‘quvchilari uchun darslik. Mas’ul
muharrir: yu.f.f.d (PhD) X.Ochilov – T.: Adolat nashriyoti, 2020. 264 b.

8.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining 2000 yil 15 sentyabr 21-son “Voyaga
yetmaganlarning jinoyatlari haqidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida” Qarori.
https://lex.uz/docs/-1449720.



References

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. –T.: “O‘zbekiston”, 2023 y.

BMTning bola huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiyasi. https://lex.uz/docs/-4427813.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi. https://lex.uz/docs/111453.

O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat Protsessual kodeksi. https://lex.uz/docs/111460.

O‘zbekiston Respublikasining “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi 2008 yil 7 yanvardagi O‘QR-139-son qonuni.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi 1-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori.

Jinoyat huquqi. (Umumiy qism) Yuridik texnikum o‘quvchilari uchun darslik. Mas’ul muharrir: yu.f.f.d (PhD) X.Ochilov – T.: Adolat nashriyoti, 2020. 264 b.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining 2000 yil 15 sentyabr 21-son “Voyaga yetmaganlarning jinoyatlari haqidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida” Qarori. https://lex.uz/docs/-1449720.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов