THE JAPANESE EXPERIENCE IN QUALITY IMPROVEMENT

HAC
Google Scholar
To share
Xakimova, Y., Hamroqulov, M., & Pulatov, M. (2023). THE JAPANESE EXPERIENCE IN QUALITY IMPROVEMENT. Modern Science and Research, 2(10), 378–381. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/25160
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article highlights the Japanese experience in quality improvement and offers suggestions for further improvement in the field.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

378

SIFATNI OSHIRISHDA YAPON TAJRIBASI

Y. Xakimova

TKTI M22-19 MSSguruh talabasi.

M.G‘.Hamroqulov

dots.

M.M. Pulatov

TDTU mustaqil izalanuvchisi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.10092409

Annotatsiya.

Ushbu maqola sifatni oshirishda Yapon tajribasi va sohani yanada

takomillashtirish borasidagi takliflar yoritib berilgan.

Kalit so‘zlar:

Yaponiyan, sanoatni standartlashtirish, standartlashtirish assosiatsiyasi,

Sifatni boshqarish, raqobat, Kaydzen tizimi.

THE JAPANESE EXPERIENCE IN QUALITY IMPROVEMENT

Abstract.

This article highlights the Japanese experience in quality improvement and offers

suggestions for further improvement in the field.

Key words:

Japan, Industry standardization, standardization association, Quality

management, competition, Kaizen system.

ЯПОНСКИЙ ОПЫТ ПОВЫШЕНИЯ КАЧЕСТВА

Aннотация.

В этой статье освещается японский опыт повышения качества и

предлагаются предложения по дальнейшему совершенствованию в этой области.

Ключевые слова:

Япония, отраслевая стандартизация, ассоциация по

стандартизации, менеджмент качества, конкуренция, система Кайдзен.

Yaponiyaning rivojlangan mamlakat bo‘lib erishishiga bir qancha omillar ta’sir qilgan.

Asosiy omillardan biri bu sifatni boshqarishga bo‘lgan intilishdir. II jahon urushi davrida va undan
ham oldinroq yapon mahsulotlarining narxi arzon va sifati juda ham past bo‘lgan. Bunga asosiy
sabab fan va texnikaning rivojlanmaganligi, iqtisodiyotining yopiqligi va boshqa omillar
keltiriladi. II jahon urushidan so‘ng bir qator tarkibiy o‘zgarishlar, iqtisodiy va siyosiy
islohotlarning amalga oshirilishi natijasida Yaponiya iqtisodiyoti tubdan o‘zgardi.

1947 yilda sifat bo‘yicha mutaxassis E.Demingning va 1954 yilda Dj.Juranlarning

Yaponiyaga tashrifi sifatni boshqarishning yapon modelining shakllanishiga va butun dunyoda
shuhrat qozonishiga katta yordam berdi.

[1]

1949 yilda “Sanoatni standartlashtirish” Qonuni joriy etiladi. O‘sha yilning o‘zida

Yaponiya standartlashtirish assosiatsiyasi tomonidan sifatni boshqarish bo‘yicha qisqa kurslar
tashkil etildi.

Statistik metodlar orqali sifatni tartibga solish va nazorat qilishda professor Tagutining

hissasi katta. Geniti Taguti sifatga erishishda quyidagi tamoyillarga e’tibor qaratishni taklif qiladi:

korxona sifatga erishishga harakat qilmasdan xarajatlarini kamaytira olmasligini;

korxona ortiqcha xarajat qilmasdan mahsulot sifatini oshirishi mumkinligini;

korxona sifatni oshirish orqali ishlab chiqarish xarajatlarini tushurishi mumkinligini.
1967 yilning dekabr oyida sifatni boshqarish bo‘yicha 7-anjumanda yapon tizimining eng

muhim 6 jihati shakllantirildi. Unda:


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

379

1)

sifatni har tomonlama boshqarishni firmalar darajasida, hamda sifatni boshqarishda

ularning barcha xodimlarining ishtiroki;

2)

sifatni boshqarish sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish;

3)

sifat to‘garaklari faoliyatini olib borish;

4)

sifatni boshqarish bo‘yicha faoliyatni baholash va inspektorlashtirish (korxona va

boshqaruv faoliyatiga Deming mukofatini berish);

5)

statistik metodlardan foydalanish;

6)

sifat nazorati bo‘yicha umummilliy dastur yaratish belgilab berildi.
1954 yilda Tayota korporatsiyasi tomonidan sifatni boshqarish bo‘yicha

JIT

(ing. Just-in-

Time) tizimi yaratildi. JIT – “Aniq muddatda” ishlab chiqarishni boshqarish konsepsiyasi bo‘lib,
zaxiralar miqdorini kamaytirishga yo‘naltirilgan. Just in Time tizimi tashkilotlarni
iste’molchilarga zarur va sifatli mahsulotlarni qisqa muddat ichida ko‘proq va arzonroq narxlarda
sotish orqali bozorda raqobatlashib, ustunlikka ega bo‘lishiga imkon beradi. Ushbu tizimda
tashkilot ishlab chiqaradi:

nimani talab qilinsa;

qachon talab qilinsa;

mahsulot miqdori qancha talab qilinsa;

qisqa muddat ichida.
JITning asosiy maqsadi:

ishlab chiqarilayotgan mahsulot miqdorini buyurtmachining talabiga moslashtirish;

qaysi resurslar (ishchi kuchi, xom ashyo,....) talab qilinsa, shu resurslardan foydalanish;

zarur miqdorga erishganda ishlab chiqarishni to‘xtatish;

ishlab chiqarishning uzluksizligini ta’minlash uchun minimal xom ashyo miqdorini

omborga joylashtirish;

ishlab chiqarish jarayoniga sifatli boshqaruvni o‘rnatish.
Sifatni boshqarishning yapon tizimida korxonaning asosiy maqsadi yo‘l qo‘yilgan xato va

kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan. Yapon korxonalarida “

5 nol

” dasturi keng qo‘llanilib,

unda har bir ishchi-xodim quyidagilarni qilmasligi lozim:

1. Defekt mahsulotlarni oldingi jarayonlardan qabul qilmasligi.
2. Defekt paydo bo‘lishiga sharoit yaratmasligi.
3. Defekt mahsulotlarni keyingi jarayonga o‘tkazmasligi.
4. Texnologiyaga o‘zgartirish kiritmasligi.
5. Xatolarni qaytarmasligi lozim.
Hozirgi kunga kelib, Yaponiyada sifatni boshqarish bo‘yicha turli xil tizimlar mavjud

bo‘lib, ushbu tizimlar nafaqat Yaponiyada balki dunyoning yetakchi mamlakatlarida ham keng
qo‘llaniladi.

Yaponiyada sifatni boshqarish bo‘yicha vujudga kelgan tizimlardan yana biri Kaydzen

tizimidir.

Kaydzen

(kaizen) uzluksiz ravishda sifatni, tenologiyalarni, jarayonlarni, jamoaviy

madaniyatni, mehnat faoliyatini, ishonchlilikni, liderlikni va kompaniya faoliyatnining boshqa
tomonlarini yaxshilashga qaratilgan. Kaydzen tizimida asosiy diqqat e’tibor personalning sifatiga
qaratilgan, chunki ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar va xizmatlarning sifati personallarga bog‘liq
bo‘ladi. Kaydzen tizimini amaliyotda joriy qilishda quyidagi asosiy tamoyillarga asoslaniladi:


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

380

Ish o‘rinlarini tashkil qilish;

Behuda yo‘qotishlarni bartaraf etish;

Standartlashtirish.
Ish o‘rinlarini to‘g‘ri tashkil qilish uchun boshqaruv vositasiga mos keladigan 5S

uslubiyatidan foydalaniladi. 5S atamasi yapon so‘zlarining bosh harflari bo‘lib:

Seiri – (saralash) ishda kerak bo‘ladigan narsalarni saralash.
Seiton – (tartiblash) ishda saralangan narsalarni tartibga keltirish.
Seiso – (tozalash) ish joylari va jihozlarni tozalash.
Seiketsu – (standatlashtirish) birinchi 3 ta bosqichni standartlashtirish.
Shitsuke – (saqlash va yaxshilash) kuzatuv va monitoring qilish orqali tashkillashtirilgan

va standartlashtirilgan ish joylarini saqlash va yaxshilash.

Kaydzen tizimida 7 xil yo‘qotish yoki 7 “muda” o‘rganiladi:


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

381

Sifatli mahsulot ishlab chiqarishga qaratilgan e’tibor va sa’yi-harakatlar Yaponiya

iqtisodiyotini rivojlanishiga katta turtki bo‘ldi.Hozirgi kunda Yaponiya iqtisodiyoti dunyodagi eng
rivojlangan iqtisodiyotlar qatoriga kiradi. YAIM va sanoat ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha AQSH
va Xitoydan keyin dunyoda 3-o‘rinni egallaydi. Mamlakatda yuqori texnologiyaga asoslangan
tayyor mahsulot ishlab chiqariladi. Yaponiyaning

«

Toyota Motors», «Matsushita Electric», «Soni

korporeyshn», «Honda Motors», «Toshiba», «Fujitsu» , “Mitsubishi”, “Nikon”, “Panasonic”,
“Yamaha” kabi kompaniyalari jahon iqtisodiyotida yetakchilik qiladi.

Sifatni boshqarish orqali iqtisodiy samaradorlikka erishgan yaponiyaliklar tomonidan

ishlab chiqilgan usullarga hamda tizimlarga bo‘lgan qiziqish rivojlangan mamlakatlar tomonidan
ushbu tizimlarni o‘rganishga va amalda qo‘llashga sabab bo‘lmoqda.

O‘zbekistonda sifatni boshqarish tizimlariga bo‘lgan e’tibor tashqi iqtisodiy aloqalarni

o‘rnatgan korxona va tashkilotlar darajasida bo‘lib, mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan
uning tarqalishi (joriy etilishi) hali sust darajadadir.

O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlarning sifatni boshqarishning

yapon tajribasidan foydalanishlari, yoki sifatni boshqarish bo‘yicha milliy tizimni yaratishlari
barqaror faoliyat yuritishlariga, hamda mahalliy va jahon bozorlarida raqobatda ustunlikka ega
bo‘lishlariga katta yordam beradi. Sifatni boshqarishning yapon tizimdan foydalanish ortiqcha
xarajatlarsiz hamda ortiqcha vaqt sarfisiz ISO 9000 seriyali xalqaro standartlarini joriy qilish
imkonini beradi.

Shuni aytish mumkinki, sifatni boshqarish tizimlari nafaqat korxona ishlab chiqarish

samaradorligining garovi balki, mamlakat iqtisodiyoti taraqqiyotining asosiy omilidir ham.

REFERENCES

1.

Кане М. М., Иванов Б. В., Корешков В. Н., Схиртладзе А. Г. «Системы, методы и
инструменты менеджмента качества», Учебное пособие, Питер-2019

2.

http://www.iso.org/iso/ru/home/standards/certification/iso-survey

References

Кане М. М., Иванов Б. В., Корешков В. Н., Схиртладзе А. Г. «Системы, методы и инструменты менеджмента качества», Учебное пособие, Питер-2019

http://www.iso.org/iso/ru/home/standards/certification/iso-survey

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов