ALISHER NAVOI'S CLASSIFICATION OF RITUAL CHAPTERS IN "SADDI ISKANDARI" AND "LISON UT-TAIR" EPICS.

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Abduvohidov, B., & Ishquvvatov, M. (2023). ALISHER NAVOI’S CLASSIFICATION OF RITUAL CHAPTERS IN "SADDI ISKANDARI" AND "LISON UT-TAIR" EPICS. Modern Science and Research, 2(4), 121–125. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/18983
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article provides information about the analysis of the chapters in the epics "Saddi Iskandariy" and "Lison ut-Tair" by Alisher Navoi, the sultan of the ghazal estate, which reflect the events of Miraj.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

121

ALISHER NAVOIYNING "SADDI ISKANDARIY" VA "LISON UT-TAYR"

DOSTONLARIDAGI ME’ROJNOMA BOBLARI TASNIFI.

Abduvohidov Behruz

Ishquvvatov Mamarasul

Termiz davlat universiteti O’zbek filologiyasi fakulteti

2 - bosqich talabalari

https://doi.org/10.5281/zenodo.7816300

Annotatsiya. Ushbu maqolada g’azal mulkining sultoni bo’lmish Alisher Navoiyning “Saddi

Iskandariy” hamda “Lison ut-tayr” dostonlaridagi me’roj voqealari aks etgan boblar tahlili
haqida ma’lumotlar berib o’tildi.

Kalit so’zlar: Me’rojnoma boblari, me’rojnoma voqealari, tamse, tashbeh, tashxis.

КЛАССИФИКАЦИЯ АЛИШЕРА НАВОИ ОБРЯДОВЫХ ГЛАВ В ЭПОСАХ

«САДДИ ИСКАНДАРИ» И «ЛИСОН УТ-ТАИР».

Аннотация. В данной статье представлена информация об анализе глав в эпосах

«Садди Искандарий» и «Лисон ут-Таир» Алишера Навои, султана газельского сословия, в
которых отражены события Мираджа.

Ключевые слова: Главы Межожномы, события Межожномы, тамсе, ташбех,

диагностика.

ALISHER NAVOI'S CLASSIFICATION OF RITUAL CHAPTERS IN "SADDI

ISKANDARI" AND "LISON UT-TAIR" EPICS.

Abstract. This article provides information about the analysis of the chapters in the epics

"Saddi Iskandariy" and "Lison ut-Tair" by Alisher Navoi, the sultan of the ghazal estate, which
reflect the events of Miraj.

Key words: Chapters of Me'rozhnoma, events of Me'rozhnoma, tamse, tashbeh, diagnosis.


O‘z o‘rnida na’t boblarni vasf na’tlar va me’rojnoma na’tlarga bo‘lib o‘rgansak to‘g‘riroq

bo’ladi. Me’rojnoma boblar shoirning falsafiy, axloqiy –ta’limiy va komil inson haqidagi
qarashlarini ifodalashda muhim vosita hisoblanadi. Dostonlarni o‘rganar ekanmiz, me’rojga
bag‘ishlangan boblar “Xamsa”ning beshala dostonida ham shuningdek, “Lison ut-tayr”dostonida
ham borligiga guvoh bo‘lamiz. Ayni vaqtda bu boblar bir-biriga o‘xshamagan tarzda yaratilgan.
Me’rojnoma boblari hajm jihatdan ham turlicha “Saddi Iskandariy”da 125 bayt va “Lison ut-
tayr”da 53 baytdan iborat.

"Saddi Iskandariy"

Me’roj voqeasi tunda bo‘lib o‘tganligi hammamizga ma’lum.Navoiy Me’rojnoma boblarini

tun tasviri bilan boshlaydi.“Saddi Iskandariy”dagi bobda keltirilgan birinchi baytda kechani, ya’ni
me’roj voqeasi bo‘lib o‘tgan tunni koinot jamoliga chiroy qo‘shuvchi xolga o‘xshatadi. Keyin
ruju’ san’atini qo‘llagan holda fikridan qaytib uni qop-qora, mushkin sochga qiyoslaydi:

Demay xolkim, gesuyi mushkrez,
Qilib ofaninish uza mushkbez.

Bu yerda ishtiqoq san’atini qo‘llab sochning (tunning) ham qop-qora, ham xushbo‘y

ekanligini ifodalayapti. Kecha ta’rifida davom etgan holda uning juda ajoyib va go‘zalligi, xush
isliligi keltiriladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

122

Kecha ta’rifidan so‘ng Payg‘ambar (s.a.v.) tavsifiga o‘tiladi hamda o‘sha kecha

Ummahoniyning uyida edi deb keltiriladi:

Quyoshdek ulusdin nihoniy bo‘lub,
Yeri hujrai ummahoniy bo‘lub.

Me’roj haqidagi manbalarda Payg‘ambar (s.a.v.) o‘sha tunda Ka’baning Xotiym qismida

yotganligi aytib o‘tiladi [4: 94-bet]. Yana ba’zi asarlarda ammasi – amakisi Abu Tolibning qizi
Ummuhoniyning uyida edi deb keltiriladi [1:105-bet].

Shu ma’lumotlarga tayangan holda Navoiyning baytlarini Ummahoniy uyida edi tarzida

tahlil qilishni ma’qul topdik. Keyingi baytlarda Jabroil (a.s.) va Buroq ta’rifi beriladi:

Ki nogoh chaqildi bir tez barq
Ki ofoqni qildi nur ichra g‘arq.
Demay barqkim, toyiri barqsayr
Qo‘lida bir ul nav’kim barqtayr.

Buroqning o‘zagi “barq” (yashin), Navoiy shunga ishora qilib, uning tez yurarligini nazarda

tutgan holda yuqoridagi baytlarni keltiradi.Quyidagi baytda esa tarse’ san’ati qo‘llanganligini
ko‘ramiz:

Anga Sidra koxi navogoh o‘lub,
Munga ravza bog‘i charogoh o‘lub

Diniy adabiyotlarda har kimning maqomi belgilab qo‘yilganligi va Buroqning Jannatdan

chiqqan ot ekanligi aytib o‘tiladi. Jabroil (a.s.)ning maqomi Sidratul muntahoda ekanligi keltiriladi
[4:93-95-bet].Navoiy bu baytda shunga ishora qilgan. Keyingi baytlarda Payg‘ambar (s.a.v.) ning
Buroqqa minib yo‘lga tushganligi tasvirlangan baytlarni ko’ramiz. Yuqorida keltirgan
“Ummahoniynikida edi” talqinimizga isbot tariqasida yana bir baytni keltirishimiz mumkin:

Chu otlandi rokib, nechukkim daraxsh
Burun surdi Baytul Haram uzra raxsh.

Ya’ni rokib - Payg‘ambar (s.a.v.) avval Baytul haram masjidiga yo‘l oldi. Keyingi baytda

esa masjidi Aqsoga borganligi va Arshi A’loga chiqqanligi keltiriladi:

Yana po‘yada qo‘ydi Aqsog‘a yuz,
Ne Aqsog‘a yuz, charxi a’log‘a yuz.

Keyingi baytlarda falaklar va ularga tegishli sayyoralar tasviri beriladi: birinchi falakda Oy,

ikkinchisida Utorud, uchinchisida Zuhra, to‘rtinchisida Quyosh, beshinchisida Bahrom (Mars),
oltinchisida Mushtariy, yettinchisida Zuhal bilan uchrashadi. Ularning hammasi Payg‘ambar
(s.a.v.) sharofatidan bahramand bo‘ladi.Navoiy sayyoralarning nima timsoli – homiysi ekanligiga
ishora qilgan holda ajoyib tashbehlar qo‘llaydi. Masalan, san’atkorlar homiysi Zuhro uni ko‘rishi
bilan udini yashirib qo‘yadi; Bahrom – jang-jadallar homiysi qon to‘kishni bas qiladi; Zuhal –
baxtsizlik, omadsizlik timsoli uning sharofati bilan baxtli bo‘ladi.

Undan so‘ng 12 ta burj bilan uchrashuv tasvirlanadi. Bu yerda ularning nomlari va belgilari

vositasida go‘zal o‘xshatishlar keltirilgan.

Bo‘lib qosh uchidin ishoratnamoy
Berib qoba qavsayndin mujda yoy.

Baytda Navoiy Payg‘ambar (s.a.v.) Me’roj kechasi erishgan “Qoba qavsayn” (ikki yoy

oralig‘icha yaqin) darajasiga Qavs - Yoy burjining nomi yordamida ishora qilyapti.

Yo‘li ustida Qubg‘akim suv sochib,


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

123

Sochar vaqti suv yo‘qki inju sochib.

Dalv – Qubg‘a (Qovg‘a) Payg‘ambar (s.a.v.) yo‘liga suv o‘rniga inju sochyapti deya tashxis

san’atidan foydalangan.

Arsh, Kursi va Lavh maqomlarini tasvirlar ekan, qalam haqida juda chiroyli bayt keltiradi:

Qalamg‘a yetib maqdamidin kushod,
Yozib chashmzaxmi uchun “in yakod”.

Bu yerda “in yakod” ko‘z tegmasligi uchun o‘qiladigan duoning ilk jumlasi bo‘lib, “Qalam”

surasining 51-52-oyatlaridir.Arsh, Kursi va Lavh maqomlaridan o‘tgach hamrohlarini qoldirib
Payg‘ambar (s.a.v.) o‘zi yo‘lda davom etishi keltiriladi:

Buroqin tushub paykiga topshurub,
Qadamsiz yurub, po‘yasiz gom urub.

Yana Payg‘ambar (s.a.v.) to‘rt unsur va olti tarafdan ajralib Alloh visoliga yetishganligi,

Allohdan ummatlari gunohini so‘rab olganligi keltiriladi:

Necha ikkilik naqshi nobud o‘lub,
Bir o‘q vahdati sirf mavjud o‘lub.
Ko‘rub bahri g‘ufronni chun mavjnok,
Tilab osiy ummat gunohini pok.

Navoiy Payg‘ambar (s.a.v.) safardan qaytishda juda boshqacha suratga kirganligini

ta’kidlab o‘tadi:

Kelib g‘unchau bog‘i rizvon yonib,
Yetub qatrau bahri Ummon yonib

.

Ya’ni kelishda g‘unchadek bo‘lgan bo‘lsa, qaytishda jannat bog‘idek edi, kelishda qatra

suvdek bo‘lgan bo‘lsa qaytishda Ummon – dengizdek edi deya tashbeh san’atini qo‘llaydi. Keyin
esa yo‘ldoshlari oldiga kelgan Payg‘ambar (s.a.v.)ni Jabroil (a.s.) va Buroq tanimay qolganligini
aytib o‘tadi:

Yonib yuz qo‘yub raxshu yo‘ldoshig‘a,
Tanilmay yetishgach alar qoshig‘a.

Payg‘ambar (s.a.v.)ni kuzatish uchun maloikalar chiqib, uning boshidan nurlar sochishadi.

Navoiy bu yerda tamsil san’atini ishlatadi:

Jamoliga chun ko‘zlarin ochibon
Tabaqi nurlar boshig‘a sochibon.
Anga nur sochmoqqa monand bu
Ki sochqoy kishi bahri ummonga su.

Payg‘ambar (s.a.v.) o’zlari shunday nurga chulg‘angan ediki, maloikalar uning boshidan nur

sochishi xuddi dengizga suv sepayotganga o‘xshaydi. Bobni tugatar ekan, Navoiy bu voqea Olloh
inoyati bilan bo‘lganligini, kishi aqli unga yetmasligini aytib o‘tadi:

Munungdek safarkim emas xalq ishi
Ki sharhi oning anglay olmas kishi.

[2:522-527-bet]

"Lison ut-tayr"

U payg'ambarlik oftobining anqo qushining balandparvozligi va haqiqiy mahbub visoliga

yetib qush tili bilan so'zlashgani va sirlashgani martabasi falakka yetadigan shohni Haq ko'k sari
javlon qilishini istaganida, u tuban falak tashvishlaridan forig' bo'lib, o'z hujrasida yaxshi
kayfiyatda o'tirardi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

124

***

Ul kechakim , ul shahi gardunmaqom
Kim oni haq istadi gardunxirom.
Ummahoni hujrasida erdi hush,
Dahri dun ashğolidin osudavash,
Kim yetishti oliğa ruhul amin,
Arz etib payğomi rabbil olamin.

***
Uning oldiga ruhlar amini kelib, olam Allohining xabarini yetkazdi. Farishtaning bir qo'lida

yashinday tez uchadigan buroq bo'lib, bu ulov bilan yashin ham bahslasha olmasdi. U dedi:
"Ey Allohga joning bilan yaqin zot! Suyukli bo'lganing uchun vujuding bilan ham
Allohga yaqinlashgin. Buroq keltirdim, suvori bo'lgin, toki bu feruza osmon gumbazi yo'ling
gardi bo’lsin". Shoh otga mindi. Chunki u hukmning kimdan ekanini yaxshi bilardi. Qutli
ulovi havolanganida, uning qadamidan falak eli bahramand bo'ldilar. Bu suvori sharafi
tufayli yangi oy to'lin oyga aylandi. Ikkinchi osmonga bayroq sanchganida, Atorud
qalamidan durlar sochila boshladi. Uning zotidan uchinchi maydon - osmon sharaf topgach, Zuhra
musiqachilik qilib kuylay boshladi. U to'rtinchi samoga ot surganida, yulduzlar shohi - Quyosh
undan o'ziga nur oldi. Buroqini beshinchi ko'kka surganida, Nahsi Asg'ar shu zahoti Sa'di Akbar
bo'ldi. Sa'di Akbar tomon yo'li tushganida, uning nazaridan saodat nuri yo'naldi. Beshinchi ko'kka
o'tganida, bechora hindi "Alloh nuri!" deb yubordi. Yana ikki vodiyni sayr etgach, sakkizinchi
osmon qiblasi ko'rindi. Suvoriy nuri ta'siridan Savrga Asad (sher) xususiyati yuqdi. Javzo uning
xizmatiga shaylandi. Saraton esa to'g'rilik mevasini berdi. Arslon it kabi uning oyog'i ostiga o'zini
tashladi, boshoq urug’lari javohirga aylanayozdi.

Tarozi o'z o'lchovligini ko'rsatdi, Chayon esa o'z zahrini zaharni kesuvchi doriga aylantirdi.

Yoyni qoshi ishorasi hilol qildi. Qadami xosiyatidan Jady — tog' echkisi zarrin kiyikka
aylandi. Dalv uning so'zlaridan jon suvi topdi. Hut (baliq) uning nutqidan obihayot topdi. Yo'lda
uchraganlarga shunchalik sharaflar yetkazib, ulovini barchasidan yuqori surdi. U Arshu Kursiga
tabarruk bayrog'ini yetkizganida, Lavhu Qalam undan muhtaram bo'ldi. Lomakon maydonida
javlon qilib, undan ajoyib bir maydonga yo'l oldi. Bunda xabarchi bilan ulovi sayrdan to'xtadi:
go'yo qushdan ikki par tushib qolganday bo'ldi. Tarkibiy unsurlar azobidan qutilib, jahon
tashvishlaridan ozod bo'lib, egnidan manmanlik to'nini tashlab, olovdan odamlik uchqunini ayirib,
o'zni o'zlik asoratidan qutqarib, o'zdan o'zgalikka aylandi. Yel, tuproq, o't va suvdan tozalanib,
men, sen, u va bulikdan tozalanib, yaqinlik dargohida o'rin topib, hatto undan ham yaqinroq
bo'lishga harakat qildi. Yetmish ming pardani bartaraf etdi, orada parda qolmadi.

Oradagi bor- yo'q to'siqlar bartaraf bo'lib, u do'st oldida suyukli bo'lib qad

ko'tardi. LimaAlloh bo'sag'asiga yastandi, xuddi ikki yoydek bir-biriga yaqinlashdi. Man etish va
moneliklar barham topib, ruxsat bo'lgach, monelik bo'lmaydi demakdir. Ko'zlarini mislsiz o'tkir
nur bilan yoritdi. Soyalik mulohazasi bartaraf bo'ldi. Hech bir kishi topa olmaydigan martabani
topdi: bu ish kishilik qo'lidan keladigan ish emas edi. Bu damda o'zi va o'zligidan xabari yo'q,
balki o'z va o'zligidan asar ham yo'q edi. Yotlikdan nishon qolmay, hatto o'zlik ham oradan ketib,
faqat jonon qoldi. U jonon jamolini ko'z bilan ko'rib, uning visolidan so'z orqali bahra topdi. Har
lahzada yuz ming hurmat ko'rsatib, to'qson ming so'zni idrok etdi. Gunohkor ummatning gunohini
so'radi, barcha og'ir ahvoliga chora istadi. U nimaniki istagan bo'lsa, mutlaq tirik —


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

125

Allohdan topdi: Haq tiladi, Haqdan tiladi va Haqdan topdi. O'z orzusi imkoni darajasida murod
hosil qilib, ko'kdan juda masrur va shod bo'lib qaytdi. Yuksak dargoh ham uning visolidan masrur
bo’ldi: amridan bu qabulxona ajoyib tarz jihoz topgan edi. U ko'kka otlanganida, qimmatbaho dur
edi, u yerdan jo'shqin daryo bo'lib qaytdi. Bir kiprik qoqilgan muddatda anglab bilgani shuki,
ajoyibi ham shundaki, shu vaqt ichida u yerga borib, keldi. Boshqa olamdan yerga qaytib kelgach,
ushbu olam ishiga tartib joriy etdi. Biz har qancha gunohkor va gumroh bo'lsak ham, bu
voqeadan voqifligimiz uchun hadiksiramasak bo'ladi. Chunki tong-la Qiyomatda shunday homiy
va qo'llovchi kishi gunohlarimizni Allohdan tilaydi.

***

Yuz tuman ming ahli isyonu gunoh,
Topqusi rahmat etib fazli iloh.
Bōlğusi ul-xayl aro Fopiy doği,
Qilmoğoysen noumid oni doği.

***
Ey Allohim, payg'ambar oraga tushgan kuni, u kimning gunohini tilasa, sen uning istagini

qabul qilasan. Yuz minglab gunoh va tug'yon ahli ilohiy fazli bilan uning rahmatiga sazovor
bo'ladilar. O'sha guruhda Foniy ham boladi, uni ham zora noumid qilmasang.

Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, Navoiy Me’roj voqeasini tasvirlashda har bir

asarda o‘zgacha o‘xshatish, boshqacha tasvirlardan foydalangan. Ularning eng mukammali
hisoblangan, biz yuqorida o‘rgangan bob ham badiiy adabiyotdagi Me’roj voqeasi tasvirining
go‘zal namunasi hisoblanadi. Me’rojnoma boblarda Navoiy o‘zining ham diniy, ham falsafiy
qarashlarini badiiy ifodalab bergan. Me’roj voqeasi inson kamolotining cho‘qqisi sifatida doim
Navoiyni hayratlantirib, zavqlantirib kelgan. Me’rojnoma boblar va me’rojnoma g‘azallar orqali
komillikka intilish g‘oyasini ilgari surgan. [3:4-5 bet]

REFERENCES

1.

Lutfiy A. Oydinliklar sari. - Toshkent, 2004-yil.

2.

Navoiy Alisher. Saddi Iskandariy. O‘zbek adabiyoti bo‘stoni. Toshkent, G‘afur
G‘ulom nomidagi nashriyot. 1991-yil.

3.

Navoiy Alisher. Lisson ut-tayr. O‘zbek adabiyoti bo‘stoni. Toshkent, G‘afur G‘ulom
nomidagi nashriyot. 1991-yil.

4.

Sog‘uniy A. Tarixi Muhammadiy. Toshkent, 2004-yil.

References

Lutfiy A. Oydinliklar sari. - Toshkent, 2004-yil.

Navoiy Alisher. Saddi Iskandariy. O‘zbek adabiyoti bo‘stoni. Toshkent, G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot. 1991-yil.

Navoiy Alisher. Lisson ut-tayr. O‘zbek adabiyoti bo‘stoni. Toshkent, G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot. 1991-yil.

Sog‘uniy A. Tarixi Muhammadiy. Toshkent, 2004-yil.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов