THE STUDY OF THE HISTORY OF THE GREAT SIAMESE OF BUKHARA

HAC
Google Scholar
f
191-196
0
1
To share
Saibnazarova, N. . (2023). THE STUDY OF THE HISTORY OF THE GREAT SIAMESE OF BUKHARA. Modern Science and Research, 2(10), 191–196. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/25937
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article contains information about the history of several siymos who lived and worked in Bukhara and their contributions to the development of the field of education and science.


background image


191

BUXOROLIK BUYUK SIYMOLAR TARIXINI O’RGANISH

Saibnazarova Nilufar Alijon qizi

Buxoro innovatsiyalar universiteti

Pedagogika nazariyasi yo’nalishi 2-bosqich magistri

https://doi.org/10.5281/zenodo.10197126

Anontatsiya.

Mazkur maqolada Buxoroda yashab ijod etgan bir nechta siymolar tarixi va

ularning ta’lim va fan sohasini rivojlantirishga qo’shgan hissalari to’g’risida ma’lumotlar keltirib

o’tilgan.

Kalit so’zlar:

Buxoro, siymo, tarix, ijod, mamlakat, ijtimoiy muhit, fan, rivojlanish,

Buxoriy, Ibn Sino, Narshaxiy.

THE STUDY OF THE HISTORY OF THE GREAT SIAMESE OF BUKHARA

Abstract.

This article contains information about the history of several siymos who lived

and worked in Bukhara and their contributions to the development of the field of education and

science.

Key words:

Bukhara, siymo, history, creativity, country, social environment, science,

development, Bukhari, Ibn Sina, Narshahi.

ИЗУЧЕНИЕ ИСТОРИИ ВЕЛИКИХ ФИГУР БУХАРЫ

Аннотация.

В этой статье представлена информация об истории нескольких

деятелей, живших и творивших в Бухаре, и их вкладе в развитие образования и науки.

Ключевые слова:

Бухара, фигура, история, творчество, страна, социальная среда,

наука, развитие, Бухари, Ибн Сина, наршахи.

Buxoriyning to’liq ismi Abu Abdullox Muxammad ibn Ismoil ibn Ibroxim ibn al-Mugira

ibn Bardazbex al-Juafiy al-Buxoriydir. U Buxoroda katta olim oilasida 810 yil 20 iyulda tug’ilgan.

Imom al-Buxoriy islom olamining yirik mutafakkiri, buyuk muxaddis. Muxaddislar

imomi, xadis ilmining sultoni deb xam yuritiladi. Otasi Ismoil o’z davrining yetuk

muxaddislaridan, Molik ibn Anasning shogirdi va yaqinlaridan biri bulib, tijorat ishlari bilan

shug‘ullangan. Onasi takvodor, diyonatli, oqila ayol edi. Otasi vafot etgach, uning tarbiyasi

volidasi zimmasiga tushgan. U 5-6 yoshdan islomiy ilmlarni, Muxammad (s.a.v.)ning xadislarini

o’rganishga va yodlashga kirishadi.

Taniqli muxaddislar al-Doxiliy Muxammad ibn Salom al-Paykandiy, Muxammad ibn

Yusuf al-Poykandiy, Abdullox ibn Muxammad al-Masnadiy va boshkalardan sabok olgan.

Azaldan muxaddislar safarga chiqishdan oldin o’z yurtidagi roviylardan birorta xam xadis


background image


192

qoldirmasdan yozib olgan bo’lishi va shundan keyingiga boshqa shaxar yoki mamlakatga safarga

otlanishi mumkin edi. Buxoriy 16 yoshga yetguncha, o’z yurtidagi mashoyixlardar xadis eshitib,

yozib olib, xalifalikning turli viloyatlari tomon yo’l oladi. 825 yil Buxoriyning onasi va akasi

Axmad Bilan Makkaga kelib, xaj ibodatini ado etadi. Onasi va akasini Buxoroga qaytarib, o’zi

Makkada qoladi. Bu yerda faoliyat ko’rsatayotgan mashoyixlarning ilmiy yig’inida qatnashadi.

827 yili Madinaga boradi. Madinadagi mashxur ulamolardan Ibroxim ibn al-Munzir, Mutrif ibn

Abdullox, Ibroxim ibn Xamza va boshqalar Bilan muloqotda bo’lib, ulardan xadislar bo’yicha

saboq oladi. Bu vaqtda Rasululloxning saxobalari, saxobalarning izdoshlari turli mamlakatga

tarqab ketgan edilar. Shunday sharoitda Muxammad (s.a.v.)ning xadislarini to’plash turli shaxar

va mamlakatlarga borishni takoqo qilar edi. Bir necha tarixchilarning ta’kidlashicha Buxoriy

Xijoz, Maka, Madina, Toif, Jiddaga qilgan rixlati 6 yil davom etgan. So’ng Basra, Kuva va

Bag’dodga safar qiladi. Shom va Misrga o’tadi. Bundan tashqari Xuroson, Marv, Balx, Xirot,

Nishopur, Ray, Jibol kabi shaxarlarda bo’lib, bu shaxarlardagi olimlardan saboq oldi va xadislar

to’pladi. Xorijiy yurtlardagi safardan keyin Buxoroga qaytgach, xadis ilmini targ’ib etishga

kirishadi. Ul zotning sa’yi harakatlari bu vaqtda Buxoroda xukmdorlik qilgan Xolid ibn Axmad

az-Zuxliyga xush kelmaydi. Shu sababli, Buxoriy Buxoroni tark etib, Poykentga, keyin esa

Samarkand yaqinidagi Xartang qishlog’iga kelib yashashga majbur bo’ladi va shu yerda vafot

etadi.

Buxoriy butun faoliyati davomida ilm kishilarini ma’naviy va moddiy jixatdan qo’llab-

quvvatlagan. Tijorat qilganda topgan daromadidan oyiga 500 dirxamdan faqiru miskinlarga ilm

toliblariga sarflagan. Shaxsiy xayotida ortiqcha dabdaba, sarf-xarajatlarga yo’l qo’ymagan.

Buxoriy 20 dan ortiq kitob tasnif etgan. Ulardan ayrimlari bizgacha yetib kelgan.

Buxoriyning «Al-jomiy as-saxix» «Ishonchli tuplam») deb nomlangan 4 jild (jus)dan iborat

xadislar to’plami islom olamidagi boshqa muxaddislar tuzgan xadis to’plamlari orasida eng

ishonarli va mukammalidir. Asar bir qancha xoriyjiy tillarga tarjima qilingan. Shu jumladan

o’zbek tiliga xam tarjima qilinib, 1991-1996 yillarda 4 jildda nashr etildi.

Abu Ali Ibn Sino Afshona qishlog’ida 990 yilda amaldor oilasida tug’ilgan. Ibn Sino

jaxon madaniyatiga katta hissa qo’shgan mashhur ensiklopedist olim. Tabiatshinos, faylasuf,

tilchi, shoir, huquqshunos, ahloqshunos astranomdir.

Ibn Sino asarlari 280 dan ortiqdir. Shulardan 40-dan ortig’i meditsinaga oid, 30 ga yaqini

turli tabbiy fanlarga, 180 ta risolasi falsafa, mantiq, ruxshunoslik, geologiya, etika va ijtimoiy

masalalarga, 3 risolasi musiqiy ilmga bag’ishlangan. Lekin bizga bu asarlarning 160 ga yaqini


background image


193

yetib kelgan. Asarlar orasidagi 18 jildli «Kitob uf-shifo» asarini falsafa bilimlar qomusi

desa bo’ladi.

O’rta Osiyo xalqlari madaniyatini o’rta asr sharojtida dunyo madaniyatining oldiigi

katoriga olib chiqqan buyuk mutafakkirlardan biri Abu Ali ibn Sino bo’lib, u Ovro’poda Avitsenva

nomi bilan mashhurdir.

Ibn Sino (asl ismi Husayn, otasining ismi Abdulloh) Buxoroning Afshona qishlog’ida

hijriy 370 (980) yilning safar oyida, amaldor oilasida tug’ildi. 986 yilda Ibn Sino oilasi Buxoroga

ko’chib keladi va shu vaqtdan boshlab yosh Husayn boshlang’ich ma’lumot olishga, ilm-fanni

o’rganishga kirishadi. Uning yoshligi, yigitlik chog’lari somoniylar hukmronligining so’nggi

yillariga, xususan Nuh II ibn Mansur Somoniy hukmronligi davri (976-997) ga to’g’ri keladi.

Ibn Sino asarlarining umumiy soni 450 dan oshadi, lekin bizgacha faqat 160 ga yaqin asari

etib kelgan, xolos. Ko’p risolalari shaharma-shahar ko’chib yurish, feodal urushlari, saroy

to’polonlari, turli falokatlar tufayli yo’qolib ketgan. Ko’p manbalarda Ibn Sino avvalo tabib

sifatida talqin etiladi, holbuki tabobat uning ilmiy sohalari orasida eng muhimlaridan biridir, xolos.

Ibn Sino asarlarining asosiy qismi Yaqin va O’rta Sharqning o’sha davr ilmiy tili hisoblangan arab

tilida, ba’zilari fors tilida yozilgan.

Abu Bakr Muhammad ibn Ja’far ibn Zakariyo ibn Xattob ibn Sharik Buxoro vohasining

Narshax qishlog’ida 899 yilda tavallud topgan va 959 yilda vafot etgan.

Abu Bakr Narshaxiy - Markaziy Osiyo tarixshunosligining durdonalaridan biri bo’lmish

Tarixi Buxoro deb shuhrat topgan nodir asarning muallifidir. U o’z asarini 943-944 yillarda arab

tilida yozgan va uni Somoniylar davlati hukmdori Abu Muhammad Nuh ibn Nasr ibn Ahmad ibn

Ismoil Somoniy (943-954)ga bag’ishlagan.

Narshaxiyning bu kitobida, asosan, Buxoro vohasining obod bo’lishi, ovchilik, baliqchilik

va dehqonchilikning kasb etilishi, Numijkat, Poykand, Afshona, Varaxsha, Romiton, Vardona

kabi qadimiy qishloqlarning barpo bo’lishidan tortib, to Buxoro shahrining qad ko’tarishigacha

bo’lgan muhim tarixiy voqyealar to’g’risida hikoya qilinadi. Kitobda Markaziy Osiyoda arab

xalifaligi hukmronligining o’rnatilishi, islom dinining tarqatilishi, otashparastlik va u bilan bog’liq

madaniy hayotning inqirozi, Muqanna Oq kiyimlilar harakati, Somoniylar davridagi davlat idorasi,

madaniy qurilishlar borasida turli-tuman qiziqarli ma’lumotlar keltirilgan. Unda Buxoroning

iqtisodiy-ijtimoiy va madaniy hayotiga, ayniqsa, pul munosabatlariga, xiroj yig’ish tizimiga oid

ma’lumotlar bor.

“Buxoro tarixi”da yer-suv munosabatlari haqida so’zlar ekan, Narshaxiy qadimgi

zamindorlarni “dehqonlar”, ya’ni “qishloq hokimlari”, ziroatchilarni “kashovarzlar”, ya’ni “yer


background image


194

haydovchi” “qo’shimchalar”, yirik yer egalariga qaram qishloq aholisini “kadivarlar” nomlari

bilan ataydi. VIII-X asrlarda Buxoroda hunarmandchilik nihoyatda rivojlangan bo’lib, har bir

qishloq o’z mahsuli bilan shuhrat topgan. Masalan, Zandana qishlog’ida to’qiladigan ipak va ip

matolar “zandaniycha” nomi bilan butun Sharqqa mashhur bo’lgan. Buxoro shahrining o’zida

“Bayt ut-tiroz” nomli to’qimachilik korxonasi bo’lib,

uning mahsulotlari Fors

, Kermon,

Hindiston, Iroq, Shom, Misr va Rum kabi o’lkalarga olib borilgan. Buxoro savdogarlari nihoyatda

boy tabaqa bo’lib, Narshaxiy ularni “kashkashon” deb ataydi. Savdo munosabatlari keng

yoyilganligi sababli Buxoro shahriga “Madinatut-tujjor”, ya’ni “Savdogarlar shahri” deb laqab

berilgan.

Kitobda Buxoro vohasini sug’oruvchi anhorlar, obod qishloqlar, rabotlar va ko’shklar

haqida ma’lumotlar bor. Butun voha VIII-XII asrlarda Karmana, Shopurkom, Harqonat ul-Ulyo,

Harqonrud, Ovxitfar, Somjon, Baykonrud, Farovizi Ulyo, Komi Daymun, Arvon, Kayfur, Rudi

Zar kabi sug’orish tarmoqlari orqali suv bilan ta’minlangan. Birgina Poykand shahri atrofida

mingdan ortiq rabot bo’lgan.

Buxoro vohasini tashqi hujumlardan mudofaa etish maqsadida uning barcha dehqonchilik

muzofotlari bir necha yuz farsaxga cho’zilgan mudofaa devori bilan o’rab olingan. Bu devor 782-

831 yillar mobaynida qurib bitkazilgan va u “Kampirak” nomi bilan mashhur bo’lgan.

Asarda Buxoro shahrining tarixiy topografiyasi to’g’risida ham qimmatli ma’lumotlar bor.

O’rta asrlarda Buxoro arkining “Dari Registon” va “Dari G’o’riyon” nomli ikki darvozasi bo’lgan.

Uning ichida “podshohlar, amirlarning turar joylari bo’lib, podshohlik devonlari va podshohlar

turadigan qasr qadimdan shu yerda joylashgan”. 850 yilda Buxoro shahri yangidan devor bilan

o’rab olingan. Uning yettita darvozasi bo’lgan. Buxoro qadim zamonlarda Numijkat, Bumiskat,

Foxira, Madinatus-sufriya, ya’ni “Mis shahar” nomlari bilan atalgan.

Xulosa shuki, Narshaxiyning “Buxoro tarixi” kitobi birgina Buxoro tarixini emas, balki

butun Markaziy Osiyo tarixini o’rganish uchun qimmatli tarixiy asardir.

Buxoro nomi dastlab IX asrda tarixchi Narshaxiy tomonidan zikr etilgan. Ko’plab

tarixchilar, tilshunoslarning fikriga ko’ra, Buxoro so’zi sanskritcha “vixara” so’zidan kelib

chiqqan bo’lib, “qal’a” degan ma’noni anglatar ekan. Qadimda shahar Numijkat va Faxira, deb

ham atalgan. Buxoro ilk o’rta asrlardan hunarmandchilik va savdo markazlaridan biri bo’lgan, bu

yerda tayyorlangan mahsulotlar Osiyo va Yevropa mamlakatlariga chiqarilgan. Arablar

Buxoroni “Madinat ut-Tujjor” (“Savdogarlar shahri”) yoki Madinat as-Sufriya (“Mis

shahar”) deb atagan. 1996 yil YuNESKO Buxoroni jahon madaniy merosi hisoblanuvchi shaharlar

safiga qo’shganligi va muhofazaga olganligini e’lon qildi.


background image


195

Ko’hna Buxoroni tarixchilar, sayohatchilar “she’riyat va afsonalar shahri” deb atagan.

Bu qo’hna shaharning har bir ko’chayu xiyoboni, bog’iyu maydoni, xullasi kalom har bir

go’shasida olis o’tmishning aks-sadosi, qoldirgan izi bor. Ko’kka bo’y cho’zgan minoralar,

obidayu qadamjolar, osoru antiqalar inson aql-zakovatini namoyish qiladi. Buxoro Sharqu G’arbda

“ochiq osmon ostidagi muzey, shavkatli tarixning jilvakor ko’zgusi degan faxrli nomni ham olgan

ekan.

Qadimiy Buxoroning Arkida nafaqat hukmdor amirlar, balki buyuk olimlar, shoiru

faylasuflar ham yashab, ijod qilib, avlodlarga bebaho meros qoldirgan. Buxoro madaniyati eng

yuksalgan o’rta asrlarda Arkda Rudakiy, Firdavsiy, Abu Ali Ibn Sino, Forobiy, Umar Xayyom

kabi buyuk zotlar yashagan. Masalan, Abu Ali ibn Sino bu haqda bunday yozadi: “...Bu yer

kutubxonasidan shunday kitoblarni topdim, ularni oldin ham, keyin ham hech qayerda ko’rmadim.

Ularni o’qib chiqdim va menga olam sirlari ayon bo’ldi...”.

O’zbekiston istiqlolga erishgach, ajdodlar qoldirgan boy madaniy merosni tiklash va

yanada rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi. Respublikamizda buyuk alloma va aziz

avliyolarimiz muqaddas qadamjolarini ta’mirlash va obodonlashtirish, ularning boy ilmiy-

madaniy merosini o’rganish borasida ulkan ishlar amalga oshirildi. Imom Buxoriy, Imom

Termiziy, Bahouddin Naqshband, Imom Moturidiy, Burhoniddin Marg’inoniy singari benazir

allomalarning muborak nomlari qayta tiklanib, ularning merosini o’rganishga e’tibor kuchaydi.

Masjidi Kalon, Shohi Zinda, Ko’kgumbaz kabi ko’plab masjid va madrasalar qayta ta’mirlandi.

Bu o’zgarishlar xalqaro jamoatchilik tomonidan e’tirof etilmoqda va yuqori

baholanmoqda.

REFERENCES

1.

Narshaxiy Buxoro tarixi.T.: “Kamalak”, 1991

2.

Shaxobiddin Muhammad an-Nasaviy. Siyrat as-sulton Jalol ag-Din Mengburni. T.:

“O’zbekiston”, 2006.

3.

Ganiyeva, M. (2023). INNOVATSION TA'LIM TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA,

O'QUVCHILARNI MANTIQIY FIKRLASHGA O'RGATISHNING, SHAKL, METOD

VA VOSITALARI. Scienceweb academic papers collection.

4.

Ganiyeva, M. (2023). BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARINI MATEMATIK

TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISHDA MURAKKAB MASALALARNING

AHAMIYATI. Scienceweb academic papers collection.


background image


196

5.

Ganiyeva, M. (2023). Bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining darslarda

o'quvchilarning mantiqiy fikrlarini o'stirish metodikasi. Toshkent davlat pedagogika

universiteti ilmiy habarlari.

6.

Ganiyeva, M. (2023). Mantiqiy tafakkurni rivojlantirishda TRIZ ning imkoniyatlari.

Scienceweb academic papers collection.

7.

Ganiyeva, M. (2023). BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARINI MANTIQIY

TAFAKKURINI

RIVOJLANTIRISHDA

DIDAKTIK

O'YINLARDAN

FOYDALANISHNING AHAMIYATI. TA'LIM FIDOYILARI.

8.

XUDOYQULOVA, S., & SAYDALIYEVA, M. (2023). The Role of Parental Psychology

in the Formation of a Particular Religious Beliefs in A Child. Eurasian Scientific

Herald, 21, 54-58.

9.

Saydaliyeva, M. (2023). PSYCHODIAGNOSTICS OF THE RELATIONSHIP

BETWEEN AGRESSIVENESS AND RELIGION IN ADOLESCENTS (IN MUSLIM

AND CHRISTIAN TEENAGERS). Modern Science and Research, 2(7), 802-808.

10.

XUDOYQULOVA, S., & SAYDALIYEVA, M. (2023). RELIGIOUS BELIEFS AS A

FACTOR OF PERSONAL PSYCHOLOGICAL AND PHYSIOLOGICAL HEALTH.

International Bulletin of Engineering and Technology, 3(10), 45-47.

11.

Nurqulova, G., & Saydaliyeva, M. (2023). PSYCHOLOGICAL METHODS OF

EDUCATION

AND

DEVELOPMENT

ACCORDING

TO

THE

CHILD'S

TEMPERAMENT. International Bulletin of Engineering and Technology, 3(10), 92-95.

12.

Muhiddinova, D., & Saydaliyeva, M. (2023). MANIFESTATION OF DESTRUCTIVE

RELIGIOUS BEHAVIOR IN PERSONAL CHARACTERISTICS. Modern Science and

Research, 2(6), 934-938.

References

Narshaxiy Buxoro tarixi.T.: “Kamalak”, 1991

Shaxobiddin Muhammad an-Nasaviy. Siyrat as-sulton Jalol ag-Din Mengburni. T.: “O’zbekiston”, 2006.

Ganiyeva, M. (2023). INNOVATSION TA'LIM TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA, O'QUVCHILARNI MANTIQIY FIKRLASHGA O'RGATISHNING, SHAKL, METOD VA VOSITALARI. Scienceweb academic papers collection.

Ganiyeva, M. (2023). BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARINI MATEMATIK TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISHDA MURAKKAB MASALALARNING AHAMIYATI. Scienceweb academic papers collection.

Ganiyeva, M. (2023). Bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining darslarda o'quvchilarning mantiqiy fikrlarini o'stirish metodikasi. Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy habarlari.

Ganiyeva, M. (2023). Mantiqiy tafakkurni rivojlantirishda TRIZ ning imkoniyatlari. Scienceweb academic papers collection.

Ganiyeva, M. (2023). BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARINI MANTIQIY TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISHDA DIDAKTIK O'YINLARDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI. TA'LIM FIDOYILARI.

XUDOYQULOVA, S., & SAYDALIYEVA, M. (2023). The Role of Parental Psychology in the Formation of a Particular Religious Beliefs in A Child. Eurasian Scientific Herald, 21, 54-58.

Saydaliyeva, M. (2023). PSYCHODIAGNOSTICS OF THE RELATIONSHIP BETWEEN AGRESSIVENESS AND RELIGION IN ADOLESCENTS (IN MUSLIM AND CHRISTIAN TEENAGERS). Modern Science and Research, 2(7), 802-808.

XUDOYQULOVA, S., & SAYDALIYEVA, M. (2023). RELIGIOUS BELIEFS AS A FACTOR OF PERSONAL PSYCHOLOGICAL AND PHYSIOLOGICAL HEALTH. International Bulletin of Engineering and Technology, 3(10), 45-47.

Nurqulova, G., & Saydaliyeva, M. (2023). PSYCHOLOGICAL METHODS OF EDUCATION AND DEVELOPMENT ACCORDING TO THE CHILD'S TEMPERAMENT. International Bulletin of Engineering and Technology, 3(10), 92-95.

Muhiddinova, D., & Saydaliyeva, M. (2023). MANIFESTATION OF DESTRUCTIVE RELIGIOUS BEHAVIOR IN PERSONAL CHARACTERISTICS. Modern Science and Research, 2(6), 934-938.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов