FORMING WAYS TO IMPROVE THE COOPERATION OF SOCIAL INSTITUTIONS AND EDUCATIONAL INSTITUTIONS IN EDUCATING YOUNG STUDENTS

HAC
Google Scholar
To share
Kurbanova, U. (2023). FORMING WAYS TO IMPROVE THE COOPERATION OF SOCIAL INSTITUTIONS AND EDUCATIONAL INSTITUTIONS IN EDUCATING YOUNG STUDENTS. Modern Science and Research, 2(10), 1013–1017. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/26399
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

The article focuses on the formation of ways to improve social institutions and educational institutions through the practical implementation of the tasks defined in the concept of "Family, Neighborhood, School Cooperation" in the education of the young generation, national and general human, which is the spiritual and moral basis of the development of society. The theories related to values, interrelationship and important directions of education were analyzed.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1013

OʻQUVCHI YOSHLARNI TARBIYALASHDA IJTIMOIY INSTITUTLAR VA

TA’LIM MUASSASALARI HAMKORLIGINING TAKOMILLASHTIRISH

YOʻLLARINI SHAKLLANTIRISH

Kurbanova Umida Kamolovna

Osiyo Xalqaro Universiteti

Padagogika psixologiya magistranti,

Buxoro shahar 7-IDUMning MMIBDO’.

https://doi.org/10.5281/zenodo.10251747

Annotatsiya.

Maqolada yosh avlodni tarbiyalashda "Oila, mahalla, maktab hamkorligi"

konsepsiyasida belgilangan vazifalarni amalda tatbiq etish orqali ijtimoiy institutlar va ta’lim
muassasalarining

takomillashtirish

yo’llarini

shakllantirishga

qaratilgan,

jamiyat

taraqqiyotining ma’naviy - axloqiy negizi bo'lgan milliy va umum insoniy qadriyatlar, tarbiyaning
o'zaro aloqasi hamda muhim yoʻnalishlariga oid nazariyalar tahlil qilingan.

Kalit sozlar:

Oila, ma’naviy kamolot, Yoshlar tarbiyasi, sog’lom muhit, mafkuraviy

tarbiya, aqliy imkoniyat. O’smir xulq-atvori.

FORMING WAYS TO IMPROVE THE COOPERATION OF SOCIAL

INSTITUTIONS AND EDUCATIONAL INSTITUTIONS IN EDUCATING YOUNG

STUDENTS

Abstract.

The article focuses on the formation of ways to improve social institutions and

educational institutions through the practical implementation of the tasks defined in the concept
of "Family, Neighborhood, School Cooperation" in the education of the young generation,
national and general human, which is the spiritual and moral basis of the development of society.
The theories related to values, interrelationship and important directions of education were
analyzed.

Key words:

Family, spiritual maturity, youth education, healthy environment, ideological

education, mental capacity. Adolescent behavior.

ФОРМИРОВАНИЕ ПУТЕЙ СОВЕРШЕНСТВОВАНИЯ СОТРУДНИЧЕСТВА

СОЦИАЛЬНЫХ УЧРЕЖДЕНИЙ И ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ УЧРЕЖДЕНИЙ В

ВОСПИТАНИИ УЧАЩЕЙСЯ МОЛОДЕЖИ

Аннотация.

В статье речь идет о формировании путей совершенствования

социальных институтов и образовательных учреждений через практическую реализацию
задач, определенных в концепции «Семья, соседство, школьное сотрудничество», в
воспитании молодого поколения, национального и общечеловеческого, что является
духовно-нравственной основой развития общества. Проанализированы теории, связанные
с ценностями, взаимосвязью и важными направлениями образования.

Ключевые слова:

Семья, духовная зрелость, воспитание молодежи, здоровая

окружающая среда, идеологическое воспитание, умственные способности. Подростковое
поведение.

Hozirgi kunda "Oila, mahalla, ta‘lim muassasalari" hamkorligi oilalardagi axloqiy muhitni

yaxshilab, ularda tarbiyalanayotgan farzandlarni zamon talablari asosida hamda milliy qadriyatlar
ruhida tarbiyalashda muhim rol sanalmoqda. Inson bolasi uchun oila asosiy go‘sha, hayotga tayyor


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1014

bo‘lib chiqadigan qutlug’ va mo‘tabar dargoh. Uning xosiyati fazilatlarini, odam jismonan va
ruhan quvvat-u tarbiya olishini oila bilan bog’lasak, turmush kechirishdagi hissasi juda ham ulug’
ekanini his qilamiz. Oila -jamiyatning bir bo‘lagi hisoblanib, u qancha mustahkam va har
tomonlama barkamol bo‘lar ekan jamiya ham tez rivojlanadi.

Yana bir narsani unutmasligimiz kerak tarbiyada har bir bolaning xulqiga, temperamentiga

qarab munosabat, muomala qilishimiz lozim. Albatta, bunda bolaning yoshi, jinsi, aqli,

farosati, xullas, hammasini hisobga olish darkor. U hali bola degan fikrni unutib, bola boshidan
degan fikr bilan tarbiyalanib borishi kerak. Tarbiya jarayonida mayda detal degan narsa
bo‘lmasligi kerak, chunki u o‘z o‘rnida g’oyat muhim bo‘lishi mumkin."Bolani faqat u bilan
gaplashganda, nasihat qilganda yoki unga biror narsa buyurgandagina tarbiyalayman deb
o‘ylamang. Siz bolani turmushingizning har bir lahzasida, hattoki o‘zingiz uyda yo‘qligingizda
ham tarbiyalaysiz. Sizning qanday kiyinishingizni, boshqalar bilan va boshqalar haqida qanday
gaplashishingizni, xursand bo‘lishingiz yoki tashvishlanishingiz, do‘st va dushmaningiz bilan
qanday muomala qilishingiz gazeta o‘qishingiz bularning hammasi bola uchun katta ahamiyatga
ega" degan edi tarbiyashunos olim.

Haqiqatdan ham inson farzandida shunday bir narsa borki, u oilada olgan tarbiyasini bir

umr unutmaydi va doim o'sha ishga taqlid qilib yashaydi. Dono xalqimizda bir maqol bor "Qush
uyasida ko‘rganini qiladi". Shunday ekan farzandlarimizga yoshligidan katta e’tibor berishimiz
lozim. Agar oilada muhit yaxshi bo‘lmasa ya’ni ota -ona farzandlariga befarq bo‘lib va har doim
janjallar sodir bo‘laversa bu bolaning tarbiyasiga, rivojlanishiga qattiq ta‘sir ko‘rsatadi. Chunki
oila farzandning dastlabki tarbiya maktabidir.

Afsuski, oramizda shunday ota-onalar ham uchraydiki, bolaning hamma talab -

ehtiyojlariga haddan tashqari e‘tiborli bo‘lib, barcha o‘jarliklarini ko‘taradilar. Natijada bola
kelajakda yomon xulqli, jamiyatga zarari tegadigan inson bo‘lib qoladi. Ana shunday muammolar
kelib chiqmaslikning oldini olish uchun biz bo‘lajak yosh avlodga to‘g’ri tarbiya berib, ularga
adolatlilik, to‘g’ri so‘zlilik, haqqoniylik va hurmat-izzatni o‘rgatishimiz lozim. Xulosa qilib
aytganda, yosh avlodni tarbiyalashda asosiy ta’lim-tarbiya o‘chog’i bu maktabdir. Maktabga
har xil oiladan turli xil xulq-atvordagi o‘g’il -qizlar kelishadi. Bularda maktabning qonun va
qoidalariga ko‘nikma hosil qilish, jamoa bilan birga bo‘lish odatini shakllantirish juda qiyin
hisoblanadi. Ana shu narsa oila bilan maktab hamkorlikda o‘tkazsa bolalar xulqidagi salbiy
xususiyatlarni bamaslahat hal qilishsa, tarbiyasi yomon o‘quvchi bo‘lmaydi. Biz bilamizki hamma
narsa mahalladan boshlanadi.

Yoshlar tarbiyasi ular ma’naviy kamolotining samarali yo‘llaridan biri davlat huquq-

targ‘ibot organlari, xalq ta’lim tizimi hamda mahallalarning jamoat tashkilotlarining yaqin
hamkorligidir. Bo‘lg’usi kelajakda, jamiyatimizda komil insonni tarbiyalashga har bir oila,
mahallaning ahamiyati katta. Yoshlarni avlodni yaxshi xulqli, davlat ramzlariga sadoqatli
qilib tarbiyalashda ularning yosh jihatlariga, xarakteriga alohida ahamiyat berish kerak, chunki
bularsiz tarbiyada maqsadga erishib bo‘lmaydi. Yosh avlodni tarbiyalashda "Oila, mahalla,
maktab hamkorligi" konsepsiyasi jarayonida ularning har birining vazifalari bor. Masalan:

-avvalambor oilada sog’lom muhitni rivojlantirish , bir -birlariga g’amxo‘r bo‘lish;
-farzandlarga dunyoviy bilimlar berish, ma’naviyatli inson bo‘lib yetishish;
-bolalarni mustaqil fikrlashga o'rgatish va vatanga muhabbat tuyg‘usini shakllantirish;


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1015

-bolalarning bo'sh vaqtlarida qo'shimcha ta‘lim berish;-mahalla faollari bilan bolalarning

ta'lim-tarbiyasiga oid majlislar o'tkazib, muammolarni hal etish;

-mahalla tomonidan o'quvchilarga ko‘rik-tanlovlar, bayram, sport musobaqalarini

o'tkazish.

A. Avloniyning: "Tarbiya biz uchun yo hayot, yo mamot, yo najot, yo halokat, yo saodat,

yo falokat masalasidir" iborasi oila, maktab, mahalla tamoyiliga aylanishiga erishildi.

1

Hozirgi

kunda bolalarning tarbiyasiga mahalla, jamoatchilik juda katta yordam ko‘rsatmoqda.
Jamoatchilikda yosh bolalarni tadbiq etish, sinfdan tashqari ishlar, tashkilotchilik bilan
shug‘ullantirish maqsadga muvofiq. Mahallaning yana foydali tomoni bu o'quvchilarni darsdan
tashqari vaqtlarida tarbiyasi qiyin bo‘lgan o‘smirlarni tarbiyalash va bolalar bilan yashash
joylarida sport va madaniy ishlar olib borishdir.

Ta’lim bo‘lmasa agar kelajagimiz boy beriladi. Shuni aytishim mumkinki, kelajak

yoshlarimiz har tomonlama yetuk, barkamol bo‘lishi uchun tarbiyaga e’tibor qaratishimiz
lozim.Tarbiya jarayonini raqamlar orqali ifodalasak, tarbiyani 1 chi o'ringa qo'yib uni 1 raqami
qilib tanlab olaylik, endi uni ortiga qancha ko‘p nol qo‘ysak u son shunchalik kattalashadi
ya'ni insonning yaxshi hislatlari ortib boradi, lekin birgina bir raqamini olib tashlash bu
sonning qiymatini butunlay o‘zgartirib 0 qilib ma’no anglatmay qo‘yadi. Bundan ko‘rinib
turibdiki tarbiyasiz inson hech kimga aylanib qolgandik go‘yo. Demak, insonni inson qilib
turadigan, uning libosi bu tarbiyadir. Prezidentimiz amalga oshirilayotgan hech kimdan kam
bo‘lmagan, yuksak ma’naviyatli avlodni voyaga yetkazish yo‘lidagi keng ko‘lamli ishlarda oila,
mahalla va ta’lim muassasalari hamkorligining ahamiyati kattadir. Ta‘lim va tarbiyaning
uyg’unlikda olib borilishi mustaqil fikrli, barkamol yoshlarni ulg’aytirishda asosiy omil bo‘lib
xizmat qiladi.

Huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurish yoʻlini

tanlagan mamlakatimizda oila

, mahalla

va ta’lim muassasasi hamkorligi va unda shaxs tarbiyasiga katta ta’sir koʻrsatuvchi milliy
qadriyatlar yil sayin qadr topib, nufuzi oshib bormoqda. Buning asosiy sababi davlatimiz
tomonidan ijtimoiy institutlarga har tomonlama e’tibor qaratilayotgan boʻlsa, ikkinchi tomondan
mustaqillik bergan imkoniyat tufayli qo'lga kiritilgan milliy qadriyatlarning qayta
tiklanayotganligidir. Shu ma'noda olib qaralganda, ijtimoiy inostitutlar va uning muammolari
boʻyicha ilmiy asoslangan tadqiqotlarning yuzaga kelishi dolzarb ahamiyatga molik bo'lib
qolaveradi.

Tarbiya jarayoni ishtirokchilari sa'yi harakatlarini birlashtirish maqsadida 1993 yilda ishlab

chiqilgan “Oila, mahalla va ta'lim muassasasi hamkorligi” Kontseptsiyasi yoshlarni istiqlol
g’oyalariga sadoqatli, ma’naviy barkamol, vatanparvar qilib tarbiyalashda keng jamoatchilik
faoliyatini muvofiqlashtirish borasida dasturulamal bo'ldi. “Oila, mahalla, ta’lim muassasasi
hamkorligi” Kontseptsiyasining asosiy maqsadi yosh avlodni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda
oʻzbek xalqining boy milliy, madaniy, tarixiy an’analari, urf-odatlari va umumbashariy
qadriyatlarga asoslangan samarali, zamonaviy pedagogik texnologiyaning

ishlab chiqilib

,

amaliyotga joriy etish, shaxsni tarbiyalash va uni har tomonlama kamol toptirishning ustuvorligini
ta’minlash, ota-onalar, pedagoglar va mahalla faollarining umumiy hamda milliy pedagogik

1

Abdulla Avloniy. Tanlangan asarlar.1-jild. Toshkent:”Ma’naviyat”2006y. 14-bet


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1016

madaniyatni oshirish, respublika fuqarolari orasida milliy mafkuraviy tarbiya ishlarini
takomillashtirishdan iboratdir.





















Kontseptsiyada jamiyat taraqqiyotining ma’naviy-axloqiy negizi bo'lgan milliy va

umuman insoniy qadriyatlar, milliy va umuminsoniy tarbiyaning o'zaro aloqasi hamda muhim
yoʻnalishlari belgilab olingan. Chunonchi, mahalla, oila va ta'lim muassasasi hamkorligida milliy
tarbiya yo'nalishda yoshlarning o'zlikni anglash, vatanparvarlik, milliy g'urur, millatlararo

muloqot

madaniyati

, milliy mafkuraviy onglilik, milliy odob, fidoyilik kabi fazilatlarni oʻzlashtira olishlari

zarurligi koʻrsatilgan bo'lsa, umuminsoniy yoʻnalishda hamkorlikdagi pedagogik faoliyatning
huquq, iqtisodiy, jismoniy, aqliy, estetik, ekologik, gigienik va boshqa tarbiya sohalarini qamrab
olishi muhim ekanligiga e’tibor qaratilgan.

Kontseptsiyada

yoshlarni tarbiyalashda oila

, mahalla va ta'lim muassasasi hamkorligiga

erishish muayyan bosqichlarda amalga oshirilishi ko'rsatilgan. Ular quyidagilardir:

1.bosqich. Yosh ota-onalarga farzand va uning tarbiyasi haqida falsafiy, tibbiy

tushunchalarni berish va bu masalalarga tibbiyot xodimlari, obroʻli xotin-qizlarni, ota- onalarni
jalb qilib, “Yosh onalar va otalar maktablari” faoliyatini yo'lga qo'yish muhim ahamiyat kasb etadi.

2.bosqich. Farzandning maktabgacha bo'lgan davridagi jismoniy, aqliy va ma'naviy

rivojlanishini ta'minlash

borasida ularga rasm chizish

, voqealarni bayon qilish, oʻziga oʻzi xizmat

qilish, harf tanish, qoʻshiq aytish va raqs tushish, turli o'yinlarda ongli qatnashish tushunchalarini

Oila, mahalla va

ta'lim muassasasi

hamkorligida

quyidagi tamoyillar

asosida yo'lga

qo'yiladi:

Ta'lim va tarbiya

sohasida hamkorlik

jarayoni

ishtirokchilari

harakatlarining ish

birligi.

Tarbiyalanuvchiga

hurmat va

talabning

uyg'unligi

Faoliyat

jarayonida millat

va davlat

manfaatlari

ustuvorligi

Hamkorlikning

ilmiy

asoslanganligi

Hamkorlik

jarayoni

sub'ektlarining

teng

huquqliligi

va yuksak

mas'uliyati


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1017

singdirish va mustaqil ravishda bilim olish ko'nikmalarini shakllantirish yuzasidan maktabga
tayyorlash guruhlari, “Yakshanbalik maktablar” ishini tashkil qilish.

3.bosqich. Kichik yoshdagi (6-11 yosh) maktab davrida bolalarning jismoniy, ma’naviy va

ijtimoiy shakllanishini ta’minlash,

uning ilk iqtidori

, qiziqishi va aqliy imkoniyatlarini aniqlash,

oʻz xatgi-harakatlariga javobgarlik hissini tarbiyalash, boʻsh vaqtini toʻg’ri tashkil qilishni
oʻrgatish, atrof-muhitga ongli munosabatda boʻlib, doʻstlik, baynalmilallik, vatanparvarlik
xislatlarini shakllantirish.

4-bosqich. Oʻsmirlarning (11-16 yosh) qiziqishini, bilimga chanqoqlik va akl zakovatini

hisobga olgan holda ijtimoiy faoliyatga tortish, jismonan baquvvat bo'lishini ta'minlash, maishiy
mehnat faoliyati orqali turli kasblarga yoʻnaltirish, oʻsmirlar guruhlari va jamoatchilik orasida oʻz
oʻrnini topa olishiga koʻmaklashish, o'z xatti-harakatlari uchun jamiyat, qonun va ota-onalari
oldida javobgarlik tuyg'usini

shakllantirish

, ijtimoiy faolligi va mustaqil dunyoqarashini yuzaga

keltirish.

5-bosqich. Yoshlarni (16 yosh va undan yuqori) dunyo andozalariga mos bilim olishlari,

kasb tanlashlari, mustaqil hayotga tayyorgarliqlarini ta’minlash. Ularning imkoniyatlari darajasida
ta'lim olishlariga, tanlagan kasblari bo'yicha ish bilan ta’minlanishlariga, iqtisodiy mustaqil
boʻlishlariga shart-sharoit yaratish. Vatan, Davlat va jamiyat oldidagi fuqarolik burchlarini ado
etishga javobgarlik hissini to'la shakllantirish, mustaqil oila qurishga tayyorlash.

Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, Yoshlar tarbiyasi ular ma’naviy kamolotining samarali

yo‘llaridan biri davlat huquq-targ‘ibot organlari, xalq ta’lim tizimi hamda mahallalarning jamoat
tashkilotlarining yaqin hamkorligidir. Bo‘lg’usi kelajakda, jamiyatimizda komil insonni
tarbiyalashga har bir oila, mahallaning ahamiyati katta. Yoshlarni avlodni yaxshi xulqli, davlat
ramzlariga sadoqatli qilib tarbiyalashda ularning yosh jihatlariga, xarakteriga alohida ahamiyat
berish kerak, chunki bularsiz tarbiyada maqsadga erishib bo‘lmaydi.

References

REFERENCES

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов