PECULIARITIES OF WAYS TO IMPROVE THE COOPERATION OF SOCIAL INSTITUTIONS AND EDUCATIONAL INSTITUTIONS IN EDUCATING YOUNG STUDENTS.

HAC
Google Scholar
To share
Kurbanova , U. (2023). PECULIARITIES OF WAYS TO IMPROVE THE COOPERATION OF SOCIAL INSTITUTIONS AND EDUCATIONAL INSTITUTIONS IN EDUCATING YOUNG STUDENTS. Modern Science and Research, 2(12), 28–31. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/26502
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

In this thesis, the meaningful organization of students' free time in the education of young students in the society, a positive approach to the child's psyche in the family, ways to further strengthen the ways of cooperation based on the concept of family-neighborhood-school cooperation, and ways to increase their responsibility are highlighted.


background image


28

OʻQUVCHI YOSHLARNI TARBIYALASHDA IJTIMOIY INSTITUTLAR VA TA’LIM

MUASSASALARI HAMKORLIGINING TAKOMILLASHTIRISH YOʻLLARINING

OʻZIGA XOS XUSUSIYATLARI.

Kurbanova Umida Kamolovna

Osiyo Xalqaro Universiteti magistranti

Buxoro shahar 7-IDUMning MMIBDO’.

https://dоi.оrg/10.5281/zenodo.10279787

Annotatsiya.

Ushbu tezisda jamiyatda o’quvchi yoshlarni tarbiyalashda o’quvchilarning

bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, oilada bolaning ruhiyatiga pozitiv yondoshish, Oila

mahalla maktab hamkorligi konsepsiyasi asosida hamkorlik yo’llarini yanada kuchaytirish,

ularning mas’ulligini oshirish yo’llari yoritilgan.

Kalit so’zlar:

Oila, mahalla, Ta’lim muassasasi, konsepsiya, bola, vatanparvarlik, ota-

ona, mardlik, mehr-muhabbat.

PECULIARITIES OF WAYS TO IMPROVE THE COOPERATION OF SOCIAL

INSTITUTIONS AND EDUCATIONAL INSTITUTIONS IN EDUCATING YOUNG

STUDENTS.

Abstract

. In this thesis, the meaningful organization of students' free time in the education

of young students in the society, a positive approach to the child's psyche in the family, ways to

further strengthen the ways of cooperation based on the concept of family-neighborhood-school

cooperation, and ways to increase their responsibility are highlighted.

Keywords

: Family, neighborhood, Educational institution, concept, child, patriotism,

parents, courage, love.

ОСОБЕННОСТИ ПУТЕЙ СОВЕРШЕНСТВОВАНИЯ СОТРУДНИЧЕСТВА

СОЦИАЛЬНЫХ УЧРЕЖДЕНИЙ И ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ УЧРЕЖДЕНИЙ В

ВОСПИТАНИИ СТУДЕНЧЕСКОЙ МОЛОДЕЖИ.

Аннотация.

В данной статье освещены пути содержательной организации досуга

учащихся в воспитании учащейся молодежи в обществе, позитивного подхода к психике

ребенка в семье, дальнейшего укрепления сотрудничества на основе концепции семейно-

соседского школьного сотрудничества, повышения их ответственности.

Ключевые слова

: Семья, соседство, учебное заведение, зачатие, Ребенок,

патриотизм, воспитание, отвага, привязанность.


background image


29

Mamlakatimizda oilalarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ayniqsa, yosh oilalar uchun

qulay turmush sharoitini yaratish borasida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli ishlar ana shu ezgu

maqsadga xizmat qilmoqda.

Yosh avlodga tarbiya berishdek murakkab vazifani hal etishda inaktab juda katta ahamiyat

kasb etadi. Ayni shu joyda yoshlarirniz ijtimoiy jamiyat va ilmiy texnika taraqqiyoti talablariga

javob bera oladigan mukammal ma’lumotlami oladilar. Maktab yoshlaming dunyoqarashlariga

poydevor hamda g’oyaviy e’tiqodlari uchun negiz yaratadi, ulaming irodalarini shakllantiradi,

xalqimiz baxt- saodati yo‘lida sidqidildan mehnat qilishga tayyorlaydi.

O‘quvchilarga tarbiya berish ularga ta’lim berish bilan mustahkam va yaxlit birlikda

amalga oshiriladi. Ammo, tarbiyaning o‘z vazifasi, mazmuni, shakl hamda uslublari bor. O‘quv-

tarbiyaviy jarayonning uzviyligi maktab oldiga qo’yilgan eng muhim pedagogik qoidalardan biri

hisoblanadi, shuning uchun ham sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar bevosita o‘quv

jarayoni bilan bog'langandir. Darsdan tashqari mashg‘ulotlar o‘quvchilarda asosiy vazifalari

bodmish ilm olishga ishtiyoq uyg‘otish, qobiliyati va iste’dodlarini ro‘yobga chiqarishga

imkoniyat yaratishdan, maktabni muvaffaqiyatli tugatish, kasb-korga intilish hissini

tarbiyalashdan iboratdir. Yoshlaming kundalik ehtiyojlari, intilish- lari. talab va qiziqishlarini

faqat dars jarayoni bilan qondirib bo‘lmaydi. Sinfdan va maktabdan tashqari mashg‘ulotlar o‘quv-

chilar faoliyatining barcha qirralarini qamrab olmog‘i lozim. Har bir o‘quvchi bilan yakkama-

yakka ishlash, uni ijtimoiy-ruhiy jihatdan o‘rganish sinf faoliyatiga yangicha mazmun olib kiradi.

Yoshlaming g’oyaviy-siyosiy ongini shakllantirish, ularda atrof-muhitga, jamiyatga ongli

munosabatda bo‘lish, jonajon Vatanini cheksiz sadoqat bilan sevish, xalqimizning milliy

qadriyatlarini e’zozlash hissini tarkib toptirish - vatanparvarlik tarbiyasining mag‘zi bo'lmog‘i

lozim

1

. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-iyundagi “O‘zbekiston

Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi huzurida “Mahalla va oila” ilmiy-

tadqiqot instituti faoliyatini tashkil etish to‘g’risida”gi 367-qarori asosida mamlakatimizda

“Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot institute tashkil qilindi. Mazkur qarorda mahalla va oila

institutlarini mustahkamlash sohasidagi ustuvor yo‘nalishlarni shakllantirishda ishtirok etish,

mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash sohasidagi dolzarb muammolarga bag‘ishlangan ilmiy,

ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar tashkil etish vazifalari belgilab berildi. Shunga ko‘ra,

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 78-F-sonli farmoyishi asosida Respublika

1

. R. Mavlonova, B. Normurodova, N. Rahmonqulova “Tarbiyaviy ishlar metodikasi” o’quv qo’llanma “Tib-kitob” nashriyoti

Toshkent 2010 yil (3-bet)


background image


30

miqyosida oʻtkaziladigan ilmiy-texnik tadbirlar rejasiga binoan “Mahalla va oila” ilmiytadqiqot

institutida 2021-yil 30-sentabr kuni “Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va

umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy

anjumani o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2021-yil 19-yanvar

kuni ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish, bu borada davlat va jamoat

tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirish masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor

yig‘ilishida:

“Agar jamiyat

hayotining tanasi iqtisodiyot bo‘lsa, uning joni va ruhi

ma’naviyatdir. Biz yangi O‘zbekistonni barpo

etishga qaror qilgan ekanmiz, ikkita

mustahkam ustunga tayanamiz. Birinchisi – bozor tamoyillariga asoslangan kuchli

iqtisodiyot. Ikkinchisi – ajdodlarimizning boy merosi va milliy qadriyatlarga asoslangan

kuchli ma’naviyat”,

– deb e’tirof etdilar.

Tarbiya — shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy, maʼnaviy sifatlarni shakllantirishga

qaratilgan amaliy pedagogik jarayon; insonning jamiyatda yashashi uchun zarur boʻlgan

xususiyatlarga ega boʻlishini taʼminlash yoʻlida koʻriladigan chora tadbirlar yigindisi. Tarbiya

insonning insonligini taʼminlaydigan eng qadimiy va abadiy qadriyatdir. Tarbiyasiz alohida odam

ham, kishilik jamiyati ham mavjud boʻla olmaydi. Chunki odam va jamiyatning mavjudligini

taʼminlaydigan qadriyatlar Tarbiya tufayligina bir avloddan boshqasiga oʻtadi.

Pedagogik adabiyotlarda "Tarbiya" atamasi keng va tor maʼnolarda ishlatiladi. Keng

maʼnoda Tarbiya inson shaxsini shakllantirishga, uning jamiyat ishlab chiqarishi va ijtimoiy,

madaniy, maʼrifiy hayotida faol ishtirokini taʼminlashga qaratilgan barcha taʼsirlar, tadbirlar,

harakatlar, intilishlar yig'indisini anglatadi. Bunday tushunishda tarbiya faqat oila, maktab, bolalar

va yoshlar tashkilotlarida olib boriladigan tarbiyaviy ishlarni emas, balki butun ijtimoiy tuzum,

uning yetakchi g’oyalari, adabiyot, sanʼat, kino, radio, televideniye va boshqalarni ham oʻz ichiga

oladi. Shuningdek, keng maʼnodagi tarbiya tushunchasi ichiga taʼlim va maʼlumot olish ham

kiradi.

Tor maʼnoda Tarbiya shaxsning jismoniy rivoji, dunyoqarashi, maʼnaviy-axloqiy qiyofasi,

estetik didining oʻstirilishiga yoʻnaltirilgan pedagogik faoliyatni anglatadi. Buni oila, tarbiyaviy

muassasalar hamda jamoat tashkilotlari amalga oshiradi. Taʼlim va maʼlumot olish tor maʼnodagi

tarbiya ichiga kirmaydi. Lekin har qanday tarrbiya taʼlim bilan chambarchas bogʻliq holdagina

mavjud boʻladi. Chunki taʼlim va maʼlumot olish jarayonida shaxsning faqat bilimi koʻpayibgina

qolmay, balki axloqiy-maʼnaviy sifatlarning qaror topishi ham tezlashadi.


background image


31

Tarbiya har qanday jamiyat va har qanday mamlakat hayotida hal qiluvchi ahamiyat kasb

etadi. Yosh avlodning, umuman, jamiyat aʼzolarining tarbiyasi bilan yetarlicha shugʻullanmagan

mamlakat turgʻunlik va inqirozga mahkumdir. Negaki, oʻsishi va rivojlanishi uchun har qanday

jamiyatda ham moddiy va maʼnaviy boyliklar ishlab chiqarish toʻxtovsiz ravishda yuksalib borishi

lozim. Buning uchun yosh avlod moddiy va maʼnaviy boyliklar yetishtirishni ajdodlari darajasida,

ulardan ham yaxshiroq ishlab chiqara bilishlari kerak. Yosh avlodda ana shunday moddiy va

maʼnaviy qobiliyatlarni shakllantira bilish uchun esa jamiyat uzluksiz ravishda samarali faoliyat

koʻrsatadigan tarbiyaviy intizomlar tizimiga ega boʻlishi lozim

2

.

Tarbiya jamiyat taraqqiyotining turli davrlarida turlicha izohlab kelingan. Shoʻro zamonida

hukmron kommunistik mafkura Tarbiyaga sinfiy va partiyaviy hodisa sifatida yondashishni talab

etgan. Shuning uchun ham sinfiy jamiyatda tarbiya faqat sinfiy xususiyatga ega boʻladi va turli

sinflarning tarbiyasi bir-biriga qarama-qarshi turadi degan qarash qaror topgan. Holbuki, dunyo

ilmi, ayniqsa, Sharq tarbiyashunosligi va oʻzbek xalq pedagogikasi tajribasi tarbiyaning sinfiy

koʻrinishga ega emasligini isbot etdi. Shuningdek, kommunistik mafkura tazyiqi tufayli Tarbiyada

ijtimoiy muassasalarning oʻrniga ortiqcha baho berildi, bu jarayonda irsiy va biologik xususiyatlar

deyarli xisobga olinmadi.

REFERENCES

1.

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. 2023y

2.

2022-2027 yillarga mo’ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqiyot strategiyasi

to’g’risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 28.01.2022 yildagi PF-60-

son // http://www.lex.uz

3.

Asqarov M, Xaytboyev M, Nishonov M. Pedagogika. Dars. T.׃Talqin, 2008.-289 bet

4.

Mavlonova R. Pedagogika. -T.: 2002.- 80 str.

5.

Pirmuxamedova M. Pedagogik mahorat asoslari.- T.: 2001.

6.

Raximov B. H va boshqalar. Pedagogika. O’quv uslubiy qo’llan. GulDU. 2008

7.

Sayidaxmedov N.S. Pedagogik mahorat va pedagogik texnologiya. – T., 2012.O’zMU

8.

”Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish

masalalari” “Mahalla va oila nashriyoti” Toshkent 2021 yil, 47-bet

2

R.A.Mavlonova, B.Normurodova. “Tarbiyaviy ishlar metodikasi”. –T., 2007 yil.

References

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. 2023y

2022-2027 yillarga mo’ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqiyot strategiyasi to’g’risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 28.01.2022 yildagi PF-60-son // http://www.lex.uz

Asqarov M, Xaytboyev M, Nishonov M. Pedagogika. Dars. T.׃Talqin, 2008.-289 bet

Mavlonova R. Pedagogika. -T.: 2002.- 80 str.

Pirmuxamedova M. Pedagogik mahorat asoslari.- T.: 2001.

Raximov B. H va boshqalar. Pedagogika. O’quv uslubiy qo’llan. GulDU. 2008

Sayidaxmedov N.S. Pedagogik mahorat va pedagogik texnologiya. – T., 2012.O’zMU

”Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari” “Mahalla va oila nashriyoti” Toshkent 2021 yil, 47-bet

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов