UZBEKISTAN IS A SOCIAL STATE.

HAC
Google Scholar
To share
Abdubannoyeva , Q. (2023). UZBEKISTAN IS A SOCIAL STATE. Modern Science and Research, 2(12), 138–141. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/26472
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article will talk about the concept of a social state, the views of our thinker scientists and president on the social state and the constitutional foundations of the New Uzbekistan as a social state.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

138

O‘ZBEKISTON – IJTIMOIY DAVLAT.

Abdubannoyeva Qizlarxon Toxirjon qizi

Farg‘ona viloyati yuridik texnikumi “Sud-huquqiy faoliyat” yo‘nalishi

2-bosqich 24-22-guruh o‘quvchisi

Telefon: +998908536212

abbubannoyevaq@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.10278025

Annotatsiya.

Ushbu maqolada ijtimoiy davlat tushunchasi, mutafakkir olimlarimiz va

prezidentimizning ijtimoiy davlat haqidagi qarashlari hamda Yangi O‘zbekistonning ijtimoiy
davlat sifatidagi konstitutsiyaviy asoslari

xususida so‘z yuritiladi.

Kalit so‘zlar:

Konstitutsiya, ijtimoiy davlat, maʼnaviy-axloqiy qadriyatlar va insonning

tabiiy huquqlari, Abu Nasr, Alisher Navoiy, kambag‘allikni qisqartitish, sog‘liqni saqlash, aholi
bandligini ta’minlash.

UZBEKISTAN IS A SOCIAL STATE.

Abstract.

This article will talk about the concept of a social state, the views of our thinker

scientists and president on the social state and the constitutional foundations of the New
Uzbekistan as a social state.

Key concepts:

Constitution, social state, spiritual and moral values and natural human

rights, Abu Nasr, Alisher Navoi, poverty reduction, health care, employment of the population.

УЗБЕКИСТАН – СОЦИАЛЬНОЕ ГОСУДАРСТВО.

Аннотация.

В этой статье рассматриваются концепция социального

государства, взгляды наших ученых-мыслителей и президента на социальное государство,
а также конституционные основы нового Узбекистана как социального государства.

Ключевые понятия:

Конституция, социальное государство, духовно-

нравственные ценности и естественные права человека, Абу Наср, Алишер Навои,
сокращение бедности, здравоохранение, обеспечение занятости населения.

Har bir davlat o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘lini tanlar ekan, xalq farovonligini taʼminlashga

xizmat qiladigan eng muhim maqsad va vazifalarini o‘zining Konstitutsiyasi – Asosiy qonunida
mustahkamlab oladi. Binobarin, o‘z xalqining xohish-irodasi, dili va tilidagi ezgu niyatlariga
hamohang Konstitutsiyaga ega bo‘lgan mamlakat o‘zi belgilagan yuksak marralardan hech qachon
og‘ishmasdan, doimo oldinga qarab boradi

1

,- degan edi Yurtboshimiz o‘z nutqlarida.

Darhaqiqat, maʼlumki, asrlar davomida shakllangan maʼnaviy-axloqiy qadriyatlar va

insonning tabiiy huquqlari sivilizatsiya jarayonlari natijasida konstitutsiya shakliga keldi. Zero,
konstitutsiya insoniyat hayotida birinchi bor insonning ozod va erkin yashash, xususiy mulkka ega
bo‘lish, taʼlim olish, mehnat qilish, saylash va saylanish kabi huquqlarini, so‘z hamda eʼtiqod
erkinliklarini oliy qadriyat darajasiga ko‘tardi deb baralla aytish mumkin.

1

Konstitutsiya va qonun ustuvorligi – huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatining eng muhim mezoni.

O‘quv-uslubiy majmua / Mualliflar jamoasi: Q.Q.Quronboyev, X.T.Azizov, M.B.Bekmurodov va boshq. –
Toshkent, 2020 y. – 4- b.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

139

Istiqlolning dastlabki yillarida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi

shaxs, jamiyat va davlat o‘rtasidagi munosabatlarda o‘zaro huquq va majburiyatlar hamda ularning
kafolatlarini aniq-ravshan belgilab berdi.

Mana mustaqillikka o‘ttiz bir yil to‘lib jamiyat hayotidagi voqeliklarning, ijtimoiy

munosabatlarning o‘zgarib borishi, mamlakat taraqqiyotning yangi bosqichlarga ko‘tarilib borishi
konstitutsiyani yangi tahrirda qabul qilish lozimligi keltirib chiqardi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yangi tahriri 2023 yil 1 maydan eʼtiboran

kuchga kirdi. Bunga 30 aprel kuni bo‘lib o‘tgan referendum natijasiga ko‘ra 11 ta moddadan iborat
tegishli qonunning qabul qilinishi asos bo‘ldi. Bu qonunning 1-moddasiga Konstitutsiyaning yangi
tahriri ilova qilingan.

Bunga qadar 1992 yildan buyon konstititutsiyaga jami 15 marta o‘zgartish kiritilgan edi.

Bu safar esa o‘zgarishlar ko‘lami kattaligi sabab hujjatning yangi tahriri qabul qilindi. Yangilanish
natijasida, bosh qomusdagi moddalar soni 128 tadan 155 taga, undagi normalar esa 275 tadan 434
taga oshdi. Umuman, rasmiylarga ko‘ra, konstitutsiya 65 foizga yangilangan.

2

O‘zbekiston Respublikasi Yangi tahrirdagi Konstitutsiyasining 1-moddasida O‘zbekiston

— boshqaruvning respublika shakliga ega bo‘lgan suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va
dunyoviy davlat degan norma o‘z ifodasini topdi hamda yangi konstitutsiyaning 154-moddasi
bilan 1-moddadagi qoidalarni qayta ko‘rib chiqish mumkin emasligi qatʼiy belgilab qo‘yildi.

Biz mazkur maqolada ushbu moddada belgilangan, yaʼni O‘zbekistonning ijtimoiy davlat

sifatidagi jihati xususida fikr yuritishga harakat qildik.

Keyingi yillarda davlatimizda jamiyat rivoji o‘z mohiyati va shakli jihatdan yangi

bosqichga ko‘tarilib bormoqda. Konstitutsiyaga o‘zgartishlar kiritish bo‘yicha olib borilayotgan
siyosiy-huquqiy

harakatlar,

ayniqsa,

inson-jamiyat-davlat

konsepsiyasining

huquqiy

rasmiylashtirilishi ijtimoiy davlat sifatida jamiyatning mutlaqo yangi siyosiy-huquqiy tizimi
sifatida rivojlanayotganini ko‘rsatib turibdi.

Istiqbolda o‘zimizda va jahonda taraqqiy etgan hozirgi zamon davlatchiligining tajribasi

asosida yangi davlat va jamiyat shakllanmoqda.

3

Ijtimoiy davlat – insoniyat tarixiy taraqqiyotining muayyan davri mahsuli, davlatchilik

rivojining maxsus bosqichi. Ijtimoiy davlat g‘oyasi, eng avvalo, qadimgi Sharqda, xususan,
mutafakkir ajdodlarimiz tomonidan ilgari surilgan. Buyuk bobomiz Abu Nasr Forobiy maʼrifatli
insonlar jamoasini, ideal jamiyat g‘oyasini “Fozil odamlar shahri” asarida tarannum etgan.

Ijtimoiy davlat barpo etish Alisher Navoiy bobomizning ham ezgu orzusi bo‘lgan. U

insonlarning baxtli yashashi uchun munosib ijtimoiy muhit yaratish, farovon jamiyat qurish,
maʼrifatli davlat boshqaruvi, adolatparvar va odil hukmdor, insonlar o‘zaro mehr-oqibatli va
bag‘oyat ahloqiy bo‘lish kabi qarashlarni ilgari surgan edi. Shunga o‘xshash g‘oyalarni Nizomiy

2

https://kun.uz/news/2023/05/02/yangi-konstitutsiya-10-ta-asosiy-ozgarish.

3

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti professori Sayfiddin Jo‘rayev, O‘zbekiston milliy universiteti

professori Shahnoza Madayeva. Ijtimoiy davlat deganda nimani tushunamiz? Yoxud ijtimoiy davlatchilik tajribasini
ilgari surgan davlatlardagi katta ijtimoiy o‘zgarishlar xususida.

https://darakchi.uz/uz/146657

.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

140

larni Nizomiy Ganjaviy, Saʼdiy Sheroziy, Ahmad Donish singari qator allomalarimiz ijodida
ko‘rishimiz mumkin.

4

Demak, ijtimoiy davlat, eng avvalo, ijtimoiy adolat haqida, o‘z fuqarolarining farovonligi,

ijtimoiy himoyalanganligi xususida g‘amxo‘rlik qiladigan davlatdir.

Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev 2022 yil 20 dekabrda Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga

Murojaatnomasida davlat xizmatchilari sonini bosqichma-bosqich 30-35 foizga qisqartirish va
iqtisod qilinadigan mablag‘larni ijtimoiy masalalarga yo‘naltirish haqida to‘xtalganlari ham
ijtimoiy sohaga yanada kuchliroq eʼtibor qaratilayotganini ifoda etar edi.

O‘zbekiston o‘zini ijtimoiy davlat deb eʼlon qilishi bilan, har bir fuqarosiga munosib

turmush kechirishi uchun shart-sharoit yaratish majburiyatini olmoqda. Bu – mavjud resurslarni
ijtimoiy adolat tamoyillari asosida taqsimlash, jamiyatda kuchli tabaqalanish avj olishiga yo‘l
qo‘ymaslik, eng zaif qatlamlar uchun ham sifatli taʼlim va tibbiyot kafolatlanishi, samarali ijtimoiy
himoya dasturlari ishlashi, imkoniyati cheklangan va qo‘llovga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-
quvvatlash, adolatli mehnat qonunchiligi va jozibador pensiya tizimi kabilarni anglatadi. Oddiyroq
aytganda, eng kambag‘al oilaning bolalarida ham sog‘-salomat o‘sib-ulg‘ayib, yaxshi taʼlim olib,
farovonlikka erishish imkoniyati bo‘lishi kerak.

Prezidentimiz “ijtimoiy davlat” tushunchasini “Ijtimoiy davlat bu, eng avvalo, inson

salohiyatini ro‘yobga chiqarish teng imkoniyatlar, odamlar munosib hayot kechirishiga zarur
sharoitlar yaratish, kambag‘allikni qisqartitish”, deya izohlagan va o‘z navbatida, “Biz Yangi
O‘zbekistonni “ijtimoiy davlat” tamoyili asosida qurishni maqsad qilyapmiz. Buni Konstitutsiyada
mustahkamlashimiz kerak”, deb ta’kidlagan edilar.

5

Olimlarning fikrlarini o‘rganib, bildikki, ijtimoiy davlatning asosiy konstitutsiyaviy

xususiyatlari sifatida: davlatning kuchli ijtimoiy himoya siyosati; taʼlim sifati yuqoriligi va u
insonparvarlik, xalqparvarlik, inson huquq va erkinliklariga rioya etishga yo‘naltirilgan bo‘lishi;
kuchli jamoatchilik nazorati; fuqarolik jamiyati institutlari mavqei va taʼsiri kuchli ekanligi;
barcha davlat organlari va tashkilotlari hamda ularning mansabdor shaxslari inson va jamiyat
(jamoatchilik) oldida masʼulligi, javobgarligi hamda ularning manfaatlariga xizmat qilishi; davlat
organlari va tashkilotlari faoliyatida ochiqlik, shaffoflik, qonuniylik, natijadorlik, sifat asosiy
mezon hisoblanishi va faoliyat odamlarning muammolarini hal etib, ularni rozi qilish uchun
yo‘naltiril-ganligi; korrupsiya deyarli sezilmaydigan darajada mavjud bo‘lishi; davlat
xizmatchilari, davlat hokimiyati vakolatlari va funksiyalarini bajaradigan har qanday shaxs,
qanday lavozimda va martabada bo‘lmasin, halol, oddiy, kamtar, xalqparvar, samimiy va fidoyi
bo‘lishi kabi jihatlarni aks ettiradi.

Shu sababli ham konstitutsiyaning bir qator moddalarining mazmuniga e’tibor qaratsak,

yangi O‘zbekistonning ijtimoiy davlat sifatidagi jihatlarini ko‘rishimiz mumkin bo‘ladi, jumladan,
19-; 23-; 29-; 42-; 46-; 48-; 50; 57-; 76-; 78-moddalarini keltirib o‘tish o‘rinli.

4

F.Otaxonov. Ijtimoiy davlatning konstitutsiyaviy asoslari. https://uza.uz/uz/posts/izhtimoiy-davlatning-

konstituciyaviy-asoslari_471933.

5

F.Otaxonov. Ijtimoiy davlatning konstitutsiyaviy asoslari. https://uza.uz/uz/posts/izhtimoiy-davlatning-

konstituciyaviy-asoslari_471933.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

141

So‘zimiz yakunida aytish joizki, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yangi

tahririning qabul qilinishi bilan mamlakatimizda Yangi O‘zbekistonning ijtimoiy davlat sifatidagi
konstitutsiyaviy asoslari yaratilda va mustahkamlab qo‘yildi.

REFERENCES

1.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. –T.: “O‘zbekiston”, 2023 y.

2.

Konstitutsiya va qonun ustuvorligi – huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatining
eng muhim mezoni. O‘quv-uslubiy majmua / Mualliflar jamoasi: Q.Q.Quronboyev,
X.T.Azizov, M.B.Bekmurodov va boshq. – Toshkent, 2020 y. – 4- b.

3.

https://kun.uz/news/2023/05/02/yangi-konstitutsiya-10-ta-asosiy-ozgarish

4.

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti professori Sayfiddin Jo‘rayev, O‘zbekiston
milliy universiteti professori Shahnoza Madayeva. Ijtimoiy davlat deganda nimani
tushunamiz? Yoxud ijtimoiy davlatchilik tajribasini ilgari surgan davlatlardagi katta
ijtimoiy o‘zgarishlar xususida.

https://darakchi.uz/uz/146657

.

5.

F.Otaxonov. Ijtimoiy davlatning konstitutsiyaviy asoslari. https://uza.uz/uz/posts/izhtimoiy-
davlatning-konstituciyaviy-asoslari_471933.

References

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. –T.: “O‘zbekiston”, 2023 y.

Konstitutsiya va qonun ustuvorligi – huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatining eng muhim mezoni. O‘quv-uslubiy majmua / Mualliflar jamoasi: Q.Q.Quronboyev, X.T.Azizov, M.B.Bekmurodov va boshq. – Toshkent, 2020 y. – 4- b.

https://kun.uz/news/2023/05/02/yangi-konstitutsiya-10-ta-asosiy-ozgarish

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti professori Sayfiddin Jo‘rayev, O‘zbekiston milliy universiteti professori Shahnoza Madayeva. Ijtimoiy davlat deganda nimani tushunamiz? Yoxud ijtimoiy davlatchilik tajribasini ilgari surgan davlatlardagi katta ijtimoiy o‘zgarishlar xususida. https://darakchi.uz/uz/146657.

F.Otaxonov. Ijtimoiy davlatning konstitutsiyaviy asoslari. https://uza.uz/uz/posts/izhtimoiy-davlatning-konstituciyaviy-asoslari_471933.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов