SUSTAINABLE DEVELOPMENT OF INSURANCE ACTIVITY: INNOVATIONS IN SCIENCE AND EDUCATION

HAC
Google Scholar
To share
Nasimova, S. (2023). SUSTAINABLE DEVELOPMENT OF INSURANCE ACTIVITY: INNOVATIONS IN SCIENCE AND EDUCATION. Modern Science and Research, 2(12), 145–148. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/26498
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article mainly describes the information on insurance. Nowadays, the importance of insurance in human life is also mentioned. The importance of science and innovation in the sustainable development of insurance activity was also explained.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

145

SUG’URTA FAOLIYATINI BARQAROR RIVOJLANTIRISH: FAN VA TA’LIMDA

INNOVATSIYALAR

Nasimova Sevinch Umidjon qizi

Jizzax viloyati yuridik texnikumi 2-bosqich o’quvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.10279572

Annotatsiya.

Ushbu maoqlada asosan sug’urta boyicha malumotlar bayon etilgan. Hozirgi

kunda sug’urtaning inson hayotidagi ahamiyatlari ham keltirib o’tilgan. Sug’urta faoliyatini
barqaror rivojlantirishda fan va inovatsiyalarning ahamiyati haqida ham bayon etilgan.

Kalit so’zlar:

Sug’urta faoliyati tog’risidagi qonun, mulkiy sug’urta, shaxsiy sug’urta,

uchinchi shaxslar oldidagi javobgarlik sug’urtasi.

SUSTAINABLE DEVELOPMENT OF INSURANCE ACTIVITY: INNOVATIONS

IN SCIENCE AND EDUCATION

Abstract.

This article mainly describes the information on insurance. Nowadays, the

importance of insurance in human life is also mentioned. The importance of science and innovation
in the sustainable development of insurance activity was also explained.

Keywords:

Law on insurance activity, property insurance, personal insurance, third party

liability insurance.

УСТОЙЧИВОЕ РАЗВИТИЕ СТРАХОВОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ: ИННОВАЦИИ

В НАУКЕ И ОБРАЗОВАНИИ

Аннотация.

В этой статье в основном рассматривается информатция о

страховании. В наши дни также упоминается важность страхования в жизн человека.
Также обьяснена важность науки и инноваций в устойчивом развитии стаховой
деятельности.

Ключевые слова:

Закон о осраховой деятельности, страхованности

собственности, личное страхование, ответственности перед третьими лицами.


Avvalo sug’urta o’zi nima degan savolga javob topib olamiz?
Sug’urta

1

- bu tabiiy ofatlar (zilzila, suv toshqini, yog’in va boshqalar), har xil baxtsiz

hodisalar ro’y beishi natijasida ko’rilgan zararni qoplash va boshqa pul qoplamlari to’lash uchun
maqsadli pul jamg’armalarini tashkil etish va undan foydalanish bilan bog’liq iqtisodiy
munosabatlar tizimi. Sug’urta yunoncha so’zdan olingan bo’lib qo’riqlash himoya qilish degan
manoni anglatadi. Sug’urta ko’p asrlik tarixga ega bolgan ijtimoiy munosabatdir. Sug’urta
masalalari dastlab o’rta asrlarda, dengiz orqali olib boriladigan savdodagi xavfxatarlar bilan
bog’liq bo’lgan holda paydo bo’lgan. Keyinchalik esa boshqa sohalarga ham yoyila boshladi.
Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning turli bosqichlarida sug’urta fuqarolarning manfaatlarini ishonchli
himoya etuvchi vosita bolib hizmat qilib kelgan.

Sug’urta jamg’armasi milliy iqtisodiyot zaxira jamg’armasining muhim va o’ziga xos

bo’g’ini hisoblanadi, milliy iqtisodiyotni turli tasodiflardan moliyaviy himoya qiladi. Rivojlangan
mamlakatlarda sug’urta ishi nihoyatda taraqqiy etgan bo’lib, bu mamlakatlar yalpi ichki
mahsulotida sug’urta badallari ya’ni mukofotlarining hajmi o’rtacha 8-12 % ni tashkil etadi.

1

O’zbekiston milliy ensiklopediyasi


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

146

Sug’urta qilinayotgan obyektga qarab quyidagi bir nechaga bo’linadi: mulkiy sug’urta,

shaxsiy sug’urta, uchinchi shaxslar oldidagi javobgarlik sug’urtasi.

Mulkiy sug’urta – yuridik va jismoniy shaxslarning manfaatlari, binolar, ekinlar, uy

hayvonlari, mol-mulk, transport vositalarini sug’urtalash uchun ishlatilinadi. Shaxsiy sug’urta –
inson, uning sog’lig’I, uning hayoti, mehnat qobiliyatini sug’irtalash uchun foydalaniladi.
Uchinchi shaxslar oldidagi javobgarlik sug’urtasi- transport egalarining fuqarolik javobgarligini,
kredit oluvchilarning bank oldidagi kreditni o’z vaqtida qaytarish javobgarligini sug’urtalash va
shu kabi boshqa masalalarda ishlatilinadi.

Sug’urta tartibi va shartlari, turlari, obyektlari mamlakatdagi qonunchilik bilan belgilanadi.

Davlatimiz mustaqillikka erishgunga qadar 1918-1991- yilllar davomida O’zbekiston
Respublikasida sug’urta faoliyatini sobiq Ittifoq miqiyosida yagona bo’lgan davla sug’urta idorasi
yani « Gosstrax » va uning ittifoqdosh respublikalardagi boshqarmalari amalga oshirgan. 1991-
yildan O’zbekiston Respublikasida o’tkazilgan chuqur iqtisodiy islohotlar jarayonida bozor
iqtisodiyotiga o’tishining dastlabki bosqichlarida davlat sug’urta organlari qayta tashkil etildi,
ularga raqobatda bo’la oladigan turli millatchilik shaklida sug’urta kompaniyalari va agentliklari
vujudga keldi. Sug’urta xizmati bozori, sug’urtafaoliyatining asosiy yo’nalishlari, huquqiy
qonunchilik asoslari yaratildi. 1993- yil 6-mayda O’zbekiston Respublikasining « Sug’urta
to’g’risidagi» qonuni qabul qilindi. O’zbekiston Respublikasi Prezideantining 1997-yil 25-
fevraldagi farmoniga asosan Moliya vazirligi huzurida o’z faoliyatini yurgazib kelayotgan Davlat
sug’urta bosh boshqarmasi «O’zagrosug’urta» sug’urta kompaniyasi shaklida qayta tashkil etildi.
«Kafolat» sug’urta kompaniyasi, « Madad » sug’urta agentligi, «O’zbekinvest» eksport import
milliy sug’urta kompaniyasi va boshqalar o’z faoliyatini boshladi.

Sug’irtalash majburiy va ixtiyoriy shakllarda amalga oshiriladi. Majburiy sug’urtaning o’zi

majburiy va majburiy davlat sug’urtalariga bo’linadi. Ularning har ikkalasi ham qonunchilik
hujjatlariga muvofiq joriy etiladi. O’zbekistonda umumiy foydalanishdagi avtomobil transportda,
suv, havo, temir yo’l transportlari yo’lovchilari, transport tvositalari egalarining fuqarolik
javobgarligi va boshqalarga majburiy sug’urta turlari belgilangan.O’zbekiston Respublikasi
Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklarining harbiy xizmatchilari, Milliy
xavfsizlik xizmati, Davlat chegaralarini qo’riqlash, Davlat bojxona, Davlat soliq qo’mitalari
xodimlari majburiy davlat sug’urtasiga olingan va bunday sug’urta turlari uchun sug’urta badali
yani mukofoti davlat budjeti hisobidan to’lanadi. Ixtiyoriy sug’urta turlari sug’urta
munosabatlarida qatnashuvchi tomonlarning o’zaro roziligi va yozma shartnoma asosida amalga
oshiriladi, ushbu sug’urta javobgarligi hajmi yani sug’urta narxi , sug’urta badali yani sug’urta
mukofoti miqdori, sug’urta hodisasi ro’y berganda to’lanadigan sug’urta ouli yani sug’urta
qoplamasi yokida tovoni summasi – shartnoma shakillari sug’urta qiluvchi bilan sug’urta
qilinuvchi tomonlar o’rtasida kelishiladi. O’zbekiston Respublikasida jami sug’urta
kompaniyalarining sug’urta javobgarligi 3,25 trln. So’mni, yig’ilgan badallar yani mukofotlar
tushumlari summasi 21,7 mlrd. so’mni, to’langan sug’urta puli yani koplamalari summasi 2,4
mlrd. So’mni tashkil etadi; sug’urta to’lovlarining umumiy tuzilmasida molmulkiy sug’urtasida
70%, shaxsiy sug’urta 6,2%, javobgarlik sug’urtasi 5%dan iborat bo’ladi ( 2002- yil
ma’lumotlariga ko’ra). 2004-yilda O’zbekistonda 20 dan ortiq, shu jumladan 10 ta yirik
davlataksiyadorlik, nodavlat sug’urta kompaniyalari faoliyat ko’rsatmoqda.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

147

O’zbekiston Respublikasida sug’urta sohasida tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlari,

normalari xalqaro zamon standartlariga muvofiqlashtirilgan.

Respublikada sug’urtaga oid huquqiy munosabatlar O’zbekiston Respublikasining yangi

tahrirdagi « Sug’urta faoliyati to’g’risida »

2

qonuni yani 2002-yil 5-apreldagi qonun bilan tartibga

solinadi.

Sug’urta faoliyati to’g’risidagi qonun 10 bob, 72 moddadan iborat. Ushbu qonunda

sug’urta faoliyatida amalga oshirilishi kerak bo’lgan vazifalar kengaytirilgan holda bayon etilgan.
Ushbu qonun Qonunchilik palatasi tomonidan 2021-yil 15-iyunda qabul qilingan Senat tomonidan
2021-yil 27-avgustda maqullangan.

Ushbu qonunning 1-moddasi qonunning maqsadi va qollanish sohasi haqida: Ushbu

qonunning maqsadi sug’urta faoliyati sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

Ushbu qonun davlat ijtimoiy sug’urtasi va davlat tibbiy sug’urtasi bilan bog’liq

munosabatlarga nisbatan tadbiq etilmaydi.

Qonunning 72-moddasida qonunning kuchga kirishi haqida bayon etilgan: Ushbu qonun

rasmiy e’lon qilingan kundan e ‘tiboran uch oy o’tgach kuchga kiradi.

Ushbu qonunda sug’urtalovchining huquqlari ham aniq keltirilgan. Sug’urtalovchining

nomidan va topshirig’iga binoan sug’urta shartnomasining tuzilishi va ijro etilishini tashkil qilish
bo’yicha faoliyat yurutuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs sug’urta agenti hisoblanadi.

Sug’urtalovchining boshqaruv organlari raxbarlari sug’urta agenti bo’la olmaydilar.
Sug’urtalovchilar va sug’urta brokerlarining sug’urta faoliyati O’zbekiston Respublikasi

Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda maxsus vakolatli davlat organi beradigan
litsenziyalar asosida amalga oshiriladi.

Litsenziya sug’urtalovchiga yokida hayotni sug’urta qilish sohasida, yoxud umumiy

sug’urta sohasida yokida faqatgina qayta sug’urta qilish bo’yicha sug’urta faoliyatini amalga
oshirish uchun beriladi.

Insonlar ehtiyojlariga ko’ra sug’urta turlari mavjud ular quyidagilar: Hayot sug’urtasi,

majburiy sug’urta, fuqarolik mas’uliyatini sug’urtalash, avtotransport sug’urtasi.

Bundan tashqari sug’urta faoliyati to’g’risida yana O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik

Kodeksining 52-bobida ham keltirib o’tilgan. 52- bob sug’urta 914-moddadan 961-moddalargacha
bolgan malumotlarni o’z ichiga oladi. Bunda ixtiyoriy va majburiy sug’urta, ikki tomonlama
sug’urta, mulkiy sug’urta shartnomasi, tadbirkorlik hafini sug’urta qilish va boshqalar haqida
batafsil malumotlar aytib o’tilgan.

Endi esa O’zbekistondagi eng yirik sug’urta kompaniyalari bilan tanishib chiqamiz:

«O’zagrosug’urta» davlat aksiyadorlik sug’urta kompaniyasi , «Alksom» sug’urta kompaniyasi,
«Kapital sug’urta», «Asia insurance», «O’zbekinves», «Kapital sug’urta» kabi sug’urta
kompaniyalari mavjud. O’zbekistondagi bu ikki yirik sug’urta kompaniyalarning asosiy
faoliyatlari quyidagicha.

«Alskom» sug’urta kompaniyasi yurtimizdagi yetakchi sug’urta kompaniyalaridan biridir.

Uning o’ziga xos jihati shundan iboratki, kompaniya asosan axborot –kommunikatsiyalar sohasida
faoliyat ko’rsatadigan subyektlarni sug’urtalash orqali kompleks himoyalashga intiladi.

2

O’zbekiston Respublikasi Sug’urta faoliyati to’g’risidagi qonun O’RQ-730-son 23/11/2021


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

148

Kompaniya sug’urta bozorida 1996-yildan buyon faoliyat ko’rsatib keloqda. Kompaniya

bugungi kunda viloyatlar markazlarida 15 ta filiallarga ega. Shuningdek tuman va qishloqlarda
polislarni sotish bo’yich 40 dan ortiq bo’lim va markazlariga ega.

Ushbu kompaniyalar hozirgi kunda ham o’z faoliyatini yaxshi olib bomoqda.


REFERENCES

1.

O’zbekiston Milliy Ensiklopediyasi 2000-2005

2.

O’zbekiston Respublikasi Sug’urta faoliyati to’g’risisdagi qonun 23.11.2021



References

O’zbekiston Milliy Ensiklopediyasi 2000-2005

O’zbekiston Respublikasi Sug’urta faoliyati to’g’risisdagi qonun 23.11.2021

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов