FUTURE PRIMARY CLASS TEACHERS WORK WITH STUDENTS INDIVIDUALLY

HAC
Google Scholar
To share
Hasanova, D. . (2023). FUTURE PRIMARY CLASS TEACHERS WORK WITH STUDENTS INDIVIDUALLY. Modern Science and Research, 2(12), 135–138. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/26624
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article talks about the aspects of individual work with students and the use of effective educational games in the course of the lesson in the primary classes of general secondary schools.


background image


135

BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARI O‘QUVCHILAR BILAN

INDIVIDUAL ISHLASH

Hasanova Dilafro‘zxon Tohir qizi

Guliston davlat pedagogika insituti magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.10335361

Annotatsiya.

Ushbu maqolada umumiy o’rta ta’lim maktablarining boshlang’ich sinflarida

o‘quvchilar bilan individual ishlash va dars jarayonida samarali ta’lim o’yinlaridan

foydalanishning jihatlari haqida so’z yuritiladi.

Kalit so‘zlar:

Individual, individual yondashish, treningni individuallashtirish, ijodiy rolli

o‘yinlar, tanqidiy fikrlashni rivojlantiruvchi metodlar.

FUTURE PRIMARY CLASS TEACHERS WORK WITH STUDENTS INDIVIDUALLY

Abstract.

This article talks about the aspects of individual work with students and the use of

effective educational games in the course of the lesson in the primary classes of general secondary

schools.

Key words:

Individual, individual approach, individualization of training, creative role-

playing games, methods of developing critical thinking.

БУДУЩИЕ УЧИТЕЛЯ НАЧАЛЬНЫХ КЛАССОВ РАБОТАЮТ С УЧАЩИМИСЯ

ИНДИВИДУАЛЬНО

Аннотация.

В данной статье говорится об аспектах индивидуальной работы с

учащимися и использовании эффективных обучающих игр в ходе урока в начальных классах

общеобразовательной школы.

Ключевые слова:

Индивидуализм, индивидуальный подход, индивидуализация

обучения, творческие ролевые игры, методы развития критического мышления.

Zamonaviy ta’lim jarayonining faol sub’yektlari o‘qituvchi va o‘quvchilar bo‘lib, ularning

hamkorlikdagi faoliyatlari muayyan mavzu doirasida nazariy va amaliy bilimlarni puxta

o‘zlashtirishiga imkoniyat yaratadi. Ertangi kuniga befarq bo‘lmagan, yorug‘ va farovon kelajakni

yosh avlod istiqbolida ko‘rgan millat ta’lim-tarbiyaga alohida e’tibor qaratadi. Bilim qanchalik

mustahkam bo‘lsa o‘quvchi dunyoqarashi, tafakkur doirasi shunchalik takomillashadi va

rivojlanadi. Shu bois uzluksiz ta’lim tizimining muhim bo‘g‘ini bo‘lgan boshlang‘ich ta’limga

qo‘yilayotgan davlat talablariga muvofiq, o‘quv-tarbiya jarayonining samardorligini oshirish, ilm-

fanning so‘ngi yutuqlarini amaliyotga joriy etish orqali ijodkor, ijtimoiy faol, yuksak ma’naviyatli,

mustaqil fikr yurita oladigan, davlat, jamiyat va oila oldida o‘z burchi hamda javobgarligini his


background image


136

etadigan shaxsni kamolga yetkazish kabi muhim vazifalarni amalga oshirish nazarda tutiladi. Zero,

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29- apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Xalq

ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish Konsyepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5712-

sonli Farmoni va undan ko‘zlangan maqsad ham yuqoridagi dolzarb vazifalarning amaliy

yechimida ustuvor ahamiyat kasb etadi. Tarkib topgan ta’limning eng muhim unsurlari qadimdan

shakllanib kelgan va u hozirda ham o‘zining ahamiyatini yo‘qotmagan. Ta’lim maqsadi, mazmuni,

shakl uslub va vositalari pedagogikada ta’lim jarayonlarini tahlil etishda qo‘llaniladigan an’anaviy

kategoriyalar hisoblanadi. Aynan o‘sha kategoriyalar ma’lum bir predmet, mutaxassislik yoki

ixtisoslik bo‘yicha o‘quv tarbiyaviy jarayonni tashkil qiluvchi pedagog faoliyatining predmeti

sifatida yuzaga chiqadi. Qayd etilgan pedagogik kategoriyalar maqsadga muvofiq ravishda

yo‘naltirilgan pedagogik va o‘quv faoliyatining qonuniyat hamda mezonlarini tizimlashtiruvchi

omil vazifasini bajaradi.Ma’lumki, o‘quvchining mavjud imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishni

ta’minlash –zamonaviy o‘quv jarayonida jadallashib borayotgan ilmiy-texnikaviy taraqqiyotning

talabidir. Bu borada individual o‘qitish texnologiyalari muhim ahamiyat kasb etadi. Unda o‘quv-

tarbiya jarayonini tashkil etishda individual yondashish asosida o‘qitish yo‘llari,usullari tanlanadi

va turli o‘quv-uslubiy, psixologik, pedagogik hamda tashkiliy boshqaruv tadbirlari orqali amalga

oshiriladi.Tahsil

oluvchining

mavjud

shaxsiy

imkoniyatlarni

ro'yobga

chiqarishini

taminlash,zamonaviy o'quv jarayoniga qo'yiladigan jadallashgan ilmiytexnikaviy taraqqiyotining

talabidir.

Individual o'qitish

– bu o'quv jarayonining tashkil etishning shakli bo'lib, bunda

pedagogtahsil

oluvchilar

bilan

yakkama-yakka

shug'ullanadi,

tahsil

oluvchi

o'quv

vositalari(kitoblar, kompyuter va h.k.) yordamida uzluksiz mustaqil ta'lim oladi. Individual

yondashish – bu pedagogik prinsipga ko'ra, pedagogik jarayonda pedagogningtahsil oluvchilar

bilan o'zaro munosabati, ularning shaxsiy xususiyatlarini hisobga olgan holda quriladi va butun

guruh hamda har bir alohida tahsil oluvchining rivoji uchun psixologik-pedagogik muhit

yaratiladi. Individuallashtirilgan o'qitish maqsadi - bunday o'quv jarayonini tashkil etishda

individual yondashish asosida o'qitish yo'llari, usullari, sur'ati tanlanadi va turli o'quv-uslubiy

psixologik-pedagogik hamda tashkiliy boshqaruv tadbirlari orqali ta'minlanadi.Individual o‘qitish

texnologiyasining afzalligi – pedagogik jarayonning o‘quvchi qobiliyatlariga moslashuvchanligi

imkoniyatidir. Bunda o‘quvchini bilim olish darajasining doimiy monitoringi amalga oshiriladi,

zaruriy tuzatishlar kiritish natijasida maqbul pedagogik jarayon tashkil etiladi va o‘ziga xos

individual yondashuvga amal qilinadi.


background image


137

Ta'lim o‘qituvchi va o‘quvchilarning hamkorlikdagi faoliyati bo‘lib, shu jarayonda

shaxsning taraqqiyoti, uning ma'lumoti va tarbiyasi ham amalga oshadi. Darslarda o‘qituvchi o‘z

bilimi, ko‘nikma va malakalarini mashg‘ulotlar vositasida o‘quvchilarga yetkazadi, o‘quvchilar

esa uni o‘zlashtirib borishi natijasida undan foydalanish qobiliyatiga ega bo‘ladi. O‘rganish

jarayonida o‘quvchilar o‘zlashtirishning turli ko‘rinishlaridan foydalanishadi, ya'ni

o‘zlashtirilayotgan ma'lumotlarni qabul qilish, qayta ishlash hamda amaliyotga tatbiq etishda

o‘ziga xos tafovutlarga tayanadi. Ta'lim jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchilarlarning dars paytidagi

hamkorligi, o‘quvchilarning mustaqil ishlashi, sinfdan tashqari ishlar shaklida ta'lim va tarbiya

masalalari hal etiladi.

Ta'limning maqsadi jamiyat ehtiyojiga mos ravishda shakllanadi. Shunday ekan, ta'lim-

tarbiya maqsadi mos va mutanosib bo‘lishi kerak. Ilmiy adabiyotlarda ta'limning maqsadi

imkoniyatlaridan to‘g‘ri, aniq, o‘rinli foydalanish ko‘nikma va malakalarini hosil qilish, mantiqiy-

ijodiy tafakkurni rivojlantirish, kommunikativ savodxonlikni oshirish, milliy g‘oyani singdirish,

sharqona tarbiyani shakllantirish, shaxsni ma'naviy boyitishdan iboratligi ta'kidlangan. Ta'limiy

maqsad asosida o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, og‘zaki va yozma savodxonlikni

oshirish, mantiqiy tafakkurni rivojlantirish orqali ularning muloqot madaniyati takomillashtiriladi.

Tarbiyaviy maqsad asosida esa ma'naviy, g‘oyaviy, nafosat tarbiyasi beriladi. Til o‘rganish

jarayonida xalqning madaniy-axloqiy qadriyatlariga yaqinlashtirish imkoni paydo bo‘ladi.

Ulug‘ donishmandlardan biri «... kelajak tashvishi bilan yashasang, farzandlaringga yaxshi

bilim ber, o‘qit», degan ekan. Yurtimizda ta'lim-tarbiya tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar

haqiqiy ma'noda bir-ikki yillik yoki qisqa davrda samaraga erishishga qaratilgan ish emas, balki

chin ma'noda bir necha yuz yillarga tatiydigan o‘zgarish bo‘ldi, desak xato bo‘lmaydi. Bu

prezidentimizning kelajagimiz, kelajak avlodimiz haqida qayg‘urib, yurtimizning barcha

farzandlari – mening farzandlarim, ular bizlardan ko‘ra kuchli, bilimli va albatta baxtli bo‘lishlari

kerak, degan g‘oyasi zamirida donishmandlarcha siyosat yotganini ko‘rsatadi.

Ma'lumki, ta'limda ilg‘or pedagogik va yangi axborotlar texnologiyalarini tatbiq etish o‘quv

mashg‘ulotlarining samaradorligini oshiribgina qolmay, ilm-fan yutuqlarini amaliyotda qo‘llash

orqali mustaqil va mantiqiy fikrlaydigan, har tomonlama barkamol yuksak ma'naviyatli shaxsni

tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.


background image


138

Xulosa sifatida ta’kidlash joizki, yuqoridagi kabi ta'limiy texnologiyalarni qo`llagan holda

darslarni tashkil etish o`quvchilarni nafaqat mavzu yuzasidan bilim, ko`nikma va malakalar bilan

qurollantirishni, balki darsda faol ishtirok etish, diqqatni jamlash, har bir topshiriqqa mas'uliyat

bilan yondashish, shuningdek o`zgalar fikrini hurmat qilish va tinglash kabi sifatlarni ham

shakllantiradi. Bu borada o`qituvchi har bir darsga ijodiy yondashishi, o`quvchilarning individual

xususiyatlarini inobatga olishi, iqtidor va iste'dodni rag`batlantirish hamda aql-zakovotini

ayamasliklari lozim. Ulug‘ donishmandlardan biri “...kelajak tashvishi bilan yashasang,

farzandlaringga yaxshi bilim ber, o‘qit “, degan ekan.Yurtimizda ta'lim-tarbiya tizimida amalga

oshirilayotgan islohotlar haqiqiy ma'noda bir-ikki yillik yoki qisqa davrda samaraga erishishga

qaratilgan ish emas, balki chin ma'noda bir necha yuz yillarga tatiydigan o‘zgarish bo‘ldi, desak

xato bo‘lmaydi.

REFERENCES

1.

O‘zbekiston respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi “O‘zbekiston respublikasi

Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish Konsyepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi

PF-5712-sonli Farmoni.

2.

Pedagogik texnologiya. N.X.Avliyakulov, N.N.Musaeva. –T.: Chopon NMIU, 2012. 90-bet.

3.

Innovatsion ta’lim texnologiyalari / Muslimov N.A., Usmonboyeva M.H., Sayfurov D.M.,

To‘rayev A.B. – Toshkent: 2015. 168-bet.

4.

Qizi K. S. S. FORMATION OF NATURE AWARENESS SKILLS OF PRIMARY SCHOOL

STUDENTS //International Scientific and Current Research Conferences. – 2023. – С. 43-45.

5.

Mamatova , . H., Karimova, S., & Mamayusupova, . Z. (2023). PEDAGOGICAL ANALYSIS

IN THE WORKS OF ALISHER NAVOI. Modern Science and Research, 2(9), 5–8. Retrieved

from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/23865

References

O‘zbekiston respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi “O‘zbekiston respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish Konsyepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5712-sonli Farmoni.

Pedagogik texnologiya. N.X.Avliyakulov, N.N.Musaeva. –T.: Chopon NMIU, 2012. 90-bet.

Innovatsion ta’lim texnologiyalari / Muslimov N.A., Usmonboyeva M.H., Sayfurov D.M., To‘rayev A.B. – Toshkent: 2015. 168-bet.

Qizi K. S. S. FORMATION OF NATURE AWARENESS SKILLS OF PRIMARY SCHOOL STUDENTS //International Scientific and Current Research Conferences. – 2023. – С. 43-45.

Mamatova , . H., Karimova, S., & Mamayusupova, . Z. (2023). PEDAGOGICAL ANALYSIS IN THE WORKS OF ALISHER NAVOI. Modern Science and Research, 2(9), 5–8. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/23865

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов