THE DEVELOPMENT OF THE CONSTITUTION AND ITS LEGAL SIGNIFICANCE IN THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN

HAC
Google Scholar
To share
Norboyev, S. (2023). THE DEVELOPMENT OF THE CONSTITUTION AND ITS LEGAL SIGNIFICANCE IN THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN. Modern Science and Research, 2(12), 550–554. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/27021
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Keywords:

Abstract

This article is mainly devoted to the history and stages of the development of the Constitution in the Republic of Uzbekistan, as well as the legal significance of the Constitution and its development for the life of the state and society.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

550

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA KONSTITUTSIYANING RIVOJLANISHI VA

UNING HUQUQIY AHAMIYATI

Norboyev Sardor Qavmiddinovich

Mustaqil izlanuvchi

Tel: +998905131403

Elektron pochta:

sardornorboyev1403@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.10363345

Annotatsiya.

Ushbu maqola asosan, O‘zbekiston Respublikasida Konstitutsiyaning

rivojlanish tarixi va bosqichlari, shuningdek, Konstitutsiya va uning rivojining davlat va jamiyat
hayoti uchun huquqiy ahamiyatiga bag’ishlanadi.

Kalit so‘zlar:

Konstitutsiya, O‘zbekiston SSR, inson huquqlari, demokratiya.

THE DEVELOPMENT OF THE CONSTITUTION AND ITS LEGAL

SIGNIFICANCE IN THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN

Abstract.

This article is mainly devoted to the history and stages of the development of the

Constitution in the Republic of Uzbekistan, as well as the legal significance of the Constitution
and its development for the life of the state and society.

Key words:

Constitution, Uzbekistan SSR, human rights, democracy.

РАЗРАБОТКА КОНСТИТУЦИИ И ЕЕ ПРАВОВОЕ ЗНАЧЕНИЕ В РЕСПУБЛИКЕ

УЗБЕКИСТАН

Аннотация.

Данная статья в основном посвящена истории и этапам развития

Конституции в Республике Узбекистан, а также юридическому значению Конституции и
ее развитию для жизни государства и общества.

Ключевые слова:

Конституция, Узбекистан ССР, права человека, демократия.

“Konstitutsiyaning rivojlanishi va konstitutsiyaviy

islohotlar – inson huquqlari garovidir”

Ma’lumki, dunyo mamlakatlari o‘z xalqi va millatini saqlash, manfaatlarini himoya qilish

uchun ularning avvalo, huquq va erkinliklarini ta’minlashni o‘z oldiga asosiy maqsad qilib
qo‘yadi, Sababi, millat manfaati mamlakati rivoji uchun xizmat qiladi. Har qaysi davlat o‘z
taraqqiyot yo‘lini tanlar ekan, fuqarolarining huquq va erkinliklarini ulug‘lash va ularni hurmat
qilish, shuningdek, yuksalishi uchun o‘z maqsad va yo‘lini asosiy qonuni bo‘lmish –
Konstitutsiyaga belgilab qo‘yadi. Konstitutsiya davlatga nimaga kerak degan savol paydo bo‘lishi
mumkin. Konstitutsiya shubhasiz, qonunlarining asosi va ularni tartibga solib turish uchun
dasturamal bo‘lib xizmat qiladigan oliy yuridik hujjat sanaladi. Shuningdek, “

Konstitutsiya

-

butun huquqiy tizimning uyushtiruvchi, hamjihatlashtiruvchi markazi, “tizim” hosil qiluvchi
o‘zagi bo‘lib, barcha huquq tarmoqlari va qonunchilik sohalarini shakllantiruvchi hamda
rivojlantiruvchi yuridik asosdir”

1

.

Shu bilan birgalikda, “Konstitutsiya (lotincha “Constitution” – tuzilish, tuzuk) – davlatning

Asosiy qonuni. U davlat tuzilishini, hokimiyat va boshqaruv organlari tizimini, ularning vakolati
hamda shakllantirilish tartibi, saylov tizimi, fuqarolarning huquq va erkinliklari, jamiyat va

1

Odilqoriyev X.T “Davlat va huquq nazariyasi” Darslik. - T.: Toshkent “Adolat” 2018. B.420


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

551

shaxsning o‘zaro munosabatlari, shuningdek, sud tizimini hamda davlat va jamiyatning o‘zaro
munosabatlarini belgilab beradi”

2

.

O‘zbekiston Respublikasida Konstitutsiyaning rivojlanishi bevosita sovet davriga ham

borib taqaladi. Chunki O‘zbekiston tarixida birinchi marta 1927-yilda Konstitutisiya qabul
qilingan.

“1924-yil 27-oktabrda RSFSR tarkibida bo‘lgan Turkiston ASSR hamda Buxoro va

Xorazm sotsialistik sovet respublikalari hududlarining bir qismida O‘zbekiston SSR tuzildi.
O‘zbekiston SSRning birinchi Konstitutsiyasi 1927-yil 30-martda Butuno‘zbek Sovetlari ikkinchi
s’ezdida qabul qilingan. Poytaxti Samarqand shahrida bo‘lgan va tarkibiga Tojikiston ASSR ham
kirgan O‘zbekiston SSR “ishchilar va dehqonlarning sotsialistik davlati” deb e’lon qilindi, bunda
“butun hokimiyat ishchilar, dehqonlar va Qizil Armiya deputatlari sovetlariga tegishli” ekani
belgilandi.

O‘zbekiston SSRning birinchi Konstitutsiyasi 10 yil davomida – 1937-yilgacha amal qildi.

1936-yilda SSSRning “stalincha” konstitutsiyasi qabul qilingandan so‘ng O‘zbekiston SSRning
Asosiy qonuni ham yangi tahrirda qabul qilindi. Xuddi avvalgi konstitutsiyada bo‘lgani kabi
O‘zbekiston SSR “ishchilar va dehqonlarning sotsialistik davlati” deb e’lon qilindi. Tojikiston
ASSR 1929-yilda ittifoq respublikasiga aylantirilgan va shu tariqa O‘zbekiston SSR tarkibidan
chiqarilgan edi. O‘zbekiston SSR tarkibiga Qoraqalpog‘iston ASSR kirdi, respublika okruglar,
tumanlar, milliy tumanlar va shaharlarga bo‘lindi. Poytaxt Toshkent shahriga ko‘chirilgan edi.

1978-yilda “Stalincha” konstitutsiya “Brejnev” konstitutsiyasi bilan almashtirildi.

O‘zbekiston “respublikadagi barcha millat va elatlar, ishchilar, dehqonlar va ziyolilarning irodasi
va manfaatlarini ifodalovchi umumxalq sotsialistik davlati” deb e’lon qilindi”

3

.

Ushbu siyosiy jarayonlar, mamlakat huquqiy muhitiga albatta o‘z ta’sirini o‘tkazmay

qolmadi. Chunki konstitutsiyaning rivoji, xalqning huquq va erkinliklarining ta’minlanishi kaliti
sanaladi. O‘zbekison Respublikasi o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgandan keyin, eng avvalo
konstitutsiyani yangilash ishi bilan shug‘ullandi va mamlakat hayotini tubdan takomillashtirish
maqsadida SSSR sarqitidan qolib ketgan siyosiy tizimni o‘zgartirish harakati qildi.

“Har bir davlat o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘lini tanlar ekan, xalq farovonligini taʼminlashga

xizmat qiladigan eng muhim maqsad va vazifalarini o‘zining Konstitutsiyasi – Аsosiy qonunida
mustahkamlab oladi. Binobarin, o‘z xalqining xohish-irodasi, dili va tilidagi ezgu niyatlariga
hamohang Konstitutsiyaga ega bo‘lgan mamlakat o‘zi belgilagan yuksak marralardan hech qachon
og‘ishmasdan, doimo oldinga qarab boradi. Buni xorijiy mamlakatlarning davlatchiligi va huquqiy
tizimlarini rivojlanishida ko‘p kuzatganmiz. Haqiqatdan ham, hozir dunyoda konstitutsiyaga
o‘zgartirish kiritmagan birorta davlat qolmadi. So‘nggi 25 yilda 100 dan ortiq davlatda
konstitutsiyaviy islohotlar bo‘ldi. Faqatgina XXI asrda 57 ta davlatda konstitutsiya qabul qilindi.
Hozir dunyoda birorta davlat qolmadiki, unga o‘zgartirish kiritilmagan bo‘lsa. Hatto АQShda ham
27 ta katta-katta oʼzgartirish kiritilgan”

4

.

2

https://constitution.uz/oz/pages/Konstitusiyamizning_yaratilishi

3

https://www.gazeta.uz/oz/2021/12/08/constitution-day/

4

Saidov A.S “Yangi Konstitutsiya hamda konstitutsiyaviy islohotlar”. “Republican Scientific and Practical

Conference” Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 December 1


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

552

1989−1992-yillarda 1978-yilgi konstitutsiyaga jiddiy o‘zgartirish va qo‘shimchalar

kiritildi: o‘zbek tili davlat tili deb e’lon qilindi, prezident va vitse-prezident lavozimlari ta’sis
etildi, Vazirlar Kengashi Vazirlar Mahkamasiga o‘zgartirildi, Vazirlar Kengashi raisi lavozimi
tugatilib, Vazirlar Mahkamasi raisining vazifalari prezidentga o‘tkazildi.

Shu tariqa, 1992-yil 8-dekabr sanasida mustaqil O‘zbekistonning Konstitutsiyasi qabul

qilindi.

Konstitutsiyaning vujudga kelishi insoniyat tarixi taraqqiyoti mahsuli bo‘lib, u butun

dunyoda rivojlanishga katta hissa qo‘shmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti I. Karimovning “Tabiiyki, har qanday

davlatning yuzi, obro‘-e’tibori uning Konstitutsiyasi hisoblanadi. Zotan, Konstitutsiya davlatni
davlat, millatni millat sifatida dunyoga tanitadigan Qomusnomadir”

5

, - degan so‘zlari faqat

O‘zbekiston konstitutsiyasiga emas, umuman Konstitutsiyalarga berilgan bahodir.

Konstitutsiyaning rivojlanishining yana bir uzviy davomi sifatida O‘zbekiston

Respublikasi tarixida yana bir Konstitutsiyalardan biri – 2023-yil 1-may kuni kuchga kirgan Yangi
tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidir.

“Davlatimiz rahbari 2022-yilning 20-iyun kuni Konstitutsiyaviy komissiya a’zolari bilan

uchrashganida asosiy qonunga qator normalarni kiritish bo‘yicha takliflarni ilgari surdilar:

Fuqarolarning huquq va erkinliklari yo‘nalishida:

1.

Oʼzbekiston fuqarosi mamlakat bo‘ylab erkin harakatlanish, turar yoki yashash joyini erkin
tanlash huquqiga ega (propiska cheklovlari qaytib hech qachon tiklanmaydi);

2.

Har bir fuqaroga mamlakatdan to‘siqlarsiz chiqish va qaytish huquqi kafolatlanadi;

3.

Shaxsiy hayot daxlsizligi kafolatlanadi;

4.

Majburiy mehnat va bolalar mehnatiga yo‘l qo‘yilmaydi;

5.

Har bir shaxs qulay mehnat sharoitida ishlash, mehnati uchun munosib haq olish huquqiga
ega;

6.

Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori insonning o‘zi va oilasi hayot kechirishi uchun
yetarli miqdorda bo‘lishi kerak.

Sud-huquq sohasida:

1.

“Miranda qoidasi”: shaxsni ushlash chog‘ida uning huquqlari va nima sababdan ushlangani
sodda tilda tushuntirish berish shart;

2.

“Xabeas korpus” instituti: shaxs sudning qaroriga qadar ko‘pi bilan 48 soatdan ortiq ushlab
turilishi mumkin emas;

3.

O‘lim jazosi taqiqlanadi;

4.

Shaxsning sudlanganligi va undan kelib chiqadigan huquqiy oqibatlar uning qarindoshlari
huquqlarini cheklashga asos bo‘lishi mumkin emas;

5.

Mahbuslarga nisbatan insoniy munosabat va ularning qadr-qimmati taʼminlanishi shart;

6.

Maʼmuriy, fuqarolik, iqtisodiy, jinoiy javobgarlik va boshqa yo‘nalishdagi ishlarni ko‘rib
chiqishda insonga nisbatan qo‘llaniladigan huquqiy taʼsir choralari – qonuniy maqsadga
erishish uchun yetarli bo‘lishi hamda shaxsga imkon qadar yengillik yaratishi kerak;

7.

Sudning qarorisiz hech kim uy-joyidan mahrum qilinmasligi kerak;

5

Karimov I.A “Bizdan ozod va obod Vatan qolsin”. – T.: “O‘zbekiston”, 1996. 93-bet.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

553

8.

Imorat buzilishga tushganda buzishdan oldin uning qiymatiga mos kompensatsiya
toʼlanishi shart;

9.

Uy-joyga yoki shaxsning boshqa mol-mulkiga uning ruxsatisiz kirish, ularni ko‘zdan
kechirish va tintuv o‘tkazishga faqat qonunda belgilangan holat va tartibda yo‘l qo‘yiladi.

Oila instituti:

1.

Oila ayol va erkakning (oldingi Konstitutsiyada “tomonlarning” deyilgan) ixtiyoriy roziligi
va teng huquqliligi asosida shakllanadi;

2.

Homiladorligi yoki yosh bolasi borligi sababli ayollarni ishga qabul qilishni rad etish,
ishdan bo‘shatish va ularning ish haqini kamaytirish taqiqlanadi;

3.

Ko‘p bolali oilalarga imtiyoz va ijtimoiy kafolatlar beriladi;

4.

Ota-onalar o‘z farzandlari voyaga yetguniga qadar ularning tarbiyasi, taʼlim olishi,
sog‘lig‘i, to‘laqonli va barkamol rivojlanishi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish huquqiga ega
va bunga majburdir;

5.

Davlat jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishi lozim;

6.

Davlat yoshlarni maʼnaviy va axloqiy yetuk insonlar etib tarbiyalash uchun sharoit
yaratishi lozim.

Ta’lim, tibbiyot ekologiya:

1.

Pedagog xodimlarning kasbiy faoliyatiga aralashish, ularning xizmat majburiyatlarini

bajarishiga to‘sqinlik qilishga yo‘l qo‘yilmaydi;

2.

Davlat maktabgacha taʼlim, maktab va oliy taʼlim tizimini, turli mulk shaklidagi, jumladan,

xususiy taʼlim muassasalarini rivojlantirish uchun zarur sharoitlar yaratib berishi lozim;

3.

“Har bir inson malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega” degan umumiy norma

kengaytiriladi;

4.

Ekologik-huquqiy normalar kengaytiriladi”

6

.

Shu va shu kabi yangilik va o‘zgarishlar konstitutsiyaning bundan keyin dolzarbligini

saqlab qoladi va konstitutsiyaning rivojlanishini ta’minlaydi.

Konstitutsiyaning huquqiy ahamiyati shundan iboratki, uning mamlakat hayotidagi o‘rni

siyosiy tizimni bir maromda hakaratlanishiga yordamlashishi bilan belgilanadi. Konstitutsiya
mamlakatning siyosiy tuzilmasi va huquqiy munosabatlar tuzilmasini belgilaydi. U mamlakatning
maqsadlari, muddaolari va tartiblari, davlatning tashkil etish prinsiplari, siyosiy va huquqiy
organlarning tashkil etilishi va vazifalari, fuqarolarning huquq va erkinliklari, davlat va xalqning
munosabatlari va shu kabi bir qator masalalar haqida ma’lumot beradi. Konstitutsiya davlatning
qonunchiligini ta’minlash uchun davlat boshqaruv organlari tomonidan qabul qilinadi va
o‘zgartirishlar ham amalga oshirish imkonini ham beradi. Zero, prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev
tomonidan aytilgan: “To‘la ishonch bilan aytish mumkinki, O‘zbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasi xalqimiz siyosiy-huquqiy tafakkurining yuksak namunasidir. U hech kimga qaram
bo‘lmasdan, erkin va ozod, tinch va osoyishta, farovon yashashning qonuniy kafolati bo‘lib
kelmoqda. Bozor munosabatlariga asoslangan huquqiy demokratik davlat, kuchli fuqarolik

6

Saidov A.S “Yangi Konstitutsiya hamda konstitutsiyaviy islohotlar”. “Republican Scientific and Practical

Conference” Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 December 1


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

554

jamiyati barpo etish borasida mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilmoqda”

7

– deb aytilgan ushbu

so‘zlar konstitutsiyaning nechog‘lik muhim va ahamiyatli ekanligini ko‘rsatadi.

Muxtasar qilib aytganda, O‘zbekistonda Respublikasida konstitutsiya rivojlanmoqda va

bundan keyin ham rivojlanib boradi. Bu esa shubhasiz, uning dolzarbligini va mamlakat hayotida
muhim rol o‘ynashini ko‘rsatadi. Konstitutsiya bu – inson huquqlari demakdir.

REFERENCES

1.

Karimov I.A “Bizdan ozod va obod Vatan qolsin”. – T.: “O‘zbekiston”, 1996. 93-bet.

2.

Odilqoriyev X.T “Davlat va huquq nazariyasi” Darslik. - T.: Toshkent “Adolat” 2018.
B.420

3.

Saidov A.S “Yangi Konstitutsiya hamda konstitutsiyaviy islohotlar”. “Republican
Scientific and Practical Conference” Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 December 1

4.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul
qilinganining 25 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasi //

https://constitution.uz/oz/pages/prezident_maruzasi_25yil

5.

https://constitution.uz/oz/pages/Konstitusiyamizning_yaratilishi

6.

https://www.gazeta.uz/oz/2021/12/08/constitution-day/

7

Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligiga

bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasi //

https://constitution.uz/oz/pages/prezident_maruzasi_25yil

References

Karimov I.A “Bizdan ozod va obod Vatan qolsin”. – T.: “O‘zbekiston”, 1996. 93-bet.

Odilqoriyev X.T “Davlat va huquq nazariyasi” Darslik. - T.: Toshkent “Adolat” 2018. B.420

Saidov A.S “Yangi Konstitutsiya hamda konstitutsiyaviy islohotlar”. “Republican Scientific and Practical Conference” Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 December 1

Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasi // https://constitution.uz/oz/pages/prezident_maruzasi_25yil

https://constitution.uz/oz/pages/Konstitusiyamizning_yaratilishi

https://www.gazeta.uz/oz/2021/12/08/constitution-day/

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов