THE NEW CONSTITUTION - COMMUNICATION OF DEVELOPMENT

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Norboyev, S. ., & Tursunova, M. . (2023). THE NEW CONSTITUTION - COMMUNICATION OF DEVELOPMENT. Modern Science and Research, 2(12), 1099–1102. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/27405
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article mainly talks about the opinions about the new Constitution of the Republic of Uzbekistan, how much the new Constitution has found its place in the life of our people. In order for us to be among the most advand countries in the time of rapid development, it was time to renew our Constitution.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1099

YANGI KONSTITUTSIYA – TARAQQIYOT QOMUSI

Norboyev Sardor Qavmiddinovich

Maqola muallifi – BuxDPI ijtimoiy fanlar kafedrasi o’qituvchisi

Tursunova Madinabonu Akmalevna

BuxDPI 1-bosqich talabasi

Tel: +998944624842

Elektron pochta:

tursunovamadin5555@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.10427600

Annotatsiya. Ushbu maqolada asosan, O’zbekiston Respublikasi Yangi Konstitutsiyasi

haqidagi fikrlar, Yangi Konstitutsiyaning xalqimiz hayotida qanchalik o’z o’rnini topganligi
haqida aytilgan. Shiddat bilan rivojlanib borayotgan zamonda biz ham eng ilg’or davlatlar
qatorida bo’lishimiz uchun Konstitutsiyamizning yangilangani ayni muddao bo’ldi.

Kalit so’zlar: Konstitutsiya, referendum, monopoliya, strategiya, korrupsiya.

THE NEW CONSTITUTION - COMMUNICATION OF DEVELOPMENT

Abstract. This article mainly talks about the opinions about the new Constitution of the

Republic of Uzbekistan, how much the new Constitution has found its place in the life of our people.
In order for us to be among the most advand countries in the time of rapid development, it was
time to renew our Constitution.

Keywords:

Constitution, referendum, monopoly, strategy, corruption.

НОВАЯ КОНСТИТУЦИЯ – КОММУНИКАЦИЯ РАЗВИТИЯ

Аннотатция. В данной статье в основном говорится о мнениях о Новой

Конституции Республики Узбекистан, о том, насколько Новая Конституция нашла свое
место в жизни нашего народа. Для того, чтобы мы могли войти в число самых передовых
стран во времена бурного развития, пришло время обновить нашу Конституцию.

Ключевые слова: Конституция, референдум, монополия, стратегия, коррупцияю

Konstitutsiya har qanday davlatning asosiy qonunidir. U jamiyat uchun ishlashi, uning

talab va ehtiyojlarini qondirishi kerak. Konstitutsiyaning mazmuni – mamlakatning davlat,
ijtimoiy va siyosiy hayotining barcha asoslarini belgilashdan iborat. Boshqacha aytganda, u huquq
tizimining asosi va poydevori bo’lib, boshqa barcha qonunlar uning asosida quriladi. Lekin, shu
bilan birga, Konstitutsiya qat’iy, o’zgarmas hujjat emas. Agar Konstitutsiyani o’zgartirish zarurati
paydo bo’layotgan bo’lsa, demak, bu jamiyatning evolyutsion rivojlanishiga asoslangan holda,
O’zbekistonda yaqin kelajakda bo’lgan maqsadlarimizni belgilab olish, ochiq va ishonchli davlat
qurish uchun hayotiy zaruratdan dalolat beradi.

“2023-yilning 30-aprel sanasida mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida muhim voqea

bo’lib o’tdi. “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyaviy Qonuni umumxalq referendumida ovozga qo’yildi. Referendum natijasiga ko’ra,
2023-yilning 1-may sanasidan boshlab Yangi Konstitutsiya kuchga kirdi. Unga binoan,
Konstitutsiyamiz 6 bo’lim, 27 bob va 155 ta moddadan iborat. Yangilangan Konstitutsiya
mamlakat, millat va xalq sifatida keyingi qadamlarimizni aniqlab olishimiz uchun g’oyat
ahamiyatli masala, adolatli jamiyat qurish yo’lidagi ulkan qadamdir.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1100

“Konstitutsiyada O’zbekiston – suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat

ekani belgilab qo’yildi.

Inson huquq va erkinliklari qonunlarimizning, har bir vazirlik va idora faoliyatining

mazmuniga aylanishi qat’iy talab sifatida belgilandi. Bu hol davlat organlari hamda mansabdor
shaxslarning faqat va faqat fuqarolarning manfaatlarini ko’zlab faoliyat ko’rsatishiga asos bo’ladi.

Binobarin, qonunlardagi noaniqliklar inson foydasiga hal bo’lishi shart va zarur. Bunga

ko’ra, inson va davlat o’rtasida munosabatlarni tartibga soluvchi qonunchilikdagi noaniqliklar,
turli tushunmovchiliklar bartaraf etiladi.

Konstitutsiyada kambag’allikni qisqartirish, bandlikni ta’minlash, ishsizlikdan himoya

qilish bo’yicha normalar belgilandi.

Xususan, Konstitutsiyada har kimning uy-joyli bo’lish huquqi belgilandi.

Ushbu normaning amal qilishi har bir fuqaro, jumladan, yosh oilalarning o’z boshpanasiga ega
bo’lishini ta’minlab, kishilarning hayotdan rozilik darajasini oshiradi.

Bundan tashqari, hech kimning sudning qarorisiz va qonunga zid tarzda uy-joyidan

mahrum etilishi mumkin emasligi, uy-joyidan mahrum etilgan mulkdorga uy-joyning qiymati
hamda u ko’rgan zararlarning o’rni qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda oldindan hamda
teng qiymatda (bozor qiymatida) qoplanishi ta’minlanishi kafolatlandi.

Aholi hayoti va salomatlik darajasini yaxshilashning zaruriy sharti sifatida Konstitutsiyada

atrof-muhitni muhofaza qilish bo’yicha kompleks choralar belgilandi.

Ta’lim olish huquqi va imkoniyati kengaytirildi, o’qituvchilar konstitutsiyaviy maqomga

ega bo’ldi. Jumladan, fuqarolarning oliy ta’lim muassalarida davlat granti hisobidan o’qish huquqi
qat’iy belgilab qo’yildi.

Konstitutsiyada davlatning o’qituvchilar sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish, ularning

ijtimoiy va moddiy farovonligi, kasbiy jihatdan o’sishi to’g’risida g’amxo’rlik qilish majburiyati
qayd etildi.

Inson huquq va erkinliklari kafolatlari sezilarli darajada kuchaytirildi. Xususan,

O’zbekistonda o’lim jazosi taqiqlandi. O’lim jazosini taqiqlashni konstitutsiyaviy darajada
belgilanishi insonni hayotdan hatto davlat ham mahrum etishga haqli emasligini kafolatlaydi.

Bundan tashqari, shaxs sudning qarorisiz 48 soatdan ortiq muddat ushlab turilishi mumkin

emasligi belgilandi. Ya’ni, shaxsning erkinligini cheklash bilan bog’liq har qanday harakat
faqatgina sud qarori asosida amalga oshirilishi shart.

Ushbu qoida tergov organlari tomonidan insonlarni noqonuniy hibsga olish, asossiz

qamoqqa olish va saqlashga yo’l qo’ymaslikka qaratilgan. Bu orqali xalqaro e’tirof etilgan
“Xabeas korpus” institutini qo’llanish ko’lami yanada kengaydi.

Shaxsni ushlash chog’ida unga tushunarli tilda uning huquqlari va ushlab turilishi asoslari

tushuntirilishi shartligi, ayblanuvchi va sudlanuvchilarga o’ziga qarshi ko’rsatma bermaslik
(xalqaro e’tirof etilgan “Miranda qoidasi”), sukut saqlash huquqi berildi.

Har kimning yozishmalari, telefon orqali so’zlashuvlari, pochta, elektron va boshqa

xabarlari sir saqlanish huquqiga ega ekanligi belgilandi. Bunday huquqlarning cheklanishiga yoki
uy-joyda tintuv o’ykazishga faqat qonunga muvofiq va sudning qaroriga asosan yo’l qo’yilishi
belgilab qo’yildi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1101

Yoshlar huquqlari himoyalanishi va ularning jamiyat va davlat hayotida faol ishtirokini

rag’batlantirish kafolatlandi.

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ommaviy axborot vositalariga oid belgilangan

muhim qoidalar:

- davlat ommaviy axborot vositalari faoliyatining erkinligini kafolatlaydi; davlat ommaviy

axborot vositalarining axborotni izlash, olish, undan foydalanish va uni tarqatishga bo’lgan
huquqlari amalga oshirilishini kafolatlaydi;

- ommaviy axborot vositalarining faoliyatiga to’sqinlik qilish yoki aralashish qonunga

muvofiq javobgarlikka sabab bo’ladi;

- ommaviy axborot vositalari o’zi taqdim etadigan axborotning ishonchliligi uchun

javobgardir

1

.

Yangilangan Konstitutsiyamizda har bir modda barchaga tushunarli, aniq va lo’nda bayon

etilgani va sinchiklab ishlab chiqilganini ko’rishimiz mumkin. Bu o’zgarish va qo’shimchalar
O’zbekistonni yanada barqaror rivojlantirish, turli tahdidlarga qarshi tura oladigan salohiyatini
mustahkamlashga qaratilgandir.

Zamonaviy O’zbekiston tarixida ilk marotaba xalqning o’zi konstitutsiyaviy islohotlarda

faol ishtirok etgani katta ahamiyatga ega. Bu esa ochiq va demokratik mamlakat taraqqiyot yo’lini
belgilab berdi. Qonunchiligimizga ko’ra, konstitutsiyani qabul qilish bo’yicha referendum
o’tkazilgandan keyin hech qanday qo’shimcha hujjat qabul qilish, parlamentda muhokama
qilinishi va prezident tomonidan imzolanishi shart emas, chunki umumxalq ovozi yakuniy qarorni
belgilab berdi.

Mamlakatimizda yangilangan Konstitutsiya bevosita xalq tomonidan qabul qilingan

birinchi huquqiy hujjat bo’ldi.

Afsuski, korrupsiya, monopoliya, mas’uliyatsizlik, layoqatsizlik, mahalladoshlik,

beparvolik kabi illatlar xalqimiz farovonligiga, butun davlatning barqaror rivojlanishiga jiddiy
ta’sir ko’rsatayotganini bugun ochiq tan olamiz.

Konstitutsiyamizni esa bugun o’zgartirmasak, uni zamon talablariga javob beradigan

me’yorlarga moslashtirmasak, jamiyatimizni zanglagan “zangi”dan qutula olmaymiz, bundan
tashqari, raqobatbardosh, zamonaviy, eng ilg’or davlat bo’lishimiz uchun ko’p yillar kerak bo’ladi.

Belgilangan maqsad – raqobatbardosh, zamonaviy, eng ilg’or davlatga aylanish. Bu afsona

emas, bu haqiqatga intilishimiz kerak. Biz qurayotgan jamiyatda inson omili muhim o’rin tutadi,
bu esa inson manfaatlarining ustuvorligiga asoslanadi.

“Yangilangan Konstitutsiya “inson-jamiyat-davlat” tamoyiliga asoslanadi, chunki unda

barcha toifalar – yoshlar, ayollar, nogironlar, o’qituvchilar va hatto jinoyatchilar (adashgan
fuqarolar) ning huquq va manfaatlari o’z ifodasini topgani bilan amaliy ahamiyatga ega

2

.

“Huquqiy davlatda barcha jarayonlar qonuniy asoslar ustiga quriladi, davlat xizmatchilardan
huquq doirasida fikrlash, barcha masalalarga huquqiy ko’z bilan qarash talab etiladi. Qolaversa,

1

https://meningkonstitutsiyam.uz/

2

https://daryo.uz/


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1102

huquqiy davlatda barcha fuqarolar qonun oldida teng bo’ladi, davlat hokimiyatining oliy organlari
ham qonunlarga bo’ysunadi va qonunlarning muqarrar ijrosini ta’minlaydi

3

.

“Insoniyat o’z taraqqiyotining uchinchi ming yilligiga qadam qo’ygan hozirgi davrda

dunyo jamoatchiligi muhim bir haqiqatni anglab yetdi, ya’ni davlat demokratik prinsiplarga
tayanishi hamda shu asnoda insonning erkinligini himoyalovchi va uning farovon turmush
kechirishini ta’minlovchi vositaga aylanishi lozim. Dunyoviy konstitutsionalizm yutuqlari bilan
yo’g’rilgan O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining muqaddimasida davlatimizda oldiga
qo’yilgan muhim vazifalardan biri sifatida “respublika fuqarolarining munosib hayot kechirishini
ta’minlash” masalasi ilgari surilganligi chuqur ramziy ma’no va mazmun kasb etadi”

4

.

“Konstitutsiyaviy huquq ma’lum ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy

normalar yig’indisidan iborat. Bu ijtimoiy munosabatlar jamiyat, inson, davlat o’rtasida vujudga
keladi. Konstitutsiyaviy huquq bilan tartibga solinuvchi ijtimoiy munosabatlar ijtimoiy
munosabatlar tizimida asosiy, rahbariy, bosh munosabatlardan iborat bo’ladi va boshqa ijtimoiy
munosabatlarning vujudga kelishi uchun asos, tayanch vazifasini o’taydi. Masalan,
Konstitutsiyaviy huquq mulkiy munosabatlarning asoslarini belgilashi bilan mulkiy
munosabatlarning vujudga kelishiga asos bo’ladi”

5

.

Xulosa qilib aytganda, yangi tahrirda qabul qilingan Konstitutsiya Yangi O’zbekiston

strategiyasini amalga oshirishning siyosiy-huquqiy asoslarini yaratib, milliy davlatchilik
taraqqiyotining ustuvor yo’nalishlarini belgilab berdi.

Bu esa inson huquq va erkinliklariga oid masalalarda huquqni qo’llash amaliyotiga

yangicha yondashuvlar joriy qilishni dolzarb zaruratga aylantirmoqda.

Zero, barchamizning vazifamiz inson, uning huquq va erkinliklari oliy qadriyat

hisoblanadigan va hurmat qilinadigan adolatli jamiyat barpo etishdir.

REFERENCES

1.

https://meningkonstitutsiyam.uz/

2.

https://daryo.uz/

3.

https://iiv.uz/

4.

Odilqoriyev X.T “Konstitutsiyaviy huquq” Darslik. - Toshkent 2014

5.

Husanov.O “Konstitutsiyaviy huquq “ Darslik. - Toshkent 2013

3

https://iiv.uz/

References

https://meningkonstitutsiyam.uz/

https://daryo.uz/

https://iiv.uz/

Odilqoriyev X.T “Konstitutsiyaviy huquq” Darslik. - Toshkent 2014

Husanov.O “Konstitutsiyaviy huquq “ Darslik. - Toshkent 2013

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов