HIV IS AN URGENT PROBLEM

HAC
Google Scholar
To share
Muzaffarova, R., & Norboyev, S. (2023). HIV IS AN URGENT PROBLEM. Modern Science and Research, 2(12), 174–177. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/27026
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Keywords:

Abstract

This article mainly contains information about HIV infection and the methods of their symptoms. This article, which has not lost its relevance today. Also deals with the analysis of AIDS and HIV and the measures taken against then.


background image


173

OIV - DOLZARB MUAMMO

Muzaffarova Ruxshona Jahongir qizi

BuxDPI 1-bosqich talabasi

Norboyev Sardor Qavmiddinovich

BuxDPI ijtimoiy fanlar kafedrasi o’qituvchisi

Tel: +998914099705

Elektron pochta:

rukhshonajahongirovna2906@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.10363928

Annоtatsiya.

Ushbu maqolada asosan, OIV infeksiyasi va OITS xastaligi

,

belgilari, yuqish

usullari haqida ma’lumotlar jamlangan. Hozirgi kunda ham ushbu infeksiya o’z dolzarbligini

yo’qotmagan. Ushbu maqola ham OITS va OIV xastaligi, ularga qarshi qo’llanilayotgan chora -

tadbirlar tahliliga bag’ishlangan.

Kalit so’zlar

: OIV, OITS, epidemiya, immunitet, infeksiya, xavfli o’sma.

HIV IS AN URGENT PROBLEM

Abstract.

This article mainly contains information about HIV infection and the methods

of their symptoms. This article, which has not lost its relevance today. Also deals with the

analysis of AIDS and HIV and the measures taken against then.

Keywords:

HIV, AIDS, epidemic, infection, cancer.

ВИЧ – АКТУАЛЬНАЯ ПРОБЛЕМА

Аннотатция

. Эта статья в основном содержит информацию о ВИЧ – инфекции и

СПИДе и их симптомах. Сегодн эта инФекция не потеряла своей актуальности. Данная

статья также посвящена анализу заболеваний СПИД и ВИЧ и мерам, принимаемым

против них.

Ключевые слова:

ВИЧ, СПИД, эпидемия, инфекция, опасная, упохоль.

Bugungi axborot asrida fan – texnika taraqqiyoti qanchalik yuqori bo’lmasin yechimi

topilmayotgan muammolar ham yetarli. Har qaysi davrda ham inson, uning salomatligi va

sog’ligiga alohida e’tibor beriladi. Afsuski, XXI asrda ham keng tarqalgan kasalliklarga

e’tiborsizlik tufayli inson hayoti xavf ostida qolishi, ba’zi hollarda esa o’lim bilan yakun

topishi mumkin .

Hozirgi davrda ham bir qator yuqumli kasalliklar mavjud bo’lib, bular orasida OIV

infeksiyasi va OITS xastaligi ayniqsa ko’payib bormoqda. OITS xastaligiga ta’rif berishdan

avval OIV infeksiyasi atamasiga to’xtalishimiz joiz.


background image


174

“OIV ( odam immuniteti tanqisligi virusi )surunkali yuqumli kasallik bo’lib, inson

organizmida butun hayoti davomida saqlanib qoladi. U organizmni tashqi xavfli ta’sirlardan

himoya qiluvchi tizim -immun tizimini izdan chiqaradi. Uning o’ziga xosligi shundaki, virus

organizmga tushgan dastlabki davrda hech qanday noxush alomatlar sezilmaydi, immun tizimi

viruslarning tajovusini bostirib turadi”

1

.

Bu virusni yuqtirib olgan inson uzoq yillar davomida o’zini kasal ekanini sezmaydi. OIV

virusi bilan kasallangan hujayralar ko’pyib borishi natijasida OITS ( ortirilgan immunitet

tanqisligi sindromi yuzaga keladi. Bu ham uzoq davom atuvchi xastalik bo’lib faqat odamning

bitta a’zosiga emas qolgan sog’lom organlariga ham o’z ta’sirini o’tkazadi. Ayniqsa immun

tizimiga juda qattiq zarar yetkazadi va u o’z vazifasini bajara olmaydi. Albatta immuz tizimi

ishdan chiqandan keyin inson har qanday tashqi ta’sirga sezuvchan bo’ladi oddiy kasalliklar

ham juda og’ir kechadi. Boshqa yondosh kasalliklar ham rivojlanib boraveradi. Ya’ni OITS

OIV infeksiyasining eng so’ngi davri hisoblanadi.

Organizm bilan virus o’rtasida kurash avj olib virusning ustunligi bilan tugaydi. OITS

davrining boshlanishi ham xuddi shu vaqtda to’g’ri keladi. Nafas meda ichak, siydik yo’llarida

mavjud kasalliklarni keltirib chiqaradi. Bular esa OITS bilan bog’liq infeksiyalar deb ataladi

chunki OITS holati bilan bog’liqligi bo’lganligi uchun kasallik virusi infeksiya yuqqan

odamning qinida, erkaklar shavkatida. ayollarning jinsiy a’zolarining chiqindilarida va ko’krak

sutida bo’ladi, shuning uchun OITV, asosan, uch xil yo’l bilan yuqori qon orqali, jinsiy

aloqa vositasida va infeksiya yuqqan onadan homilasiga vertikal yo’l bilan o’tadi”

2

.

Bu kasalikka chalingan insonlarning ko’pchiligini narkamanlar (giyohvandlar, fohishalar)

tashkil etadi. Ya’ni shuni ta’kidlash joizki, muolajalar vaqtida nostril igna, shiprits, va

boshqa tibbiy anjomlarni ishlatishda ham bu kasallikni yuqtirib olishadi.

OITS sababsiz uzoq davom etuvchi yo’tal, qisqa vaqt ichida keskin ozib ketish, harorat

sababsiz ko’tarilishi, uzoq vaqt ich ketishi, og’iz bo’shlig’i va turli a’zolar yallig’lanishi,

xavfli o’smalar rivojlanishi kabi belgilar bilan namoyon bo’ladi.

Olimlarnig fikriga ko’ra dunyo bo’yicha ayni paytda 37 mln kishi OIV kasalligi bilan

kurashib kelmoqda. Kasallikning ko’p hollarda yosh insonlar o’rtasida tarqalishi kuzatiladi.

1

https://uz.m.wikipediya.org

2

https://med360.uz


background image


175

Ushbu xastalikning belgilari uzoq vaqt yashirin tarzda kechishi bois kasallik bilan og’rigan

bemorlarning boshqalarga yuqtirish xavfi ko’proq bo’ladi.

Hozirda tibbiyot asrida yashayotganimiz sababli, OIV infeksiyasiga chalingan odamning

umrini, sog’lom odamning umrichalik cho’zish mumkin ko’rsatilgan muolajalar bilan, albatta.

Ko’rsatilgan muolajalar bemorni to’laqonli virusdan xalos etmasa-da, ammo uning bemor

qonida ko’payishiga ham yo’l qo’ymaydi. Muolajalar natijasida bemorda immunitet paydo

bo’ladi va virusga qarshi hujayralar ko’payib, bemorning ahvoli sezilarli darajada

yaxshilandi.

Bizning mamlakatimizda O’zbkistonda OITS epidemiyasi ilk bor 1987- yilda aniqlangan.

SHu sanadan boshlab 2003-yilga qadar Respublikamizda 3531 nafar OIV virusi yuqtirib olgan

shaxslar ro’yxatga olingan. Respublikamizda virus bilan kasallangan bemorlarning ichida

ko’pchiligini chet el fuqarolari tashkil etgan. Respublikamizda jami qayd etilgan 3531 nafar

OIV yuqqan bemorlarning 11nafari 15 yoshgacha bo’lgan bolalardir, 2916 nafari erkaklar

va 615 nafarini ayollar tashkil etadi. Biroq rasmiy statistika virus yuqqan odamlarning aniq

sonini ko’rsatolmaydi, chunki OIV ga chalingan bemor tekshiruvdan o’tishga kelguncha,

ya’ni uning kasalligi aniqlanguncha bemor bir necha kishiga kasalligini yuqtirgan bo’ladi.

Albatta, har bir inson o’zini noqulay his qilganda, ya’ni o’zida shubhali holatlarni

sezgan taqdirda ixtiyoriy tarzda tekshiruvdan o’tishi mumkin, Buning uchun har bir viloyat

va tumanlarda OITSga qarshi kurashish markazlari tashkil etilgan. Mamlakatimiz O’zbekiston

Respublikasida ham “Odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallik

(OIV infeksiyasi ) tarqalishiga qarshi kurashish to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi

Qonuni mavjud bo’lib, ushbu qonunga binoan tekshiruvga kelgan shaxsing xohishiga ko’ra

yashirin tarzda tekshiruvlar o’tkaziladi.

OITS tekshirish natijalari qanday bo’lishidan qat’i

nazar vrach buni sir saqlashi kafolatlanadi.

SHuning uchun ham tekshiruvlardan o’tishga

qo’rqmaslik kerak. Zeroki, aynan bu virusni davolash qancha oldin boshlansa, bemorning

tuzalishga bo’lgan ishonchi ham ancha yuqori bo’ladi. Yuqorida nomi keltirilgan qonundan

ham bilsak bo’ladi-ki, O’zbekistoda ham mazkur kasallik bo’yicha ko’rilayotgan chora-tadbirlar

yetarlicha. Hozirgi kunda hammamizga ayon-ki, yoshlar nikoh qurishidan oldin OIV

infeksiyasi bo’yicha tibbiy ko’rikdan o’tishadi, shu tibbiy ko’rik paytida nikoh qurmoqchi

bo’lgan qiz yoki yigitda kasallik aniqlansa, dispenser nazoratiga olinadi. Bundan tashqari,

infeksiya onadan bolaga ham yuqadi deb ta’kidlab o’tdik yuqorida shuning oldini olish

bo’yicha ham ishlar yo’lga qo’yilgan. Ya’ni har bir homilador ayol homilasining o’n

to’rtinchi haftasidan boshlab joylardagi tibbiyot muassasasi tomonidan nazoratga olinib, OIV


background image


176

bo’yicha tekshiruvdan o’tkaziladi. OIV infeksiyasi aniqlangan ayolga esa tug’ruq amalga

oshirilgunga qadar virusga qarshi maxsus profilaktik dorilar beriladi. Tug’ilgan bolaga ham

bir oy davomida virusga qarshi maxsus profilaktik preparat beriladi. Buning natijasida esa

kasallikning onadan bolaga yuqishi ancha kamayadi. Bundan tashqari OIVni yuqtirib

olganlarni ijtimoiy muhofaza qilish uchun jamoa tadbirlari kuchaytirish, OIV infeksiyasiga

chalingan ayollarning bolalarini quruq sut aralashmalari bilan ta’minlash masalalari ham

yo’lga qo’yilgan.

“2018-yilda tasdiqlangan 3493 va 3800- sonli Prezident qarorlarining ijrosi sifatida 63ta

tumanlararo OIV diagnostik labaratoriyalar OITSga qarshi kurashish markazlari tasarrufiga

o’tkazilib, zarur tibbiy uskunalar bilan jihozlandi, har bir viloyat yuqumli kasalliklar negizida

beshtadan qirqtagacha OIV bemorlarga xizmat ko’rsatadigan o’rinlar tashkil etildi.

Bemorlarga qulayliklar yaratish maqsadida 260 ta yuqumli kasallik xonalari mutaxassislari

qayta o’qitilib, tayyorlandi va OITSga chalingan bemorlarni davolash ishlariga jalb etildi.

OIV infeksiyasiga tekshiruvlar soni 700 mingdan uch yarim millionga yoki besh barobarga

ortdi. Hukumatimiz tomonidan dori vositalarini moliyalashtirish 80 foizni tashkil etib, Xalqaro

tashkilotlar tomonidan 20 foiz holatlarda dorilarni Respublikamizga olib kirilishi hamda

kasallik aniqlanishi bilanoq, barcha bemorlarga dori vositalarini berib boorish yo’lga

qo’yildi”

3

.

Birinchi prezidentimiz Islom Abdug’aniyevich Karimov ta’kidlaganlaridek: “Sog’lom

avlod deganda, men faqatgina jismonan baquvvat farzandlarimizni emas, balki ruhan va

fikran sog’lom, mustahkam e’tiqodli, ma’lumotli, ma’naviy boy, o’z Vatanini sevuvchi.

mard avlodni ham ko’zda tutaman”,-deb aytgan gaplari bejizga emas, albatta, chunki har bir

mamlakatni rivojlanishi uchun, avvalambor, xalqqa sog’lom insonlar kerak bo’ladi. “Ayniqsa

bu kasallik oshlar orasida avj olganligi sababli ham yoshlar masalasiga jiddiy yondashmoq

lozim. OIV yuqish masalalarini to’g’ridan-to’g’ri xalq muhokamasiga olib chiqish, albatta,

milliy axloq-odob qoidalariga zid ekanligini qayd etib o’tish mumkin”

4

. Ammo bu virusning

yoshlar, ayniqsa, qiz bolalarning orasida ko’proq tarqalayotganligini yuqorida keltirib o’tilgan

sonlardan ham bilishimiz mumkin. Shunday ekan endi ularning xabardorligini ta’ minlash,

kasallik aniqlangan vaqtda da’volash ishlarini boshlashjoiz. Jamiyatda xotin–qizlarning

tengsizligi, ayollarning moddiy jihatda erkaklarga qaramligi, oilaviy zo’ravonliklar tufayli ushbu

kasallik yanada kuchaydi.

3

https://www.gazeta.uz

4

A.Pakirdinov va U.Valixonov “OIV/OITS’’ –T.: “Tafakkur bo’stoni”. 013


background image


177

O’zbekistonda OIV infeksiyasi tarqalishining muhimm sabablaridan yana biri ushbu

kasallik bilan kurashayotgan bemorlarning jamiyatda kamsitilishi bilan bog’liq. Shu sababli

ham yurtimizda ko’pchilik OIV bilan kasallangan bemorlar o’zlarining kasal ekanliklarini

bilmaslikni va bildirmaslikni afzal ko’rmoqda. Buning oqibatida esa OIV bilan kasallangan

shaxs bilib yo bilmay turib o’zining OIV virusini boshqa bir insonga yuqtirishi xavfi yuqori.

Inson o’z kasalini bilib turib boshqa bir shaxsga yuqtirishi javobgarlikka tortilishiga sabab

bo’ladi. SHuning uchun ham har bir yigit va qiz bu imfeksiyaning tarqalish yo’llari, uning oldini

oladigan tadbirlardan xabardor bo’lishi, o’zini ehtiyot qilishi va ushbu virus aniqlangan

taqdirda davolanishi kerak.

Xulosa qilib aytganda, har bir inson uchun, avvalo, uning sog’ligi birinchi o’rinda

turadi, xalqqa, jamiyatga ham sog’lom va kelajagi bor barkamol avlod kerak. SHunday ekan,

har bir inson, avvalo, sog’ligiga e’tiborli bo’lishi darkor. Zeroki, OIV xastaligi davosi yo’q

kasallik hisoblansada undan butunlay tuzalib bo’lmasa ham vaqtida kerakli muolajalar bilam

davolanilsa, yuqorida aytganimizdek, sog’lom inson umridek hayot kechirish mumkin.

REFERENCES

1.

https://www.gazeta.uz

2.

A.Pakirdinov va U.Valixonov “OIV/OITS’’ –T.: “Tafakkur bo’stoni”. 2013

3.

https://med360.uz

4.

https://daryo.uz

5.

https://uz.m.wikipediya.org

References

https://www.gazeta.uz

A.Pakirdinov va U.Valixonov “OIV/OITS’’ –T.: “Tafakkur bo’stoni”. 2013

https://med360.uz

https://daryo.uz

https://uz.m.wikipediya.org

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов