OBSTETRIC PERITONITIS

f
921-928
0
0
To share
Rajabova , D. (2023). OBSTETRIC PERITONITIS. Modern Science and Research, 2(12), 921–928. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/27283
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Chilla period is considered the most dangerous among purulent septic diseases. Preventive procedures aimed at preventing this disease will lead to a decrease in maternal mortality. The high occurrence of extragenital and genital diseases among women of childbearing age in our republic leads to a weakening of the immune system during pregnancy, a decrease in the body's defenses against infectious agents. As a result, the occurrence of purulent diseases is observed during the cold period against the background of EGK, late detection and treatment of the disease causes the death of mothers.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

921

AKUSHERLIK PERITONITI

Rajabova Dildora

Osiyo xalqaro instituti, klinik fanlar kafedrasi anatomiya fan o`qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.10408241

Annotatsiya.

Chilla davri yiringli septik kasalliklari ichida eng xavflisi bo‘lib hisoblanadi. Bu

kasallikning oldini olishga qaratilgan profilaktik muolajalarni o‘z vaqtida o‘tqazish onalar
o‘limining kamayishiga olib keladi. Respublikamizda tug‘ish yoshidagi ayollar orasida
ekstragenital va genital kasalliklarning ko‘p uchrashi homiladorlik davrida immun tizimning
susayishi, infektsion agentlarga nisbatan organizmning himoya kuchlarining pasayishiga olib
keladi. Buning natijasida chilla davrida EGK fonida yiringli kasalliklarning kelib chiqishi
kuzatiladi, kasalikni kechikib aniqlash va davolash onalar o‘limiga sabab bo‘ladi.

Kalit so’zlar

: peritonit, jarrohlik, tug‘ruq, yo`ldosh, patologiya, bachadon, platsenta, abort,

chilla, homila, barvaqt.

OBSTETRIC PERITONITIS

Abstract

. Chilla period is considered the most dangerous among purulent septic diseases.

Preventive procedures aimed at preventing this disease will lead to a decrease in maternal
mortality. The high occurrence of extragenital and genital diseases among women of childbearing
age in our republic leads to a weakening of the immune system during pregnancy, a decrease in the
div's defenses against infectious agents. As a result, the occurrence of purulent diseases is
observed during the cold period against the background of EGK, late detection and treatment of the
disease causes the death of mothers.

Key words:

peritonitis, surgery, childbirth, placenta, pathology, uterus, placenta, abortion,

chill, fetus, premature.

АКУШЕРСКИЙ ПЕРИТОНИТ

Аннотация.

Ознобный период считается самым опасным среди гнойно-септических

заболеваний. Профилактические мероприятия, направленные на предотвращение этого
заболевания, приведут к снижению материнской смертности. Высокая заболеваемость
экстрагенитальными и генитальными заболеваниями среди женщин детородного возраста
в нашей республике приводит к ослаблению иммунной системы во время беременности,
снижению защитных сил организма против инфекционных агентов. В результате в
холодный период на фоне ЭГК наблюдают возникновение гнойных заболеваний,
несвоевременное выявление и лечение заболевания приводит к гибели матерей.

Ключевые слова:

перитонит, хирургическое вмешательство, роды, плацента,

патология, матка, плацента, аборт, озноб, плод, недоношенность.

Akusherlik peritonitining Infeksiya manbai bo‘lib,ko‘pincha bachadon hisoblanadi

(tug‘ruqda xorioamnionit,tug‘ruqdan keyingi endometrit, kesarcha kesish jarrohligidan keyingi
choklarning nosozligi). Infeksiya o‘chog‘i bo‘lmish bachadonda infeksiyaning yashashi va
ko‘payishi uchun qulay sharoitlar mavjud bo‘ladi, bular qon quyqalari, homila elementi oldiklari
va h.k. Akusherlik peritoniti ko‘pincha sust va yashirin kechadi, ayniqsa kesarcha kesish
jarrohligidan keyingi peritonit.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

922

Diagnostik qiyinchiliklar

:

Homiladorlik va tug‘ruqdagi neyroendokrin o‘zgarishlar, gumoral va hujayra immuniteti

holati.

Homiladorlik va tug‘ruqdagi asoratlar.

Jarrohlik amaliyotining o‘sishi.

EGK.

Bakteriyalar assotsiatsiyasining mavjudligi (aerob va anaerob).

Akusherlik peritoniti

patogenezi

asosida:

Endogen intoksikatsiya, biologik-aktiv moddalar (gistamin, serotonin,kinin) ta'siri,

tomirlardagi tarkalgan o‘zgarishlar, to‘qima gipoksiyasi,gipovolemiya va almashinuvning
o‘zgarishi, MNS va miokardga patologik ta'siri, buyrak, jigar, oshqozon osti bezi va ingichka
ichakdagi destruktiv o‘zgarishlar yotadi.

Peritonit tasnifi

(K.S.Simonyan bo‘yicha) (1971):

1.

Reaktiv faza

2.

Terminal faza

3.

Toksik faza

Peritonit variantlari
I Variant

(30%) 12-24 soatdan so‘ng kesarcha kesish operatsiyasi vaqtida homila

pardasining infeksiyalanishi natijasida (xorioamnionit, uzoq muddat suvsizlik davri.) Infeksiya
manbai bachadon bo‘shlig‘idagi sakpanma operatsiya vaqtida qorin bo‘shlig‘iga tushishi. (erta
peritonit) operatsiyada xorioamnionit fonida.

Patologik simptomlar

:1 sutka oxirida yoki 2 sutka boshida avj oladi.Tana haroratining

ko‘tarilishi (38-39°S), taxikardiya (120-140 zarba/min) qorin shishi.Reaktiv faza unchalik
bilinmaydi. Toksik faza tez avj oladi. Umumiy ahvoli og‘irlashadi, ichak falaji kuzatiladi, tili
quruq, qusuq yashil va gemorragik massalar bilan septik shok, yurak-o‘pka va buyrak
yetishmovchiligi yuzaga keladi.

II. VARIANT

(15%) 72 soatdan so‘ng: operatsiyadan so‘nggi davrdagi endometrit bilan

bog‘lik (ichakning baryer funksiyasi falaj hisobiga buzilganda kuzatiladi).

Umumiy ahvoli nisbatan qoniqarli, tana harorati 37,4-37,6°S, taxikardiya (120-140

zarba/min), ichak falaji erta paydo bo‘ladi. Qorinda og‘riqlar yo‘q. Ko‘ngil aynish va qusish
kuzatiladi, qorni yumshoq, simptomlar qaytalanishi xos. Konservativ davoga qaramasdan 3-4 kun
ichida bemorning ahvoli og‘irlashadi va intoksikatsiya belgilari kuchayadi.

III. VARIANT

(55%) operatsiyadan so‘nggi 5-9 sutkasiga. Bachadonda choklar

yetishmovchiligi fonidagi peritonit.

Ko‘proq bu holat infeksiya bilan bog‘liq, kam hollarda texnik kamchiliklar bilan bachadonni

kesilganda burchaklarni noto‘g‘ri tikish bilan bog‘liq klinika erta paydo bo‘ladi. Birinchi sutkadan
peritonit belgilari paydo bo‘ladi. Ayol holati og‘irlashadi. Qorin pastidagi og‘riqlar bezovta qiladi.
Taxikardiya, qusish, qorin shishi saqlanib turadi. Perkussiyada qorin bo‘shlig‘ida ekssudat
aniqlanadi. Intoksikatsiya tez kuchayadi. Dunyoda akusherlik peritonitining ko‘payishi yiringli-
septik asoratlarning o‘sishi bilan bog‘liq.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

923

Peritonitga olib keluvchi sabablar:

Homiladorlik asoratlari (kamqonlik, preeklampsiya, yo‘ldoshning oldinda joylashishi

Qin biotsenozining o‘zgarishi

Tug‘ruqning patologik kechishi(suvsiz davr, tug‘ruqning uzoqqa cho‘zilishi)

Homiladorlik oxirida immunotanqisligi paydo bo‘lishi.

Tug‘ruqda xorioamnionit.

Tug‘ruqdan keyingi davrda peritonit paydo bo‘lishining sabablari:

Peritonitning harakteri va og‘irlik darajasi qorin bo‘shlig‘idagi mikroblarning miqdori,

turi, ularning virulentligi, patologik jarayonning tarqalganligi hamda organizm immun tizimining
holati kabi bir qator omillarga bog‘liq.

Endometrit, metrotromboflebit, parametrit va kesarcha kesish operatsiyasidan so‘ng

choklarning so‘kilishi.

EGK (o‘tkir appenditsit, ichak yoki siydik pufagi devori butunligining buzilishi, endogen

infeksiya).

Ko‘p hollarda peritonitda aralash turdagi mikroflora aniqlanadi.Lekin ularning ichida ichak

tayokchasi, stafilokokk, ko‘k yiring tayokchasi va vulgar protey yetakchi o‘rinni egallaydi.
Bachadonga infeksiya kirishi uchun bachadon bo‘shlig‘idagi qon laxtalari, homila qoldiqlarining
bo‘lishi katta rol o‘ynaydi. Bular mikroorganizmlarning o‘sishi uchun qulay sharoit bo‘lib
hisoblanadi. Bundan tashqari, homilador bachadon bakteriya, to‘qima toksinlari uchun yuqori
rezorbsion yuza bo‘lib, ularning qonga to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tishiga sharoit bo‘ladi.

Oqsil tabiatli toksinlar (polipeptidlar, to‘qima proteazalari, bakteriyalar va ularning

mahsulotlari), toksin- kristalloidlar (ammiak), biogen aminlar (gistamin, serotonin, geparin) qonga
so‘rilib organizmda bir qator o‘zgarishlarga olib keladi. Bu holat to‘qimalarda metabolik
jarayonning buzilishi, ularning parchalanishi va katabolizmi bilan kechib, bu o‘z navbatida MNS,
jigar, buyrak, miokard va boshka a'zolarga, xususan ichakning asab tizimiga patologik ta'sir
ko‘rsatadi. Natijada to‘qimalarda almashinuv jarayonining pasayishi, yurak-tomir tizimi, nafas
tizimi, gomeostaz buzilishlari kuzatiladi.

Bu mahsulotlarning toksik ta'siri natijasida oksidlanish- qaytarilish jarayoni buzilishi bilan

kechadigan sirkulyator gipoksiya yuzaga keladi. Bunda indol tarkibli aminlar va tuzilishiga ko‘ra
sut kislotasiga yaqin S-polipeptidning almashinuv mahsuloti bo‘lmish chala oksidlangan
metabolitlarning yig‘ilishi oqibatida anaerob faza ustun keladi.

Peritonit intoksikatsiyasining jadallashishi turli sabablar (toksinlar ta'siri, qon aylanish

buzilishi, gipoksiya va b.) natijasida yuzaga keladigan jigarning zararsizlantirish funksiyasining
pasayishiga olib keladi. Ko‘p hollarda jigar yetishmovchiligi buyrak yetishmovchiligi bilan birga
kechadi.

Peritonitda hujayralardan kaliyning ajralishi kuchayib, bevosita patologik jarayon zonasi

tomon yo‘nalishi kuzatiladi. O‘z navbatida kaliy hujayra elementlarining parchalanishidan ajralib
chiqadi, xususan qorin bo‘shlig‘ining ekssudatida ko‘p miqdorda aniqlanadi (10 mmol/l gacha ).

Chin kaliy yetishmovchiligi (uning eritrotsitlardagi kontsentratsiyasining pasayishi)

umumiy adinamiyaga, MNT pareziga, bradioaritmiyaga, miokardning qisqarish xususiyati va
yurak o‘tkazuvchanligining buzilishiga sabab bo‘ladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

924

Peritonit terminal bosqichida oligouriya va buyrak yetishmovchiligining rivojlanishi

kaliyning buyraklar tomonidan ekskretsiyasi buzilishiga hamda o‘sib boruvchi giperkaliyemiyaga
olib keladi, ammo eritrotsitlarda kaliyning kontsentratsiyasi o‘zgarmagan holda past bo‘ladi.
Peritonitning patogenezida ichak parezi aloxida o‘rin egallaydi. Ichak qovuzloqlarining suyuqlik
va gazlar bilan kengayib ketishi ularning harakat, sekretor, so‘rish, almashinuv funktsiyasi
buzilishiga, suvsizlanishiga sabab bo‘ladi.Paralitik sekretsiyaning oshib borishi bilan ingichka
ichak bo‘shlig‘ida o‘zida ko‘p miqdorda oqsil, elektrolitlar, K-ionlarini saqlagan ma`lum hajmdagi
suyuqlikning to‘planishi va sekvestrlanishi kuzatiladi. Ichak bo‘shlig‘ida bosim oshib boradi,
ichakning kengayishi va ichak devorining qon aylanishi buzilishi bo‘ladi. Bu devor ishemiyasiga
sabab bo‘lib, parez holatini yanada kuchaytiradi. Natijada ichak devori mikroorganizmlar va
toksinlar uchun o‘tkazuvchan bo‘lib qoladi. Diafragmaning yuqori turishi, uning kam
harakatchanligi esa o‘pka ventilyatsiyasini (bazal atelektazlar) va yurak faoliyatini
yomonlashtiradi. Qorin pressi muskullarining immobilizatsiyasi yo‘tal mexanizmining
o‘zgarishlariga olib keladi.O‘sib boruvchi og‘riqli sindrom, gipoventilyatsiya, vena-arterial
shuntlash fonida respirator buzilishlar va organizmning gipoksiyasi kuchayib boradi. Hosil
bo‘ladigan gipoproteinemiya o‘pkalar shishiga, ularning elastikligi pasayishiga, nafas faoliyati
oshishiga sabab bo‘ladi.

Yuqori isitma, total perspiratsiya, qusish natijasida suyuklikning ko‘p miqdorda ajralishi

avvalo aylanib yurgan qon hajmini, keyin esa yurakning zarb hajmi kamayishini va endotoksik
shok rivojlanishini ta'minlaydi.

Bunda ayniqsa, mikrosirkulyatsiyaning o‘zgarishi, proteolitik fermentlar faolligining oshishi

va koagulopatiya bilan kechuvchi tomir ichi qon ivishi yaqqol namoyon bo‘ladi.

O‘tkir peritonitning toksik fazasida organizm kislorodli rejimining o‘zgarishi nafaqat yurak

qon-tomir (gipovolemiya, toksik miokardit,qonning

yuqori ivuvchanligi) va nafas

yetishmovchiligi, balki gematologik buzilishlar (mikrosirkulyator sistemada sirkulyatsiya qiluvchi
eritrotsitlar sekvestratsiyasi, gemoliz, to‘qima kapillyarlarida gemoglobinning kislorodga bo‘lgan
talabi oshishi), bundan tashqari, energetik sarfning ortishi bilan aniqlanadi.

Shuni ta'kidlab o‘tish kerakki, peritonitni davolashda kechiktirib bo‘lmaydigan holatlardan

biri bu ichaklar falajini zudlik bilan bartaraf qilishdir, chunki parez metabolik o‘zgarishlar va
mavjud gipoksiyani yanada chuqurlashtiradi hamda shu ishemiya (gipoksiya) natijasida yuzaga
keluvchi ichak devorining hayotga layoqatliligining buzilishiga olib keladi.

O`z vaqtida peristaltikani tiklash buning oldini olishi mumkin, bundan tashqari, portal qon

aylanish kuchayadi, natijada jigar funktsiyasi yaxshilanadi.

B.N.Syerov va b. (1984) kesarcha kesish operatsiyasi o‘tkazilgan bemorlarda qorin

bo‘shlig‘iga infeksiya tushishining 3 xil mexanizmini ko‘rsatadilar.

Birinchi variantida peritonit kesarcha kesish vaqtida qorin pardaga infeksiya tushishi

oqibatida (birga keluvchi xorioamnionitda, uzoq kechuvchi oralig‘ida) infeksiya manbai bo‘lib,
operatsiya vaqtida qorin bo‘shlig‘iga tushgan bachadondagi hosilalar (erta peritonit) xizmat kiladi.
Peritonitning klinik belgilari operatsiyadan 1-2 kun o‘tgach, bachadonda choklar germetikligi
saqlangan holda yuzaga keladi. Peritonitning rivojlanib ketishi natijasida ularning ikkilamchi
yetishmovchiligi kelib chiqishi mumkin.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

925

Kesarcha kesishdan so‘ng qorin bo‘shlig‘iga tushuvchi infeksiya manbai falaj natijasida

toksin va bakteriyalarga nisbatan o‘tkazuvchanligi ortgan ichak devoridir. Bu faraz bundan 100
yil muqaddam bayon qilingan va keyingi izlanishlar natijasida bir necha bor ma'qullangan. Ammo
mikrobning qorin bo‘shlig‘iga tushishi peritonitning tipik ko‘rinishi bo‘lgan massiv ekssudat bilan
kechadi, og‘ir funksional va metabolik o‘zgarishlar esa faqat ma'lum sharoitlarda yuzaga keladi.

Peritonitning uchinchi va ko‘proq uchraydagan varianti bachadonda choklar

yetishmovchiligi natijasida qorin bo‘shlig‘ining infeksiyalanishiga asoslangan. Akusherlik
peritonitining klinik ko‘rinishi umumiy va mahalliy o‘zgarishlarga asoslanadi. Akusherlik
peritonitida mahalliy o‘zgarishlar kamroq rivojlangan va reaktiv faza intoksikatsion fazaga tezda
o‘tib ketadi. Shuning uchun “erta” akusherlik peritonitida intoksikatsiya belgilari ustun bo‘ladi,
psixomotor qo‘zg‘alish, chanqash, shilliq parda qurishi, taxikardiya, holsizlik. Bemor ahvolining
og‘irligi Infeksiyaning virulentligi va poliorgan yetishmovchiligi sindromi rivojlanish tezligi bilan
aniqlanadi, qisman uzoq davom etuvchi tug‘ruqlar natijasidagi gipovolemiya darajasiga,
operatsiya jarayonida qon yo‘qotilishining og`rishiga, elektrolit va suyuklikning ko‘p miqdorda
yo‘qotilishiga ham qaraladi.

Akusherlik peritoniti ikkinchi formasining klinik ko‘rinishida, avval ichaklar parezi ustunlik

qiladi, tug‘ruqdan keyingi endometrit belgilari ikkinchi o‘rniga o‘tadi. Bemor ahvolining og‘irligi,
ichak baryer funktsiyasining buzilishi va bachadondagi toksik mahsulotlarning rezorbsiyasi
hisobiga o‘sib boruvchi intoksikatsiya belgilari bilan aniqlanadi. Bachadon choklari
yetishmovchiligi natijasida infeksion agentning qorin bo‘shlig‘iga tushishi orqali yuzaga keluvchi
uchinchi formaning klinik ko‘rinishida mahalliy simptomatika yaqqolroq namoyon bo‘ladi.
Ichaklar falaji aniq rivojlanganda Schetkin-Blyumberg simptomi musbat bo‘ladi, “mushakli
himoya”, qayt qilish, suyuq va tez-tez ich kelishi o‘tkir hid bilan, palpatsiyada aniq lokal og‘riqlar
bo‘ladi. Lekin kompleks jadal terapiya fonida peritonitning klinik belgilari ko‘rinmasligi va uni
faqat ”qaytuvchi” simptomatika yuzaga kelgach aniqlashimiz mumkin. Kesarcha kesishdan
keyingi tarkok peritonitda kompleks jadal terapiya Kesarcha kesish operatsiyasidan keyingi
yoyilgan peritonit bilan og‘rigan bemorlarni davolash taktikasi uning shakli, kasallik kechishining
og‘irligi va konservativ terapiyaning samaradorligiga bog‘liq. «Erta» peritonitda davolash
taktikasi kompleks konservativ terapiya o‘tkazishga asoslanadi va faqatgina undan samara
bo‘lmaganda hamda bemor ahvoli yomonlashishi (ichak falajining tuzalmasligi va paralitik ichak
tutilishiga o‘tishi, qorin bo‘shlig‘ida ekssudat paydo bo‘lishi, taxikardiya, taxipnoe) jarrohlik
operatsiyasini o‘tkazishga ko‘rsatma bo‘ladi. Peritonitning 2-variantida kompleks jadal terapiya
bemorni operativ davolashga tayyorlash uchun o‘tkaziladi. Parezga qarshi ko‘pgina usullar
(peridural anesteziya, tozalovchi huqna, sifonli huqna, umbritsit, kaliy xlor, serukal, simagel 10
ml dan har soatda 4 mahal ichishga) o‘tkaziladi. Peritonitning 3-variantida tezkor operativ davo
o‘tkaziladi, bachadonni uning naylari bilan birga ekstirpatsiyasi, peritonitning reaktiv fazasida
qorin bo‘shlig‘ini tikilmagan qin orqali va yon kanallarning pastki qismlaridan drenajlash,
peritonitning intoksikatsiya fazasida esa qorin bo‘shlig‘ining yuqori sohalarini drenajlash va qorin
bo‘shlig‘ini yuvish. Operatsiyaning maqsadi infeksiya manbaini, ya'ni infeksiyalangan
bachadonni yo‘qotish va qorin bo‘shlig‘ini drenajlashdir. Bachadon yuzasidagi choklar
yetishmovchiligida bachadonni olib tashlash ayniqsa zarur. Ayni vaqtda ichaklar baryer funksiyasi
buzilganida qorin bo‘shlig‘ini sifatli drenajlash ayniqsa katta ahamiyat kasb etadi. Operatsiya


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

926

vaqtida jarroh ekssudatning tabiatiga ko‘ra (seroz, fibrinoz yoki yiringli) va qorin bo‘shlig‘i
zararlanishining tarqalganligiga ko‘ra (cheklangan, diffuz yoki to‘liq) peritonitning shaklini
aniqlashi lozim. Ko‘pchilik hollarda kesarcha kesish operatsiyasidan keyin 4-kunga kelib yiringli
ekssudat aniqlanadi va qorin pardaning zararlanishi ko‘pincha diffuz bo‘ladi. Peritonit shaklini
aniqlash «qorin bo‘shlig‘i dializi»ni qo‘llash muammosini xal qilish uchun zarur. Bu muolajani
o‘tqazish uchun ko‘rsatma bo‘lib total peritonit yoki peritonitning og‘ir intoksikatsiya bilan
kechuvchi shakli hisoblanadi. Kesarcha kesish operatsiyasidan keyingi peritonitni maxalliy
davolash (bachadonni olib tashlash, qorin bo‘shlig‘ini, oshqozonni, ba'zi bemorlarda ichakni
drenajlash, ileostomiya) bilan birga umumiy terapiyani ham o‘tkazish lozim. Umumiy
terapiyaning maqsadi patofiziologik buzilishlar kompensatsiyasi va infeksiya hamda
intoksikatsiyaga qarshi kurashishdir. Umumiy terapiyani belgilovchi holatlarni ko‘rib chiqa turib,
davolash muolajalarining bajarilish ketma-ketligiga e'tibor bermay bo‘lmaydi. Kesar kesish
operatsiyasidan keyingi peritonitda oshqozon ichak traktida hech qanday destruktsiyalar
bo‘lmaganida, operativ davo shoshilinch ko‘rsatmalarga ko‘ra o‘tkaziladi. Biroq u destruktiv
appenditsit, oshqozon va ichaklar yarasi bilan chaqirilgan jarroxlik peritonitidan farkli o‘laroq, bir
necha soat bilan chegaralanmaydi. Shunga ko‘ra, umumiy terapiya operativ davodan oldin yoki u
bilan birga olib borilishi lozim. Kompleks intensiv terapiya o‘tqazishning asosi bo‘lib,
yo‘naltarilgan ta'sirga ega bo‘lgan qon o‘rnini bosuvchi eritmalarni va qonning kolloidosmotik
xolati ko‘rsatkichlarining ionotor nazorati ostida muvozatlangan ion tarkibga ega bo‘lgan
eritmalarni keng qo‘llagan holda boshqariluvchi gemodilyutsiya metodi bilan amalga oshiriluvchi
infuzion-transfuzion terapiya hisoblanadi. Katta mikdordagi suyuklikni (4-5 l) organizmga kiritish
tezlashtarilgan diurez (kiritilgan har 1 l suyuqlikdan keyin 0,02 r furosemid, spazmolitik vositalar
bilan birga) fonida o‘tkaziladi.

Bir qator muolajalar mikrotsirkulyatsiyaning buzilishi va DVS sindromini yo‘qotishga

qaratiladi. Bu maqsadda sutkasiga 500 TB/kg (tana massasi) dan geparin, nikotin kislotasi -
Zmg/kg dan, eufillin 10 mg/kg dan, reopoliglyukin 15 ml/kg dan, kontrikal-100 YeD/kg dan
qo‘llaniladi. Parenximatoz a'zolar funktsiyasini va to‘qima metabolizmini yaxshilash maqsadida
1% li glyutamin kislotasi va koferment preparatlari kokarboksilaza, folat kislotasi, sirepar
qo‘llaniladi. Peritonitda endogen va ekzogen proteinazalarning esteraz faolligini tormozlovchi
proteazalar ingibitorlarini qo‘llash tavsiya etiladi. Proteazalar ingibitorlari - trasilol, kontrikal,
gordoks qonda antigenlik xossasidan xoli bo‘lgan turg‘un nofaol komplekslar hosil qiladi va
proteolitik fermentlarni katalitik faollikdan mahrum kiladi. Ularning davolovchi ta'siri
kininogenezni tormozlash yo‘li bilan amalga oshiriladi.

Immunoterapiya gammaglobulin, zardobli globulin, antisgafilokok plazma, vaktsina,

immukoaktiv plazma, leykotsitar massa qo‘llashni o‘z ichiga oladi. Organizm himoya kuchlarini
yaxshilash maqsadida biogen stimulyatorlar (dekaris, pentoksil, metiluratsil) qo‘llanadi.

Antibakternal terapiyani bir vaqtning o‘zida 2-3 ta preparat bilan o‘tkazish kerak.

Antibiotiklarga mikroflora sezgirligini hisobga olgan holda 10 kundan keyin almashtiriladi.
Antibiotiklar sefalosporinlar (fortum 2 g dan har 8-12 soatda m/ora yoki t/i ra, siprinol, sefamed,
sefamizin, megatsef 750 mg v/i 3 mahal kuniga 3-5 kun davomida), aminoglikozidlar (merkatsin,
kanamitsin, gentamitsin), ftorxinolonlar(oflo) kiradi. Anaerob preparatlardan metrogil qo‘llanadi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

927

Antibiotiklar bilan bir vaqtning o‘zida nitrofuran qatori preparatlari, zamburug‘ga qarshi

preparatlar (fluzamed), kolibakterin kabi preparatlar buyuriladi.

Anaerob flora tomonidan chaqirilgan peritonitda kuchli antigipoksik, antiparetik va

detoksikatsion ta'sir ko‘rsatuvchi giperbarik kislorodni qo‘llash maqsadga muvofiq.

Diagnoz qo‘yilgandan so‘ng operatav davoni hayotiy zarur bo‘lgan a'zolar funktsiyasini

yo‘lga ko‘yish maqsadida kompleks davo bilan birgalikda olib borish lozim.

Umumiy og‘riqsizlantirish (intubatsiya, IVL) ostida operatsiya qilinadi (12 soat davomida

konservativ davo effekti bo‘lmasa). Qorin oldingi devorida pastki o‘rta laparotomiya yo‘li
qo‘llaniladi va qorin bo‘shlig‘ining sanatsiyasi va drenajlash bajariladi. Ekssudat bakterial ekmaga
va antibiotiklarga sezgirlikka olinadi. Qorin bo‘shlig‘ini drenajlash (peritoneal dializ), yo‘g‘on
ichak intubatsiyasi (ichak dekompressiyasi bajariladi).

Intensiv terapiya ko‘p komponentlar bilan olib boriladi. Diurez va qon biokimyoviy

tekshiruvlari ostida olib boriladi (elektrolitlar, oksil, oqsil fraktsiyalari, mochevina, kreatinin,
glyukoza, bilirubin va boshkalar). Suv-elektrolitlar almashinuvi korrektsiyasi kaliy, kaltsiy va
Ringer-Lokk suyukliklari bilan bajariladi. Shular bilan birgalikda volemik preparatlardan kolloid
eritmalar refortan va sgabizol v/i yuboriladi.

Oqsil moddalardan: albumin, proteii, plazma, aminokislotalar aralashmalari (infuzol)

qo‘llaniladi. Hammasi bo‘lib sutkada 3 l suyuqlik diuretiklar fonida va S V D tekshiruvi ostida
olib boriladi.Infeksiyaga qarshi antibiotiklar qo‘llaniladi.

Qorin bo‘shlig‘iga merkatsil, kanamitsin 1 g dan 2 mahal sutkada qo‘llaniladi. AB terapiya

fonida gormonal terapiya qo‘llaniladi (prednizolon, deksametazon).Oshqozon va ichaklar motor-
evakuator

funksiyasini

yaxshilash

maqsadida

nazogastral

zovd,

peridural

blokada

qo‘llaniladi.Falajga: prozerin, 10% natriy xlorid 100,0 t/i tomchilab, serukal 2.0 m/o, kaliy xlorid
1% t/i, ubretid 1,0 m/o, gipertonik klizma, Ognev klizmasi (30,0 glitserin, 3% peroksidi, 10%natriy
xlorid) yoki sifon klizma).

Vitaminoterapiya: B, C, E guruhlari.
Immunomodulyatorlar: T-aktivin, immunomodulin, timalin.
Desensibilizatsiya maqsadida: dimedrol, pipolfen, suprastin, kaltsiy xlor.
Yurak faoliyatiga: riboksin, korglyuqon, kokarboksilaza.

REFERENCES

1.

Adams, N.P., Bestall, J.C., Jones, P., Lasserson, T.J., Griffiths, B., & Cates, C.J. (2008).
Fluticasone at different doses for chronic asthma in adults and children.

Cochrane

Database of Systematic Reviews 2008, 4

, CD003534.

https://doi.org/10.1002/14651858.CD003534.pub3.

2.

Campbell, J.R., & Palazzi, D.L. (2017).

Candida infections in children.

UpToDate.

Retrieved 5 July 2021 from https://www.uptodate.com/contents/candida-infections-
inchildren.

3.

Ericson, J., & Benjamin Jr, D.K. (2016).

Candida

. In R. Kliegman, J. St Geme, N. Blum,

S. Shah, R. Tasker & K. Wilson (Eds),

Nelson textbook of pediatrics

(21st edn, pp. 1640-

1642). Elsevier.

4.

Gaensbauer, J., Nomura, Y., & Ogle, J.W. (2020). Infections: Parasitic and mycotic. In


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

928

W. Hay, M. Levin, M. Abzug & M. Bunik (Eds),

Current diagnosis and treatment:

Pediatrics

(25th edn, pp. 1291-1329). McGraw-Hill Education.

5.

Oakley, A. (2003).

Candida

. DermNet NZ. Retrieved 5 July 2021 from

https://www.dermnetnz.org/topics/candida/.

6.

Salokhiddinovna, H. Y. (2023). Morphological Features of the Human Body in Energy
Drink Abuse.

EUROPEAN JOURNAL OF INNOVATION IN NONFORMAL

EDUCATION

,

3

(5), 51-53.

7.

Salokhiddinovna, X. Y. (2023). INFLUENCE OF EXTERNAL FACTORS ON THE
MALE REPRODUCTIVE SYSTEM.

EUROPEAN JOURNAL OF MODERN

MEDICINE AND PRACTICE

,

3

(10), 6-13.

8.

Djalilova, Z. (2023). THE USE OF LATIN TERMINOLOGY IN MEDICAL
CASE.

Академические исследования в современной науке

,

2

(14), 9-15.

9.

Valijonovna, O. M. (2023). Aseptic and antiseptic in therapeutic dentistry. Best Journal
of Innovation in Science, Research and Development, 2(10), 517-521.

10.

Valijonovna, O. M., & Bahodirovna, N. M. (2023). TREATMENT OF
HYPERESTHESIA AFTER TEETH WHITENING. Научный Фокус, 1(1), 459-465.

11.

Dilmurodovna, T. D. (2023). MORPHOLOGICAL ASPECTS OF THE THYROID
GLAND IN VARIOUS FORMS OF ITS PATHOLOGY.

American Journal of Pediatric

Medicine and Health Sciences (2993-2149)

,

1

(8), 428-431.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов