Authors

  • Dildora Rajabova
    Osiyo xalqaro universiteti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.26095

Keywords:

placenta, pathology

Abstract

Premature migration of a normally located placenta is one of the most common pathological conditions in obstetric practice today. The occurrence of this pathological condition poses a threat to the life of the pregnant woman and the fetus. When early placental migration is observed, a pregnant woman experiences pain, bleeding, uterine muscle tension, and some changes observed in the fetus. When such a pathology is detected, it requires caution and awareness from doctors and the patient in the tactics of pregnancy and childbirth.

background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

888

NORMAL JOYLASHGAN YO’LDOSHNING BARVAQT KO’CHISHI

Rajabova Dildora

Osiyo xalqaro universiteti,

klinik fanlar kafedrasi anatomiya fan o`qituvchisi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.10207385

Annotatsiya.

Normal joylashgan yo’ldoshning barvaqt ko’chishi

hozirgi davrda akusherlik

amaliyotida tez-tez uchrab turuvchi patologik holatlaridan biridir. Bu patologik holatning sodir
bo`lishi homilador ayol va homila hayoti uchun xavf tug`diradi. Yo`ldoshning barvaqt ko`chishi
kuzatilganda homilador ayolda og`riq, qon ketishi, bachadon mushaklari taranglashishi, homilada
kuzatiladigan ayrim o`zgarishlar yuzaga chiqadi.

Bunday patologiya aniqlanganda, homiladorlik va tug’ruqni olib borish taktikasida

shifokorlardan hamda bemordan ehtiyotkorlik va ogohlikni talab qiladi.

Kalit so’zlar:

yo`ldosh, patologiya, bachadon, tug`ruq, platsenta, abort, chilla, homila,

barvaqt.

PREMATURE MIGRATION OF A NORMALLY LOCATED PLACENTA

Abstract.

Premature migration of a normally located placenta is one of the most common

pathological conditions in obstetric practice today. The occurrence of this pathological condition
poses a threat to the life of the pregnant woman and the fetus. When early placental migration is
observed, a pregnant woman experiences pain, bleeding, uterine muscle tension, and some changes
observed in the fetus.

When such a pathology is detected, it requires caution and awareness from doctors and the

patient in the tactics of pregnancy and childbirth.

Key words:

placenta, pathology, uterus, childbirth, placenta, abortion, chill, fetus,

premature.

ПРЕЖДЕВРЕМЕННАЯ МИГРАЦИЯ НОРМАЛЬНО РАСПОЛОЖЕННОЙ

ПЛАЦЕНТЫ

Аннотация.

Преждевременная миграция нормально расположенной плаценты на

сегодняшний день является одним из наиболее частых патологических состояний в
акушерской практике. Возникновение этого патологического состояния представляет
угрозу для жизни беременной и плода. При ранней миграции плаценты у беременной
возникают боли, кровотечения, напряжение мышц матки, наблюдаются некоторые
изменения у плода.

При обнаружении такой патологии требуется осторожность и осведомленность

врача и пациентки в тактике ведения беременности и родов.

Ключевые слова:

плацента, патология, матка, роды, плацента, аборт, озноб, плод,

недоношенность.

Kirish

Homiladorlik va tug’ruq normal kechganda yo’ldosh tug’ruqning uchinchi davrigacha

bachadonning yuqori segmenti devoriga yopishgancha qolaveradi. Homila tug’ilgach, bachadon
qisqarib, ichidagi bosim pasayishi munosabati bilan yo’ldosh ko’chadi. Ba’zan patologik
jarayonlarda normal joylashgan yo’ldosh homila tug’ilgunga qadar tug’iladi. Yo’ldoshning barvaqt


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

889

ko’chishi homiladorlik va tug’ruqning bachadon bo’yni ochilish davrida ko’proq uchraydi,
tug’ruqning ikkinchi davrida yo’ldoshning ko’chishi kam uchraydi.

Bu og’ir akusherlik asorati bo’lib, onalar va bolalar o’limiga olib keluvchi sabablar ichida

asosiy o’rinni egallaydi. O’zbekistonda bu asorat iliq iqlim mintaqalariga nisbatan 10 marta ko’proq
uchraydi. Normal joylashgan yo’ldoshning barvaqt ko’chishi

2-8 % hollarda o’limga olib keladi.

Sabablari:

Tomirlar tizimining o’zgarishi bilan davom etadigan kasalliklarda yo’ldosh ko’pincha

barvaqt ko’chadi. Normal joylashgan yo’ldoshning barvaqt ko’chishi ko’pincha bachadon va
yo’ldoshda degenerativ va yallig’lanish jarayonlari kuzatilganda yuzaga keladi. Platsentaning
ko’chishiga bachadon platsentar tomirlarining devorlari yupqalashib, mo’rtlashib, o’tkazuvchanligi
oshib, oson parchalanib qon quyilishiga olib keluvchi yoki moyillik tug’diruvchi omil bo’lib
hisoblanadi. Homiladorlikning kech toksiozlari, buyrak kasalliklari, gipertoniya, yurak nuqsonlari,
kamqonlik va boshqa kasalliklar oqibatida yo’ldosh tomirlarida o’zgarishlar ro’y berganligi
yo’ldoshga qon quyilishiga sabab bo’ladi. Bachadon devori bilan yo’ldosh oralig’iga qon quyilishi
sababli yo’ldosh yopishgan joyidan ko’chadi. Sun’iy abortdan keyin va chilla davrida bachadonning
yallig’lanishi yo’ldoshning barvaqt ko’chishiga moyil qilib qo’yadi. Kindik kalta bo’lganda va
homila pardasi kechikib yirtilganda yo’ldosh ko’chishi mumkin. Egizak homiladorlikda birinchi
homila tug’ilgach, yo’ldosh ko’chishi kuzatilishi mumkin. Kamdan - kam sabablari: jarohatlar, asab-
ruhiy omillar.

Normal joylashgan platsentaning vaqtidan ilgari ko’chishi patogenezi qon tomirlar yorilishi

bilan tushuntiriladi, bu vorsinkalararo qon aylanishi buzilishiga olib keladi va qon ketib
retroplatsentar gematoma shakllanadi. Ushbu asoratning uchrashi l,0 dan 5% gacha.

Yo’ldosh barvaqt ko’chganda ro’y beradigan o’zgarishlar.

Yo’ldosh barvaqt ko’chganda ro’y beradigan belgilar nihoyatda xilma-xil bo’lib,

yo’ldoshning qisman yoki to’liq ko’chganligiga bog’liq bo’ladi. Yo’ldosh to’liq ko’chganda yo’ldosh
va bachadon devori oralig’iga qon to’planib, ba’zan qon bachadon devorlariga so’riladi. Bunda
muskul va seroz qavatiga qon quyilishi natijasida bachadon yuzasi qoramtir-qizargan bo’ladi. Bunday
o’zgarishni

kyuveler bachadoni

deb ataladi va bachadon tug’ruqdan keyingi dastlabki soatlarda

qisqarish xususiyatini yo’qotadi, nihoyatda kо’р qon ketadi.

Normal joylashgan yo’ldoshning barvaqt ko’chishi og’irlik darajasiga kо’rа tasnifi:

yengil,

o’rtacha og’irlikda, og’ir

.

Yo’ldoshning qisman yoki to’liq ko’chishiga qarab klinik manzarasi ham 3 xil darajada

kechishi kuzatiladi.

Yengil darajada

kechishi. 60% bemorlarda uchrab, bunday yo’ldoshning 15% yuzasi

ko’chgan, ayolning umumiy ahvoli o’zgarmagan, tomir urishi, qon bosimi, homila yurak urishi
normal bo’ladi. Jinsiy yo’llardan ozgina qon ketadi, ba’zan qon ketishi ham kuzatilmaydi.

O’rtacha og’irlik

dagi darajasi 20% bemorlarda uchrab, yo’ldosh yuzasining 40% gacha

qismi ko’chgan bo’ladi. Homilador ayol qornining doimiy og’rishidan, umumiy behollik, bosh
aylanishi, ko’ngil aynishidan shikoyat qiladi. Bemorning rangi oqargan, sovuq ter bosgan, qon bosimi
10-15 mm simob ustunidan kamaygan, tomir urishi tezlashgan bo’ladi. Qorin devorlarini paypaslab
ko’rilganda bachadon devorining taranglashgani, bachadonning yo’ldosh ko’chgan sohasi do’ppayib
chiqqani kuzatiladi. Homila yurak urishi tezlashadi, ba’zan eshitilmay qoladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

890

Yo’ldosh ko’chishining

og’ir darajasi

birdaniga ro’y berib, ayolning ahvoli nihoyatda

og’irlashadi, qornining hamma sohasida qattiq og’riq sezadi, hushidan ketib, qon bosimi pasaygan,
tomir urishi sustlashgan, sovuq ter bosib, ranglari oqargan bo’ladi. Bachadonni qorin orqali
paypaslaganda bachadon taranglashib, qattiq og’riq natijasida homilaning qismlarini paypaslab
aniqlash imkoni bo’lmaydi. Homila ona qornida nobud bo’ladi. Bachadon devori qon tomirlari orqali
tromboplastin tanachalarining ko’p miqdorda o’tishi natijasida qonning ivish xususiyati pasaygan
(gipofibrinogenemiya) yoki butunlay qon yo’qolganligi (afibrinogenetniya) ayolda yanada qon
ketishiga olib keladi. Ayolning hayoti xavf ostida qoladi. Yo’ldoshning barvaqt ko’chishining og’ir
darajasida buyrakning siydik chiqarish faoliyati buzilgan bo’ladi, ba’zan butunlay faoliyati to’xtaydi
(O’BE), buni buyrak faoliyatining o’tkir yetishmasligi deb yuritiladi. Normal joylashgan
yo’ldoshning barvaqt ko`chishini yo’ldoshning oldinda kelishi, bachadon yirtilishi, oshqozon
yarasining yorilishi, chalkashtirmaslik kerak.

Xavf guruhlari:

1. Homiladorlik asorati: gipertenziv sindrom, preyeklampsiya.
2. Yuran qon-tomir kasalliklari bor homiladorlar.
3. Buyrak kasalliklari va homiladorlik.
4. Qon kasalliklari: tug’ma va orttirilgan koagulopatiyalar.

Tug’ruq jarayoni davomida:

1. O’ta kuchli tug’ruq faoliyati.
2. Tug’ruq faoliyati diskoordinatsiyasi.
3. Asossiz tug’ruq faoliyatini kuchaytirish.
4. Kalta kindik tizimchasi
5. Bachadon ichi bosimining keskin pasayishi, ko’psuvlilikda.

Tashxisi.

1. Ayolning umumiy ahvolini baholash
2. Homila holatini baholash
3. UTT - platsentadagi o’zgarishlarni aniqlash asoratlarning oldini olishga
imkon beradi

Olib borish taktikasi.

Ayol va homila holatiga va platsenta ko’chish darajasiga ham bog’liq. Klinik kechishga

bog’liq bo’lmagan holda tez TTQI sindromi yoki qon yo’qotish natijasida gipovolemiya rivojlanishi
mumkin.

Normal joylashgan yo’ldoshning barvaqt ko’chishida o’tkazish kerak bo’lgan chora-

tadbirlarning ketma-ketligi.

1. Bemor shikoyatlarini baholash.
2. Umumiy ahvolini to’g’ri baholash.
3. Gemodinamika ko’rsatkichlarini to’g’ri aniqlash
4. Tashqi akusherlik tekshiruvi:
• bachadon holatini baholash (tonus, tarangligi, bo’rtib chiqishi, og’riqlilik).
• homilaning holatini baholash
5. Tezlik bilan statsionarga olib borish
Statsionarda qin orqali tekshirish:


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

891

• tug’ruq faoliyatini aniqlash
• xulosa chiqarish va olib borish taktikasini aniqlash: kesarcha kesish yoki bachadon og’zi

ochiq bo’lsa, amniotomiya qilib tabiiy yo’l orqali tug’dirish.

Normal joylashgan yo’ldoshning barvaqt ko’chishini davolash uning klinik darajasi va

tug’ruqda bachadon bo’yni ochilish darajasiga qarab olib boriladi. Agar yo’ldoshning ozgina qismi
barvaqt ko’chgan bo’lib, ayol va homilaning ahvoli o’zgarmagan bo’lsa, ayolni darhol tug’ruqxonaga
yotqizib, nihoyatda tinch sharoit yaratiladi, so’ngra koagulopatik qon ketishining oldini olish uchun
chora-tadbirlar o’tkaziladi (kontrikal, disinon, ATF, vitamin E, kalsiy glyukanat va h.k.).

REFERENCES

1.

Gilbert G.L. Infections in pregnant women. Med J Aust 2002; 176: 229– 236.
https://www.mja.com.au/journal/2002/176/5/1-infections-pregnant-women;

2.

Palasanthiran P, Starr M, Jones C, Giles M; editors. Management of perinatal
infections. Sydney: Australasian Society for Infectious Diseases, 2014.

3.

Public Health Laboratory Network. Laboratory case definitions for diagnosis of
communicable diseases. Canberra: Commonwealth of Australia, 2017.

4.

LeBaron C.W., Forghani B, Beck C, et al. Persistence of mumps antibodies after 2
doses of measles‐mumps‐rubella vaccine. J Infect Dis 2009; 199: 552– 560.

5.

Best J.M. Rubella. Semin Fetal Neonatal Med 2007; 12: 182– 192.

6.

6.Cradock‐Watson J.E., Ridehalgh MK, Anderson MJ, Pattison JR. Outcome of
asymptomatic infection with rubella virus during pregnancy. J Hyg (Lond) 1981;
87: 147– 154.

7.

Ahn K.H., Park YJ, Hong SC, et al. Congenital varicella syndrome: a systematic
review. J. Obstet. Gynaecol 2016; 36: 563– 566.

8.

Gilbert G.L. Parvovirus B19 infection and its significance in pregnancy. Commun
Dis. Intel.l 2000; 24 (Suppl): 69– 71.

9.

Bascietto F., Liberati M, Murgano D, et al. Outcome of fetuses with congenital
parvovirus B19 infection: systematic review and meta‐analysis. Ultrasound Obstet
Gynecol 2018; 52: 569–

10.

Tuksanova, D. I. (2019). Osobennosti sostoyanie parametrov gomeostaza i
kardiogemodinamiki u zhenshchin s fiziologicheskim techeniem beremennosti.
Novyj den' v medicine-Tibbiyotda yangi kun-2019, 1(25), 159-163.

11.

Tuksanova, D. I. (2019). Features of the state of parameters of homeostasis and
cardiodynamics in women with the physiological course of pregnancy. Tibbietda
yangi kun.-Tashkent, (1), 25.

12.

Zaripova D.Ya., Tuksanova D.I., Negmatullaeva M.N. Osobennosti techeniya
perimenopauzal'nogo perekhoda zhenshchin s ozhireniem. Novosti
dermatovenerologii i reproduktivnogo zdorov'ya. № 1-2.2020 Str.39-42.– 66.

13.

.Zaripova D.Ya. Sharipova R.G. Effeciency of hormone replacement therapy in
prevention menopausal therapy. Academicia an international multidisciplinary
research journal. Vol.10, issue 8. Page 422.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

892

14.

Zaripova D. and Sharipova R. Comparative evaluation of the use of aleandronic acid
in menopausal women complicated by osteoporosis. European journal of biomedical
and pharmaceutical sciences. Vol-7, issue-6.

15.

Djalilova, Z. (2023). PEDAGOGICAL EDUCATIONAL TECHNOLOGY:
ESSENCE, CHARACTERISTICS AND EFFICIENCY.

Академические

исследования в современной науке

,

2

(23), 29-38.

16.

Djalilova, Z. (2023). THE SIGNIFICANCE AND POSITION OF TEACHING
METHODS IN PROFESSIONAL TRAINING.

Solution of social problems in

management and economy

,

2

(10), 31-42.

17.

Djalilova, Z. (2023). THE USE OF LATIN TERMINOLOGY IN MEDICAL
CASE.

Академические исследования в современной науке

,

2

(14), 9-15.

18.

Obidovna, D. Z., & Sulaymonovich, D. S. (2022). Physical activity and its impact
on human health and longevity.

Достижения науки и образования

, (2 (82)),

120-126.

References

Gilbert G.L. Infections in pregnant women. Med J Aust 2002; 176: 229– 236. https://www.mja.com.au/journal/2002/176/5/1-infections-pregnant-women;

Palasanthiran P, Starr M, Jones C, Giles M; editors. Management of perinatal infections. Sydney: Australasian Society for Infectious Diseases, 2014.

Public Health Laboratory Network. Laboratory case definitions for diagnosis of communicable diseases. Canberra: Commonwealth of Australia, 2017.

LeBaron C.W., Forghani B, Beck C, et al. Persistence of mumps antibodies after 2 doses of measles‐mumps‐rubella vaccine. J Infect Dis 2009; 199: 552– 560.

Best J.M. Rubella. Semin Fetal Neonatal Med 2007; 12: 182– 192.

6.Cradock‐Watson J.E., Ridehalgh MK, Anderson MJ, Pattison JR. Outcome of asymptomatic infection with rubella virus during pregnancy. J Hyg (Lond) 1981; 87: 147– 154.

Ahn K.H., Park YJ, Hong SC, et al. Congenital varicella syndrome: a systematic review. J. Obstet. Gynaecol 2016; 36: 563– 566.

Gilbert G.L. Parvovirus B19 infection and its significance in pregnancy. Commun Dis. Intel.l 2000; 24 (Suppl): 69– 71.

Bascietto F., Liberati M, Murgano D, et al. Outcome of fetuses with congenital parvovirus B19 infection: systematic review and meta‐analysis. Ultrasound Obstet Gynecol 2018; 52: 569–

Tuksanova, D. I. (2019). Osobennosti sostoyanie parametrov gomeostaza i kardiogemodinamiki u zhenshchin s fiziologicheskim techeniem beremennosti. Novyj den' v medicine-Tibbiyotda yangi kun-2019, 1(25), 159-163.

Tuksanova, D. I. (2019). Features of the state of parameters of homeostasis and cardiodynamics in women with the physiological course of pregnancy. Tibbietda yangi kun.-Tashkent, (1), 25.

Zaripova D.Ya., Tuksanova D.I., Negmatullaeva M.N. Osobennosti techeniya perimenopauzal'nogo perekhoda zhenshchin s ozhireniem. Novosti dermatovenerologii i reproduktivnogo zdorov'ya. № 1-2.2020 Str.39-42.– 66.

.Zaripova D.Ya. Sharipova R.G. Effeciency of hormone replacement therapy in prevention menopausal therapy. Academicia an international multidisciplinary research journal. Vol.10, issue 8. Page 422.

Zaripova D. and Sharipova R. Comparative evaluation of the use of aleandronic acid in menopausal women complicated by osteoporosis. European journal of biomedical and pharmaceutical sciences. Vol-7, issue-6.

Djalilova, Z. (2023). PEDAGOGICAL EDUCATIONAL TECHNOLOGY: ESSENCE, CHARACTERISTICS AND EFFICIENCY. Академические исследования в современной науке, 2(23), 29-38.

Djalilova, Z. (2023). THE SIGNIFICANCE AND POSITION OF TEACHING METHODS IN PROFESSIONAL TRAINING. Solution of social problems in management and economy, 2(10), 31-42.

Djalilova, Z. (2023). THE USE OF LATIN TERMINOLOGY IN MEDICAL CASE. Академические исследования в современной науке, 2(14), 9-15.

Obidovna, D. Z., & Sulaymonovich, D. S. (2022). Physical activity and its impact on human health and longevity. Достижения науки и образования, (2 (82)), 120-126.