Muloqot va uning pragmatik tahlili

HAC
Google Scholar
To share
Bobojonova, S. (2024). Muloqot va uning pragmatik tahlili. Modern Science and Research, 3(1), 1–5. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/27898
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Ushbu maqola nutqiy muloqot va uning pragmatik xususiyatlari haqida fikr yuritilgan. Lingvopragmatika tilning faol nutqiy muloqotdagi qat’iy belgilangan shakli va belgilangan ijtimoiy-pragmatik tamoyillaridir Nutqiy etiket birliklarining lingvopragmatik jihatdan tadqiqi ikki yoki undan ortiq xalqning o‘zaro bir-birlarining madaniyati, mentaliteti, e’tiqodi, an’analari, qadriyatlarini kengroq anglash, muloqotda pragmatik xatolarga yo‘l qo‘yilmaslik, madaniyat tushunchalari haqidagi bilimlarni oshirish imkoniyatini kengaytiradi. Bu esa o‘z navbatida millat, millat tili, jins, yosh, mavqe, etnik kelib chiqish, iqtisodiy hayot, din kabi omillarning nutqqa ta’siri masalasini yanada oydinlashtiradi. Shu jihatdan, nutqiy muloqot va unga ta’sir qiluvchi omillar va uning xususiyatlari haqida xulosalar kiritilgan.

Similar Articles


background image

Muloqot va uning pragmatik tahlili

Shakhnoza Bobojonova

University of Tashkent for Applied Sciences, Gavhar Str. 1, Tashkent 100149, Uzbekistan

(shakhnoza.bobojonovan@gmail.com )

https://doi.org/10.5281/zenodo.10439660

Kalit so‘zlar:

muloqot, nutqiy akt, nutqiy etiket, pragmatika, lingvopragmatika, kommunkatsiya adresant, kommunikator,

adresat, kommunikant, nokommunikativ, noverbal va verbal vositalar, kommunikativ maqsad.

Annotatsiya:

Ushbu maqola nutqiy muloqot va uning pragmatik xususiyatlari haqida fikr yuritilgan. Lingvopragmatika

tilning faol nutqiy muloqotdagi qat’iy belgilangan shakli va belgilangan ijtimoiy-pragmatik tamoyillaridir
Nutqiy etiket birliklarining lingvopragmatik jihatdan tadqiqi ikki yoki undan ortiq xalqning o‘zaro bir-
birlarining madaniyati, mentaliteti, e’tiqodi, an’analari, qadriyatlarini kengroq anglash, muloqotda
pragmatik xatolarga yo‘l qo‘yilmaslik, madaniyat tushunchalari haqidagi bilimlarni oshirish imkoniyatini
kengaytiradi. Bu esa o‘z navbatida millat, millat tili, jins, yosh, mavqe, etnik kelib chiqish, iqtisodiy hayot,
din kabi omillarning nutqqa ta’siri masalasini yanada oydinlashtiradi. Shu jihatdan, nutqiy muloqot va unga
ta’sir qiluvchi omillar va uning xususiyatlari haqida xulosalar kiritilgan.

1 KIRISH

Aniq

atama

yoki

tushunchaning

semantik ma’no maydonini o‘rganish unga
aloqador masalaning ham o‘ziga xos bo‘lgan
xususiyatlarini yuzaga chiqarishga asos
bo‘ladi. Nutqiy etiket masalasini tadqiq etish
esa muloqot va unga oid lingvistik hamda
ekstralingvistik jihatlarni ham o‘rganishni
taqazo qiladi.

Muloqot”

knijn

.

встреча,

свидание; muloqot qilmoq встречаться

[1]

.”

Holbuki,

muloqot

so‘zi

aloqa

so‘zi bilan

ham semantik bog‘lanib, “turli vositalar
yordamida axborotlarni uzatish va qabul
qilish” ma’nosiga ham e ga. Shu sababli u
ruscha

общение

so‘zi ma’nosiga ham mos

keladigan

semantik

xususiyatlarga

ega.

Terminologik nuqtayi nazardan leksema rus
tilidagi

общение

(

nutqiy muloqot – речевое

общение

)

so‘zi

bilan

muqobillik

munosabatida bo‘ladi.

“Muloqot”

bahamjihat

suhbat

quriladigan bino

[2]

. Bu so‘z suhbat, suhbat

qurmoq, muloqot odobi tarzida keltirilib
izohlangan.

O‘zbek va ingliz tillarining izohli

lug‘atida esa bu atamaga quyidagicha tarif
beriladi.

“Muloqot”

— uchrashish, ko‘rishish; qabul

qilish

esk. kt. ayn.

uchrashuv; musohaba 2.

So‘zga

chiqqanlar bunday ijodiy muloqotlarni tez-tez
o‘tkazib turish zarurligini gapirdilar.

Gazetadan.

[Pirnazar] Bolalik oshnasi polvon Qulmuhammad
bilan bo‘lgan shirin muloqotda yana.. xon zulmi
oshib ketayotganidan shikoyat qildi.

Mirmuxsin,

Cho‘ri.

Yosh qalam sohiblari bilan hamma joy-da:

Andijonda,

Qo‘qonda,

Namanganda

doi-miy

ravishda muloqot olib borish lozim.

Gazetadan.

Muloqot qilmoq

Uchrashmoq.

Xurosonning

barcha ulug‘ zotlari bilan muloqot qilmoqqa.. fursat
kelgan.

(Oybek, “Navoiy”)

[3]

.

Ushbu ta’rifdan ko‘rib turganimizdek,

o‘zbek tilining izohli lug‘atida muloqot atama
sifatida ko‘proq uchrashish, uchrashganda
gaplashish ma’nosini ifodalaydi, ammo nutqiy
muloqot deyilganda, ko‘proq kommunikatsiya
nazarda tutiladi, hamda bugungi kunda muloqotni
tashkil qilish uchun har doim ham uchrashish talab
etilmaydi. Ijtimoiy tarmoqlarda tashkil etiladigan
axborot almashinuv jarayoni ham muloqot sanaladi
va bu jarayonda ham nutqiy etiket o‘ziga xos tarzda


background image

namoyon bo‘ladi. Ingliz tilida kommunikatsiyaga
quyidagicha ta’rif beriladi.

Communication

the imparting or

exchanging of information by speaking, writing,
or using some other medium. “television is an
effective means of communication

[4]

Ingliz tilidagi kommunikatsiya termini bugun

bir qator dunyo tillari uchun qabul qilingan bo‘lib,
ikki tomonlama axborot almashinuv jarayonini
ifodalash uchun xizmat qiladi. O‘zbek tilida ham
kommunikatsiya muloqot atamasi bilan o‘rindosh
sifatida qo‘llanadi va ilmiy va rasmiy diskursiv
o‘rinlarda

kommunikatsiya

terminining

foydalanilishi kengroq kuzatiladi.

Muloqot

so‘zining lingvistik qiymati

ana shu keng ma’noda – “axborot almashish”,
“kishilarning kommunikativ munosabati”
ma’noviy mohiyati asosida idrok qilinadi.

“Ruscha-o‘zbekcha

lug‘at”da

kommunikatsiya so‘zining quyidagi ma’no turlari
berilgan: 1, Kommunikatsiya, aloqa yo‘li, yo‘l; suv
yo‘llari; aloqa temir yo‘llari; aloqa (aloqa yo‘llari,
kommunikatsiya)ni yo‘lga qo‘ymoq; dushman aloqa
yo‘llarini kesib qo‘ymoq; 2. lingv, kommunikatsiya,
aloqa, fikr almashish (almashuv) 1. Biz o‘z
ishimizda kommunikatsiya so‘zini uning lug‘atda
berilgan ikkinchi ma’nosida, muloqot so‘zini esa
uning sinonimi sifatida qo‘llaymiz. Muloqot uzvlari
deganda aloqa, fikr almashinish, so‘zlashish
jarayonida bevosita va bilvosita qatnashadigan
tarkibiy qismlar nazarda tutiladi

[5]

.

Xususan, kishilarning borliq yoki uning

ayrim hodisalari bilan munosabati kommunikativ
yoki

nokommunikativ

maqsadlarda bo‘lishi

mumkin. Kommunikativ muloqot faqat kishilar
orasida emas, balki deylik, kishi va hayvon yoki
parrandalar orasida ham bo‘ladi.

Kishilarning bevosita (yuzma-yuz) yoki

bilvosita

muloqoti

farqlanadi.

Zero,

ular

bevosita til yoki imo-ishoralar yordamida
muloqot

qiladilar.

Kishilarning

o‘zaro

kommunikativ aloqasi lisoniy, nolisoniy vositalar
asosida amalga oshiraladi. Shu ma’noda
kishilararo muloqotning vositalaridan bo‘lgan
nutqiy aktni umuman muloqot aktidan ayricha
tasavvur qilish, undan uzgan holda talqin qilish
mumkin emas. Zero, nutqiy akt, uning mohiyati
muloqot aktning tarkibiy qismlaridan bo‘lgan
pragmatik muhitsiz talqin qilinishi lisoniy
birliklarni sof til hodisasi sifatida “quruq” va
“obrazsiz” o‘rganishdan boshqa narsa emas.

Borliqdagi

mavjudlikning

yashash

algoritmini

aniqlash

bilan

shug‘ullangan

mutaxassislar uning o‘ta sodda va lo‘nda

ekanligini va bugungi kunda ham mohiyatan
mutlaqo

o‘zgarmay

kelayotganligini

ta’kidlaydilar.

Ba’zi

tadqiqotchilar

ushbu

hodisani ov qilish jarayoniga qiyoslaydilar

[6]

.

Demak, ibtidoiy odamning borliq bilan muloqoti
algoritmi “ovchi – ov kechimi – o‘lja” shaklida
bo‘lib, u turli sohalarga turli shakllarda yoyilgan.
Ammo ushbu uch hadli algortm o‘zgarmasdan
kelmoqda. Muloqot tizimida ovchi maqomida
so‘zlovchi, ov kechimi sifatida nutq akti va o‘lja
maqomida muloqot (bosh va natijaviy) intensiyasi
yotishini ko‘rish mumkin.

Muloqot

tizimidagi

nutqiy

aktning

maqsadi va natijasi muloqotning “mag‘zi”ni
tashkil qiladi va shunga ko‘ra pragmalingvistlar
muloqot tizimi tahlilida asosiy e’tiborni maqsad
va

natija

muvofiqligi

masalasi

tahliliga

qaratadilar. Biz bunda maqsad va ko‘zlangan
natijani dialektik yaxlitlikda olish tarafdorimiz.
Zero, har qanday muloqot maqsadi kelasi
zamondagi natija bo‘lsa, muloqot natijasi aslida
o‘tgan zamondagi muloqot maqsadidir. Shu
boisdan

ayrim

pragmalingvistlar

muloqot

maqsadini “boshlang‘ich intensiya (maqsad)”,
muloqot natijasini “natijaviy intensiya” deb ham
qaraydilar.

Muloqot maqsadi hamisha irrealligi,

muloqot

natijasi

esa

realligi

bilan

xarakterlanadi.

2 ASOSIY QISM

Lingvopragmatika birinchi bo‘lib g‘arb

tilshunosligida namoyon bo‘ldi, Britaniya olimi
G.Lich uni quyidagicha jadvalda aks ettirgan

[6]

:




background image



Lingvopragmatika – pragmalingvistika va

sotsiopragmatikaning o‘rtasida joylashadi. Bu yerda
lingvopragmatika verbal muloqotning ikki asosiy
komponentlari orasida kerakli halqa (zanjir) vazifasi
bilan favqulodda muhim ahamiyat kasb etadi.
Lingvopragmatika

ham

til

tizimi,

ham

so‘zlovchining

kognitiv

muhiti

orasidagi

moslashuvni

belgilaydi.

Bu

umumiy

pragmatikaning boshqa biror qismiga mos kelmaydi.
Jumladan, pragmalingvistika, ko‘proq grammatik
xatolarni tekshirishga moyil bo‘lib, grammatik
jihatdan

noo’rin

qo‘llangan

fikr

anglashilmovchilikga olib kelishini misol qilish
mumkin.

Ijtimoiy me’yorlar va til o‘rtasidagi

bog‘liqlik lingvopragmatika doirasida o‘rganilib,
qisman sotsiologiya va lingvistikani o‘z ichiga
oladi. S.Levinson ta’kidlaganidek, jamiyat
vakillari

bilan

muvaffaqiyatli

muloqotga

kirishish va ijtimoiy qonun qoidalarga rioya
qilish uchun sotsiopragmatika, ya’ni ijtimoiy
ong, xulq-atvor, mentalitet kabi madaniy
qadriyatlarni nazariy jihatdangina bilishning o‘zi
yetarli emas. Shu bilan birga pragmalingvistika,
ya’ni jamiyat tiliga bog‘liq lingvistik qonun-
qoidalarini bilish bilan cheklanish ham to‘g‘ri
kelmaydi. Bu holatda lisoniy va ijtimoiy
me’yorlarni

bog‘lab

o‘rganuvchi

lingvopragmatika maqbul yo‘nalish sanaladi

[7]

.

Lingvopragmatika tilning faol nutqiy

muloqotdagi qat’iy belgilangan shakli va
belgilangan ijtimoiy-pragmatik tamoyillaridir.

Moskva davlat lingvistika universiteti

ilmiy

jurnalida

lingvopragmatika

haqida

quyidagicha ta’rif berilgan: Bu yangi lingvistik
mavzu bo‘lib, o‘tgan asrning ikkinchi yarmidan
tadqiq qilina boshlandi. U semantika, stilistika,
ritorika,

kommunikativ

sintaksis,

diskurs

nazariyasi,

qisman

psixolingvistika

va

sotsiolingvistika bilan chambarchas bog‘liqdir.
Bu sohaning muammo doirasi

aniq,

tiniq

emas.

Lingvopragmatika

so‘zlovchining

maqsadi

va

so‘zlovchining

suhbatdoshga

bo‘lgan munosabatini belgilashni o‘rganadi.

Lingvopragmatika quyidagilarni o‘rganadi:

-

nutq aktlari nazariyasi; so‘zlash maqsadi

-

va nutq aktlari turlari;

-

suhbat olib borish qoidalari;

nutqiy

etiketning ahamiyatli tomonlari;

-

mavhumlashtirilgan

fikr,

qochiriq,

ko‘chirma nutqiy aktlar;

-

diskurs masalalari

[8]

.

Ta’kidlash joizki, nutqiy aktlardagi etiket

ko‘rinishlari verbal birliklar bilan birga, so‘z bilan
ta’riflab bo‘lmaydigan noverbal (paralingvistik)
vositalar orqali ham xalqning turmush tarzi,
qadriyatlari, mentaliteti hamda geografik joylashuvi
haqida ma’lumot beradi. Masalan, rus va boshqa
Yevropa

xalqlarida

qo‘l

berib

so‘rashish

Yaponiyada tushunmovchilik, hurmatsizlikni keltirib
chiqarsa, ba’zi arab davlatlarida erkaklarning o‘pib
ko‘rishishi boshqa millat vakillari uchun g‘ayrioddiy
ko‘rinadi.

Yangi

Zelandiyada

kishilar

salomlashganda burun burunga urushtirilishi, ayrim
sharq xalqlarining ta’zim qilishi, tibetliklarning
salomlashish tariqasida bir-birlariga tillarini chiqarib
ko‘rsatishlari ham etiket qoidalarining turfaligiga
misoldir. Noverbal va verbal vositalar misolida
muayyan millat yoki xalqning ijtimoiy hayoti,
tarixi,

madaniyatining

o‘rganilishi

nafaqat

tilshunoslik, balki boshqa sohalar uchun ham
muhim ilmiy xulosalar berishi mumkin.

Nutqiy etiket birliklarining lingvopragmatik

jihatdan tadqiqi ikki yoki undan ortiq xalqning
o‘zaro

bir-birlarining

madaniyati,

mentaliteti,

e’tiqodi,

an’analari,

qadriyatlarini

kengroq

anglash, muloqotda pragmatik xatolarga yo‘l
qo‘yilmaslik, madaniyat tushunchalari haqidagi
bilimlarni oshirish imkoniyatini kengaytiradi. Bu esa
o‘z navbatida millat, millat tili, jins, yosh, mavqe,
etnik kelib chiqish, iqtisodiy hayot, din kabi
omillarning nutqqa ta’siri masalasini yanada
oydinlashtiradi.

Ma’lumki, har qanday muloqotda so‘zlovchi

va tinglovchi zaruriy uzv (tarkibiy qism)lar sifatida,
albatta ishtirok etadi. Bu muammoga bag‘ishlangan
ko‘pgina adabiyotlardagi kabi bizning ishimizda
ham so‘zlovchi, ya’ni xabar beruvchi, gapiruvchi

adresant, kommunikator

deb, adresantning nutqi

qaratilgan shaxs – tinglovchi

adresat, kommunikant

deb, muloqotda bilvosita (botinan) ishtirok etuvchi
yoki muloqotga bilvosita ta’sir etuvchi omillar esa

ta’sir birliklari

deb yuritiladi. Ta’sir birliklarini

shartli ravishda quyidagi ikki guruhga bo‘lish
mumkin:

I.

Ichki ta’sir birliklari

. Bunga adresant

yoki adresat shaxsi bilan bevosita bog‘liq quyidagi
belgi-xususiyatlar kiradi:

1. Millati.
2. Jinsi.
3. Yoshi.
4. Ijtimoiy belgilari.
5. Ta’sir birliklarga yaqinlik darajasi.


background image

II.

Tashqi ta’sir birliklari.

Bunga

muloqotga bilvosita ta’sir etuvchi quyidagi tashqi
omillar kiradi:

1. Muloqot vaqti.
2. Vaziyat.
3. Ijtimoiy holat.
Har qanday obyekt (muammo) tasnif orqali

o‘rganilgani kabi muloqot ham tasnif etilganda,
o‘ziga xos jihatlari yaqqolroq namoyon bo‘ladi.

H. I. Formanovskaya muloqotni turli nuqtayi

nazardan quyidagi turlarga bo‘ladi:

1.

Kommunikantlarning makon va zamonga

nisbatan holatiga ko‘ra: yuzma-yuz
(kontakt) - masofali (distant) muloqot.

2.

Vositachilik qiluvchi “apparat” ning

mavjud yoki mavjud emasligiga ko‘ra:
bevosita - bilvosita muloqot.

3.

Til birliklarining shakllanishiga ko‘ra:

og‘zaki - yozma muloqot.

4.

So‘zlovchi va tinglovchi pozitsiyasiga

ko‘ra: dialogik - monologik muloqot.

5.

Muloqot ishtirokchilari miqdoriga ko‘ra:

shaxslararo - ommaviy muloqot.

6.

Muloqot

shart-sharoiti

va

kommunikantlarning o‘zaro munosabatiga
ko‘ra: (xususiy) norasmiy - rasmiy
muloqot

[9]

.

N.I.Formanovskaya tasnifiga qo‘shilgan va

ishimiz mohiyatidan kelib chiqqan holda quyida
ularning har biri haqida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.
Yuzma-yuz muloqotda kommunikantlar bir-birlarini
nafaqat eshitib balki ko‘rib ham turganliklari bois

vaziyat, imo-ishora va talaffuzga suyanib ish
yuritadilar. Muloqotning bu turi aytilmoqchi bo‘lgan
fikrning xatti-harakat, ko‘z va yuzlardagi ifodalar,
talaffuz ohanglari yordamida adresatga tezroq va
osonroq yetib borishligi bilan ajralib turadi.
Masofali muloqotda makon va zamonga ko‘ra
kommunikantlar o‘rtasida ma’lum bir masofa
bo‘ladi, muloqotning bu turiga telefon yoki xat
orqali aloqa qilish (fikr almashish)lar kiradi.
Bevosita muloqot yuzma-yuz suhbat, ma’ruza kabi
masofasiz muloqot bilan bog‘liq.

Bilvosita muloqot turlariga telefon, telegraf,

radio, televideniye kabi texnik vositalar, xat, gazeta
kabi qog‘oz orqali bo‘ladigan aloqalar kiradi.
Og‘zaki muloqot o‘z belgilariga ko‘ra masofasiz,
bevosita muloqot turiga kirsa, yozma muloqot
masofali va bilvosita muloqot hisoblanadi.

XULOSA

Nutqiy

akt

muloqot

tizimining

markaziy unsuri ekan, muloqot maqsadi va
muloqot

natijasi

unsurlari

nutq

mikrotizimining markaziy muhitini tashkil
etadi. Bunda garchi nutqiy akt muloqot
sistemasining markaziy unsuri sanalsa-da,
kommunikativ maqsad va uning natijasini
nutqiy

aniqlovchisi

bilan

qo‘llab

bo‘lmasligini ta’kidlash lozim. Chunki nutq
muloqot

maqsadi

ham,

natijasi

ham

bo‘lolmaydi,

balki

muloqotni

yuzaga

chiqaruvchi vosita sifatida amal qiladi, xolos.

Muloqotning har ikki turi o‘ziga xos

qulaylik (afzallik) va noqulaylik jihatlariga ega,

So‘zlovchi og‘zaki muloqotda o‘z fikrini
murakkab grammatik qurilishlarsiz turli nolisoniy
vositalar yordamida ancha erkin bayon etish

imkoniga ega bo‘lsa, yozma nutqini tahrir qilish
orqali yanglish yozilgan fikrlarni to‘g‘rilash, matn
ta’sirchanligini oshirish kabi imkoniyatlarga ega

bo‘ladi, Og‘zaki va yozma nutq vaziyat, holat
bilan bog‘liq holda adresatga turlicha ta’sir etishi
bilan ahamiyatlidir.

ADABIYOTLAR

[1]

Узбекско - русский словар. –Тошкент: ЎзСЭ,
1988. –Б.274.

[2]

Umarxo‘djaev

M.E.“Qizil

kitob”ga

tushmagan

tuyg‘ular: qumusiy lug‘at. – Toshkent: Akademnashr,
2019.–B. 45.

[3]

O‘zbek tilining izohli lug‘ati. II tom. 744-bet.

[4]

Oxford electronic dictionary.

[5]

Ruscha-o‘zbekcha lug‘at, Ikki tomli, 1-tom. -

Toshkent: O‘zbek Sovet Ensiklopediyasi.Bosh
redaksiyasi

[6]

Рустамова Д.А. О факторах эвфимизации/

Д.А.Рустамова.

Текст: непосредственный//

Молодой ученый.

2015. № 5(85).

666-668 c.

[7]

Leech G. Principles of Pragmatics. – London:
Longman, 1983.

[8]

Малюга Е. Н., Попова К. В. Лингвопрагматика

речевых стратегий в социалной рекламе //

Вестник Московского государственного

[9]

А. Формановская Н, Речевой этикет и

кулгура ойдения, - М : Бисшая школа, 1989.

–8-10 c.

Bellert I. On the logicosemantik structures

of utterances // I. Bellert. – Wroclaw: Ossolenium,
1972. – P. 108. – P.126

[10]

Bobojonova Sh.Y. Ta’lim iy diskurs va unga
aloqador hodisalar// Toshkent Davlat Pedagogika

Universiteti. Ilmiy axborotlari. Научный Весиник.
Scientific Bulletin. Ilmiy-nazariy jurnal 11/2022

[11]

Hakimov M. O‘zbek tilida matnning pragmatik
talqini: Filol. fanlari d-ri … diss. – Toshkent, 2001.

[12]

Bobojonova Sh.Y. Metafora muloqot vositasi unsuri
sifatida// Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti.
Ilmiy axborotlari. Научный Весиник. Scientific
Bulletin. Ilmiy-nazariy jurnal 11/2022

[13]

Amerian, M., & Esmaili, F. Language and gender: A
critical discourse analysis on gender representation in
a series of international 18 Ahmad & Shah – Critical
Discourse

Analysis

of

an

ELT

textbooks.


background image

International Journal of Research. – NY. 2015.-
P.120.

[14]

Azhar, M., Khalid, S., & Mehmood, R. Gender
representation in Pakistani and British English
fiction: A Corpus Based Study. Research on
Humanities and Social Sciences, 4(14), 2014. –
P.140.

[15]

Basow, S. A. Gender: Stereotypes and roles.
Thomson Brooks/Cole Publishing Co. 1992.

[16]

Raupova L. Dialogik nutqning diskursiv talqini
(polipredikativ birliklar misolida). Monografiya. – T.:
Fan , 2010. – B. 206.

[17]

Raupova L. Qo‘shma gap sintaksisida stilistika

elementlari. // Ta’lim tizimida ijtimoiy-gumanitar
fanlar. – Toshkent, 2008. №4. – B. 111–115.

[18]

Rahimov G‘. Zamonaviy sotsiolingvistikaning
dolzarb masalalari. – Samarqand: CamDChTI, 2007.

– B. 11-20.

[19]

Романов

С.И. Культурная обусловленность

эвфемизации речи // https://cyberleninka.ru // 2014.

– Б. 244.

[20]

Safarova

G.Q.

Evfemizmlarning

yosh

xususiyatlariga ko‘ra sotsial xoslanishi

.

filol. f.f.

nom...diss. – Toshkent, 2022. – B. 138.

[21]

Saidxonov M. M. Noverbal vositalar va ularning

o‘zbek tilida ifodalanishi. Filol. fan. nom. diss. –
Toshkent. 1993. – B. 161.

[22]

Сайфуллаев А.Р. Семантика и грамматика членов

предложения в современном узбекском языке:

Автореф. дисс … д-ра филол наук. – Ташкент,
2001. – C. 48.

References

Узбекско - ¬русский словар. –Тошкент: ЎзСЭ, 1988. –Б.274.

Umarxo‘djaev M.E.“Qizil kitob”ga tushmagan tuyg‘ular: qumusiy lug‘at. – Toshkent: Akademnashr, 2019.–B. 45.

O‘zbek tilining izohli lug‘ati. II tom. 744-bet.

Oxford electronic dictionary.

Ruscha-o‘zbekcha lug‘at, Ikki tomli, 1-tom. - Toshkent: O‘zbek Sovet Ensiklopediyasi.Bosh redaksiyasi

Рустамова Д.А. О факторах эвфимизации/ Д.А.Рустамова. — Текст: непосредственный// Молодой ученый.— 2015. № 5(85). — 666-668 c.

Leech G. Principles of Pragmatics. – London: Longman, 1983.

Малюга Е. Н., Попова К. В. Лингвопрагматика речевых стратегий в социалной рекламе // Вестник Московского государственного

А. Формановская Н, Речевой этикет и кулгура ойдения, - М : Бисшая школа, 1989. –8-10 c.Bellert I. On the logicosemantik structures of utterances // I. Bellert. – Wroclaw: Ossolenium, 1972. – P. 108. – P.126

Bobojonova Sh.Y. Ta’lim iy diskurs va unga aloqador hodisalar// Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti. Ilmiy axborotlari. Научный Весиник. Scientific Bulletin. Ilmiy-nazariy jurnal 11/2022

Hakimov M. O‘zbek tilida matnning pragmatik talqini: Filol. fanlari d-ri … diss. – Toshkent, 2001.

Bobojonova Sh.Y. Metafora muloqot vositasi unsuri sifatida// Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti. Ilmiy axborotlari. Научный Весиник. Scientific Bulletin. Ilmiy-nazariy jurnal 11/2022

Amerian, M., & Esmaili, F. Language and gender: A critical discourse analysis on gender representation in a series of international 18 Ahmad & Shah – Critical Discourse Analysis of an ELT textbooks. International Journal of Research. – NY. 2015.-P.120.

Azhar, M., Khalid, S., & Mehmood, R. Gender representation in Pakistani and British English fiction: A Corpus Based Study. Research on Humanities and Social Sciences, 4(14), 2014. – P.140.

Basow, S. A. Gender: Stereotypes and roles. Thomson Brooks/Cole Publishing Co. 1992.

Raupova L. Dialogik nutqning diskursiv talqini (polipredikativ birliklar misolida). Monografiya. – T.: Fan , 2010. – B. 206.

Raupova L. Qo‘shma gap sintaksisida stilistika elementlari. // Ta’lim tizimida ijtimoiy-gumanitar fanlar. – Toshkent, 2008. №4. – B. 111–115.

Rahimov G‘. Zamonaviy sotsiolingvistikaning dolzarb masalalari. – Samarqand: CamDChTI, 2007. – B. 11-20.

Романов С.И. Культурная обусловленность эвфемизации речи // https://cyberleninka.ru // 2014. – Б. 244.

Safarova G.Q. Evfemizmlarning yosh xususiyatlariga ko‘ra sotsial xoslanishi. filol. f.f. nom...diss. – Toshkent, 2022. – B. 138.

Saidxonov M. M. Noverbal vositalar va ularning o‘zbek tilida ifodalanishi. Filol. fan. nom. diss. – Toshkent. 1993. – B. 161.

Сайфуллаев А.Р. Семантика и грамматика членов предложения в современном узбекском языке: Автореф. дисс … д-ра филол наук. – Ташкент, 2001. – C. 48.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов