Ilova konstruksiyalarning yondosh hodisalar bilan munosabati

HAC
Google Scholar
To share
Sobirova, N. (2024). Ilova konstruksiyalarning yondosh hodisalar bilan munosabati. Modern Science and Research, 3(1), 1–4. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/27899
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Ushbu maqolada ilova konstruksiyalarining tilshunoslikdagi boshqa yondosh hodisalardan farqi to’g’risidagi fikrlar keltirib o’tilgan. Ilovaning parsellyasiya, segmentatsiya, paranteza kabi hodisalardan farqini ko’rib chiqishimiz mumkin.


background image

Ilova konstruksiyalarning yondosh hodisalar bilan munosabati

Sobirova Nigina Aliyevna

Toshkent amaliy fanlar universiteti, Gavhar ko’chasi 1uy, Toshkent 100149, O’zbekiston

sobirovan682@gmail.com.

https://doi.org/10.5281/zenodo.10439672

Kalit so’zlar:

Ilova konstruksiyasi, parsellyasiya, segmentatsiya hodisasi, paranteza.

Annotatsiya:

Ushbu maqolada ilova konstruksiyalarining tilshunoslikdagi boshqa yondosh hodisalardan farqi to’g’risidagi

fikrlar keltirib o’tilgan. Ilovaning parsellyasiya, segmentatsiya, paranteza kabi hodisalardan farqini ko’rib
chiqishimiz mumkin.


Tilshunoslikdagi o’rganilyotgan qator masalalar

nafaqat chet tillari balki o’zbek tilshunosligida ham
o’zini

namoyon

etmoqda.

Aytish

joizki

tilshunoslikdagi yangiliklar hech birimizni befarq
qoldirmaydi. Zotan tilga bo’lgan e’tibor millatning
ma’naviy madaniy boyligini aks ettiradi. Til –
millatning ma’naviy boyligi, qiyofasining bir bo‘lagi
va birdamligi timsolidir. Har bir millat milliy o‘ziga
xosligi hamda o‘z madaniyati bilan boshqa
millatlardan ajralib turadi. Bunda, shubhasiz, uning
tili ham madaniyatining bir ko‘rinishi sifatida
namoyon bo‘ladi. Darhaqiqat, millat madaniyatining
yuksalishi, uning tarixiy an’analari, qadriyatlari,
xotirasini namoyon etishda tilining ahamiyati
beqiyos. Til madaniyatning ahamiyatli bir bo‘lagi
sifatida muloqot jarayonida milliy madaniyatni aks
ettiradi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA

METODOLOGIYA.

O‘zbek tilshunosligida bevosita parsellyativ

konstruksiyalarni

o‘rganishga

bag‘ishlangan

dastlabki ish sifatida I.Toshaliyevning o‘quv
qo‘llanmasi tilga olish mumkin, unda parsellyatsiya
hodisasi haqida ancha muncha ma’lumot berilgan. Bir
gap doirasida aytilishi mumkin bo‘lgan fikrning
“bo‘laklanib” ifodalanishi masalasi tilshunoslar
diqqatini har doim o‘ziga jalb qilib kelgan, ammo
o‘zbek tilshunosligida bu xodisa boshqa xodisalar
bilan xususan, ilova konstruksiyalar bilan aralash
talqin qilingan. O‘tgan asrning o‘rtalaridan boshlab
parsellyativ

konstruksiyalar

F.Is’hoqov,

A.Abdullayev, B.Maskopov, M.Turopova kabi

olimlar tomonidan “ilova konstruksiyalar”nomi
ostida tekshirilgan. Keyinroq ayrim tadqiqotchilar
parsellyativ va ilova qurilmalarni farqlashga harakat
qilgan bo‘lsalarda, asosan sintaktik deravasiya doirasi
bilangina cheklanganlar.

Parsellyatsiya xodisasi boshqa tilshunoslarda ham

turli nuqtai nazarlardan u yoki bu darajada
o‘rganilgan. Masalan, rus tilshunosligida 1965 yilda
mazkur matn tadqiqiga bag‘ishlangan bir necha
nomzodlik dessirtasiyasi himoya qilingan. Oxirgi o‘n
yilda

parsellyatsiya

xodisasining

struktural,

semantik-sintaktik, stilistik xususiyatlarini o‘rganish,
bu xodisaning badiiy matn tarkibidagi, gazeta tilidagi
ekspressiv ishtirokini, poetik qimmatini tayin etish
borasidagi tadqiqotlar tilshunoslari tomonidan juda
ham faol tarzda olib borilmoqda. Bu o‘rinda
A.E.Sumarev,

Yu.V.Bogayavlenskaya,

I.V.Alekseyenko, R.O.Zelepukin, M.O.Stepkina kabi
tadqiqotchilarning nomzodlik dissertasiyalarini tilga
olishning o‘zi kifoya.

Tilshunos M.O.Stupkina parsellyatsiya va ilova

hodisalarini

bir

biridan

farqlamaslik

turli

tilshunoslarda

bugungi

kunda

ham

davom

etayotganligini ta’kidlaydi va bu borada quyidagi
to‘rt xil qarash mavjud ekanligini qayd etadi:

1.

Parsellyatsiya-ilovaning bir ko‘rinishi.

2.

parsellyatsiya va ilova –mustaqil xodisalar

3.

parsellyatsiya-ekspressiv

sintaksi

usuli,

ilova-aloqa vositasining semanetik ottenkasi .

O‘zbek tilshunosligidagi F.Is’hoqov va

B.Maskopovlarning

bu

muammo

borasidaga

talqinlarini ayni tasnifdagi, asosan, birinchi va
uchunchi guruh qarashlarga to‘g‘ri kelishini aytib
o‘tish

mumkin.

I.Toshaliyev

tomonidan

parsellyatsiya haqida berilgan tavsiflarda to‘rtinchi
guruh qarashlariga yaqinlik seziladi, ammo u aksar


background image

hollarda

parsellyatsiyalangan

konstruksiyalarda

qo‘shimcha, ikkilamchi, keyin esga kelib qolgan
ma’lumot ifodalanishi ta’kidlar ekan, uning ham
parsellyatsiya va ilovani qorishtirganligini sezmaslik
mumkin emas.

NATIJALAR

Ilovaning

bevosita

mantiqiy-lingvistik

mohiyati mavjud sintaktik butunlikka boshqa
sintaktik birlikni ilova qilishidan, parsellyatsiyaning
bevosita mantiqiy lingvistik mohiyati mavjud
sintaktik butunlikni kommunikativ bo‘laklashdan
iborat. Ana shu jiddiy farqni hisobga olgan holda
ayrim tadqiqotchilar parsellyatsiya va ilovaning
asosiy gap bilan munosabatidagi prinsipial o‘ziga
xoslikka

e’tiborni

qaratadilar.

Masalan,

Y.V.Aleksenko

parsellyativ

va

ilova

konstruksiyalarda

sintaktik

jarayonlardagi

yo‘nalishlarning farqli ekaniligini ta’kidladi. U juda
o‘rinli ravishda ko‘rsatganday, “ilovalanadigan
bo‘lak (qism) asos” strukturani bo‘laklamaydi, balki
to‘ldiradi. Bu yerda yo‘nalish chapga: (markazga
intilma). Parsellyatsiyalangan konstruksiyalarda esa
yo‘nalish aksincha, markazdan (konstruksiyaning
bosh mantiqiy unsuridan, yani bazis qismdan) o‘nga
yo‘nalgan: (markazdan qochma). Bu fikrga to‘la
qo‘shilish mumkin. Chunki ilovadagi va
parsellyatsiyadagi

sintaktik-kommunikativ

jarayonlarni bu tarzda, ya’ni markazga intilma va
markazdan qochma yo‘nalish sifatida farqlash bu ikki
xodisa mohiyatidagi farqni yanada aniq tasavvur
qilishga yaxshi imkoniyat beradi. Xullas, ilova
konstruksiyalar va parsellyatsiya o‘rtasida bir qator
o‘xshashliklar bo‘lsada, ular o‘rtasida jiddiy farqlar
mavjud. Ularning asosiylari sifatida quyidagilarni
ajratib ko‘rsatish mumkin:
1.

Ilovali

konsruksiyalarda

ilova

qism

kommunikativ birlik maqomida bo‘lishi ham,
bo‘lmasligi

mumkin,

parsellyatsiyalangan

konstruksiyalarda parsellyat hamisha alohida
kommunikativ birlik maqomida bo‘ladi, Shuning
uchun ham parsellyat asosiy gapdan hamma vaqt final
va nofinal (vergul, nuqtali vergul, ikki nuqta, tire
kabi) tinish belgilari bilan ajratilaveradi.
2.

Ilova gapning estetik strukturasiga xos,

parsellyatsiya gapning funksional tomoniga, dinamik
strukturasiga xos xodisadir.
3.

Ilova asosiy gap ichiga konstruksiyaning

leksik grammatik tarkibini o‘zgartirmagan holda kira
olmaydi, parsellyatsiya esa asosiy gap ichiga
konstrusiyaning

leksik-grammatik

tarkibini

o‘zgartirmagan holda kira oladi.

4.

Ilovada qo‘shimcha ma’lumot, to‘ldirish,

izoh

maqsadi

bilan

ifoda

ilova

qilinadi.

Parsellyatsiyada esa mavjud ma’lumotning muhim
qismini ta’kidlash maqsadi bilan shu qism ifodasi
ajratiladi.
5.

Ilova

va

parsellyatsiyalangan

konstruksiyalangan

sintaktik

jarayonlarning

yo‘nalishi bir-biridan prinsipial farq qiladi, ya’ni
parsellyatsiyadagi

sintaktik

jarayon

harakati

markazdan qochma o‘nga yo‘nalgan, ilovali
konstruksiyalarda esa sintaktik jarayon harakati
markazga intilma-chapga yo‘nalgan.

MUHOKAMA

Ilova

konstruksiyani

tilshunoslikda

uchraydigan yondosh hodisalar bilan munosabatlari
va farqlarini muhokama qilib o’tadigan bo’lsak,
segmentasiya parsellyasiya hamda paranteza kabi
hodisalarni ko’rib chiqmog’imiz lozim topiladi.
Ilova va segmentasiya
Yozuvchilar badiiy matnda ilova konstruksiyalariga
murojaat qilish orqali, badiiy matnning emotsional-
ekspressivligini, o‘quvchiga tushunarli bo‘lishini
ko‘rsatib borishadi.
Segmentasiya “chiziqli ketma-ketlik (yoki qator)
sifatidagi nutq oqimini uni tashkil etuvchi unsurlar
yoki bo‘laklarga bo‘linish demakdir”.
Albatta, bu talqinda fonetik-prosadik yondashuvning
ustunligi ko‘rinib turibdi, unda nutqni fonetik
bo‘laklarga ajratish alohida ta’kidlangan. Ayni
paytda bu termin matnni morfologik sathda
bo‘laklashga nisbatan ham ishlatiladi. Ammo mazkur
termin bilan ekspressiv sintaksisga daxldor bo‘lgan
xodisani nomlash ham tilshunoslikda turg‘unlashgan.
Uning

mohiyati

yaxlit

sintaktik

strukturani

segmentlash, yani segmentlarga ajratishdan iborat.
Sodda yoki qo‘shma gapni muayyan ekspressiyani
yuzaga keltirish maqsadi bilan bo‘laklash va
bo‘laklangan qismlardan birida gapdan tashqariga
alohida kommunikativ birlik sifatida chiqarishdan
iborat ekspressiv sintaksis usuli segmentasiyadir.
Segmentasiya xodisasi dastlab Sh.Balli tomonidan
aniqlangan va alohida nazariya sifatida ishlab
chiqilgan. Albatta segmentasiya nutqiy xodisa bo‘lib
turli-tuman

kommunikasiya

jarayonlarida

so‘zlovchining u yoki bu badiiy maqsadiga uyg‘un
tarzda xilma-xil ko‘rinishlarga ega bo‘ladi.
Ilova ham segmentasiyaning ko‘rinishlaridan biri
sifatida talqin qilish mumkin.
Segmentasiya mantiqan yaxlit sintaktik strukturani
bo‘laklash va bu bo‘lakni ta’kidli pozisiyaga (bu


background image

pozisiya gapning oldi ham, oxiri ham bo‘lishi
mumkin) chiqarishni nazarda tutadi. Ilova esa
bo‘laklanmaydi.
Ammo tilshunoslikda segmentasiya deganda, asosan,
bo‘laklangan qismni gapning oldiga chiqarish
nazarda tutiladi. M.Yo‘ldoshev segmentasiya
natijasida atov gaplar yuzaga kelishini, matnda atov
gaplarning hamisha poetikk aktuallashgan bo‘lishini,
bundan ijodkorlar badiiy maqsadlariga muvofiq
tarzda mahorat bilan foydalanishlarini aytadi.
Ta’kidlash lozimki, segmentasiyada ham asosiy
gapdan oldingi pozisiyaga chiqarilgan bo‘lakning
asosiy gapdagi o‘rni bilinib turadi, bu bo‘lakni asosiy
gap tarkibiga “qaytarib tiklash” mumkin, boshqacha
aytganda,

segmentlangan

jumlani

desegmentasiyalash imkoniyati ham mavjud. Xullas,
segmentasiya

va

ilova

xodisalari

ekspressiv

sintaksisdagi o‘ziga xos usul bo‘lib, bir qator
umumiyliklarga va farqli jihatlarga ham ega.
Ilova va paranteza
Ekspressiv sintaksis bo‘yicha olib borilayotgan
tadqiqotlarda

paranteza

termini

ostida

o‘rganilayotgan xodisa ba’zi jihatlari bilan ilovaga
o‘xshab ketadi. Har ikki xodisada ham badiiy
adabiyotda yozuvchining muayyan maqsadi talabiga
ko‘ra reallashadi va lingvopoetik qimmat kasb etadi.
Har ikki xodisada ham aloqador qism asosiy qismdan
keyin o‘rinlashadi. Kiritmalarning ligvistik mohiyati
haqida tilshunos I.Toshaliyev o‘zining o‘zining
nomzodlik dissertasiyada quyidagi fikrlarni ilgari
suradi: “Kiritmalar grammatik jihatdan shakillangan
tayyor gap strukturasiga kiritilib gapdagi grammatik
aloqani keyin o‘rinlashadi ham, tugal intonasiyani
ham o‘zib qo‘yadi, uni muakkablashtiradi. Kiritma
ifodalayotgan ma’no ko‘pincha asosiy gap
mazmuniga nisbatan boshqa yo‘nalishda yo‘l-
yo‘lakay kiritilgan ikinchi darajali izoh, qo‘shimcha
ma’lumot tarzida bo‘ladi. Bu o‘g‘zaki nutqda asosiy
gap mazmunini gapning kiritmadan oldingi qismi
bilan keyingi qismining birgalikda tushunilishiga, oz
bo‘lsa ham xalaqit beradi. Lekin bu fikrga to‘lasicha
qo‘shilish qiyin. Aytish kerakki badiiy matnda bu
xodisa fikr anglanishiga “xalaqit” berish emas,
aksincha, yozuvchining badiiy niyatini qulay anglash
imkoniyatini yaratishi bilan alohida ahamiyatga
eagaligi mutaxassislar tomonidan ta’kidlangan
“paranteza badiiy asarda muallif va qahramonlar
nutqida kelishi mumkin. Aytilmoqchi bo‘lgan fikrga
aloqador izohlar, qo‘shimcha ma’lumotlar qavs
ichida berib boriladi. Intonasion, grafik va statik
jihatdan mustaqil bo‘lgan kiritma konstruksiyalar
asarda nutqning to‘la anqlanishi uchun zaruriy

informasiyalarni berish, tinglovchi yoki kitobxon
uchun noaniq bo‘lgan o‘rinlarga aniqlik kiritish,
izohlash, eslatish, his tuyg‘ularni ifodalash kabi
maqsadlarda qo‘llaniladi. Asar qahromoni bilan
kitobxon o‘rtasida o‘ziga xos “Sirdoshlik”
illuziyasini

yaratadi.

Qahramon

“aytmasa

bo‘lmaydigan” gapini qavs ichida berish orqali go‘yo
kitobxonning qulog‘iga pchirlayotganday muxit
yaratadi. Bu esa kitobxonning qahramonga nisbatan
ishonchini orttiradi va yaqinlashtiradi. Paranteza
funksiyasiga ko‘ra turlicha bo‘ladi. Ayrimlari
kitobxonni “parda ortidan sir” dan ogoh qilishga
xoslangan bo‘lsa, ayrimlari yangi informatsiyaga
tayyorlash vazfasini bajaradi. Ayrim parantezalarda
voqelikka nisbatan muallif yoki qahramonning ijobiy
munosabati ifodalangan bo‘lsa ayrimlarida kinoya va
kesatiq yuklangan bo‘ladi”.
Darhaqiqat, parantetik konstruksiyalar badiiy asarda
qahramonlar

nutqini

individuallashtirishda

muallifning

ifoda

manerasini

shakillantirishda

muhim ahamiyat kasb etadi. Ularning lingvopoetik
xususiyatlarini tadqiq etgan D.Jamollidonova kirish
va kiritma terminlari o‘rnida paranteza terminini
qo‘llash ma’qul, ekanligini ta’qilaydi: “Paranteza”
terminida “kiritmalik, kiritish va “qavs(yoki boshqa
tinish belgilari) bilan ajratilganlik” ma’nolari aniq
ifodalanadi. Zotan, kirishlarning ham, kiritmalarning
ham gapdagi pozision-struktural mohiyati shundan
iboratki, ularning har ikkisi ham asosiy gap tarikibiga
tashqaridan kiritiladi”
D.Jamollidinova parantezalarni lingvopoetik qiymati
haqida fikr yuritar ekan, shunday yozadi: “Ba’zi
tadqiqotchilar parantezalarning nutqning ekspressiv
“yumshatishi” (“разрыхление”), “nutq tuprog‘ini
yumshatib donador qilib”, qulay sharoit yaratishi
haqida ko‘p gapiradilar. Albatta, badiiy matnda
chinakam badiiyatning poetik intonasiya va poetik
ta’kidning tugal ifodalanishida parantezalarning bu
xususiyati muhimdir”.
Paranteza va ilova konstruksiyalari ham bir-biridan
farqli hamda o‘xshash jihatlari bilan farqlanadi.
Ilova konstruksiyalarida ilova qism kommunikativ
birlik maqomda bo‘lishi ham, bo‘lmasligi ham
mumkin. Paranteza ham hamisha kommunikativ
birlik bo‘lishi shart emas.

Do‘xtir dori yozib berdi. Allayergiyaga qarshi
oddiygina dori marmar zinalari yaraqlab to‘rgan
aptekaga kirib dori qog‘ozni ko‘rsatdim.Oq
xalatio‘ziga xo‘p yarashgan ko‘xlikkina qiz muloyim
tabassum xadya etdi.
-Uch ming bir yuz so‘m, amaki,


background image

Rostini aytsam pulim yetmadi. Xijolat bo‘lib chiqib
ketdim. Buni qarangki baxtimga ko‘chaning narigi
betida ham apteka bor ekan. (Keyinchalik bir
narsanangladi.Boshqa joyni bilmadim-ku,bizning
ko‘chada dorixonalar non do‘koni ko‘p ekan.
Xayronman, ko‘chamizdagilar non o‘rniga ham dori
chaynaydimi?) Xullas, aptekaga kirdi. Bunisi
anchayin oddiy, torgina ekan. Dori qog‘ozni
uzatdim.

Yuqorida keltirgan misolimizda qavs ichidagi so‘zlar
parantez birliklar hisoblanadi.
Har ikki xodisa ham gapda kril konteksda badiiy
matnda ekspressiv poetik maqsadga xizmat qiladi.
Parantezalar uchun yozuvda qavs, vergul, tire kabi
tinish belgilari xoslangan bo‘lsa ilova uchun nuqta,
ko‘p nuqta, undov belgisi, so‘roq belgisi kabi final
tinish belgilari turg‘unlashgan.

XULOSA

Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, ilova

lingvopoe’tikada o’ziga yondosh bo’lgan bir qancha
til birliklaridan farqlanadi. Jumladan, ilova unga
yondosh

bo’lgan

hodisalar

parsellyatsiya,

segmentatsiya, paranteza kabilardan farqlanadi.
Ilova va parsellyatsiyalangan konstruksiyalangan
sintaktik jarayonlarning yo‘nalishi bir-biridan
prinsipial farq qiladi, ya’ni parsellyatsiyadagi
sintaktik jarayon harakati markazdan qochma o‘nga
yo‘nalgan, ilovali konstruksiyalarda esa sintaktik
jarayon harakati markazga intilma-chapga yo‘nalgan.
Segmentasiyada parchalangan bo‘lakni tiklash
mumkin, bo‘lsa, ilova konstruksiyalarini esa tiklab
bo‘lmaydi. Paranteza va ilova hodisa ham gapda kril
konteksda badiiy matnda ekspressiv poetik maqsadga
xizmat qiladi. Parantezalar uchun yozuvda qavs,
vergul, tire kabi tinish belgilari xoslangan bo‘lsa ilova
uchun nuqta, ko‘p nuqta, undov belgisi, so‘roq belgisi
kabi final tinish belgilari turg‘unlashgan.

ADABIYOTLAR

[1]

Haydarov Sh. “Badiiy

matnda

parselliyativ

konstruksiyalarning qo‘llanilishi” avtoreferat T-2011

[2]

Ishoqov F. “Hozirgi zamon o‘zbek tilida ilovali

konstruksiyalar” Adabiyotshunoslik va tilshunoslik
masalalari, 2-kitob Toshkent. O‘z Fanlar akademiyasi.

[3]

Abdullayev

A.

“Ilova

ko‘chirma

gapli

konstruksiyalarning o‘zbek tili va adabiyoti” 1982y

№2-B. 50-52.

[4]

Маскапов Б. “Присоидинительные конструкции в

узбекском языке” автореферат.

[5]

Turopova M.Ilova konstruksiyaning boshqa sintaktik

konstruksyailarda farqi. O‘zbek tili adabiyoti. -1980.

№1-B.53-56

[6]

Yuldoshev М. “Badiiy matn lingvopoetikasi”

Тоshkent-2008

[7]

Jamollidinova D. М. Badiiy nutqda parantez
birliklarning semantik –grammatik lingvopoetik

xususiyatlari. Filol.fan.nom. diss. “avtoreferat-

Тоshkent-2009”

References

Haydarov Sh. “Badiiy matnda parselliyativ konstruksiyalarning qo‘llanilishi” avtoreferat T-2011

Ishoqov F. “Hozirgi zamon o‘zbek tilida ilovali konstruksiyalar” Adabiyotshunoslik va tilshunoslik masalalari, 2-kitob Toshkent. O‘z Fanlar akademiyasi.

Abdullayev A. “Ilova ko‘chirma gapli konstruksiyalarning o‘zbek tili va adabiyoti” 1982y №2-B. 50-52.

Маскапов Б. “Присоидинительные конструкции в узбекском языке” автореферат.

Turopova M.Ilova konstruksiyaning boshqa sintaktik konstruksyailarda farqi. O‘zbek tili adabiyoti. -1980. №1-B.53-56

Yuldoshev М. “Badiiy matn lingvopoetikasi” Тоshkent-2008

Jamollidinova D. М. Badiiy nutqda parantez birliklarning semantik –grammatik lingvopoetik xususiyatlari. Filol.fan.nom. diss. “avtoreferat-Тоshkent-2009”

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов