O‘quvchilarda tinglab tushunish ko‘nikmasini rivojlantiruvchi o‘quv topshiriqlarining tarkibi: tuzilishi va mazmuni

HAC
Google Scholar
To share
Qo‘yliyeva , S. (2024). O‘quvchilarda tinglab tushunish ko‘nikmasini rivojlantiruvchi o‘quv topshiriqlarining tarkibi: tuzilishi va mazmuni. Modern Science and Research, 3(1), 1–4. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/27987
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

maqolada ona tili o‘qitish metodikasida muhim ahamiyatga ega bo‘lib borayotgan tinglab tushunish ko‘nikmasini rivojlantiruvchi o‘quv topshiriqlarini pragmatik yondashuv asosida takomillashtirish masalasi tadqiq etilgan. Unda 5-9-sinf ona tili darslari misolida o‘quv topshiriqlaridan foydalanishning joriy holati va kelajakda yaratilajak o‘quv topshiriqlariga namuna va mezonlar tavsiya etilgan. Xulosa qismida o‘quv topshiriqlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar bayon qilingan.

Similar Articles


background image

O‘quvchilarda tinglab tushunish ko‘nikmasini rivojlantiruvchi

o‘quv topshiriqlarining tarkibi: tuzilishi va mazmuni

Qo‘yliyeva Shahnoza Rustamovna

Toshkent amaliy fanlar universiteti o‘qituvchisi

e-mail:

qoyliyeva@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.10449266

Kalit so‘zlar:

o‘quv topshiriqlari, pragmatika, pragmatik yondashuv, bilim, ko‘nikma va malaka, hayotiy

ko‘nikmalar, savol, mashq, topshiriq, takomillashtirish.

Annotatsiya:

maqolada ona tili o‘qitish metodikasida muhim ahamiyatga ega bo‘lib borayotgan tinglab

tushunish ko‘nikmasini rivojlantiruvchi o‘quv topshiriqlarini pragmatik yondashuv asosida
takomillashtirish masalasi tadqiq etilgan. Unda 5-9-sinf ona tili darslari misolida o‘quv
topshiriqlaridan foydalanishning joriy holati va kelajakda yaratilajak o‘quv topshiriqlariga
namuna va mezonlar tavsiya etilgan. Xulosa qismida o‘quv topshiriqlarini takomillashtirish
bo‘yicha takliflar bayon qilingan.



Jahonda til o‘qitish metodikasi pedagogika va

tilshunoslik erishgan yutuqlardan foydalanadi. Til
inson uchun borliqni anglash vositasi hisoblanadi,
o‘quvchi tafakkurida olamning lisoniy manzarasi ona
tili orqaligina shakllanadi. Barcha xalqlar milliylikni
asrashning bosh mezoni sifatida ona tilini anglaydi va
buni ta’lim orqali amalga oshirayotganda ona tilini
faol muloqot vositasiga aylantirish, qadriyat sifatida
ulug‘lash ko‘nikmalarini rivojlantirishga katta e’tibor
beradi. Bugungi kunda ona tili o‘qitishning yangi
usullarini kashf qilish, amaliyotga uzluksiz joriy qilib
borish muhim masalalardan. Xalqaro til o‘qitish
metodikasida

tinglab tushunish

ko‘nikmasi va uni

rivojlantirish mezonlari andoza sifatida qabul
qilinayotgan xorijiy tillar ta’limi yutuqlaridan aksar
mamlakat

samarali

foydalanib

kelmoqda.

Kuzatishlardan ma’lum bo‘lishicha, xalqaro til
o‘qitish

metodikasida

nutqiy

ko‘nikmani

rivojlantirish, o‘quvchini turli nutqiy vaziyatga
tayyorlash asosiy masalalardan, uni amalga oshirish,
asosan, o‘quv topshiriqlarining sifati va mazmuniga
bog‘liq. Ta’lim mazmuni o‘quv topshiriqlari orqali
yuzaga chiqariladi. Shu bois xalqaro til o‘qitish
metodikasida o‘quvchi uchun o‘quv topshiriqlarini
ishlab chiqish dolzarb.

Dunyoda rivojlangan tillarni ona tili sifatida

o‘qitishga doir ilmiy-metodik adabiyotlarda ona tili
ta’limi, asosan, matn ustida ishlash, turli uslubda
taqdim qilingan ma’lumot tinglab tushunish va
munosabat

bildirish

uchun

tayyorlashga

yo‘naltiriladi. Har bir mashg‘ulotda taqdim qilingan
ma’lumotning o‘quvchi uchun kundalik hayotdagi
foydalilik darajasiga alohida e’tibor beriladi va ta’lim
jarayonida savol, topshiriq va mashqlardan unumli
foydalaniladi. Xalqaro til ta’limi tajribasida o‘quv
topshiriqlari o‘zaro muloqotning samarali bo‘lishiga
qaratiladi. O‘quv topshiriqlari belgilangan muayyan
mezonlar

asosida

shakllantiriladi,

shuningdek,

bugungi globallashuv sharoitida ona tili boshqa fanlar
bilan integratsiya qilingan holda yangi pedagogik
texnologiyalar asosida o‘qitilmoqda. Fanlararo

integratsiyani, albatta, savol va topshiriqlar ta’minlab
beradi, shu nuqtai nazardan o‘qitish metodikasining
asosiy muammosi sifatida pragmatik o‘quv
topshiriqlari tizimini ishlab chiqish qayd qilinishi
lozim.

O‘zbekistonda ham o‘zbek tilining ona tili

sifatidagi nufuzi va mavqeyini oshirish, zamonaviy
o‘qitish metodikasini joriy etish bo‘yicha tizimli
ishlar amalga oshirilmoqda. Mamlakatda shakllangan
yangi til siyosati uning ta’limiga ham zarur talablarni
qo‘ymoqda. “Har birimiz davlat tiliga bo‘lgan
e’tiborni mustaqillikka bo‘lgan e’tibor deb, davlat
tiliga ehtirom va sadoqatni ona Vatanga ehtirom va
sadoqat deb bilishimiz, shunday qarashni hayotimiz
qoidasiga aylantirishimiz kerak”ligi ona tili ta’limi
oldiga,

xususan,

o‘quv

topshiriqlari

ishlab

chiqishning

ilmiy-metodik

asoslarini

takomillashtirishni dolzarb vazifa sifatida qo‘yadi.

O‘zbekiston

Respublikasi

Prezidentining

2019-yil 29-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi
xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish
konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5712-son,
2019-yil 8-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi oliy
ta’lim

tizimini

2030

yilgacha

rivojlantirish

konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5847-son,
2019-yil 21-oktabrdagi “O‘zbek tilining davlat tili
sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5850-son, 2020 yil 20
oktabrdagi “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada
rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6084-son Farmonlari,
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2021-yil 5-iyuldagi “Ma’naviyat va davlat tilini
rivojlantirish masalalari departamenti to‘g‘risida”gi
419-son, 2020-yil 11-martdagi “O‘zbek tili va
adabiyoti bo‘yicha fundamental va amaliy tadqiqotlar
samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi 139-son Qarorlari, 2020-2030 yillarda
amalga oshirish dasturida zamonaviy o‘qitish
metodikasini yaratishga doir belgilangan vazifalarni
bajarishga muayyan darajada xizmat qiladi.


background image

Mamlakatimizda keyingi yillarda ona tili

o‘qitish metodikasiga doir qator ilmiy-metodik
tadqiqot olib borildi. Ona tili ta’limida ilk darsliklar
shakllanishida

A.Fitrat,

O.Usmon,

B.Avizov,

Y.Abdullayev, M.Omilxonovalarning xizmati katta
bo‘lgan, ammo darsliklarning dastlabki variantlarida
o‘quv topshiriqlari berilmagan.

Mustaqillikning

dastlabki

yillarida

A.G‘ulomov, H.Ne’matov, M.Asqarova,
R.Safarova, D.Yo‘ldoshevalar ona tili ta’limi
maqsadi va mazmunini yangilashning ilmiy nazariy
asoslarini

ishlab

chiqdilar.

Shuningdek,

Sh.Yusupovava

M.E.Axmedova,

N.Yuldasheva

tadqiqotlarida

ona

tilini

yangi

pedagogik

texnologiyalar asosida o‘qitish masalalari tadqiq
qilingan.

A.G‘ulomov,

M.Saidova

N.Alavuddinovalar esa ona tili o‘qitish orqali
mustaqil ishlash, ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini
shakllantirish metodikasi ustida izlanishlar olib
borgan. Uzluksiz ta’limda ona tilidan til sathlarini
uzviylikda

o‘qitish,

xususan,

gapning

bosh

bo‘laklarini o‘qitish metodikasi bo‘yicha T.Yusupova
tomonidan

ilmiy

izlanish

amalga

oshirilgan.

X.Muxitdinova ta’lim bosqichlarida uzviylikni
ta’minlashning lingvodidaktik asoslarini ishlab
chiqishga oid tadqiqotini olib borgan. Qayd qilingan
ushbu tadqiqot ishlarida o‘quv topshiriqlarining
turlari, undan nutq o‘stirishda foydalanish masalalari
ham yoritilgan.

Ta’kidlash joizki, N.Mahmudov, A.Sobirov,

I.K.Mirzayev. M.E.Axmedova o‘quv topshiriqlarini
darsliklarda

milliy

yondashuv

asosida

takomillashtirishga hissa qo‘shdilar. B.Mengliyev
ona tili o‘qitishda ortiqcha grammatizmdan voz
kechib,

o‘quvchilarda

nutqiy

ko‘nikmani

rivojlantirish, lug‘at va matn asosida milliy tilni,
milliy ma’naviyatni o‘quvchi tafakkuriga singdirish,
o‘quvchini turli nutq vaziyatiga tayyorlash, ijodiy
tafakkur sohibini tarbiyalashning nazariy-amaliy
masalalariga alohida e’tibor qaratib kelmoqda. Uning
muallifligida

yaratilgan

darsliklarda

o‘quv

topshiriqlar ayni shu ta’lim maqsadini bajarishga
moslandi.

Keyingi yillarda til ta’limiga kommunikativ va

kompetensiyaviy yondashuvlarni joriy etish borasida
pedagogika, filologiya fanlari doktorlari, professorlar
R.Safarova,

Sh.Yusupova,

X.Muhiddinova,

B.Mengliyev, Sh.Yuldasheva, Q.Husanboyevalarning
tadqiqotlarini alohida ta’kidlash lozim.

Tadqiqotchi A.Bobomurodova, T.Ziyadova,

T.T.G‘aniyev,

M.Saidov

A.Hamroyev,

K.Mavlonovalar

ona

tili

ta’limi

jarayonida

o‘quvchilarning so‘z boyligini oshirish imkoniyatlari,
o‘zining ona tili ta’limi jarayonida tafakkurni
rivojlantiruvchi o‘quv topshiriqlari va ulardan
foydalanish metodikasiga doir ona tilidan mashq
bajarish jarayonida o‘quvchining bilish faolligini
oshirish masalalari tadqiq qilingan. H.Suyunovning
adabiyot o‘qitishda savol va topshiriqlar ustida
ishlashga o‘rgatish usullariga doir tadqiqoti adabiy
ta’lim, shuningdek, ona tili ta’limi uchun ham muhim
ahamiyatga ega. Shuningdek, tadqiqot mavzusiga
doir I.A.Allayorov, O.R.Roziqov, R.Ibragimov,

B.R.Adizov,

M.E.Axmedova,

M.H.Mahmudov,

I.E.Davronovlar tomonidan ta’lim oluvchining o‘quv-
biluv faoliyatini rivojlantirish, o‘quv topshiriqlari
orqali o‘quvchi faolligini oshirish muammolari ham
o‘rganilgan.

Rus

metodist-olimlari

A.N.Leontev,

J.A.Ponomarev, L.Rubenshteyn, avstraliyalik olim
Jak Richardslarning ona tili va ikkinchi til sifatida
o‘qitilishiga

doir

tadqiqotlaridagi

o‘quv

topshiriqlarining

tavsifi

va

tasnifiga

doir

yondashuvlaridan dunyo miqyosida foydalanilmoqda.

Biroq umumta’lim maktablarida tinglab

tushunish

ko‘nikmasni

rivojlantiuvchi

o‘quv

topshiriqlarini tuzish muammosi monografik tadqiqot
sifatida alohida o‘rganilgan emas. Ona tili ta’limida
tinglab tushunish ko‘nikmasini rivojlantiruvchi o‘quv
topshiriqlarini ishlab chiqishning ilmiy-metodik
asosini takomillashtirish, til ta’limida tinglab
tushunish ko‘nikmasining o‘rni va ahamiyatini ochib
berishdan iborat. Ona tili o‘qitishga doir mahalliy va
xorijiy

tajribalarni

o‘rganish,

ilmiy-metodik

qarashlarni

tahlil

qilish

va

umumlashtirish;

darsliklardagi o‘quv materiallarining DTS hamda
dastur talablariga mosligini qiyosiy o‘rganish, ona tili
ta’limidagi

tinglab

tushunish

ko‘nikmasini

rivojlantirish

bilan

bog‘liq

muammolarning

sabablarini aniqlash va yechimlar taklif qilish;
umumiy o‘rta ta’lim tizimida tinglab tushunish
ko‘nikmasini rivojlantiruvchi o‘quv topshiriqlaridan
foydalanishning bugungi holatini o‘rganish va
pragmatik mazmundagi o‘quv topshiriqlarining ona
tili ta’limidagi o‘rnini belgilash; tinglab tushunish
ko‘nikmasini rivojlantiruvchi o‘quv topshiriqlari
orqali nutqiy malaka va fikrlash ko‘nikmasini
rivojlantirishning mazmun, usul va vositalarini ishlab
chiqishni takomillashtirish; o‘quvchilarda tinglab
tushunish (anglash) ko‘nikmalarini rivojlantiruvchi
o‘quv topshiriqlari tizimini ishlab chiqish; til
ta’limini modernizatsiya qilishda tinglab tushunish
ko‘nikmasini rivojlantiruvchi savol, mashq va
topshiriq tushunchalari hamda ularning vazifalarini
tasniflash,

ularni

tubdan

yangilash,

topshiriq

namunalarini ishlab chiqish; ishlab chiqilgan taklif va
tavsiyalarni tajriba orqali darsliklar mazmuni, ona tili
darslarida sinab ko‘rish va olingan xulosalarni
umumlashtirish.

Rivojlantiruvchi

o‘quv

topshiriqlarining

mexanizmi

Tinglab

tushunish

ko‘nikmasini

rivojlantiruvchi o‘quv topshiriqlarining didaktik asosi
ilmiy-nazariy jihatini takomillashtirish ularning
o‘zaro farqi, qo‘llanilish o‘rinlari, ona tili ta’limida
tutgan o‘rni va vazifalari aniqlanadi; tinglab
tushunish ko‘nikmasini rivojlantirishda mashqlardan,
asosan, ko‘nikma va malaka hosil qilishda, savol va
topshiriqlardan biror amalni bajarishga yo‘naltirish,
fikrlashga undash hamda o‘zlashtirilgan bilim,
ko‘nikma va malakani baholash maqsadlarida
foydalanish

ona

tili

ta’limida

nutqiy

kompetensiyaning

tizimli

hosil

bo‘lishi

va

rivojlanishiga

erishish

mumkinligi

isbotlanadi;

tinglab tushunish ko‘nikmasini rivojlantiruvchi matn
bilan ishlash uchun savol va topshiriqlar tuzish,


background image

nutqiy ko‘nikmalarni rivojlantirishda suhbatdoshga
nutq vaziyatidan kelib chiqib savol berishning ona tili
ta’limi uchun lisoniy-uslubiy darajalari aniqlanib,
lingvodidaktikada savol tuzishga pragmatik usulda
yondashishning ilmiy-metodik afzalliklari dalillanadi;
tinglab tushunish ko‘nikmasi bilan birga o‘quvchida
muloqot vaziyatiga ko‘ra murojaat qilish, nutq
so‘zlash malakasini ham baravar rivojlantirish
lozimligini nazarda tutib, o‘quvchini to‘g‘ri va
mantiqli savol berishga o‘rgatish yo‘llari, turlari va
qo‘llanadigan

innovatsion

metodlar

bo‘yicha

tavsiyalar ishlab chiqiladi; ona tili ta’limi jarayonida
tinglab tushunish ko‘nikmasini rivojlantiruvchi o‘quv
topshiriqlarini tuzish va undan foydalanishning
hozirgi

holati

tahlil

qilinib,

darslik

va

qo‘llanmalardagi tipik xato va kamchiliklar ta’lim
amaliyotida o‘quv topshiriqlari tuzishga pragmatik
usulda yondashish bilan bog‘liq murakkabliklarga
tavsif berilgan, ularni bartaraf etish yo‘llari
ko‘rsatiladi;

ilmiy-nazariy tomondan takomillashtirilgan

mashq, savol va topshiriq tushunchalariga pedagogik,
psixologik va lingvodidaktik jihatdan yangicha
lingvistik ta’rif berilib, ularning o‘zaro farqi,
qo‘llanish o‘rinlari, ona tili ta’limida tutgan o‘rni va
vazifalarini aniqlashga doir yondashuvlardan “Ona
tili” darsliklari yaratishda foydalaniladi.

“Ona tili” darsliklari, o‘quv qo‘llanmalar,

o‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratishda, oliy
o‘quv yurtlarining filologiya fakultetlarida “Ona tili
o‘qitish metodikasi”dan fan dasturlarini tuzishda,
ma’ruza matnlarini tayyorlashda material, o‘zbek tili
va adabiyotini o‘qitish bo‘yicha magistratura
yo‘nalishlari uchun “O‘quv topshiriqlari tuzish
metodikasi” fanidan qo‘llanmalar yaratish, umumiy
o‘rta ta’lim maktablarining 5-11 sinflarda ona tilini
o‘qitishni yanada takomillashtirishda muhim manba
bo‘lib xizmat qilishi bilan izohlanadi. O‘quv
topshiriqlarini tasnif va tavsif etish asosida yaratilgan
savol, mashq va topshiriq namunalari asosida
o‘quvchilarni matn ustida ishlash, o‘qib tushunish,
nutq so‘zlash ko‘nikmalarini shakllantirish hamda
mustaqil ishlash yo‘llari bayon etish; tinglab
tushunish ko‘nikmasini rivojlantiruvchi o‘quv
topshiriqlarini

tubdan

yangilash

“Ona

tili”

darsliklarini modernizatsiya qilish asosi ekanligi
dalillash; matn bilan ishlash uchun savol va
topshiriqlar

tuzish,

nutqiy

ko‘nikmalarni

rivojlantirishda suhbatdoshga nutq vaziyatidan kelib
chiqib savol berishning ona tili ta’limi uchun lisoniy-
uslubiy darajalarini aniqlashga doir tavsiyalar ishlab
chiqiladi; tahlil qilish kompetensiyasi darajalari
aniqlash, ilmiy ahamiyati ona tili o‘qitish
metodikasini takomillashtirishda tinglab tushunish
ko‘nikmasini rivojlantiruvchi o‘quv topshiriqlarining
ona tili ta’limida tutgan o‘rnini belgilash, ona tili
ta’limi mazmunini isloh qilish nuqtai nazaridan
monografik

tarzda

tadqiq

etilganligi

bilan

belgilanadi.

ADABIYOTLAR

[1]

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat

Mirziyoyevning o‘zbek tiliga davlat tili maqomi

berilganining o‘ttiz yilligiga bag‘ishlangan tantanali
marosimdagi nutqi. 2019 yil 21 oktabr.

[2]

Yusupova Sh. Ona tili ta’limi samaradorligini

oshirish va ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy
etish: ped. fan. nomz. ... diss. TDPI. – Toshkent,
1998.137 b.

[3]

Yuldasheva N. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida

lug‘aviy

sinonimlarni

yangi

pedagogik

texnologiyalar asosida o‘qitish metodikasi: ped.
fan. nomz. ... diss. – Toshkent, 2002. – 123 b.

[4]

Gulyamov A. Metodika razvitiya uchebno-

poznovatelnoy aktivnosti uchashixsya v protsesse
prepodovaniya rodnogo (uzbekskogo) yazika: diss.
... dok. ped. nauk. – Tashkent: TGPI, 1991. – 37 s.

[5]

Saidov M. O‘zbek maktablarining 5-sinflarida

ona

tili

ta’limi

jarayonida

tafakkurni

rivojlantiruvchi o‘quv topshiriqlari va ulardan
foydalanish metodikasi: ped. fan. nomz. ... diss.
avtoref. TDPU. – Toshkent, 2000. – 25 b.

[6]

Alavuddinova N. Ona tili darslarida ijodiy

fikrlash ko‘nikmasini shakllantirish metodikasi:
ped. fan. nomz. ... diss. avtoref. TDPU. – Toshkent,
2008. – 24 b.

[7]

Axmedova M.E. Modul-kredit tizimida mustaqil

topshiriqlar tuzishning ilmiy-nazariy asoslari

(tilshunoslik fanlari misolida).

Monografiya.

“Tibbiyot nashriyoti matbaa uyi”, MCHJ.
Тошкент - 2022. 173 bet.

[8]

Axmedova M.E. Mustaqil topshiriqlar bilan

ishlash va ularni baholash metodikasi (modul-kredit
tizimida tilshunoslik fanlari misolida). //

Metodik

qo‘llanma,

Tibbiyot nashriyoti matbaa uyi”,

MCHJ. Тошкент - 2022. 121 bet.

[9]

Yusupova T. Uzluksiz ta’lim tizimi asosida

maktabda o‘quvchilarga bosh bo‘laklarni o‘rgatish:
ped. fan. nomz. ... diss. avtoref. TDPI. – Toshkent,
1998. – 22 b.

[10]

Muhiddinova X. Ta’lim bosqichlarida o‘zbek tili

o‘qitilishi uzluksizligini ta’minlashning ilmiy-
metodik asoslarini takomillashtirish: ped. fan.
nomz. ... diss. TDPI – Toshkent, 2011. – 270 b.

[11]

Safarova

R.

Milliy

tiklanish

sharoitida

O‘zbekiston maktablarida ona tili ta’limi nazariyasi
va amaliyoti: ped. fan. dok. ... diss. –Toshkent,
1995. – 242 b.

[12]

Yusupova Sh.J. Hozirgi o‘zbek adabiy tili

darslarida o‘quvchilar tafakkurini o‘stirishning
ilmiy-metodik asoslari: ped. fan. dok. ... diss. –
Toshkent: TDPI, 2005. – 270 b.

[13]

Husanboyeva Q. Adabiy ta’lim jarayonida

o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga o‘rgatishning
ilmiy-metodik asoslari: ped. fan. dok. ... diss. –
Toshkent, 2006. – 262 b.

[14]

Hamroyev

A.R.

Ona

tili

ta’limida

o‘quvchilarning ijodiy faoliyatini loyihalashtirish:
ped. fan. dok. (Dsc) ... diss. –Toshkent, 2020. –242
b.

[15]

Mavlonova K. Ona tili fanini adabiyot fani bilan

badiiy matn orqali integratsiyalab o‘qitish
metodikasini takomillashtirish: ped. fan. fal. dokt.
(PhD) ... diss. avtoref. – Toshkent, 2019. – 22 b.

[16]

Suyunov H. Adabiyot darslarida o‘quvchilarni

savol va topshiriqlar ustida ishlashga o‘rgatish
usullari: ped. fan. nomz. ... diss. – Toshkent, 2005.
– 125 b.

[17]

Allayorov I.A. Didakticheskiye osnovi aktivnogo

obucheniya: avtoref. diss. ... dok. ped. nauk. –
Tashkent, 1994. – 44 s.;


background image

[18]

Rozikov O. Osnovi optimalnogo primeneniya

sistemi uchebnix zadach v obuchenii. – M.: Uchitel,
1981. – 103 s.;

[19]

Ibragimov R. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari

bilish

faoliyatini

shakllantirishning

didaktik

asoslari: ped. fan. dokt. ... diss. – Toshkent: Qori
Niyoziy nomli O‘zPFITI, 2002. – 265 b.;

[20]

Adizov B.R. Boshlang‘ich ta’limni ijodiy tashkil

etishning nazariy asoslari: ped. fan. dokt. ... diss. –
Toshkent, 2003. – 280 b.; Mahmudov M.H.
Ta’limni didaktik loyihalashning nazariy asoslari:
ped. fan. dok. ... diss. avtoref. – Toshkent, 2004. –
42 b.

[21]

Rubinshteyn S.L. Problemi obshey psixologii. –

Moskva: Pedagogika, 1976. – 416 s.;

[22]

Leontyev A.N. Problemi razvitiya psixiki. –

Moskva: Pedagogika, 1972. – 576 s.;

[23]

Ponomarev Y.A. Psixologiya tvorchestva i

pedagogiki. – M., 1976. –280 S. Roskov O. R.
teoreticheskiye osnovi optimalnogo primeneniya
sistemi uchebnix zadach v obuchenii shkolnikov
(na materiale gumanitarnix nauk). Copyright ©
2016 Vse izobrajeniya i video na etom sayte budut
pokazani. ped. nauk. – Tbilisi, 1986. – 50 s.;

[24]

Rozikov O. i tak daleye. Didaktika. – Tashkent:

Nauka, 1997. – 256 s.;

[25]

Kratkiy

pedagogicheskiy

slovar.

Perexodi:

navigatsiya po saytu, poisk Leontyev A.N.
Problemi razvitiya psixiki. – Moskva: Pedagogika,
1972. – 576 s.

[26]

https://www.professorjackrichards.com/mother-

tongue-teaching-vs-foreign-language-teaching/

References

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining o‘ttiz yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi. 2019 yil 21 oktabr.

Yusupova Sh. Ona tili ta’limi samaradorligini oshirish va ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy etish: ped. fan. nomz. ... diss. TDPI. – Toshkent, 1998.137 b.

Yuldasheva N. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida lug‘aviy sinonimlarni yangi pedagogik texnologiyalar asosida o‘qitish metodikasi: ped. fan. nomz. ... diss. – Toshkent, 2002. – 123 b.

Gulyamov A. Metodika razvitiya uchebno-poznovatelnoy aktivnosti uchashixsya v protsesse prepodovaniya rodnogo (uzbekskogo) yazika: diss. ... dok. ped. nauk. – Tashkent: TGPI, 1991. – 37 s.

Saidov M. O‘zbek maktablarining 5-sinflarida ona tili ta’limi jarayonida tafakkurni rivojlantiruvchi o‘quv topshiriqlari va ulardan foydalanish metodikasi: ped. fan. nomz. ... diss. avtoref. TDPU. – Toshkent, 2000. – 25 b.

Alavuddinova N. Ona tili darslarida ijodiy fikrlash ko‘nikmasini shakllantirish metodikasi: ped. fan. nomz. ... diss. avtoref. TDPU. – Toshkent, 2008. – 24 b.

Axmedova M.E. Modul-kredit tizimida mustaqil topshiriqlar tuzishning ilmiy-nazariy asoslari (tilshunoslik fanlari misolida). Monografiya. “Tibbiyot nashriyoti matbaa uyi”, MCHJ. Тошкент - 2022. 173 bet.

Axmedova M.E. Mustaqil topshiriqlar bilan ishlash va ularni baholash metodikasi (modul-kredit tizimida tilshunoslik fanlari misolida). // Metodik qo‘llanma, Tibbiyot nashriyoti matbaa uyi”, MCHJ. Тошкент - 2022. 121 bet.

Yusupova T. Uzluksiz ta’lim tizimi asosida maktabda o‘quvchilarga bosh bo‘laklarni o‘rgatish: ped. fan. nomz. ... diss. avtoref. TDPI. – Toshkent, 1998. – 22 b.

Muhiddinova X. Ta’lim bosqichlarida o‘zbek tili o‘qitilishi uzluksizligini ta’minlashning ilmiy-metodik asoslarini takomillashtirish: ped. fan. nomz. ... diss. TDPI – Toshkent, 2011. – 270 b.

Safarova R. Milliy tiklanish sharoitida O‘zbekiston maktablarida ona tili ta’limi nazariyasi va amaliyoti: ped. fan. dok. ... diss. –Toshkent, 1995. – 242 b.

Yusupova Sh.J. Hozirgi o‘zbek adabiy tili darslarida o‘quvchilar tafakkurini o‘stirishning ilmiy-metodik asoslari: ped. fan. dok. ... diss. – Toshkent: TDPI, 2005. – 270 b.

Husanboyeva Q. Adabiy ta’lim jarayonida o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga o‘rgatishning ilmiy-metodik asoslari: ped. fan. dok. ... diss. – Toshkent, 2006. – 262 b.

Hamroyev A.R. Ona tili ta’limida o‘quvchilarning ijodiy faoliyatini loyihalashtirish: ped. fan. dok. (Dsc) ... diss. –Toshkent, 2020. –242 b.

Mavlonova K. Ona tili fanini adabiyot fani bilan badiiy matn orqali integratsiyalab o‘qitish metodikasini takomillashtirish: ped. fan. fal. dokt. (PhD) ... diss. avtoref. – Toshkent, 2019. – 22 b.

Suyunov H. Adabiyot darslarida o‘quvchilarni savol va topshiriqlar ustida ishlashga o‘rgatish usullari: ped. fan. nomz. ... diss. – Toshkent, 2005. – 125 b.

Allayorov I.A. Didakticheskiye osnovi aktivnogo obucheniya: avtoref. diss. ... dok. ped. nauk. – Tashkent, 1994. – 44 s.;

Rozikov O. Osnovi optimalnogo primeneniya sistemi uchebnix zadach v obuchenii. – M.: Uchitel, 1981. – 103 s.;

Ibragimov R. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bilish faoliyatini shakllantirishning didaktik asoslari: ped. fan. dokt. ... diss. – Toshkent: Qori Niyoziy nomli O‘zPFITI, 2002. – 265 b.;

Adizov B.R. Boshlang‘ich ta’limni ijodiy tashkil etishning nazariy asoslari: ped. fan. dokt. ... diss. – Toshkent, 2003. – 280 b.; Mahmudov M.H. Ta’limni didaktik loyihalashning nazariy asoslari: ped. fan. dok. ... diss. avtoref. – Toshkent, 2004. – 42 b.

Rubinshteyn S.L. Problemi obshey psixologii. – Moskva: Pedagogika, 1976. – 416 s.;

Leontyev A.N. Problemi razvitiya psixiki. – Moskva: Pedagogika, 1972. – 576 s.;

Ponomarev Y.A. Psixologiya tvorchestva i pedagogiki. – M., 1976. –280 S. Roskov O. R. teoreticheskiye osnovi optimalnogo primeneniya sistemi uchebnix zadach v obuchenii shkolnikov (na materiale gumanitarnix nauk). Copyright © 2016 Vse izobrajeniya i video na etom sayte budut pokazani. ped. nauk. – Tbilisi, 1986. – 50 s.;

Rozikov O. i tak daleye. Didaktika. – Tashkent: Nauka, 1997. – 256 s.;

Kratkiy pedagogicheskiy slovar. Perexodi: navigatsiya po saytu, poisk Leontyev A.N. Problemi razvitiya psixiki. – Moskva: Pedagogika, 1972. – 576 s.

https://www.professorjackrichards.com/mother-tongue-teaching-vs-foreign-language-teaching/

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов