Ta’lim jarayonida ko‘rgazmalilikni ta’minlashda raqamli ta’lim texnologiyalaridan foydalanish

HAC
Google Scholar
To share
Tangirov, X. ., & Raximov, O. . (2024). Ta’lim jarayonida ko‘rgazmalilikni ta’minlashda raqamli ta’lim texnologiyalaridan foydalanish. Modern Science and Research, 3(1), 1–4. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/27995
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Ushbu maqolada ta’lim jarayonida, xususan, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida algebra fanini o‘qitish jarayonida ko‘rgazmalilikni ta’minlashda raqamli ta’lim texnologiyalaridan foydalanish afzalliklari keltirilgan. Algebra fanidagi tushunchalar aniq qiymatlar emas formula bo‘lganligi uchun o‘quvchilarda mavhumlikni tug‘diradi. Elektron ta’lim resurslari, tuzilgan dasturlar yordamida ularga qiymatlar berish orqali natijalarning o‘zgarishi va unga mos tasvirlarning paydo bo‘lishi yoki o‘zgarishi o‘quvchilar tasavvurini boyitadi, о‘quvchilar ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi, ko‘rgazmalilikni ta’minlash orqali ularning tasavvurlari kengaytiriladi, algebra faniga bо‘lgan qiziqishlari oshadi.

Similar Articles


background image

Ta’lim jarayonida ko‘rgazmalilikni ta’minlashda raqamli ta’lim

texnologiyalaridan foydalanish

Tangirov Xurram Ergashevich

1

, Raximov O‘lmasjon Shuxrat o‘g‘li

2

Jizzax davlat pedagogika universiteti, Jizzax shahri, Sharof Rashidov shoh ko‘chasi, 4-uy, Jizzax 130100, O‘zbekiston

1

Informatika va raqamli ta’lim texnologiyalari kafedrasi dotsenti v.b., p.f.f.d. (PhD)

2

matematika va informatika yo‘nalishi 3-bosqich talabasi

(xurramtangirov,

rahimovolmas55)@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.10449328

Kalit so‘zlar: Maktab ta’limi, algebra fani, raqamli ta’lim texnologiyalar, elektron ta’lim resurslari, dasturlar, o‘qitishning

elektron vositalari, chiziqli funksiya, uning grafigi.

Annotatsiya:

Ushbu maqolada ta’lim jarayonida, xususan, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida algebra fanini o‘qitish
jarayonida ko‘rgazmalilikni ta’minlashda raqamli ta’lim texnologiyalaridan foydalanish afzalliklari
keltirilgan. Algebra fanidagi tushunchalar aniq qiymatlar emas formula bo‘lganligi uchun o‘quvchilarda
mavhumlikni tug‘diradi. Elektron ta’lim resurslari, tuzilgan dasturlar yordamida ularga qiymatlar berish
orqali natijalarning o‘zgarishi va unga mos tasvirlarning paydo bo‘lishi yoki o‘zgarishi o‘quvchilar
tasavvurini boyitadi, о‘quvchilar ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi, ko‘rgazmalilikni ta’minlash orqali
ularning tasavvurlari kengaytiriladi, algebra faniga bо‘lgan qiziqishlari oshadi.

1 KIRISH

Ma’lumki, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida

matematika fanini o‘qitish, ayniqsa yuqori sinflarda
algebra fanini o‘qitish, o‘quvchilarda algebraik
tushunchalarni hosil qilish murakkab jarayon
hisoblanadi. Ularda algebraik tushunchalarni hosil
qilishda ko‘rgazmalilikni ta’minlash muhim jihat
hisoblanadi, bunga esa raqamli texnologiyalar orqali,
o‘quvchilarning algebra faniga bо‘lgan qiziqishini
qо‘llab-quvvatlash va о‘quv jarayoni sifat va
samaradorligini

oshirishga

zamonaviy

raqamli

texnologiyalar imkoniyatlaridan keng foydalanish
orqaligina erishish mumkin. Shu jihatdan, bugungi
kunda

ta’lim

jarayoniga

raqamli

ta’lim

texnologiyalarni joriy etish muhim ahamiyat kasb
etmoqda, zero raqamli ta’lim texnologiyalar
rivojlanib, undan foydalanuvchilar soni ham shunga
mos oshib bormoqda.

Dunyo aholisi 2022 yil 15 noyabrda 8 milliarddan

oshdi va 2023 yil yanvar holatiga ko‘ra, 8,01 milliard
kishini tashkil etgan. 2023 yil boshida, yanvar oyida
dunyo bo‘ylab internetdan foydalanuvchilar soni 5,16
milliard kishiga yetgan, bu dunyo aholisining 64,4
foizi internetdan foydalanadi, degani [5].

Bundan ko‘rinib turibdiki, umumiy o‘rta ta’lim

tizimida

raqamli

ta’lim

texnologiyalaridan

foydalanish, fanlar bo‘yicha elektron ta’lim
resurslarini yaratish va ularni Internet tarmog‘iga
web-saytlar yaratish orqali joylashtirish, shuningdek,
mobil ilovalar yaratish muhim ahamiyat kasb etadi.

O‘zbekistan Respublikasi Prezidentining PF-

6079-sonli Farmoni orqali davlatimiz tomonidan
ta’limga axborot texnologiyalarni joriy etish va ta’lim
samaradorligini oshirish bo‘yicha katta e’tibor
qaratilayotganligini ko‘rishimiz mumkin [4]. Ta’lim
jarayonida raqamli texnologiyalaridan foydalangan
holda elektron darslik, elektron o‘quv qo‘llanmalar
orqali dars jarayonini olib borish, ta’lim jarayoniga
raqamli texnologiyalarni joriy etish, xususan, fanlar
bo‘yicha elektron ta’lim resurslarini yaratish
o‘quvchilarning bilim olish darajasini oshishiga
xizmat qiladi. Buning uchun elektron ta’lim
resurslarini, mobil ilovalarni yaratishda muhim
hisoblanuvchi algoritm va dasturlash tillari, mobil
texnologiyalar fanlaridan bilim, ko‘nikma va
malakalarga ega bo‘lishning ahamiyati kattadir [2].

2 ASOSIY QISM


background image

Bu jarayonlarda ko‘rgazmalilikni ta’minlash

maqsadida о‘qitishning elektron vositalari deb
ataluvchi elektron ta’lim resurslari, maxsus yaratildan
dasturlarda amalga oshiriladi. О‘qitishning elektron
vositalari deganda esa axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari imkoniyatlarini amalga oshiruvchi va
quyidagi maqsadlarga erishishga yо‘naltirilgan о‘quv
vositalari tushuniladi: о‘quv axborotini multimedia,
gipermedia, gipermatn va boshqa texnologiyalar
vositalari orqali taqdim etish; interfaol о‘zaro
ta’sirlashuvda foydalanuvchi bilan teskari aloqani
tashkil etish; о‘qitish natijalarini nazorat qilish.

Algebra fani mavzulari o‘quvchilarga tushunarli

bo‘lishi uchun ko‘rgazmali vositalar muhim ekan,
yaratilgan dastur, elektron ta’lim resurslari ana
shunga xizmat qiladi. Ushbu maqolada

“Chiziqli

funksiya”

[1] bobining mavzularini yaratilgan

elektron ta’lim resurslaridan foydalanib о‘qitish
metodikasiga tо‘xtalamiz.

Bobni

о‘rganishda

dastlab,

dasturning

algebra7.exe

fayli ishga tushiriladi va ekranda

dasturning umumiy kо‘rinishi namoyon bо‘ladi.
Unda gorizontal menyu va vertikal menyu qismlari
(boblar rо‘yxati va har bir bob tanlangach, uning
yonidan chiquvchi bobning mavzulari) mavjud. Bosh
sahifaning gorizontal menyu qatorida joylashgan

Dasturlar

” bо‘limi tanlansa, maxsus dasturlar

rо‘yxati paydo bо‘ladi.

Undagi “Nuqtani koordinatalar tekisligida

tasvirlash dasturi”, “

y=kx

funksiyaning grafigini

chizish dasturi”, “

y=kx+b

funksiyaning grafigini

chizish dasturi”, “Kalkulyator dasturi”, “Miqdoriy
bog‘lanishlarni

tasvirlash

dasturi”,

“O‘lchov

birliklari dasturi” kabi dasturlardan birortasini tanlash
orqali mavzuga doir grafiklarni chizish yoki hisob
ishlarini bajaruvchi maxsus dastur ishga tushadi.
Ushbu dasturlarni kо‘rib chiqamiz.

1.

Nuqtani

koordinatalar

tekisligida

tasvirlash dasturi

”. Uning chap tomonida

X

va

Y

ning

qiymatini kiritish sо‘raladi. Kiritilgan

qiymatlarga qarab, nuqtaning qaysi chorakda
joylashishi kо‘rsatiladi. Masalan,

X

= –5 va

Y

= 8

qiymatlarni

kiritib,

nuqtani

yasash

tugmasi

bosilgach, quyidagi tasvir paydo bо‘ladi.

2. “

y=kx funksiyaning grafigini chizish

dasturi

”. Dastur ishga tushirilgach, dasturning chap

tomonida

k

ning qiymatini kiritish sо‘raladi.

Kiritilgan qiymatlarga qarab, tо‘g‘ri chiziq qaysi
choraklardan о‘tishi kо‘rsatiladi. Masalan,

k

= –3 va

k

= 2 bо‘lgan holatlarni kо‘rishda, oynaga shu

qiymatlarni kiritib,

grafikni chizish

tugmasi bosilsa,

bu qiymatlarda tо‘g‘ri chiziqning joylashishini
kо‘rsatuvchi quyidagi grafiklar paydo bо‘ladi.

3. “

y=kx+b funksiyaning grafigini chizish

dasturi

”. U ishga tushirilgach, dasturning chap


background image

tomonida

k

va

b

ning qiymatini kiritish sо‘raladi.

Kiritilgan qiymatlarga qarab, tо‘g‘ri chiziqning

k

bо‘yicha yuqoridagidek joylashishi,

b

bо‘yicha esa

necha birlik yuqoriga yoki pastga siljishi kо‘rsatiladi.
Masalan,

k

= –2 va

b

= 4 qiymatlarni kiritib,

grafikni

chizish

tugmasi bosilgach, quyidagi grafik paydo

bо‘ladi.


Ushbu dasturlar о‘quvchilar ijodiy fikrlash

qobiliyatini oshirishga munosib hissa qо‘shadi.
Shuningdek, “Kalkulyator dasturi”, “Miqdoriy
bog‘lanishlarni

tasvirlash

dasturi”,

“O‘lchov

birliklari dasturi” kabi dasturlari hisoblash ishlarini
bajarishda qо‘l keladi.

Masalan,

“2-§. Funksiya tushunchasi”

mavzusi

tanlansa yuqori qismida mavzu nomi va “

mavzu

”,

mashq

”, “

test

” bо‘limlari paydo bо‘ladi. Masalan,

mavzu

” tugmasi tanlangach mavzu materiallari

paydo bо‘ladi. Unda turli animatsiyalar, mavzuni
о‘quvchilarga tushuntirish, tasvirlarni kо‘rish,
dasturlarga о‘tish va ovozli yozuvlardan foydalanish
imkoniyatlari mavjud.

Funksiya tushunchasi masala yechimini topish

orqali ta’riflangan. Masalalarni yechish jarayonida,
ya’ni bir qiymatga bog‘liq holda ikkinchi bir
qiymatning о‘zgarib borishiga e’tibor qaratishni
aytgan holda

о‘zgaruvchi miqdor

tushunchasi

kiritiladi. Ayniqsa, ikkinchi misolni hal qilishda bu
yaqqol kо‘rinadi va о‘zgaruvchi miqdorlar orasidagi
bog‘lanish kо‘rsatilib,

funksiya tushunchasi

ga ta’rif

beriladi.

О‘quvchilarga yanada tushunarli bо‘lishi uchun

miqdoriy

bog‘lanishlarni

tо‘g‘ri

tо‘rtburchak

yuzasini (

S=ab

) aniqlash orqali kо‘rsatish mumkin.

a

ning bir qiymatini aniqlagan holda

b

ning qiymatini

yoki aksincha

b

ning bir aniq qiymatini olgan holda

a

ning qiymatini о‘zgartirib boriladi.

Ekranda

avtomatik ravishda berilgan qiymatlar asosida

S

ning

qiymati о‘zgarib boradi, shuningdek, ekranda
berilgan qiymatlarga mos holda tо‘rtburchakning

rasmi ham bо‘yi va eni bо‘yicha о‘zgaradi hamda
yuzaning sohasi aniqlanib boriladi. Masalan,

a=3

bо‘lganda va

S=3b

hosil bо‘ladi.

b

ning qiymatini

о‘zgartirgan holda

S

ning qiymati о‘zgarishini

kо‘ramiz.

b=2

va

b=9

bо‘lganda esa

S=3b=6

va

S=3b=27

qiymatlar hamda unga mos tasvir paydo

bо‘ladi.

Unda tо‘g‘ri tо‘rtburchak yuzasi bilan birgalikda

perimetrining qiymati ham aniqlanadi va unda

a

va

b

larning qiymatlari о‘zgarishiga qarab perimetrning
qiymati ham о‘zgara boradi. Bunda о‘quvchilarning
о‘zlari

miqdoriy bog‘lanish

jarayonining qanchalik

mos kelishini kо‘radilar va

о‘zgaruvchi miqdorlar

haqida tasavvurga ega bо‘ladilar.

Shuningdek, doira aylanasining uzunligi va

doiraning yuzini hisoblash jarayoni keltirilgan bо‘lib,
u о‘quvchilarni

miqdoriy bog‘lanish

va

о‘zgaruvchi

miqdorlar

haqida

kengroq

tasavvurga

ega

bо‘lishlarini ta’minlaydi. Bunda

R

ning qiymatini

о‘zgartirgan holda

doiraning yuzi

va

aylana

uzunligi

ning о‘lchamlari о‘zgarishi tasvirlanadi.

NATIJALAR VA MUHOKAMA


background image

Bu bilan о‘quvchilar funksiyaning ta’rifi asosida

funksiya tushunchasi nimadan iborat ekanligini
anglaydilar.

Shu

yerning

о‘zida

funksiya

tushunchasining tarixi ham keltirilgan bо‘lib, u
о‘quvchilarga qо‘shimcha ma’lumot olish imkonini
beradi.

Raqamli

texnologiyalar

imkoniyatlaridan

foydalanib, bunday dasturlar yaratish orqali ta’lim
jarayonida ko‘rgazmalilikni ta’minlash mumkin.
Bunda o‘quvchilar biror algebraik formula yoki
chiziqli funksiyalarning mohiyatini yaxshi tushunib
oladilar. Qiymatlar berish orqali natijalarning
o‘zgarishi va unga mos tasvirlarning paydo bo‘lishi
yoki o‘zgarishi o‘quvchilar tasavvurini boyitadi.

Ushbu elektron ta’lim resurslarida mavzuning

tayanch

tushunchalari

alohida

oynachada,

shuningdek, ichki menyuning

“mashq”

bandida

mavzuga doir mashqlar,

“test”

bandida mavzuga doir

test savollari mavjud. Test bajarib bо‘lingach,

“test

natijasini ko‘ring”

tugmasi bosiladi va ekranda test

natijasi hosil bо‘ladi. Unda о‘quvchi testning
nechtasiga va qaysilariga tо‘g‘ri javob bergani
ko‘rsatiladi va о‘zlashtirishi foiz hisobida qayd
etiladi.

Bunday

dasturlar

yordamida

va

Internet

texnologiyalaridan foydalanib fanlar bо‘yicha, shu
jumladan, “Algebra”, “Informatika va axborot
texnologiyalari” fanlari bо‘yicha elektron о‘quv
qо‘llanma yoki elektron ta’lim resurslarini yaratish
mumkin. Shu kunga qadar mashg‘ulotlarni tashkil
etish uchun “Algebra”, “Informatika va axborot
texnologiyalari” fanlari bo‘yicha multimediali
elektron o‘quv qо‘llanmalar, elektron ta’lim
resurslari yaratilgan [3], shuningdek, ularning
Internet versiyalar ham yaratilib, internet tarmog‘iga
(

www.edarslik.uz

saytiga) joylashtirilgan. Undagi

elektron

о‘quv qо‘llanmalar, elektron ta’lim

resurslari quyidagi bо‘limlardan tashkil topgan:
dastur

tavsifi;

mavzu

mazmunini

tanlash;

mashg‘ulotni namoyish etish qobig‘i; amaliy
topshiriqlar; maxsus dasturlardan foydalanish; grafik
animatsiya; ovoz berish fayllari; matnli fayllar;
nazorat dasturi (test dasturi) [6].

XULOSA

Xulosa qilib aytganda, ta’lim jarayonida

ko‘rgazmalilikni ta’minlash maqsadida raqamli
ta’lim texnologiyalaridan foydalanish va buning
uchun algebra darsligi asosida elektron ta’lim
resurslari, maxsus dasturlar yaratish mhim ahamiyat
kasb etadi, unda nafaqat о‘quvchilar uchun
о‘qituvchilar uchun ham qulay imkoniyatlar (testlar,
animatsiyalar, dasturlar) yaratib beriladi. Umumiy
o‘rta ta’lim maktablarida algebra fanini о‘qitishda

raqamli ta’lim texnologiyalaridan foydalanish
о‘quvchilar ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi,
ko‘rgazmalilikni

ta’minlash

orqali

ularning

tasavvurlari kengaytiriladi, algebra faniga bо‘lgan
qiziqishlari oshadi. Bu esa ta’lim sifat va
samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

ADABIYOTLAR:

[1] Akmalov A., Saparboyev J., Boytillayev D., Karimov

E., Xodjaniyazov M.

Algebra

: Umumiy o‘rta ta’lim

maktablarining 7- sinfi uchun darslik. – Toshkent:

Respublika ta’lim markazi, 2022. – 192 b.

[2] Botirov D.B., Tangirov Kh.E., Mamatkulova U.E.,

Aliboyev S.Kh., Khaitova N.F., Alkorova U.M.
(2020). The importance of teaching algorithms and
programming languages in the creation of electronic
education resources. Journal of Critical Reviews,
7(11), 365-368.

[3] Tangirov Kh.E. The use of electronic educational

resources for individualization in the process of
teaching algebra in schools //European Journal of
Research and Reflection in Educational Sciences.
United Kingdom: Progressive Academic Publishing.
Vol7. – 2019. – №. 3. – С. 43-48.

[4] O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni.

“Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasini
tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-

tadbirlari to‘g‘risida. (

Qonun hujjatlari ma’lumotlari

milliy bazasi

,

05.10.2020 y., 06/20/6079/1349-son

).

[5] https://www.web-canape.ru/business/statistika-

interneta-i-socsetej-na-2023-god-cifry-i-trendy-v-
mire-i-v-rossii/ - sayti materiallaridan olindi.

[6]

https://www.edarslik.uz/my/bosh.htm

- umumta’lim

maktablari uchun aniq fanlardan elektron ta’lim
resurslari.

References

Akmalov A., Saparboyev J., Boytillayev D., Karimov E., Xodjaniyazov M. Algebra: Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 7- sinfi uchun darslik. – Toshkent: Respublika ta’lim markazi, 2022. – 192 b.

Botirov D.B., Tangirov Kh.E., Mamatkulova U.E., Aliboyev S.Kh., Khaitova N.F., Alkorova U.M. (2020). The importance of teaching algorithms and programming languages in the creation of electronic education resources. Journal of Critical Reviews, 7(11), 365-368.

Tangirov Kh.E. The use of electronic educational resources for individualization in the process of teaching algebra in schools //European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences. United Kingdom: Progressive Academic Publishing. Vol7. – 2019. – №. 3. – С. 43-48.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida. (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.10.2020 y., 06/20/6079/1349-son).

https://www.web-canape.ru/business/statistika-interneta-i-socsetej-na-2023-god-cifry-i-trendy-v-mire-i-v-rossii/ - sayti materiallaridan olindi.

https://www.edarslik.uz/my/bosh.htm - umumta’lim maktablari uchun aniq fanlardan elektron ta’lim resurslari.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов