Milliy ta’lim tizimida tarbiyashunoslik masalalari

HAC
Google Scholar
To share
Yuldasheva , N. (2024). Milliy ta’lim tizimida tarbiyashunoslik masalalari. Modern Science and Research, 3(1), 1–5. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/28158
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Milliy ta'lim tizimi axloqiy qarashlarni tadqiq qilar ekan, shaxs va jamiyat ma'naviyatining oʻzaro bogʻliqligi, bir-birini taqozo etishi oʻqi¬tish jarayoniga pedagogik, psixologik, didaktik, metodik va kreativ tex¬nologik toʻgʻri yondashuv orqali ta'lim-tarbiyada muvaffaqiyatga erishish asosidir.

Similar Articles


background image

Milliy ta’lim tizimida tarbiyashunoslik masalalari

Yuldasheva Nilufar Abdullaevna

Toshkent amaliy fanlar universiteti Boshlangʻich ta'lim nazariyasi va metodikasi kafedrasi mudiri P.f.d. profess.v.b.

https://doi.org/10.5281/zenodo.10467013

Kalit soʻzlar.

Ta'lim, tarbiya, axloq, ma'rifat, xulq, pedagogik qarashlar, metodika, vatanparvarlik.

Annotasiya.

Milliy ta'lim tizimi axloqiy qarashlarni tadqiq qilar ekan, shaxs va jamiyat ma'naviyatining oʻzaro

bogʻliqligi, bir-birini taqozo etishi oʻqi¬tish jarayoniga pedagogik, psixologik, didaktik, metodik va kreativ tex¬nologik
toʻgʻri yondashuv orqali ta'lim-tarbiyada muvaffaqiyatga erishish asosidir.

Kirish

Ta'lim

va

tarbiyaning

uygʻunligiga asoslangan milliy ta'lim tizimi koʻp
asrlik an'analariga hamda mustahkam ildizlariga
ega ekani ma'lum. Ta'lim tizimida millatning
axloqi, irodasi hamda e'tiqodi asoslari aks etgan
«Qobusnoma», «Qutadgʻu bilig», «Hibat ul-
haqoyiq», «Mahbub ul-qulub» kabi mumtoz
asarlarda yoritilgan axloqiy-ma'rifiy qarashlarga
tayanilgan. Chunki boshqa fanlar oʻquvchining
individual tafakkurini oʻstirsa, adabiyot bir
vaqtning oʻzida aql, koʻngil va ruhni tarbiyalash
qudratiga ega. U inson koʻnglini gʻuborlardan
poklaydi, tafakkurini yovuz oʻy-fikrlardan
muhofaza qiladi, ruhini yuksaltiradi.

1. Tarbiya- axloqiy qarashlar mezoni.

Ijodkorlar fikricha:

“Adabiyot – oʻtkir yurak kirlarini

yuvadirgʻon toza ma'rifat suvi” , deganda
ma'rifatparvar Abdulhamid Choʻlpon ana shuni
nazarda tutgan edi.

Adabiyotshunos Begali Qosimov jadid

adabiyotidagi axloqiy qarashlar tizimini tadqiq
qilar ekan, shaxs va jamiyat axloqining oʻzaro
bogʻliqligi, bir-birini taqozo etishi haqidagi
toʻxtamga keladi. Olimning yozishicha: «Axloq –
bu xulqlar majmui. Xulq esa ezgulik yoxud
razillikning muayyan bir insonda namoyon
boʻlish shakli. Binobarin, har bir xulq ezgulik va
olijanoblikning yoki razillik va badbinlikning
timsoli. Shu jihatdan ular yaxshi va yomonga
boʻlinadilar. Lekin bular kishida oʻz-oʻzidan
paydo boʻl¬may¬di. Ularning shakllanishi uchun
ma'lum

sharoit,

tarbiya

kerak.

Kishilar

tu¬gʻi¬lishdan yomon boʻlib tugʻilmaydilar.
Ularni muayyan sharoit yomon qiladi... Tarbiya
tugʻilgan kundan boshlanadi va umrning oxiriga

qadar davom etadi. U ikki bosqichdan – uy va
maktab tarbiyasidan tashkil topgan» .

Asosiy qism

Olim uy va oila birligi

milliy ta'lim-tarbiyaning asosi ekani haqida fikr
yuritgan. Aslida, oʻzbek xalqi azaldan ta'lim va
tarbiyani birga olib borgan. Farzand tarbiyasida
uy-maktab-mahalla uchligi tamoyiliga amal
qilingan. Natijada komil shaxs tarbiyasida ota-ona
va muallimdan tashqari mahalla-koʻyning ham
muayyan ta'siri boʻlgan. Agar chuqurroq e'tibor
qaratilsa, bu ta'lim-tarbiyaning butun boshli bir
tizimi ekani, xalqimiz orasidan etuk shoiru
adiblar, olimu mutafakkirlar, ulugʻ avliyolar
etishib chiqishi zaminida ana shu tizim turishi
ayon boʻladi.

2. Ta'lim jarayoni texnologiyasini toʻgʻri

tashkil etish. Bizningcha, ta'lim va tarbiyaning
asosida «Tarbiya nimadan boshlanadi?» soʻrogʻi
turadi. Ushbu savol barchani oʻqituvchi shaxsi,
imkoniyatlari,

uning

oʻquv¬-chilarga

va

oʻquvchilarning oʻqituvchilarga munosabatlari
kabi jiddiy ma-sa¬lalarga jalb qiladi. Chunki
tarbiya aynan oʻquv fao¬li¬ya¬¬ti bilan bogʻlan-
gan holda olib borilishi shart.

Metodist olimlarning fikricha, oʻqi¬tish

jarayoniga tex¬nologik toʻgʻri yondashuv ta'lim-
tarbiyada

muvaffaqiyatga

erishuv

asosidir.

Oʻqituvchining intellektual salohiyati baland
boʻlishi, ta'lim berish jarayonida oʻz imkoniyatini
toʻliq safarbar eta bilishi, oʻquvchi iste'dodining
zohirda koʻrinib turmaydigan, yashirin jihatlarini
yuzaga chiqara olishi, ayniqsa, muhimdir. Har bir
umumiy ta'lim pedagogi ana shu xususiyatlarni
e'tiborga olishi, oʻz bilim va malakasini
muntazam takomillashtirib borishi ta'lim sifati va
samaradorligini oshirishga, oxir-oqibatda jamiyat
miqyosida intellektual saviyaning yuksalishiga
xizmat qiladi. Bu oʻrinda bir narsaga alohida


background image

diqqat qaratish zarur: intellektual salohiyat milliy
gʻurur tuygʻusi bilan uygʻunlashgandagina
kutilgan samarani beradi. Masalan, Alisher
Navoiy turkiy til (oʻzbek tili) boyliklarini
namoyish etish orqali paydo qilgan oʻz ona tilidan
gʻururlanish hissini oʻquvchilarga anglatish, his
ettirish lozim.

-

Oʻquvchilar e'tiborini Alisher Navoiy nutq va
tilning oʻziga xosligini nozik ilgʻagani hamda
muxtasar va ta'sirli ifodalaganiga qaratish zarur:
“Til muncha sharaf birla nutqning olatidur va
ham nutqdirki, gar nopisand zohir boʻlsa, tilning
ofatidur”. Ya'ni ulugʻ mutafakkir til shu qadar
sharafi bilan nutqning(quroli) ziynatiga xizmat
qilishini va oʻz navbatida, agar nutq e'tiborsizlik
natijasida yuzaga kelsa, tilga ofat keltirishini
alohida ta'kidlaydi.

-

Oʻquvchi

tuygʻularini

vatanparvarlikka

yoʻnaltirish va barqarorlatish faqat umumiy oʻrta
ta'limninggina vazifasi emas. Bunda uzluksiz
hayot jarayoni ya'ni: farzand – oila, bogʻcha,
mahalla, qarindosh-urugʻ va yaqin kishilarning
oʻzaro munosabatlar jarayonlarida ham kamolga
erishadi. Oʻquv jarayonining oʻzagi boʻlgan
«Butun hayot davomi-dagi ta'lim» tamoyili
«Barcha hayot tarzi orqali ta'lim» tarzida
ifodalana boshlagani sababi shunda. Darhaqiqat,
ta'lim

va

tarbiya

turmushning

barcha

jabhala¬ri¬da, inson umrining barcha davrlarida
izchil takomillashib boradi. Bu hol uzluksiz
ta'lim, “Tarbiya” va “Adabiyot” darslarida
oʻquvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash
zaruratini istisno qilmaydi. Bunda pedagogik
yondashuv orqali adabiy ta'lim muvaffaqiyati
oʻqitish oʻquvchining turli xil qabul qilish
jihatlariga ta'sir etadigan boʻlishi; oʻquvchilar
ular oldiga qoʻyilgan vazifalar boʻyicha aniq
tasavvur¬ga ega boʻlishlari; yangiliklar bilan
tanishtirish, murakkabliklarni soddalashtirib
berish; deduksiya va induksiyani uygʻun qoʻllash
kabi omillarga bogʻliqdir. Mazkur omillar
oʻqitishning istiqbolini ham belgilaydi. Ta'lim
tizimining barcha bosqichlarida oʻqitish
metodikasi rivoji hamda adabiy ta'limni
takomillashtirish quydagi omillar orqali yuzaga
keladi:

adabiyot oʻqishga qiziqish tuygʻusini

oʻstirish;

-

e'tiborni

badiiy

asarning

oʻquvchiga ma'naviy, estetik va hissiy ta'sir
etishiga qaratish;

-

oʻquvchida goʻzallikni his etishni

rivojlantirish,

onglilik

va

mustaqillikni

tarbiyalash;

-

adabiyotga

ijodiy,

individual

yondashuvni shakllantirish;

-

ta'limning

turli

bosqichlaridagi

adabiyot oʻqitish orasidagi tizimli aloqani
aniqlashdan kelib chiqadi.

Ta'lim-tarbiya

jarayonini

insonparvarlashtirish; oʻqitishni differensiyalash
(farqlash, ajratish); predmetlar va aniq metodlarni
integrasiyalash

(uygʻunlashtirish);

oʻqitish

saviyasini fan taraqqiyoti bilan uygʻunlashtirish;
oʻqitishning yangi shakllarini izlash; adabiyot
darslarini

loyihalashtirish;

dasturga

mos

darslarning yangi texnologiyasi hamda texnologik
xaritasining yaratishni koʻzda tutadi.

Bularni amalga oshirish uchun ilmiy-

texnik taraqqiyot sur'ati bilan hamqadam fikrlay
oladigan, pedagogik faoliyatga zamonaviy ilm-
fan yutuqlarini mahorat bilan qoʻllay biladigan
yangi avlod kadrlarini etishtirish, oʻquvchi
yoshlarga vatanparvarlik, komillik kabi umrboqiy
gʻoyalar asosida ta'lim-tarbiya berish, adabiy
ta'limni ilgʻor pedagogik texnologiyalar asosiga
takomillashtirish, maktabda ijodiy tafakkurga
keng yoʻl ochish uchun ularga muvofiq tizimlarni
yaratish taqozo etiladi.

Adabiy ta'lim va tarbiya bosqichlari

jamiyat takomili va shaxs kamolotiga kuchli ta'sir
koʻrsata olishi bilan xarakterlanadi. Chunki u
mavjud voqelikni badiiy aks ettirishi, obrazli
tasvir orqali oʻquvchi hissiyotlariga ta'sir
koʻrsatishi, nafaqat ong va tafakkurda, balki inson
qalbi va ruhida oʻzgarish yasay olishi jihatidan
boshqa fan sohalaridan alohida ajralib turadi.
Shuning uchun ham yosh avlod shuuri va
ruhiyatida vatanparvarlik tuygʻusini adabiyot
darajasida tarbiyalay oladigan boshqa fanni topish
qiyin.

-3. Yangi davr oʻzbek adabiyotini

davrlashtirish orqali oʻqitishda yuqori natijalarga
erishish.

Jamiyat

taraqqiyotining

negizi

hisoblangan ta'lim maskanlari faoliyatiga ijtimoiy
hayotdagi eng kichik oʻzgarishdan ulkan
evrilishlargacha boʻlgan jarayonlar ta'sir etmay
qolmaydi. Tafakkur yangilanishi ta'lim tizimini
oʻzgartirgani singari ta'lim tizimi ham tafakkur
yuksalishiga xizmat qiladi. Ijtimoiy voqelik
ta'sirida adabiy ta'limning mazmuni va shaklida
muayyan

yangilanishlar

boʻlishi

tabiiy.

Millatning badiiy-estetik tafakkuri yuksalishi


background image

uchun asos boʻla oluvchi adabiyotning
davrlashtirilishi masalasi uni oʻqitishda yuqori
natijalarga erishishni ta'minlashi jihatidan alohida
ahamiyatga ega. Professor Q.Yoʻldoshev adabiy
davrlar¬ni, yangi oʻzbek adabiyotining ildizi,
asosiy belgilari va taraqqiyot bosqichla¬ri¬ni
aniqlash, bu atamaning qoʻllanish chegarasini
belgilash juda muhim boʻlgan quyidagi toʻrt
bosqichni koʻrsatib oʻtadi:

1.

Oʻzbek ma'rifatchilik adabiyoti.

2.

Oʻzbek jadid adabiyoti.

3.

Shoʻro davri oʻzbek adabiyoti.

4.

Mustaqillik davri oʻzbek adabiyoti.

Muallif «Yangi oʻzbek adabiyoti»

atamasini ba'zan «XX asr adabiyoti», ba'zan esa
«Jadid adabiyoti» istilohining muqo¬bi¬li tarzida
qoʻllab, ushbu atama millat adabiy tafakkuridagi
tamomila oʻziga xos xususiyatlarni ifodalashi,
XIX asrning ikkinchi yarmidan bugungacha
boʻlgan zamoniy oraliqda yaratilgan milliy
asarlarni anglatishini e'tirof etadi .

Ma'lumki, oʻtgan asrda adabiyotning vazifasi,
ijtimoiy mazmuni mudom evrilishda boʻldi. XIX
asrning 60-yillaridan oʻzbek adabiyotida es¬te¬tik
konsepsiya oʻzgarishga yuz tutdi, badiiy ijod ruhiyat
qirralarini aks ettirish, komillik sifatlarini ulugʻlash,
ma'shu¬qa¬ azob¬larini tasvirlashdangina iborat
boʻlmay qoldi. XIX asr ikkinchi yarmidan adabiyot
tirik¬chi¬lik yumushlariga aralashib, ijtimoiy-
siyosiy ta'sir vositasiga aylangani, Q.Yoʻldoshev
adabiy ta'limning publisistik ruh kasb eta boshlagani
haqida soʻzlab, oddiy odamlar ham badiiy
qahramonga aylangani, adabiyotga oʻzgacha ruh,
boʻlakcha muammo, yangicha hayot tarzi kirib
kelgani, bunday yoʻsin badiiy til ifodasida tub
islohotlar boʻlishini yuzaga keltirmay qolmasligini
ta'kidlaydi.
Shu tariqa, xalqning fikrini uygʻotish, buning birdan-
bir yoʻli sifatida ma'rifat tarqatish, olamning
ravishiga nazar solish, oʻz «men»i bilan oʻzgalar
«men»ini qiyoslash, shu zaylda millat tafakkurini
yangilash, uni dunyoning taraqqiy etgan xalqlari
darajasiga

yuksaltirish

adabiyotning

asosiy

mavzusiga aylandi. Aslida, “Munavvar qori
Abdurashidxonov,

Mahmudxoʻja

Behbudiy,

Abdurauf Fitrat, Choʻlpon va Abdulla Qodiriylar
irodasining bukilmasligi – Vatan tuygʻusiini aziz
jonlaridan ham a'lo koʻrgani – vatanparvarlik
tarbiyasining shaxs ma'naviy kamolotida yuksak
maqomda turishini koʻrsatadi” .
Abdulhamid Choʻlpon fikricha, adabiyot Vatan va
millat mavjudligi asosi, xalqning ma'naviy boyligidir.

Ajabki, Choʻlpon hali oʻsmirligidayoq millat taqdiri,
demakki, vatan taqdirini, istiqbolini ma'rifatparvarlik
bilan bogʻlaydi. “Adabiyoti oʻlmagʻan (boʻlmagʻan)
va

adabiyotning

taraqqiysiga

chalishmagʻan

(koʻmaklashmagan) va adiblar etishtirmagan millat
oxiri bir kun hissiyotdan, oʻydan, fikrdan mahrum
qolib, sekin-sekin inqiroz boʻlur”. Uning xulosasi
ham keskin va aniq: “Adabiyot yashasa – millat
yashar” .

Choʻlponning ushbu fikr-mulohazalari xalq

hayotidagi yuz berayotgan adolatsizlik, mustamlaka
tizimidagi ijtimoiy-siyosiy ziddiyatlarning keskinligi,
boshi-keti yoʻq xunrezliklarga nisbatan yosh ijodkor
Abdulhamidni oʻz vaqtidan oldin ulgʻaytirib, millat
dardini his qila olish kabi ma'naviy etukligini
dalilladi.
Amaldagi ta'lim tizimida yoʻl qoʻyilgan bunday
kamchiliklar yoshlar tarbiyasida boʻshliq paydo qildi
va yoshlarning begonalar tuzogʻiga ilinishi, ulardan
nopok maqsadlarda foydalanilishiga ham olib keladi.
Koʻrinadiki, ta'¬lim-tarbiyada vatanparvar¬likni
oʻrganish uning samarali yoʻllarini izlash, bugungi
kun talabiga aylandi. Bunda ayniqsa, adabiy ta'limga
munosabatni oʻzgartirish zarur boʻldi.
4. Ta'lim-tarbiya tizimi takomilida rivojlangan
davlatlar tajribasini oʻrganish zarurati. Ta'limni isloh
qilishda intensiv pozisiya maqbul ekani rivojlangan
davlatlar tajribasini oʻrganish chogʻida ham ayon
boʻldi. Umuman muayyan davrlarda ta'limning isloh
qilinishi rivojlangan mamlakatlar misolida ham
kuzatiladi. Masalan, AQSh 1961 yilda «Asosiy yangi
bazis» tamoyillariga tayanib, oʻrta maktablarni isloh
qilgan hamda ingliz tili va adabiyoti (toʻrt yil),
matematika (toʻrt yil), tabiiy bilimlar (uch yil),
ijtimoiy fanlar (uch yil), kompyuter texnikasi (yarim
yil) tarzida besh yoʻnalishdagi majburiy ta'lim joriy
etilgan.

Ushbu 5 yoʻnalishning har biri qator

qismlarni qamrab olgan boʻlib, majburiy
predmetlar tarkibiga yangi kurslar kiritilgan.
Natijada

majburiy

ta'lim

hajmi

qisqarib,

chuqurlashtirilib oʻrganiladigan kurslar kengayib
borgan. AQShdagi yuqori bosqich kollejlarining
90 foizi shu besh yoʻnalishli tamoyil asosida
faoliyat yuritib kelmoqda. Amerikadagi koʻzga
koʻringan «Found Karnegi» pedagogik markazi
bu dasturni XXI asr dasturi deb baholagan .

1980 yillarda boshqa xorijiy davlatlarda

ham

majburiy

ta'lim

hajmini

qisqartirish

boshlandi, koʻpchilik kollejlar faoliyati 3 ta: ingliz
tili va adabiyoti, ma¬te¬matika, ijtimoiy
yoʻnalishlarga

asoslandi.

Rivojlanayotgan

davlatlarda oʻquv dasturining takomillashuvi
mana shu yoʻnalishga asoslanadi. Ta'lim


background image

jarayonida alohida predmetlarni oʻrganishni
kuchaytirish, ularni chuqur oʻzlashtirish, asosiy
predmet va gʻoya atrofiga jipslashtirishga harakat
qilishdan birgina maqsad – oʻquvchining ijodiy
tafakkurini, ma'naviyatini oʻstirish, fanlarning
oʻzaro aloqadorligini ta'minlashdan iborat. Ushbu
islohotlardan koʻrinadiki, adabiyot fani bir
yoʻnalishda turgan, buning boisi ayni vaqtda
tarbiyaning

asosi

ham

hisoblanadi.Aynan

vatanparvarlik, vatanga sodiqlik, oʻz xalqining
kelajagi uchun xizmat qilish adabiy ta'limning
bosh maqsadi, vazifasi hisoblanadi. Adabiyot –
inson shaxsini tarbiyalovchi, uni buyuk ishlarga
yoʻnaltiruvchi tengsiz kuch.

1.

Milliy ta'lim tizimida oʻtkazilayotgan islohotlar
ham yuqoridagi maqsadlar bilan birga insonni
barcha tarbiyaviy tadbirlarning markaziga
qoʻydi. Yangilangan pedagogika insonni oliy
qadriyat deb hisoblaydigan tarbiya tizimini
yaratishni oʻz oldiga bosh maqsad qilib qoʻydi.

2.

Ma'lumki, tarbiya insonda mavjud ma'naviy
fazilatlarni ri¬voj¬-lan¬tirish yoki qusurlarni
yoʻqotishga xizmat qiladi. Bu jarayon
samaradorligi tarbiyalanuvchining boʻlayotgan
voqea-hodisalarni qalbidan oʻtkazishi, unga oʻz
munosabatlarini tarkib toptirishiga bogʻliq.
An'anaviy oʻqitish tizimida oʻqituvchi va
oʻquvchi munosabatlari birmuncha engil edi.
Bunda oʻqituvchi (sub'ekt) yangi bilim beruvchi,
oʻquvchi ma'lum darajada ob'ekt – bilimni
oʻrganuvchi edi. Har kimning vazi¬fa¬si aniq
boʻlgani barobarida ta'lim tizimi bir yoqlama edi.
Bu jarayonda oʻquvchi oʻzidagi yuksak ma'naviy
va intellektual xususiyatlarni namoyon qilish
maqsadidan

uzoqlashar

edi.

Etuklikka

yoʻnaltirilgan ma'-na¬viy tadbir muvaffaqiyati
ishtirokchining istagi, mayli, xohishi, kela-
ja¬gi¬ga xizmat qilmogʻi kerak. Shu holdagina
oʻquvchining ichki imkoniyatlari roʻyobga
chiqadi,

bu

esa

ta'lim

samaradorligini

ta'minlaydi.

3.

Ma'lumki, ta'limning individual, raqiblik hamda
hamkorlik kabi uch turi mavjud. Individual ta'lim
yordamida pedagog tarbiyalanuvchining qalbiga,
ruhiyatiga toʻgʻri ta'sir etadi. Sogʻlom raqobat
yordamida oʻquvchining shaxsiy va ilmiy
sifatlarini kamolga etkazadi. Hamkorlikdagi
ta'lim oʻquvchini oʻqitish yoki tarbiyalashdan
koʻra, uni oʻqiydigan, tarbiya¬la¬na¬di¬gan
holatga keltiradi. Bunda har bir oʻquvchi oʻz
ustida tinimsiz ishlay oladi, oʻzini oʻzi tahlil

qilib, muvaffaqiyat va nuqsonlaridan xulosa
chiqaradi.

Vatanparvarlik tarbiyasi adabiy ta'limning

asosi ekani. Yuksak qadriyat hisoblanmish oʻquvchi
ma'naviy

kamolotining

asosiy

manbasi

vatanparvarlikdir . Bu tuygʻuni tarbiyalashda adabiy
ta'limning oʻrni, ayniqsa, alohidaligi bilan e'tiborga
loyiq.

Ilmiy

manbalarda

”vatanparvarlik”

tushunchasiga turlicha ta'rif berilgan. Ularni Vatan
muhabbati, Vatan sogʻinchi gʻoyasi birlashtirib
turadi. Jumladan, mazkur tushuncha “Filosofiya
lugʻati”da falsafiy nuqtai nazardan quyidagicha
izohlanadi: “Vatanparvarlik (grek. ratris – vatan) –
axloqiy va siyosiy prinsip, sosial his-tuygʻu; bu his-
tuygʻuning mazmuni – vatanga mehr-muhabbat
bogʻlash, unga sadoqatli boʻlishdan, uning oʻtmishi
va hoziri uchun faxrlanishdan, vatan manfaatlarini
himoya

qilishga

intilishdan

iborat.

Tarixan

vatanparvarlik elementlari tugʻilgan erga, tilga,
an'analarga

mehr

qoʻyish

shaklida

qadim

zamondayoq shakllanadi” .

“Pedagogika”

ensiklopediyasida

ayni

tushunchaga ushbu fan nuqtai nazaridan kengroq
miqyosda yondashiladi: “Vatanparvarlik (yunoncha
patriotes – vatandosh, patris - vatan) – tugʻilib oʻsgan
yurt, vatanga muhabbat, sadoqat, oʻz faoliyati bilan
unga xizmat qilish, Vatanining farovonligi, uning
sarhadlari daxlsizligi, mustaqilligining himoyasi
yoʻlida fidoyilik koʻrsatib yashash, ona xalqining or-
nomusi, shon-sharafi, baxtu saodati uchun kuch-
gʻayrati, bilim va tajribasi, butun hayotini baxsh
etishni ifoda etadigan ijtimoiy hamda ma'naviy-
axloqiy xislatlari, fazilatini anglatadigan atama.
Vatanparvarlik koʻp ma'noli soʻz boʻlib, ma'naviy,
ijtimoiy, siyosiy, madaniy, iqtisodiy taraqqiyot
jarayonida doimo, yangicha ma'no-mazmun bilan
takomillashib boradi” .

Insoniy

kamolotning

muhim

sharti

hisoblangan vatanparvarlik tarbiyasi pedagogika
fanining pirovard va bosh maqsadi ekani ma'lum.
Lekin ushbu masalaga munosabat turli davrlarda
oʻziga xos xususiyatlarga ega boʻlgani kuzatiladi.
1988 yildan to 2022 yilgacha boʻlgan davr oraligʻida
adabiy ta'limning uzluksiz ta'lim bosqichlari uchun
oʻndan ortiq dasturlar e'lon qilingani sababi shunda.
Biroq bu choralar biryoqlama ekanligi, bunday
yondashuv

orqali

adabiy

ta'lim

mazmunini

oʻzgartirish imkonsizligi ayon boʻldi. Tajribadan
anglashiladiki, adabiy ta'lim konsepsiyasi, davlat
ta'lim standarti, malaka talablari singari oʻquv-
me'yoriy hujjatlarni va hatto darslik va oʻquv
qoʻllanmalarni oʻzgartirish bilangina vatanparvarlik
tarbiyasida kutilgan natijaga erishib boʻlmaydi.


background image

Adabiyot dasturlari va dars-liklari tahlili ularda
vatanparvarlik tarbiyasi uchun tanlangan badiiy
matnlarning talab darajasida emasligidan dalolat
beradi.

Xulosa.

“Oʻzbek tilining izohli lugʻati”da

vatanparvarlik

atamasining

lugʻaviy

ma'nosi

quyidagicha izohlanadi: “vatanparvar (vatan.parvar –
gʻamxoʻrlik qiluvchi) oʻz vatanini, ona yurtini,
xalqini cheksiz sevuvchi, vatan manfaatlari uchun
jonbozlik

koʻrsatuvchi”;

“vatanparvarlik

vatanparvarlarga xos ish, xatti-harakat, xislat” .
Adabiyot,

tarbiya

darslarida

va

darsliklarida

vatanparvarlik tarbiyasi chuqur ilmiy asoslarga va
teran nazariy-metodologik zaminga tayanishi zarur.
Buning uchun tanlangan badiiy matnning poetik
mazmuni va shakli, obraz va tasvir, poetik ramz va
timsollar – barchasi ana shu maqsadga yoʻnaltirilishi
talab etiladi. Aks holda qoʻyilgan maqsadga
toʻlaqonli erishib boʻlmaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar ruyxati


1. Choʻlpon. Tilimizning ishlanishi. Asarlar. IV jild. –
Toshkent: Akademnashr, 2016. – B. 12.
2.Qosimov B. Milliy uygʻonish: jasorat, ma'rifat, fidoyilik.
- Toshkent: Ma'naviyat, 2002. – B. 252-253.
3. Selevko G.K. Ensiklopediya poznavatelnix texnologiy.
—M., 2006.1-tom
4. Yoʻldoshev Q. Yangi oʻzbek adabiyoti:
ildizlar,belgilar,. Bosqichlar. // Sharq yulduzi, 2007. 1-son.
B-132-138 betlar.
5.Shermatova U. “Oʻquvchilarning vatanparvarlik
tuygʻusini shakllantirishda tarixiy, adabiy-badiiy
manbalardan foydalanishning pedagogik shart-sharoitlari”
(Choʻlpon ijodi misolida), mavzusidagi ilmiy tadqiqot ishi
2021 yil. – T., 152-b.
6. Choʻlpon. Asarlar. Toʻrt jildlik. 4-jild. -Toshkent:
Akademnashr, 2016.-4-bet.
7. Yoʻldoshev J. Xorijda ta'lim. - T., 1995. – B. 8-9.
8. Yuldasheva N. A. “Adabiy ta'limda yoshlarni
vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning ilmiy-metodik
asoslari” mavzusidagi pedagogika fanlari doktori (DSs)
ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertasiyasi ishi.
T.: 2022 yil. 282-bet.
9. Filosofiya lugʻati. –Toshkent.: Oʻzbekiston. 1976, 84-
bet.
10.Pedagogika. Ensiklopediya. 3 jildlik, 1-jild. –
Toshkent.: Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi, 2015.-188-
bet.
11. Oʻzbek tilining izohli lugʻati.5 tomlik,1-tom. –
Toshkent.: Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi, 2015.-445-
bet.

References

Choʻlpon. Tilimizning ishlanishi. Asarlar. IV jild. – Toshkent: Akademnashr, 2016. – B. 12.

2.Qosimov B. Milliy uygʻonish: jasorat, ma'rifat, fidoyilik. - Toshkent: Ma'naviyat, 2002. – B. 252-253.

Selevko G.K. Ensiklopediya poznavatelnix texnologiy. —M., 2006.1-tom

Yoʻldoshev Q. Yangi oʻzbek adabiyoti: ildizlar,belgilar,. Bosqichlar. // Sharq yulduzi, 2007. 1-son. B-132-138 betlar.

5.Shermatova U. “Oʻquvchilarning vatanparvarlik tuygʻusini shakllantirishda tarixiy, adabiy-badiiy manbalardan foydalanishning pedagogik shart-sharoitlari” (Choʻlpon ijodi misolida), mavzusidagi ilmiy tadqiqot ishi 2021 yil. – T., 152-b.

Choʻlpon. Asarlar. Toʻrt jildlik. 4-jild. -Toshkent: Akademnashr, 2016.-4-bet.

Yoʻldoshev J. Xorijda ta'lim. - T., 1995. – B. 8-9.

Yuldasheva N. A. “Adabiy ta'limda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning ilmiy-metodik asoslari” mavzusidagi pedagogika fanlari doktori (DSs) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertasiyasi ishi. T.: 2022 yil. 282-bet.

Filosofiya lugʻati. –Toshkent.: Oʻzbekiston. 1976, 84-bet.

10.Pedagogika. Ensiklopediya. 3 jildlik, 1-jild. –Toshkent.: Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi, 2015.-188-bet.

Oʻzbek tilining izohli lugʻati.5 tomlik,1-tom. –Toshkent.: Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi, 2015.-445-bet.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов