RAQAMLI IQTISODIYOTDA KICHIK SANOAT ZONALARINING HUDUDIY RIVOJLANISHI

HAC
Google Scholar
To share
Nurmatova, X. . (2024). RAQAMLI IQTISODIYOTDA KICHIK SANOAT ZONALARINING HUDUDIY RIVOJLANISHI. Modern Science and Research, 3(1). Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/28190
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Maqolada raqamli iqtisodiyot sharoitida kichik sanoat zonalarining mazmuni va mohiyati o'rganilgan, ularning milliy iqtisodiyotni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishdagi ahamiyati yoritilgan. Kichik sanoat zonalarida amalga oshirilgan investitsion loyihalar va o'zlashtirilgan investitsiyalar hisobiga erishilgan natijalar va hududiy rivojlanish ko’rsatkichlari tahlil qilingan.

Similar Articles


background image

RAQAMLI IQTISODIYOTDA KICHIK SANOAT ZONALARINING

HUDUDIY RIVOJLANISHI

Nurmatova Xilola A'zamovna

Toshkent amaliy fanlar universiteti

“Tarmoqlar iqtisodiyoti” kafedrasi o'qituvchisi

Khilolanurmatova@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.10467849

Annotatsiya:

Maqolada raqamli iqtisodiyot sharoitida kichik sanoat zonalarining mazmuni va mohiyati o'rganilgan, ularning

milliy iqtisodiyotni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishdagi ahamiyati yoritilgan. Kichik sanoat zonalarida amalga oshirilgan investitsion
loyihalar va o'zlashtirilgan investitsiyalar hisobiga erishilgan natijalar va hududiy rivojlanish ko’rsatkichlari tahlil qilingan.

Tayanch so'zlar:

Investitsiya, chet el investitsiyalari, investitsiya faoliyati, to'g'ridan-to'g'ri chet el investitsiyalari, yalpi ichki

mahsulot, kichik sanoat zonalari, infratuzilma, moliyaviy imtiyozlar, modernizatsiya, asosiy kapital, yer uchastkasi, investitsiya muhiti,
hudiduy rivojlanish.


So’nggi yillarda iqtisodiyotni rivojlantirishda

raqamli iqtisodiyot sezilarli va ijobiy ta’sir qila boshladi.
Bu esa iqtisodiyotning barcha jabhalarida, jumladan
kichik sanoat zonalarining hududiy rivojlanishiga ham
munosib ta’sir eta boshladi. Dunyo iqtisodiyoti
amaliyotining

ko'rsatishicha,

investitsiya,

xorijiy

investitsiyalar

va

raqamli

iqtisodiyot

iqtisodiy

taraqqiyotining muhim omili sifatida e’tirof etilmoqda.
Chunonchi, “chet ellik investorlarning hukumat
kafolatlarisiz,

tavakkalchilik

sharoitlarida

o'z

mablag'lari yoki qarz mablag'lari hisobidan amalga
oshiriluvchi investitsiyalari

1

to'g'ridan-to'g'ri chet el

investitsiyalarini ifoda etib, ushbu investitsiyalar
iqtisodiyotni modernizatsiya qilish, mamlakat va uning
hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirish,
yangi ish o'rinlarini yaratish, mahsulot sifatini oshirish
va uning raqobatbardoshligini ta'minlash, jahon
bozoriga chiqish, intensiv rivojlanishni yo'lga qo'yishda
hal qiluvchi rol o'ynaydi. Bu borada kichik sanoat
zonalarining tashkil etilishi va faoliyati taraqqiyotini
ta'minlash muhim ahamiyat kasb etadi. Ana shuni
hisobga olgan holda “Kelgusida erkin iqtisodiy va kichik
sanoat zonalarini zarur infratuzilmalar bilan ta'minlash
uchun 1,8 trillion so'm yo'naltiriladi”.

2

Bundan tashqari

hududlarda 130,5 ming km.

uzunlikdagi

past

kuchlanishli elektr tarmoqlari va 40 mingdan ortiq
transformatorni bosqichma-bosqich yangilash hamda
5,1 mingdan ortiq ta'mirtalab ko'prikni tiklash bo'yicha
Hukumat dasturlari qabul qilinishi, bu ishlar uchun 401
mlrd. so'm mablag' ajratilayotganligi hududlar sanoat
salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.

3

Darhaqiqat, bo'sh

turgan yoinki foydalanilmayotgan bino va inshootlar
negizida barpo etilayotgan kichik sanoat zonalari davlat

1

Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to'g'risida: O'zbekiston

Respublikasining 2019 yil 25 dekabr O'RQ-598-son Qonuni.
3-modda, 15- xatboshi. Lex.uz/docs/4664142

2

https://president.uz/uz/lists/view/4057.

va xususiy sektor o'rtasidagi sheriklikning nodir
namunasi sifatida iqtisodiyotning raqobatbardoshligini
ta'minlash, yangi ish o'rinlari barpo etish, eksport
salohiyatini oshirishda qo'l keladi. Bu vazifalarni
muvaffaqiyatli ado etish uchun kichik sanoat zonalariga
ichki investitsiyalar bilan birga to'g'ridan-to'g'ri chet el
investitsiyalarini faol jalb qilish, ushbu zonalarda
(hududlarda) chet ellik investorlar uchun qulay
ishchanlik muhitini yaratish, chet el investitsiyalarining
o'zlashtirilishiga alohida e'tibor berish va bu boradagi
mas'uliyatni oshirish talab etiladi. Hech ikkilanmasdan
aytish mumkinki, joriy yil va yaqin istiqbolda milliy
iqtisodiyot

taraqqiyotining

ta'minlanishi,

aynan,

investitsiyalar va kichik sanoat zonalariga daxldor
masalalarning yechimiga ham bog'liqdir. Bunday
sharoitda kichik sanoat zonalarini yanada rivojlantirish
bilan bog'liq masalalarni ijobiy hal qilish alohida
ahamiyat kasb etishi tabiiy.

Shu munosabat bilan, avvalo, kichik sanoat

zonalarining mazmun-mohiyatini oydinlashtirish, undan
keyin ushbu hududlarga to'g'ridan-to'g'ri chet el
investitsiyalarini jalb qilishning hozirgi ahvoliga baho
berish, so'ng kichik sanoat zonalariga to'g'ridan-to'g'ri
chet el investitsiyalarini jalb qilishdagi muammolarni
aniqlash va nihoyat ularning yechimiga qaratilgan taklif
va tavsiyalar ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir.
Kichik sanoat zonalarining mazmun-mohiyati iqtisodiy
adabiyotlarda turlicha talqin etilayotganligini ta'kidlab
o'tmoq joiz. Xususan, “kichik sanoat zonalari - bu
tadbirkorlik sub'ektlarini joylashtirishga mo'ljallangan,
muhandislik-kommunikatsiya

va

infratuzilma

ob'ektlarini, ma'lum yer maydoni yoki ishlab chiqarish
maydonini o'z ichiga oluvchi hudud

4

, “kichik sanoat

3

http://surxontongi.uz/kichik sanoat zonalari ishtirokchilari

qanday imtijozga ega bo’ladi/

.

4

Salimbov B.B. O'zbekistonda kichik sanoat zonalarini barpo

etishning

tashkiliy-iqtisodiy

asoslari

//Iqtisodiyot

va

innovatsion texnologiyalar ilmiy elektron jurnali. - 2018. - №1.


background image

zonalari kichik biznesni rivojlantirish va uni davlat
tomonidan qo'llab-quvvatlashning samarali yo'llaridan
biri

5

, “kichik sanoat zonalari ular joylashgan

hududlarni

rivojlantirishga

katta

imkoniyatlar

yaratuvchi,

ya'ni

sanoat

ishlab

chiqarishni

jadallashtirish,

yangi

investitsiya

va

yangi

texnologiyalarni jalb qilish, tadbirkorlik faoliyatini
rag'batlantirish, bo'sh maydonlardan real iqtisodiy
sektorni

rivojlantirish

orqali

ulardan

samarali

foydalanish, aholi uchun ish joylarini yaratish hamda
yangi raqobatbardoshli mahsulot ishlab chiqarishga
mo'ljallangan hudud

6

, “kichik sanoat zonasi - muayyan

yer uchastkasini o'z ichiga oluvchi hudud, alohida
hollarda esa - muhandislik-texnika kommunikatsiyalari
bilan ta'minlangan ishlab chiqarish maydonlari

7

.

Kichik sanoat zonalariga o'ziga xos ta'rif

qonunchilikda ham mavjud. Masalan, O'zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 9
martdagi “Kichik sanoat zonalari to'g'risidagi Nizomni
tasdiqlash

haqida”gi

134-sonli

Qarorida

ularga

quyidagicha ta'rif berilgan: “kichik sanoat zonasi - ishlab
chiqarish

faoliyatini

amalga

oshirish

uchun

mo'ljallangan, aholi punkti hududining yoki aholi
punktlariaro hududning qonun hujjatlari bilan muayyan
maqom berilgan hamda hududi doirasida xizmat
ko'rsatuvchi infratuzilmaga ega bo'lgan ishlab chiqarish
maydonlari

joylashadigan

va

chegaralari

aniq

belgilangan qismi

8

. Demak, kichik sanoat zonalari,

birinchidan,

kichik

biznes

va

tadbirkorlikni

rivojlantirishga yo'naltirilgan, ikkinchidan, investorlar
uchun qulay investitsion muhit yaratilgan ma'lum yer
maydoni yoki ishlab chiqarish maydonini o'z ichiga
oluvchi hudud, uchinchidan, mintaqaning ishlab
chiqarish va resurs salohiyatidan innovatsion usulda
foydalanish orqali ijtimoiy-iqtisodiy samaraga erishish
maqsadida ishlab chiqarish maydonlari joylashadigan va
chegaralari aniq belgilangan qismi hisoblanadi. Ushbu
xususiyatlarning barchasi bir vaqtning o'zida namoyon
bo'lgan taqdirdagina ular kichik sanoat zonalarining
mazmun-mohiyatini ochib berishga xizmat qilishi aniq.
Mantiqan qaraganda, kichik sanoat zonasi kichik
tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish asosida hududlarda
sanoat ishlab chiqarishga mo'ljallangan maxsus zonani
anglatadi va bunday zonalar faqat muhandislik-texnik
kommunikatsiyalari mavjud bo'lgan yoki o'tkazish oson
bo'lgan faoliyat ko'rsatmayotgan ishlab chiqarish
maydonlari va qishloq xo'jaligi uchun mo'ljallanmagan
bo'sh turgan yer uchastkalari negizida tashkil etiladi.

5

Кузнецов В.П., Кузнецова С.Н., Лапаев Д.Н.

Теоретические

аспекты

развития

организационно-

экономического

механизма

формирования

промышленных парков. – Казань, изд-во Познание
Института экономики, управления и права. 2014.

6

Baeva Sh.X. Tadbirkorlik faoliyatini moliyalashtirish

metodologiyasini takomillashtirish: monografiya. - Toshkent:
Iqtisodiyot, 2015.

Kichik

sanoat

zonalari

faoliyati

Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,
viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzurida
tashkil etiladigan direksiyalar tomonidan boshqariladi.
Direksiya kichik sanoat zonasi hududida investitsiya
loyihalarini amalga oshirish uchun ishlab chiqish va
investorlarni topish, tashkiliy-boshqaruv faoliyatini
amalga oshirish, ishlab chiqarish maydonlari yoki yer
uchastkalarini

uzoq

muddatli

ijaraga

olish

shartnomalarini

tuzish,

kichik

sanoat

zonasi

ishtirokchilari

tomonidan

o'zlari

qabul

qilgan

majburiyatlarni bajarishi bo'yicha monitoring olib
borish, kichik sanoat zonasi ishtirokchilariga zarur
muhandislik-kommunikatsiya

infratuzilmasi

tarmoqlariga ulanishida yordam berish, ularga ishlab
chiqarish, moliya, marketing, huquqiy, tashqi iqtisodiy
va boshqa masalalarni hal etishda ko'maklashish kabi
vazifalarni bajaradi.

Bugungi kunda mamlakatimiz hududlarida

tashkil etilgan kichik sanoat zonalarida plastik quvurlar
va fitinglar, maishiy kimyo mahsulotlari, trikotaj
matolari va kiyim kechaklar, mineral o'g'it va poligrafik
bo'yoqlar, rezina granula mahsulotlari, tibbiyot dori
vositalari,

parrandachilik

va

chorvachilikda

ishlatiladigan

ozuqa

qo'shimchalari,

qurilish

mahsulotlari, xom-ashyolarni va oziq-ovqatlarni ishlab
chiqarish uskunalari, 3D panellar, lokal issiqlik
qozonxonalari, televizor monitorlari, kantselyariya
mollari,

svetodiod

lampalar,

meva-sabzavotlarni

quritish,

kimyo

mahsulotlari,

qishloq

xo'jaligi

texnikalari uchun ehtiyot qismlar, har-xil turdagi
ko'rgazmali

muzlatgichlar,

transformator

podstansiyalari, kondensator qurilma kabilar ishlab
chiqarilmoqda.

2020 yil 1 dekabr holatiga kichik sanoat

zonalariga investitsiyalar jalb qilish natijasida amalga
oshirilgan loyihalar qiymatini Toshkent shahri bo'yicha
tumanlari kesimida tahlil qiladigan bo'lsak, kichik
sanoat zonalarida amalga oshirilgan loyihalarning
umumiy hajmi 870.224,5 mln so'mni tashkil qilgan.
Toshkent shahriga qarashli tumanlarda tashkil etilgan
kichik sanoat zonalarida amalga oshirilgan investitsion
loyihalarning ulushi Bektemir tumanida 3 %, Mirzo
Ulug'bek tumanida 29,3 %, Sergeli tumanida 4,8 %,
Uchtepa tumanida 7,0 %, Chilonzor tumanida 14,2 %,
Yunusobod tumanida 5,3 %, Yakkasaroy tumanida 18,7
% va Olmazor tumanida 17,8 % ni tashkil qilgan

9

.

Bunday holat mazkur hududlarda tuman

mas'ullari

tomonidan

investorlar

uchun

qulay

7

https://www.norma.uz/qonunchilikda yangi/kichik sanoat

zonalari ishtirokchilari uchun imtiyoz va preferentsiyalar
bekor qilinmoqda.

8

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil

9 martdagi «Kichik sanoat zonalari to'g'risidagi Nizomni
tasdiqlash haqida»gi 134- sonli Qarori asosida tasdiqlangan
«Kichik sanoat zonalari to'g'risidagi Nizom». 2-band, 1-
xatboshi.

Lex.uz/docs/4758585

9

Stat.uz


background image

investitsion

va

ishbilarmonlik

muhiti

yaratilayotganligidan

dalolat

beradi

va

milliy

iqtisodiyotni intensiv rivojlantirish nuqtai nazaridan
ijobiy holat hisobanadi. Ammo, Toshkent shahriga
qarashli

Mirobod,

Shayxontohur,

Yashnobod

tumanlarida bironta ham kichik sanoat zonalari tashkil
etilmagan. Bu esa aholini ish bilan ta'minlash va
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish nuqtai
nazaridan salbiy holatni namoyon etadi va tegishli tuman
rahbarlari tomonidan hududda qulay investitsion muhit
yaratish, bu boradagi mas'uliyatini oshirish zarurligini
ko'rsatadi.

Masalaning yana bir muhim jihatiga alohida

e'tibor qaratish zarur. Chunonchi, Toshkent shahri
bo'yicha faoliyat yuritayotgan kichik sanoat zonalarida
amalga oshirilgan jami loyihalarni moliyalashtirish
manbalari tarkibida chet el investitsiyalarining ulushi
bor-yo'g'i 0,8 % ni tashkil qilgan va bu iqtisodiyotning
drayveri hisoblangan chet el investitsiyalarini kichik
sanoat zonalariga jalb qilish ishlari talab darajasida
tashkil etilmaganidan dalolatdir.

Kichik sanoat zonalari mamlakatda ijtimoiy

muammo hisoblangan aholini ish bilan ta'minlashda
muhim o'rin egallamoqda. Jumladan, Toshkent shahri
tumanlarida tashkil etilgan kichik sanoat zonalarida
amalga oshirilgan loyihalar natijasida jami 11997 ta
yangi ish o'rinlari yaratildi. Kichik sanoat zonalarida
amalga oshirilgan loyihalar va yaratilgan ish o'rinlari
soni bo'yicha Yakkasaroy tumani yetakchilik qilmoqda.
Ushbu hududda 271 ta loyiha amalga oshirilishi hisobiga
6.636 ta yangi ish o'rinlari yaratilgan.

Agar 2020 yilning yanvar-sentyabr oylarida

respublikamizda ishga muhtoj bo'lganlarning umumiy
soni 1 mln 643 ming kishini, ishsizlik darajasi iqtisodiy
faol aholi orasida 11,3 % ni tashkil etganligini

10

(16-30

yoshgacha bo'lganlar o'rtasida ishsizlik darajasi 17,4 %,
ayollar o'rtasida ishsizlik darajasi esa 14,9 % bo'ldi)
hisobga oladigan bo'lsak, kichik sanoat zonalarining
bugungi kunda o'tkir ijtimoiy muammo hisoblangan
ishsizlarni ish bilan ta'minlashda muhim ahamiyat kasb
etishi yanada oydinlashadi. Shuning uchun hududlarda
kichik sanoat zonalarini samarali tashkil qilish, ularga
investitsiyalarni faol jalb qilish orqali intensiv ishlab
chiqarishni yo'lga qo'yish dolzarb vazifa hisoblanadi. Bir
vaqtning o'zida, mazkur vazifalarning uddalanishi,
kichik sanoat zonalari hududida investitsiya loyihalarini
amalga oshirish bilan bog'liq ayrim muammolarning
bartaraf etilishiga ham bog'liq.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining erkin

iqtisodiy

zonalar

va

kichik

sanoat

zonalarini

rivojlantirish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar
samaradorligi tahliliga bag'ishlangan yig'ilishida qayd
etilishicha,

11

hududga mas'ul hisoblangan vazirlik va

idoralar tomonidan investitsion loyihalarni ko'rib

10

https://www.gazeta.uz/uz/2020/11/14/ishsizlik/.

chiqish va muvofiqlashtirish jarayoni murakkabligicha
qolib, odatda, rasmiy xarakterga ega; investorlarga
kichik sanoat zonalari qatnashchilariga yer uchastkalari
ajratish masalalarini hal etishda hanuz byurokratizm
asoratlari mavjud; kichik sanoat zonalarini elektr
energiyasi, tabiiy gaz, suv va boshqa kommunikatsiya
tarmoqlari bilan barqaror ta'minlashda hamda kichik
sanoat zonalari hududlariga olib boruvchi yo'llarning
holatida ham muammolar kuzatilmoqda. Yana bir
muhim masala - kichik sanoat zonalari ishtirokchilari
uchun imtiyoz va preferensiyalarni ularni amaldagi
ishtirokchilar uchun 2020 yil 1 yanvargacha saqlab
qolgan holda bekor qilinishi natijasida tadbirkorlik
sub'ektlarining kichik sanoat zonasiga qiziqishlari va
manfaatdorligi kamaygan.

Yuqoridagilardan kelib chiqib: - kichik sanoat

zonasi ishtirokchisi maqomini olgan, investitsiya
loyihasini amalga oshirayotgan tadbirkorlar uchun elektr
energiya hamda tabiiy gaz uchun to'lovlarini yuz foiz
oldindan to'lash o'rniga qisman bo'lib to'lashga ruxsat
berish va iste'mol qilingan oy uchun to'lovlar kechikkan
hollarda o'n kun muddatgacha jarima qo'llamaslik
maqsadga muvofiqdir; - tuman, shahar hokimlari,
mutasaddilarining kichik sanoat zonalarida faoliyat
yuritayotgan investorlar uchun qo'shimcha qulaylik va
imkoniyat yaratish, ularni qo'llab-quvvatlash va shu
orqali hudud sanoat salohiyatini oshirish masalasiga
alohida

e'tibor

qaratish,

bu

borada

ularning

mas'uliyatlarini yanada kuchaytirish zarur; - kichik
sanoat zonasida amalga oshirilayotgan investitsion
loyihalarni moliyalashtirishda to'g'ridan-to'g'ri chet el
investitsiyalarining ulushini oshirish va buning uchun
qo'shimcha rag'batlantirish omillarini joriy qilish; -
mamlakat hududlari bo'yicha bo'sh turgan yoki
samarasiz

foydalanilayotgan

ishlab

chiqarish

maydonlarini aniqlash va ular negizida tashkil etilgan
kichik

sanoat

zonalarida

istiqbolli

investitsion

loyihalarni amalga oshirish evaziga yangi ish o'rinlarini
yaratish, import o'rnini bosuvchi va eksportbop
mahsulotlar ishlab chiqarishga alohida e'tibor qaratish
lozim.

Xulosa

qilib

aytganda,

mamlakatimiz

mintaqalarining iqtisodiy va investitsion, shu jumladan,
ishlab chiqarish va resurs salohiyatidan keng ko'lamda
va

unumli

foydalanishni

ta'minlash,

transport,

muhandislik

kommunikatsiya

hamda

ijtimoiy

infratuzilmani

rivojlantirish,

ishlab

chiqarish

jarayonlariga ilg'or texnologiyalarning tatbiq etilishini
jadallashtirish, aholi bandligini ta'minlash, ularning
daromadlarini oshirish, raqobatbardosh mahsulotlar
ishlab chiqarish, mineral-xom ashyo resurslarini qayta
ishlash, yangi zamonaviy quvvatlarni barpo etishda
kichik sanoat zonalarini tashkil etish muhim ahamiyat
kasb etadi. Shu nuqtai nazardan, kichik sanoat zonasi

11

https://www.uzavtoyul.uz/cy/post/erkin iqtisodiy zonalar va

kichik sanoat zonalarini rivojlantirish masalalari muhokama
qilindi. Html


background image

yangi imkoniyatlar maydoni va raqamli iqtisodiyotni
rivojlanishiga munosib hissa qo’shishiga aminmiz.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

RO'YXATI

1. Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to'g'risida:
O'zbekiston Respublikasining 2019 yil 25 dekabr O'RQ-
598-son

Qonuni.

3-modda,

15-

xatboshi.

Lex.uz/docs/4664142
2. Iqtisodiy rivojlanish sohasida davlat siyosatini amalga
oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-
tadbirlari

to'g'risida:

O'zbekiston

Respublikasi

Prezidentining 2019 yil 10 yanvar PF-5621-sonli
Farmoni, 8-bandi, 1-xatboshi. Lex.uz/docs/4154478
3. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2020 yil 9 martdagi «Kichik sanoat zonalari to'g'risidagi
Nizomni tasdiqlash haqida»gi 134- sonli Qarori asosida
tasdiqlangan «Kichik sanoat zonalari to'g'risidagi
Nizom». 2-band, 1-xatboshi. Lex.uz/docs/4758585
4. Baeva Sh.X. Tadbirkorlik faoliyatini moliyalashtirish
metodologiyasini takomillashtirish: monografiya. -
Toshkent: Iqtisodiyot, 2015.
5. Кузнецов В.П., Кузнецова С.Н., Лапаев Д.Н.
Теоретические аспекты развития организационно-
экономического

механизма

формирования

промышленных парков. – Казань, изд-во Познание
Института экономики, управления и права. 2014.
6. Salimbov B.B. O'zbekistonda kichik sanoat zonalarini
barpo etishning tashkiliy-iqtisodiy asoslari //Iqtisodiyot
va innovatsion texnologiyalar ilmiy elektron jurnali. -
2018. - №1.
7. https://president.uz/uz/lists/view/4057.
8.

http://surxontongi.uz/kichik

sanoat

zonalari

ishtirokchilari qanday imtijozga ega bo’ladi/.
9. https://www.norma.uz/qonunchilikda yangi/kichik
sanoat zonalari ishtirokchilari uchun imtiyoz va
preferentsiyalar bekor qilinmoqda.
10. O'zbekiston Respublikasida erkin iqtisodiy zonalar
va kichik sanoat zonalari yagona portali ma'lumotlari
asosida shakllantirilgan (<https://sez.gov.uz/ru>).
11. https://www.gazeta.uz/uz/2020/11/14/ishsizlik/.
12. https://www.uzavtoyul.uz/cy/post/erkin iqtisodiy
zonalar va kichik sanoat zonalarini rivojlantirish
masalalari muhokama qilindi. Html
13. Stat.uz

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов