THE SIGNIFICANCE OF MORAL EDUCATION OF STUDENTS THROUGH NATIONAL VALUES

HAC
Google Scholar

Abstract

In this article, the pedagogical conditions of the process of education and implementation of the culture of national relations in the family with the help of national values of students and young people using information communication technologies are discussed.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

703

TALABA YOSHLARNI MILLIY QADRIYATLAR VOSITASIDA AXLOQIY

TARBIYALASHNING AHAMIYATI

Islomova Nilufar Baxtiyor qizi

Buxoro Innovatsiyalar Universiteti 2-kurs magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.10552606

Annotatsiya.

Ushbu maqolada axborot komunikatsiya texnologiyalaridan foydalanilgan

holha talaba yoshlarni oilada milliy qadriyatlar vositasida milliy munosabatlar madaniyatini
tarbiyalash va amalga oshirish jarayonining pedagogik shart-sharoitlari xusisida fikr yuritilgan.

Kalit so‘zlar:

Oila, huquq, ma`naviyat, jamiyat, urf-odat, axloq, folklore, etnografik

ansambl, ma`naviy qadriyatlar, diniy qadriyatlar, g‘oya, vatanparvarlik, estetika, oilaviy tarbiya.

THE SIGNIFICANCE OF MORAL EDUCATION OF STUDENTS THROUGH

NATIONAL VALUES

Abstract.

In this article, the pedagogical conditions of the process of education and

implementation of the culture of national relations in the family with the help of national values of
students and young people using information communication technologies are discussed.

Keywords:

Family, law, spirituality, society, tradition, morality, folklore, ethnographic

ensemble, spiritual values, religious values, idea, patriotism, aesthetics, family education.

ЗНАЧЕНИЕ НРАВСТВЕННОГО ВОСПИТАНИЯ СТУДЕНТОВ ЧЕРЕЗ

НАЦИОНАЛЬНЫЕ ЦЕННОСТИ

Аннотация.

В данной статье рассматриваются педагогические условия процесса

воспитания и реализации культуры национальных отношений в семье с помощью
национальных ценностей студентов и молодежи с использованием информационно-
коммуникационных технологий.

Ключевые слова:

Семья, право, духовность, общество, традиция, мораль,

фольклор, этнографический ансамбль, духовные ценности, религиозные ценности, идея,
патриотизм, эстетика, семейное воспитание.


Oila shunday muqaddas makonki, unda hayotning davomiyligini ta’minlovchi shaxs

shakllanadi, etnik madaniyat, urf-odatlarimiz, axloqiy va ma’naviy qadriyatlarimiz saqlanadi,
rivojlantiriladi, jamiyat taraqqiyotini belgilovchi iqtisodiy va madaniy hayot poydevori
mustahkamlanadi.

Keyingi vaqtlarda O’zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, madaniy

sohalarda mazmunan boy ishlar amalga oshirilmoqda. Bularning barchasi negizida inson,
mamlakatimiz fuqarolari va yoshlarning huquq-manfaatlarini har tomonlama muhofaza qilish
yotadi. Bugungi kunda mamlakatimizda oila masalasi davlat siyosati darajasiga ko’tarilgani bejiz
emas, albatta. Zero, yurt taraqqiyotining tamal toshi jamiyatimizning asosiy bo’g‘ini bo’lmish
oilada qo’yiladi. Oilaning asosiy ijtimoiy, ma’naviy, axloqiy va psixologik vazifalarini qisqacha
tahlil qilib ko’radigan bo’lsak, bolada shakllanadigan barcha hissiy, ruhiy tuyg‘ular: mehribonlik,
oqibatlilik, o’ziga va atrof-muhitga nisbatan mas’uliyatlilik kurtaklari oilada namoyon bo’ladi.
Oila o’z vazifasini lozim darajada amalga oshirishi uchun uni tegishlicha, ma’rifiy-metodik
qurollantirish, ijtimoiy-ma’naviy tadbirlarni o’tkazish yo’li bilan unga yordam berib borish zarur.

Qolaversa, ma’naviy yetuk oila – ma’naviy yuksak jamiyat tayanchidir. Oila urf-odatlari,


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

704

shajarasi, an’analari, axloqiy-ma’naviy qadriyatlarni farzandlar ongiga singdirish, har bir kishini
kasb-hunar malakalari bilan qurollantirish ma’naviy barkamollikni tarbiyalashning asosidir.
Shunday ekan, joylardagi xotin-qizlar, yoshlar tashkilotlari, mahallalarda faoliyat yuritayotgan
oqsoqollar kengashlari oldida turgan muhim vazifalardan biri oila qadriyatlariga bag‘ishlangan
suhbatlar, konferensiyalar, munozaralar, uchrashuvlar, oilaviy bayramlar, kitobxonliklar, san’at
asarlari ko’rgazmalari, qo’shiq va raqslar ko’rik-tanlovlari o’tkazish, oilaviy folklor, etnografik
ansambllarni tashkil etish, tarixiy joylarga sayohatlar uyushtirish maqsadga muvofiqdir.

Milliy, ma’naviy qadriyatlarning, milliy tarbiya usullarining ahamiyatini kamsitmagan

holda har qanday ijtimoiy-iqtisodiy sharoitda ham tarbiya sof milliy mezonlar doirasida qolib
ketishi mumkin emas. Jamiyat taraqqiyotining barcha davrlarida tarbiyaning mazmuni va
yo’nalishi milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg‘unligi bilan belgilanadi. Bu nazariy qoida
bugungi kunda ijtimoiy tarbiyaga ham, oilaviy tarbiyaga ham bevosita taalluqlidir.

Yangi ijtimoiy-tarixiy sharoit oila, oilaviy munosabatlar va oilaviy tarbiya borasida ham

jiddiy o’zgarishlarni keltirib chiqarmoqda. Bolalarni vatanparvarlik ruhida, yangicha fikrlovchi
shaxs sifatida tarbiyalash oiladan boshlanishini e’tiborga olib, oilaviy tarbiya mazmunini qayta
ko’rib chiqish va uni yanada boyitish, uning asosiy yo’nalishlarini belgilash va shu asnoda maqsad
va vazifalarni hamda ularni qanday vositalar bilan amalga oshirish yo’llarini aniqlash muhim
ijtimoiy-pedagogik va ijtimoiy-psixologik zaruriyatdir.

Ana shu zaruriyatdan kelib chiqqan holda, talaba yoshlarda ma’naviy-axloqiy

tarbiyalashda milliy qadriyatlardan foydalanish masalasi ijtimoiy-siyosiy va madaniy-ma’rifiy
ahamiyat kasb etmoqda. Chunki, mazkur masalalarni hal etish ancha murakkab va ziddiyatli
bo’lib, unga vorisiylik va tarixiylik nuqtai nazaridan yondashish talab etiladi.

Ma’lumki, mamlakatimiz rivojlanishining hozirgi yangi bosqichi oilaviy tarbiyada milliy

qadriyatlardan foydalanishning zamonaviy mezonlarini o’rtaga tashlamoqda. Bu mezonlar
vatanparvarlik, milliy g‘urur, milliy ong, milliy o’z-o’zini anglash, milliy tafakkur, milliy tarbiya
kabi tushunchalarda o’z ifodasini topgan bo’lib, ular tarbiya jarayonining bugungi kunda
rivojlanishi uchun muayyan tarzdagi bir maqsadga qaratilganini ta’minlaydi.

Talaba yoshlarda ma’naviy-axloqiy tarbiyalash mavzusiga to’xtalganda, milliy axloq va

tarbiyaning o’ziga xos xususiyatini ochib bermoq zarur. Milliy axloq va tarbiyada
ajdodlarimizning tarixiy tajribalari, davrlar sinovidan o’tgan hayot saboqlari va o’git,
ko’rsatmalari jamuljamdir. Ana shu ufayli milliy, axloqiy qadriyatlarimiz asrlar osha yashab
kelmoqda.

Har qanday axloqiy fazilat u yoki bu yo’sinda insonning xatti-harakati tartibga

solinishining ifodasi bo’lib, insonga bo’lgan hurmat-e’tibor, mehr-muhabbatni bildirar ekan, u
umumbashariy mazmunni beradi. Zotan, har qanday shaxs odamzotning bir zarrasi ekan, unda
butun bashariyatning mohiyati mujassam, shuning uchun ham u butun insoniyatga mansubdir.
Shunga ko’ra, har bir ota-ona o‘z farzandi tarbiyasida, uning barkamol shaxs bo’lishida
umuminsoniy ma’no va mazmunni ko’rmog‘i lozim. Bolaning axloqiy fazilatlari umuminsoniy
xarakter kasb etib, umumbashariy qadriyatga aylanishini anglab yetgan ota-ona farzandlari
tarbiyasidagi mas’uliyatni chuqur his qilmoqlari maqsadga muvofiqdir.

Oilada shaxsni ma’naviy-axloqiy shakllantirish bolaning tug‘ilishi bilan boshlanadi va u

oilaviy munosabatlar xarakteri, ota-onalarning namunasi, ulardagi umumta’lim darajasi,


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

705

umummadaniy saviyasi hamda umumpedagogik madaniyati va oilaviy hayotini qanday tashkil
etishdan iborat. Bu omillar oilada bolani ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning mazmunini tashkil
etadi va ular bir qator pedagogik-psixologik xususiyatlarni o’z ichiga oladi. Bularni hisobga olish
esa bolani ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda milliy axloqiy qadriyatlardan foydalanishning o’ziga
xosligi va ahamiyatini bilishga yordam beradi.

Inson butun mavjudotlar ichida eng ulug‘i, barcha narsalar uning uchun yaratilgan, degan

g‘oya islomiy ma’naviyatning negizini tashkil qilsa, insonlarni o’zaro ma’naviy, oqibatli bo’lishga
undash va ularda oliyjanob fazilatlarni shakllantirish islom pedagogikasi va psixologiyasining
asosidir.

Islom dini xalqning ijtimoiy hayotiga, xususan, oilaviy munosabatlariga, madaniyati va

milliy an’analariga singib ketgan, ammo bundan o’zbek xalqining qadimiy, takrorlanmas
madaniyati, jumladan, oilaviy qadriyatlari islom dinisiz mavjud bo’lmas edi, degan qarash kelib
chiqmaydi. Islomiy ma’naviyat manbalarida oila, oilaviy munosabatlar va oilaviy tarbiyaga oid
qarashlar tizimi mavjud bo’lib, u oilaning shakllanishi, rivojlanishi va mustahkamlanishiga
qaratilgan barcha jihatlarni o’z ichiga oladi.

Bu qarashlar ilohiyot nuqtai nazaridan o’rtaga tashlansa-da, ular kishilarning hayotiy

faoliyatlari, turmush tarzlari, ijtimoiy ehtiyojlari, nihoyat oilaviy munosabatlari talabidan kelib
chiqqanligi uchun ham aqlga va kundalik turmushga muvofiq edi. Islomda oilaviy tarbiyaning
o’ziga xos xususiyatlar ko’rsatib o’tiladi. Bu xususiyatlar musulmonchilik talabidan kelib chiqqan,
bolani axloqiy tarbiyalash haqidagi umumiy g‘oyalar bilan bog‘liq bo’lib, ular bolani insoniylikka
va ezgulikka da’vat etganligi uchun umuminsoniy mazmunga egadir. Bugungi kunda ota-onalar
islomiy ma’naviyatning ana shu umuminsoniy mazmunini bolalar shuuriga singdirib borishlari
zarur.

Diniy qadriyatlarning yangi tarixiy sharoitda oiladagi ma’naviy-axloqiy tarbiyadagi

muhim omil bo’lib xizmat qilishi shu bilan izohlanadiki, diniy tasavvurlar, rasm-rusumlarning
millat turmush tarziga, xalqning hayotiy faoliyatiga singib ketishiga sabab diniy ongning inson
ruhiyatiga bo’lgan kuchli ta’siri oqibatidir. Ayni vaqtda, oilaviy tarbiya jarayonida diniy
qadriyatlar bilan diniy bid’atni farqlash va bola ongini diniy xurofotlar bilan zaharlanishining
oldini olish ota-onalarning burchi hisoblanadi.

Ma’lumki, Sharq mutafakkirlari merosida ta’lim-tarbiya, xususan, oilaviy tarbiya

masalalariga keng o’rin berilgan. Ular bolalarni tarbiyalashni jamiyat taqdirini, millatning
kelajagini belgilaydigan asosiy mezon deb hisoblaganlar. Ularning pedagogik qarashlari zamirida
ijtimoiy ideal sifatida komil inson g‘oyasi yotadi. Ular tarbiyada ijtimoiy va biologik tomonlarning
o’zaro munosabati haqida to’xtalib, tarbiyada irsiyat va muhit ta’siri birdek ekanligi, tan va ruh
sog‘lomligining birligi kabi masalalarni o’rtaga tashlaydilar.

Ularning aqliy, mehnat, axloqiy, estetik va jismoniy tarbiyaning birligi hamda ularni

amalga oshirish yo’llari haqidagi va oilada bolalar tarbiyasi haqidagi fikrlari mazkur
muammolarning ko’pgina jihatlarini qamrab oladi va ular muayyan tarbiyashunoslik bo’yicha
qarashlar tizimini tashkil etadi. Bu qarashlar o’z davrlaridan anchagina ilgarilab ketib, bir necha
asrdan beri ajdodlarimiz tafakkurini boyitib, ma’naviy qadriyat sifatida bugungi kunda o’z
qiymatini yo‘qotmay kelmoqda. Ular ijtimoiy va oilaviy tarbiya birligi haqidagi masalani ijobiy
hal qilishga uringanlar, buni hozirgi zamon pedagogikasi va psixologiyasi ham to’la e’tirof etadi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

706

REFERENCES

1.

O‘zbekiston Respublikasining 2023 yil 30 apreldagi Konstitutsiyasi. Qonunchilik

ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2023-y., 03/23/837/0241-son;

2.

O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 14-sentabrdagi “Yoshlarga oid davlat siyosati

to‘g‘risida”gi O‘RQ-406-son Qonuni. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi,
26.01.2022-y., 03/22/747/0064-son;

3.

O‘zbekiston

Respublikasi

Vazirlar

Mahkamasining

2021-yil

18-yanvardagi

“O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini 2025-yilgacha rivojlantirish
Konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 23-son Qarori. Qonunchilik ma’lumotlari milliy
bazasi, 04.10.2023-y. 09/23/524/0750-son;

4.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2022 yil 12 dekabrdagi Oliy

Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi;

5.

M.L.Umedjanova Talabalarni milliy qadriyatlar ruhida oilaviy hayotga tayyorlash.

Monografiya. – Buxoro, 2022. – 102 bet. Internet saytlari

6.

www.lex.uz

7.

www.pedagog.uz

8.

8.www.ziyonet.uz






References

O‘zbekiston Respublikasining 2023 yil 30 apreldagi Konstitutsiyasi. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2023-y., 03/23/837/0241-son;

O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 14-sentabrdagi “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi O‘RQ-406-son Qonuni. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.01.2022-y., 03/22/747/0064-son;

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 18-yanvardagi “O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini 2025-yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 23-son Qarori. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.10.2023-y. 09/23/524/0750-son;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2022 yil 12 dekabrdagi Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi;

M.L.Umedjanova Talabalarni milliy qadriyatlar ruhida oilaviy hayotga tayyorlash. Monografiya. – Buxoro, 2022. – 102 bet. Internet saytlari

www.lex.uz

www.pedagog.uz

8.www.ziyonet.uz

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов