20
MILLIY QADRIYAT TURLARI VA ULARNI TALABA YOSHLAR ONGIGA
SINGDIRISH USULLARI
Islomova Nilufar Baxtiyor qizi
Buxoro Innovatsiyalar Universiteti 2-kurs magistranti.
https://doi.org/10.5281/zenodo.10623959
Annotatsiya. Ushbu tezisda milliy qadriyat tushunchasi,milliy qadriyatni talabalar ongiga
singdirish sabablari va ahamiyati haqida,bundan tashqari milliy qadriyatsiz ulg‘aygan
yoshlarning kelajak hayotimizga xavf tug‘dirishi mumkinligi haqida ma’lumotlar keltirib o‘tilgan
Kalit so`zlar: Milliy qadriyat tushunchasi, milliy qadriyat shakllari, milliy tarbiya, milliy
ong.
FORM, METHODS AND WAYS OF MORAL EDUCATION OF STUDENTS
THROUGH NATIONAL VALUES
Abstract. In this thesis, the concept of national value, the reasons and importance of
inculcating national value in the minds of students, as well as the fact that young people who grow
up without national value can pose a threat to our future life are given.
Key words: Concept of national value, forms of national value, national education,
national consciousness.
ТИПЫ НАЦИОНАЛЬНЫХ ЦЕННОСТЕЙ И МЕТОДЫ ИХ ВЛИЯНИЯ В
СООБЩЕНИЕ МОЛОДЫХ СТУДЕНТОВ
Аннотация. В данной дипломной работе даются сведения о понятии национальной
ценности, причинах и важности формирования национальной ценности в сознании
студентов, а также о том, что молодые люди, вырастающие без национальных
ценностей, могут представлять угрозу нашему будущая жизнь.
Ключевые слова: понятие национальной ценности, формы национальной ценности,
национальное образование, национальное сознание.
Bugungi kundagi turli zararli ta’sirlardan saqlanish, har qanday sharoitda ham xalqimizga
azaldan xos bo’lgan milliy qiyofa, betakror fazilatlar egasi bo’lib qolishimizda qadimiy an’ana va
qadriyatlarimizni asrab-avaylab, ularga amal qilib yashash o’ta muhim ahamiyat kasb etadi.
Yer yuzidagi har bir millat faqat uning o’ziga xos bo’lgan an’ana va qadriyatlari bilan
alohida ajralib turadi, tabiiyki, har qaysi xalqning bebaho boyligi bo’lgan bunday qadriyat va
an’analar bir-ikki kunda paydo bo’lib qolmagan. Insoniyatning necha ming yillik tarixiy tajribasi
shuni ko’rsatadiki, biror-bir narsaning an’anaga, ayniqsa, qadriyatga aylanishi uzoq davrni talab
21
qiladi. Yillar, asrlar davomida muayyan qarash, odat, tushuncha, tajribalar zamonlar, avlodlar
sinovidan o’tadi, sayqal topib boradi. Agar ular keyingi avlodlar tomonidan ham qabul qilinsa,
davom ettirilib, urf-odatga aylansa, demakki, endi ularni milliy an’ana va qadriyat deb atash
mumkin bo’ladi.
Millat uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan etnik jihat va xususiyatlar bilan bog’liq
qadriyatlar milliy qadriyatlar deyiladi. Milliy qadriyatlar millatning tarixi, yashash tarzi,
ma’naviyati hamda madaniyati bilan chambarchas bog’liq holda namoyon bo’ladi.
O’zbek xalqining asrlardan asrlarga o’tib kelayotgan milliy qadriyatlari ham uzoq tarixiy
jarayonda shakllangan. Jumladan, o’zi tug’ilib o’sgan ona yurtiga ehtirom, o’z taqdirini mana shu
yurtsiz tasavvur qila olmaslik, o’tgan ajdodlar xotirasiga sadoqat, kattalarga doimiy hurmat
ko’rsatish, har qanday sharoitda ham hayo va andishani saqlash, turmushda poklikka alohida
e’tibor berish singari ko’plab fazilatlar bizning milliy qadriyatlarimiz asosini tashkil etadi.
Milliy va umuminsoniy qadriyatlarni xalqimizning an’analarini, madaniyati va ilm-fan
bobidagi kо‘p asrlik tajribalarini о‘rgatish ijobiy pedagogik samaralarni beradi. Shuning bilan
birga jamiyatimizda yashovchi har bir ongli kishi, mustaqil va erkin fikrga ega bо‘lgan shaxs va
fuqarolik jamiyati ma’naviyatini shakllantirish va shu asosda rivojlantirish О‘zbekiston
Respublikasi taraqqiyotining asosini tashkil etadi. Shu sababli ham о‘qituvchining serqirrali va
murakkab kasbiy faoliyati zamirida yosh avlodni odobli, e’tiborli qilib tarbiyalash, ularni ilmiy
bilimlar bilan qurollantirish yordamida ilmiy dunyoqarashini kengaytirish kabi muhim vazifalar
yotadi. Natijada ta’lim va tarbiya dasturlariga milliy qadriyatlar omillarini kiritish ishlari
bosqichma bosqich va sharoitga mos holda puxta amalga oshirilmoqda.
Endilikdai esa, milliy qadriyatlarning zamonaviy ta’lim mazmuniga singdirilishi va
integrasion jarayonning natijalarini ilmiy о‘rganish ilmiy doiralarning asosiy mavzularidan biriga
aylanmoqda. Qadriyatlarning tarixiy-pedagogik jihatlari va uning turli qirralarini о‘rganish kо‘p
tadqiqotchilarning ilmiy tadqiqot va ilmiy nashrlari doirasida amalga oshirilgan. Bu borada,
ayniqsa, rus olimlari – A.A.Koychuev, Y.A.Rezvan; o‘zbek olimlaridan – A.A. Bolibekov,
D.M.Kenjayevlar tomonidan olib borilgan, milliy qadriyatlarning pedagogik jihatlari bilan diniy
axloqiy qadriyatlarning mushtarakligi masalasiga bag‘ishlangan ilmiy izlanishlarini qayd etish
lozim. Ilmiy qadriyatlarning ideallar shaklida ifodalanishi orzu-umidlar rо‘yobga chiqishi bilan
bog‘liq bо‘lib, u kishilar va jamiyat intiluvchi oliy maqsaddan iborat bо‘ladi.
Milliy qadriyatlar murakkab ijtimoiy – ruhiy hodisa bo’lib, u millatning tili, madaniyati,
tarixi, urf-odatlari, an’analarini, jamiki moddiy va ma’naviy boyliklarini, iqtisodiy, ijtimoiy-
siyosiy hayotining barcha tomonlarini qamrab oladi.Bundan kelib chiqib milliy qadriyat turlarini:
22
tarixiy qadriyatlar, oila qadriyatlari, ta’limiy qadriyatlar, vatanga bo‘lagan qadriyatlar kani turlarga
ajratish mumkin.
Qadriyatlar o’zining mohiyatiga ko’ra bir necha turga bo’linadi.Jumladan inson va uning
hayoti eng oliy qadriyat hisoblanadi. Inson yo’q joyda biron narsaning qadr- qimmati haqida
so’zlash be’manilikdir. Shuning uchun ham inson qadr-qimmatini e’zozlash, uning turmushini
yaxshilash, bilimi va madaniy saviyasini rivojlantirish, sog’liqini saqlash, hayotini himoya qilish
davlatimiz siyosatining asosiy yo’nalishini tashkil etadi. Jamiyatimizda yuz berayotgan tub
o’zgarishlarning, islohotlarning barchasi kishilar hayoti to’q, boy, go’zal bo’lishi, inson o’zini
chinakam erkin his etishi, o’z mehnati natijasining, o’z taqdirining, o’z mamlakatining egasi
bo’lishini taminlashga qaratilgandir. Islohatlarning mazmuni har bir fuqaro shaxs sifatida o’zini
ko’rsatish imkoniyatiga ega bo’lishiga qaratilgan.
Siyosiy va ijtimoiy hayotdagi barcha o’zgarishlar ayni mana shu oliy maqsadga erishishga
- har bir kishining hayotini yaxshiroq, munosibroq, ma’naviy jihatdan boyroq qilishga
bo’ysundurulgan Tabiiy qadriyatlardir;
Inson ehtiyojlarini qondirishda tabiiy qadriyatlar katta ahamiyat kasb etadi. Tabiiy
qadriyatlarga yer va yer osti boyliklar, suv, qavo, o’rmonlar, o’simliklar, hayvonot dunyosi va
boshqalar kiradi. Zotan, O’zbekiston Konstitusiyasining 55-moddasida yozib qo’yilgan: “Yer, yer
osti boyliklari, suv, o’simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zaxiralar umummilliy
boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muqofazasidir”.
Inson mehnati, hatti-harakati bilan yaratilgan “ikkinchi tabiat”, ya’ni turli-tuman moddiy
boyliklar, zavod va fabrikalar, ishlab chiharish kuchlari, transport vositalari, asbob- uskunalar,
turar-joy, mol- mulk, noz- ne’mat va shu kabilar moddiy qadriyatlar hisoblanadi. Insonning
hayotida madaniy- ma’naviy qadriyatlar katta o’rin egallaydi. Unga ilmiy texnikaviy va
intellektual imkoniyatlar, maorif, ta’lim-tarbiya, tibbiy xizmat, milliy meros, turli shakllarda
namoyon bo’ladigan madaniyat durdonalari, til, adabiyot, san’at, xalq qunarmandchiligi
maqsulotlari, noyob tarixiy va madaniy yodgorliklar, arxitektura va hokazolar kiradi. Qadriyatlar
va ulardan ijtimoiy xamda pedagogik munosabatlarni tashkil etish jarayonida foydalanish
borasidagi vazifalar — ta’lim mazmuni, uning jarayoni va «pedagog - o’quvchi» tizimidagi o’zaro
munosabatlarni tashkil etish asosiga kiritilishi lozim. Pedagogik munosabatlar muommolarini hal
etish ham talab etiladi
Xo‘sh talaba yoshlar onggiga bu kabi qadriyatlarnin singdirishdan maqsad nima? Avvalo
yoshlar o‘z tarixini bilib o‘rganim ulg`aysa ulardan hech qachon vatan xoinlari chiqmaydi. Har
23
qanday urush va tahlikali paytlarda ham vatti tark etmasliklari kafolatlanadi desak adashmagan
bo‘lamiz.
Agar talaba oilaga mehr va hurmat ruhida tarbiyalansa bunday yigit va qizlardan oqil,
mehribon ota-onalar chiqadi. Bunday ota-onalar albatta kelajagimiz uchun har tomonlama yetuk
va tarbiyali bolalarni yetishtirib bera oladilar.
Agar talaba ta’lim olishni bir qadriyat sifatida ko‘a olsa,ta’lim olishga mehr bilan
yondashsa, hamma ilimlarni sidqidildan o‘rgansa demak kelajakda o‘ta aqilli va tajribali
shifokorlar yetishib chiqadi, davosi yo‘q kasalliklarga ham davo topiladi eng og‘ir vaziyatlarda
boshqa Yevropa mamlakatlariga davo istab ketishmaydi insonlar. Yuksak bilim bera oladigan
ustozlar yetishib chiqqan bo‘lardi va biz emas balki boshqa yurt talabalari bizdan o‘rganish uchun
O‘zbekistonga kelishadi.
Agar talaba vatanga muhabbat ruhida tarbiyalansa demak bizning kelajagimiz ishonchli
qo‘llarda bo‘lishi aniqdir.
Xulosa o‘rnida shuni ayta olamizki har qanday millat o‘zining milliy qadriyatlariga ega
bo‘lishi va uni insonlar ongiga singdirish muhim, ayniqsa bu jarayonni talabalar qatlamidan
boshlash juda muhimdir.
REFERENCES
1.
Xasanboeva O. «Oilada ma'naviy-axloqiy tarbiya» T., 1998y.
2.
Munavvarov A. «Oila pedagogikasi» T., «O‘qituvchi» 1994 y
3.
Xasanboeva O. va boshqalar. “Oila pedagogikasi”. –T.: Aloqachi, 2007.
