Abstract

In this article, pedagogical and psychological features of preparing students for social family life, as well as giving importance to spiritual environment and moral issues in families, ways of reaching maturity based on the traditions of one's nation and universal values, and the factors of ensuring the priority of family education in student youth are described.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

284

TALABA YOSHLARDA OILAVIY TARBIYA USTUVORLIGINI TA’MINLASH

OMILLARI

Islomova Nilufar Baxtiyor qizi

Buxoro Innovatsiyalar Universiteti 2-kurs magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.10088323

Annotatsiya.

Mazkuz maqolada talaba yoshlarning ijtimoiy oilaviy hayotga

tayyorlashning pedagogik va psixologik xususiyatlari hamda shu orqali oilalarda ma’naviy muhit,
axloq-odob masalalariga ahamiyat berish bilan birgalikda, inson o‘z millati an’analari va
umumbashariy qadriyatlar asosida kamolotga erishish yo‘llari hamda talaba yoshlarda oilaviy
tarbiya ustuvorligini ta’minlash omillari haqida bayon etilgan.

Kalit so‘zlar:

Oila,

mahalla, talaba yoshlar, jamiyat,

ta’lim-tarbiya

, innovatsion g‘oyalar,

milliy qadriyat, urf-odat, an’analar, pedagogik madaniyat.

FACTORS ENSURING THE PRIORITY OF FAMILY EDUCATION AMONG

STUDENTS

Abstract.

In this article, pedagogical and psychological features of preparing students for

social family life, as well as giving importance to spiritual environment and moral issues in
families, ways of reaching maturity based on the traditions of one's nation and universal values,
and the factors of ensuring the priority of family education in student youth are described.

Key words:

Family, neighborhood, students, youth, society, education, innovative ideas,

national value, customs, traditions, pedagogical culture.

ФАКТОРЫ, ОБЕСПЕЧИВАЮЩИЕ ПРИОРИТЕТ СЕМЕЙНОГО

ОБРАЗОВАНИЯ СРЕДИ СТУДЕНТОВ

Аннотация.

В данной статье рассмотрены педагогико-психологические

особенности подготовки учащихся к общественной семейной жизни, а также придание
значения духовной среде и нравственным вопросам в семье, пути достижения зрелости,
основанные на традициях своего народа и общечеловеческих ценностях, а также факторы
описаны вопросы обеспечения приоритета семейного воспитания студенческой
молодежи.

Ключевые слова:

Семья, соседство, студенты, молодежь, общество, образование,

инновационные идеи, национальные ценности, обычаи, традиции, педагогическая
культура.


O‘zbekistonda bugungi kunda barcha sohalarda inson, inson manfaatlari uchun xizmat

qiladigan ulkan islohotlar olib borilmoqda. Xususan, ta’lim-tarbiya sohasida ham bir qancha
islohotlar amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga

Murojaatnomasida ilgari surilgan innovatsion g‘oyalar mamlakatimizda barkamol avlodni
tarbiyalashda oila, mahalla va ta’lim muassasalari hamkorligini takomillashtirishda muhim
ahamiyatga ega bo‘ldi. Yoshlarni hamkorlikda milliy va zamonaviy ruhda tarbiyalab, ularga
innovatsion g‘oyalarni singdirish bugungi kunning talabi hisoblanadi.

Yosh avlodni har tomonlama sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash borasidagi ishlarimizni

yangi bosqichga ko‘tarish maqsadida “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonun yangi


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

285

tahrirda qabul qilindi

1

. Shu asnoda yangicha yondashuvlar hayotga faol joriy etilmoqda.

O‘zbekistonda bugungi kunda barkamol avlod tarbiyasi oila, mahalla va ta’lim muassasi

ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy hamkorligining bosh, ustuvor masalasi hisoblanadi.

Oila va jamiyat bir-biriga chambarchas bog‘liq tushuncha bo‘lib, jamiyatning o‘zi ham

oilalardan tashkil topadi. Oila esa o‘z o‘rnida jamiyat bag‘rida vujudga keladi, rivojlanadi.
Jamiyatda oilaning o‘z vazifalari mavjud bo‘lib uning mohiyati va vazifalari dunyodagi barcha
xalqlar uchun bir xildir. Lekin uning tashkil topishi, taraqqiy etishi va oiladagi vazifalarni
bajarish jarayonlari har bir xalqda alohida, o‘ziga xos xususiyatga egadir. Har bir xalq yaxlit
dunyoninig bir bo‘lagidir, inson-insonga, xalqlar-xalqlarga o‘xshamaydi, bir-birini aynan
takrorlamaydi, Har bir millat va elatning o‘ziga xos jihatlari mavjud bo‘lib, har bir xalqning o‘z
ma’naviyati, milliy qadriyatlari va boy tarixiga egadir.

Milliy qadriyatlar, har bir millatning o‘ziga xos xususiyatlari, xossalari, belgilari,

alomatlarini ifodalovchi falsafiy tushuncha bo‘lib, o‘sha millat bosib o‘tgan ijtimoiy taraqqiyot
jarayonida shakllangan milliy madaniy meros xazinasiga qo‘shgan hissasini, ulushini ifodalaydi.
Huddi shu milliy o‘ziga xoslik, millat madaniyatida, urf-odatlarida, rasm – rusumlarida, tarixiy
xotirasida, tilida, dinida, yashash va fikrlash tarzida o‘z ifodasini topadi. Milliy qadriyatlar
milliy ma’naviy madaniyat ifodasi bo‘lib, har bir millatning insoniylik xazinasiga qo‘shgan
munosib hissasining hosilasidir.

Ma’lumki, azaldan sharq mamlakat xalqlari ongida oilaning muqaddasligi, farzand

tarbiyasida oilaning bеqiyos roli asrlar davomida shakllanib kеlgan. Oilaga nisbatan millatning urf
odat va an’analarini saqlash va davom ettiruvchi dargoh sifatida qaralgan. Shunga ko‘ra oilani
mustahkamlashga astoydil kirishgan va o‘z naslini pok saqlashga, ta’lim-tarbiya ishlariga jiddiy
e’tibor qaratib kelingan.

Oiladagi ma’naviy muhit, axloq-odob masalalari katta ahamiyatga ega bo‘lib, inson o‘z

millati an’analari va umumbashariy qadriyatlar asosidagina kamolotga erishadi. Xalqimizning
axloq, andisha, sharm-hayo, halollik va pokizalik, inson qadr-qimmati, yaxshilik bilan yomonlik
o‘rtasidagi muammolar haqida bahs yuritib, insonlarning kamolatga erishish yo‘lini yoritib
boradi. Har bir inson bir olam bo‘lgani kabi uning odob-axloqi ham juda murakkab olam desak
yanglishmaymiz. Chunki, shaxsning ichki va tashqi olamini o‘rganish, bilish, tahlil qilish
g‘oyatda murakkab, bu ruhiyat bilan bog‘liq holatdir. Axloqli, odobli komil insonda
odamiylikning eng yaxshi fazilatlari: mehr-muhabbat, rahm-shavqat, adolatu-diyonat, hayoyu-
iffat, imon-e’tiqod kabilar mujassam bo‘ladi, ayni paytda shu xislatlarning aksi-beburd, axloqsiz
kimsalar fe’lida ko‘rinadi. Har bir xalqning nufuzi va obro‘-shuhrati kishilarning axloq-odobi,
yaxshi xislat fazilatlari bilan belgilanadi.

Shaxs tarbiyasi haqida to‘xtalinar ekan, avvalo tarbiya oila o‘chog‘idan boshlanadi,

shuning uchun bugungi kunda oila qurish arafasida turgan talaba yoshlarimizga oilaviy hayotga
o‘z munosabatlarini adеkvat tasavvurlarini shakllantirish, ularga Islom dinining muqaddas
manbalari Qur’oni karim va hadisi shariflarda oila muqaddasligi to‘g‘risidagi chaqiruvlarga
islom manbalarida oilani mustahkamlashga qanchalik chaqirilgan bo‘lsa, uni buzilishidan

1

Qarang. O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 14-sentabrdagi “

Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida

”gi O‘RQ-

406-son Qonuni. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.01.2022-y., 03/22/747/0064-son.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

286

shunchalik qaytarilganligini uqdirilib borishilishi maqsadga muvofiqdir. Buning uchun talaba
yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash masalasiga alohida e’tibor qaratilish lozim.

Bugungi kunda talaba yoshlarning ijtimoiy oilaviy hayotga tayyorlashda pеdagogik va

pisixologik xususiyatlarini o‘rgatib borish va ularni oilaviy hayotga tayyorlash juda muhimdir.
Chunki bola shaxsini shakllantirish uning tug‘ilishidan boshlanadi. Shuning uchun ularni oila
muqaddas ekanligi bola tarbiyasida ota-onaning o‘rni va vazifalari haqidagi ma’lumotlar bilan
boyitib borish zarur. Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan oila qurish yoshidagi
talabalarga oilaviy munosabatlar xarakteri, ota-onaning namunasi, ulardagi umumta’lim darajasi,
umummadaniy saviyasi, hamda ularning pedagogik madaniyati va oilaviy hayotning tashkil
etilishi ahamiyat kasb etadi.

Darhaqiqat mahalla, tuman, shahar va viloyatlar, mamlakatlar ham oilalardan tashkil

topadi. Demak, oilaning jamiyatdagi muhim o‘rni, ma’naviy-

axloqiy, tarbiyaviy ahamiyati,

qadr-qimmatini anglash va shu ijtimoiy pedagogik vazifalarni amalga oshirish bugungi dolzarb
masaladir.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XIV bobi 76-moddasida shunday

deyiladi: “

Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘inidir hamda u jamiyat va davlat muhofazasidadir

2

.

Oila - mafkuraviy tarbiyaning eng muhim ijtimoiy omillaridan biridir. Chunki oila-

jamiyat negizi bo‘lib, ko‘p asrlik mustahkam ma’naviy tayanchlarga ega.

Milliy mafkuramizga xos bo‘lgan ilk tushunchalar, avvalo, oila muhitida singadi. Bu

jarayon bobolar o‘giti, ota ibrati, ona mehri orqali amalga oshadi.

Shu bilan birga:

- talaba yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashning davlat ahamiyatiga ega muammo

ekanligi;

- talaba yoshlarni barkamol inson bo‘lib etishishining oilada shakllanishi va milliy

qadriyatlarga xos an’analar va urf-odatlar yoshlarga aynan oilada ta’sir etish imkoniyatlarining
kuchliligi;

-

oila va nikoh borasida hali ham salbiy hatti-harakatlar, oilaviy ziddiyatlarning

mavjudligi;

- talaba yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash muammosining “milliy istiqlol g‘oyasi:

asosiy tushuncha va tamoyillar” fanining mazmunida yoritilishi;

-

hozirgi davrda yoshlarning oilaviy hayotga tayyorlash talablarining milliy va

umuminsoniy qadriyatlar bilan uyg‘unligi va boshqa ko‘p masalalar bu muammoni tadqiq etishga
undamoqda.

Xulosa o‘rnida shuni aytish joizki,

oila ijtimoiy hayotning abadiyligini, avlodlarning

davomiyligini, tarbiyaning uzluksizligini ta’minlaydigan, kelajak nasl qanday bo‘lib etishishiga
o‘z ta’sirini ko‘rsatadigan ijtimoiy makon va pedagogik omil vazifasini o‘taydi. Inson oilada
shakllanadi. Oila muhabbat, hurmat, birdamlik va mehribonlik manbai. Aynan shu
qadriyatlarga har bir rivojlangan jamiyat suyanadi.

Oila qurishda yoshlar oldiga bir qator talablar qo‘yilgan bo‘lib, ulardan

eng muhimlari

2

Qarang. Oʼzbekiston Respublikasining 2023 yil 30 apreldagi Konstitutsiyasi. Qonunchilik ma’lumotlari milliy

bazasi, 01.05.2023-y., 03/23/837/0241-son.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

287

ijtimoiy-maishiy, ma’naviy, ruhiy, jinsiy jihatdan tayyor bo‘lishlaridir. Bu sohada sotsiolog,
demograf, psixolog va pedagog, olimlarning barchasi yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashni
quyidagi yo‘nalishlarda olib borishga e’tiborni qaratadilar:

-oila muvofiqligiga e’tibor qaratish;

-ma’naviy-axloqiy shakllanganlik yoki muomala me’yorlariga rioya etish;

-nikoh to‘g‘risidagi qonun asoslari bilan tanishtirish;

-oila qurishga psixologik jihatdan tayyor bo‘lish;

-fiziologik-gigienik tayyorgarlik;

-pedagogik bilim bilan qurollanish;

-oilaviy hayotga estetik munosabatni shakllantirishni yo‘lga qo‘yishdan

iboratdir.

Talaba-yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lib, bular oila

an’analari, iqtisodiy-maishiy imkoniyatlarni bilib olish, sog‘lom psixologik muhit yarata olish,
oila mas’uliyati va vazifalarini jamiyat talablari bilan uyg‘unlashtira olish, bo‘lajak oilaning
modelini yarata olish, uni boshqarish ko‘nikma va malakalarini hosil qilish kerak. Talaba-
yoshlarni oila an’analari, shajarasi, kasb-kori, ma’naviy-axloqiy qadriyatlari asosida tarbiyalash,
ular ongida oilaga sadoqat, o‘zaro mehr-muhabbat, hurmat hissini shakllantirish orqali oilaviy
hayotga tayyorlash samarali natija beradi.

REFERENCES

1.

Oʼzbekiston Respublikasining 2023 yil 30 apreldagi Konstitutsiyasi. Qonunchilik
ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2023-y., 03/23/837/0241-son;

2.

O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 14-sentabrdagi “

Yoshlarga oid davlat

siyosati to‘g‘risida

”gi O‘RQ-406-son Qonuni. Qonunchilik ma’lumotlari milliy

bazasi, 26.01.2022-y., 03/22/747/0064-son;

3.

O‘zbekiston

Respublikasi

Vazirlar

Mahkamasining

2021-yil

18-yanvardagi “O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini 2025-yilgacha
rivojlantirish Konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 23-son Qarori. Qonunchilik
ma’lumotlari milliy bazasi, 04.10.2023-y., 09/23/524/0750-son;

4.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2022 yil
12 dekabrdagi Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi;

5.

M.L.Umedjanova

Talabalarni

milliy

qadriyatlar

ruhida

oilaviy hayotga tayyorlash. Monografiya. – Buxoro, 2022. – 102 bet.

Internet saytlari

6.

www.lex.uz

7.

www.pedagog.uz

8.

www.ziyonet.uz

References

Oʼzbekiston Respublikasining 2023 yil 30 apreldagi Konstitutsiyasi. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2023-y., 03/23/837/0241-son;

O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 14-sentabrdagi “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi O‘RQ-406-son Qonuni. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.01.2022-y., 03/22/747/0064-son;

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil

-yanvardagi “O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini 2025-yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 23-son Qarori. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.10.2023-y., 09/23/524/0750-son;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2022 yil

dekabrdagi Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi;

M.L.Umedjanova Talabalarni milliy qadriyatlar ruhida

oilaviy hayotga tayyorlash. Monografiya. – Buxoro, 2022. – 102 bet.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов