FORM, METHODS AND WAYS OF MORAL EDUCATION OF STUDENTS THROUGH NATIONAL VALUES

HAC
Google Scholar

Abstract

This thesis provides some information about the importance of forming a sense of national value in young students and the factors, methods, forms and ways of forming national value.

Similar Articles


background image


15

TALABA YOSHLARDA MILLIY QADRIYATLAR VOSITASIDA AXLOQIY

TARBIYALASHNING SHAKL, USUL VA YO‘LLARI.

Islomova Nilufar Baxtiyor qizi

Buxoro Innovatsiyalar Universiteti 2-kurs magistranti.

https://doi.org/10.5281/zenodo.10623916

Annotatsiya.

Ushbu

tezisda

talaba

yoshlardagi

milliy qadriyat tuyg‘usini

shakllantirishning ahamiyati va milliy qadriyatning shakllantirish omillari, usullari, shakllari va

yo‘llari haqida bir qancha ma‘lumotlar berib o‘tilgan.

Kalit so`zlar: Qadriyat tushunchasi, milliy qadriyat, milliy tarbiya, axloq tushunchasi.

FORM, METHODS AND WAYS OF MORAL EDUCATION OF STUDENTS

THROUGH NATIONAL VALUES

Abstract. This thesis provides some information about the importance of forming a sense

of national value in young students and the factors, methods, forms and ways of forming national

value.

Key words: Concept of value, national value, national education, concept of morality.

ФОРМА, МЕТОДЫ И СПОСОБЫ НРАВСТВЕННОГО ВОСПИТАНИЯ

СТУДЕНТОВ ЧЕРЕЗ НАЦИОНАЛЬНЫЕ ЦЕННОСТИ

Аннотация. В данной дипломной работе даны сведения о важности формирования

чувства национальной ценности у студенческой молодежи, а также о факторах,

методах, формах и способах формирования национальных ценностей.

Ключевые слова: понятие ценности, национальная ценность, национальное

образование, понятие морали.

Qadriyatlar ‒ inson uchun biror ahamiyatga ega boʻlgan voqelikning shakllari, narsalar,

voqealar, jarayonlar, holatlar, sifatlar, talab va tartiblar qadrini ifodalash uchun ishlatiladigan

tushuncha. U jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma’naviy taraqqiyotining mahsuli. Shuning

uchun ham qadriyatlarda zamonning ruhi, imkoniyatlari, o‘sha zamonda yashagan odamlarning

orzu-umidlari, istaklari, talab va ehtiyojlari o‘z ifodasini topadi. Zamonlar o‘tishi bilan

qadriyatlarning mazmuni va ma’nosi o‘zgarib boradi. Xuddi shuning uchun ham qadriyatlarning

tarbiyaviy ahamiyatiga baho berganda konkret tarixiy shart-sharoitlarni doimo nazarda tutish

kerak.

Inson qadri, uning sha’ni, or-nomusi, milliy g‘ururi, albatta, milliy qadriyatlar bilan

bevosita bog‘liq.


background image


16

Milliy qadriyatlar ‒ har bir millatning o‘ziga xos xususiyatlarini ifodalovchi falsafiy

tushuncha bo‘lib, o‘sha millat bosib o‘tgan ijtimoiy taraqqiyot jarayonida shakllangan milliy

madaniy meros xazinasiga qo‘shgan hissasini, ulushini ifodalaydi. Xuddi shu milliy o‘ziga xoslik,

o‘ziga moslik millat madaniyatida, adabiyotida, san’atida, tilida, dinida, tarixiy xotirasida,

yashash, ishlash va fikrlash tarzida, urf-odatlarida, rasm-rusumlarida, bayramu-sayillarida o‘z

ifodasini topadi. Bir so‘z bilan aytganda, milliy qadriyatlar ‒ milliy ma’naviy madaniyat ifodasi

bo‘lib, har bir millatning insoniylik xazinasiga qo‘shgan munosib hissasining hosilasidir.

Bizni qurshab turgan olamni asrab – avaylash, boy milliy ma’naviy merosimizni avlodlarga

yetkazish uchun ota - bobolarimiz e’tiqodini bilish, tajribasini qunt bilan egallash kerak bo’ladi.

Bu esa talabalardan chuqur bilim va mahoratni talab etadi.

Shuning uchun ham biz ta’lim-tarbiya jarayonlarining ajralmasligiga tayanib, ulug’

allomalarimiz hayoti va faoliyatini, milliy qadriyatlarning bebaho qirralari sifatida o’rganish orqali

talabalarni yuksak madaniyatli, o’z Vataniga, kasbiga sadoqatli inson qilib tarbiyalash zaruriyati

tug’iladi. Bunga bugungi kunda ijtimoiy asoslarimiz to’laligicha yetadi va bu yo’nalishdagi

ishlarni amalga oshirishiga Respublikamiz hukumati tomonidan keng imkoniyatlar yaratilgan.

Jumladan:

o’tmishimiz qanday bo’lsa, o’shanday o’rganish imkoniyati yaratildi,

oldin taqiqlangan yozma manbalardan bugun bemalol foydalanish imkoniyati bor,

ommaviy, diniy va umumxalq marosimlarini o’tkazishga va ulardan yoshlar tarbiyasida

foydalanishga imkoniyat yaratildi.

Milliy qadriyatlar – muayyan bir millat, elat va xalq hayoti, turmush tarzi, ularning

o’tmishi, kelajagi va yashayotgan ijtimoiy muhiti bilan bog’liqdir deb falsafa bo’yicha qomusiy

lug’atda ta’rif berib o’tilgan. Bu chiqarilgan xulosa milliy qadriyatlarni o’rganishda talabalarda

milliy g’oya, milliy ong, milliy g’urur tushunchalari ketma-ketligini shakllantirish lozimligini

ko’rsatdi. Chunki milliy g’ururi bo’lmagan inson hech qachon Vatan boyliklari qadriga yetmaydi,

uni asrashni xayoliga ham keltirmaydi, ya’ni vatanparvar, fidoyi inson bo’lib yetisha olmaydi.

O’zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishishi bilan jamiyatimiz hayotida

erishilgan ko’plab ijobiy o’zgarishlar qatorida xalqimizning o’zligini anglay boshlaganligi, milliy

an’analarning tiklanishi eng muhim ahamiyat kasb etadi. Kun sayin yoshlarimizda milliy ong,

milliy g’urur kabi tuyg’ular shakllanib, rivojlanib bormoqda. Biroq, milliy ong, milliy g’ururning

kundan-kunga o’sib, yuksalib borishi, bu sohadagi muammolar to’laligicha hal etildi, degani emas.

Hali o’qituvchilar, mutaxassis – olimlar, ota - onalar oldida ko’plab hal qilinishi lozim

bo’lgun ma’suliyatli vazifalar turibdi.


background image


17

Bir inson o‘z vatanini sevishi unga sitqidildan xizmat qilishi uchun nima kerak deb

o‘ylaysiz? Albatta o‘sha inson milliy qariyat ruhida tarbiyalangan bo‘lishi lozim. Buning uchun

esa yoshlikdan bog‘cha yoshodan boshlab ota-ona va pedagoglar milliy qadriyat nima ekanligini

bola ongiga singdirishi juda muhimdir. Milliy qadriyat ruhida tarbiyalangan talaba va milliy

qadriyat haqida hech qanday tushunchaga ega bo‘lmagan talaba o‘rtasida qanday farqlar bo‘lishi

mumkin sizningcha. Agar Olloh asrasin bir urush chiqadigan bo‘lsa milliy qadriyatda

tarbiyalangan talaba o‘z tuprog‘i uchun o‘limga tik boqa oladi. Milliylik ruhida tarbiyalanmagan

bola esa faqat o‘z jonini qutqarishni o‘ylaydi.

Yoki aytaylik davlatimiz tomonidan katta mablag‘ sarflab ikki talaba Yevropaning eng

nufuzli oliygohiga o‘qishga yuborildi, bulardan faqatgina vatan tuyg‘usi va milliy qadriyat nima

ekanligini bilgan talabagina yuquri natijalarga erishganda ham o‘z yurtiga qaytib kelib olgan

bilimlarini vatan ravnaqi uchun sarflaydi. Vatan tuyg‘usi vatan sevgisi nima ekanligini bilmagan

talaba esa boshqa yuqori maosh beradigan mamalakatlarda faqat o‘z foydasi va hamyoni uchun

ishlaydi.

Yuqoridagi fikrlarga tayangan holda shunday xulosa qilish mumkinki, milliy ong har bir,

millatning o’zligidir. Mana shu tushunchalarni yoshlar qalbida uyg’otish, ularni g’urur, iftixor

darajasiga ko’tarish bugungi kunning eng asosiy talablaridan biridir. Inson ongini

shakllantirishning muhim vositasi mafkuradir. Har qanday mafkura qanchalik jozibali bo’lmasin,

agar u xalqning ruhiyati va tajribasiga mos kelmasa, unga tayanmasa, uning qiziqishlarini o’zida

aks ettirmasa, u kishilar ongida uzoq vaqt saqlanib qolmaydi. O’z - o’zidan ma’lumki xalq hayoti

bilan hamnafas bo’lmagan g’oyalar amalga oshmaydi. Milliy mafkuraning kuchi shundaki, u

jamiyatdagi barcha millat va elatlarning boshini qovushtirib, ularni, bitta asosiy maqsadga

undaydigan g’oyalar yig’indisidan, majmuasidan tashkil topadi.

Milliy mafkura asosini o’sha millatning tarixi tashkil qiladi. Shunday ekan biz ham talaba

yoshlar ongida milliy qadriyat tuyg‘usini shakllantirish uchun milliy tariximiz va o‘tmishimizni

tanitmog‘imiz muhim hisoblanadi.

Insoniyat o’z taraqqiyoti davrida hamma vaqt milliy qadriyatlarga tayanib kelgan. Shuning

uchun xalq orasida ota-bobolarimizning buyuk ma’naviyati o’lmas bo’lib kelmoqda. Shunday

ekan, yosh avlodni komil inson darajasida tarbiyalash ularni hozirgi kunning eng ilg’or, zamonaviy

fan – texnika bo’yicha bilimlar bilan qurollantirish bugungi kunning dolzarb vazifasi hisoblanadi.

Yoshlarni milliy qadriyatda tarbiyalashning yana bir usuli ularni oilaga muhabbat ruhida

tarbiyalash va kamol toptirishdir. Agar ikki yosh oilaga muhabbat va oila sevgisi ruhida

tarbiyalangan bo‘lsa, jamiyatda ajralishlar soni kamaygan va noto‘liq oilalar soni, ruhiy nosog‘lom


background image


18

bolalar soni ham kamaygan bo‘ladi. Oila qurayotganda yigit va qizning voyaga yetgan oilalarning

muvofiqligi ham katta ahamiyatga ega, ya'ni oilalar o‘rtasidagi tenglik bu nasl-nasab, ijtimoiy

mavqei jihatdan bilimi va saviyasi, did-farosat, iymon-e'tiqod, mulkdorlikda birbiriga muvofiq

bo‘lishi, aks holda bunday nikohdan so‘ng, albatta, oila juda ko‘p kelishmovchiliklar sodir bo‘lib,

buning oqibati ham ajralish bilan tugashi yoki bir tomonning xiyonatiga olib kelishi mumkin.

Shuning uchun ham yoshlar oila qurgunga qadar oilaviy hayotga ma'naviy- axloqiy,

psixologik-pedagogik jihatdan tayyor, yetarli turmush madaniyatiga ega bo‘lsalar, oila mustahkam

va barkamol bo‘ladi. Buning uchun esa yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashga, avvalo, bu hayot

haqidagi tasavvurlarni shakllantirish zarur.

Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashda,oila mustahkamligini ta'minlashda ularning ota-

onalari saviyasi, turmush tarzi, xarakter xususiyatlari va nihoyat, kasb faoliyatlariga e'tibor berish

maqsadga muvofiqdir. Jamiyatda kam yoki ko‘p bolali oilalarda bola tarbiyasi maktab, oila

hamkorligi, ota-onalarga pedagogik bilim berish, tarbiyada milliy urf-odatlarimiz hamda

an'analarimizga tayanish muammolariga, oila va maktabda o‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini

shakllantirish, ijtimoiy faolliklarini ta'minlashga bog‘liq ekaniga diqqatni qaratadiki, bularning

barchasi yosh avlodni oilaviy hayotga tayyorlash muaamosiga ham taalluqlidir.

Yana bir qadriyat turi bu ta’limiy qadriyatdir. Ta’limiy qadriyatlar jamiyatda kechayotgan

ijtimoiy o’zgarishlar asosida yuzaga keladi. O’zbekiston Respublikasida mustaqillik yillarida

amalga oshirilgan ta’limiy islohotlar malakali kadrlarni tayyorlash tizimini tubdan qayta

shakllantirishni taqozo etadi. Ayni vaqtda ta’lim jarayonini tashkil etish, mutaxassislarning chuqur

kasbiy bilim va malakaga ega bo’lishlarini ta’minlovchi ilg’or, texnologik xarakterdagi yondashuv

qaror topdi. Yoshlarda bilim o’rganish hamda muayyan kasb yoki hunar sirlarini o‘zlashtirishga

nisbatan ijobiy munosabat shakllandi. Ta’limiy qadriyat — ta’limning milliy yo’nalganligi, uning

milliy tarix bilan uyg’unligi, O’zbekiston xalqlari madaniyatini asrash va boyitish, ta’limning

milliy rivojlanishning muhim vositasi ekani, boshqa xalqlar tarixi va madaniyatini hurmat

qilishdan ibortadir. Pedagogik ta’limni munosabatlar madaniyati bilan boyitish zarur.

Xulosa o‘rnida shuni ayta olamizki agar biz pedagoglar barcha fan o‘qituvchilari

talabalarni milliy qadriyat ruhida ya`ni oilaga muhabbat, vatanga muhabbat, ta’limga muhabbat

shaklida tarbiyalaydigan bo‘lsak o‘ylaymanki kelajagimiz mutlaqo ishonchi qo‘llarda bo‘ladi.

Bizning farzandlarimizni aldash, har qanday yot mafkuralarni singdirish ularni jaholatga

olib kirish imkonsiz bo‘lib qoladi. Shunday ekan biz pedagoglarning vazifamiz nafaqat ta’lim

berish balki tarbiya va milliy qadriyatlarni o‘rgatish hamdir.


background image


19

REFERENCES

1.

Xasanboeva O. «Oilada ma'naviy-axloqiy tarbiya» T., 1998y.

2.

Munavvarov A. «Oila pedagogikasi» T., «O‘qituvchi» 1994 y

3.

Xasanboeva O. va boshqalar. “Oila pedagogikasi”. –T.: Aloqachi, 2007.

References

Xasanboeva O. «Oilada ma'naviy-axloqiy tarbiya» T., 1998y.

Munavvarov A. «Oila pedagogikasi» T., «O‘qituvchi» 1994 y

Xasanboeva O. va boshqalar. “Oila pedagogikasi”. –T.: Aloqachi, 2007.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов