Authors

  • Gulchehra Hikmatova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.28449

Keywords:

Law

Abstract

In this thesis, I tried to inculcate the meaning of the term legal education in the minds of the students and give brief information about the state of legal education today and the methods of legal education.

background image


415

O'QUVCHILARGA HUQUQIY TARBIYA BERISHNING BUGUNGI HOLATI

Hikmatova Gulchehra Hayitovna

Buxoro Innovatsiyalar Universiteti 2-kurs magistranti.

https://doi.org/10.5281/zenodo.10565930

Annotatsiya. Ushbu tezisda o`quvchilarning ongida huquqiy tarbiya terminining ma`nosni

singdirish va bugungi kunda huquqiy tarbiyaning holati va huquqiy tarbiya berish usullari haqida

qisqacha ma`lumot berishga harakat qildim.

Kalit so`zlar: Huquq,huquqiy tarbiya,huquqiy ong,huquqiy ma`daniyat,huquqiy riv

ojlanish.

CURRENT STATE OF LEGAL EDUCATION FOR STUDENTS

Abstract. In this thesis, I tried to inculcate the meaning of the term legal education in the

minds of the students and give brief information about the state of legal education today and the

methods of legal education.

Key words: Law, legal education, legal consciousness, legal culture, legal development.

СОВРЕМЕННОЕ СОСТОЯНИЕ ПРАВОВОГО ОБРАЗОВАНИЯ

СТУДЕНТОВ

Аннотация. В данной дипломной работе я попытался внедрить в сознание

студентов значение термина «юридическое образование», а также дать краткую

информацию о состоянии юридического образования и методах юридического образования

сегодня.

Ключевые слова: Право, юридическое образование, правосознание, правовая

культура, правовое развитие.

Bugun Yangi O'zbekiston hayotining barcha sohalari chuqur islohotlar maydoniga

aylangan. Bu jarayonda ijtimoiy sohaning asosi hisoblangan ta'lim tizimidagi o'zgarishlar haqida

alohida to’xtalib o’tmaslikning iloji yo’q menimcha. Mamlakatimizda so'nggi yillarda ta'lim

tizimining barcha bosqichlarini zamonaviy talablar asosida tashkil etish bo'yicha amaliy ishlar hal

qiluvchi bosqichga kirdi desak adashmagan bo’lamiz. Ta`lim sohasidagi rivojlanish insonlardagi

huquqiy ong va huquqiy tarbiyaning o`sishiga sababchi bo’lmoqda. Insonlarda huquqiy

tarbiyaning yaxshi shakllanishi jamiyat tinchligi, yurt kelajagi, turli xil huquqbuzarlik va

jinoyatlarning kamayishi va oldini olishga sabab bo’ladi.

Huquqiy tarbiya-shaxsga nisbatan huquqiy ongni, huquqiy ko’rsatmalarni, qonunga

itoatkor xulq-atvor ko’nikmalari va odatlarini shakllantiruvchi uyushgan, bir tizimli, aniq


background image


416

maqsadni ko’zlagan faoliyat yig’indisidir. Shuningdek huquqiy tarbiya - bu shaxsga nisbatan

huquqiy ongni, huquqiy ko’rsatmalarni, qonunga itoatkor xulq-atvor ko’nikmalari va odatlarini

shakllantiruvchi uyushgan, bir tizimli, aniq maqsadni ko’zlagan holdagi tasvir ko’rsatilishidir.

Shuni ta’kidlash kerakki, yaqin o’tmishda huquqiy tarbiya berishga u darajada e’tibor

berilmas edi. Pedagogikaga doir darsliklarda shaxsning aqliy kamoloti, mehnati, jismoniy,

ma’naviy, estetik tarbiyasi haqida so’z borar edi-yu, lekin huquqiy tarbiya xususida eslatilmasdi.

Tarbiyaviy ishning mustaqil yo’nalishi tarzida huquqiy tarbiya yo’nalishining ajratib qo’yilmasligi

o’sib kelayotgan avlodning ayrim qismi huquqiy ongi ahvoliga salbiy ta’sir ko’rsatmay qolmadi.

O’zbekistonda huquqiy davlat barpo etish sari qadam qo’yilib, bu yo’lda huquqiy tarbiya,

huquqiy ongni takomillashtirish masalalariga katta etibor berib kelinmoqda. Bu masuliyatli

vazifada mehnat jamoalarida, bilim maskanlarida va har bir shaxs bilan tushuntirishlar olib borish

borasida ko’p qirrali ishlar qilinmoqda.

Huquqiy tarbiyali bo’lish uchun har bir shaxs umumhuquq bilimga, uni ongli ravishda

qabul qilishga va huquqiy madaniyatni alohida bajarishga yetarli darajada huquqiy saboq olish

kerak. Lekin hozirgi paytgacha huquqiy tarbiya tushunchasi, uning tushuntirish metodlari

olimlarimiz tomonidan to’laligicha yoritilmagan.

Huquqiy tarbiyaning keng va tor maonoda ko’rish mumkin. Keng maonoda butun

jamoaning, ko’pchilikning ongiga ta`sir ko’rsatishga qaratilgan tarbiya, tor maonoda esa alohida

shaxsga, uning ongiga ta`sir etish yo’llari tushuniladi.

Huquqiy tarbiya natijasida keng omma yoki shaxs o’z hatti – harakatlarining qonuniy

ekanligini tushunsa, huquq tartibotni buzmaslikka harakat qilsa o’zini ongli ravishda, huquq

normalariga rioya etgan holda boshqara olsa, maqsadga erishilgan bo’lib hisoblanadi.

Demak, huquqiy tarbiya bu- tashkiliy ravishda muntazam olib boriladigan, aniq maqsadni

ko’zlagan va shaxsga «guruh shaxslariga» ta`sir qila oladigan, ularda huquqiy ong, huquqiy bilim,

qonunlarga rioya qilish xislatlarini vujudga keltiradigan harakatdir.

Malumki, qonunga rioya qilish uchun, eng avvalo uni bilish kerak. Huquqiy tarbiya orqali

har bir shaxsning ongiga nima qilish mumkin, nima qilish mumkin emasligini, jamiyat, davlat

undan nimani talab qiladi, qonunlarga rioya etish yo’llari nimadan iborat ekanligini yetkazish

lozim.

Tartib buzuvchilar orasida o’z hatti-harakatining noqonuniyligini anglamaslik, noqonuniy

ekan deb ham o’ylamaslik va bunday harakatni jazoga loyiq emas deb tushunish ko’p uchraydi.

Shunday tushuncha hosil bo’lmasligi uchun huquqiy tarbiya jarayonida har bir jamoada


background image


417

o’rnatilgan tartibni buzish, qonun normalariga rioya etmaslik natijasida intizomiy, mamuriy,

moddiy yoki jinoiy jazo kelib chiqishini tushuntirish, uqtirish zarur.

Huquqiy tarbiyani kuchaytirishga oltmishinchi yillardan boshlab alohida ahamiyat berilla

boshlandi. Shu davrda aytish kerakki, hozirda ham huquqiy tarbiya bilan chambarchas bog’liq

holda olib olib borilayapti.

Masalan bizning yurtimizda huquqiy ongni o’stirish uchun maktablarda huquqiy tarbiya

darslari berilmoqda. Yoshlarga huquqiy bilim beruvchi kadrlar tayyorlash maqsadida yuridik

texnikumlari ochilmoqda. Joylarda yuridik markazlar tashkil qilinib ulardan xohlagan masalada

tavsiyalar va yordam olish imkoniyatlari yaratildi. Ayniqsa Adliya Vazirligi tomonidan judda katta

islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu kabi tadbirlar albatta insonlar ongida huquqiy tarbiyaning

shakllanishi va o’sishida yordamchi bo’ladi.

Xulosa qiladigan bo’lsam huquq haqidagi ma‘ruzalar, suhbatlar huquqiy targ`ibotning

asosiy shakli bo`lib qolayapti. Albatta, bir martalik tadbirlarning epizodliligi, mavzu jihatdan

cho`zilib qolishi o`zining salbiy jihatlariga ham ega. Hozir mavzularning birligi bilan

bog`langan,uyushgan tarzda, rejali asosda o`tkaziladigan leksiyalar va suhbatlar turkumlarining

tashkil etilishiga o’tilayotgani bejiz emas mavzular turkumlari bir martalik ma‘ruzalardan farqli

ravishda voyaga yetmaganlarga muayyan tizimdagi bilimlar majmuini beradi, huquq me'yorlarini

amalda qo`llanish malakalarini singdiradi, o`quv rejalari va maktab dasturlari bilan uyg`un tarzda

o`tkazilishini ta`minlaydi.

Shu bilan birga ayrim suhbatlar, ma‘ruzalar huquqiy turmush hodisalariga munosabat

bildirish, yangi qonunlarni targ`ib qilish, paydo bo`ladigan ehtiyojlarni qondirishning eng muhim

shakli bo`lib hisoblanadi.

REFERENCES

1.

https://fayllar.org/mavzu-huquqiy-tarbiyaning-nazariy-asoslari-v3.html?page=55

2.

https://fayllar.org/7-mavzu-innovasion-pedagogika-talim-innovasiyalarining-

mohiyat.html

3.

Kudaybergenova T.K. «O'rta maxsus o'quv yurtlarida huquqiy talim samaradorligini

oshirish yo'llari».-Metodik qo'llanma, T-2011.

4.

Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturi, «O'zbekiston Respublikasi Oliy

Majlisi axborotnomasi, 1997 y.

References

Kudaybergenova T.K. «O'rta maxsus o'quv yurtlarida huquqiy talim samaradorligini oshirish yo'llari».-Metodik qo'llanma, T-2011.

Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturi, «O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi axborotnomasi, 1997 y.