THE CONTENT OF LEGAL EDUCATION IN DEVELOPING STUDENTS' INDEPENDENT THINKING

HAC
Google Scholar
To share
Hikmatova , G. (2024). THE CONTENT OF LEGAL EDUCATION IN DEVELOPING STUDENTS’ INDEPENDENT THINKING. Modern Science and Research, 3(1), 421–423. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/28488
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

In this thesis, I tried to give some information about the importance of legal education in the development and formation of independent thinking in students, as well as the forms and types of legal education.


background image


421

O’QUVCHILARNING MUSTAQILLIK TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISHDA

HUQUQIY TARBIYA BERISH MAZMUNI

Hikmatova Gulchehra Hayitovna

Buxoro Innovatsiyalar Universiteti 2-kurs magistranti.

https://doi.org/10.5281/zenodo.10565981

Annotatsiya. Ushbu tezisda o’quvchilarda mustaqil tafakkurni rivojlantirish va

shakllantirishda huquqiy tarbiyaning ahamiyati qanchalik ekanligi va huquqiy tarbiya berish

shakllari va turlari haqida bir qancha ma`lumotlar berishga harakat qildim.

Kalit so`zlar: Mustaqil tafakkur, huquqiy tarbiya, huquqiy ong, huquqiy ma`daniyat,

huquqiy rivojlanish, mustaqil ongning shakllanishi.

THE CONTENT OF LEGAL EDUCATION IN DEVELOPING STUDENTS'

INDEPENDENT THINKING

Abstract. In this thesis, I tried to give some information about the importance of legal

education in the development and formation of independent thinking in students, as well as the

forms and types of legal education.

Key words: independent thinking, legal education, legal consciousness, legal culture, legal

development, formation of independent consciousness.

СОДЕРЖАНИЕ ПРАВОВОГО ОБРАЗОВАНИЯ В РАЗВИТИИ

САМОСТОЯТЕЛЬНОГО МЫШЛЕНИЯ СТУДЕНТОВ

Аннотация. В данной дипломной работе я постарался дать некоторую

информацию о значении юридического образования в развитии и формировании

самостоятельного мышления у студентов, а также о формах и видах юридического

образования.

Ключевые слова: самостоятельное мышление, юридическое образование,

правосознание, правовая культура, правовое развитие, формирование независимого

сознания.

Huquqiy tarbiya-shaxsga nisbatan huquqiy ongni, huquqiy ko’rsatmalarni, qonunga

itoatkor xulq-atvor ko’nikmalari va odatlarini shakllantiruvchi uyushgan, bir tizimli, aniq

maqsadni ko’zlagan faoliyat yig’indisidir. Shuningdek huquqiy tarbiya - bu shaxsga nisbatan

huquqiy ongni, huquqiy ko’rsatmalarni, qonunga itoatkor xulq-atvor ko’nikmalari va odatlarini

shakllantiruvchi uyushgan, bir tizimli, aniq maqsadni ko’zlagan holdagi tasvir ko’rsatilishidir.


background image


422

Jamiyat va davlat ijtimoiy faol va qonunga itoatkor fuqarolarni tarbiyalashdan

manfaatdordir. Davlat jamiyat madaniy hayotining tarkibiy qismi bo'lmish huquqiy madaniyat

to'g'risida alohida g'amxo'rlik qiladi. Huquqiy ta'limning maqsadi har bir kishiga amaliy faoliyatda

zarur bo'ladigan huquqiy bilimlarni belgilangan davlat standartlaridan kam bo'lmagan hajmda

olish imkoniyatini berishdan iboratdir. Tarbiyaviy va o'quv ishlari shaxsning huquqiy ong

darajasini inson, jamiyat, davlat manfaatlariga javob beradigan eng umumiy yuridik prinsiplar va

normalarni anglab yetishga qadar oshirishga yo'naltirilishi lozim.

Bolada mustaqil fikr yuritish qobiliyatining shakllanishi va mustaqil ongning o`sishi uchun

huquqiy tarbiyalangan bo’lishi shart.

Huquqiy ta'lim uzluksiz bo'lib, yoshlikdan boshlab berib borilishi lozim. Bolalar

maktabgacha tarbiya muassasalaridayoq xulq-atvor qoidalaridan xabardor bo'lishi, ma'naviy va

ba'zi huquqiy normalar to'g'risida boshlang'ich tushunchalar olishi, kelgusida o'quv davomida bu

bilimlar kengaytirilishi va chuqurlashtirilishi, aniq ifodalangan huquqiy xususiyat kasb etishi

zarur.

Huquqiy axborotdan barchaning erkin foydalana olishini ta'minlash, har kimga o'zining

huquqiy bilimlarini oshirish uchun real sharoit yaratish fuqarolarga o'z huquqlari va erkinliklarini

tegishli tarzda amalga oshirish, burchlarini bajarish, jamiyatning siyosiy hayotida ongli va faol

ishtirok etish imkonini beradi. Huquqiy ta‘lim-tarbiyaning o'tmishdan qolgan faqat bir tomonlama

axborot berish - ma'rifatchilikka yo'naltirilganligini bartaraf etib, uni qonuniylikni mustahkamlash,

fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini muhofaza qilish vazifalari bilan uzviyroq bog'lash zarur.

Shuni muttasil nazarda tutish kerakki, huquqiy ta‘lim-tarbiya insonlarni huquq, qonuniylik

ruhida tarbiyalash, huquqiy ma'rifat, qonunga hamda huquqqa nisbatan ijobiy munosabatni

shakllantirish bilan cheklanib qolmay, balki shaxsning ijtimoiy-huquqiy faolligida, uning huquqiy

madaniyatida o'zining tugal ifodasini topadi.

Aholining huquqiy tarbiyasi va ta'limini takomillashtirishga ta'lim va tarbiyaning hali

foydalanilmagan mexanizmlarini yaratish, ulardan samarali foydalanish, tarbiya va ta'limning

yangi shakllari va vositalarini joriy etish, moddiy-texnika negizini kuchaytirish yo'li bilan

erishiladi. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosiy qoidalarini targ`ib qilish huquqiy

tarbiyaviy ishlarning muhim yo`nalishidir.

Voyaga yetmaganlarni ijtimoiy – psixologik va boshqa o`ziga xos xususiyatlari ular

o`rtasida huquqiy targ`ibotni tashkil etishning yo`nalishlarini belgilaydi. Huquqiy tarbiyaga doir

ishlarda voyaga yetmaganlarning quyidagi guruhlarini ajratib ko`rsatish qabul qilingan: o`rta

umumiy ta‘lim maktablari, hunar-texnika bilim yurtlari, texnikumlar o`qituvchilari, 18 yoshgacha


background image


423

bo`lgan ishchi va qishloqdagi yoshlar, oliy o`quv yurtlari talabalari. Demokratik jamiyat

qoidalarini mensimaydigan, qiyin tarbiyalanadigan, pedagogik jihatdan o`z holiga tashlab

qo`yilgan, huquqbuzar voyaga yetmagan o`smirlar alohida toifani tashkil etadi.

Huquqiy targ`ibot shakllari doimiy amal qiladigan va bir martalik bo`lishi mumkin.

Doimiy amal qiladigan shakllarga quyidagilar kiradi: huquqiy bilimlar xalq universitetlari,

huquqiy lektoriylar, yosh huquqshunos klublari va maktablari.

Huquqiy bilimlar xalq universitetlari yoshlar fakultetlari yosh yigitlar va qizlarning

huquqiy tarbiyasida muhim rol o’ynaydi.

O`z o`quvchilarining qiziqishlari va qobiliyatlarini biladigan o`qituvchi, sinf rahbarining

o`quvchilarning maktabdan tashqari huquqiy tarbiyaning ana shunday shakllarida ishtirok

etishlarini targ`ib qilishi, bunday shakllarning maktabdagi intizom va o`zlashtirish ahvoliga

ta'sirining samaradorligini o`rganishi, yosh huquqshunoslar maktablari tinglovchilarini kichik

sinfdagilar targ`ibotchilik ishlariga, topshiriqlarni bajarishga jalb qilishi muhimdir.

Xulosa o’rnida har bir fuqoroda mustaqil ong shakllanishi va huquqiy tarbiya bo’lishi shart

va zarur. Chunki har bir inson alohida olingan shaxs va alohida ahamiyatga ega.

REFERENCES

1.

https://fayllar.org/mavzu-huquqiy-tarbiyaning-nazariy-asoslari-v3.html?page=55

2.

https://fayllar.org/7-mavzu-innovasion-pedagogika-talim-innovasiyalarining-mohiyat.html

3.

Kudaybergenova T.K. «O'rta maxsus o'quv yurtlarida huquqiy talim samaradorligini oshirish

yo'llari».-Metodik qo'llanma, T-2011.

4.

amiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturi, «O'zbekiston Respublikasi Oliy

Majlisi axborotnomasi, 1997 y.

References

https://fayllar.org/mavzu-huquqiy-tarbiyaning-nazariy-asoslari-v3.html?page=55

https://fayllar.org/7-mavzu-innovasion-pedagogika-talim-innovasiyalarining-mohiyat.html

Kudaybergenova T.K. «O'rta maxsus o'quv yurtlarida huquqiy talim samaradorligini oshirish yo'llari».-Metodik qo'llanma, T-2011.

amiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturi, «O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi axborotnomasi, 1997 y.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов