THE SIGNIFICANCE OF FORMING SPIRITUAL EDUCATION IN CHILDREN THROUGH EXAMPLES OF FOLK'S ORAL CREATION

HAC
Google Scholar
To share
Soatova, R. (2024). THE SIGNIFICANCE OF FORMING SPIRITUAL EDUCATION IN CHILDREN THROUGH EXAMPLES OF FOLK’S ORAL CREATION. Modern Science and Research, 3(1), 1055–1057. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/28652
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article will talk about the samples of folk oral creativity, their educational significance, their role in the formation of spiritual education in children.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1055

XALQ OG‘ZAKI IJODI NAMUNALARI ORQALI BOLALARDA MA’NAVIY

TARBIYANI SHAKLLANTIRISHNING AHAMIYATI

Soatova Rayxona Sadriddin qizi

Termiz davlat pedagogika institute

Pedagogika va san’at fakulteti

Pedagogika yo‘nalishi talabasi

rayhonasoatova@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.10579309

Annotatsiya. Ushbu maqolada xalq og‘zaki ijodi namunalari, ularning tarbiyaviy

ahamiyati, bolalarda ma’naviy tarbiyani shakllantirishdagi o‘rni haqida so‘z boradi.

Kalit so‘zlar: Maqol, ertak, xalq, ma’naviyat, tarbiya, ezgulik.

THE SIGNIFICANCE OF FORMING SPIRITUAL EDUCATION IN CHILDREN

THROUGH EXAMPLES OF FOLK'S ORAL CREATION

Abstract. This article will talk about the samples of folk oral creativity, their educational

significance, their role in the formation of spiritual education in children.

Keywords: proverb, fairy tale, folk, spirituality, upbringing, goodness.

ЗНАЧЕНИЕ ФОРМИРОВАНИЯ ДУХОВНОГО ОБРАЗОВАНИЯ У ДЕТЕЙ

НА ПРИМЕРАХ НАРОДНОГО УСТНОГО ТВОРЧЕСТВА

Аннотация. В данной статье рассматриваются образцы устного народного

творчества, их воспитательное значение, роль в формировании духовного воспитания
детей.

Ключевые слова: пословица, сказка, народ, духовность, воспитание, доброта.

Insonlarning dunyoqarashi shakllanishida bolalik davri muhim bosqich hisoblanadi. Bu

davrda ular ruhiy, jismoniy, psixologik, aqliy jihatdan rivojlanadi va shu bilan birga ularda insoniy
fazilatlar, mehr-oqibat hurmat, oliyjanoblik shakllana boshlaydi. Bolalik davri ta’lim-tarbiya
berishning poydevori hisoblanadi.

Shu sabab biznining asosiy vazifalarimizdan biri bolalarni mustaqil shaxs bo‘lishga,

faollika, bilim olishga, insoniylikka, Vatanga sadoqatlilikka, oliyjanoblikka, mehnatsevarlikka,
barchani birdek hurmat qilishga undashdan iboratdir. Bizga bu borada xalq og‘zaki ijodi yaqindan
yordam beradi.

Bugungi kunda xalq og‘zaki ijodi tarixiy kategoriya sifatida rivojlanib kelmoqda.
Folklorning barcha janrlari qadimiy bo‘lsa-da, u hamisha yanada takomillashib bormoqda.








Xalq og‘zaki

ijodi

maqol

ertak

qo‘shiq

doston

masal

latifa

topishmoq


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1056

Maqollarni hayot qomusi, xalq og‘zaki ensiklopediyasi, o‘ziga xos bir badiiy-tarixiy

solnoma deyish mumkin. Ular insonlar aqlini o‘tkirlashtiradi, nutqini ravshan va ta’sirchan qiladi,
hayotda to‘g‘ri yo‘lni tanlay bilishga, hayotiy jumboqlar va muammolarni to‘g‘ri yechishga
o‘rgatadi.

Shuningdek, maqollar o‘z ijodkori bo‘lmish xalqning dunyoqarashini, madaniy, maishiy

hayotini, tafakkur xazinasini jamlovchi eng kichik og‘zaki ijod namunalari sifatida juda
qadimiydir.

Maqollar nafaqat bolalarni, balki katta yoshli insonlarning aqlini teranlashtiradi, nutqini

ravshan qiladi, hayotda oq-u qorani ajratishga, muammolarni yecha olishga o‘rgatadi. Yana
bundan tashqari, maqollar xalqning dunyoqarashini, tafakkurini, madaniyatini, orzu-istaklarini
o‘z ichiga qamrab oladi. Xalq maqollari yoshlarni to‘g‘riso‘zlik, adolat, mehribonlik, topqirlik,
hurmat qilish, donolik, ehtiyotkorlik, haqiqatgo‘ylik, jasurlik, vatanparvarlikka undaydi.

“Vatani borning baxti bor”, “Oltin olma, duo ol”, “Bilagi zo‘r birni yiqar, bilimi

zo‘rni mingni”

kabi maqollar yuqoridagi fikrlarga yaqqol misol bo‘la oladi.

Xalq og‘zaki ijodi namunalaridan yana biri bu ertaklardir. Xalqimiz bejiz “Ertaklar-

yaxshilikka yetaklar” deyishmagan. Ertaklarning bolalar hayotida tarbiyaviy ahamiyati anchayin
katta.

“Uch og‘ayni botirlar”, “Zumrad va Qimmat”, “Ziyod Botir”, “Egrivoy va

To‘g‘rivoy”

kabi ertaklar mo‘jiza va fantaziyani hayot bilan bog‘lab, to‘g‘rilik, halollik, ozodlik,

matonat, sabr-bardosh, mehnatsevarlik, odamiylik kabi go‘zal fazilatlarni targ‘ib qiladi.
Ertaklardagi qiziqarli syujetlarga shu kabi didaktik g‘oyalar izchillik, bo‘yoqdorlik bag‘ishlabgina
qolmay, bolajonlar e’tiborini o‘ziga jalb qilib, shirin tuyg‘ular dunyosiga g‘arq qiladi.

Xalq og‘zaki ijodi namunalaridan biri bo‘lgan topishmoq bolalarda ziyraklik, topqirlik,

mantiqiy fikrlash, fantaziya qilish qobiliyatlarini yanada yaxshi shakllanishida ko‘mak beradi
desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Topishmoqlarda xalqimizning donoligi, zakovatligigi yaqqol
namoyon bo‘ladi.

Hamrohim bor befoyda,

Qo‘ymas yerda, yo‘l, soyda.

Quvalasam, ketmaydi,

Savalasam, o‘tmaydi. (Soya)

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, xalq dostonlari, ertaklar, qo‘shiqlar, maqollar,

topishmoqlari va boshqa janrdagi asarlar yosh avlodning ma’naviyatini yuksaltirish, uni komil
inson darajasiga yetishini ta’minlash maqsadini nazarda tutgan holda yaratilgandir. Ma’lumki,
o‘tgan davrlarda xuddi bugungidek matbuot, ommaviy axborot vositalari, turli o‘quv dargohlari,
internet kabi ta’lim, ma’rifat tizimlari bo‘lmagan. Bu kabi vazifalarni esa oddiy xalqimiz
tomonidan yaratilgan ijod namunalari bajargan. Xalq og‘zaki ijodi rivojlanishi xalq pedagogikasi
yaratilishiga zamin yarata oldi.

Bu ijod namunalarida birlik, hurlik, sadoqat, ezgulik, donolik, ma’rifatlilik,

mehnatsevarlik, odillik kabi insoniy fazilatlar ulug‘lanib, razolat, xiyonat, sotqinlik, yolg‘onchilik,
birovni haqqiga xiyonat qilish, axloqsizlik qattiq qoralanadi. Bundan ko‘rinib turibdiki, kelajak
bunyodkorlari – bolalar, yoshlarni har taraflama barkamol qilib tarbiyalashda xalq og‘zaki
ijodining o‘rni beqiyos va samaralidir.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1057

REFERENCES

1.

N.B. Xaitova. (2022). Maktabgacha yoshdagi bolalarni axloqiy tarbiyalashda xalq og’zaki
ijodining ertak janridan foydalanishning dolzarbligi. “SIENCE AND INNOVATION”
SCIENTIFIC JOURNAL. Vol.3, Issue 5, 1193-1198-betlar.

2.

G. Saidova, A. Kakhharova. (2022). Xalq og‘zaki ijodi orqali o‘quvchilarda ma’naviy
tarbiyani shakllantirish. Jamiyat va innovatsiyalar. Issue 04, 314-317-betlar.

3.

https://www.samdu.uz/uz/news/32768

References

N.B. Xaitova. (2022). Maktabgacha yoshdagi bolalarni axloqiy tarbiyalashda xalq og’zaki ijodining ertak janridan foydalanishning dolzarbligi. “SIENCE AND INNOVATION” SCIENTIFIC JOURNAL. Vol.3, Issue 5, 1193-1198-betlar.

G. Saidova, A. Kakhharova. (2022). Xalq og‘zaki ijodi orqali o‘quvchilarda ma’naviy tarbiyani shakllantirish. Jamiyat va innovatsiyalar. Issue 04, 314-317-betlar.

https://www.samdu.uz/uz/news/32768

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов