ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1233
IJTIMOIY PEDAGOGIKADA ME’YORLARDAN CHEKINISH
Soatova Rayxona Sadriddin qizi
Termiz davlat pedagogika instituti Pedagogika va san’at fakulteti
Pedagogika yo‘nalishi talabasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.12600888
Annotatsiya.
Ushbu maqolada ijtimoiy pedagogik me’yorlardan chetga chiqish holatlari,
me’yordan og‘gan o‘smirlar bilan olib boriladigan ish shakllari haqida fikrlar keltirilgan.
Kalit so‘zlar:
Me’yordan og‘ish, o‘smirlik, deviatsiya, jamiyat, tarbiya, maktab.
DEVIATION FROM NORMS IN SOCIAL PEDAGOGY
Abstract.
In this article, there are opinions about cases of deviation from social and
pedagogical norms, forms of work with deviant teenagers.
Key words:
Deviation from the norm, adolescence, deviance, society, education, school.
ОТКЛОНЕНИЕ ОТ НОРМ В СОЦИАЛЬНОЙ ПЕДАГОГИКЕ
Аннотация.
В данной статье приводятся мнения о случаях отклонения от
социальных и педагогических норм, формах работы с девиантными подростками.
Ключевые слова:
Oтклонение от нормы, подростковый возраст, девиация,
общество, образование, школа.
Turli fan fan sohalarida, jumladan, tibbiyot, sotsiologiya, psixologiyada “me’yor”
tushunchasining o‘z ko‘rsatkich va mezonlari mavjud.
Me’yorga zid jihat – “og‘ish”, “chetga chiqish” deyiladi.
Aynan ijtimoiy pedagogika uchun “me’yor”, “me’yordan og‘ish” tushunchalari nihoyatda
ahamiyatlidir.
Ular bola xulq-atvori va rivojlanishi jarayonini tavsiflash uchun qo‘llaniladi. Og‘ish ham
salbiy, ham ijobiy tavsifga ega bo‘lishi mumkin.
Misol uchun, bolaning rivojlanishida aqliy qoloqlik yoki bo‘lmasa, o‘ta qobiliyatlilik ham
me’yordan chetga chiqish hisoblanadi.
Bola xulq-atvoridagi jinoyatchilik, giyohvandlik, aroqxo‘rlik kabi salbiy og‘ishlar
shaxsning ijtimoiy shakllanishiga, jamiyat rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Jamiyatda qabul qilingan me’yorlarga mos kelmaydigan xatti-harakatlar ilmiy
adabiyotlarda deviant deb nomlanadi.
Deviant xulq ko‘plab olimlar, faylasuflar, psixologlar, pedagoglar orasida doimo katta
qiziqish uyg‘otgan.
Me’yordan og‘ishganlikni shartli ravishda 4 guruhga ajratish mumkin:
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1234
1.
Jismoniy og‘ishlik.
Bu, avvalo, insonning salomatligi bilan bog‘liq bo‘lib, tibbiy
ko‘rsatkichlar orqali belgilanadi. Biror faoliyat yuritishda imkoniyati cheklangan, sog‘ligi tufayli
qobiliyatlaridan mahrum bo‘lgan, defekti bo‘lgan insonlar hamda nogironlar shular jumlasidandir.
Boladagi jismoniy rivojlanishidagi og‘ishlarga kasalliklar, eshitish, ko‘rishdagi turli
buzilishlar kiradi.
Umumjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 1980-yilda cheklangan imkoniyatlarning uch
zvenosi shkalasining britancha variantini qabul qildi:
kasallik, xastalik - ruhiy yoki fiziologik funksiyalar, anatomik struktura elementlarini har
qanday yo‘qotish yoki ularning anomaliyasi;
cheklangan imkoniyat - inson uchun norma hisoblangan chegarada biror-bir faoliyatni
bajarish qobiliyatini yo‘qotish yoki cheklab qo‘yish;
nogironlik - yosh, jins yoki ijtimoiy omillardan kelib chiqib insonning biron-bir
faoliyatini bajarishni cheklovchi yoki unga to‘sqinlik qiluvchi cheklangan imkoniyat. Bunda
“kamchilik” tushunchasi qo‘llanadi. Insonlarda jismoniy, psixik, murakkab hamda og‘ir
kamchiliklar bo‘lishi mumkin.
1
2. Psixik og‘ishlik
. Me’yordan psixik og‘ishlik, eng avval, bolaning psixik nuqsonlari,
aqliy rivojlanishida namoyon bo‘ladi. Boladagi aqliy qoloqlik nerv sistemasidagi tug‘ma
nuqsonlar, turli asoratli jarohatlar asosida paydo bo‘ladi. Bolalardagi aqli zaiflik turli darajada
bo‘ladi, yengil aqliy zaiflikdan, chuqur-tentaklikkacha namoyon bo‘ladi. Ruhiy og‘ishlarga
nutqdagi buzilishlar, emotsional faoliyatning buzilishi ham kiradi. Psixik og‘ishlikning eng og‘ir
shakli deb autizm, suitsid (o‘z joniga qasd qilish)larni misol qilib olishimiz mumkin.
3. Pedagogik og‘ishlik.
Pedagogik chekinish deganda, ham ob’yektiv, ham sub’yektiv
sabablarga ko‘ra ta’lim-tarbiya ola olmagan o‘quvchilar tushuniladi.
1
Ne’matova F.B. Ijtimoiy pedagogika. O‘quv qo‘llanma. “Fan va ta’lim” nashriyoti, 2022-y.
Me'yordan
og'ishganliknin
g turlari
jismoniy
psixik
pedagogi
k
ijtimoiy
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1235
Bunga esa DTS talablarida belgilangandek umumiy o‘rta ta’limga ega bo‘la ola olmagan,
kelajakdagi faoliyati uchun harakat qilmagan o‘quvchilar kiradi.
Bunday holatlarning ko‘plab (ob’yektiv va sub’yektiv) sabablar mavjud.
Masalan, o‘quvchilar yoki talabalarning darsdan qochishi, materialni o‘zlashtira olmaslik,
o‘qishdan bezishi, dangasalik, oiladagi nosog‘lom muhit, bolalarning pul topish ilinjiga tushib
ketishi, ekologik yoki ijtimoiy kataklizmalar natijasida bolalarning ota-onalaridan ayrilishi va h.k.
Bunday sabablarni ko‘plab, minglab keltirish mumkin. Ko‘pchilik holatda pedagogik
chekinishga bolalarning qanday sharoitda yashashiga bog‘liq: o‘qish bilan qiziqadigan oiladami
yoki aksincha o‘qishni ikkinchi darajali deb hisoblaydigan oiladami va h.k.
2
4.
Ijtimoy og‘ishlik.
Ijtimoiy me’yor bu ijtimoiy guruhlar, insonlar faoliyati, ular xulq-
atvorining jamiyat rivojlanishining biror-bir bosqichida shakllangan yoki o‘rnatilgan tartib-
qoidalar namunasidir. Ijtimoiy me'yor ikkita guruhga ajratiladi:
▪ Universal, ya’ni jamiyatdagi barcha insonlarga xos.
▪ Xususiy, ya’ni jamiyatdagi ma’lum guruh yoki ma’lum kasb egalari xos me’yorlardir.
Ijtimoiy me’yorlarni, shuningdek huquqiy, ma’naviy, siyosiy, diniy va h.k.deb ham
guruhlarga ajratish mumkin. Ijtimoiy me’yorlar va insonlarning ulardan o‘qishi yoki chekinishi
ular yashab turgan jamiyatning ajralmas faktori bo‘lib hisoblanadi.
3
O‘smirlar orasidagi ijtimoiy
og‘ish uning shu jamiyatda salbiy ta’sirlar jihatidan tarbiyalanishi, turli yomon ijtimoiy guruhlarga
kirishi, ijtimoiy rolni egallab, ularni o‘rganishi sifatida xarakterlanadi. Ijtimoiy me’yordn og‘gan
bolalarning xulq-atvori jamiyatning me’yorlariga zid tarzda namoyon bo‘ladi. . Ijtimoiy pedagog
faoliyati esa bu kabi yoshlar bilan profilaktika hamda reabilitatsiya tadbirlarini olib borishga
qaratilgandir.
Deviant xulq-atvorning sabablari bo‘yicha ko‘plab tadqiqotlar, nazariyalar mavjud. Bu
haqida batafsil A.S.Makarenko shunday degan edi: “Bolalarning jinoyatchi bo‘lib ketishiga
nafaqat atrof-muhit, balki birinchi navbatda yomon ota-onalar va yomon o‘qituvchilar ham
aybdor. Jinoyatchilar nafaqat kam ta’minlangan va kambag‘al oilalarda, balki badavlat oilalarda
ham yetishib chiqadi. Badavlat oilalardan bo‘lganlar ham jinoyat sodir etishadi. Barcha
jinoyatchilar, xoh voyaga yetmaganlar, ham kattalar, hammasi oilada tarbiyalangan va o‘sib,
maktabda o‘qigan. Bu shuni anglatadiki, gap nafaqat ob’ektiv og‘ir turmush sharoitida, balki,
birinchi navbatda, sub’ektiv sharoitlarda - bolalarni noto‘g‘ri tarbiyalashda. Yomon tashkil etilgan
jamoadagi eng yaxshi o‘g‘il bolalar, yomon o‘qituvchilar tomonidan noto‘g‘ri ta’limning salbiy
ta’siri ostida juda tez yovvoyi hayvonlarga aylanadi.
Haqiqatan ham shunday. Eng zo‘r bolalarni yig‘ing, yoniga yomon o‘qituvchilarni qo‘ying,
bir oy ichida ular koloniyani, bolalar uyini, maktabni va bu o‘qituvchilarni o‘zlarini ham vayron
qiladilar”.
4
Deviant xulqdagi bolalar bilan ishlash tajribasi pedagoglar, ota-onalar orasida keng targ‘ib
qilinishi maqsadga muvofiq hisoblanadi. Shaxslararo munosabatga kirishishda, tarbiyaviy muhitni
2
Ne’matova F.B. Ijtimoiy pedagogika. O‘quv qo‘llanma. “Fan va ta’lim” nashriyoti, 2022-y.
3
Ne’matova F.B. Ijtimoiy pedagogika. O‘quv qo‘llanma. “Fan va ta’lim” nashriyoti, 2022-y.
4
Muxtasar Shavkatjonova Zebo Saidaliyeva. (2024). Deviant xulqli bolalarda ijtimoiy-pedagogik muammolar
bartaraf etish yo’llari. “Science and Education" Scientific Journal. Volume 5 Issue 3, 500-504-betlar.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1236
yaratishda, ijtimoiy munosabatlar tizimini yo‘lga qo‘yishda har bir tarbiyalanuvchini e’tibordan
chetda qoldirmaslik lozim. Ota-onalar, vasiylar, pedagog xodimlar qo‘yilgan tarbiyaviy
maqsadning mazmuni, vazifalariga ko‘ra o‘quvchilar egallashi kerak bo‘lgan qat’iy xulq-atvor
me’yorlari, bilim, ko‘nikma, malaka va har bir shaxsga xos fazilatlar, xususiyatlarni har bir
tarbiyalanuvchi o‘zlashtirishini ta’minlashi zarur.
Xulosa qilib aytish mumkinki, bola shaxsini tarbiyalash eng murakkab jarayonlardan biri
hisoblanadi. Ayniqsa, bu jarayon o‘smir shaxsida deviant xulq-atvorni shakllanishida oilaviy
munosabatlar, oilaviy tarbiya usullari, ijtimoiy muhit eng muhim omillardan biri sanaladi. Shu
sababdan ham, bugungi kun ota-onalari farzandining ta’lim-tarbiyasi bilan muntazam
shug‘ullanishi, ularning kelajagiga bee’tibor bo‘lmasligi lozim. Bu borada malakali ustoz-
pedagoglarimiz ota-onalarga ko‘maklashib barkamol avlodni voyaga yetazishga yordam beradi.
REFERENCES
1.
Egamberdieva N.M. Ijtimoiy predagogika. Darslik.T.2009
2.
Mavlonova R. Ijtimoiy pedagogika. O‘quv qo’llanma. T. Istiqlol, 2009
3.
Vohidova N.X., Mirzayeva F.O. Ijtimoiy pedagogika. Darslik. Sano-standard, 2022 y.
4.
Ne’matova F.B. Ijtimoiy pedagogika. O‘quv qo‘llanma. “Fan va ta’lim” nashriyoti, 2022-y.
5.
Qasimbayeva Husnora Zafarbek qizi. (2023). ME’YORDAN OG‘ISH VA DEVIATSIYA-
IJTIMOIY-PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA. BELARUS, International scientific-
online conference. 77-80-betlar.
6.
Xoliqova Yulduz. (2024). Ijtimoiy pedagogikada meyordan og’ishgan o’smirlar bilan olib
boriladigan ish shakillari metodlari va vositalari. “Science and Education" Scientific Journal.
Volume 5 Issue 2, 493-496-betlar.
7.
Muxtasar Shavkatjonova Zebo Saidaliyeva. (2024). Deviant xulqli bolalarda ijtimoiy-
pedagogik muammolar bartaraf etish yo’llari. “Science and Education" Scientific Journal.
Volume 5 Issue 3, 500-504-betlar.
8.
https://uzpedia.uz/pedia/ijtimoiy_meyorlar
