THE NEED TO EDUCATE STUDENTS IN THE SPIRIT OF GENDER EQUALITY

HAC
Google Scholar
f
571-575
0
0
To share
Xaydarova , S. (2024). THE NEED TO EDUCATE STUDENTS IN THE SPIRIT OF GENDER EQUALITY. Modern Science and Research, 3(1), 571–575. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/28821
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article analyzes the introduction of the concept of gender into science, gender equality, gender issues in social life in the Republic of Uzbekistan, and the political and social situation of gender equality relations. Also, the specific aspects of the implementation of the gender approach to the higher education system, the creation of equal rights and opportunities for women and men in higher education are interpreted from a scientific point of view. The results of a survey conducted to study the provision of guarantees of equal rights and opportunities for women and men in higher education were analyzed.


background image


571

TALABALARNI GENDER TENGLIGI RUHIDA TARBIYALASH ZARURIYATI

Xaydarova Sayyora Chinaliyevna

Guliston davlat universiteti

Pedagogika fakulteti o‘qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.10611235

Anontatsiya.

Mazkur maqolada gender tushunchasing fanga kirib kelishi, gender tenglik,

Oʻzbekiston Respublikasida ijtimoiy hayotda gender masalalari, gender tenglik

munosabatlarining siyosiy-ijtimoiy holati tahlil qilingan. Shuningdek, oliy ta’lim tizimiga gender

yondashuvni tatbiq etishning o‘ziga xos jihatlari, oliy ta’lim olishida xotin-qizlar va erkaklar

uchun teng huquq hamda imkoniyatlar yaratilishi masalalari ilmiy nuqtai nazardan talqin etilgan.

Oliy ta’lim olishda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlarining

ta’minlanishini o‘rganishga doir o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalari tahlil qilingan.

Kalit so‘zlar:

gender tenglik, gender yondashuv, huquq, imkoniyat, kafolat, xotin-qizlar,

erkaklar, oliy ta’lim,talaba, tarbiya, maslahat kengashi, samarali mexanizm.

THE NEED TO EDUCATE STUDENTS IN THE SPIRIT OF GENDER EQUALITY

Abstract.

This article analyzes the introduction of the concept of gender into science,

gender equality, gender issues in social life in the Republic of Uzbekistan, and the political and

social situation of gender equality relations. Also, the specific aspects of the implementation of the

gender approach to the higher education system, the creation of equal rights and opportunities for

women and men in higher education are interpreted from a scientific point of view. The results of

a survey conducted to study the provision of guarantees of equal rights and opportunities for

women and men in higher education were analyzed.

Key words:

gender equality, gender approach, right, opportunity, guarantee, women, men,

higher education, student, education, advisory council, effective mechanism.

НЕОБХОДИМОСТЬ ОБРАЗОВАНИЯ СТУДЕНТОВ В ДУХЕ ГЕНДЕРНОГО

РАВЕНСТВА

Аннотaция.

В данной статье анализируется внедрение понятия гендера в науку,

гендерное равенство, гендерные проблемы в общественной жизни Республики Узбекистан,

а также политическая и социальная ситуация в отношениях гендерного равенства. Также

с научной точки зрения интерпретируются конкретные аспекты реализации гендерного

подхода в системе высшего образования, создания равных прав и возможностей для

женщин и мужчин в сфере высшего образования. Проанализированы результаты опроса,


background image


572

проведенного с целью изучения обеспечения гарантий равных прав и возможностей для

женщин и мужчин в сфере высшего образования.

Ключевые слова:

гендерное равенство, гендерный подход, право, возможность,

гарантия, женщины, мужчины, высшее образование, студент, образование,

консультативный совет, эффективный механизм.

Kirish.

Gender tenglik goyasi XX asrning oxirgi un yilliklarida to’liq shakllandi, u turli

davr va ijtimoiy-madaniy sharoitda xar xil ma’naviy-axlokiy talablar asosida o’zgarib turgan

ijtimoiy-madaniy jarayon ekanligi anglanildi. Gender madaniyatini shakllantirishda eng muxim

pedagogik xulosalardan biri, yeshlarni gender tenglik ruhida tarbiyalash ishlarida oila, maktab,

tengdoshlar, ommaviy axborot vositalari (radio, televideniye, internet)ning roli axamiyatlidir.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT)ning inson xuquqlari, erkinliklarini ta’minlashga karatilgan

siyosati ana shu ijtimoiy farqlarni yumshatishga, iqtisodiyijtimoiy taraqqiyotning barcha

soxalarida ularga teng imkoniyatlar yaratishga gender tenglik goyasini shakllantirishga

qaratilgandir.

Ta’lim tizimi jamiyatni yaxlit tarzda aks ettiruvchi ko‘zgu bo‘lib, unga o‘z ta’sirini

o‘tkazadi va o‘z navbatida ta’limda kechayotgan yangilanishlar ham jamiyat taraqqiyotiga ta’sir

o‘tkazmay qolmaydi. Shu bois, ta’lim tizimi jamiyatda gender tenglikni joriy etishdagi

o‘zgarishlarning tashabbuskori bo‘lishlari kerak. Bu esa o‘z navbatida, oliy ta’lim tizimiga gender

yondashuvni tatbiq etish va va boshqarishning nazariy-metodologik asoslari ishlab chiqilishini

talab etadi. Chunki har bir davlatning barqaror taraqqiyoti hamda rivojlanishi – inson omili,

xususan, yosh avlodning ilmiy, ijodiy va ma’naviy salohiyatiga bog‘liqdir. Ta’kidlanganidek,

bugungi kunda gender tenglikka erishish nafaqat demokratik qadriyatlardan biri, balki ijtimoiy-

iqtisodiy va ma’naviy taraqqiyotning muhim omili hisoblanadi. Jahon miqyosida orttirilgan tajriba

shundan dalolat beradiki, aynan erkaklar va ayollar uchun teng imkoniyatlar mavjud davlatlarda

aholi turmush farovonligi va ijtimoiy-siyosiy faolligi yuqori darajada bo‘lib, islohotlar

muvaffaqiyati ta’minlanadi. “Gender” xotin-qizlar va erkaklar o‘rtasidagi munosabatlarning

jamiyat hayoti va faoliyatining barcha sohalarida, shu jumladan siyosat, iqtisodiyot, huquq,

mafkura va madaniyat, ta’lim hamda ilm-fan sohalarida namoyon bo‘ladigan ijtimoiy jihati [1].

Yoshlarni gender tenglik ruhida tarbiyalashning eng muhim ahamiyati ularni, birinchi

galda, qiz bolalarni o’zligini anglashiga, ijtimoiy muxitni, ijtimoiy ruhiyatni, ichki uyushtiruvchi,

xarakatga keltiruvchi va yetaklovchi, inson qadr-qimmatining jinsiga qarab belgilanmasligini

isbotlovchi kuchga aylanishiga xizmat qilishidir. Bu xolda gender tenglik g‘oyasi (o‘g‘il va qiz


background image


573

bolalarga teng huquq hamda teng imkoniyatlar yaratish) shaxsning xam, jamiyatning xam

ma’naviy yuksalishiga ta’sir qiladi, insonlarni anglashga, ijtimoiy tafakkurning o‘zgarishiga olib

keladi. Gender tenglik g‘oyasi jamiyatda yoshlarning siyosiy ongini shakllantirishga, mustaqil

fikrlashga, ma’naviy-ruhiy jixatdan tenglik tamoyillarini o‘ziga singdirishga undovchi va uni

xarakatga keltiruvchi bunyodkor g’oyadir.

Xorijiy va MDH mamlakatlari olimlari E.Maer, K.Xiggins, I.Kon, A.Mudrik, L.Popova,

I.I.Yukina, Yu.S.Tukacheva, L.I.Stolyarchuk va boshqalarning tadqiqotlarida gender va ta’limda

gender yondashuv masalalari o‘g‘il va qiz bolalarga ta’limda bir xil imkoniyatlarni berish va

tenglikni ta’minlash; o‘quv jarayonida o‘g‘il va qiz bolalarning psixofiziologik xususiyatlaridan

kelib chiqqan holda, ularning o‘z imkoniyatlarini to‘laqonli ro‘yobga chiqarishi uchun xizmat

qiladigan o‘qitishning shakl va metodlari, vositalarini tanlash; ta’lim muassasasida gender

bag‘rikenglikni, gender tenghuquqlilikni ta’minlash, shuningdek ta’lim mazmunining gender

tahlilini amalga oshirish, o‘qituvchilarning gender savodxonligini oshirish kabi yo‘nalishlar keng

o‘rganilgan [6, 17-b].

2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor

yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi bilan gender tenglikni ta’minlashga oid chora-

tadbirlarni yangi bosqichga olib chiqishda dasturiy ahamiyatga ega bo‘lgan hujjat bo‘ldi. So‘ngi

to‘rt yilda xotin-qizlar manfaatlariga doir, xalqaro standartlar asosida 24 ta me’yoriy-huquqiy

hujjatlar qabul qilindi. Shulardan ikkitasi gender tenglikni va ayollarni zo‘ravonlikdan himoya

qilishga qaratilgandir.

Fikrimizcha, oliy ta’lim tizimiga gender yondashuvni tatbiq etish ta’lim jarayonining

barcha tarkibiy qismlari, ya’ni tarbiyaviy, ta’limiy (ta’lim mazmuni) va metodik (o‘qitish

metodlari, o‘quv jarayonini tashkil etish, pedagogik hamkorlik) jihatlarini, shuningdek, tashkiliy-

pedagogik shart-sharoitlarini, ta’lim tizimini boshqarishni gender masalalariga ta’sirchanligini

oshirishni ko‘zda tutadi.

Gender tenglikni ta’minlashga yo‘naltirilgan ta’lim-tarbiya yoshlar xulq atvorining,

dunyoqarashining ijtimoiy foydali, adolatli, insonparvar, demokratik sifatlarini shakllantirish

ishiga yordam berishi shubxasiz. Chunki gender tenglik g‘oyalari bilan sug‘orilgan ta’lim-tarbiya

yoshlarda gender bilimlarni hosil qilishi, ularning dunyoqarashiga va e’tiqodiga aylanib borishi,

ruhiyatiga ta’sir etishi mumkin. Bu, ayniqsa, qiz bolalarning mas’uliyat va qat’iyatlik, qiziqish

bilan o’zlari istagan sohalarni o‘rganishlariga intilishlarini shakllantirishning psixologik

xususiyatlarini o‘rganib, ular ongida jamiyat taraqqiyotining barcha sohalarida faoliyat ko‘rsata

olishlariga ishonch hosil qilish mumkin. Bu esa ularda tegishli ma’naviy ahloqiy sifatlar bilan bir


background image


574

qatorda, Vatanga muxabbat, uning yuksakligini ta’minlashga o’z hissasini qo’shishga ishonch

tuyg‘usini shakllanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun xam ta’lim jarayonida gender

tarbiyaning imkoniyatlaridan izchil foydalanish yoshlarni barkamol shaxs sifatida kamol

toptirishda katta rol o‘ynaydi.

Pedagogika fanida gender tenglik va farqlarni hisobga olish tamoyili ustuvor bo‘lishi kerak.

Bu ustuvorlikni ta’minlashning o‘ziga xos jihatlari:

– o‘quv materialini tanlashda o‘g‘il va qiz bolalar orasidagi o‘ziga xoslikni farqlash;

– o‘g‘il va qiz bolalarning alohida o‘ziga xos faoliyatini rivojlantirish;

– muayyan jinsga mos keladigan o‘quv faoliyatini tashkil etish;

– har bir jinsning o‘ziga xos faoliyat turini shakllantirishga xizmat qiladigan o‘quv

materiallarini tanlash;

– ta’lim jarayonida qat’iy, didaktik jihatdan shakllangan gender interpretatsiyalarini

qo‘llashga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyatni shakllantirish. Ta’lim jarayonida o‘g‘il va qiz

bolalarga mehnat ta’limi berish va ularni kasbga yo‘naltirishning barqaror pedagogik tizimini

vujudga keltirishda o‘quvchilarning gender jihatdan o‘ziga xos bo‘lgan shaxsiy sifatlarini qaror

toptirish muhim ahamiyatga ega. Buning uchun ta’lim jarayonida quyidagilarga alohida e’tibor

berish zarur:

– o‘g‘il va qiz bolalar orasidagi farqlarni neytrallashtirish va interpretatsiyalashga

qaratilgan o‘quv harakatlarini tashkil etish;

– ularni gender o‘xshashlikni namoyon qilish ruhida tarbiyalash;

– o‘quv jarayonida o‘g‘il va qiz bolalarning alohida-alohida faoliyat ko‘rsatishini

ta’minlash;

– o‘g‘il va qiz bolalarning shaxsiy qiziqishlariga mos keladigan o‘quv faoliyati turlarini

tashkil etish;

– aniq o‘quv vaziyatini hisobga olgan holda faoliyat ko‘rsatishni ta’minlash. O‘g‘il va qiz

bolalarning har biri qanday bo‘lishi, qanday faoliyat to‘rini egallashi ta’lim sifatiga bog‘liq. [3,

104 bet]

Xulosa qilib aytganda, davlatimizda gender siyosatining muhim strategik maqsadi millat

oilasida xotin-qizlarning o’rni, ularning moliyaviy ahvolini va ijtimoiy farovonligini yaxshilashga

qaratilgan. Bunday strategiyani quyidagilarda ko’rish mumkin: ko’p bolali, yosh, kam

ta’minlangan oilalar uchun ijtimoiy kafolatlarni ta’minlashni o’z ichiga olayotganligi; sog’liqni

saqlash va ta’lim sohasida yagona ijtimoiy standartlar ishlab chiqilayotganligi; oiladagi


background image


575

zo‘ravonlikni bartaraf etish, xotin-qizlar huquqlarini himoya qilishning huquqiy asoslarini yaratish

muammolari kabilarga e’tibor qaratilmoqda.

REFERENCES

1.

O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda

imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi qonuni. – 2019 yil 2 sentyabr

2.

O.Jamoldinova, M.Mirsolieva, K.Risqulova. Pedagogik ta’limda gender yondashuvi

masalalari// Maktabgacha ta’limda davlat va nodavlat sektorni rivojlantirish: yangi shakllari

va ta’lim mazmuni mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami. –

Toshkent, 2020. –B.( 99-10-bet, 189 b)

3.

Gender tadqiqoti asoslari kursi xrestomatiyasi: / rus tilidan qisqar. tarjima. Oliy o‘quv yurtlari

uchun. –Toshkent: “O‘zbekiston”, 2003. – (104-bet, 411 b)

4.

Pedagogika: Bolshaya sovremennaya ensiklopediya /Sost. Ye. S. Rapasevich – M.: “Sovrem.

Slovo”, 2005. – (440-bet, 720 b)

5.

Matlab Tilavova., Ta’lim jarayonida gender tenglik va farqlarni hisobga olishning pedagogik

va psixologik imkoniyatlari. Pedagogik mahorat. Ilmiy-nazariy va metodik jurnal. Buxoro.,

2021 y. (13-17 betlar, 178 b)

6.

Jamoldinova O.R. Ta’lim tizimida gender yondashuvni tatbiq etishning samarali

mexanizmlari. Belarus-O‘zbek ilmiy-metodik jurnali. 2022-yil, 1-son. B. (17- 25).

https://doicode.ru/doifile/regdoi/2022/06/doicode-2022.055.pdf

.

7.

Jamoldinova O., Egamberdieva T., Solixo‘jaeva D. Oliy ta’lim tizimida gender yondashuv:

bugun va kelajak tamoyillari. Uslubiy qo‘llanma – Toshkent, 2022. – (20-bet, 79 b)

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов