THE CONCEPT OF GENDER EQUALITY IN HIGHER EDUCATION

HAC
Google Scholar
To share
Xaydarova, S. (2024). THE CONCEPT OF GENDER EQUALITY IN HIGHER EDUCATION. Modern Science and Research, 3(1). Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/28823
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article analyzes the introduction of the concept of gender into science, gender equality, gender issues in social life in the Republic of Uzbekistan, and the political and social situation of gender equality relations worldwide. Also, the specific aspects of the implementation of the gender approach to the higher education system, the creation of equal rights and opportunities for women and men in higher education are interpreted from a scientific point of view.


background image


583

OLIY TA’LIMDA GENDER TENGLIGI TUSHUNCHASI

Xaydarova Sayyora Chinaliyevna

Guliston davlat universiteti

Pedagogika fakulteti o‘qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.10611510

Anontatsiya.

Mazkur maqolada gender tushunchasing fanga kirib kelishi, gender tenglik,

Oʻzbekiston Respublikasida ijtimoiy hayotda gender masalalari, dunyo miqyosida gender tenglik

munosabatlarining siyosiy-ijtimoiy holati tahlil qilingan. Shuningdek, oliy ta’lim tizimiga gender

yondashuvni tatbiq etishning o‘ziga xos jihatlari, oliy ta’lim olishida xotin-qizlar va erkaklar

uchun teng huquq hamda imkoniyatlar yaratilishi masalalari ilmiy nuqtai nazardan talqin etilgan.

Kalit so‘zlar:

gender tenglik, gender yondashuv, huquq, imkoniyat, kafolat, xotin-qizlar,

erkaklar, oliy ta’lim,talaba, tarbiya, maslahat kengashi, samarali mexanizm.

THE CONCEPT OF GENDER EQUALITY IN HIGHER EDUCATION

Abstract.

This article analyzes the introduction of the concept of gender into science,

gender equality, gender issues in social life in the Republic of Uzbekistan, and the political and

social situation of gender equality relations worldwide. Also, the specific aspects of the

implementation of the gender approach to the higher education system, the creation of equal rights

and opportunities for women and men in higher education are interpreted from a scientific point

of view.

Key words:

gender equality, gender approach, right, opportunity, guarantee, women, men,

higher education, student, education, advisory council, effective mechanism.

КОНЦЕПЦИЯ ГЕНДЕРНОГО РАВЕНСТВА В ВЫСШЕМ ОБРАЗОВАНИИ

Аннотация.

В данной статье анализируется внедрение понятия гендера в науку,

гендерное равенство, гендерные проблемы в общественной жизни в Республике

Узбекистан, а также политическая и социальная ситуация отношений гендерного

равенства во всем мире. Также с научной точки зрения интерпретируются конкретные

аспекты реализации гендерного подхода в системе высшего образования, создания равных

прав и возможностей для женщин и мужчин в сфере высшего образования.

Ключевые слова:

гендерное равенство, гендерный подход, право, возможность,

гарантия, женщины, мужчины, высшее образование, студент, образование,

консультативный совет, эффективный механизм.


background image


584

Oʻzbekiston gender tengligi koʻrsatkichi roʻyxatida 2019-yildan boshlab qatnashishni

boshladi. 2019-yil holati boʻyicha Oʻzbekistonning gender tengligi koʻrsatkichi roʻyxatdagi 189

mamlakat ichida 62-oʻrinni egalladi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Aholishunoslik

jamgʻarmasi (UNFPA) ekspertlarining fikriga koʻra, Oʻzbekistondagi har 100 000 dan 29 ayol

gender tengsizlik tufayli vafot etishi va 15-19 yoshdagi har ming oʻspirin qiz uchun tugʻish

koʻrsatkichi 23,8 ni tashkil qiladi. Gender tengligi koʻrsatkichi roʻyxati boʻyicha 62-oʻrinda

Oʻzbekiston bilan bir qatorda Kosta-Rika va Urugvay ham 0,288 koʻrsatkichi bilan qayd etilgan.

Oʻrta Osiyo davlatlari oʻrtasida Qozogʻiston 44-chi, Qirgʻiziston 82-chi, Tojikiston 70-chi

oʻrinlarni egallashgan, Turkmanistonda esa bu roʻyxatda hech qanday maʼlumot koʻrsatilmagan

Oʻzbekistonda 2019-yil 2-sentabrda 562-sonli Oʻzbekiston Respublikasi „Xotin-qizlar va

erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari toʻgʻrisida“gi Qonuni qabul

qilingan. Oʻzbekistonda Gender tenglik boʻyicha Komissiya 2019-yildan boshlab ish yuritib

keladi. Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbaeva Oʻzbekiston Respublikasi Gender tenglikni

taʼminlash masalalari boʻyicha komissiyasining raisi hisoblanadi.

Barcha madaniy-ijtimoiy hodisalar kabi gender ham vaqt bilan bog‘liq holda jarayonli

o‘zgaruvchan xarakterga ega. Gumanitar fanlar uchun gender umumiy ilmiy kategoriya sifatida

xizmat qiladi. Shuning uchun ham gender yondashuv prinsiplari barcha gumanitar sohalar kabi

pedagogikada ham birday qo‘llaniladi. Biroq gender prinsiplari pedagogikaning o‘ziga xos

jihatlari va metodlari bilan bog‘liq holda amal qiladi. Shuning uchun ham erkak va ayollar

orasidagi o‘zaro o‘xshashliklar va farqli jihatlar gender tadqiqotlarning asosiy predmeti

hisoblanadi. Bu tasavvurlar maskulinlik va feministik nazariyada o‘z ifodasini topgan.

Tadqiqotchilar ushbu dalillarni ijtimoiy ong maxsuli sifatida baholaydilar. Shu nuqtai nazardan

yondashganda gender tadqiqotlar muayyan tasavvurlar hamda shaxslararo munosabatlarni

o‘rganadi. Muayyan shaklga mansublik hamda shaxsiy ekspressiv modelga xos stereotiplar,

shaxsning xulq-atvori va bahosi, muayyan jinsga mansublikni ifodalovchi konstruksiyalar

shaxsning genderga oid qarashlarini boyitish nuqtai nazaridan ahamiyatlidir. Muayyan jamiyatga

mansub bo‘lgan gender tiplar haqidagi tasavvurlar aniq tarixiy davr uchun xosdir. Gender

stereotiplar shaxsning yoshligidan boshlab, ijtimoiylashish jarayonida shakllanadi. Bunda

jamiyatda qaror topgan madaniy xulq-atvor me’yorlari, shaxslararo madaniy munosabatlar, urf-

odatlar va muhit alohida ta’sir ko‘rsatadi. Ijtimoiylashish mahsuli sifatida alohida ijtimoiy rollarni

o‘zlashtirish ko‘nikmalari namoyon bo‘ladi. Turli bosqichlarda ijtimoiylashish omili sifatida

kiyimlar, so‘z vositasida amalga oshirilgan murojaatlar, otaonalarning talablari, o‘yinchoqlar, xalq


background image


585

og‘zaki ijodi va yozma badiiy adabiyot namunalari, radio, televideniya, kino, maktab ta’limi,

tengdoshlari va sinfdoshlarining fikrlari, ijtimoiy tarmoqlardagi axborotlarni ko‘rsatish mumkin.

Xovsted [4]ning ta’kidlashicha, gender rollardagi farqlar turli madaniyatlarda gender

rollarning farqlanishi orqali namoyon bo‘lib, ular muayyan madaniyatdagi maskulistik va

feministik darajalar orqali ifodalanadi. Maskulistik madaniyatdagi shaxslar yutuqlarga

erishishning yuqori motivasiyasiga ega bo‘ladilar. Ular hayot mazmunini ko‘plab ishlarni bajarish,

doim band bo‘lishda ko‘radilar. Feministik madaniyatga mansub shaxslar esa, oilaviy hayot bilan

ko‘proq band bo‘lib, o‘zlari bajaradigan rollarda tenglikka erishishni istaydilar. Buni Daniya,

Finlyandiya, Norvegiya, Shvesiya kabi davlatlarning fuqarolari misolida ko‘rish mumkin.

O‘zbekiston Respublikasida gender yondashuv asosida uzluksiz ta’lim muassasalarida

o‘qitish sifatini oshirish, xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini rivojlantirish, kasbiy ta’limda gender

masalalari kabi yo‘nalishlarda tadqiqotlar (O.Musurmonova, N.Egamberdieva, R.Samarov,

U.Temirova va boshqalar) amalga oshirilgan. Mazkur tadqiqotlarda xotin-qizlarning ijtimoiy

faolligini oshirish masalalari geder yondashuv orqali tahlil etilgan, pedagogik ta’limda gender

yondashuv masalalari o‘rganilgan. Olimlarning fikricha, o‘qituvchilarni tayyorlashda gender

jihatlarni ishlab chiqish jarayoni va amalga oshirish tamoyillari ularni pirovard natijaga olib

keluvchi asosiy bosqich hisoblanadi.

Ta’lim olish orqali jamiyatda madaniy, siyosiy, etnik, diniy va gender xilma-xilliklarga

bag‘rikenglik g‘oyalari shakllanadi. Ko‘pincha ta’limdagi gender tengligi to‘g‘risidagi bahslar

gender prioritetni muhokama qilish bilan cheklanib qolinadi: masalan, agar yigit va qizlarga oliy

ma’lumot olishi uchun o‘qishga kirish imkoni berilgan bo‘lsa, demak ta’limdagi gender tenglik

ta’minlandi deb hisoblanadi. Biroq, ta’limda gender tengligini ta’minlash – bu gender prioritetni

ta’minlashdan ham kengroq bo‘lgan konsepsiyadir.

Ta’limdagi gender tengligini tahlil qilishda turli xil o‘lchovlarni ajratib olish mumkin.

YUNESKO gender tengligiga erishish bo‘yicha quyidagi Doiraviy dasturni qo‘llashni tavsiya

qiladi (Gender Equality Framework):

• ta’lim olishda tenglik deganda yigit va qizlarga rasmiy va norasmiy ta’limga kirish uchun

teng imkoniyatlar yaratish tushuniladi;

• o‘quv jarayonidagi tenglik yigit va qizlar o‘quv jarayonida adolatli baho va e’tibor olishi,

ya’ni ular o‘g‘il va qiz bolalarni o‘qitishning turli xil usullari bilan bog‘liq bo‘lgan maqbul

kelishmovchiliklarni inobatga olib tuzilgan bir xil o‘quv dasturlari orqali shug‘ullanishini nazarda

tutadi;


background image


586

• ta’lim natijalaridagi tenglik yigit va qizlarning ta’lim natijalaridagi baholari ularning

individual iste’dodi va say-harakatlariga asoslanadi deganidir. Muvaffaqiyatga erishishning

adolatli imkoniyatlarini ta’minlash uchun ta’lim muddati, akademik malaka va diplomlari jinsiy

mansublikka qarab farqlanishi mumkin emas;

• tashqi natijalardagi tenglik bu ayol va erkakning maqomi ularning tovar va resurslarni

qo‘lga kiritishda, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va siyosiy faoliyatda ishtirok etish va foyda olishda

o‘z hissasini qo‘shishdagi qobiliyati tengligidir.

Hozirgi kunda xalqaro tajribada oliy ta’lim tizimida genderga oid ta’lim berishning ikki xil

yondoshuvi qo‘llanilmoqda: “Gender tizimi” tushunchasi turli tarkibiy qismlardan tashkil topgan

bo‘lib, turli mualliflar tomonidan har xil izohlanadi. Gender tizimi jinslararo munosabatlar

birligidir. Gender tizimi ommaviy va norasmiy sohalarning gender o‘lchovini taqozo etgani,

gender ierarxiyasi boshqa ijtimoiy ierarxiyalar tizimlari bilan solishtirish tufayli bu turdagi tahlilda

gender texnologiyalarini amalga oshiruvchi ijtimoiy institutlar rolini o‘rganishga katta e’tibor

qaratilmoqda. Gender munosabatlarining hukmronlik ma’nolari ko‘p jihatdan ana shunday

yondashuv rivojlanishi jarayonida namoyon bo‘ldi.

Zamonaviy sharoitda oliy ta’lim tizimida talaba-qizlarning jamiyatdagi siyosiy-ijtimoiy

ishtiroki dinamikasi, ilmiy salohiyatni egallashdagi faoliyati, mehnat bozorida bandlik darajasi,

nikoh munosabatlarida qadriyatli yondashuvlar haqidagi faoliyati tarixiy davrlar nazariyalari

bo‘yicha tavsiflanadi. Gender yondashuv va shaxsga qadriyatli yondashuv asosida talaba

qizlarning ijtimoiy faolligini rivojlantirish bugungi kunda ta’lim sohasi hamda yoshlar ma’naviy

saviyasini oshirishga xizmat qiladi.

Shunday ekan, ta’limda gender tenglikni amalga oshirish harakati o‘qituvchidan boshlanib,

uning kasbga tayyorlash bosqichidan, to uzluksiz malaka oshirish bosqichigacha, butun faoliyatini

qamrab olishi kerak. Shu bois, oliy ta’lim muassasalarida talabalarning kasbiy bilim va

ko‘nikmalardan tashqari, ularga muhim hayotiy ko‘nikmalarni, shu jumladan tahliliy va tanqidiy

fikrlash qobiliyatlarini, muammolarni hal qilish, moslashuvchanlik, shaxslararo muloqot

ko‘nikmalarini rivojlantirish, shuningdek mustaqil va hamkorlikda ishlashga o‘rgatish gender

kompetentlikni shakllantirish juda muhim hisoblanadi. Buning uchun oliy ta’lim tizimiga gender

yondashuvni tatbiq etish va uni boshqarishning samarali mexanizmlarini ishlab chiqish talab

etiladi.


background image


587

REFERENCES

1.

O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda

imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi qonuni. – 2019 yil 2 sentyabrю

https://lex.uz/docs/-

4494849 Xotin-qizlar teng huquq kafolatlari toʻgʻrisidagi OʻRQ-562 02.09.2019

2.

O.Jamoldinova, M.Mirsolieva, K.Risqulova. Pedagogik ta’limda gender yondashuvi

masalalari// Maktabgacha ta’limda davlat va nodavlat sektorni rivojlantirish: yangi shakllari

va ta’lim mazmuni mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari to‘plami. –

Toshkent, 2020. –B.( 99-10-bet, 189 b)

3.

Narbaeva T. O‘zbekistonda xotin-qizlarini ijtimoiy himoya qilishning innovatsion modeli.

Monografiya- T., 2020.

4.

4. Egamberdieva T.A., Siddiqov I.B. O‘zbekistonda davlat boshqaruvi tizimida xotin-qizlar

ishtirokining zamonaviy omillari.O‘quv uslubiy qo‘llanma- F:, 2021

5.

Gender tenglik boʻyicha butunjahon statistikasi.

6.

Gender tengligi koʻrsatkichi roʻyxati (PDF).

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов