THE ESSENCE OF THE EDUCATIONAL PROCESS IN PEDAGOGY

HAC
Google Scholar
To share
Karimova, S. ., & Habibullayeva, S. (2024). THE ESSENCE OF THE EDUCATIONAL PROCESS IN PEDAGOGY. Modern Science and Research, 3(1), 40–44. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/28920
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

We know that primary school serves as a foundation for the future of the young generation. Didactic games are extremely important in explaining new topics to primary school students. That is why this article talks about the importance of the educational process in primary classes.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

40

PEDAGOGIKADA TARBIYA JARAYONINING MOHIYATI

Karimova Sevara Shaxriddin qizi

Guliston davlat universiteti doktoranti

Habibullayeva Shoira Farhod qizi

Guliston davlat universiteti talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.10627992

Annotatsiya. Bilamizki, boshlang‘ich sinf yosh avlodning kelajagi uchun poydevor

vazifasini o‘taydi. Boshlang‘ich maktab o‘quvchilariga yangi mavzularni tushuntirishda didaktik
o‘yinlarning ahamiyati nihoyatda katta. Shuning uchun ham mazkur maqolada boshlang‘ich
sinflarda tarbiya jarayonining ahamiyati haqida so‘z yuritiladi.

Kalit so‘zlar: boshlang‘ich sinf, didaktik, o‘yin, tarbiya metodlari, tarbiya metodlarining

turlari, tarbiyada ragʻbatlantirish va jazolash metodlari, faoliyat, masala.

THE ESSENCE OF THE EDUCATIONAL PROCESS IN PEDAGOGY

Abstract. We know that primary school serves as a foundation for the future of the young

generation. Didactic games are extremely important in explaining new topics to primary school
students. That is why this article talks about the importance of the educational process in primary
classes.

Key words: elementary school, didactic, game, education methods, types of education

methods, methods of encouragement and punishment in education, activity, issue.

СУЩНОСТЬ ОБРАЗОВАТЕЛЬНОГО ПРОЦЕССА В ПЕДАГОГИКЕ

Аннотация. Мы знаем, что начальная школа служит фундаментом будущего

молодого поколения. Дидактические игры чрезвычайно важны при объяснении новых тем
учащимся начальных классов. Именно поэтому в данной статье говорится о важности
образовательного процесса в начальных классах.

Ключевые слова: начальная школа, дидактика, игра, методы обучения, виды

методов обучения, методы поощрения и наказания в воспитании, деятельность, вопрос.

Zamonaviy pedagogikada ba’zilari amaliy vazifalarni hal etishga, ba’zilari faqat nazariy

vazifalarni o‘zida aks ettiradigan o‘nlab tarbiya tasniflari mavjud. Metodlar o‘ziga xos xarakteriga
ko‘ra ishontirish, mashq, rag‘batlantirish va tanbeh berishga bo‘linadi.

Tarbiya, mazmun, shakl kategoriyalari tarbiya jarayonining mohiyati (u nimaga qaratilgan,

nimani to‘ldiradi, nimaga yo‘naltirilgan, qanday shaklda tugallanadi)ni ochib beradi. Biroq,
tarbiya mohiyatini yoritishda qanday qilib tarbiyalash savoli bilan aloqador yana bir muhim
kategoriya ham mavjud. Bu tarbiya metodi tushunchasidir.

Tarbiya metodi (yunoncha «metodos» – yo‘l)

tarbiya maqsadiga erishishning yo‘li. Maktab

amaliyotiga tatbiq etilganda, metodlar – bu tarbiyalanuvchilarning ongi, irodasi, tuyg‘ulari va
xulqiga ta’sir etish usullaridir.Tarbiyaning mutlaqo yangi metodlarini yaratishga bironta
tarbiyachining kuchi etmaydi. Metodlarni takomillashtirish muammosi doimo mavjud, har bir
tarbiyachi o‘zining imkoniyatiga ko‘ra uni hal qiladi, tarbiya jarayonining aniq shart-sharoitlariga
mos ravishda o‘zining xususiy qarashlarini ifoda etish asosida umumiy metodikani boyitadi.

Tarbiya metodlarini bunday xususiy takomillashtirish tarbiya usullari deb ataladi. Tarbiya

usullari umumiy metodning bir qismi, alohida harakati, yanada aniqlashuvi. Obrazli aytganda,


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

41

usullar bu qo‘yilgan maqsadga tezroq erishish uchun tarbiyachi o‘zining tarbiyalanuvchilari bilan
yo‘l ochadigan o‘rganilmagan so‘qmoq. Agar uni boshqa tarbiyachilar ham foydalana boshlasa, u
holda asta-sekin usullar keng ustunli yo‘llar metodlarga aylanishi mumkin. Tarbiya metod va
usullarini bilish, ularni to‘g‘ri qo‘llay olishni egallash bu pedagogik mahorat darajasini belgilovchi
muhim tavsiflardan biri. Tarbiya metod va usullarining aloqadorligi ana shunda. Amaliyotda
tarbiya vositalari tushunchasi ham ajratiladi.

Usullar deganda ta’sir ko‘rsatishlar birligi, vosita deganda, usullar yig‘indisi tushuniladi.
Vosita bu usul ham emas, metod ham emas.
Masalan, mehnat tarbiya vositasi, biroq uni ko‘rsatib berish, mehnatni baholash, ishdagi

xatoni ko‘rsatish bu usullar. So‘z (keng ma’noda) tarbiya vositasi, biroq replika taqkoslash usullar.

Bu bilan bog‘liqlikda ba’zan tarbiya metodlari qo‘yilgan maqsadni muvafaqqiyatli amalga

oshirish uchun foydalaniladigan usul va vositalar tizimi sifatida aniqlanadi. Xuddi shuningdek
metodning tuzilishida usullar va vosita albatta mavjud bo‘ladi.

Tarbiya metodlarining maqsadi va mazmuni Metodning ijobiy va salbiysi bo‘lmaydi,

tarbiya jarayonida ma’lum yo‘lni yuqori darajadagi samarali va samarasiz deya baholash mumkin
emas. Metodning samaradorligini u qo‘llanilayotgan sharoit nuqtai nazaridan baholash mumkin.

Tarbiya metodlarini maqsadga muvofiq tanlash bir qator omillarga bog‘liq.

1. Tarbiyaning maqsad va vazifalari

. Maqsad nafaqat metodlarni oqlaydi, balki ularni

aniqlab beradi. Maqsad qanday bo‘lsa, unga erishish metodlari unga muvofiq bo‘lishi zarur.

2. Tarbiya mazmuni

. Unutmaslik kerakki, aynan bitta vazifa turli xil fikrlar bilan

to‘ldirilgan bo‘lishi mumkin. SHuning uchun metodlarni umuman mazmun bilan emas, balki aniq
fikr bilan bog‘lash g‘oyat muhimdir.

3.Tarbiyalanuvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olish

. U yoki shunga o‘xshash

vazifalar tarbiyalanuvchilarning yoshi bilan bog‘liqlikda hal qilinadi. Yosh bu oddiygina qancha
yashaganligi son ko‘rsatkichi emas. Unda egallangan ijtimoiy tajriba, psixologik va ahloqiy
sifatlarning rivojlanganlik darajasi o‘z aksini topadi. Aytaylik, mas’uliyat tuyg‘usini boshlang‘ich
ta’lim, o‘rta ta’lim va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida ta’lim olayotgan
o‘quvchilarda ham shakllantirish mumkin. Biroq har bir bosqichda mazkur sifatni shakllantirish
borasida turli metodlar qo‘llaniladi.

4.Jamoaning shakllanganlik darajasi

. O‘zini o‘zi boshqarishning jamoa shaklining

rivojlanishi bilan bog‘liqlikda pedagogik ta’sir ko‘rsatish metodlari ham o‘zgarmasdan qolmaydi.

Bizga ma’lumki boshqaruvning moslashuvchanligi tarbiyachining tarbiyalanuvchilar bilan

muvafaqqiyatli hamkorligining zaruriy sharti.

5. Tarbiyalanuvchilarning individual o‘ziga xosliklari

. Umumiy metodlar, umumiy

dasturlarning o‘zi tarbiyaviy o‘zaro ta’sir etishning asosi bo‘la olmaydi. Ularni indivudual va
shaxsiy tuzatish zarur. Insonparvar pedagog har bir shaxs o‘ziga xosligini rivojlanishiga, o‘ziga
xosligini saqlashga, o‘zining «Men»ini amalga oshirishiga imkon beradigan metodlarni qo‘llashga
harakat qiladi.

6. Tarbiyaviy shart-sharoitlar

. Unga moddiy, psixofiziologik, sanitar-gigienikdan tashqari

sinfda yuzaga keladigan munosabatlar: jamoadagi iqlim, pedagogik rahbarlik usuli va boshqalar
tegishlidir. Ma’lumki, mavhum shart-sharoitlar bo‘lmaydi, ular hamisha aniq. Ularni birlashuvi
aniq holatlarda ko‘rinadi. Tarbiya amalag oshadigan sharoit pedagogik vaziyatlar nomini oldi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

42

7. Tarbiya vositalari

. Tarbiya metodlari tarbiya jarayonining tarkibiy qismlari sifatida

yuzaga chiqadigan tarbiya vositalaridan tashkil topadi. Metodlar ular bilan mustahkam bog‘langan
va birgalikda qullaniladigan boshqa tarbiya vositalari ham mavjud. Masalan, metodlarni samarali
qo‘llanilishi uchun zaruriy yordam beruvchi ko‘rgazmali qo‘llanmalar, tasviriy san’at asarlari va
musiqa san’ati, ommaviy axborot vositalari.

8. Pedagogik malakani egallaganlik darajasi

. Tarbiyachi odatda faqat o‘zi biladigan va

qo‘llashni egallagan metodlarni tanlab oladi. Ko‘plab metodlar murakkab bo‘lganligi bois,
o‘kituvchida ko‘p kuch ishlatishni talab etadi. Bunday mas’uliyatdan bo‘yin tovlaydigan
pedagoglar ularsiz faoliyatni tashkil etishga harakat qiladi. Natijada turli obrazli, xilma-xil
maqsad, vazifa, sharoitlardan kelib chiqib metodlardan foydalanishga qaraganda samarasi past
bo‘ladi.

9. Tarbiya vaqti

. Qachonki, vaqt kam , maqsad esa katta bo‘lsa, «kuchli harakatlantiruvchi»

metodlar qo‘llaniladi, qulay sharoitlarda esa, tarbiyaning «ayaydigan» metodlaridan foydalaniladi.

Tarbiyani «kuchli harakatlantiruvchi» va «ayaydigan» metodlarga bo‘linishi shartli:

birinchisi tanbeh berish va majbur qilish bilan, ikkinchisi nasihat qilish va doimiy o‘rgatish bilan
bog‘liq.

10. Kutiladigan natija

. Metodni tanlayotganda, tarbiyachida muvafaqqiyatga erishishiga

ishonch bo‘lishi kerak. Buning uchun qo‘llanilayotgan metod qanday natijaga olib kelishini
oldindan ko‘ra bilish kerak.

Mazkur holatda metodning umumiy xarakterli belgisi uo‘zida yo‘nalganlikni, o‘ziga

xoslikni, qo‘llanishga yaroqlilikni aks ettiradi. Bu tasnifga metodlarning ko‘proq umumlashganligi
bilan ajralib turuvchi tarbiyaning umumiy metodlari mustahkam tutashib ketadi. U o‘zida
ishontirsh, faoliyatni tashkil etish, o‘quvchilarning xulq-atvorini rag‘batlantirish metodlarini
qamrab oladi. I.S. Marenkoning tasnifida tarbiya metodlari guruhlar quyidagicha nomlanadi:
tushuntirshli-reproduktiv, muammoli vaziyatli, o‘rgatish va mashq metodlari, rag‘batlantirish,
to‘sqinlik qiluvchi, boshqarish, o‘zini-o‘zi tarbiyalash.Tarbiyalanuvchilarga ta’sir etishi
natijalariga ko‘ra metodlarni ikki guruhga bo‘lish mumkin:

1. Axloqiy me’yorlar, motivlarni hosil qilishga, tasavvur, tushuncha, g‘oyalarni

shakllantirishga ta’sir etuvchi.

2. Xulq-atvorning u yoki bu turini aniqlaydigan odatlarni hosil qilishga ta’sir etuvchi.
Metodlar tarbiyaning maqsad va mazmuniga bogʻliq boʻladi. Tarbiya metodlari barkamol

shaxs fazilatlarini tarkib toptirishga qaratilgan boʻladi. Shuning uchun tarbiyalanuvchilarning
rivojlanganlik darajasini hisobga olish tarbiya metodlaridan samarali foydalanishning muhim
shartlari hisoblanadi. Oʻquvchilar u yoki bu tarbiyaviy ta’sirga turlicha munosabatda boʻladi. Bu
ularning alohida xususiyatlariga, tarbiyalanganlik darajasiga, tarbiya metodlarining qay darajada
oʻrinli va samarali tanlanganligiga hamda mohirona qoʻllanganiga bogʻliq.

Tarbiya metodlarini toʻgʻri tanlash tarbiya vazifalarini ijobiy hal qilishda oʻquvchilarning

oʻz-oʻzini tarbiyalash faolligini oshirishga yordam beradi. Masalan, oʻqituvchi birinchi sinf
oʻquvchilari bilan ishlash jarayonida oʻquvchilarni ular uchun yangi boʻlgan mehnat faoliyatini
oʻrgatishda oʻquvchilarning xulq-atvor qoidalarini, ularda kun tartibi aniq boʻlishi muhimligini,
ularga oʻquvchilarning qat’iy tartibga amal qilishi zarurligini tushuntirish metodidan foydalanadi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

43

Tushuntirish bilan bir qatorda sinfga toʻgʻri kirib kelishga, ularni oʻqituvchi va oʻquvchilar

bilan salomlashishga, tartib-intizomni saqlashga mashq qildirib boradi. Shuning bilan birgalikda
birinchi sinf oʻquvchilarini yuqoridagi jarayonlarga dars vaqtida odatlantirib boradi. Bu jarayonda
ularning amalga oshirgan ijobiy ishlari, oʻquv ishi natijalari ragʻbatlantirib borishni taqozo etadi.

Koʻrinib turibdiki, oʻqituvchi oʻquvchilar bilan tarbiya jarayonini olib borganda turli xil usul

va metodlarni qoʻllaydi. Tarbiya metodlarining xilma-xilligi ularni turlarga ajratish, tasnif qilish
zarurligini koʻrsatadi. Shuning uchun ularning alohida xususiyatlarini hisobga olib guruhlarga
ajratish mumkin. Tarbiyaviy natijalarga erishishni istagan har bir oʻqituvchi (tarbiyachi) tarbiya
metodlari va ularning mohiyatini puxta oʻzlashtirib olish maqsadga muvofiqdir.

Birinchi guruh metodlarining vazifasi

oʻquvchining ijtimoiy ongiga hayot, axloq, mehnat

qilish munosabatlari qoida va me’yorlari haqida tushuncha hosil qilish va bilim berishdan iborat.

Tarbiya jarayonida ushbu qoida va me’yorlar shaxsning e’tiqodi, ishonchi va hayotiy

qarashlariga aylanadi. Ushbu guruhga ma’naviy, axloqiy, estetik, mafkuraviy, huquqiy, jismoniy,
ekologik, iqtisodiy va h.k. mazmundagi suhbatlar hamda namuna koʻrsatish metodlarini kiritish
mumkin. Ikkinchi guruh metodlari yordamida oʻquvchida ma’naviy mazmunga oid odatlar hosil
qiladi. Oʻquvchi xulqida ijtimoiy tarbiyaning mazmuniga muvofiq ma’naviy odatlar asosida,
faoliyat zaminida tarkib topadi. Faoliyat oʻquvchilarning ijtimoiy munosabat va ijtimoiy xulq-atvor
tajribasi bilan boyituvchi muhim manba boʻlib hisoblanadi.

Ikkinchi guruh metodlari

orasida pedagogik talab metodi ahamiyatlidir. Pedagogik talab turli

vazifalarni bajarilishi, ya’ni ijtimoiy xulq-atvor me’yorini ifodalash, u yoki bu faoliyatda qatnashib
bajarilishi zarur boʻlgan aniq bir vazifani amalga oshirish, u yoki bu harakatni olib borishga
undovchi boʻlishi mumkin.

Talablar bevosita yoki bilvosita qoʻyilishi mumkin. Bevosita talablar qat’iy buyruq yoki

koʻrsatma, ishchanlik, yoʻl-yoʻriq beruvchi tavsifdagi koʻrinishda boʻladi. Bilvosita talablar
kechinma, intilish tuygʻusini uygʻotishi koʻzda tutilgan holda maslahat, iltimos, ta’na qilish,
faoliyatiga nisbatan qiziqish uygʻotish tarzida namoyon boʻladi. Talablar oʻquvchida u yoki bu
darajaja ong, asos, maqsad hamda e’tiqod mavjudligini nazarda tutadi. Ayni vaqtda oʻqituvchi
oʻquvchilarga nisbatan qoʻyiladigan talablarning me’yorida boʻlishiga qat’iy ahamiyat berishi
lozim. Foydali faoliyat va maxsus tashkil qilinadigan vazifalar jarayonida ijobiy xulq-atvor va
xarakterlarga oʻrgatib boriladi. Oʻrgatish bu ijtimoiy xulq-atvorni odatiy shakliga aylantirish
maqsadida oʻquvchilar tomonidan rejali va tizimli tarzda tashkil etiladigan turli harakatlar, tashkil
etiladigan amaliy ishlarga undovchi faoliyatdir. Oʻrgatish oʻquvchilarni tarbiyalash va
rivojlantirishning barcha bosqichlarida samarali vosita sanaladi. Faoliyatda mashqlar mehnat,
ijtimoiy faoliyat, jamoa faoliyati hamda oʻzaro munosabat odatlarini tarbiyalashga qaratilganligidir.

Mashq qilish oʻrgatish bilan yaqin aloqada boʻladi. Agar oʻrgatib borish negizida bolaning

faoliyat jarayonini egallashi yotsa, u holda mashq qilish faoliyati shaxs uchun alohida ahamiyat kasb
etadi. Mashqlantirish oʻrgatib borishga suyangan holda koʻp bora takrorlashni, mustahkamlashni va
takomillashtirib borishni nazorat qiladi, bular esa bora-bora ijtimoiy xulq-atvorning asosi boʻlib
qoladi.



background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

44

REFERENCES

1.

Shahriddinоvna, K. S. (2023). Didactic Features Of Development Of Nature Perception
Skills Of Primary School Students. Eurasian Journal of Learning and Academic
Teaching, 19, 183-187.

2.

Shahriddinovna, K. S. (2023). INTRODUCING CHILDREN OF PRIMARY SCHOOL
AGE WITH THE WORLD. American Journal of Applied Science and Technology, 3(06),
09-14.

3.

Shahriddinоvna K. S. Didactic Features Of Development Of Nature Perception Skills Of
Primary School Students //Eurasian Journal of Learning and Academic Teaching. – 2023. –
Т. 19. – С. 183-187.

4.

Shahriddinovna K. S. INTRODUCING CHILDREN OF PRIMARY SCHOOL AGE WITH
THE WORLD //American Journal of Applied Science and Technology. – 2023. – Т. 3. – №.
06. – С. 09-14.

5.

Karimova, S. (2022). THE ROLE AND IMPORTANCE OF" NATURAL SCIENCES" IN
THE DEVELOPMENT OF UNDERSTANDING OF NATURE IN GENERAL
SECONDARY SCHOOLS. Science and innovation, 1(B6), 214-218.

6.

Karimova S. THE ROLE AND IMPORTANCE OF" NATURAL SCIENCES" IN THE
DEVELOPMENT OF UNDERSTANDING OF NATURE IN GENERAL SECONDARY
SCHOOLS //Science and innovation. – 2022. – Т. 1. – №. B6. – С. 214-218.

7.

Karimova S. CHARACTERISTICS OF NATURAL TEACHING METHODOLOGНY
//Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. – 2021. – Т. 1. –
№. 11. – С. 737-740.

8.

Karimova, S., & Ashurova, M. (2023). TYPES OF EDUCATION. Modern Science and
Research, 2(8),

161–163.

Retrieved

from

https://inlibrary.uz/index.php/science-

research/article/view/22537

9.

Mamatova, X., Karimova, S., & Turgʻunboyeva, M. (2023). EDUCATION IS
UPBRINGING, KNOWLEDGE IS SALVATION. Modern Science and Research, 2(8),
164–166. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/22538

10.

Mamatova. H., Karimova, S., & Mamayusupova, . Z. (2023). PEDAGOGICAL ANALYSIS
IN THE WORKS OF ALISHER NAVOI. Modern Science and Research,2(9), 5–8.
Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/23865

11.

Karimova Sevara Shaxriddin Qizi. (2023). FORMATION OF NATURE AWARENESS
SKILLS OF PRIMARY SCHOOL STUDENTS. International Scientific and Current
Research

Conferences, 1(01),

43–45.

Retrieved

from

https://www.orientalpublication.com/index.php/iscrc/article/view/1105

12.

Qizi K. S. S. FORMATION OF NATURE AWARENESS SKILLS OF PRIMARY
SCHOOL STUDENTS //International Scientific and Current Research Conferences. – 2023.
– С. 43-45.

13.

Karimova Sevara “Didactic Features Of Development Of Nature Perception Skills Of
Primary School Students”In volume 19, of Eurasian Journal of Learning and Academic
Teaching (EJLAT) April 2023.

References

Shahriddinоvna, K. S. (2023). Didactic Features Of Development Of Nature Perception Skills Of Primary School Students. Eurasian Journal of Learning and Academic Teaching, 19, 183-187.

Shahriddinovna, K. S. (2023). INTRODUCING CHILDREN OF PRIMARY SCHOOL AGE WITH THE WORLD. American Journal of Applied Science and Technology, 3(06), 09-14.

Shahriddinоvna K. S. Didactic Features Of Development Of Nature Perception Skills Of Primary School Students //Eurasian Journal of Learning and Academic Teaching. – 2023. – Т. 19. – С. 183-187.

Shahriddinovna K. S. INTRODUCING CHILDREN OF PRIMARY SCHOOL AGE WITH THE WORLD //American Journal of Applied Science and Technology. – 2023. – Т. 3. – №. 06. – С. 09-14.

Karimova, S. (2022). THE ROLE AND IMPORTANCE OF" NATURAL SCIENCES" IN THE DEVELOPMENT OF UNDERSTANDING OF NATURE IN GENERAL SECONDARY SCHOOLS. Science and innovation, 1(B6), 214-218.

Karimova S. THE ROLE AND IMPORTANCE OF" NATURAL SCIENCES" IN THE DEVELOPMENT OF UNDERSTANDING OF NATURE IN GENERAL SECONDARY SCHOOLS //Science and innovation. – 2022. – Т. 1. – №. B6. – С. 214-218.

Karimova S. CHARACTERISTICS OF NATURAL TEACHING METHODOLOGНY //Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. – 2021. – Т. 1. – №. 11. – С. 737-740.

Karimova, S., & Ashurova, M. (2023). TYPES OF EDUCATION. Modern Science and Research, 2(8), 161–163. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/22537

Mamatova, X., Karimova, S., & Turgʻunboyeva, M. (2023). EDUCATION IS UPBRINGING, KNOWLEDGE IS SALVATION. Modern Science and Research, 2(8), 164–166. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/22538

Mamatova. H., Karimova, S., & Mamayusupova, . Z. (2023). PEDAGOGICAL ANALYSIS IN THE WORKS OF ALISHER NAVOI. Modern Science and Research,2(9), 5–8. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/23865

Karimova Sevara Shaxriddin Qizi. (2023). FORMATION OF NATURE AWARENESS SKILLS OF PRIMARY SCHOOL STUDENTS. International Scientific and Current Research Conferences, 1(01), 43–45. Retrieved from https://www.orientalpublication.com/index.php/iscrc/article/view/1105

Qizi K. S. S. FORMATION OF NATURE AWARENESS SKILLS OF PRIMARY SCHOOL STUDENTS //International Scientific and Current Research Conferences. – 2023. – С. 43-45.

Karimova Sevara “Didactic Features Of Development Of Nature Perception Skills Of Primary School Students”In volume 19, of Eurasian Journal of Learning and Academic Teaching (EJLAT) April 2023.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов