ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
164
TAʼLIM-TARBIYA, BILIM-NAJOTDIR.
X.M.Mamatova
GulDPI "Pedagogika" kafedrasi v.b dotsenti(PhD)
Karimova Sevara
GulDU tayanch doktoranti
Turgʻunboyeva Muslima
Guliston Davlat Pedagogika Instituti Pedagogika yo‘nalishi
1-bosqich talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.8247506
Annotatsiya.
Bu maqolada bilim, taʼlim, tarbiya hozirgi kundagi axloq va koʻplab olimlar
fikrlari va hikmatli soʻzlaridan iborat.
Kalit soʻzlar:
taʼlim, tarbiya, bilim, din, axloq, maʼnaviyat.
EDUCATION IS UPBRINGING, KNOWLEDGE IS SALVATION.
Abstract.
In this article, knowledge, education, upbringing, morality and the thoughts and
words of wisdom of many scientists are included.
Key words:
education, training, knowledge, religion, ethics, spirituality.
ОБРАЗОВАНИЕ - ВОСПИТАНИЕ, ЗНАНИЕ – СПАСЕНИЕ.
Аннотация.
В этой статье собраны знания, образование, нравы сегодняшнего дня, а
также мысли и мудрые слова многих ученых.
Ключевые слова:
воспитание, воспитание, знание, религия, нравственность,
духовность.
"Najot -bilimda, najot -ta'limda, najot -tarbiyada ".
Sh.Mirziyoyev.
Najot -ta'limda, najot -tarbiyada, najot -bilimda. Nega aynan taʼlim, tarbiya, bilim? Bu 3 ta
soʻz bir-birini toʻldirib, mukammallashtirb turadi. Taʼlim boʻlmasa, tarbiya yuzaga kelmaydi.
Hazirgi zamonda insonni porloq kelajakka, yuksak ma'naviyatga olib chiquvchi yoʻl bu ilm-
fan va ta'limdir.
Barcha ezgu maqsadlarga bilim va tarbiya orqali erishiladi. Ilmli kishilar har qanday davrada
oʻzlarining oʻrinlariga ega boʻlishadi. Bu fikrimga isbot qilib Axmad Yugnakiyning quyidagi
hikmatini keltirmoqchiman.
Ilmli zotlar oʻtsa ham nomi ulugʻ,
Ilmsiz tiriklayin oʻlgan bir choʻlix.
Ilm olish inson zaruriyatlaridan biridir. Ilm inson hayotini oftob kabi yoritadi. Jaholat
yaralagan soʻqir koʻngil koʻzimizga malham boʻladigan ham ilmdir.
Yugnakiy bilimli va bilimsiz insonlarni taqqoslar ekan, bilimli-tillo dinorga, bilimsiz-johil
odam, xalq orasida doim xor-u zor boʻlishini aytadi.
Shu qatorda tarbiya haqida keltirgan hikmatli soʻzlar bu fikrlarimizga qoʻshimcha boʻladi.
Tarbiya ta'limdan ustun turadi.
Insonni tarbiya voyaga yetkazadi.
Spenser.
Chidan ham tarbiya taʼlimdan oldinroq bola tugʻilmasdanoq unga singdiriladi. Taʼlim
ustozlar va hayot koʻmagida orttiriladi.
ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
165
Yaxshi tarbiya koʻrgan odamning xislatlaridan biri shuki, bunday odam oʻz faoliyatida
boshqalardan bir qadam oldinga oʻtsa orqaga qaraydi, sheriklariga yordam qoʻlini uzatadi, safini
kengaytirib, yangi maqsad va gʻalabalarni koʻzlaydi. Ayrim insonlar kibrga berilib qilgan hamma
mehnatlarini oʻz qoʻli bilan barbod qiladi.
Tarbiya ikki xil usulda beriladi:
Birinchisi, tarbiyani oʻz hayot tajribalarini singdirish yoʻli bilan ota-onamiz beradi.
Ikkinchisi, yanada muhimrogʻi hayotning oʻzi bergan tarbiyasidir. Bizga eng katta tarbiya
beruvchi bu soʻzsiz hayotning oʻzidir.
Inson har doim intilishda, izlanishda va harakatda boʻlishi lozim. Zero, oʻzingiz orzu qilgan
inson boʻlishingiz uchun hech qachon kech boʻlmaydi.
Agar inson biron narsani oʻylab topa olsa, uni bajarishga ham qodir boʻladi. Shunday ekan
har doim yuksak marralarni koʻzlab yashamoq kerak.
Bizga berilgan eng buyuk neʼmat vaqtimizni bekorchi narsalarga sarflab yubormasligimiz
kerak.
Zero,"Eng zoʻr qobiliyatlar bekorchilik sabab soʻnadi"-deb taʼkidlaydi Mishel de Monten.
Qadimgi yunon faylasufi Aflotun ham quyidagi hikmatini keltirib oʻtadi "Butun umringiz
davomida ozungizga intiling va vaqtingizni behuda sarflamang, chunki, havoga uchgan vaqt
sizdagi barcha yaxshi narsalarni tortib oladi"
Bizga in'om etilgan oltinga teng vaqtimizni toʻgʻri taqsimlab, ilm-maʼrifatga sarflashimiz
ham goʻzal tarbiyamizning namunasidir.
Bu maqoladan chiqaradigan xulosamiz shuki, inson har doim ilm-maʼrifatga intilib, hech
qachon taʼlim olishdan va oʻrganishdan qochmasliklari kerak. Zero, taʼlim, tarbiya, bilim-najotdir.
REFERENCES
1.
Nilufar Toʻymurodova ilmiy maqolasi."Sciense and Education"jurnali.
2.
Yulduz Jovliyeva ilmiy maqolasi."Central Asian academic "jurnali.
3.
Myxiddinovna M. H. METHODS OF TEACHING ENGLISH BASED ON CREATIVE
THINKING //Berlin Studies Transnational Journal of Science and Humanities. – 2021. – Т.
1. – №. 1.5 Pedagogical sciences.
4.
Mamatova K. THE POTENTIAL OF THE LEADER IN MANAGING THE
EDUCATIONAL INSTITUTIONS //Science and innovation. – 2023. – Т. 2. – №. B5. – С.
180-183.
5.
Mamatova K. M. Creative Techniques, Methods and Trends in English Language Teaching
//Eastern European Scientific Journal. – 2018. – №. 2.
6.
MAMATOVA K. CREATIVE APPROACH TO TEACHING ENGLISH AS A FOREIGN
LANGUAGE //O ‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI XABARLARI, 2019,[1/3]
ISSN 2181-7324.
7.
Shahriddinоvna, K. S. (2023). Didactic Features Of Development Of Nature Perception
Skills Of Primary School Students.
Eurasian Journal of Learning and Academic
Teaching
,
19
, 183-187.
8.
Shahriddinovna, K. S. (2023). INTRODUCING CHILDREN OF PRIMARY SCHOOL
AGE WITH THE WORLD.
American Journal of Applied Science and Technology
,
3
(06),
09-14.
ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
166
9.
Shahriddinоvna K. S. Didactic Features Of Development Of Nature Perception Skills Of
Primary School Students //Eurasian Journal of Learning and Academic Teaching. – 2023. –
Т. 19. – С. 183-187.
10.
Shahriddinovna K. S. INTRODUCING CHILDREN OF PRIMARY SCHOOL AGE WITH
THE WORLD //American Journal of Applied Science and Technology. – 2023. – Т. 3. – №.
06. – С. 09-14.
11.
Karimova, S. (2022). THE ROLE AND IMPORTANCE OF" NATURAL SCIENCES" IN
THE DEVELOPMENT OF UNDERSTANDING OF NATURE IN GENERAL
SECONDARY SCHOOLS.
Science and innovation
,
1
(B6), 214-218.
12.
Karimova S. THE ROLE AND IMPORTANCE OF" NATURAL SCIENCES" IN THE
DEVELOPMENT OF UNDERSTANDING OF NATURE IN GENERAL SECONDARY
SCHOOLS //Science and innovation. – 2022. – Т. 1. – №. B6. – С. 214-218.
13.
Karimova S. CHARACTERISTICS OF NATURAL TEACHING METHODOLOGНY
//Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. – 2021. – Т. 1. –
№. 11. – С. 737-740.