THE MAIN FACTORS OF THE ECONOMY OF NAVOY REGION

HAC
Google Scholar
To share
Boʻriyev, I. . (2024). THE MAIN FACTORS OF THE ECONOMY OF NAVOY REGION. Modern Science and Research, 3(1), 191–195. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/28970
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

It is crucial to raise the economy of our country, to attract investments for the construction and reconstruction of new enterprises equipped with modern technologies and technologies. This first of all provides an opportunity to solve important social problems, such as increasing employment and income of the population. Therefore, the economic stimulation of enterprises actively attracting foreign investment and the creation of the necessary conditions is one of the pressing issues. This article cites information about investments, which are one of the main factors in the development of the economy of the Navoi region precisely today.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

191

NAVOIY VILOYATI IQTISODIYOTINING ASOSIY OMILLARI

Boʻriyev Ibrohim Salohiddin oʻgʻli

Navoiy viloyati, Navoiy innovatsiyalar universiteti mustaqil tadqiqotchisi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.10636857

Annotatsiya.

Mamlakatimiz iqtisodiyotini yuksaltirish, zamonaviy texnika va

texnologiyalar bilan jihozlangan yangi korxonalarni barpo etish va rekonstruktsiya qilish uchun
investitsiyalarni jalb qilish hal qiluvchi ahamiyatga ega. Bu avvalambor, aholi bandligi va
daromadlarini oshirish kabi muhim ijtimoiy muammolarni hal etish imkoniyatini beradi. Shu
boisdan ham xorijiy investitsiyalarni faol jalb etayotgan korxonalarni iqtisodiy rag’batlantirish
va zarur sharoitlarni yaratib berish dolzarb masalalardan hisoblanadi. Ushbu maqolada aynan
bugungi kunda Navoiy viloyati iqtisodiyotini rivojlantirishda asosiy omillardan biri bo’lgan
investitsiyalar haqida ma’lumotlar keltirib o’tildi.

Kalit so’zlar.

Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, Navoiy viloyati, iqtisodning asosiy omillari,

investitsiya, NKMK, sement zavodi, kimyo majmusi, tabiiy gaz, neft, rangli metall.

THE MAIN FACTORS OF THE ECONOMY OF NAVOY REGION

Abstract.

It is crucial to raise the economy of our country, to attract investments for the

construction and reconstruction of new enterprises equipped with modern technologies and
technologies. This first of all provides an opportunity to solve important social problems, such as
increasing employment and income of the population. Therefore, the economic stimulation of
enterprises actively attracting foreign investment and the creation of the necessary conditions is
one of the pressing issues. This article cites information about investments, which are one of the
main factors in the development of the economy of the Navoi region precisely today.

Keywords

. Socio-economic development, Navoi region, the main factors of the economy,

investment, NMMC, cement plant, chemical complex, natural gas, oil, non-ferrous metal.

ОСНОВНЫЕ ФАКТОРЫ ЭКОНОМИКИ НАВОЙСКОЙ ОБЛАСТИ

Аннотация.

Крайне важно привлекать инвестиции для улучшения экономики нашей

страны, строительства и реконструкции новых предприятий, оснащенных современным
оборудованием и технологиями. Прежде всего, это дает возможность решить важные
социальные проблемы, такие как повышение занятости и доходов населения. Поэтому
экономическое стимулирование и создание необходимых условий для предприятий, активно
привлекающих иностранные инвестиции, являются актуальными вопросами. В данной
статье была дана информация об инвестициях, которые сегодня являются одним из
основных факторов развития экономики Навоийской области.

Ключевые слова:

Социально-экономическое развитие, Навоийская область,

основные факторы экономики, инвестиции, НКМК, цементный завод, химический
комплекс, природный газ, нефть, цветной металл.


Kirish

Jahon iqtisodiyotining globallashuvi sharoitida har bir hududning yuqori darajadagi

raqobatbardoshligini ta’minlash investitsiyalar bilan bog’liqligini amaliyot natijalari asoslamoqda.

Darxaqiqat, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, investitsion salohiyatni

oshirishning bozor imkoniyatlaridan samarali foydalanish, infrutuzilmani shakllantirish,


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

192

hududning faol imijini yaratishga qaratilgan rivojlanish strategiyalarini ishlab chiqish bugungi
kunning dolzarb masalalaridan hisoblanadi.

Hududlarda iqtisodiyotning real sektoriga yo’naltirilgan investitsiyalarni ko’paytirish va

shu asosda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni jadallashtirish, xalqning turmush darajasi va
daromadlarini oshirish, har bir hududning tabiiy, mineral-xomashyo, sanoat, qishloq xo’jaligi,
turizm va mehnat salohiyatidan kompleks va samarali foydalanishni ta’minlash, tuman va
shaharlarni, avvalo, sanoat va eksport salohiyatini oshirish yo’li bilan jadal rivojlantirish hisobiga
mintaqalar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasidagi farqlarni kamaytirishga qaratilgan iqtisodiy
islohotlar izchillik bilan amalga oshirilmoqda. O’zbekiston Respublikasini 2017-2021-yillarda
rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasida “Hududlar iqtisodiyotini modernizasiya va
diversifikasiya qilish ko’lamini kengaytirish, rivojlanish darajasi nisbatan past bo’lgan tuman va
shaharlarni, avvalo, sanoat va eksport salohiyatini oshirish yo’li bilan jadal rivojlantirish hisobiga
mintaqalar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasidagi farqlarni kamaytirish” muhim vaziflar
sifatida belgilab berildi.

Mamlakatimiz iqtisodiyotini yuksaltirish, zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan

jihozlangan yangi korxonalarni barpo etish va rekonstruktsiya qilish uchun investitsiyalarni jalb
qilish hal qiluvchi ahamiyatga ega. Bu avvalambor, aholi bandligi va daromadlarini oshirish kabi
muhim ijtimoiy muammolarni hal etish imkoniyatini beradi. Shu boisdan ham xorijiy
investitsiyalarni faol jalb etayotgan korxonalarni iqtisodiy rag’batlantirish va zarur sharoitlarni
yaratib berish dolzarb masalalardan hisoblanadi.

Xorijiy investitsiyalarni jalb etmay, ayniqsa, yetakchi tarmoqlarda chet el investorlari

ishtirokini kengaytirmay turib iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish va
modernizasiya qilish, korxonalarni zamonaviy texnika bilan qayta jihozlash hamda
raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish mumkin emas. Mamlakatimiz
iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarning jalb etilishi iqtisodiy imkoniyatlarning kengayishini
jadallashtirib, barcha sohalarda ichki imkoniyat va zaxiralarni ishga solish, yangi texnika va
texnologiyalarni o’zlashtirish orqali baqaror iqtisodiy o’sishni ta’minlash uchun xizmat qiladi

Adabiyotlar tahlili

Mahalliy iqtisodchi-olimlardan D. G’ozibekov fikricha, “investision muhit jozibadorligi –

investorlar uchun yaratilgan, kafolatlangan shart-sharoitlar va imkoniyatlarning mavjudligining
asoslari majmuidir”.

Sh. Mustafaqulovning ta’kidlashicha, “mamlakatning integral investision jozibadorligi –

bu mamlakatning xo’jalik rivojlanish sharoitlarini tavsiflovchi va undagi investision faollikning
shakllanishiga ijobiy yoki salbiy ta’sir ko’rsatadigan ob’ektiv ijtimoiy-iqtisodiy, tabiiy-geografik
va ekologik ko’rsatkichlarning umumiy darajasidir”

Investitsiyalarni jalb qilish barcha davlatlar uchun muhim vazifa bo’lib hisoblanadi.

Kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni tashkil etish, rivojlanishning strategik dasturlarini amalga
oshirish, yangi bozorlarni egallash qo’shimcha mablag’ qo’yilmalarini talab etadi.

Tahlil va natijalar

Navoiy mamlakatimizning iqtisodiy-ijtimoiy salohiyatini yuksaltirishda muhim o’rin

tutadigan viloyatlardan biri hisoblanadi. Bu avvalo, viloyatda yer osti va yer usti tabiiy


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

193

boyliklarining nihoyatda mo’lligi, bu boyliklarni qazib olish va qayta ishlash uchun zamonaviy
talablarga javob beradigan yirik sanoat korxonalarining mavjudligi bilan o’lchanadi.

Navoiy viloyati ahamiyatli tabiiy zaxiralarga, shu jumladan, tabiiy gaz, neft, rangli metall

va qurlish uchun xom ashyo mahsulotlariga boy viloyat sanaladi. Viloyat iqtisodiyotining asosiy
tuzulishi yirik konchilik, metallurgiya va kimyoviy sanoat majmualardan tuzulgan. Navoiy
viloyatida yerlashgan Navoiy kon-metallurgiya kombinati (NKMK) dunyoda eng sof oltin ishlab
chiqaruvchilardan biridir. Viloyatda, shuningdek, sement zavodi, kimyo majmusi va bir qator yirik
sanoat zavodlari faoliyat koʻrsatmoqda.

Navoiy viloyatining mamlakatimiz milliy iqtisodiyotidagi o’rni ancha katta. U respublika

yalpi ichki mahsulotini 5,4 foizi, sanoat mahsulotini 11,2 foizi va qishloq xo’jaligini 4,2 foizini
beradi.

Shuningdek, viloyatda O’zbekiston investitsiya xajmining 6,4 foiziga to’g’ri keladi.
Zarafshon iqtisodiy rayoni doirasida qaraydigan bo’lsak, u holda viloyat rayonning 1/5

qismidan ortiqroq yalpi ichki mahsulotini, 45,5 foiz sanoat hamda 17,1 foiz qishloq xo’jalik
mahsulotlarini taminlaydi; uning zimmasiga investitsiya hajmining deyarli 2/5 qismi tushadi.

Viloyatda iqtisodiy rayonning 15 foiz qo’shma korxonalari joylashgan, u mintaqaning

taxminan savdo oborotini beradi.

Investitsiyalar har qanday iqtisodiyotni harakatga keltiruvchi va uning taraqqiyotini

ta’minlovchi omil bo’lib, barcha imkoniyatlardan oqilona foydalanib milliy iqtisodiyotga jalb
etiladigan investitsiyalar hajmini oshirish talab etiladi.

Navoiy viloyatida joylashgan yirik korxonalar nafaqat hudud kesimida balki respublika

miqyosida ham monopol hokimiyatga ega kompaniyalar hisoblanadi. Birgina Navoiy KMK
yurtimizda jami iste’mol mahsulotlarining 10 foizini va byudjet daromadining 18 foizini
ta’minlaydi. Ayni damda, kombinatda 54 mingdan ziyod xodim mehnat qilmoqda. Bugungi kunda
kombinatning balansi qiymati 1,3 milliard AQSh dollarini tashkil qilsada, uning bozor narxi 11
milliard AQSh dollarga teng deb baholanmoqda.

2018-yilda boshqacha tendentsiya va moliyalashtirish manbalari kesimida ham

nomutanosiblikni kuzatish mumkin. Moliyalashtirish manbalarida eng katta o’sish chet el
kreditlari va investitsiyalariga to’g’ri kelib, 2018-yilda 2017-yilga nisbatan 3,7 barobarga o’sgan.

Bunday katta miqdordagi o’sishga Navoiy KMKda 1,2 milliard AQSh dollariga teng 8 ta

ob’ektning ishga tushurilganligi hamda “Navoiyazot” AJ tomonidan amalga oshirilayotgan
loyihalar hisobiga keskin oshganligini e’tirof etish lozim. Mazkur loyihalarning samarali tatbiq
etilishi hisobiga oxirgi uch yilda oltin ishlab chiqarish hajmi 2,5 foiz, kumush olish 37 foizga
ko’paygan.

Bu borada tadqiqotimiz ob’ekti bo’lmish Navoiy viloyatining iqtisodiy rivojlanishining

asosiy omillari, u yerda amalga oshirilayotgan kompleks tadbirlar, tadbirkorlik uchun yaratilgan
sharoitlar hamda raqobatbardoshlikni ta’minlashga xizmat qiladigan institusional tuzilmalarning
rivojlanishini tahlil qilish muhim hisoblanadi. Navoiy viloyatida asosiy kapitalga
investitsiyalarning yalpi hududiy mahsulotga ta’sirini ekonometrik tahlil qilish orqali yalpi
hududiy mahsulotning yillik o’sish sur’atiga ta’sirini o’rganish, milliy iqtisodiyotning
rivojlanishidagi yangi tendentsiyalarni, qonuniyatlarni ochib berish maqsadga muvofiqdir.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

194

Navoiy viloyatida yalpi hududiy mahsulot va asosiy kapitalga kiritilgan

investisiyalar dinamikasi, (bu yerda 2006=100%)

Yuqoridagi rasm ma’lumotlaridan shuni ko’rish mumkinki, Navoiy viloyatida 2006-2019

- yillarda faol investitsiya siyosati olib borilgan bo’lib, buning natijasida asosiy kapitalga kiritilgan
investitsiyalar hajmi qariyb 8 marta oshgan. Yalpi hududiy mahsulot hajmi ham uzluksiz o’sish
tendentsiyasiga ega bo’lib, qaralayotgan davrda qariyb ikki barobarga oshgan.

Xulosa

Xulosa qilib aytganda, ushbu ekonometrik tahlil asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar

hududning iqtisodiy o’sishini ta’minlashda muhim omil ekanini isbotlamoqda. Haqiqatan ham
viloyat hududidagi korxonalarning investision faolligi, avvalombor, texnologik va iqtisodiy
samaradorlik oshishiga olib keladi. Bu esa, korxonalarning mahalliy va jahon bozorida
raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishiga va shu tariqa ishlab chiqarish hajmining yanada
oshishiga sabab bo’ladi. Shuning uchun, hududda so’nggi yillardagi investision faollik sur’ati
shunday davom etishi yaqin kelajakda hudud farovonligiga yana katta ijobiy o’zgarishlar olib
kelishi kutilmoqda.


REFERENCES

1.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasini yanada
rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi Farmoni. PF4947-son, 2017-
yil 7-fevral. – O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami. 2017-y., 6-son, 70-
modda

2.

G’ozibekov D.G’. Investitsiyalarni moliyalashtirish muammolari: iqtisod fanlari doktori
ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertasiya. – T., 2002.

3.

Mustafaqulov Sh.I. O’zbekistonda investision muhit jozibadorligini oshirishning ilmiy-
uslubiy asoslarini takomillashtirish. Iqtisodiyot fanlari doktori (DSC) dissertasiyasi
avtoreferati. –T.: O’z.R.Bank moliya akademiyasi. 2017-y. “Yangi O’zbekiston”
ijtimoiy-siyosiy gazetasi, №29 (29), 2020-yil 5-mart.

4.

“Yangi O’zbekiston” ijtimoiy-siyosiy gazetasi, №29 (29), 2020-yil 5-mart.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

195

5.

Сабиров, О., Ражабов, Н., & Ражабов, К. (2020). Вопросы повышения
инвестиционной привлекательности и создания благоприятного инвестиционного
климата в Республике Узбекистан. Архив научных исследований, 1(5).

https://journal.tsue.uz/index.php/archive/article/view/1357

References

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi Farmoni. PF4947-son, 2017-yil 7-fevral. – O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami. 2017-y., 6-son, 70-modda

G’ozibekov D.G’. Investitsiyalarni moliyalashtirish muammolari: iqtisod fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertasiya. – T., 2002.

Mustafaqulov Sh.I. O’zbekistonda investision muhit jozibadorligini oshirishning ilmiy-uslubiy asoslarini takomillashtirish. Iqtisodiyot fanlari doktori (DSC) dissertasiyasi avtoreferati. –T.: O’z.R.Bank moliya akademiyasi. 2017-y. “Yangi O’zbekiston” ijtimoiy-siyosiy gazetasi, №29 (29), 2020-yil 5-mart.

“Yangi O’zbekiston” ijtimoiy-siyosiy gazetasi, №29 (29), 2020-yil 5-mart.

Сабиров, О., Ражабов, Н., & Ражабов, К. (2020). Вопросы повышения инвестиционной привлекательности и создания благоприятного инвестиционного климата в Республике Узбекистан. Архив научных исследований, 1(5). https://journal.tsue.uz/index.php/archive/article/view/1357

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов