O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA GIYOHVANDLIK VOSITALARI, ULARNING ANALOGLARI YOKI PSIXOTROP MODDALARNING KONTRABANDASI BILAN BOG‘LIQ JINOYATLAR

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Raxmatov, M. (2024). O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA GIYOHVANDLIK VOSITALARI, ULARNING ANALOGLARI YOKI PSIXOTROP MODDALARNING KONTRABANDASI BILAN BOG‘LIQ JINOYATLAR. Modern Science and Research, 3(1), 829–847. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/28462
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Maqolada bugungi kunda butun dunyoda muammoga aylanib borayotgan kontrabanda jinoyati yer yuzida xavfsizlikka, barqarorlikka, qolaversa har bir jamiyatning iqtisodiy, siyosiy, madaniy hamda maʼnaviy sohalariga katta xavf solishiga qarshi kurashish bo‘yicha amaliy tavsiyalar bildirilgan. Shunday vaziyatda kontrabanda jinoyatiga qarshi kurashish nafaqat Oʻzbekiston Respublikasi balki dunyo mamlakatlarining ham eʼtibor markazida turibdi. Xususan, kontrabanda ashyolarini bojxona chegarasi orqali qonunga xilof ravishda oʻtkazishga Qozogʻiston Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi hamda Xitoy Xalq Respublikasi jinoyat qonunchiligida belgilangan javobgarliklar buni yaqqol isbotidir.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

829

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA GIYOHVANDLIK VOSITALARI, ULARNİNG

ANALOGLARI YOKI PSIXOTROP MODDALARNING KONTRABANDASI BILAN

BOG‘LIQ JINOYATLAR

Mirjon Mo‘minovich Raxmatov

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi “Tergov faoliyati”

mutaxassisligi bo‘yicha magistratura tinglovchisi.

E-mail:

rahmatov1778@gmail.com

Phone: +99899 862-50-54

https://doi.org/10.5281/zenodo.10559984

Annotatsiya. Maqolada bugungi kunda butun dunyoda muammoga aylanib borayotgan

kontrabanda jinoyati yer yuzida xavfsizlikka, barqarorlikka, qolaversa har bir jamiyatning
iqtisodiy, siyosiy, madaniy hamda maʼnaviy sohalariga katta xavf solishiga qarshi kurashish
bo‘yicha amaliy tavsiyalar bildirilgan.

Shunday vaziyatda kontrabanda jinoyatiga qarshi kurashish nafaqat Oʻzbekiston

Respublikasi balki dunyo mamlakatlarining ham eʼtibor markazida turibdi. Xususan,
kontrabanda ashyolarini bojxona chegarasi orqali qonunga xilof ravishda oʻtkazishga
Qozogʻiston Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi hamda Xitoy Xalq Respublikasi jinoyat
qonunchiligida belgilangan javobgarliklar buni yaqqol isbotidir.

Kalit so‘zlar: bojxona, kontrabanda, giyovandlik vositalari, ularning analoglari,

psixotrop moddalar, prekursorlar, noqonuniy aylanmasi, jinoyat, javobgarlik, jazo, jamoat
xavfsizligi, jamoat tatibi.

CRIMES RELATED TO THE SMUGGLING OF DRUGS, THEIR ANALOGUES

OR PSYCHOTROPIC SUBSTANCES IN THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN

Abstract. In the article, practical recommendations are given to fight againts smuggling

crime, which is becoming a problem all over the world today, which poses a great threat to the
security, stability and economic, political, cultural and spirtual spheres of every society.

In such a stiation, the fight against smuggling crime is in the center of attention not only

of the Republic of Uzbekistan, but also of the countries of the world. In particular, the criminal
laws of Republic of Kazakhstan, the Russian Federation and the People’s Republic of China
clearly prove this.

Key words: customs, smuggling, narcotics drugs, their analogues, psychotropic

substances, precursors, illegal trafficking, crime, liability, punishment, public safety, public
order.

ПРЕСТУПЛЕНИЯ, СВЯЗАННЫЕ С КОНТРАБАНДОЙ НАРКОТИЧЕСКИХ

СРЕДСТВ, ИХ АНАЛОГОВ ИЛИ ПСИХОТРОПНЫХ ВЕЩЕСТВ В РЕСПУБЛИКЕ

УЗБЕКИСТАН

Аннотация. Статья представляет собой проблему совреиенного мира.

Продолжающееся

преступление

контрабанды,

затрагивает

безопастность,

стабилность, экономическую, культурную и духовную безопастность каждого общества
на земле, представлены практические рекомендации по борьбе с большой угрозой
месторождениям.

В такой ситуации борьба с контрабандной преступностью находится в центре


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

830

внимания не только Республики Узбекистан, но и стран мира. В частности, ярким тому
портверждением

является

ответственность,

установленная

в

уголовном

законодательстве Республики Казахстан, Россиской Федерации и Китайской Народной
Республики за незаконный перенос контрабандых предметов через таможенную границу.

Ключевые слова: таможня, контрабанда, наркотичиские средства, их аналоги,

психотропные

вещества,

прекурсоры,

незоконный

оборот,

преступление,

ответственность, наказание, общественная безопастность, общественный порядок.

KIRISH

Giyohvandlik vositalari savdosi butun insoniyat salomatligi va farovonligiga,

davlatlarning mustaqilligi, demokratiya, millatlar barqarorligi, jamiyat tuzilishi, millionlab
odamlar va ularning oilalari qadir-qimmati va umidlariga jiddiy tahdid solayotgan eng dolzarb
muammolardan biri hisoblanadi. Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar bilan qonunga
xilof ravishda muomala qilish inson sogʻligʻi va jamiyatning iqtisodiy va madaniy negiziga salbiy
taʼsir koʻrsatadi. Giyohvandlikka mubtalo boʻlgan kishi atrof-muhitda boʻlayotgan voqealarga
beparvo boʻlib qoladi. Uning girdobiga tushganlar nafaqat oʻz yaqinlari, balki yurtini ham
tanimaydigan manqurtga aylanadi.

Bugungi kunda dunyo miqyosida qonun bilan taqiqlanganligiga qaramasdan

giyohvandlik vositalarini ishlab chiqaruvchi va u bilan savdo qiluvchilarning soni yil sayin ortib
bormoqda. Buning sababi, giyohvandlik vositalari savdosi ortidan moʻmay daromad orttirish
imkoniyati mavjudligi boʻlib, uning ishtirokchilari xalqaro huquq normalari bilan ham, milliy
qonunchilik tizimi bilan ham, ayniqsa, uning halokatli oqibatlari bilan ham hisoblashmay jinoiy
ishga qoʻl urishmoqdalar.

Oʻzbekiston Respublikasi uzoq yillardan buyon giyohvandlik vositalarining mamlakat

maʼdaniy va maʼnaviy hayotiga salbiy taʼsiri kuchayishini inobatga olib, unga qarshi kurashni
milliy xavfsizlikning tarkibiy qismi sifatida baholab, mamlakatda mazkur illatiga qarshi kurash
boʻyicha xalqaro hamjamiyatga qoʻshilib, bu boradagi jinoyat-huquqiy taʼsir choralarini
takomillashtirish borasida faol harakatlar olib bormoqda. Giyohvandlik vositalari va psixotrop
moddalarning noqonuniy muomalasi bilan shugʻullanuvchi shaxslar oʻz harakatlarni yashirin
“latent” koʻrinishida amalga oshiradilar ularning bu jinoyatlarini aniqlash va fosh etishda bojxona
organlarining oldida kechiktirib boʻlmaydigan bojxona tekshiruvlari va surishtiruv harakatlarini
amalga oshirish xamda tezkor qidiruv faoliyatining kuch va vositalarini samarali qoʻllash orqali
erishiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi

“Bojxona

maʼmuriyatchiligini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar
toʻgʻrisida”

gi PF-122-son Farmoniga muvofiq, Bojxona qoʻmitasiga yuklatilgan boshqa

vazifalar qatorida, joylardagi davlat hokimiyati, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari
bilan hamkorlikda, kontrabanda va bojxona sohasidagi boshqa jinoyatlarni oldini olish va fosh
qilish bojxona organlari faoliyatining eng muhim funksiya hamda yoʻnalishlaridan biri ekanligi
yana bir bor taʼkidlab oʻtildi.

Inson uchun eng bebaho boylik salomatlik boʻlib, uni asrash esa har birimizning

qoʻlimizda. Giyohvandlik insonga har tomonlama ulkan zarar beradi. Buni dunyo tibbiyot
mutaxassislari bir ovozdan tasdiqlashmoqda. Giyohvandlik vositalari oqibatida oʻnlab tuzalmas


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

831

kasalliklarga yoʻliqish, bevaqt oʻlim holatlari, majruh, aqli nokas farzandlar tugʻilishi
isbotlangan. Shuningdek, bu zararli illat insonni oʻta yalqov, kam gʻayrat, oilaga beparvo,
hamiyatsiz, jinsiy zaif va jamiyatdan uzilib qolishiga olib keladi.

Oʻzbekiston Respublikasi uzoq yillardan beri giyohvandlik vositalarining mamlakat

maʼdaniy va maʼnaviy hayotiga salbiy taʼsiri kuchayishini inobatga olib, unga qarshi kurashni
milliy xavfsizlikning tarkibiy qismi sifatida baholab, mamlakatda ushbu illatiga qarshi kurash
boʻyicha xalqaro hamjamiyatga qoʻshilib, bu boradagi jinoyat-huquqiy taʼsir choralarini
takomillashtirish borasida faol harakatlar olib bormoqda. Giyohvandlik vositalari va psixotrop
moddalarning noqonuniy muomalasi bilan shugʻullanuvchi shaxslar oʻz harakatlarni yashirin
“latent” koʻrinishida amalga oshiradilar ularning bu jinoyatlarini aniqlash va fosh etishda bojxona
organlarining oldida kechiktirib boʻlmaydigan bojxona tekshiruvlari va surishtiruv harakatlarini
amalga oshirish xamda tezkor qidiruv faoliyatining kuch va vositalarini samarali qoʻllash orqali
erishiladi.

Hozirgi davrda davlat boshqaruvi organlarining “Davlat — inson uchun” tamoyili asosida

hududiy masalalarni hal qilishdagi masʼuliyati va javobgarligini kuchaytirish hamda ularning
strategik yoʻnalishlarni rejalashtirishga qaratilgan yangi tizim yaratish maqsadida, qabul
qilinayotgan qonunlarning amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va sud-
huquq islohotlari jarayoniga taʼsirini kuchaytirishga yoʻnaltirgan holda qonun ijodkorligi
faoliyati sifatini tubdan oshirish masalalariga muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadigan
tadqiqot yoʻnalishi sifatida alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Bojxona organlari vakolatiga davlat chegarasidagi tahdidlarga qarshi kurashish masalalari

kiritilganligi sababli, bojxona xizmatlarining salohiyati kontrabanda va bojxona sohasidagi
boshqa jinoyatchilikka qarshi kurashda hamda bojxona chegarasi orqali giyohvandlik
vositalarining noqonuniy aylanishiga chek qoʻyishda bevosita ishtirok etadi.

Kontrabanda jinoyatini sodir etuvchi shaxslar oʻzlarning jinoiy maqsadlariga erishish

uchun uyushgan guruhlar tarzida, oʻz harakatlarini puxta nikohlab, sodir qilish uslublarni
mukammallashtirish, zamonaviy texnologiyalardan foydalangan xolda sodir etmoqdalar.

2022-yil 28-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangan

“2022-2026-yillarga moʻljallangan yangi Oʻzbekistonning Taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida”gi
PF-60-son

Farmonning

16-maqsadiga

binoan,

Jamoat

xavfsizligini

taʼminlash,

huquqbuzarliklarning sodir etilishiga sabab boʻlgan shart-sharoitlarni oʻz vaqtida aniqlash va
bartaraf etishning samarali tizimini yaratish kerakligi alohida belgilab qoʻyilgan.

Giyohvandlik vositalari kontrabandasiga qarshi kurashish Davlat bojxona xizmati

organlari faoliyatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi.

Mazkur faoliyatni amalga oshirishda “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Qonun,

“Tezkor qidiruv faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonun, Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi,
Jinoyat-protsessual kodeksi xamda Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning tegishli
moddalariga asosan huquqbuzarliklarni aniqlash, oldini olish va fosh etish orqali mazkur
jinoyatga qarshi kurash olib boradilar.

BMTning Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi (UNODC) e’lon qilgan

2023-yilgi Giyohvandlik vositalari bo‘yicha Jahon hisobotiga ko‘ra, 2021-yilda inyeksiya orqali
giyohvandlik vositalarini iste’mol qiladigan odamlar soni13,2 millionni tashkil etadi, bu avval


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

832

taxmin qilinganidan 18 foizga ko‘p. Dunyo miqyosida 2021-yilda 296 milliondan ortiq odam
giyohvandlik vositalarini isteʼmol qilgan, bu o‘tgan yilga nisbatan 23 foizga o‘sgan.
Giyohvandlik vositalarini iste’mol qilish bilan bog‘liq kasalliklardan aziyat chekayotganlar soni
esa 39,5 millionga yetdi, bu 10 yil ichida 45 foizga o‘sdi.

1

Hozir yoshlar orasida

giyohvandlarning muayyan tizimi shakllanmoqda. Har yili yoshlar oʻrtasida giyohvandlar soni
15-20 foiz koʻpayib bormoqda. Respublikamizda roʻyxatga olingan giyohvandlarning uchdan ikki
qismi 30 yoshgacha boʻlgan yoshlardan iborat va ular oʻrtacha 18-25 yoshdagi shaxslardir.
Yurtimizda dispanser roʻyxatida turadigan giyohvand bemorlar soni 5698 tani tashkil etadi.
Giyohvandlik strukturasida kannabis guruhidagi narkotiklarni isteʼmol qiluvchilarning salmogʻi
yuqori — 3982 nafarni, opiy isteʼmolchilari esa 1418 nafarni, geroinga tobe boʻlganlar soni 536
nafarni tashkil etadi.

Mamlakatimizda giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof

ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlarga qarshi kurash choralarini belgilash dolzarb
muammolardan biri boʻlib qolmoqda. Asosiy maqsad giyohvandlik vositalari kontrabandasi,
ularni olib oʻtish yoʻnalishlari, ularni tayyorlovchi yashirin laboratoriyalar va giyohvandlik
vositalari, psixotrop moddalar va ularning prekursorlarini noqonuniy saqlash uchun moʻljallangan
joylarini aniqlash, mazkur jinoyat ishtirokchilarini hukumat va boshqaruvdagi korrupsion
aloqalarini ochib berish, narkotrafik biznesining iqtisodiy asoslariga putur yetkazishdan
iboratdir.

Bojxona qoʻmitasining tezkor tuzilmasi xodimlari oʻz vakolatlari doirasida giyohvandlik

vositalarini Respublika hududiga noqonuniy kirib kelishi va ichki hududda noqonuniy
aylanishini oldini olishi, aholi oʻrtasida mazkur illatning keng yoyilishiga qarshi kurashish,
jinoyatchilikni fosh etishga qaratilgan tezkor qidiruv tadbirlarini amalga oshirishning tashkiliy-
huquqiy masalasiga alohida eʼtibor qaratiladi.

Kontrabanda jinoyati

predmeti

kuchli ta’sir qiluvchi, zaharli, zaharlovchi, portlovchi

moddalar, radioaktiv materiallar, portlatish qurilmalari, qurol-yarog‘, o‘qotar qurol, o‘q-dorilar
yoki o‘qotar qurolning asosiy qismlari, shuningdek giyohvandlik vositalari, ularning analoglari
yoki psixotrop moddalar yoki diniy ekstremizm, separatizm va aqidaparastlikni targ‘ib qiluvchi
materiallar, yadroviy, kimyoviy, biologik va ommaviy qirg‘in qurolining boshqa turlari, shunday
qurollarni yaratishda foydalanilishi mumkinligi ayon bo‘lgan material va moslamalar boʻlishi
mumkin.

Kontrabanda predmetlarini davlat chegarasi orqali qonunga xilof ravishda oʻtkazish,

tegishli shartlar mavjud boʻlganda, jinoyatlar majmui tariqasida Jinoyat kodeksining 246-
moddasi hamda radioaktiv materiallar, giyohvandlik vositalari, kuchli taʼsir qiluvchi zaharli,
zaharlovchi, portlovchi moddalar, qurol-yarogʻ, portlatish qurilmalari va boshqalar bilan
muomala qilish qoidalarini buzganlik javobgarlikni keltirib chiqaruvchi moddalar boʻyicha
kvalifikatsiya qilinishi zarur.

Kontrabanda jinoyatining

obyekti

– jamoat xavfsizligining taʼminlaydigan ijtimoiy

1

World Drugs Report (United Nationspublication, Sales No. E.20.XI.6). ISBN: 978-92-1-48345-1 eisbn: 978-92-1-

005047-0


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

833

munosabatlar hamda aholi salomatligi hisoblanadi.

Jinoyatning

obyektiv tomoni

Jinoyat kodeksining 1-qismida nazarda tutilgan jinoyat

Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan turli shakllarda:

-

bojxona nazoratini chetlab o‘tkazish;

-

bojxona nazoratidan yashirish;

-

bojxona hujjatlari yoki bojxona identifikatsiyalash vositalariga o‘xshatib yasalgan

hujjatlardan aldash yo‘li bilan foydalanish;

-

deklaratsiya qilmasdan yoki boshqa nomga yozilgan deklaratsiyadan foydalanish;

-

chegarani buzib o‘tishda ifodalanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi bojxona yoki davlat chegaralar orqali giyohvandlik vositalarini

noqonuniy olib oʻtish quyidagi yoʻllar bilan amalga oshirilishi mumkin:

respublika hududiga bojxona chegarasi orqali yoki aylanma yoʻllar orqali

giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalarning noqonuniy olib kirish yoki olib chiqish;

deklaratsiyalamasdan yoki boshqa tovar niqobi ostida deklaratsiyalab olib oʻtish;

olib oʻtiladigan tovar toʻgʻrisidagi notoʻgʻri maʼlumotlarni taqdim qilish (qalbaki

hujjatlardan foydalangan holda);

oʻtkaziladigan tovarni yashirish yoki unga boshqa koʻrinishni berish (huquqni

muhofaza qilish organlari tomonidan giyohvandlik vositalarini aniqlashni qiyinlashtiruvchi turli
usul va vositalardan foydalanib).

Kontrabanda jinoyatining

subyektiv tomoni

– jinoyat qasddan sodir etiladi. Jinoyat

subyekti

– 16 yoshga toʻlgan aqli raso jismoniy shaxs.

Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat Kodeksi 246-moddasi 2-qismida koʻzda tutilgan

malakalovchi belgilar ko‘p miqdordagi Giyohvandlik vositalari kontrabandasini amalga
oshirganlik uchun javobgarlikni belgilaydi. Lekin Jinoyat kodeksining 246-moddasining 2-
qismida

(Yadroviy, kimyoviy, biologik va ommaviy qirg‘in qurolining boshqa turlarini, shunday

qurollarni yaratishda foydalanilishi mumkinligi ayon bo‘lgan material va moslamalarni,
radioaktiv materiallarni, shuningdek giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop
moddalarni ko‘p miqdorda kontrabanda qilish)

da mazkur jinoyatlar uyushgan guruh tomonidan

shuningdek, giyohvandlik vositalarini keyinchalik yetkazib berish maqsadida jinoyat sodir etish
alohida belgilanmagan. Mazkur taklif alohida band sifatida kiritilishi giyohvandlik vositalar va
psixotrop moddalar bilan noqonuniy operatsiyalarda faoliyat yurituvchi shaxslarning butun
zanjirini aniqlash va uyushgan narkobiznesga qarshi muvaffaqiyatli kurashish imkonini beradi.

Giyohvandlik vositalari (psixotrop vositalar) kontrabandasi bilan shugʻullanishga sabab

va sharoitlariga quyidagilar kiradi:

1.

Giyohvandlik vositalarini sotish natijasida jinoiy guruhlar oladigan yuqori foyda.

2.

Geosiyosiy va geografik determinantlar Markaziy Osiyoning markazida joylashgan

Oʻzbekistonning bevosita chegaradosh davlatlar Tojikiston va Afgʻoniston davlatlarining
mavjudligi, ushbu davlatlardan giyohvandlik vositalarini olib kirishga imkoniyat va
yetishtirilayotgan giyohvandlik vositalarining koʻpligi imkoniyat yaratadi.

3.

Giyohvandlik vositalari va psixotrop vositalar kontrabandasini belgilovchi

omillardan biri sifatida bojxona qonunchiligi va uning huquqni qoʻllash amaliyotining


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

834

takomillashmaganligini koʻrsatish mumkin.

4.

Oʻzbekiston Respublikasi chegarasi orqali giyohvandlik vositalari kontrabandasini

amalga oshirishda moddiy manfaatdor boʻlgan mansabdor shaxslar, chegara va boshqa huquqni
muhofaza qilish organlari xodimlarining korrupsion holatlari ham imkoniyat yaratadi. Shu bilan
bir qatorda, mansabdor shaxslarning mansab vakolatidan foydalangan holda, bojxona hujjatlarini
qalbakilashtirish, maʼmuriy yoki jinoiy protsessual jarayonlarga aralashish, tergovni asossiz
toʻxtatish, moddiy dalillarni yoʻqotishlari ham mumkin.

5.

Bojxona organlari hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan

hamkorlikda amalga oshirilgan ishlar va muammolar yuzasidan xorijiy davlatlar huquqni
muhofaza qilish tuzilmalari bilan oʻzaro hamkorlikdagi faoliyati yetarli darajada emas. Aslida
esa huquqni muhofaza qiluvchi organlarning oʻzaro faoliyati tizimli ravishda amalga oshirilgan
taqdirdagina yetarli natija va samaraga erishish mumkin boʻladi.

Shu singari, eʼtiborimizni qaratishimiz lozim boʻlgan boshqa bir masala ham mavjud

boʻlib, kontrabanda predmeti hisoblangan giyohvandlik vositalarining sintetik va yarim sintetik
(amfetamin tipidagi stimulyatorlar, geroin va kokain) turlarini ishlab chiqarish, tayyorlash
yoki qayta ishlashda kimyoviy prekursorlar ishlatmasdan tayyorlashning imkoni mavjud emas,
ularning aksariyat koʻpchiligi Oʻzbekiston hududida ham, chet davlatlarda ham qonuniy
muomalada mavjudligidir.

Bugungi kunda Oʻzbekiston Respublikasida sintetik va yarim sintetik giyohvandlik

vositalarining savdosi va isteʼmolining kengayishi bunday giyohvandlik vositalarini ishlab
chiqarish va ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan prekursorlar va boshqa moddalarni noqonuniy
muomalaga olib kiruvchi jinoiy guruhlar faolligining kuchayishi bilan bevosita bogʻliqdir.

Qonunchiligimizga muvofiq, kimyo va tibbiyot sanoatida ishlatiladigan dori vositalari va

farmatsevtika sohasida ishlatiladigan mahsulotlari mamlakatimizda qonuniy ravishda muomalada
boʻlib, mazkur qonuniy tovarlar niqobi ostida bojxona nazoratidan yashirib, jinoiy harakatlarni
qonuniy moliyaviy-xoʻjalik operatsiyalari sifatida yashirish yoʻllar bilan olib kirish ehtimollari
ham yoʻq emas.

Buning ustiga, qonunchilikda rasman prekursorlar sifatida tan olinmagan, mazkur sintetik

moddalar ishlab chiqarishda foydalaniladigan moddalar mavjud boʻlib, ularning doimiy ravishda
yangilash, roʻyxatga kiritib borish lozim.

Shu munosabat bilan, prekursorlarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish sohasida

tezkor-qidiruv ishlarini tashkil etish va taktikasiga yangicha yondashuvlarni, shu bilan, oʻrganish
va baholash orqali ishlab chiqish zarurligi masalasini koʻrib chiqish zarur.

Masalan,

geroin

ishlab chiqarishda sirka angidrid, atseton, etil efir, toluol, xlorid kislota

ishlatiladi.

Kokain

tayyorlashda esa kaliy permanganat va amfetamin tipidagi stimulyatorlarni —

efedrin va psevdoefedrin, 1-fenol-2-propanon, allilbenzol, benzaldegid, etanamin va boshqa
koʻplab moddalarni kimyoviy sintez qilishda bevosita foydalanish orqali olinadi.

Shu oʻrinda mazkur faoliyat ustidan bevosita nazoratni amalga oshirish maqsadida

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 30-apreldagi 229-son qarori bilan
Narkotik moddalar ustidan nazorat qilish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat komissiyasi
tashkil etilgan.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

835

Narkotik moddalar ustidan nazorat qilish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat

komissiyasi narkotik moddalarning noqonuniy muomalada boʻlishiga qarshi kurashni
muvofiqlashtirish, ham milliy, ham mintaqalar darajasida narkotik moddalar tarqalishi oldini
olishning samarali chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, narkotik moddalar
ustidan nazorat qilish yuzasidan xalqaro majburiyatlarni bajarish masalalari boʻyicha idoralararo
organ hisoblanadi.

Komissiyaga quyidagi asosiy vazifalar va funksiyalar yuklatiladi:
-

narkotik moddalar ustidan nazorat qilish boʻyicha umumdavlat dasturini ishlab chiqish

va uni amalga oshirishga koʻmaklashish;

-

barcha davlat organlari, jamoat tashkilotlari, mehnat jamoalari va fuqarolarning saʼy-

harakatlarini narkotik vositalarning noqonuniy muomalada boʻlishiga qarshi kurash olib
borishning kechiktirib boʻlmaydigan vazifalarini hal etishga birlashtirish va jamlash va mana shu
maqsadlarda jamiyat va davlatning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy-tarbiyaviy
imkoniyatlaridan keng foydalanish;

-

doimiy ravishda tegishli hududda, zaruriyat boʻlganda esa – alohida joylarda narkotik

vositalarning noqonuniy muomalada boʻlishiga qarshi kurashning ahvolini kompleks baholash,
uning yomonlashuviga munosabat bildirish boʻyicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish;

-

narkotik vositalar ustidan nazorat qilish boʻyicha respublika operativ axborot

markazini tashkil etishga va uning faoliyatini takomillashtirishga, Oʻzbekiston Respublikasining
manfaatdor vazirliklari va idoralari bilan, shuningdek, MDH qatnashchisi boʻlgan mamlakatlar va
boshqa xorijiy davlatlarning huquqni muhofaza qiluvchi organlari bilan axborotni erkin va
toʻsiqsiz ayirboshlashni taʼminlash uchun markaz bilan narkotik moddalar ustidan nazoratni
amalga oshiruvchi tashkilotlar oʻrtasida yagona tarmoq tashkil etishga koʻmaklashish;

-

narkotik moddalar ustidan nazorat qilish bilan bogʻliq boʻlgan barcha tashkilotlarga

xizmatlar koʻrsatish uchun respublika sud ekspertizasi xizmati, kriminalistik laboratoriyani
tashkil etishga va uning faoliyatini takomillashtirishga koʻmaklashish;

-

narkotik moddalar ustidan nazorat qilish masalalari boʻyicha ilmiy tadqiqotlarning

yoʻnalishini belgilash va bu tadqiqotlarni muvofiqlashtirish;

-

narkotik moddalar ustidan nazorat qilish boʻyicha dasturlarni mablagʻ bilan taʼminlash

uchun mablagʻlarni jalb etish ishida davlat, jamoat, muassasalar va korxonalarning oʻzaro
hamkorligini taʼminlash;

-

huquqni muhofaza qilish organlarini malakali xodimlar bilan mustahkamlash

tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish. Bu organlarga moddiy-texnikaviy va moliyaviy
yordam koʻrsatish, ularning ish amaliyotiga narkotik moddalarni izlash, topish va
identifikatsiyalash boʻyicha ilmiy yutuqlar va ilgʻor tajribani joriy etish;

-

narkotik moddalarning respublika orqali MDH mamlakatlariga va Gʻarb davlatlariga

noqonuniy olib oʻtiladigan yoʻllarni toʻsib qoʻyish, mahalliy xom ashyodan tayyorlanadigan
narkotik moddalar yetkazib berilishiga barham berish boʻyicha birgalikdagi chora-tadbirlarni
amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasining narkotik moddalar ustidan nazorat qilish
bilan bogʻliq tashkilotlarining xorijiy mamlakatlarning tegishli tashkilotlari bilan hamkorligini
taʼminlash;


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

836

-

BMTning 1961, 1971 va 1988-yillardagi Konvensiyalariga va boshqa xalqaro

bitimlarga muvofiq xalqaro va milliy nazorat ostiga olinishi kerak boʻlgan narkotik vositalar,
boshqa moddalar roʻyxatini tasdiqlash, ushbu roʻyxatlar boʻyicha rasmiy tushuntirishlar berish;

-

noqonuniy muomalaga chiqarish maʼmuriy yoki jinoiy javobgarlikka olib keladigan

xalqaro va milliy nazoratda boʻlgan narkotik vositalar va boshqa moddalar hajmlarini aniqlash;

-

tarkibida narkotik vositalar mavjud boʻlgan dori-darmonlar va preparatlarni ishlab

chiqarish, saqlash, transportda tashish va qonuniy foydalanishni tartibga soluvchi huquqiy va
nazorat-texnik qoidalarni ishlab chiqish, ularni qoʻllashga vakolat berilgan davlat organlari
tomonidan ularning qoʻllanishi ustidan nazorat qilishni tashkil etish;

-

narkotik vositalarning noqonuniy muomalada boʻlishiga qarshi kurash olib borish

chora-tadbirlarini amalga oshirishga yoʻnaltiriladigan moliyaviy mablagʻlar va moddiy
resurslarni taqsimlash;

-

narkotik moddalar muomalasining turli jihatlariga tegishli boʻlgan Oʻzbekiston

Respublikasi qonunlari va boshqa normativ hujjatlar loyihalari boʻyicha xulosalarni Oʻzbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish;

-

Oʻzbekiston Respublikasi hududida va uning tashqarisida narkotik moddalar ustidan

nazorat qilish masalalari boʻyicha hamkorlik dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda
qatnashish;

-

narkotik vositalarning noqonuniy muomalada boʻlishiga qarshi kurash olib borish

masalalari boʻyicha MDHga kiruvchi davlatlar bilan bitimlar loyihalariga, shuningdek, boshqa
xorijiy mamlakatlar bilan bitimlar loyihalariga takliflar tayyorlanishini taʼminlash;

-

narkotik moddalarning noqonuniy muomalada boʻlishiga va ularni suiisteʼmol qilishga

qarshi kurash olib borish sohasida xalqaro bitimlarda nazarda tutilgan Oʻzbekistonning
majburiyatlari vazirliklar va idoralar tomonidan bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlash;

-

narkotik moddalar ustidan nazorat qilish masalalari bilan shugʻullanuvchi xalqaro

tashkilotlar faoliyatida belgilangan tartibda qatnashish;

-

narkotik moddalar ustidan nazorat qilish boʻyicha ish tajribasini oʻrganish uchun

tegishli nomzodlarni tanlash va ularni xorijiy mamlakatlarga yuborish;

-

narkotik vositalarning noqonuniy muomalada boʻlishiga qarshi kurash olib borish

boʻyicha tajriba almashish uchun milliy va xalqaro seminarlar, konferensiyalar va simpoziumlar
tashkil etish.

Komissiyaga Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri – Komissiya raisi boshchilik qiladi.
Komissiyani oʻrinbosari Milliy markazning direktori hisoblanadi. Komissiya tarkibiga

ichki ishlar organlari, davlat xavfsizlik xizmati, bojxona organlari, sogʻliqni saqlash, xalq taʼlimi
va boshqa davlat organlari rahbarlari kiradilar.

Komissiyaning shaxsiy tarkibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.

2

Vazirlar

Mahkamasining

“Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va

prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyatni litsenziyalash toʻgʻrisida”gi 2003-

2

Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazining asosiy vazifalari.

https://ncdc.uz/maqsad-

vazifa-va-funksiyalari-1


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

837

yil 16-iyuldagi 315-son qaroriga asosan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va
prekursorlarni saqlash va tashish faqat yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi, litsenziya
olish uchun ular tomonidan Sogʻliqni saqlash vazirligiga ichki ishlar organlarining obyektning
texnik talablarga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosasi taqdim etiladi.

Mazkur nizom talablari Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik

xizmati, Bojxona organlarining ekspertiza va tezkor-qidiruv faoliyatida, shuningdek, Adliya
vazirligining sud-ekspertiza muassasalari faoliyatida foydalaniladigan giyohvandlik vositalari,
ularning analoglari, psixotrop moddalar va prekursorlarga tatbiq etilmaydi.

Oʻzbekiston

Respublikasi

Vazirlar

Mahkamasining

2009-yil

8-yanvardagi prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyat boʻyicha hisobotlar
yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 6-son Qaroriga muvofiq Narkotik
vositalar, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyatni
amalga oshirishga litsenziyasi mavjud boʻlgan yuridik shaxslar choraklik va yillik hisobotlar
taqdim etadilar.

Narkotik vositalar, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan

bogʻliq faoliyatni amalga oshirishga litsenziyasi mavjud boʻlgan yuridik shaxslar oʻz faoliyati
toʻgʻrisida (ishlab chiqarilgan, tayyorlangan, olib kelingan (olib ketilgan), sotilgan, foydalanilgan
narkotik vositalar, psixotrop moddalar va prekursorlar miqdori toʻgʻrisida) ushbu Nizomning
tegishli ilovalarga muvofiq shakllar boʻyicha choraklik hisobotni hisobot davrdan keyingi oyning
25-kunidan kechikmasdan, yillik hisobotni hisobot yilidan keyingi yilning 25-yanvarigacha
boʻlgan muddatda taqdim etadilar.

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Dori vositalari va tibbiy texnikalar

sifatini nazorat qilish bosh boshqarmasining Narkotik vositalarni nazorat qilish qoʻmitasi
kiritilgan hisobotlar asosida yigʻma hisobot tuzadi va uni ilova qilinayotgan shakllar boʻyicha
Narkotik moddalar ustidan nazorat qilish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat
komissiyasiga va Davlat komissiyasi bilan kelishgan holda BMT Narkotik moddalar ustidan
nazorat qilish Xalqaro qoʻmitasi tomonidan belgilangan tartibda va shakl boʻyicha Xalqaro
qoʻmitaga taqdim etadi.

3

Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 19-avgustdagi “Giyohvandlik vositalari va

psixotrop moddalar toʻgʻrisida”gi №813-I-sonli Qonuni 4-modasida

4

Oʻzbekiston

Respublikasida nazoratga olinadigan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar
quyidagi roʻyxatlarga kiritiladi:

-

muomalada boʻlishi Oʻzbekiston Respublikasida taqiqlangan giyohvandlik vositalari

roʻyxati;

-

muomalada boʻlishi Oʻzbekiston Respublikasida cheklangan giyohvandlik vositalari

roʻyxati;

-

muomalada boʻlishi Oʻzbekiston Respublikasida cheklangan psixotrop moddalar

-

3

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 – yil 8 – yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasida

narkotik vositalar, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyat boʻyicha
hisobotlar yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 6 – son Qarori.

https://lex.uz/docs/1422690

4

Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 19.08.1999-yildagi 813-I-son.

https://lex.uz/ru/docs/-86044


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

838

roʻyxati;

-

muomalada boʻlishi Oʻzbekiston Respublikasida cheklangan prekursorlar roʻyxati.

-

giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar roʻyxatlari Oʻzbekiston

Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlanadi va matbuotda
eʼlon qilinadi deb belgilab qoʻyilgan boʻlib, ular Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga hamda
xalqaro shartnomalariga, shu jumladan Birlashgan Millatlar Tashkilotining narkotik moddalar va
psixotrop vositalarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi 1988-yildagi
konvensiyasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasida nazorat qilinishi kerak boʻlgan giyohvandlik
vositalari, psixotrop moddalar va ularning prekursorlari roʻyxatiga kiritilgan boʻlib, narkotik
moddalar va psixotrop vositalarning prekursorlari sifatida belgilab qoʻyilgan.

Mazkur moddalarning noqonuniy muomalaga kirishiga yoʻl qoʻymaslik va shu orqali

giyohvandlik vositalarini noqonuniy ishlab chiqarish va ishlab chiqarishning xomashyo bazasini
cheklash maqsadida prekursorlar muomalasi ustidan samarali nazoratni tashkil etish, shu singari,
qonunga xilof ravishda huquqbuzarlik uchun javobgarlik choralarini ishlab chiqish,
prekursorlarning aylanishi giyohvandlik tahdidiga qarshi kurash mexanizmining eng muhim
tarkibiy qismidir.

Keyingi bir necha yil mobaynida prekursorlarning aylanmasi ustidan nazorat sohasida bir

qator ishlar amalga oshirilgan boʻlib, milliy qonunchilik tizimini xalqaro qonunchilik qoidalariga
muvofiqlashtirish maqsadida muhim ishlar amalga oshirildi.

Xususan,

Oʻzbekiston

Respublikasi

qonunchiligi

1988-yilgi

Konvensiyaga

implementatsiya qilingan boʻlib, unda nazarda tutilgan prekursorlarning aylanishi ustidan davlat
nazoratini amalga oshiradi

5

.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 12-noyabrdagi

“Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni Oʻzbekiston Respublikasi
hududiga olib kirish, undan olib chiqish va tranzit tarzida oʻtkazish tartibini, shuningdek ularning
muomalada boʻlishi yuzasidan nazoratni takomillashtirish toʻgʻrisida”gi №330-son qarori qabul
qilingan boʻlib, aynan mazkur qarorning 7-ilovasida Oʻzbekiston Respublikasida muomalada
boʻlishi cheklangan prekursorlarning roʻyxati tasdiqlagan

6

.

Bunday prekursorlarni ishlab chiqarish, sotish va ulardan foydalanishga, ularni olib

kirishga (eksport qilishga) faqat ilmiy va oʻquv maqsadlarida, shuningdek ekspertiza va tezkor-
qidiruv faoliyati amalga oshirish maqsadlari uchun ruxsat etiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining №330-son qarori 7-ilovasiga

qaraydigan boʻlsak, 29 turdagi prekursorlar roʻyxati keltirilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2001-yil 29-dekabrda 1090-son

5

Конвенция организатсии обединенных натсий о борбе против незаконного оборота наркотических средств

и психотропных вещэств 1988 года.

https://www.unodc.org/pdf/convention_1988_ru.pdf

6

Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, undan

olib chiqish va tranzit tarzida oʻtkazish tartibini, shuningdek ularning muomalada boʻlishi yuzasidan nazoratni
takomillashtirish toʻgʻrisida.

http://old.lex.uz/docs/-2815340


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

839

bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan “Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va
prekursorlarni saqlash, berish, sotish, taqsimlash, hisobga olish shartlari toʻgʻrisidagi
nizom”ning IV bobida aynan prekursorlarni saqlash, berish, hisobini olib borish va sotish tartibi
aniq belgilab qoʻyilgan.

Shu

bilan

bir

qatorda,

Oʻzbekiston

Respublikasining

Jinoyat

Kodeksi

273-moddasi “Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni
laboratoriyalarda yoxud oʻzganing mulki hisoblangan vositalar va asbob-uskunalardan yoki
prekursorlardan foydalangan holda qonunga xilof ravishda tayyorlash yoki qayta ishlash,
shuningdek bunday vositalarni isteʼmol qilish yoki tarqatish uchun bangixonalar tashkil qilish
yoki saqlash,...” deb belgilab qoʻyilgan. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar
prekursorlariga qarshi kurash hamda javobgarlik masalalari takomillashtirilishi natijasida
2018-yil 22-oktyabr kuni OʻRQ-503-son Qonuni

7

bilan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat

kodeksining 19, 56, 127, 207, 246, 251

1

, 261, 273, 274, 275 va 276-moddalarining tegishli

bandlariga “giyohvandlik vositalari” degan soʻzlardan keyin “ularning analoglari” degan soʻzlar
bilan toʻldirildi. Biroq, Jinoyat kodeksining 273-moddasida tashqari birorta moddasida ushbu
giyohvandlik vositalari tayyorlashda foydalaniladigan prekursorlarni Oʻzbekiston Respublikasi
bojxona chegarasi orqali noqonuniy olib oʻtish hamda noqonuniy muomalasi uchun javobgarlik
belgilanmaganligini koʻrishimiz mumkin.

Shu oʻrinda aytib oʻtish kerakki OʻRQ-503-son Qonuni bilan Jinoyat Kodeksining VIII-

boʻlimi bir qator atamalar bilan toʻldirilgan boʻlib, jumladan:

“Giyohvandlik vositalarining analoglari – kimyoviy tuzilishi va xossalariga koʻra

giyohvandlik vositalariga oʻxshash boʻlgan, ular singari ruhiyatga faol taʼsir etadigan, kelib
chiqishi sintetik yoki tabiiy moddalar”.

Prekursorlar – prekursorlar roʻyxatiga kiritilgan va Oʻzbekiston Respublikasida nazoratga

olinadigan, giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini va psixotrop moddalarni tayyorlash
uchun foydalaniladigan moddalar deb kiritilgan.

Bugungi kunda giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning prekursorlari

noqonuniy savdosi yuzasidan jinoyat qonunchiligida alohida moddalar bilan mustahkamlanmagan.
Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar bilan bogʻliq jinoyatlar va ularga jazo tayinlash
tizimida xorijiy davlatlar xususan Rossiya Federatsiyasi jinoyat qonunchiligini oladigan boʻlsak,
mazkur davlat Jinoyat kodeksi 1996-yil 13-iyunda qabul qilingan boʻlib, Kontrabanda jinoyati
uchun javobgarlik jinoyat kodeksining 226

1

va 229

1

-moddalari bilan tartibga solingan.

Chunonchi:

226

1

-modda. Kuchli taʼsir qiluvchi, zaharli, zaharlovchi, portlovchi, radioaktiv moddalar,

radiatsion manbalar, oʻq-otar qurollar yoki ularning asosiy qismlari, portlatish qurilmalari, oʻq-
dorilari, ommaviy qirgʻin qurollarini yetkazib berish vositalari shuningdek, boshqa qurollar,
harbiy texnikalar, strategik muhim tovarlar va resurslar yoki madaniy boyliklar yoxud oʻta noyob
hayvonlar va suv biologik resurslar kontrabandasi.

229

1

-modda. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va ularning analoglari yoki

7

Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jamoat xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan oʻzgartish

va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida.

http://old.lex.uz/docs/-4011752


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

840

prekursorlari, tarkibida giyohvandlik vositalari boʻlgan oʻsimliklar shuningdek, psixotrop
moddalar yoki ularning prekursorlar yoxud ularning qismlari, psixotrop moddalar va giyohvandlik
vositalari tayyorlashda foydalaniladigan materiallar va moslamalar kontrabandasi.

Qozogʻiston Respublikasi Jinoyat kodeksida kontrabanda jinoyati uchun javobgarlik

quyidagi moddasida belgilangan:

- 286-modda. Muomalasi cheklangan yoki muomalasi taqiqlangan predmetlar

kontrabandasi.

Qozogʻiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 286-moddasi predmetlari, Oʻzbekiston

Respublikasi Jinoyat kodeksi predmetlari bilan bir xil, jinoyatning obyektiv tomoni ham farq
qilmaydi, faqat moddaning nomi va jazo tuzilishida farqlar mavjud.

Yuqorida koʻrsatilgan terminlar bir-biriga oʻxshash boʻlsada, ularning maʼnosi ortida

xalqaro va milliy davlat jinoyatchilik normalari darajalarini xilma-xilligi namoyon boʻladi.
Davlatlarning xilma-xilligi, davlatlarning xalqaro xarakterdagi jinoyatlarga qarshi kurashishda
oʻzaro hamkorlik qilish faoliyati uning birinchi bosqichidayoq turli toʻsiqlar va qiyinchiliklarga
duch keladi, xususan, ularning harakatlari kimga qaratilganligi zarurligini aniqlab olish bosqichi
ham bir qancha muammolarga toʻla. Bu borada, ayniqsa koʻpgina tomonlar jinoyatlarning
nomlanishi bilan bogʻliq masalalarda qattiq munozaralar qiladilar.

Xitoy Xalq Respublikasi Jinoyat qonunchiligini koʻradigan boʻlsak, bu davlatning Kuba,

Vetnam, KXDR singari sotsializm va kommunizm gʻoyalaridan voz kechmagani va uning
qonunchiligi sotsializm huquqi asosida rivojlanayotganini taʼkidlash zarur.

XXRning birinchi qabul qilingan Jinoyat kodeksi 1949-yildan kuchga kirgan.
Shundan soʻng 1997-yilga kelib yangi tahrirdagi jinoyat kodeksi qabul qilingan.
XXR Jinoyat kodeksida ham xalqaro xarakterga ega boʻlgan kontrabanda jinoyati uchun

bir qator moddalar belgilangan, jumladan, 191-, 240-, 347-357-moddalari aynan giyohvandlik
vositalari bilan bogʻliq jinoyatlar uchun javobgarlik belgilab qoʻyilgan. Jumladan:

-

347-modda. Giyohvandlik vositalarini kontrabanda qilish, sotish, tashish va ishlab

chiqarish, ularning miqdoridan qatʼiy nazar, jinoyat deb hisoblanadi va ushbu Kodeksga muvofiq
jazoga tortiladi.

-

349-modda. Giyohvandlik vositalarini kontrabanda qilish, sotish, tashish va ishlab

chiqarish bilan bogʻliq jinoiy elementlarni yashirish, yashirishda yordam berish, topshirish,
saqlash.

Ushbu moddaning 3-bandida Giyohvandlik vositalari bilan bogʻliq jinoiy unsurlarni

yashirgan davlat organlarining mansabdor shaxslari eng ogʻir jazoni oʻtaydilar deb belgilab
qoʻyilgan.

-

350-modda. Sirka kislotasi angidrid, sulfat efir, triklorometan yoki dori ishlab

chiqarish uchun xom ashyo sifatida ishlatiladigan boshqa moddalar yoki davlat qoidalarini
buzgan holda, yuqorida aytib oʻtilgan moddalarni noqonuniy tashish, mamlakat hududida
noqonuniy savdosi uchun javobgarlik belgilangan.

-

357-moddasining 2-qismida Giyohvandlik vositalari miqdori kontrabanda, sotilgan,

tashilgan, ishlab chiqarilgan yoki olib oʻtilgan dorilarning haqiqiy miqdori asosida aniqlanadi va


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

841

kimyoviy tozalangandan keyingi haqiqiy vazni inobatga olinmaydi deb belgilab qoʻyilgan

8

.

Xorijiy davlatlar tajribasi shuni koʻrsatadiki kontrabanda bilan bogʻliq jinoyatlar, xususan

giyohvandlik vositalari ularning prekursorlari, psixotrop moddalar bilan bogʻliq jinoyatlardan
tashqari Oʻzbekiston Respublikasi balki butun dunyo mamlakatlari uchun doimiy ravishda jiddiy
muammo boʻlib kelgan.

Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 246, 270-276-moddalari bilan mazkur

jinoyatlar uchun javobgarlik belgilangan. Lekin faqatgina 273-moddasida prekursorlar bilan
bogʻliq jinoyatlar uchun javobgarlik belgilangan boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi bojxona
chegarasi orqali noqonuniy olib oʻtish hamda noqonuniy muomalasi uchun javobgarlik
masalalari ochiq qolmoqda. Kelgusida mazkur boʻshliqni toʻldirish maqsadida Jinoyat
kodeksining tegishli moddalariga prekursorlar bilan bogʻliq huquqbuzarliklar uchun javobgarlik
masalalarini yanada takomillashtirish maqsadga muvofiq boʻladi.

Bundan tashqari, kontrabanda jinoyatni aniqlash va bartaraf qilish choralariga quyidagilar

kiradi:

-

yaqin va uzoq xorij mamlakatlaridan narkotik, psixotrop, kuchli taʼsir qiluvchi

moddalarni noqonuniy olib kirishdan bojxona chegaralari oʻtkazish punktlarida samarali himoya
qilish tizimini yaratish va aylanma yoʻllar orqali olib oʻtish mumkin boʻlgan hududlarni toʻliq
nazoratga olishi.

-

bojxona nazorati samaradorligi boʻyicha choralarni takomillashtirish, bojxona va

chegara organlarining texnik taʼminotini oshirish;

-

Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashirin narkolaboratoriyalar faoliyatini tugatish

hamda giyohvandlik vositalarini noqonuniy ishlab chiqarish, tashish, taʼminlash tizimlariga
barham berish;

-

giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga ixtisoslashgan transmilliy jinoiy

tashkilotlar belgilarini aniqlash va faoliyatini bartaraf qilish;

-

psixofaol moddalarning yangi turlarini ularni keyinchalik giyohvandlik vositalari yoki

psixotrop moddalar roʻyxatiga kiritgan holda oʻz vaqtida aniqlash va belgilash;

-

giyohvandlik vositalarining noqonuniy yetkazib berish kanallarni berkitishga

qaratilgan kelishilgan davlatlararo preventiv, tergov, tezkor-qidiruv tadbirlarini oʻtkazish,
xalqaro hamkorlikni takomillashtirish;

-

respublika aholisini giyohvandlik vositalari isteʼmol qilishga jalb qilish va ularning

mazkur illatga tobe qatlamini koʻpaytirishga qarshi kurashishda faoliyat yurituvchi huquqni
muhofaza qiluvchi organlari tomonidan idoralararo oʻzaro hamkorlikda faoliyat olib borish
shaklini takomillashtirish, bojxona nazorati samaradorligini oshirish boʻyicha choralarni amalga
oshirish;

-

giyohvandlik vositalari kontrabandasini tizimli zanjirini aniqlash (jumladan, nazorat

ostida yetkazib berish), shuningdek giyohvandlik vositalari va psixotrop vositalarni aniqlash

8

У

головный

Кодекс

Китайской

Народной

Республики

https://www.mfa.gov.cn/ce/cerus/rus/zfhz/zgflyd/t1330730.htm


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

842

uchun xizmat itlaridan foydalanishga qaratilgan tezkor-qidiruv tadbirlarini oʻtkazish.

Shu singari, Jinoyat kodeksining 246-modasi 1-qismida oʻtkazish maqsadini koʻzlamay

jinoyat sodir etganlik uchun javobgarlik belgilash maqsadga muvofiq boʻladi.

XULOSA VA TAKLIFLAR:

Xulosa oʻrnida shuni aytish mumkinki, bugungi kunda

giyohvandlik global muammolardan biridir. Asr vabosi deb baholanayotgan “oq ajal” qanchadan-
qancha insonlarning baxtiga zomin boʻlayotgani, Giyohvandlik vositalarini isteʼmol qilishga
odatlanish oqibatida nogiron, jismoniy va aqliy nuqsoni bor bolalar dunyoga kelayotgani haqida
oʻylasak, yanada sergak tortamiz. Ogʻuning quliga aylanib qolayotgan zamondoshlarimizni
toʻgʻri yoʻlga qaytarish barchamiz uchun foydalidir. Shunday qilib, oilalarimiz tinchligi,
farzandlarimiz kelajagiga raxna solayotgan, jiddiy xavfga aylangan giyohvandlikka qarshi
birgalikda kurashishimiz zarur.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organi xodimlari mamlakatimiz

chegaralarida bevosita xizmat olib borish jarayonlarida huquqni muhofaza qiluvchi organlar
tizimida birinchilardan boʻlib giyohvandlik vositalari kontrabandasiga qarshi kurash olib
borishadi.

Ayniqsa, BMTning Giyohvandlik vositalari va jinoyatchilikka qarshi kurashish

boshqarmasi mintaqaviy vakolatxonasi rahbari Ashita Mittal xonim "26-iyun – Xalqaro
giyohvandlikka va giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanishiga qarshi kurash kuni"
munosabati bilan 2020-yil 26-iyun kuni oʻtkazilgan tadbir davomida ham giyohvandlikka qarshi
kurash yoʻnalishida Bojxona organlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni yuqori
baholagan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2021-yil davomida huquqni muhofaza qiluvchi organlar

tomonidan giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanishi bilan bogʻliq 7142 ta huquqbuzarlik
holati aniqlangan boʻlib, oʻtkazilgan tezkor tadbirlar natijasida jami 1 tonna 933,7 kg
giyohvandlik vositalari ushlab qolingan. Aniqlangan giyohvandlik vositalarining 531 kg.dan
ortigʻi bevosita bojxona organi xodimlari tomonidan tezkor tadbirlarda ushlab qolingan.

Amalga oshirilgan ishlar xorijiy davlatlar bilan koʻp tomonlama imzolangan shartnomalar

boʻlishiga qaramasdan giyohvandlik vositalari noqonuniy savdosi bilan bogʻliq jinoyatlar yildan
yilga ortib bormoqda. Yuqorida keltirib oʻtilgan BMT va boshqa davlatlar tomonidan amalga
oshirilayotgan oʻquv seminar treninglar, ular tomonidan koʻrsatilayotgan amaliy va texnik
yordamlar oʻz samarasini yetarlicha koʻrsatyapti deb ayta olmaymiz. Koʻpincha bojxonada
mavjud boʻlgan maxsus texnik vositalar va xizmat itlari yordamida jinoyatchilikka chek
qoʻyishning toʻliq imkoni mavjud emasligi, faqat bojxona xodimlarining kasbiy va tezkor
mahorati giyohvandlik vositalari kontrabandasini aniqlashning yagona samarali vositasi boʻlib
qolmoqda. Giyohvandlik vositalari kontrabandasiga ixtisoslashgan uyushgan jinoiy jamoalar
doimiy ravishda oʻz taktikasini oʻzgartirib borishini hisobga olib, bugungi kunda tezkor va
tahliliy ish usullari birinchi oʻrinda turadi va bojxona xizmati xodimlarining tezkor-qidiruv
tayyorgarligini oshirish va bu sohada xorijiy davlatlar huquqni muhofaza qilish organlari
xodimlari bilan tajriba almashishga katta eʼtibor qaratish lozim. Shu bilan bir qatorda, bojxona
organlari ish faoliyatidan kelib chiqib “nazorat ostida yetkazib berish” tezkor tadbirini amalga
oshirish vakolatiga ega boʻlgan organ hisoblandi. Giyohvandlik moddalari noqonuniy savdosi
yildan yilga ortib borayotganligi va aniqlanayotgan holatlar miqdori (partiyasi) ham katta


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

843

miqdorlarni tashkil qilayotganligini inobatga olgan holda mazkur tadbirni amalga oshirish har
doimgidan ham dolzarb masalaga aylanmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasining “Tezkor qidiruv faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni talablariga

asosan tezkor xodim tomonidan kontrabanda ashyolarini “nazorat ostida olish” va “nazorat ostida
yetkazib berish” kabi tezkor qidiruv tadbirlarini oʻtqazish jarayonida foydalanilgan pul
kupyuralarida, kiyim va har xil buyumlarda, tana aʼzolarida (qoʻlda, yuzda va h.k.) maxsus kukun
izlarini topish, ularni taqqoslash namunasi bilan bir turga taalluqli yoki taalluqli emasligini,
obyektlarga aynan ushbu kukun bilan ishlov berilganligini, maxsus izlarni aniqlash maqsadida
maxsus kukunlar ekspertizasi ham tayinlanadi. Bojxona chegarasi orqali olib kiriladigan
giyohvandlik vositalarining nazorat qilinadigan joʻnatmalari tezkor-qidiruv tadbirlar sanalib,
unda operativ faoliyatni amalga oshiruvchi idora va organlar nazorati ostida Oʻzbekiston
Respublikasi bojxona hududiga kiritishga, mazkur hududdan chiqarish yoki narkotik moddalarni
u orqali oʻtkazishga yoʻl qoʻyiladi.

Nazorat ostida yetkazib berish tezkor qidiruv tadbirini amalga oshirish uchun organ

rahbari tomonidan tasdiqlangan qaror asosida oʻtkaziladi.

Bojxona organlari tezkor tuzilmalari tomonidan soʻngi yillarda “nazorat ostida yetkazib

berish” tezkor tadbiri juda kam hollarda qoʻllanilayotganligi, 2022-yilning oʻtgan davri
mobaynida faqatgina bir marotabagina mazkur tezkor tabdir oʻtkazilganligini aytishimiz
mumkin.

Mazkur sohada boshqa mamlakat huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlikning

huquqiy dasturi giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanmasi hajmini
kamaytirish, profilaktik tibbiy hamda maʼmuriy tadbirlarni oʻtkazish, giyohvandlik vositalarini
ishlab chiqarish va noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashni kuchaytirish hamda oʻzaro faoliyat
shakl va yoʻnalishlari, xalqaro-huquqiy meʼyorlarini takomillashtirishga qaratilgan boʻlishi shart.

Holbuki, jinoyatchilikka chek qoʻyish, uni oldini olishda faqatgina uning ildiziga bolta

urish va tag-tomiri bilan sugʻurib tashlash bilangina erishish mumkin. Kelajakda ushbu tadbirlar
sonini koʻpaytirish va xalqaro doirada mazkur illatga qarshi birgalikda kurashish yanada samarali
natija beradi deb oʻylaymiz.

Tadqiqotlar natijasida amaliyotda giyohvandlik vositalari kontrabandasi bilan bogʻliq

jinoyatlarni aniqlash va kvalifikatsiya qilishda bir qator muammolar yuzaga kelmoqda. Binobarin:

Huquqiy sohadagi muammolar:

-

Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat Kodeksi 246-moddasi predmetlarining xilma-

xilligi, 1-qismida giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni miqdori
koʻrsatilmaganligi;

-

Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat Kodeksida giyohvandlik vositalari yoki

psixotrop moddalar tayyorlashda foydalaniladigan prekursorlarni bojxona chegarasi orqali olib
oʻtish uchun javobgarlik belgilanmaganligi;

-

Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 24-dekabrdagi “

Tezkor-qidiruv faoliyati

toʻgʻrisida”

gi Qonunining tegishli moddalari takomillashtirilmaganligi;

Tashkiliy muammolar:

-

huquqni muhofaza qiluvchi organlar xususan prokuratura organlari bilan hamkorlik


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

844

masalalarida raqamlashtirish, yangicha elektron dasturlar orqali maʼlumot almashish tizimining
yoʻqligi;

-

bojxona organlari xodimlari, xususan tezkor tuzilma xodimlari tomonidan moddiy

qiymatga ega boʻlmagan kontrabanda ashyolari aniqlangan taqdirda ragʻbatlantirish masalalarida
boʻshliqlar borligi;

-

xodimlarni malakasini oshirish jarayonida faqat ichki imkoniyatlarimiz bilan

cheklanib qolmoqdamiz.

Shu oʻrinda giyohvandlik vositalari bilan bogʻliq jinoyatlar boʻyicha mavjud

muammolarni bartaraf etish maqsadida qonunchilikni takomillashtirish va jazolarni
liberallashtirishga qaratilgan bir qator taklif va mulohazalarimizni bildirib oʻtmoqchimiz.
Ayniqsa:

1-Taklif:

Agar shaxs bojxona chegarasi orqali olib o‘tilayotgan JKning

246-moddasida nazarda tutilgan predmetlari to‘g‘risidagi zarur ma’lumotlarni deklaratsiyalab,
bojxona organlariga o‘z ixtiyori bilan kontrabanda ashyolarini topshirsa Jinoyat kodeksining

246

-

moddasi bo‘yicha kvalifikatsiya qilinishini talab etmaydi hamda tegishlicha JK 244

1

-moddasi

Diniy ekstremizm, separatizm va aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan, qirg‘in solishga yoki
fuqarolarni zo‘rlik bilan ko‘chirib yuborishga da’vat etadigan yoxud aholi orasida vahima
chiqarishga qaratilgan materiallarni tayyorlash yoki ularni tarqatish maqsadida saqlash, 248-
moddasi Tegishli litsenziyalarsiz yoki ruxsatnomalarsiz o‘qotar qurolni, o‘q-dorilarni, o‘qotar
qurolning asosiy qismlarini saqlash, 251

1

-moddasi

Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari

yoki psixotrop moddalar hisoblanmaydigan kuchli ta’sir qiluvchi yoxud zaharli moddalarni
o‘tkazish maqsadida qonunga xilof ravishda saqlash, 253-moddasi Radioaktiv materiallarni
saqlash, 276-moddasi Giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni
o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay, qonunga xilof ravishda saqlash nazarda tutilgan jinoyatlar
bo‘yicha kvalifikatsiya qilinishi lozim.

Shaxsning giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar

to‘g‘risidagi zarur ma’lumotlarni deklaratsiyalab, bojxona organlariga o‘z ixtiyori bilan
giyohvandlik vositalarini topshirsa shaxsning harakatlari Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat
kodeksining 246-moddasi bilan emas, balki Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 276-
moddasi bilan tasniflash va jazo tayinlashda inobatga olish maqsadga muvofiq boʻladi.

Sud amaliyotini o‘rganish natijalari, bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish va

kontrabanda uchun javobgarlikka oid jinoyat ishlarini ko‘rishda qonun normalarini turlicha talqin
qilish va qilmishlarga noto‘g‘ri huquqiy baho berish kabi xatoliklarga yo‘l qo‘yilmoqda.
Qonunchilikka kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalarni e’tiborga olgan holda, amaliyotda
uchrayotgan xato va kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida Oliy sudi Plenumining 2023-yil
20-fevraldagi “Bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish va kontrabandaga oid ishlar boʻyicha
sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi 2-sonli qarori 19-bandiga yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek 2-xatboshi
sifatida qo‘shimchalar kiritish maqsadga muvofiq bo‘ladi deb hisoblayman.

2-Taklif:

Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 246-moddasi 1-qismi

giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni davlat chegarasidan
noqonuniy olib oʻtgan taqdirda jinoyatni kvalifikatsiya qilish jarayonida miqdoriga koʻra ajratish
va jazo tayinlashda inobatga olish maqsadga muvofiq boʻladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

845

Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 246-moddasi 1-qismida giyohvandlik

vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni miqdori koʻrsatilmaganligi sababli,
amaliyotda Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi “Bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikni
buzish va kontrabandaga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi 2-sonli qarori 17-bandi
2-xatboshisida “Bojxona chegarasi orqali Jinoyat kodeksining 246-moddasi 1-qismida
koʻrsatilgan kontrabanda predmetlarini oʻtkazishda ifodalangan harakatlarni kvalifikatsiya
qilishda kontrabanda predmetlarining miqdori huquqiy ahamiyat kasb etmaydi” deb
koʻrsatilganligi sababli, oz miqdordagi giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalarni
kontrabanda yoʻli bilan olib oʻtilgan holatlarga Jinoyat kodeksining 246-moddasi 1-qismi bilan
malakalanib kelinmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Giyohvandlik vositalari, psixotrop

moddalar va prekursorlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, undan olib chiqish va
tranzit tarzida oʻtkazish tartibini, shuningdek ularning muomalada boʻlishi yuzasidan nazoratni
takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 2015-yil 12-noyabrdagi 330-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish
haqida 2018-yil 27-oktyabr kungi 878-sonli qarori bilan giyohvandlik vositalari va psixotrop
moddalarning koʻp boʻlmagan, ozginadan koʻproq va koʻp miqdori belgilangan roʻyxati
tasdiqlangan boʻlib, ushbu roʻyxatda koʻrsatilgan koʻp boʻlmagan miqdor oz miqdorni tashkil
qiladi.

Shaxsning giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni oz miqdorda oʻtkazish

maqsadini koʻzlamay saqlashdan iborat harakatlari Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining
276-moddasi 1-qismi bilan emas, balki Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 56-
moddasi bilan tasniflanib, eng kam ish haqining bir baravaridan ikki baravarigacha miqdorda
jarima solishga sabab boʻladi. Lekin, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni oz
miqdorda bojxona chegarasidan qonunga xilof ravishda oʻtkazganlik uchun toʻgʻridan-toʻgʻri
Jinoyat kodeksining 246-moddasi 1-qismi bilan malakalanib, besh yildan oʻn yilgacha
ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Respublikamizda hozirgi kunda sud-huquq sohasida liberalizatsiya siyosati amalga

oshirilayotgan bir vaqtda giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni oz miqdorda bojxona
chegarasidan qonunga xilof ravishda oʻtkazganlik uchun ichki hududda noqonuniy saqlashga
nisbatan jazo miqdori nihoyatda ogʻir va bu odillik tamoyiliga zid boʻlib qoladi. Yuqoridagilarni
inobatga olgan holda Jinoyat kodeksining 246-moddasi 1-qismi giyohvandlik vositalari, ularning
analoglari yoki psixotrop moddalarni davlat chegarasidan noqonuniy olib oʻtgan taqdirda
jinoyatni kvalifikatsiya qilish jarayonida miqdoriga koʻra ajratish va jazo tayinlashda inobatga olish
maqsadga muvofiq boʻladi.

3-Taklif:

Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar bilan bir

qatorda mazkur vositalarni tayyorlashda ishlatiladigan xomashyo hisoblangan prekursorlar bilan
noqonuniy muomala qilish bilan bogʻliq huquqbuzarlik holatlari ortib borayotganligini, hozirgi
kunda amaliyotda shunday holat sodir boʻlgan taqdirda uni aynan qaysi modda bilan
kvalifikatsiya qilish masalasi ochiq qolayotganligini inobatga olgan holda Oʻzbekiston
Respublikasining Jinoyat kodeksi 246-moddasiga prekursorlar bilan bogʻliq holatlar sodir etilgan
taqdirda javobgarlik masalalarini belgilab qoʻyish kerak.

Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat Kodeksi 273-moddasida “Giyohvandlik vositalari,


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

846

ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni laboratoriyalarda yoxud oʻzganing mulki
hisoblangan vositalar va asbob-uskunalardan yoki prekursorlardan foydalangan holda qonunga
xilof ravishda tayyorlash yoki qayta ishlash, shuningdek bunday vositalarni isteʼmol qilish yoki
tarqatish uchun bangixonalar tashkil qilish yoki saqlash...”,– deb belgilab qoʻyilgan.
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar prekursorlariga qarshi kurash hamda javobgarlik
masalalari takomillashtirilishi natijasida 2018-yil 22-oktyabr kuni OʻRQ-503-son Qonuni bilan
Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi — 19, 56, 127, 207, 246, 251

1

, 261, 273,

274, 275 va 276-moddalarining tegishli bandlariga “giyohvandlik vositalari” degan soʻzlardan
keyin “ularning analoglari” degan soʻzlar bilan toʻldirildi. Biroq, Jinoyat kodeksining 273-
moddasidan tashqari boshqa birorta moddasida mazkur giyohvandlik vositalari tayyorlashda
foydalaniladigan prekursorlarni Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali noqonuniy
olib oʻtish hamda noqonuniy muomalasi uchun javobgarlik belgilanmaganligini koʻrishimiz
mumkin. Shu oʻrinda aytib oʻtish kerakki OʻRQ-503-son Qonuni bilan Jinoyat Kodeksining
VIII-boʻlimi “Prekursorlar” atamasi bilan toʻldirilgan boʻlib, binobarin: Prekursorlar —
prekursorlar roʻyxatiga kiritilgan va Oʻzbekiston Respublikasida nazoratga olinadigan,
giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini va psixotrop moddalarni tayyorlash uchun
foydalaniladigan moddalar deb kiritilgan.

Xorijiy davlatlar tajribasi shuni koʻrsatadiki kontrabanda bilan bogʻliq jinoyatlar,

xususan giyohvandlik vositalari ularning prekursorlari, psixotrop moddalar bilan bogʻliq
jinoyatlar nafaqat Oʻzbekiston Respublikasi ehtimol butun dunyo mamlakatlari uchun doimiy
ravishda jiddiy muammo boʻlib kelgan. Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 246,
270-276-moddalari bilan mazkur jinoyatlar uchun javobgarlik belgilangan. Lekin, faqatgina
273-moddasida prekursorlar bilan bogʻliq jinoyatlar uchun javobgarlik belgilangan boʻlib,
Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali noqonuniy olib oʻtish hamda noqonuniy
muomalasi uchun javobgarlik masalalari ochiq qolmoqda. Kelgusida mazkur boʻshliqni
toʻldirish maqsadida Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga prekursorlar bilan bogʻliq
jinoyatlar uchun javobgarlik masalalarini yanada takomillashtirish maqsadga muvofiq boʻladi.

REFERENCES

1.

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi T. “O‘zbekiston” 2023-yil.

2.

O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi. Oʻzbekiston Respublikasi Qonun
hujjatlari milliy bazasining rasmiy veb-sayti www.lex.uz.

3.

O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat–protsessual kodeksi. Oʻzbekiston Respublikasi
Qonun hujjatlari milliy bazasining rasmiy veb-sayti www.lex.uz.

4.

“Giyohvandlik

vositalari

to‘g‘risida”gi

Yagona

Konvensiya

(1961-yil

30-mart).

5.

O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 18-oktabrdagi “Davlat bojxona xizmati
to‘g‘risida”gi O‘RQ-502-sonli Qonuni. Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari
milliy bazasining rasmiy veb-sayti www.lex.uz.

6.

O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 19-avgustdagi “Giyohvandlik vositalari va
psixotrop moddalar to‘g‘risida”gi 813-I-sonli Qonuni. Oʻzbekiston Respublikasi Qonun
hujjatlari milliy bazasining rasmiy veb-sayti www.lex.uz.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

847

7.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi “Bojxona
toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish va kontrabandaga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti
toʻgʻrisida”gi 2-son qarori. Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari milliy bazasining
rasmiy veb-sayti www.lex.uz.

8.

Y.f.n. prof. v.b. D.Bazarova, y.f.d. dotsent I.R.Astanov “Kriminalistika va ekspertiza”
darslik. – “Toshkent”: TDYU, 2020-y.

References

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi T. “O‘zbekiston” 2023-yil.

O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi. Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari milliy bazasining rasmiy veb-sayti www.lex.uz.

O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat–protsessual kodeksi. Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari milliy bazasining rasmiy veb-sayti www.lex.uz.

“Giyohvandlik vositalari to‘g‘risida”gi Yagona Konvensiya (1961-yil

-mart).

O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 18-oktabrdagi “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi O‘RQ-502-sonli Qonuni. Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari milliy bazasining rasmiy veb-sayti www.lex.uz.

O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 19-avgustdagi “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to‘g‘risida”gi 813-I-sonli Qonuni. Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari milliy bazasining rasmiy veb-sayti www.lex.uz.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi “Bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish va kontrabandaga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi 2-son qarori. Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari milliy bazasining rasmiy veb-sayti www.lex.uz.

Y.f.n. prof. v.b. D.Bazarova, y.f.d. dotsent I.R.Astanov “Kriminalistika va ekspertiza” darslik. – “Toshkent”: TDYU, 2020-y.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов